#Yangiliklar
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan
Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy muhitni va aholi turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy masala bo‘lib turibdi.
Shu bois, bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talaba-yoshlarda turli yot g‘oyalarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish maqsadida “Jamiyatda diniy fanatizm va aqidaparastlikning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi Mо‘minmirzo Abdulfattoxov ma'ruza bilan qatnashdi. Talabalarga diniy oqimlar va ularning davlat taraqqiyotidagi zararlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tadbirda tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qilishi, globallashuv davrida yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini va yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda bu kabi davra suhbatlarining ahamiyati katta ekani ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Xalqaro_konferensiya
Samarqandda xalqaro simpozium o‘tkazilmoqda
Samarqand shahrida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilayotgan “Xalqaro Moturidiy simpoziumi” oʻz ishini boshladi.
Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi, moturidiylik taʼlimoti hamda uning bugungi kundagi ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan anjumanda yurtimiz hamda Turkiya Respublikasining bir qator koʻzga koʻringan kalom ilmi mutaxassislari ishtirok etmoqdalar.
Simpoziumning ochilish marosimida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, Turkiyaning Igʻdir universiteti dekani Ali Yildiz Musoxon, Imom Termiziy, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillari tabrik soʻzlari bilan qatnashdilar.
Tadbir shoʻbalari doirasida Imom Moturidiyning ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasi, moturidiylik taʼlimotining bugungi kunda aqida borasidagi ayrim ixtilofli masalalarning hal etishdagi ahamiyati kabi bir qator muhim va dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Davra_suhbati
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qiling!
Kunlar qisqarib, havo sovib borishi sayin isitish moslamalariga ehtiyoj ortib boradi. Bu davrda tabiiy gaz yoki muqobil yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish hajmi keskin oshadi. Buning natijasida bu kabi texnik vositalardan foydalanish chog‘ida ehtiyot choralariga amal qilmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Natijada yong‘in xavfi kelib chiqish ehtimoli ortadi.
Shu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Akademiya prorektori Zohidjon Islomov, profilaktika katta inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shayxontohur tumani vakillari, katta leytenantlar – Xojiakbar Saydaliyev, Rasul Mamasonov, kichik serjant Shukurillo Nishonboyev, xodim hamda talabalar ishtirok etdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3388
Sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#E’lon
🔷Joriy yilning 3-oktabr kuni soat 14:00 da Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasi: oʻtmish va hozirgi zamon” mavzusida V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib o‘tadi.
🔰Ushbu konferensiya Markaziy Osiyoda islom sivilizatsiyasining oʻrnini oʻrganish va targʻib qilish maqsadida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish xalqaro markazi – IRCICA bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
🖥Konferensiya ZOOM platformasida bo‘lib o‘tadi.
🌐Quyidagi link orqali ZOOM dasturiga ulanishingiz mumkin:
https://us06web.zoom.us/j/81606391047?pwd=rxc3YqLN8Hq0Bru7hQAfnqaJ592Fb5.1
ℹ️Identifikator: 816 0639 1047
🛜Parol: 078207
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Huquqiy_savodxonlik
🎞O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 184-3-moddasi
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷O‘qing va o‘rganing. Jiddiy kitoblarni o‘qing. Qolganini hayotning o‘zi tushuntirib beradi.
✍️Fyodor Dostoyevskiy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Videolar
#1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
🎞Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Osmon-u falakning ziynati yulduzlar bilan bo‘lsa, yer-u zaminning ko‘rkamligi olimlar bilandir.
✍️Mahmud Zamaxshariy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
#Ustozga_ehtirom
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘ofurovning Akademiya professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda murabbiylariga 1-oktabr –O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
O'zXIA rektorining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
💻Instagram |📝Facebook |📝Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Педагогик маҳорат миллий институтида ўқитувчи ва мураббийлар билан мулоқот қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел беседу с преподавателями и наставниками в Национальном институте педагогического мастерства.
#Mirziyoyev #muloqot #talim #uqituvchilar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#E’LON
✅Oliy ta'lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Xalqaro Nordik universiteti hamda Prime Educational Finland (Finlyandiya) ta'lim tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan oliy ta'lim muassasalari rahbar kadrlari uchun shartnoma asosida "Ta'lim tizimi menejmenti" yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma malaka oshirish kursi tashkil etilishi rejalashtirilayotgani bildirilgan.
🔷Malaka oshirish kursi 144 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 72 soati Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida, 72 soati Finlyandiya hamda Shvetsiyaning xalqaro reytinglarda Top-500 talik ro‘yxatdan o’rin olgan oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.
📆Muddat: 2-oktabrga qadar.
☎️Malaka oshirish kursida ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Tel: +998 71 244 95 93
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#UNESCO_Chair
#Kun_tarixi
29-sentabr – “Xalqaro oziq-ovqat tanqisligi va isrofi haqida qaygʻurish kuni”
2019-yil 19-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan “Xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi va isrofgarchilikdan saqlanish haqida” rezolyutsiya qabul qilingan. Unga ko‘ra, har yili 29-sentabr “Xalqaro oziq-ovqat tanqisligi va isrofi haqida qaygʻurish kuni” sifatida nishonlanishi belgilangan.
“...Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qiluvchilarni sevmas”.
A’rof surasi, 31-oyat
“Sayyoramizdagi oziq-ovqatlar hamma uchun. Lekin uni hamma ham yeyolmaydi...”
Karlo Petrini,
italiyalik aktivist
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Besh_tashabbus
Mini futbol bo'yicha “Dekan kubogi” bahslari boshlandi
Mamlakatimizda yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish maqsadida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo'yicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini o'tkazish tizimi joriy etildi.
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari orasida sportga bo'lgan qiziqish va intilish tobora ortib bormoqda.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mini futbol bo'yicha “Dekan kubogi” bahslarini fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev jamolarga omad tilagan holda ochib berdi.
G'oliblik uchun 15 jamoa kurash olib borgan musobaqada jamoalar orasida qizg'in bahslar kechmoqda.
Har bir ishtirokchi sportga bo'lgan qiziqishlari va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishib, o'z jamoasiga g'alaba olib kelish uchun bor kuch-g'ayratini ishga solmoqda.
Talabalar nafaqat jismoniy tayyorgarliklarini oshirishmoqda, balki o'zaro hurmat va jamoaviy bo'lib harakat qilish borasida ham tajribalarini mustahkamlashdi.
Qizg'in va murosasiz bahslar davom etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
#Ustozlar_yodi
🎞Atoqli olim, davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi sobiq rektori Rustam Qosimovning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashaylik!
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talaba-yoshlarda turli yot g‘oyalarga qarshi kurashish immunitetini shakllantirish maqsadida “Jamiyatda diniy fanatizm va aqidaparastlikning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida О‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Jasurbek Abduqodirov hamda profilaktika inspektori, leytenant Jasurbek Mambetovlar ishtirok etib, talabalarga diniy oqimlar va ularning davlat taraqqiyotidagi zararlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU_UZ
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Yoshlar_ittifoqi
“Besh tashabbus olimpiadasi” Akademiya bosqichi start olmoqda!
“Besh tashabbus olimpiadasi” Akademiya bosqichi 2024-yil 13-14-oktabr kunlari tashkil etilmoqda👈
⚽️Mini-futbol – 13-oktabr soat 12:00;
🏓Stol tennisi – 13-oktabr soat 14:00;
⛳️Yengil atletika – 13-oktabr soat 15:00;
🏐Voleybol – 14-oktabr soat 11:00;
🏀Stritbol – 14-oktabr soat 14:00;
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ochilish marosimi 2024-yil 13-oktabr kuni soat 12:00 da Akademiya stadionida tashkil etiladi!
Musobaqalarning fakultet bosqichi g‘oliblari bo‘lgan barcha jamoalar ochilish marosimida ishtirok etishi shart!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Ba’zilar qabristonda Qur’on o‘qishni bid’at amal deb hisoblab, bu o‘rinda inson savob o‘rniga gunohkor bo‘ladi deyishmoqda. Haqiqatda qabristonda Qur’on o‘qish joiz emasmi?
🔰Shukurulloh Egamberdiyev,
“Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Bugungi kunda Qur’on va sunnatga qaytish lozim, deyilgan da’vo qanchalik asosli va uni qanday tushunish kerak?
🔰Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#tabrik
Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri:
Hurmatli ustozlar, professor-oʻqituvchi, murabbiylar!
1-oktyabr – jamiyat taraqqiyotida oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni qanchalik muhim ekani tarannum etiladigan ezgulik bayramidir. Oʻzbekistonda bu kun oʻz hayotini kelajak avlodni oʻqitish va tarbiyalashga bagʻishlagan Siz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim sohasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi va bu oʻzgarishlarning markazida oʻqituvchilar turibdi. Konstitutsiyada ilk bor oʻqituvchi maqomi alohida belgilanishi, yangi qonunlarning qabul qilinishi, davlatimiz taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy taʼlim uslublarining joriy etilishi taʼlim tizimini sifatli rivojlantirish uchun asos boʻlmoqda.
Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz – bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini oʻzgartirib, millat xarakteriga taʼsir koʻrsatish kuchiga egasiz. Davlatimiz rahbari aytganlaridek “Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir”. Siz mana shu farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yaratuvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar, mehnatkash, haqiqatgoʻy insonlar boʻlib yetishishlariga sababchisizlar.
Prezidentimizning bugungi nutqlarida “Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan eʼtiboran ana shu ogʻriqli masalani hal etishga – oʻqituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik. Qatʼiy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi” degan gaplarini tinglarkanmiz, oʻqituvchilarimiz yaqin-yaqinda ham kasb bayramlarini changga botib, paxtazorda oʻtkazishlari xayolimizdan oʻtadi. Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.
Bizni
kuzating
#1-oktabr_O‘qituvchi_va_murabbiylar_kuni
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati, jamoasi hamda talabalari nomidan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan Siz, azizlarni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.
Bugungi kunda yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga ega bo‘lgan yoshlarni Siz tarbiyalab, voyaga yetkazasiz, saboq berasiz. Bu esa juda katta sharafli va mas’uliyatli vazifadir.
Shu bois, qadrli professor-o‘qituvchilar, tyutor va murabbiylarimizning fidokorona mehnatiga muvaffaqiyat tilab, shogirdlari kamolini ko‘rib yurish saodatini tilaymiz!
Sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka hamroh bo‘lsin.
Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#dayjest #Oʻqituvchi_va_murabiylar_kuni
1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida ”Sizga ta’zim, sizga ehtirom, aziz ustozlar!” mavzusida tabdirlar tashkil qilinmoqda
Bizni kuzating
Юксак маҳоратли, жонкуяр ва талабчан ўқитувчилар – халқнинг, миллатнинг ноёб бойлиги, уларнинг машаққатли, масъулиятли меҳнати энг юксак баҳо ва рағбатга муносиб
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Тошкент шаҳрида Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институти фаолияти билан танишди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Malaka_oshirish_o‘quvlari
Ichki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
Joriy yilning 19-30-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan 72 soatlik o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilar Akademiya hududida joylashgan “Yunusxon”, “Shayx Hovandi Tohur”, “Qaldirg‘ochbiy” maqbaralariga ziyorat uyushtirildi.
O‘quvlar yakunida tinglovchilarga malaka oshirish kursida ishtirok etganliklari haqidagi sertifikatlar, tarqatma materiallar hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3387
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
#Ustozga_ehtirom
🎞Taqdirlar...
🔷Osmon-u falakning ziynati yulduzlar, yer-u zaminning ko‘rki olimlardir. Film taniqli manbashunos olim, sharq mumtoz adabiyoti va tilshunoslik sohalariga oid qator asarlar muallifi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Zohidjon Islomovning hayot yo‘li va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlanadi.
🔰Manba: “O‘zbekiston tarixi” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
#Ustozlar_yodi
🎞Atoqli islomshunos olim, jonkuyar ustoz Saidmuxtor Oqilovning porloq xotirasiga bag‘ishlanadi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
#Fotochellenj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan #Ustozim bilan g‘ururlanaman, #Sizga ta’zim – aziz ustozim nomi ostidagi fotochellenjdan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#E’lon
🔷O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 2024-yil 30-sentabr kuni soat 11:20 da Ubaydulla Uvatov nomli katta majlislar zalida “Sizga ta’zim – aziz ustozim!” nomli bayram tadbiri tashkil etiladi.
🔶Mazkur tadbirga barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlarni taklif qilamiz!
🔰Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!!!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram