#Sport
Sport – salomatlik garovi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi.
Akademiya boshlang‘ich Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan sportning mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol hamda oilaviy spartakida bahslari o‘tkazildi.
Bellashuvlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Akademiya kasaba uyushmasi raisi Ashirali Abdirashidov ochib berib, ishtirokchilarga bo‘lajak bahslar oldidan muvaffaqiyat tiladilar.
Mazkur bellashuvlar Akademiyada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3533
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#E’tirof
Jahon sammitida O‘zbekiston tajribasi yuqori baholandi
Bugun butun dunyo koʻzda qalqqan bir tomchi achchiq yosh singari ulkan muammolar girdobida qolib ketyapti. Agar koʻzni yumsa, yoshdan ayrilishi, yummasa, achchiq va shoʻr ashk koʻzni achitgani singari iqlim oʻzgarishlari ham global muammo sifatida barchani birdek bezovta qilyapti.
Boz ustiga, qitʼalar va yirik-yirik davlatlar misolida suv toshqinlari, boʻronlar, oʻrmon yongʻini, choʻllanish jarayonlari kuchayishi, zilzila kabi tahdidlar chindan-da dunyo afkor ommasini jiddiy oʻylashga majbur qilmoqda.
Shu maqsadda joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida BMTning iqlim oʻzgarishi konferensiyasi (UNFCCC COP29) doirasida Jahon diniy yetakchilari global sammiti boʻlib oʻtdi.
📰“Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi
🌐Gazetani yuklab olish uchun
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3530
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Malaka_oshirish
Akademiya prorektori Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filiali faoliyatini o‘rgandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazining Qoraqalpog’iston Respublikasi mintaqaviy filialida bo‘ldi.
Akademiya prorektori mintaqaviy filialda olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holatini ko‘zdan kechirdi.
Tashrif davomida Zokirjon Ro‘ziyev filial professor-o‘qituvchilari, xodimlari bilan suhbatlashib, bu yerdagi imkoniyatlar va o‘quv jarayonlarining borishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. Filial faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Islomda birinchi paydo bo‘lgan xorijiylik yo‘nalishi qaysi jihatlari bilan bugungi kundagi oqimlarga o‘xshab ketadi va ularning xatarli tomonlari nimalarda yaqqol ko‘rinadi?
🔰Shayx Saloh Abulhoj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar dinga qiziqqan musulmon yoshlarga islom ma’rifatini o‘rgatmoqdami?
🔰Ilhom Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Qutlov
Akademiya talabasi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi sovrindoriga aylandi
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida har chorakda bir marotaba o‘tkazilishi belgilangan. Xususan, joriy yilning avgust oyida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining to‘rtinchi mavsumi tashkil etilib, yakunda gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, tantanali tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Dilshod Valijonov “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasida g‘olib deb topilib, sertifikat va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizning mazkur yutug‘i bilan chin dildan tabriklab, uning kelgusidagi o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab qolamiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Fan_olimpiada
Kriptologiya bo‘yicha fan olimpiadasining Akademiya bosqichi o’tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan Respublika oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli yoshlari o‘rtasida kriptologiya bo‘yicha fan olimpiadasining Akademiya bosqichi o’tkazildi.
Mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 347-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Unda fakultet talabalari ishtirok etishdi.
Olimpiada natijalariga ko'ra, fakultetining quyidagi talabalari gʻolib deb topildi va taqdirlandi.
✅ 1-o‘rin: “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Muhammadqodir Muhsinov;
✅ 2-o‘rin: “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 3-kurs talabasi Jahongir Abdurahimov;
✅ 3-o‘rin: “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 3-kurs talabasi Rayimbek Usmonov.
Olimpiadada sovrindorlari respublika bosqichida ishtirok etadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Sport
#Besh_tashabbus
Akademiyada “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan bellashuvlar davom etdi
Avval xabar berganimizdek, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning yengil atletika, voleybol, mini futbol, stol tennisi, stritbol turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilmoqda. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ham musobaqaning Toshkent shahar bosqichi “B” guruhi ishtirokchilarining o‘yinlariga yuqori saviyada mezbonlik qildi.
Kecha qizlar o‘rtasida sportning stritbol turi boʻyicha bahslar oʻtkazilgan edi. Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda “Millat umidi” universiteti talaba yigitlari stritbol bo‘yicha maydonga chiqdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3527
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Huquqiy_savodxonlik
📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 11-moddasi
🔰3-bob. Diniy tashkilot tashkil etish, uning huquq va majburiyatlari.
Diniy tashkilotlar faoliyatining qoʻshimcha kafolatlari.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Eng baland minora ham yerdan ko‘tarilgay.
✍️Amir Temur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#munosabat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning fikr-mulohazalari “Axborot” dasturida namoyish etildi
Bizni kuzating
#Videolar
#Anjuman
🎞Globallashuv davrida Islom ilmi va fatvo masalalarini yetkazish bo‘yicha maʼlumot berildi
🔰Toshkent islom institutida o'tgan respublika ilmiy-amaliy anjumandan reportaj
Manba: UzReport TV
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Sport
#Besh_tashabbus
Akademiya “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan bellashuvlarga mezbonlik qildi
Ayni paytda yurtimiz boʻylab oliy taʼlim muassasalari talabalarini sogʻlom turmush tarziga boʻlgan ijobiy munosabatni rivojlantirish maqsadida hududlarda sportning yengil atletika, voleybol, mini futbol, stol tennisi, stritbol kabi turlari bo‘yicha musobaqalar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan bellashuvlarning Toshkent shahar bosqichi “B” guruhi ishtirokchilarining bahslariga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi mezbonlik qildi.
Sportning stritbol turi boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda “Millat umidi” universiteti talaba qizlari bahs olib bordi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3521
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi
Joriy yilning 5-6-noyabr kunlari Boku shahrida oʻtkazilgan Butunjahon diniy yetakchilari global sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov va Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov bir qator xorijlik hamkorlar bilan qator muzokaralar oʻtkazdi.
Xususan, Ozarbayjon Respublikasi Diniy tashkilotlar bilan ishlash davlat qoʻmitasi raisi Ramin Mamedov bilan uchrashuvda soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik aloqalari yangi bosqichga koʻtarilgani, ozar xalqi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yetakchiligidagi oʻzbek xalqining doʻstona munosabatini doim his qilishi, boshqa sohalar qatori diniy-maʼrifiy jabhada ham aloqalarni rivojlantirish oʻzaro manfaatli boʻlishi taʼkidlandi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3519
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yashil_makon
#Fotoreportaj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi umumrespublika marafonidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Hay’at_yig‘ilishi
#live
Yig‘ilishda hududlarni rivojlantirish va drayver nuqtalarini belgilash, tarmoq va sohalarda mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topish, mahallalar, kerak bo‘lsa har bir oilaning turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan ilmiy asoslantirilgan yondashuvni joriy qilishda aynan oliygohlar va texnikumlar jamoasining ilmiy salohiyati va amaliy tajribasini keng joriy qilish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Mana shunday tizimli yondashuv va ilmiy-amaliy tajribaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanishi ham bejiz emas. Mazkur yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlardagi oliygohlar va texnikumlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’lim va innovatsiyalar orqali kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26978
Bizni kuzating
#Ekskursiya
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zokirjon Ro‘ziyev boshchiligidagi Akademiya vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti O‘ktam Palvanov hamda talabalar Nukus shahridagi diqqatga sazovor tarixiy, madaniy-ma’rifiy maskanlarga ekskursiya qildilar.
Ekskursiya davomida talabalar Qoraqalpog‘iston tarixi, madaniyatiga oid maʼlumotlar bilan tanishdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Live
#Hay’at_yig‘ilishi
Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazilmoqda
Ayni paytda Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Hay’at yig‘ilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Hay’at yig‘ilishi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov ochib berdi.
Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari safida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev ham ishtirok etmoqda.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3531
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Huquqiy_savodxonlik
📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 12-moddasi
🔰Diniy tashkilotning huquq va majburiyatlari.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Odam mashg‘ulot zallarida chempion bo‘lmaydi. Chempion boʻlish uchun ishni ruhiyatdan boshlash kerak – istak, orzu va o‘z g‘alabasini aniq-tiniq his qilishgina kishini maqsadiga eltadi.
✍️Muhammad Ali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#e’tirof
Prezident farmoni bilan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhi taqdirlandi 💐
Hujjatga ko‘ra, sohada o‘zining fidokorona mehnati, bilim va malakasi bilan aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yuksaltirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, yuqori kasb mahoratiga ega kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun quyidagi professor-o‘qituvchilar mukofotlandi:
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
Xudayberdiyev Qobil Tursunovich – Andijon davlat tibbiyot instituti kafedra mudiri;
“Do‘stlik” ordeni bilan
Shamsiyev Azamat Muhitdinovich – Samarqand davlat tibbiyot universiteti professori;
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Hamdamova Muhayyoxon To‘xtasinovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti professori.
Bizni kuzating
#Qutlov
Akademiya talabalari ICESCO tashkilotining stipendiyasini qo‘lga kiritdi
Islom olami, taʼlim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti (ICESCO) tashkiloti 2024-yilgi stipendiya g‘oliblarini e’lon qildi.
Mazkur stipendiyaga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari Muhammadsodiq Lapasov, Dilzoda Nazimjonova va Soliha Yodgorova sazovor bo‘ldi.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan talabalarimizning mazkur yutug‘i bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi o‘qishlariga omad tilaymiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Bugungi kunda musulmonlar orasida ayrim kishilar tomonidan islom dini ta’limotlariga amal qilishda barcha mazhab fatvolariga amal qilsa bo‘ladi, degan qarash mavjud. Aslida, bu da’vo to‘g‘rimi va zamonamizning islom ulamolari bu haqida nima deyishadi?
🔰Shayx Saloh Abulhoj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Yoshlar Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar va radikal salafiylarning ta’siriga tushib qolmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratishlari zarur?
🔰Oybek Sotvoldiyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Adabiy_gurunglar
Adabiy gurunglar: zavqli suhbatlar, nafis mushoiralar minbari
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Adabiy gurunglar” loyihasi doirasida elimiz suygan shoir-yozuvchilar, qalam ahli sohiblari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar talaba yoshlarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Bugun loyiha doirasidagi navbatdagi uchrashuv “Shuhrat” medali sohibi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Madaniyat va maʼrifat” telekanali muharriri Zebo Mirzayeva bilan o‘tkazildi.
Uchrashuvda Zebo Mirzayeva she’riyat, bugungi o‘zbek she’riyati haqida so‘z yuritdi. Shoiraning Vatan, ota-ona, mehr-muhabbat mavzudagi she’rlari davra ishtirokchilarning yurak-yuragigacha kirib bordi. Adabiyot, ijod, shoir ruhiyati haqida dildan suhbat qurildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3522
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Videolar
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Indoneziya Shimoliy Sumatra provinsiyasi Ulamolar Kengashi rahbari Maratua Simanjuntak boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Sayyor_dars
#Diniy_bagrikenglik
#Tolerance_day
Ta'limda diniy bag‘rikenglik
“Diniy bagʻrikenglik oyligi” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” va “Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)” ta’lim yoʻnalishi 2-kurs talabalari professor-o'qituvchilar D.Turdiyeva va G.Xudoyberganova rahbarligida Yevangel xristian baptistlar cherkoviga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Suhbat jarayonida Yevangel xristian baptistlar cherkovi vakillari ushbu cherkov ta’limoti, shakllanish hamda Markaziy Osiyo, xususan, Oʻzbekistonga kirib kelish tarixi va faoliyati, muqaddas kitobi, urf-odatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishga muvaffaq bo'ldi. Bu kabi tadbirlar talaba-yoshlarda boshqa din vakillariga nisbatan hurmat va bagʻrikenglik koʻnikmalarini ham shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Malaka_oshirish
“Har bir davlat xizmatchisi – ma’naviyat targ‘ibotchisi”
Joriy yilning 6-8-noyabr kunlari Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda hokimliklarning zaxira kadrlarini siyosiy-maʼnaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid “Har bir davlat xizmatchisi – maʼnaviyat targʻibotchisi” mavzusida malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.
Mazkur seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Radikal va ekstremistik oqimlarga qarshi kurashning dolzarb vazifalari” mavzusida ma’ruza qildi.
Ushbu tadbirlarni tashkil etishdan maqsad jamiyatda ezgu qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish, oila, mahalla, taʼlim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish va sogʻlomlashtirishga qaratilgan.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3520
Sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Hijrat da’vosi haqida
🔰Durbek Rahimjonov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram