Халқ билан бирга: Президент сайловда овоз берди ва фуқароларга юртимиз тақдири ва келажагига дахлдорлик учун миннатдорлик билдирди
—
Вместе с народом: Президент проголосовал на выборах и поблагодарил граждан за сопричастность к судьбе и будущему страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев бугун тонгда оила аъзолари билан сайловда овоз берди ҳамда сайлов участкасига келган фуқаролар билан самимий мулоқот қилди
—
Сегодня утром Президент Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи проголосовал на выборах и искренне пообщался с гражданами, пришедшими на избирательный участок
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Saylov-2024
#Live
Xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonlariga yuqori baho bermoqda
“Ziyo-zukko” nodavlat ta’lim muassasasida joylashgan 359-saylov uchastkasidagi saylov jarayonini kuzatish uchun xalqaro kuzatuvchilar tashrif buyurmoqda.
Xususan, Islom Hamkorlik Tashkiloti vakillari – Ashvag al-Maliki, Namig Huseynov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori Yerkin Tukumov, Janubiy Koreyaning “Diplomatiya” jurnali bosh muharriri Jon Yong Li, O‘mon Sultonligining “Roya” gazetasi muxbiri Ibrohim Salim al-Hadiy, turkiyalik kuzatuvchilar Akkan Suvek, Sezgin Bilgich va O‘zgur Jengin tashrif buyurdi.
Xalqaro kuzatuvchilarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov kutib oldi. Akademiya rektori mehmonlarni yurtimizda ko‘rib turganidan mamnun ekanini bildirdi.
Xalqaro kuzatuvchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi xalqimiz tomonidan ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan o‘tkazilayotganini ta’kidladi.
O‘z navbatida 359-saylov uchastkasida saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilayotganini e’tirof etishdi.
Xalqaro kuzatuvchilar uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.
Mehmonlar “Manbalar xazinasi” bo‘limida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar, “Usmon Mus’hafi” hamda “Langar Qur’oni”ning nusxalari bilan tanishdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев оила аъзолари билан бирга Тошкент шаҳри Мирзо Улуғбек туманидаги 59-сайлов участкасига ташриф буюриб, сайловда овоз берди.
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе
#Xalqaro_haftalik
Madaniy meros haftaligi yakunlandi
Xabaringiz bor, Toshkentda joriy yilning 18-27-oktabr kunlari “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi o‘tkazildi.
Haftalik doirasida turli konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari qatnashdi.
Xususan, Madaniy meros haftaligida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3487
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
Akademiyada siyosiy bilimlarni oshirish darslari davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida haftaning har shanba kuni an’anaviy tarzda siyosiy bilimlarni oshirish darslari o‘tkaziladi.
Mazkur darslar Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi.
Shu munosabat bilan bugun “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov hamda katta o‘qituvchi Jahongir Akramov tomonidan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3485
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar yoshlarni o‘z oqimlariga jalb qilish va onglarini dasturlashda qanday usullarni qo‘llaydilar?
🔰Doston Mustafoyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Bugun O’zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oliy ta'limda talabalar huquqbuzarliklarining erta oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirni Akademiya Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi, IIB departamenti bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik Hamidulla Aysakov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’ruzachi o‘z nutqida yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Malayziyada yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar haqida ma’lumot berildi
Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi rahbar va xodimlaridan iborat delegatsiya Malayziya safarida boʻlib turibdi.
Delegatsiya aʼzolari Malayziya xalqaro islom universitetiga tashrif buyurib, universitet faoliyati, jumladan, taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida universitet talabalari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda yurtimizda amalga oshirilayotgan diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar, oliy va oʻrta maxsus diniy taʼlim muassasalarining faoliyati haqida maʼlumot berildi.
Malayziya xalqaro universiteti tomonidan Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik memorandumini imzolash taklifi ilgari surildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
Akademiya va Olmazor tumanidagi 119-umumtaʼlim maktab bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurovning joriy yil 8-avgustda 119-umumta’lim maktabiga tashrifi chogʻida Akademiya imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oʻqituvchi va talabalarni maktabdagi ijtimoiy muhitning sogʻlom boʻlishi, talabalar amaliyotini tashkil etish, sohaga oid adabiyotlar bilan maktab kutubxonasini taʼminlash masalalari koʻrib chiqilgan edi. Maktabda professor-oʻqituvchilar va xodimlarni jalb etgan holda informatika, chet tili (ingliz tili) fanlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida davra suhbatlari uyushtirish, maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalari uchun Akademiyada “ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etish, uning hududida joylashgan muqaddas qadamjolarga tashriflarni amalga oshirish, taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar, Akademiya bitiruvchilarining jamiyatimizda tutgan oʻrni haqida maʼlumotlar berish rejalashtirildi.
Psixologlarning maktabga pedagogik amaliyoti, 80 nusxa badiiy adabiyotlar, oʻquv qoʻllanmalar va 16 nusxada ilmiy-ommabop jurnallarning maktab kutubxonasiga taqdim etilishi taʼminlandi.
24-oktabr kuni rektor Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi Akademiya vakillari 119-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida hamkorlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3483
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик
—
Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Saylov-2024
#IIAU
Mening tanlovim – obod vatanim!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi mas’ullari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faollari 2024-yil 27-oktabrda bo'lib o‘tadigan saylov jarayonlarida ishtirok etishga tayyor!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov tomonidan Akademiya talabalar turar joyiga sovg‘alar topshirildi
Xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor etadi. Islom dinida ham mo‘min insonning eng ulug‘ fazilatlaridan biri xayr-saxovat ekani qayd etiladi.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov tashrif buyurib, talabalar bilan muloqot qildi.
Mazkur tadbirda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyi ixtiyoriga 2 dona kir yuvish mashinasi sovg‘a qilindi.
Uchrashuvda Abduqahhor domla Yunusov so‘z olib, yoshlik – bilim olish uchun muhim davr ekani, o‘tayotgan har lahzaning qadriga yetish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, yaqinda nashr etilgan “Oila – muqaddas dargoh” kitobidan 200 nusxasini Akademiya Axborot-resurs markaziga hadiya qilishini ma’lum qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣
📱“Huquq maktabi” mobil ilovasi yaratildi
⚡️Adliya vazirligi tomonidan tomonidan yaratilgan ushbu mobil ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanish mumkin.
❓ Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?
✅ Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
✅ Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
✅ Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar Adliya vazirligi va TDYUU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
🔠 Huquqiy savodxonligini oshirmoqchi bo‘lgan barcha o‘quvchi va talabalarga tavsiya etiladi.
Yuklab olish:
App Store | Play Market
Bizni kuzating
#Xalqaro_hamkorlik
Malayziya xalqaro islom universiteti Boshqaruv kengashi a’zosi Sayyid Husayn al-Xabshi Akademiyada
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Malayziya xalqaro islom universiteti Boshqaruv kengashi a’zosi, Dato Shri, doktor Sayyid Husayn al-Xabshi boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo‘ldi.
Dastlab mehmonga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ilmiy salohiyati, fakultetlar va ulardagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalarga bilim berishda o‘ziga xos yondashuvlar haqida ma’lumot berildi.
Oʻz navbatida Sayyid Husayn al-Xabshi samimiy qabul uchun Akademiya rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. O‘zbekiston tinchlik-xotirjamlik hukm suradigan diyor ekanini e’tirof etdi.
Universitet va uning faoliyati haqida maʼlumot berdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3478
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Saylov-2024
Yoshlarning porloq kelajagi uchun ovoz berdim
Husniyabonu Jonibekova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistri, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori:
– Men Xo‘jaobod tumanidagi o‘zim yashaydigan “Gara Guri” mahalla fuqarolar yig‘ini idorasida joylashgan 752-saylov uchastkasiga kelib, o‘zim munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdim.
Mamlakatimizda yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishlari, yaratib berilgan keng imkoniyatlar samarasi o‘laroq, yoshlarimiz yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda.
Shaxsan men ham ko‘plab yutuqlarga erishdim. Joriy yilning o‘zida “Yilning eng yaxshi mahalla yoshlari yetakchisi” tanlovi g‘olibi, shuningdek, jamoatchilik yo‘nalishida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldim.
Andijon davlat universitetini tamomlab, bu yil O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasiga o‘qishga kirdim.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3488
Manba
Kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Saylov-2024
#Live
Saylov doirasida talabalar o‘rtasida sport tadbirlari o‘tkazilmoqda
27-oktabr – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi tadbirlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Saylov davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdilar.
Shundan so‘ng Akademiya hovlisida turli sport o‘yinlari tashkil etilmoqda. Talabalar sport bahslarida bellashmoqdalar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев оила аъзолари билан биргаликда Тошкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 59-сайлов участкасига ташриф буюриб, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва халқ депутатлари кенгашларига сайловда овоз берди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев вместе с членами семьи посетил избирательный участок №59 Мирзо-Улугбекского района города Ташкента и проголосовал на выборах в Законодательную палату Олий Мажлиса и кенгаши народных депутатов.
#Mirziyoyev #saylov #parlament #ovozberish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Saylov-2024
#Live
Saylov jarayonlari boshlandi
Xabaringiz bor, bugun, 27-oktabr sanasida mamlakatimiz va xalqimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim siyosiy voqelik – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Jumladan, “Ziyo-zukko” nodavlat ta’lim muassasasida joylashgan 359-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari boshlandi.
Dastavval O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng uchastka raisi va a’zolari, kuzatuvchilar ishtirokida saylov kunidagi tartib-qoidalar tushuntirildi.
Ta’kidlash joiz, mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbirda ovoz berish Saylov kodeksida belgilangan talablar asosida amalga oshirilmoqda.
Jarayon davom etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Bilasizmi
#Saylov_2024
Saylovda qanday ovoz beriladi?
Batafsil videorolikda👆
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Soxta da’vatlarga aldanmang!
🔰Xurshid domla Aslanbayev,
Yangiyer shahar “Abduqahhor hoji” masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Hayot aslida sodda. Faqat biz uni murakkablashtirishga urinamiz.
✍️Konfutsiy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Akademiyada JICA mutaxassisi Mori Yasuyukining faoliyati yakunlandi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Volontyorlar Dasturi doirasida Akademiya taʼlim jarayoniga jalb qilingan yaponiyalik mutaxassis Mori Yasuyuki bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov Akademiya taʼlim jarayonida Yaponiyaning rivojlangan tajribalari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etgani uchun JICA Volontyorlar Dasturi mutaxassisi Mori Yasuyukiga oʻz tashakkurini bildirdi.
Mori Yasuyuki 2022-yil noyabr oyidan Akademiyada faoliyat yurita boshlagan. Ushbu davrda talabalarga super kompyuter taqdimoti, Yaponiya ijtimoiy tarmoqlariga kirish, super kompyuterda maqola yaratish, Yaponiyaning soʻnggi sunʼiy intellekti misoli loyihasi, Linux operatsion tizimi amaliy mashgʻuloti, Linux operatsion tizimida Hacker texnologiyasi namoyishi boʻyicha maʼruzalar o‘tkazdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3484
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
TAʼZIYA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi 1999-2001 yillarda akademiyada maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektor vazifasida faoliyat yuritgan Rahmatilla qori Obidovning turmush o‘rtog‘i Zubayda hoji onaning vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya izhor qiladi.
Janoza bugun, soat 17:00 da “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) jome masjidida o‘qiladi.
Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olsin! Imonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin! Ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi.
#Aksiya
“Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasiga qoʻshiling!
Bugun, 25-oktabr kuni yurtimizda “Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasi oʻtkazilmoqda.
Bu nima uchun muhim? Qogʻozdan foydalanishni qisqartirish va undan voz kechish xarajatlarni, tabiiy resurslarga boʻlgan yuklamani, jumladan suv va elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish hamda chiqindilar miqdorini qisqartirishga imkon beradi. Umuman olganda, bunday amaliyot davlat organlari faoliyatini yanada barqaror, iqtisodiy samarali va ekologik xavfsiz qilishga yordam beradi.
Ofisda qogʻoz sarfini kamaytirish uchun nima qilish kerak?
🔷Raqamli texnologiyalarga oʻting: hujjatlarni chop etish oʻrniga elektron xatlar joʻnating.
🔰Oqilona chop eting: faqat zarur boʻlganda bosing, ikki tomonlama chop etishdan foydalaning.
🔷Qayta ishlangan qogʻozdan foydalaning: ekologik toza qogʻoz mahsulotlarini tanlang.
🔰Fayllarni onlayn ulashing: bulutli saqlash xizmatlari va hamkorlikda ishlash vositalaridan foydalaning.
Oʻrtacha hisobda 1 tonna ofis qogʻozini ishlab chiqarish uchun daraxt turi va ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab 17-20 ta daraxt kerak boʻlishi mumkin. Shu sababli, 12,7 tonna ofis qogʻozini tejash orqali taxminan 240 ta daraxtni saqlab qolishga erishildi.
Ofisda qogʻoz ishlatishni kamaytirish orqali ekologik kelajakka qadam qoʻyaylik!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Bilasizmi
O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab "Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi" faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.
Mazkur akademiyada Siz:
- Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari;
- Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati;
- Korrupsiya jinoyatlarining huquqiy oqibatlari va jamiyat rivoji uchun salbiy ta'siri va boshqa bilim va ko‘nikmalarga ega bo'lishingiz mumkin.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Muftiy_Boboxonovlar
#Ekskursiya
Talabalar Muftiy Boboxonovlar sulolasi hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” yoʻnalishi 3-kurs talabalari uchun “Muftiy Boboxonovlar jamgʻarmasi”ga ekskursiya uyushtirildi.
Ekskursiya davomida Amirsaid Usmonxoʻjayev ishtirokida “Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Sovet Ittifoqi davridagi faoliyati (1943-1989) va Muftiy Boboxonovlar sulolasi” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Tadbir davomida umrini yurtimizda islom dini ravnaqi va musulmonlar manfaati yoʻlidagi xayrli ishlarga bagʻishlagan Muftiy Boboxonovlar oilasi ham dinimiz fidoyilaridan ekani taʼkidlandi.
Keyingi yillarda Prezidentimiz eʼtibori bilan Muftiy Boboxonovlar sulolasi haqida, kitob, ommabop risola va turkum maqolalar chop etilib, ularning dinimiz va yurtimiz ravnaqi yoʻlida qilgan ishlari keng ommaga targʻib qilinmoqda.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3480
Kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Saylov-2024
#IIAU
Mening tanlovim – obod vatanim!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi mas’ullari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faollari 2024-yil 27-oktabrda bo'lib o‘tadigan saylov jarayonlarida ishtirok etishga tayyor!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Videolar
🎞Minbar: ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar
🔰Mazkur ko‘rsatuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov ekspert sifatida ishtirok etdi.
Manba: “Mahalla” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Taqdimot
Akademiya professor-o‘qituvchilarining yangi nashrlari taqdimoti o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori Najmiddin Nizomiddinov va dotsent Ra’no Urazova tomonidan nashr qilingan yangi adabiyotlarning taqdimoti bo’lib o’tdi.
Unda Akademiya talabalari, ARM xodimlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar. Tadbir talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Professor Najmiddin Nizomiddinov “Qadimgi Afg‘oniston tarixi, diniy e’tiqodi va madaniyati” nomi ostida tayyorlagan monografiyasi haqida ma’lumot berdi.
Dotsent Ra’no Urazova esa “Din va san’at” nomli o’quv qo’llanmasi haqida so‘z yuritdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3479
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram