iiau_official | Неотсортированное

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Подписаться на канал

International Islamic Academy of Uzbekistan

Поздравление!

➡️23 ноября в Доме Правительства Республики Татарстан состоялась торжественная церемония награждения. Ректор Болгарской исламской академии Фархат Хуснутдинов удостоен ордена «Дуслык» (Дружба).

✔️Раис Республики Татаристан Рустам Минниханов вручил почётную награду, отметив значительный вклад Фархата Хуснутдинова в развитие Татарстана за многолетнюю плодотворную работу и активную общественную деятельность.

➡️Со своей стороны Руководство и коллектив Международной исламской академии Узбекистана поздравляет уважаемого Фархат Гусмановича с высокой наградой – орденом «Дустлык» (Дружба) и желает ему от всей души крепкого здоровья, счастья, семейного благополучия и дальнейших успехов в его трудовой деятельности.

✔️Согласно подписанного меморандума о взаимопонимании от 28 августа 2019 года Международная исламская академия Узбекистана плодотворно сотрудничает с Болгарской исламской академии.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Sayyor_dars
#Diniy_bag‘rikenglik

Dinlararo muloqot amaliy mashg‘ulotlarda shakllantirilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun yurtimizdagi diniy konfessiyalarga sayyor dars tashkil etilmoqda.

🔼Talabalar “O‘zbekistondagi diniy konfessiyalar” fani doirasida Toshkent shahridagi Buddaviylik ibodatxonasi, Krishnani anglash jamiyati, Arman Apostollik cherkovi va Yevangel-lyuteranlar cherkovida diniy tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

⬇️Uchrashuvda talabalarga mazkur diniy konfessiyalarning tarixi, faoliyati va urf-odatlari haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Turizm

Nazariy bilimlarning amaliy namunasi

“CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro koʻrgazmalar markazida “Ipak yo‘lida turizm” bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi hamda “Team & Co Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ko'rgazmada "Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi" kafedrasi professor-o'qituvchilari "Turizm va mehmondo'stlik" mutaxassisligi, "Turizm (ziyorat turizmi)", "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" va "Islom iqtisodiyoti va moliyasi" yo'nalishlari 1-3-kurs talabalari nazariy bilimlarni amaliy tajriba bilan boyitish uchun tashrif buyurdi.

Ular yarmarkada o‘zlarining milliy stendlari bilan ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar, mamlakatimizning milliy kompaniyalari hamda viloyatlarning taqdimotlari va maxsulotlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Mulohaza

Maʼnaviy qiyofa yoxud inson omili – hal qiluvchi kuch

✔️Inson omili bugungi globallashuv davrida har qachongidan koʻra, muhim va hal qiluvchi, boshqaruvchi kuchdir. Chunki bashariyatning qay oʻzanga ketishi, bunyodkorlik, ezgulikka qaratilgan harakat yoki zulm bilan dunyoni boshqarish kabilar insoniyat hukmronligining koʻrinishi sifatida namoyon boʻlmoqda.

✔️Davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar tizimida ham insoniyat fikr olamining mahsuli hal qiluvchi rol oʻynayotgani ayni haqiqatdir. Insoniyat turli qarashlar girdobida qaynayotgan, gʻoyalar kurashi u yoki bu jihatdan tahdid maydoniga aylanayotgan shiddatli davrda yashamoqda.

✔️Aslida, odamlarning ong-u shuurini turli oʻzanga, xilma xil qarashlar girdobiga tortayotganligini bugungi davr “gʻalayonlari” koʻrsatib turibdi. Oʻzani cheksizlikka qadalgan bu dunyo maydonida oʻzbek deb atalgan millat, oʻz davlatchilik tarixiga ega davlat – Oʻzbekiston ham oʻz oʻrni va mavqeyiga ega boʻlib, gʻalayon-u talotoʻplar ichra oʻz tinchlik va xavfsizligini saqlagan holda oqilona siyosat yuritishini bugungi davr har qachongidan koʻra taqozo etmoqda.

✔️Buyuk daholar, ne-ne zotlarni ona tuprogʻida ulgʻaytirib, dunyoga bergan ildizi baquvvat millat, mehnatkash, koʻksi ona tuproq taftidan kuch olgan xalq, mehr-u muruvvat rishtalari bilan qalblari birlashgan samimiy insonlar qoʻnim topgan Oʻzbekiston mana shunday betakror zamindir. Shu yurt, shu zaminni asrash, ardoqlash, bagʻrida tinch, osuda umr kechirish bugungi globallashuv davrida har qachongidan muhim va dolzarbdir.

✏️Lola Azimova,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Oʻzbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti


🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3593

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида барпо этилаётган янги боққа кўчат экди.

Президент Шавкат Мирзиёев посадил дерево в новом саду, создаваемом в рамках общенационального проекта "Яшил макон".

#Mirziyoyev #Toshkent #Yashilmakon #atrofmuhit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Internet firibgarliklaridan ogoh bo‘ling

✔️Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Internet firibgarliklaridan ogoh bo‘ling” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

➡️Mazkur dars Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

🔼Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdi.

✔️Tadbir avvalida Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi boshlig‘i Shahzod Islomov hamda katta leytenant Sohibjon Turdiyev mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.

➡️Shundan so‘ng “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Musurmon Xurramov tomonidan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berildi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3591

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#bilasizmi #stop_korrupsiya

Korrupsiya holatlarining oldini olish uchun nimalar qilish lozim?

📹Barcha davlat xizmatchilari va fuqarolar uchun eslatma taqdim etilmoqda. Zero, korrupsiya – siz va bizning xavfsizligimizga qarshi jinoyat!

Eslatma: agar oliy va kasbiy taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalarida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, telegramdagi @eduuzanticor_bot, 1006 Ishonch hamda +998555200808 (282, 179) telefon raqami yoki anticor@edu.uz elektron pochta manzili orqali xabar berishingiz mumkin.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 24-moddasi

🔰Diniy tashkilotlar reyestri

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Munosabat

Sirkulyar va “yashil” iqtisodiyot

✔️Kuni kecha boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va maʼqullashga bagʻishlangan majlisida Yurtboshimiz tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlash taklifi bildirildi. Oxirgi yillarda tez-tez tilga olinayotgan “yashil” iqtisodiyot yoki sirkulyar iqtisodiyot tushunchalarining mazmun-mohiyatini hozircha, afsuski, hamma ham toʻla anglab yetganicha yoʻq.

✔️Bu atamalar va ularning tub maqsadi haqida maʼlumot beruvchi materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali tez-tez eʼlon qilib turish, masʼul tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi orasida ekologik madaniyatni kengroq yoyish va barchani atrof-muhitni asrab-avaylashga undash bu borada koʻzlangan maqsadlarimizga erishishga yordam berishi shubhasizdir. Buning uchun, avvalo, sirkulyar iqtisodiyot oʻzi nimaligi va qanday ishlashi haqidagi maʼlumotlarni koʻproq yoyinlash lozim.

✔️Sirkulyar iqtisodiyot “yopiq sikl”ga egaligi bois, sikllik iqtisodiyot ham deyiladi. U ishlab chiqarish va isteʼmol modeli hisoblanib, anʼanaviy, yaʼni “chiziqli” iqtisodiyotning muqobili sifatida maydonga chiqadi. Oʻtgan asrning 70-yillaridan eʼtiboran sirkulyar iqtisodiyot tamoyillariga eʼtibor qaratila boshlandi va 80-yillarda u jadal rivojlandi. Sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarda bu borada sezilarli natijalarga erishilgan. Masalan, Yaponiyaning mashhur Kamikatsu qishlogʻida chiqindi miqdori nolga tushirilgan, ular 43 yoʻnalishda saralanib, keyin ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi.

✔️Ekologiya muammosi jahon miqyosida tobora jiddiylashib bormoqda.

✔️Oʻzbekiston ham bundan mustasno emas. Soʻnggi yillarda aholi soni koʻpayishi, shaharlarning kengayishi va sanoatning rivojlanishi bois, chiqindi hajmi sezilarli darajada oshdi.

✏️Nurislom To‘xliyev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori,
O‘zFA akademigi

💳Manba: “Jadid” gazetasi

📎Gazetani yuklab olish uchun

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3590

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ilmiy-amaliy_konferensiya

Global o‘zgarishlar sharoitida zamonaviy yoshlar: muammolar va istiqbollar

📍O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Global o‘zgarishlar sharoitida zamonaviy yoshlar: muammolar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

✔️Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti tomonidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyasining bosh mavzusi globallashuv va yoshlar muammolari masalalariga bag‘ishlandi.

➡️Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Azamat Nazarov “Globallashuv va axborot psixologik xavfsizlik” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

🔼Mavzu konferensiya ishtirokchilarida qiziqish bilan qabul qilindi va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR
#Turizm

Axborot 24 | Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar

Manba: Oʻzbekiston24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ekskursiya

Ajdodlarimiz merosi – kelajak poydevori

✔️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘ktam Jiyanov tomonidan “Turizm (ziyorat turizmi)” 2-kurs talabalari uchun “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui hamda Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

➡️“Free guide” to‘garagi doirasida tahkil etilgan ekskursiya davomida talabalarga majmuaning tarixi, uning bugungi kundagi mazmun-mohiyati, qatag‘on qurbonlari haqida ma’lumotlar berildi.

📍Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif davomida muzeyning ilmiy xodimlarining majmuada joylashgan har bir eksponat va ular bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3587

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 23-moddasi

🔰Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Inson o‘z ishlarining in’ikosidir.

✍️Fridrix Shiller

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Qutlov

✔️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kengashining navbatdagi majlisida muassasaning bir guruh professor-o‘qituvchilariga ilmiy darajalari berilgan diplomlar topshirildi. Xususan:

⭐️“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ne’matulla Muhamedovga “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni;

⭐️“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Ne’matulla Nasrullayevga “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi diplomlari topshirildi.

✔️Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan ustozlarimizni mazkur yutuqlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Янгиҳаёт тумани Хушнуд маҳалласидаги бунёдкорлик ишларини кўздан кечирди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Trenerlar_maktabi

Akademiyada “Trenerlar maktabi” loyihasi o‘tkazildi

✔️Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilayotgan talabalar oyligiga bag‘ishlangan “Trenerlar maktabi” loyihasi tashkil etildi.

➡️Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Oriental universiteti talabalari ishtirok etdi.

✔️Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, “Trenerlar maktabi” loyihasi Yulduz Dosjanova kirish so‘zi bilan ochib berdilar.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3595

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Давлатимиз раҳбари "Янги авлод" махсус саноат зонасида олиб борилаётган ишлар билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент атрофида "яшил" белбоғ барпо этиш доирасидаги дарахт экиш тадбирида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Doktoranturaga kirish imtihonlari yakunlandi

Xabaringiz bor, yakuniga yetayotgan mazkur hafta davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchanlik institutining tegishli ixtisosliklari bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazildi.

✔️Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Din psixologiyasi”, “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Dinshunoslik” hamda “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

➡️Talabgorlar mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish maqsadida belgilangan taqvim reja asosida ixtisoslik fanlaridan imtihon topshirishdi.

🔼Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish bo‘yicha ilmiy salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3594

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Ustozga ehtirom

✔️Insonning kamolotiga sabab bo‘lguvchi va keyingi hayot yo‘liga poydevor qo‘yguvchi insonlar bu — ustoz va murabbiylardir. Har bir insonning o‘z ustozi bo‘ladi. Bugungi kunda barchamiz mehnatda erishgan yutuqlarimizda ustozlarimizning katta hissasi borligini minnatdorchilik bilan yodga olamiz.

✔️Ana shunday ustozlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida uzoq yillar faoliyat yuritgan, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasining tamal toshini qo‘ygan, ilk bor “Din psixologiyasi”, “Tasavvuf psixologiyasi” fanlarini amaliyotga kiritgan qadrli ustoz, professor Muminxon Mamatovdir.

✔️“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasining professor-o‘qituvchilari qadrli ustoz Muminxon Mamatov xonadonlarida mehmon bo‘ldilar.

✔️Ustoz bilan kechgan muloqot juda qizg‘in bo‘lib, sohada faoliyat yuritgan ustozlar eslandi hamda kafedraning kelgusidagi rejalari bo‘yicha maslahatlar olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Hozirgi kunda ba’zilar “Alloh osmonda”, degan iddaolar qilishmoqda. Ularning bu da’volari ahli sunna e’tiqodiga qanchalik mos? Ahli sunna e’tiqodiga ko‘ra, bu borada musulmonning qarashi qanday bo‘lishi lozim?

🔰Shayx Muhiddin Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar va soxta salafiylarning aksariyat vakillari islom ahkomlarini buzib talqin qilishlari haqida ko‘p eshitamiz. Ularning bu talqinlariga asosli raddiyalar bormi?

🔰Lutfullo Abduqodirov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchisi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ilm-fan

Ilm-fan – Uchinchi Renessans poydevori

✔️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oriental universiteti rektori, Akademiya tadqiqotchisi Nozim Mamatoxunovning “Samarqand kalom maktabining shakllanishida Iyodiylar oilasining o‘rni (IX-X asrlar)” mavzusidagi 24.00.01 – “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.

➡️Unda Akademiya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda majlis a’zolari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

✔️Yig‘ilish davomida kengash kotibi tadqiqotchi hamda uning ilmiy ishi haqida yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berildi.

➡️Shundan so‘ng Nozim Mamatoxunov so‘zga chiqib, tadqiqotning maqsad va vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

✔️Dissertatsiya “Samarqand kalom ilmi maktabini tadqiq etishning ilmiy-nazariy asoslari”, “Iyodiylar sulolasi faoliyat olib borgan davrda Samarqanddagi ijtimoiy, siyosiy va madaniy holat” hamda “Masailu-l-asharu-l-iyodiya”ning Moturidiya ta’limoti rivojidagi o‘rni va hozirgi kundagi ahamiyati” kabi boblardan iborat bo‘lib, tadqiqotning maqsadi IX-X asrlarda Movarounnahrda Samarqand kalom maktabining shakllanishida Iyodiylar sulolasi vakillarining o‘rnini ochib berishdan iborat.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3589

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Radio_reportaj

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tafsilotlari

🎙O‘ktam Jiyanov,
“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi katta o‘qituvchisi


🎙Yilmaz Chankaloglu,
Oriental universiteti dotsenti (Turkiya):


🖥Manba: O‘zbekiston 24 radiosi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

🗣“Islohotlar bilimdoni – 2024” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi natijalari!

🏛 Barcha g‘oliblarni Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Bizni kuzating:

Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Bid’at haqida

🔰Ma’rufjon Rahimov
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar va soxta salafiylarning aksariyat vakillari islom ahkomlarini buzib talqin qilishlari haqida ko‘p eshitamiz. Ularning bu talqinlariga asosli raddiyalar bormi?

🔰Habibullo Sagdiyev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#O‘quv_seminar
#Taqdirlash

“Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar yakunlandi

✔️Joriy yilning 20-21-noyabr kunlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Din ishlari boyicha qo‘mita hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar” mavzusida vazirlik, qo‘mita, idora va tashkilotlarning hududlardagi masʼul xodimlari uchun ilmiy-amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

➡️Ikki kun davom etgan seminarda Akademiya professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, malakali mutaxassis hamda ekspertlar tomonidan dolzarb mavzudagi ma’ruzalar tinglandi.

🔼Bugun o‘quvlar yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Matluba Qahhorova hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi maslahatchisi Dilbar G‘ulomova tomonidan seminar ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

⭐️Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

✔️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

➡️Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.

✔️Muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida ta’lim muassasasi zimmasidagi muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusidagi reja-vazifalar belgilab olinadi.

➡️Akademiya rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov majlisni ochib berarkan, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.

🌐Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3584

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал