iiau_official | Неотсортированное

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Подписаться на канал

International Islamic Academy of Uzbekistan

Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir.

Davlat rahbari yoshlarimiz ongu tafakkurida milliy gʻurur bilan birga umumbashariy qadriyatlarga hurmat hissini kamol toptirish maqsadida yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish zarurligini qayd etdi.

Farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, IT texnologiyalar, maʼnaviyat, sanʼat va adabiyot, sport bilan oshno etish uchun hech narsani ayamasdan, bor kuch va imkoniyatlar safarbar etiladi.

“Bugun faqat mana shunday ilgʻor yoshlarga, mana shunday jonkuyar ziyolilarga, Vatan ravnaqi yoʻlida birlashgan xalqqa ega boʻlgan davlatgina oʻz milliy manfaatlarini taʼminlashga erisha oladi.

Bizning ikkita oʻq tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – maʼnaviyatdir. Maʼnaviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk boʻladi”,
– dedi davlatimiz rahbari.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_konferensiya
#So‘z_ishtirokchilarga

Azmi Abdul Latiff,
Malayziya Tun Hussein Onn universiteti, “Ingliz tili va tilshunoslik” kafedrasi dotsenti,
Tilshunoslik markazi dekani (Malayziya):

– O‘zbekiston dunyodagi tarixiy yodgorliklari, muqaddas ziyoratgohlari mavjud sanoqli davlatlar qatoriga kiradi. Tashrifim davomida qadimiy obidalarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Qolaversa, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini ko‘rib, bu yurtga mehr-muhabbatim yanada ortdi.

Shunga amin bo‘ldimki, bugungi kunda rivojlangan davlatlar qatorida har sohada o‘rnini egallab kelmoqda. Xususan, turizm sohasida O‘zbekiston – Malayziya do‘stligini, o‘zaro hamkorligini yangi pog‘onalarga chiqarishni niyat qilganmiz.

“Jahon va milliy turizm rivojlanishida zamonaviy trendlar” mavzusidagi konferensiya ana shu jarayonlarda ko‘prik vazifasini bajaradi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев янги таркибдаги Олий Мажлис Сенатининг биринчи мажлисида нутқ сўзлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Ilm-fan

Akademiyada navbatdagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) muvaffaqiyatli himoya qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Aziza Turg‘unovaning “Oliy ta’lim muassasalarida gerontopedаgogikaning diniy e’tiqod va tarbiyadagi ahamiyati” mavzusidagi 13.00.01 – Pedаgogikа nаzаriyаsi. Pedаgogik tа’limotlаr tаrixi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Akademiya huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda majlis a’zolari, soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

Dissertatsiya “Gerontopedagogikaning nazariy-metodologik asoslari”, “Аvlodlararo munosabatlarda gerontopedagogik yondashuvni ta’minlashning konseptual asoslari” hamda “Talabalarda gerontopedagogika tajribasidan foydalanishning amaliy-texnologik tizimi” kabi boblardan iborat.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3577

Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Сенатининг биринчи ялпи мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом пленарном заседании Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан.

#Mirziyoyev #majlis #OliyMajlis #Senat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#dayjest #bayroq #faxrimiz

18-noyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, chellenjlar, tanlovlar hamda tantanali paradlar tashkil etildi


Urganch davlat universiteti;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;

Toshkent xalqaro universiteti;

Jizzax davlat pedagogika universiteti;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali;

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi;

Namangan davlat pedagogika instituti;

Qarshi davlat universiteti;

Xalqaro innovatsion universiteti;

Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali;

Milliy estrada san’ati instituti;

Urganch davlat pedagogika instituti;

O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali;

Andijon mashinasozlik instituti;

Farg‘ona politexnika instituti;

Guliston davlat universiteti;

Namangan davlat chet tillari instituti;

Andijon davlat chet tillari instituti;

Buxoro davlat pedagogika instituti;

KIUT Samarqand filiali;

TDTU Olmaliq filiali;

Farg‘ona davlat universiteti;

Geologiya fanlari universiteti;

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali;

Qarshi xalqaro universiteti;

Termiz iqtisodiyot, va servis universiteti;

Namangan davlat universiteti;

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi;

Samarqand davlat chet tillari instituti;

Buxoro davlat universiteti;

Termiz davlat universiteti;

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

Guliston davlat pedagogika instututi;

Ma’mun universiteti;

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali;

Buxoro innovatsiyalar universiteti;

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti;

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti;

Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti;

Qoraqalpoq davlat universiteti;

O‘zDJTSU Farg‘ona filiali;

Andijon davlat universiteti;

Toshkent davlat texnika universiteti;

Osiyo xalqaro universiteti.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Olimlar_minbari
#11–17.11.2024

📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

Zaruriy dasturlarni belgilashning oqilona va dolzarb yo‘liQo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, professor;

Suv masalasi-barqarorlik masalasiBahodir MIRZAYEV, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti rektori, professor;

Siyosiy landshaft: Yangi parlament, yangi davr, yangi imkoniyatlarSherzodxon QUDRATXO‘JA, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor; Jaloliddin Usmonov, Xalqaro press-klub raisi;

Ma’rifat va ta’lim – diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirishning muhim omiliUyg‘un G‘AFUROV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori;

Ekologik muvozanat izdan chiqishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydiAhmed REYMOV, Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, professor;

Oydin taqdirlar yo‘li xalqaro sammitlarda O‘zbekiston tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etdiBahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;

El-yurt salomatligi – jamiyatning bebaho boyligi Jasur RIZAYEV, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor;

O‘z ishining ustasi bo‘lish kerakO‘ktam SALOMOV, Farg‘ona politexnika instituti rektori, professor;

Pedagogik ta’lim kilasteriBaxtiyor RASULOV, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, profissor;

«Подготовка специалистов для сферы здравоохранения»Мадамин МАДАЗИМОВ, ректор Андижанского государственного медицинского института, профессор;

«Инженер – драйвер технологичекого прогресса»Юсуф АБДУЛЛАEВ, ректор Самаркандского международного технологического университета, профессор;

Mahalliy kengashlar xalqimizning chinakam ovoziga aylanmoqdaIxtiyor BEKOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

To‘qson kunda to‘qson botmon hosil borOdiljon IBROHIMOV, Farg‘ona politexnika instituti professori;

«Гражданское общество в новом Узбекистане: возможности и перспективы» Фируза МУХИТДИНОВА, профессор ТГЮУ, доктор юридических наук;

«Переброска сибирских рек: решение Аральского кризиса и громадный кумулятивный эффект»Васила ЯРАШОВА, профессор ТГЭУ; Камал УЛЬДЖАБАЕВ, профессор, действительный член Международной академии транспорта;

O‘zbekning ma’naviy inqilobi. Yurt va xalq istiqboli yo‘lida qanday birlashiladi?Olimjon QAYUMOV, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori;

Innovatsiya va investitsiya – taraqqiyot kafolatiNosir MAXMUDOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori

«Системные реформы в медицине – приоритет социальной политики страны»Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета;

«ОТГ: эффективное и надежное партнерство, реализация стратегически важных задач»Машхура НОРМАЕВА, докторант Ташкентского государственного университета востоковедения;

«Инициативы Узбекистана на COP29: климатическая дипломатия и многоуровневый подход к вопросам устойчивого развития» Дилшода ХОДЖИМУРАТОВА, начальник управления ТГУВ, PhD.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Islomda sog‘lom aql va mutaxassislikning ahamiyati haqida

🔰Professor Ali Muhyiddin Qoradog‘iy,
Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi,
Doha dinlararo muloqot markazi raisi

Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Jaholatga qarshi – maʼrifat

“Jaholatga qarshi – maʼrifat” bosh g‘oyamizdir

Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlik kabi pok g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli nizolar, g‘oyaviy xurujlar har birimizni ogohlikka undashi zarur.

Buning oldini olish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani “Ko‘rkam diyor” MFYda o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Tadbirda viloyat kotibiyati mudiri V.Tu‌ychiyev, tuman hokim o‘rinbosari A.Xaydarov, bosh imom-xatibi M.Ismoilov ishtirok etdi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3574

Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Radio_reportaj

📻O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi hamda “Oltin davrim” shiori ostidagi “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri haqida

🔷Manba: O‘zbekiston 24 radiosi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar

🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsoli” hamda “Oltin davrim” shiori ostida “Talabalar sayli” ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbir bo‘lib o‘tdi


Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni

Mehriniso Bahodirova,
“Xalqaro munosabatlar” ta'lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:

Talabalar kuni barchamizning yoshlik, orzu-havas va intilishlarimizni ulug‘laydigan o‘zgacha bayramdir. Bugungi kunda talaba bo‘lish nafaqat ilm olish, balki kelajakda jamiyatga foydali inson bo‘lish sari tashlangan muhim qadamdir.

Sizlarning har bir orzuyingiz, har bir intilishingiz, albatta, o‘z samarasini beradi. Bilim olishdagi har bir qiyinchilik aslida sizning kelajakdagi muvaffaqiyatlaringizning poydevoridir. O‘z yo‘lingizdan chekinmang va o‘zingizga ishoning!

Talabalar kuni muborak bo‘lsin!


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni

Xadija Urazaliyeva,
“Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:

– Shukrki, 2023-yil O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi bo‘lish nasib qildi.

Avvalo, har doim biz talabalarni qo‘llab-quvvatlagan Akademiya rahbariyati, bizga ta’lim berayotgan ustozlar, jonkuyar xodimlarga tashakkur izhor qilaman!

Sevimli oliy ta’lim muassasamiz tomonidan tashkillashtirilgan turli tadbirlarda, tanlovlarda, shu bilan birga, o‘tgan o‘quv yili Respublika doirasida o‘tkazilgan “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etdim. Va bunday yutuqlarim bardavom bo‘lishi uchun harakatdan to‘xtamayman.

Tengdoshlarimga shuni aytmoqchimanki: “O‘z maqsadlaringiz yo‘lida hech qachon harakatdan to‘xtamang, oilangiz, mahallangiz, shu bilan birga, yurtimizga munosib farzand bo‘laylik!"

Xalqaro talabalar kuni barchamizga muborak bo‘lsin!

Sahifalarni kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#Международный_день_студентов


Нуржахон Хужаева,
студентка 1-го курса направления “Психология религии и педагогика”:

– В сентябре 2024 года моя жизнь изменилась — я стала частью большого и значимого сообщества Международной исламской академии Узбекистана. Это было не просто начало учебы, а точка отсчета моего личностного и профессионального пути.

На протяжении учебного процесса я стремлюсь к глубокому усвоению знаний, передаваемых моими преподавателями, и активно участвую в академической и общественной жизни.

Студенческая жизнь — это не только учеба. Это время, когда мы формируем свой характер, находим единомышленников и учимся не бояться перемен. Сегодня перед молодежью открыты огромные возможности, и я призываю всех своих сверстников не упускать их, брать на себя ответственность за будущее своей страны и мира.

С праздником, дорогие студенты!

Пусть 17 ноября — Международный день студентов — вдохновит вас на новые вершины и откроет двери к самым смелым мечтам!

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni

Gulnora Raimberdiyeva,
“Filologiya va tillarni o'qitish: arab tili” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:

– 2023-yil sentabr oyida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi bo‘lish baxtiga musharraf bo'ldim.

O‘tgan davr mobaynida har bir ustozimning bergan bilimlarini chuqur o‘rganishga, har tomonlama faol bo‘lishga harakat qildim va buning natijasida 2024-yilda “Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomli maxsus stipendiyaga sazovor bo‘ldim.

Talabalik katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilmoqdaman.

Tengdoshlarimni bugungi islohotlar va imkoniyatlar davrida bor azm-u shijoati, ilm-u iqtidori bilan davlatimiz rivoji, yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitishda munosib hissa qo'shishga chaqirib qolaman!

Aziz tengdoshlarim, 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!

Kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Onlayn_seminar

Akademiya rektori onlayn seminarda ma’ruza qildi

Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Transport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi, “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodimlari uchun “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalish boʻyicha oʻquv kursi oʻtkazildi.

“Maʼrifat soati” doirasida 32 soatga moʻljallangan o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.

Onlayn seminarda Akademiya rektori o‘z ma’ruzasida diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilgani, ayniqsa, bu borada 2021-yil 5-iyulda davlatimiz rahbari tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning imzolangani katta ahamiyatga ega voqelik bo‘lganini qayd etdi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3578

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Prezident_majlis

Ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni koʻrib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bagʻishlangan majlisida ishtirok etib, nutq so‘zlamoqda.

Unda Prezident Hukumatning asosiy vazifalariga to‘xtalib, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha katta dasturlarni samarali va to‘liq amalga oshirish – hamisha Hukumatning kun tartibida turishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalar ekanini ta’kidladi.

Majlisda ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Radio_reportaj

📻“Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlari

🔰Mahfuza Alimova,
“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti


🔷Manba: O‘zbekiston 24 radiosi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Radio_reportaj

📻O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar

🔰Jaloliddin Abduxoliqov,
“Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi


🔷Manba: O‘zbekiston 24 radiosi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Jaholatga_qarshi_maʼrifat

Radikal, ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari

Taassufki, bugungi globallashuv davrda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlar buzg‘unchilikni maqsad qilgan kimsalar nishoniga aylanayotgani ham hech kimga sir emas. Ularning ongiga sof islom dini ta’limotiga zid aqidalarni singdirish, o‘zbekona milliy va diniy qadriyatlarimizdan voz kechishga targ‘ib etish kabi xatti-harakatlar avj olmoqda.

Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Akademiya rektori “Radikal, ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari” mavzusida ma’ruza qildi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3575

Sahifalarni kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Salomlashish odobi haqida

🔰Muhiddin domla Musurmonov,
Sho‘rchi tumani “Domla Qosim” masjidi imom-xatibi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 20-moddasi

🔰Diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaatni koʻrib chiqish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidirlar; lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina “Vatan” otli so‘zda mujassamlashgandir. Vatanga nafi tekkudek bo‘lsa, axir qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?

✍️Sitseron

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

https://uza.uz/uz/posts/bayrogimiz-gurur-va-faxrimiz-timsoli_658360

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг сайловдан кейинги биринчи мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом после выборов заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса.

#Mirziyoyev #majlis #OliyMajlis #Qonunchilikpalatasi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni

Abdulkarim Sa’diy
“Islomshunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi,
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang’ich tashkiloti faoli:

– Men Afg‘onistonning G‘ur viloyatidanman.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” yo‘nalishida o‘qishim davomida nafaqat o‘z sohamni o‘rgandim, balki buyuk bir millatning tarixini, urf-odat va qadriyatlarga ega ekanini bildim.

Mazkur dargohda tahsil olayotganimdan juda xursandman.
Bugungi xalqaro talabalar kuni bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalarini chin dildan tabriklayman.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni

Sunnatullo Raxmonov,
"Dinshunoslik" taʼlim yoʻnalishi 2-kurs talabasi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi ekanimdan faxrlanaman. Ushbu oʻquv dargohida taʼlim olish ulkan baxt.

Oʻtgan vaqt davomida yetuk ustozlar berayotgan ilmlarini chuqur oʻrganishga, hamda har tomonlama faol boʻlishga harakat qilib kelmoqdaman.

Akademiya talabasi sifatida turli xorijiy davlatlarga safar qildim. Xalqaro tadbirlarda ishtirok etdim. Bir qancha yutuqlarga ham erishishga muvaffaq boʻldim.

Tengdoshlarim! Hayotimizning unutilmas damlarida bilim olib, Akademiya talabasi degan nomga munosib bo‘laylik
.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni

Olimjon G‘ayratullayev,
“Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:

– O‘tgan ikki yil mobaynida dunyoqarashim, fikrlashim tasavvur qilmas darajada o‘zgardi. Yangi do‘stlar orttirdim, fidoyi ustozlardan qimmatli bilim va ko‘nikma oldim. Ularning ko‘rsatmalariga amal qilib bir qancha yutuqlarga erishdim.

Xalqaro tadbirlarda ishtirok etdim. Xorijiy mehmonlar oldida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasiman deb aytish men uchun katta faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi.

Talabalik davri haqiqatan oltin davr ekan. Bu davrdagi qiziq voqealar yillar o‘tsa-da, inson xotirasida o‘chmas iz qoldirar ekan. Aziz tengdoshlarim, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, shunchaki talaba emas, eng yaxshi talaba bo‘lishingizni tilab qolaman.

Barchangizni 17-noyabr talabalar kuni bilan tabriklayman!


Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#Xalqaro_talabalar_kuni

Abdufattoh Xakimov,
“Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faoli:

– O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi bo‘lganimdan faxrlanaman, deb baralla ayta olaman. Ushbu o‘quv dargohida ilm olish men uchun sharaf.

O‘tgan davr mobaynida ustozlarimizning bergan bilimlarini chuqur o‘rganishga, har tomonlama faol bo‘lishga harakat qildim, bir qancha jamoaviy va shaxsiy yutuqlarga erishdim.

“Talabalik – oltin davr” ekaniga yana bir bor amin bo‘ldim. Men o‘z tengdoshlarimni bugungi islohotlar va imkoniyatlar davrida o‘z shijoatlari, iqtidori bilan davlatimiz, jamiyatimiz rivojiga, yurtimiz nomini jahon minbarlarida doimo yangrab turishida o‘z hissalarini qo‘shishlariga tilakdoshman.

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni muborak bo‘lsin!


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

“17-noyabr – xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI

Assalom-u alaykum, aziz talabalar!

Ayni damda yurtimiz oliy taʼlim muassasalari boʻylab Siz, aziz yoshlarning bayramingiz, “17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda.

Fursatdan foydalanib, barcha talaba-yoshlarni mazkur bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Yoshlik – inson hayotining eng goʻzal davri. Kuchga toʻlgan, katta imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy davri. Mana shu davrda amalga oshirgan ishlaringiz kelgusi hayotingizni belgilab beradi. Albatta, oʻgʻil-qizlarimizdan yoshlik bergan imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish, zamonaviy ilm-fan va bilimlarga ega boʻlish talab etiladi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3570

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…
Подписаться на канал