#Ma’rifat ulashib
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar 24-umumta’lim maktabida davom etdi
Xabar qilganimizdek, “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 24-umumta’lim maktabida davom etdi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon Muhiddin Omon, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Akademiya vakillari, maktab ustozlari va o‘quvchilar qatnashdi.
Loyiha doirasida ijodkorlar maktab faoliyati bilan tanishdilar. Axborot-resurs markazi xonasini ko‘zdan kechirib, oʻquvchilar bilan suhbatda boʻldilar.
Uchrashuvda taniqli shoir Muhiddin Omon oʻzlarining toʻplagan katta hayotiy tajribalari hamda egallagan ilmlarini yoshlar bilan oʻrtoqlashdi.
Shuningdek, 242-umumta’lim maktabida Muhiddin Omon ijodi bo‘yicha ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov va shoir Muhiddin Omon ishtirokida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
#21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
#Ma’rifat ulashib
Akademiyada “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari boshlandi
Ayni paytda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Akademiyada ham loyiha doirasida taniqli ijodkorlar – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Munavvara Usmonova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, tarjimon Muhiddin Omon, yozuvchi, tarjimon Ma’mura Zohidova tashrif buyurdilar.
Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov tadbirni ochib berar ekan, yaqinlashib kelayotgan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan qalam ahli egalarini tabrikladi. “Ma’rifat ulashib” tadbiri ushbu muhim sana arafasida o‘tkazilayotgani ham bejiz emasligi, til insonlar uchun ilm-ma’rifat egallashlarida muhim vosita ekanini qayd etdi. Tadbirning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Saylov-2024
#Davra_suhbati
Akademiya dotsenti bu yilgi saylov jarayoni haqida ma’ruza qildi
Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktabr sanasida mamlakatimiz va xalqimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim siyosiy voqelik – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda aholi orasida saylovoldi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida “Aralash saylov tizimi va uning afzalliklari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Akademiya dotsenti Markaz jamoasiga bu yilgi saylov jarayoni, ovoz berish tartib-qoidalari haqida ma’lumot berdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3466
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqotiy kabi fitnakor kimsalar va soxta salafiylarning aksariyat vakillari islom ahkomlarini buzib talqin qilishlari haqida ko‘p eshitamiz. Ularning bu talqinlariga asosli raddiyalar bormi?
🔰Sherzod Umaraliyev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi o‘qituvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Akademiyada Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy ishtirokida ilmiy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga islom olamining yirik olimlarining tashrifi davom etmoqda. Akademiyada Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasi raisi, Doxa dinlararo muloqot markazi raisi, Qatar universiteti Shariat va islomshunoslik fakulteti professori Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy mehmon bo‘ldi.
Tashrif davomida taniqli olim hamda Akademiya rahbariyati va doktorantlari o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildi.
Shayx Ali Muhyiddin Qoradog‘iy mehmondo‘st va ulug‘ allomalar yurti bo‘lgan O‘zbekistonga tashrifidan mamnunligini bildirarkan, kuni kecha o‘tkazilgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tom ma’noda islom dinining insonparvarlik mohiyatini ochib berishda katta muloqot maydoni bo‘lganini e’tirof etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3465
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Islom olamining taniqli ulamolari Akademiyaga tashrif buyurdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti doktori, zamonamizning ulug‘ muhaddislaridan biri Shayx Muhammad Avvoma, Ibn Xaldun universiteti “Dorul hadis al-Avvomiya” markazi raisi Muhyiddin Avvoma hamda Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmez tashrif buyurdi.
Zamonamiz muhaddislaridan biri – Shayx Muhammad Avvoma aqida, fiqh, usul, arab tili va tarojim kabi ilmlarni jamlagan yetuk olimlardan sanaladi.
Anqaradagi Islom tafakkuri instituti direktori Mehmet Go‘rmezning “Hadis ilmining asosiy masalalari”, “Qalb davosi”, “Gʻazzoliy asarlarida Sunnat va Hadis hamda ularning sharhlari”, “Sunnat va hadisning haqiqiy qiymati” va boshqa koʻplab asarlari nashr etilgan.
Uchrashuv avvalida mehmonlar Akademiyaga taklif etilgani uchun muassasa rahbariyatiga minnatdorlik bildirdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3463
#Videolar
🎞Культура, философия, отношения тюркских народов
Manba: Toshkent telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_simpozium
#Videolar
🎞“Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusidagi V xalqaro simpozium haqida
Manba: Toshkent telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Buyuk ishlar qilishning yagona yo‘li bu – qiladigan ishingizni sevib qilishingizdir.
✍️Stiv Jobs
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Akademiya vakillari Istanbul universitetida ma’ruza o‘qidi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillarining Istanbul universiteti Ilohiyot fakultetidagi qisqa muddatli stajirovkasi davom etmoqda.
Dasturga muvofiq, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odil Ernazarov “Dunyo dinlarida ziyorat obyektlari va ularni ziyorat qilish odoblari” hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedra dotsenti Nilufar Botirova tomonidan “O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati” mavzularida fakultet talabalari uchun ma’ruza mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ma’ruza davomida Akademiya vakillari va Istanbul universiteti mutaxassislari ziyorat turizmining iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, dinlarning ziyorat obyektlariga ziyorat tashkil etishdagi zarur ma’lumotlar va bu borada malakali kadrlarni tayyorlash ahamiyati to‘g‘risida fikr almashdilar.
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_anjuman
#Videolar
🎞“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman doiradagi tadbirlar
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_anjuman
#Murojaat
“Oʻzbekistonning madaniy merosi butun insoniyatning boyligidir” – Xalqaro anjuman ishtirokchilari Prezidentga murojaat yoʻlladi
Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusida oʻtkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat yoʻlladi.
“Muhtaram Prezident janobi oliylari,
Oʻzbekiston zaminida tavallud topib, oʻzining benazir isteʼdodi, bilim va tafakkuri, ezgu fazilatlari bilan islom olamida shuhrat qozongan buyuk allomalarning boy ilmiy merosini oʻrganish va targʻib etish borasidagi faoliyatimizga alohida eʼtibor qaratib, kamtarona mehnatimizga yuksak baho berganingizdan gʻoyat mamnunmiz va buning uchun Sizga samimiy minnatdorligimizni izhor etamiz.
Hech shubhasiz, biz – islomshunos, termiziyshunos olim va tadqiqotchilar haqidagi iliq va haqqoniy fikrlaringiz bizni yanada koʻproq izlanib, yangi-yangi tadqiqotlar yaratishga, islom dinining Siz taʼkidlab aytgan tinchlik, ezgulik va insonparvarlik mohiyatini keng ochib berishga ilhomlantiradi.
Biz oʻtmishda yashab oʻtgan buyuk mutafakkirlarimiz qoldirgan buyuk va bebaho merosni oʻrganish, asrab-avaylash va targʻib etish borasidagi sharafli va masʼuliyatli ishga oʻz hissamizni qoʻshayotganimizdan mamnunmiz”, deyiladi murojaatda.
Maʼlumot uchun, xalqaro anjuman doirasida tegishli qaror hamda Termiz deklaratsiyasi ham qabul qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_simpozium
#Fotoreportaj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusidagi V xalqaro simpoziumda ishtirokchilar tomonidan “Globallashuv va turkiy tilli mamlakatlar fuqaroligining o'ziga xosligi: global o'zgarishlar sharoitida milliy qadriyatlarni saqlash”, “Turkiy xalqlar davlatchiligi va huquqi rivoji: holati va istiqbollari”, “Turkiy xalqlar madaniy aloqalari rivojlanishida etnomadaniy birlashmalar roli”, “Turkiy xalqlar falsafasi milliy madaniyatning asosidir”, “Radikalizmning oldini olishda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashning mohiyati”, “Turkiy davlatlar integratsiyasi masalalari va rivojlanish istiqbollari”, “Islom huquqshunosligida texnologik taraqqiyot va germenevtik talqinlar: zamonaviy muammolarga javoblar” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 89 million so‘m bo‘lgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!
🏛 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim muassasalari (bakalavr va magistr) talabalari hamda kollej, litsey va texnikum o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.
#Davra_suhbati
Ilm va tajriba o‘rtasidagi ko‘prik
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sobiq bitiruvchilar – hozirgi kunda “ELMADAD” tashkiloti bosh direktori Mardonxon Aslonov hamda “Huquqiy axborot” tashkiloti direktori Sherali Barotov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Ilm va tajriba o‘rtasidagi ko‘prik” mavzusidagi biznes muloqotida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Anvar Xudoyorov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva, bosh mutaxassis Sirojiddin Salaxov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar talabalik paytlari, ish faoliyatini boshlashda nimalarga ahamiyat berilishi, bisnes borasidagi tushunchalari haqida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat ulashib
O‘quvchilar ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 1-umumta’lim maktabida davom etdi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira Munavvara Usmonova, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Akademiya rektori so‘zga chiqib, yurtimizda yosh avlodning taʼlim olishi, isteʼdod va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvda taniqli ijodkor Munavva Usmonova bolalik xotiralari, ijodiy jarayonlar haqida so‘z yuritib, she’rlarini o‘qib berdilar.
Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ijro etildi. Ijodkor o‘quvchilar o‘zlari yozgan she’rlarini taniqli shoiraga o‘qib berdilar.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
O‘zbek tiliga e’tibor millatga e’tibordir
Mamalakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasi yurtimizni dunyo hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yuqori ekanini ko‘rsatmoqda. Shu jihatdan, yangi O‘zbekistonni qurar ekanmiz, buning uchun barcha muammolarni bartaraf etmoqlik har bir soha vakillari va xalqimiz bajarishi kerak bo‘lgan muhim vazifalardan sanaladi.
Shu bilan birga, bugungi kunda dolzarb masalaga aylanib kelayotgan ayrim muammolar – o‘zbek tiliga ko‘rsatilayotgan ba’zi e’tiborsizliklar tufayli kelib chiqmoqda. Bu yil tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ladi.
✍️E’zoza Abdunabiyeva,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3464
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Insonlar orasida “Ahli sunna val jamoa” degan atama haqida turlicha qarashlar mavjud bo‘lib, aslida bu ibora borasida islom ulamolari nima deyishadi?
🔰Shayx Said Fuda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Yolg‘on doim rostdan yengiladi, u xuddi suv yuzasidagi ko‘pikdek yo‘q bo‘lib ketadi.
✍️Abu Rayhon Beruniy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_simpozium
#Videolar
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusida V xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_haftalik
Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” madaniy meros haftaligi boshlandi
Joriy yilning 18-27-oktabr kunlari Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” nomli madaniy meros haftaligi oʻtkaziladi.
Ushbu tadbir doirasida konferensiyalar, seminarlar, forumlar, koʻrgazmalar va taqdimotlar tashkil etiladi. Tadbirda 100 dan ortiq xorijiy olim va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzey va kutubxonalari boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Bugun haftalikning ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham ishtirok etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3462
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_anjuman
#Termiz_live
🎞Imom Termiziy ilmiy merosi: “Taassurotlar va istiqbol rejalari”
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Имом Термизий илмий меросининг ислом цивилизациясида тутган ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжуман иштирокчиларига мурожаати
—
Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам международной научно-практической конференции «Роль научного наследия Имама Термези в исламской цивилизации»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xushxabar
Akademiyaning xorijiy talabasi “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4-bosqichida tahsil olayotgan Afg‘oniston fuqarosi Abdulkarim Sadiy muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mazkur tanlov yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida har yili o‘tkaziladi.
Quvonarlisi, Akademiya talabasi tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
Fursatdan foydalanib, Akademiya rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizning mazkur yutug‘i bilan tabriklab, uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.
#Xalqaro_hamkorlik
Iordaniyalik yirik hanafiy olim Shayx Saloh Abul Haj Akademiyaga tashrif buyurdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya doirasida yurtimizga mehmon bo‘lib kelgan Iordaniyadagi Butunjahon islom ilmlari universiteti professori Shayx Saloh Abul Haj tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida taniqli olim “Manbalar xazinasi” boʻlimida saqlanayotgan nodir qoʻlyozma va toshbosma asarlar bilan tanishar ekan, yurtimizda boʻlib oʻtgan xalqaro konferensiya, maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarga oid oʻzining iliq fikrlarini bildirdi.
Shundan so‘ng Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda doktorantlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Mehmon, avvalo, taklif uchun minnatdorlik bildirib, davlat va din munosabatlari, mazhabsizlikka qarshi kurashish, zamonaviy masalalar kabi savollar haqida so‘z yuritdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3459
Sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_anjuman
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Imom Termiziy qabrini ziyorat qilishdi
Termiz shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun dunyoning oʻnga yaqin davlatidan viloyatimizga kelgan taniqli olim va ulamolar Sherobod tumanidagi Imom Termiziy ziyoratgohiga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar bu yerda buyuk muhaddis Abu Iso at-Termiziy qabrini ziyorat qilishdi. Qurʼon tilovat qilinib, duo oʻqildi.
Ziyoratgoh tarixi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ziyoratchilarga yaratilgan sharoitlar, kutubxona va jome masjid faoliyati bilan tanishgan mehmonlar dunyo ahli tan olgan buyuk imomga koʻrsatilayotgan davlat darajasidagi bunday eʼtibordan mamnunliklarini izhor etishdi.
Maʼlumot uchun, Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida Abu Iso at-Termiziyning “Sunani Termiziy sharhi” kitobining toʻrt jildi, Abu Jaʼfar Termiziyning “Tafsir” kitobi nashr qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_simpozium
#Taqdirlash
Xalqaro simpoziumda hamkor tashkilotlar va ma'ruzachilarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nomidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_simpozium
#Yangiliklar
Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Turkiy xalqlar madaniyati, aloqalari va falsafasi: tarix, bugun va kelajak” mavzusida V xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
Mazkur simpozium O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, K.Sh.Toqtomamatova nomidagi Xalqaro universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti hamda Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti hamkorligida o‘tkazildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3456
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
👨💻👩💻🧠
OTM matbuot kotiblari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi
16-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda SMM Maktab bilan hamkorlikda “PR va SMM: universitetlar uchun zamonaviy yondashuv” mavzusidagi seminar-treningning birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.
Ikki kunlik mazkur tadbirda Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo viloyati oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari hamda Axborot xizmatlari mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Seminarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i N. Oripov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari N. Abduqunduzova hamda SMM Maktab loyiha rahbari K. Baxtiyorzoda ochib berdi. Ular o‘z ma’ruzalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati, universitetlar uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish va ularning brendini to‘g‘ri pozitsiyalash zaruriyati haqida gapirib o‘tdilar.
Seminarning birinchi kunida qatnashchilarga qator mavzularda ma’ruzalar o‘qildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Xususan, universitet imijini ijtimoiy tarmoqlarda samarali shakllantirish borasidagi ilg‘or tajribalar taqdim etildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24482
Bizni kuzating
#Xalqaro_konferensiya
Nufuzli anjuman ishtirokchilari Oʻzbekiston Prezidentiga murojaat yoʻllab, deklaratsiya qabul qildilar
“Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiya bugun Xiva shahrida “O‘zbekiston – buyuk sivilizatsiyalar chorrahasi” mavzusidagi sho‘ba yig‘ilishi bilan davom etdi.
Anjuman ishida Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Oʻmon, Rossiya, AQSH, Fransiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar mavzu doirasida bir qator ezgu tashabbuslarni ilgari surdilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat yoʻllab, anjuman deklaratsiyasini qabul qildilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3447
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram