17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni
Har yili 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kunni 1946-yildan buyon dunyo bo‘ylab keng nishonlanish odatga aylangan.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha talabalar, xususan, Akademiyaning bilimga chanqoq, xulqi va odobi, intellektual salohiyati bilan barchaga o‘rnak talabalarini tabriklaymiz.
Ularga kelajakda yetuk kadr bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shishlariga ishonch bildiramiz.
Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
🎞“Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusidagi xalqaro konferensiya tafsilotlari
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Videolar
🎞Bir guruh ulamo va soha xodimlarini “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi
Manba: “Yoshlar” teleradiokanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
🎞Bugun poytaxtimizdagi “International Tashkent” mehmonxonasida “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusida anʼanaviy xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjumanda ishtirok etgan MDH Hind forumi raisi, Rossiya Hind Kengashi raisi Sanjit Djxa hamda Turkiyaning Saljuq universiteti Saljuq tadqiqotlari instituti mudiri, professor Mustafa Demirji Oʻzbekiston 24 telekanaliga intervyu berdi.
Xorijlik mehmonlarning intervyu jarayonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mo‘minmirzo Abdupattayev tarjimon sifatida qatnashdi.
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
“Bagʻrikenglik haftaligi”: tinchlik, totuvlik va bag‘rikenglikni tarannum etuvchi o‘zbekona model
Bugun poytaxtimizdagi “International Tashkent” mehmonxonasida “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusida anʼanaviy xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Mazkur konferensiya Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil qilindi.
Anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Malayziya, Portugaliya, Armaniston, Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston kabi davlatlardan kelgan mutaxassislar, UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxona xodimlari, diplomatik korpus vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, dinshunos ekspertlar, islomshunoslar, etnik-madaniy birlashmalar, diniy konfessiya vakillari, shuningdek, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyat, milliy madaniy markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ham qatnashdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3568
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#Videolar
🎞16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni. “Bagʻrikenglik haftaligi” Respublikaning barcha hududida o‘tkazildi
Manba: “Renessans TV” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#No_comment
🎞“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida “International Tashkent” mehmonxonasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusida anʼanaviy xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#Radio_reportaj
📻“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusida anʼanaviy xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda
🎙Jahongir Tohirov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti dekani
🔷Manba: O‘zbekiston 24 radiosi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#So‘z_ishtirokchilarga
Mitropolit Vikentiy Morar,
Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi rahbari:
– Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha odamlar tinchlik va hamjihatlikda yashashlarini ta’minlashini qo'llab-quvvatlab, targ‘ib qilib kelmoqda. Bu esa diniy bag‘rikenglikning muvaffaqiyat kalitidir.
Keyingi yillarda O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga tobora ochilib bormoqda. Turli millat va xalqlar o‘rtasida ezgulik, tinchlik va totuvlik, bag‘rikenglik va do‘stlik siyosatini tarannum etayotgan mamlakat sifatida dunyoda tan olinmoqda. Ushbu konferensiya esa diniy bag‘rikenglikning o‘zbekona modeli sifatida e’tirof etilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining tinchlik va hamjihatlik tashabbusini barchamiz qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Shunday ekan, bugungi bayram bilan barchani tabriklayman. Bunday quvonchli kunlar har doim hamrohimiz bo‘lsin.
Bizni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#No_comment
🎞“Yangi O'zbekistonda diniy bag‘rikenglik” mavzusidagi xalqaro konferensiya
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#So‘z_ishtirokchilarga
Yepiskop Xose Luis Mumbiyela Syerra,
Markaziy Osiyo katolik yepiskoplari konferensiyasi raisi, Qozogʻiston:
– Oʻzbekistonga avval ham bir necha bor kelganman. Bu yerda turli din va millat vakillarining hamjihatlikda oʻzaro tinch-totuv hayot kechirayotgani, umuman, diniy bagʻrikenglikning yuksak madaniyati shakllangani meni gʻoyatda hayratlantiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bugun mamlakatingizning tez surʼatlar bilan rivojlanib, xalqaro miqyosdagi nufuzi tobora yuksalib borishida diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik muhitining toʻliq taʼminlangani muhim rol oʻynamoqda.
Bugungi notinch, turli nizolar kuzatilayotgan vaziyatda turli millat, din vakillarini bir joyga jamlab, tinchlik, farovonlikni koʻzda tutgan mushtarak maqsadlar ilgari surilayotgani juda katta jasorat va dunyo hamjamiyatiga namunadir.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#So‘z_ishtirokchilarga
Sergey Kretov,
Novoapostol cherkovi Markaziy Osiyo okrugi rahbari:
– Hozirda 130 dan ortiq millat va elat hamda 16 ta konfessiya vakillari istiqomat qiladigan multikonfessional O‘zbekiston jamiyatida bag‘rikenglikni targ’ib qilish yurt rivojining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Biz O‘zbekistonda dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlashning o‘ziga xos modeli shakllanganining guvohi bo‘ldik. Uning o‘ziga xos jihati shundaki, har bir din vakiliga teng huquq va erkinlik berilgani va emin-erkin ibodatlarini amalga oshirishga sharoit yaratilganidir.
Shuni aytish muhimki, keyingi yillarda yangi O‘zbekistonda dinlararo muloqot sohasida ko‘plab ijobiy islohotlar amalga oshirilayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz va bu bizni mamnun qiladi. Bugungi o‘tkazilayotgan konferensiya ham fikrimizning yaqqol misoli bo‘ladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_ilmiy_seminar
#Live
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi omili” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazilmoqda.
“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasidagi mazkur seminar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Malayziya islom ilmlari universiteti, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti hamda Turkiyaning Saljuq universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Seminarda Turkiya, Malayziya, Qozogʻiston kabi davlatlardan kelgan mutaxassislar, Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari, dinshunos ekspertlar, islomshunoslar, respublikada faoliyat yuritayotgan turli konfessiyalar vakillari, shuningdek, jamoat tashkilotlari, milliy madaniyat markazlari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, magistr-doktorantlar va talabalari qatnashmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Taqdirlash
Tantanali marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. Xususan:
– Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev;
– “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik Nurislom To‘xliyev;
– “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professori Ravshan Abdullayev;
– “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri, professor Nigora Yusupova;
– “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Azamat Nazarov;
– Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Shukrullo Jo‘rayev “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan barcha mukofotlanganlarni mazkur yutuqlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
🎞Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik
Manba: “Sevimli” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#dayjest #anjuman
#04.11–15.11.2024
Oliy ta’lim muassasalarida respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va anjumanlar tashkil etilmoqda
Bizni kuzating
#Tanlov
Akademiyada “Tafakkur egalari” intellektual kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Tafakkur egalari” intellektual kitobxonlik klubining 1-turi oʻtkazildi.
Talabalar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Akademiya tyutorlari tomonidan tashkil etilgan tanlovda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Rahmatilla Gaipnazarov, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
Tanlovda talabalar Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar”, Gabriel Garsia Markesning “Yolgʻizlikning yuz yili” hamda Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” asarlarini oʻqib, oʻzaro muhokama qildi. Shu kitoblar asosida tuzilgan test savollariga javob berdi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlar sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN
Bayroq – hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzi
Oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgan har bir yurt bayrogʻining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida muzaffar hilpirashini istaydi. Chunki bu mamlakatning dunyoda oʻz oʻrni, oʻz ovoziga ega ekanining tasdigʻi, mustaqilligining tan olingani ifodasidir.
Bu yil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinib, mamlakatimiz davlat suverenitetining ramzlaridan biri sanalgan davlat bayrogʻimiz paydo boʻlganiga 33 yil toʻlmoqda.
Rahmatilla Gaipnazarov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshlig‘i
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3564
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Mulohaza
Bagʻrikenglik – saodat asosi
Oʻzbekiston – qadim-qadimdan diniy bagʻrikenglik oʻlkasi sifatida eʼtirof etilgan. Bu diyorda yashab kelayotgan turli millat va konfessiya vakillari azaldan shu yurt taraqqiyoti, tinchligi uchun bir tan-u bir jon boʻlib harakat qilganlar.
Bagʻrikenglik goʻzal insoniy fazilatlardan hisoblanadi. Bagʻrikenglik – insonlar bilan muomala qilishda, turli munosabatlarda rioya qilish zarur boʻlgan goʻzal xislatdir.
Saidafzal Saidjalolov,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti,
tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3569
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_ilmiy_seminar
#Live
“International Tashkent” mehmonxonasida “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusida anʼanaviy xalqaro konferensiya davom etmoqda.
Anjuman “BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasining konfessiyalar va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashdagi o‘rni” mavzusidagi 3-sho‘ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odil Ernazarov ma’ruza qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#So‘z_ishtirokchilarga
Abd Rahman Mohd Rosmizi,
Malayziya Islom ilmlari universiteti professori:
– “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusidagi konferensiya sabab O‘zbekistonda bo‘lganimdan juda ham mamnunman. Fursatdan foydalanib, ushbu nufuzli anjuman tashkilotchisi va tashabuskori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga minnatdorlik bildirib qolaman. Bu kabi tadbirlarning bardavom bo‘layotgani juda quvonarlidir. Zero, yaxshi bilamizki, islom dini ta’limotiga ko‘ra, Alloh taolo insonlarni turli xalq va millatlarga bo‘lib yaratgan va ularning asosiy maqsadi yer yuzida hamjihatlikda va hamkorlikda yashashdan iborat.
Biroq bugun yer yuzining ayrim hududlarida sodir bo‘layotgan nizolar, to‘qnashuvlar tinchlik-totuvlikning qadrini yanada oshirmoqda. Shu nuqtayi nazardan bugungi konferensiya dolzarb ahamiyatga ega.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtingizdagi diniy konfessiya vakillarining faoliyatini o‘rganish, tahlil etish, O‘zbekistonning bag‘rikenglik siyosatini jahon hamjamiyatiga namuna sifatida ko‘rsatish anjuman qatnashchilarining muhim maqsadi bo‘lishi kerak. O‘z yurtimizga qaytganimizda ham konferensiyada ko‘tarilgan insonparvarlik, bag‘rikenglik g‘oyalarini yetkazishni ko‘zda tutganmiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xushxabar
#Qutlov
“17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni” kuni munosabati bilan sport sinovlarini topshirishda g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi
Bugun "Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati" muzeyida “17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda sport sinovlarini topshirishda g‘olib va sovrindor bo‘lgan Akademiyamizning Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 3-kurs talabasi Bekberganov Akmal ham II darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni bilan tantanali tarzda taqdirlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ishtirok etdi.
Sport vaziri talabalarni sportda sinovlarini topshirishda erishgan natijalari bilan qizg‘in qutlab, muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholi o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib kelinayotganligi alohida ta’kidlab o‘tdi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizning mazkur yutug‘i bilan chin dildan tabriklab, uning kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Videolar
🎞“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasidagi tadbirlar
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Nuqtayi_nazar
Maʼrifat va taʼlim – diniy bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirishning muhim omili
Maʼlumki, yurtimiz dunyo tamadduni va Islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Bugun milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizning bebaho merosini ilmiy asosda chuqur oʻrganish, yangi Oʻzbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada oshirish, jamiyatda barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlashning asosiy shartlaridin biridir.
✍️Uygʻun Gʻafurov,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori
📰Manba: “Xalq soʻzi” gazetasi
🌐Gazetani yuklab olish uchun
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3567
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Videolar
🎞O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor
🔰Ilhom Ma’rupov
Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi maslahatchisi
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#Live
Ayni paytda “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” mavzusidagi anʼanaviy xalqaro konferensiya “Taʼlim va maʼrifatni rivojlantirish: dinlararo totuvlik va barqarorlikni taʼminlash yoʻli” mavzusidagi 2-sho‘ba yig‘ilishi bilan davom etmoqda.
Mazkur sho‘ba yig‘ilishiga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov moderatorlik qilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Xalqaro_konferensiya
#So‘z_ishtirokchilarga
Sanjit Djxa,
MDH Hind forumi raisi, Rossiya Hind Kengashi raisi:
– Bugungi tashkil etilayotgan “Yangi Oʻzbekistonda diniy bagʻrikenglik” konferensiyasini oʻz yoʻnalishiga koʻra, dunyoda noyob hodisa deb hisoblayman.
Men bir necha din va millat vakillari yashaydigan davlatlarni bilaman, lekin bugungidek davlat rahbari darajasida e’tibor beriladigan birorta mamlakatni bilmayman.
O‘zim shaxsan Krishna jamiyati vakili hisoblanaman. Qadimgi sanskrit tilida yozilgan hinduiylik dini manbalarida “Bu dunyo unda yashayotgan din va millat vakillaridan qatʼiy nazar katta oiladir”. Men aynan Oʻzbekistonda bir nechta millat va elatlarning ahil va inoq oiladek yashayotganiga guvoh boʻldim. Bunday nufuzli anjumanda ishtirok etayotganimdan g‘oyatda mamnunman.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Videolar
🎞Мероприятия в рамках международной недели толерантности
Источник: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bag‘rikenglik_haftaligi
#Taqdirlash
Tadbir davomida diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni targʻib etish, fuqarolar eʼtiqod erkinligini taʼminlash, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash va maʼnaviy muhit barqarorligini saqlashdagi ibratli ishlari uchun bir guruh yetuk ulamolar, atoqli arboblar, diniy soha rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy olimlarga “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishoni topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram