#Fotoreportaj
Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasi majlislar zalida oʻtkazilgan “Kitob – maʼrifat mashʼali” mavzusidagi koʻrgazmali tadbiridan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Turkiyaning Alaniya Aladdin Keykubat universiteti professori Kemal Kantarji Akademiya talabalariga ma’ruza qildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Turkiyaning Alaniya Aladdin Keykubat universiteti turizm fakulteti professori Kemal Kantarji ishtirokida Akademiyaning “Turizm (ziyorat turizmi)” yoʻnalishi 1-kurs talabalari uchun “Meros turizmi” mavzusida ma’ruza darsi o‘tkazildi.
Dars davomida Kemal Kantarji Akademiya rahbariyati va jamoasiga mazkur tadbir uchun minnatdorlik bildirib, turizm dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiyotining muhim elementiga aylanib borayotganini e’tirof etdi.
Shu bilan birga, ma’ruzada xalqaro turizmning eng yangi yo‘nalishlari va tendensiyalari yoritib berildi, xorijiy ekspert O‘zbekistonning turizm sohasini barqaror rivojlanish xususiyatlariga ijobiy baho berdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3476
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “БРИКС плюс” форматидаги саммитда сўзлаган нутқи
—
Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите в формате «БРИКС плюс»
—
Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the “BRICS plus” format
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Saylov-2024
Saylovlarda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻliq taʼminlanmoqda
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#Yosh_psixologlar_klubi
Akademiyada "Yosh psixologlar klubi" faoliyat boshladi!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang'ich tashkiloti qoshida "Yosh psixologlar klubi" faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu klub Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Klubning ochilish marosimiga bag'ishlangan tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i Rahmatilla Gaipnazarov, Xotin-qizlar bo'limi uslubchisi Nilufar Alibayeva, "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida klub koordinatorlari tomonidan trening mashg'ulotlari o'tkazilib, faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.
Sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
Akademiya dotsenti tuman hokimi tomonidan taqdirlandi
Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida Shayxontohur tumanini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishdagi samarali faoliyati hamda saylovchilar oldidagi fidokorona xizmatlari uchun tuman kengashi deputatlariga hokim Bobur Abubakirov tomonidan minnatdorchilik izhor etilib, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Ne’matullo Muhamedov tuman kengashi deputati sifatidagi samarali faoliyati uchun mas'ullar tomonidan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_haftalik
Toshkent madaniy meros haftaligi: xalqaro muloqot va oʻzaro bilimlar almashish manzili
Xabaringiz bor ayni kunlarda Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” mavzusida madaniy meros haftaligi boʻlib oʻtmoqda.
Joriy yilning 27-oktabriga qadar davom etadigan mazkur haftalik doirasida turli konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etilib, ularda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari qatnashmoqda.
Madaniy meros haftaligida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, “Asrlar xazinasi: Oʻzbekiston qoʻlyozmalari” xalqaro sharqshunoslar forumi va koʻrgazmasida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Neʼmatulla Nasrullayev “Muxtasar al-viqoya” asariga oid yangi tadqiqotlar” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3468
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#xalqaro_anjuman #vazir
“Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi
Joriy yilning 17–25-oktabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.
Mazkur konferensiyada YUNESKOning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Sara El Attar, Buyuk Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakilligi direktori Deniz Voddingxem ishtirok etmoqda.
Tadbirni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z nutqi bilan ochib berdi:
– So‘nggi yillardagi oliy ta’lim tizimida asosiy e’tibor mamlakatimiz yoshlarini ta’lim olishi uchun keng imkoniyat va zarur sharoit yaratishga qaratildi. Biz ekologiya, qishloq xo‘jaligi, energetika, tibbiyot, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va mashinasozlik kabi strategik muhim sohalarda ilmiy-tadqiqot va ta’lim loyihalarini amalga oshirishga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz.
Bizni kuzating
#VIDEOLAR
🎞Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhabida namozda takbiri tahrimaning hukmi nima?
🔰Imomiddin Boboqulov,
Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷O‘zing xohlagan narsalar uchun kurashmasang, yo‘qotadigan narsalaring uchun ham yig‘lama.
✍️Uill Smit
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Kengash
Kengash majlisida muhim masalalar muhokama qilindi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashining 2024-2025 oʻquv yilidagi 2-sonli majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash aʼzolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.
Kengash majlisini Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uygʻun Gʻafurov olib bordi. Akademiya rektori majlisni ochib berarkan, oʻtgan vaqt mobaynida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish muhim ekanini qayd etdi.
Yigʻilishda akademiyada maʼnaviy-axloqiy muhitni yanada kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda yot gʻoya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar toʻgʻrisida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotovning hisoboti tinglandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi xususida Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev maʼlumot berdi.
Yigʻilishda 2023-2024-oʻquv yilida Akademiyada Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti faoliyati samaradorligi va istiqboldagi rejalari toʻgʻrisida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilot yetakchisi Abduvahob Toʻxtanazarovning hisoboti tinglandi.
“2024-2025 oʻquv yilida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi pedagog xodimlarining faoliyatini samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari — KPI asosida BAHOLASH mezonlari (tarkibiy koʻrinishi)”ni va “Tyutorlar faoliyatini oʻrganish va baholash mezonlari” ni tasdiqlash xususida TSNQh boʻlimi boshligʻi Ilhom Berdiyarovning hisoboti tinglandi.
Kengash yigʻilishida ILM-202405160857-sonli “Buxoro ziyoratgohlarining elektron 3D modelini yaratish” mavzusidagi loyihaga oʻzgartirish kiritish xususida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islamov maʼlumot berib oʻtdi.
Kengashda maʼnaviy-maʼrifiy sohada bajarilishi zarur boʻlgan galdagi vazifalar va mavjud muammolar ham tahlil qilindi.
Yigʻilish yakunida muhim vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat ulashib
#Taqdirlash
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ishtirok etgan mehmonlarga Akademiya tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat ulashib
#Kitoblar_ko‘rgazmasi
Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi
Ma’lumki, azal-azaldan ma’rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilm-u odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelganlar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi munosabati bilan “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Shuningdek, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdim qilindi.
Ko‘rgazma talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat ulashib
#Yashil_makon
Yashil makonni birgalikda barpo etamiz…
Kurrai zaminga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, kelgusi avlodlar oldidagi burchimizdir. Ajdodlarimizdan qolgan ozod va obod Vatanni ko‘rkiga ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shish esa birinchi galdagi vazifa bo‘lishi lozim.
Shu maqsadda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Munavvara Usmonova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon Muhiddin Omon, yozuvchi, tarjimon Ma’mura Zohidova ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish jarayoni o‘tkazildi.
Ishtirokchilar tomonidan ushbu nihollar hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlashi ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat ulashib
Ma’rifatli yoshlar – millat kelajagi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri yuqori kayfiyat va ko‘tarinki shukuhda davom etmoqda.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbirlar doirasida poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 242-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, tarjimon Ma’mura Zohidova ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Ijodiy uchrashuvda Ma’mura Zohidova tomonidan bugungi adabiy jarayon, davlatimiz rahbari tomonidan shoir-yozuvchilarga yaratilayotgan e’tibor, shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Yakunda Akademiya tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovining g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Kitobxonlik_tadbiri
Kitob va kitobxonlik – inson maʼnaviyati koʻzgusi
Toshkent shahridagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” majmuasi majlislar zalida “Kitob – maʼrifat mashʼali” mavzusida koʻrgazmali tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori Muhammadolim Muhammadsidiqov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari Abdulvosid Xomitjonov, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi mudiri Maʼmur domla Erkayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, taniqli jurnalist va yozuvchi Obiddin Mahmudov, poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblar va mehmonlar ishtirok etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3477
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#xalqaro_mukofot
#ta’sis
Beruniy nomidagi YUNESKO – O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi
Mukofot ikki yilda bir marotaba sun’iy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvarli loyihalarga beriladi.
G‘oliblar mustaqil xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi e’tirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.
Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Videolar
🎞AQShning Janubiy Florida universiteti vakili bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Videolar
🎞“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_konferensiya
Malayziyada Imom Buxoriyga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi
Malayziyaning Islom madaniyati institutida “Imom Buxoriy ilmiy merosini oʻrganishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosini oʻrganishga bagʻishlangan tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov “Globallashuv sharoitida hadislarning mazmunini toʻgʻri tushunish: muammo va yechimlar”, Akademiya dotsenti Durbek Rahimjonov “Movarounnahr ulamolarining hadis ilmi rivojida tutgan oʻrni” mavzusida maʼruza qildilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3469
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Saylov-2024
🎞Saylov uchastkasi manzilini elektron tarzda kartadan aniqlash mumkin.
Markaziy saylov komissiyasi “Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” xizmatidan foydalanish tartibi haqida tushuntirish berdi.
Mazkur xizmatdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) portali orqali ham foydalanishingiz mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Saylov-2024
🎞Kelajagingizga befarq bo’lmang!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Saylov-2024
🎞Mening ovozim – mening tanlovim
🔰Manba: Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar va soxta salafiylarning aksariyat vakillari islom ahkomlarini buzib talqin qilishlari haqida ko‘p eshitamiz. Ularning bu talqinlariga asosli raddiyalar bormi?
🔰Mirodil Haydarov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Kengash
Ilmiy unvon va ilmiy darajalar topshirildi
Yig‘ilish davomida Kengash raisi Uygʻun Gʻafurov akademiyada ilmiy va pedagogik faoliyat olib borayotgan Farhod Karimovga professor, Avazbek Gʻaniyev, Oʻktam Palvanov, Muhabbatxon Agzamova, Noʻmonjon Toʻrayev, Shuhrat Toxtiyev va Suhrob Xidirovlarga dotsent ilmiy unvonlari topshirdi.
Shuningdek, xorijiy professor-oʻqituvchilardan Axmed Moussa Abddalla Seifeldin, Hilal Abdelrazek Sadek Abdelrazek, Muhammad Ali Abdulvahid Avad, Shehata Abdurozzaq Abu Shusha va Ubayd Muhammad Abdulhalimlarga OAKdan nostrifikatsiya qilganlar PhD ilmiy darajali diplomlari tantanali tarzda taqdim etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Karyera
Akademiya vakillari “TalentforBIZ” karyera yarmarkasida ishtirok etdi
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi uzoq yillik hamkorlik va yaqin do‘stlik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu hamkorlikning asosiy poydevori, shubhasiz, ikki mamlakat rahbarlarining siyosiy irodalari va qo‘llab-quvvatlovlari tufayli mustahkamlanmoqda.
Kuni kecha Toshkent shahrida Turkiya Respublika Prezidenti administratsiyasining Inson resurslari ofisi tomonidan “TalentforBIZ” karyera yarmarkasi tashkil etildi.
“TalentforBIZ” — bu Turkiya tomonidan jahonning turli davlatlarida muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan nufuzli tadbirlaridan bo‘lib, xorijlik yosh mutaxassislarni turk kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari “TalentforBIZ” karyera ko‘rgazmasida qatnashdi. Shuningdek, O‘zbekistonda talabalar uchun ish o‘rinlarini yaratish, ularni o‘z salohiyati va malakasiga muvofiq yo‘nalishlarda ish bilan taʼminlashga qaratilgan “Qobiliyat eshigi” nomli Platformaning taqdimoti va undan foydalanish bo‘yicha seminar-treningida ham faol ishtirok etdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat ulashib
#Spektakl
Jadidlar – millat oydinlari
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyaida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ko‘plab tadbirlar, adabiy uchrashuvlar, tabarruk maskanlarga ziyorat tashkil etildi.
Ana shunday tadbirlardan biri “Talabalar teatr studiyasi” tomonidan taqdim qilingan “Jadidlar armoni” nomli spektakl namoyishi bo‘ldi.
Spektakl jadidchilik tarixi haqida so‘zlab, jadidchilikka asos solinishi tarixi, uning namoyandalari taqdiri, jadidlarning yurtimiz tarixida qoldirgan izi haqida haqida hikoya qiladi.
Spektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Videolar
#Haftalik
🎞Madaniy meros haftaligi: qizg‘in muhokamalar, yangi taqdimotlar
Manba: “Sevimli” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat ulashib
#Ekskursiya
Mehmonlarga Akademiyaning turizm salohiyati taqdim etildi
Tadbirlar doirasida mehmonlar uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.
Ekskursiya davomida allomalar hayoti, ilmiy merosi, maqbaraning bugungi kundagi ahamiyati, bu yerga keladigan ziyoratchilar tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Ma’lumki, To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri sanaladi. Qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Yetti nizom” qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.
Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud.
Ziyorat mehmonlarda katta taassurot qoldirib, o‘tganlarning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Saylov-2024
“Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” xizmatidan foydalanish tartibi
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram