#Akademik_saboq
🎞“Turkiya turizm brendi” degan tushuncha bor. Ko‘plab o‘zbekistonliklar Turkiyaga sayohat qiladi, dam olib, hordiq chiqarib keladi. Ayting-chi, turk turizmining qanday afzal tomonlari bor? Ularni yurtimiz amaliyotida qo‘llash imkoni bormi?
🔰Nurislom To‘xliyev,
Iqtisodiyot fanlari doktori, akademik,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Alloh Arsh ustida deb makon berish to‘g‘rimi?
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Yolg‘on har doim yolg‘on, haqiqat har doim haqiqat. Ular hech qachon arzimas va ulkanga ajratilmaydi.
✍️Rasul Hamzatov
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Eʼlon
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Termiz davlat universiteti respublika miqyosida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag‘ishlab “ImomTermiziy hayoti va ilmiy faoliyati”ga oid ilmiy maqolalar tanlovini o‘tkazadi.
✅Tanlovni o‘tkazish bosqichlari va muddatlari:
🔷Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
🔷Birinchi bosqich – 20-30-sentabr kunlari OTM va ITMlarda;
🔷Ikkinchi bosqich – o‘quv yilining 16-oktabr kuni Respublika miqyosida.
🔷Tanlovning ikkinchi bosqichida har bir OTM va ITMdan bir nafardan nomzod ishtirok etadi.
✅Tanlovning baholash mezonlari. Tanlov bo‘yicha tayyorlangan maqola 100 ballik tizim asosida baholanadi.
🔷maqola mavzusining reja asosida yoritilishi – 20 ball;
🔶mavzuni hayotiy misollar orqali tushuntirilishi – 20 ball;
🔷maqola matnining ravonligi – 20 ball;
🔶maqola belgilangan talablar asosida yozilgani – 20 ball;
🔷maqolada tahlil va tavsiyalar mavjudligi – 20 ball;
🔶Maqola mavzusini yoritishda quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi:
🔷mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilgani;
🔶tahliliy yondashuv, mustaqil fikrlarning aniq bildirilgani;
🔷o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilgani;
🔶hayotiy misollardan keng foydalanilgani;
🔷mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risidagi takliflar keltirilgani;
🔶mavzu bo‘yicha chuqur bilimga ega ekani.
✅Maqolani taqdim etish tartibi:
🔰OTM va ITMlarda (tanlovning birinchi bosqichida) 1-o‘rinni egallagan maqola mualliflari tashkiliy qo‘mitaga quyidagi holatda maqolalarni 30-sentabrga qadar taqdim etishlari kerak:
🔰Matn hajmi – kamida 3 betdan 5 betgacha A-4 hajmdagi qog‘ozga, harflar hajmi – 14 kegl, satrlar oralig‘i 1,5 intervalda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm;
🔰Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi o‘zbek, rus va ingliz tillarida yoziladi, bir intervaldan so‘ng muallifning familiyasi, ismi-sharifi, ish joyi (oliy o‘quv yurti) nomi va lavozimi to‘liq shaklda yozilishi shart (Muxamedov Ne’matullo Asatullayevich, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, dotsent), shuningdek, bog‘lanish uchun telefon raqami yoziladi, bir intervaldan so‘ng matn keltiriladi;
🔰Maqolani tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar har bir sahifa ostida havola (snoska) tarzida beriladi. Snoskadagi har bir ma’lumot to‘liq yozilishi shart (Gʻaniyev, Avazbek. Abu Ali Ibn Sinoning islom madaniyatiga qo‘shgan hissasi. Monografiya. – Toshkent: Fan, 2021. -160 b.).
🔰Maqolalarning elektron nusxalari tashkiliy qo‘mitaga topshiriladi. Maqolaning elektron nusxasi telegramm orqali @AbduqodirovJasurbek (+998 99 484-75-76) manziliga yuborilishi mumkin.
🔰Yuqoridagi talablar asosida yozilgan maqolalar muddatidan kechiktirilsa qabul qilinmaydi.
✅Gʻoliblarni taqdirlash.
🔷Tanlov g‘oliblari hakamlar hay’ati qarori bilan aniqlanadi. Tanlov g‘oliblari Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Hanafiy mazhabida ibodatni tark etgan shaxs “kofir” sanaladimi?
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Haqiqatni doimo takrorlab turish zarur, chunki bizga adashishni ham doimo eslatib turishadi.
✍️Iogann Volfgang Gyote
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Davra_suhbati
Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili
Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yoshlarni ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Saidafzal Saidjalolov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Saidafzal Saidjalolov o‘z nutqida ekstremizm mafkurachilarining yoshlarga nisbatan ortib borayotgan tahdidlarini ta’kidladi.
Shuningdek, muloqot davomida ma’ruzachi tomonidan tanqidiy fikrlash va mediasavodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim tashabbuslari va dasturlari ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashish yo‘llari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
4️⃣4️⃣4️⃣
Butunjahon tozalik kuni: ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing!
20-sentyabr kuni soat 11.00 da respublikamizning barcha hududlarida Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etiladi.
————
Всемирный день чистоты: примите активное участие в масштабной эко-акции
20 сентября по случаю Всемирного дня чистоты во всех регионах страны пройдет масштабная эко-акция – плоггинги «Освободите место для жизни».
Bizni kuzating
#Akademik_saboq
🎞Keyingi paytlarda “Islomiy bank” moliya tizimi haqida ko‘p gapirilyapti. Ayrim an’anaviy banklarda islom bankining bo‘limlari, darchalari ochilmoqda. Shu munosabat bilan islom banki moliya tizimi haqida tushuncha bersangiz. Uning zamonaviy banklardan farqli jihatlari nimalardan iborat?
🔰Nurislom To‘xliyev,
Iqtisodiyot fanlari doktori, akademik,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Ayrimlar Ibn Sinoni falsafachi, Qur’onni inkor qilgan deb, Ibn Sinoni kofirlikda ayblamoqda. Haqiqatda shundaymi?
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi.
✍️Abu Ali ibn Sino
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Остонада "Марказий Осиё - Германия" саммитида иштирок этди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Ajdodlar_yodi
#Davra_suhbati
Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy dars soati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Ra’no O‘razova “Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli” mavzusida ma’ruza qildi.
Akademiya vakili yurt ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan dovyurak kurashchi, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan Jaloliddin Manguberdining vatanparvarlik borasidagi xizmatlarini tarixiy ma’lumotlar bilan yodga oldi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3350
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
TA’ZIYA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi v.b dotsenti Xasanova Dilbar Karimjonovnaning qaynonalari Mexriniso ayaning vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya izhor qiladi.
Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olsin! Imonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin! Ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
#Kun_hikmati
🔷Hammasi qalbingga bog‘liq: qalbingni o‘zgartir, dunyoying ham o‘zgarsin.
✍️Shamsi Tabriziy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU
#UNESCO_Chair
#Kun_tarixi
21-sentabr – “Xalqaro tinchlik kuni”
1981-yil 21-sentabrdan e’tiboran tinchlik g‘oyalarini mustahkamlash maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan ushbu kunni “Xalqaro tinchlik kuni” sifatida nishonlash qabul qilingan.
“Siz siqilgan musht bilan qo‘l silkita olmaysiz”.
Indira Gandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Ijtimoiy tarmoqlarda “Abdulla Zufar” kabi nomlar ostida ma’ruza qilayotgan shaxslar qonunlar bilan boshqariladigan davlatlarni “kufr yurti” deb e’lon qilish hamda “hijrat” da’vosi bilan yashab turgan Vatanini tark etishni barcha musulmonlarga farz amal deb da’vo qilmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?
🔰Oybek Sotvoldiyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tarjimalar bo‘limi boshlig‘i
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Yangiliklar
#Xalqaro_hamkorlik
Oʼzaro hamkorlikning yangi ufqlari
Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Evroosiyoda Yaqin Sharq tadqiqotlari” mavzusida II xalqaro konferensiya oʼz ishini boshladi.
Rossiya Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti hamda Y.M.Primakov nomidagi tashqi siyosiy hamkorlik markazi tomonidan oʼtkazilayotgan mazkur ilm anjumanida Rossiya, Belarus, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari vakillari bilan bir qatorda Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʼun Gʼafurov ham ishtirok etmoqda.
Xalqaro konferensiya “Tadqiqotlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari: loyiha faoliyatini tashkil etish va fanni moliyalashtirish”, “Markaziy Yevroosiyoda sharqshunoslik: holati va istiqbollari rivojlanish. Rossiya fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti — Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (МГИМО) konsortsiumining hisobotini muhokama qilish”, “Sharq va afrikashunoslik yangi davr boshida: yutuq tadqiqot loyihalari”, “Аnʼanani yangilash: Yaqin Sharqdan eng yaxshi tajribalar Yevroosiyoda tadqiqot”, “XXII asr sharqshunoslari uchun darsliklar: ular qanday boʼlishi kerak?” hamda “Ilmiy va taʼlim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash yoʼlida Yevroosiyoning Yaqin Sharq aholisi” kabi panel sessiyalariga boʼlingan holda ish olib bormoqda.
Sohaga daxldor qator yoʼnalishlarda mutaxassislar oʼzaro fikr va tajriba almashishi ham koʼzda tutilgan.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Konferensiya
Termiziylar merosi jahon olimlari nigohida
Imom Termiziy merosini oʻrganishda Prezidentimizning “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori muhim tarixiy ahamiyatga ega boʻldi. Ushbu qaror asosida Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Surxondaryo viloyati hokimligi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Termiz davlat universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida “Termiziy allomalarning ilmiy-maʼnaviy merosi: oʻtmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.
✍️Sarvar Saidov,
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi
📰Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3351
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Ijtimoiy tarmoqlarda “Abdulla Zufar” kabi nomlar ostida ma’ruza qilayotgan shaxslar o‘zlariga ergashmagan, ya’ni o‘z mamlakatlaridagi qonun-qoidalarga itoat qilib kelayotgan musulmonlarni “kofir” deb e’lon qilmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?
🔰Oybek Sotvoldiyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tarjimalar bo‘limi boshlig‘i
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва туризм соҳаларидаги таклифлар тақдимоти билан танишди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений в сферах охраны окружающей среды и туризма.
#Mirziyoyev #taqdimot #ekologiya #turizm
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Yangiliklar
#Ekskursiya
Ekskursiya talabalar uchun samarali o‘tdi
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida “ICT WEEK Uzbekistan - 2024” xalqaro haftaligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirda “Axborot xavfsizligini boshqarish” yoʻnalishi talabalari o‘qituvchi va tyutorlari hamrohligida ishtirok etishdi.
Ushbu ekskursiya talaba yoshlarning IT yangiliklaridan xabardor boʻlishi va soha mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilib, fikr almashishlarini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
Talabalar “Sunʼiy intellekt forumi 2024: mintaqaviy innovatsiyalar, infratuzilma va ijtimoiy oʻzgarish” forumida soha mutaxassislari bilan boʻlgan muloqotlar olib bordilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
TA’ZIYA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi 1-bosqich magistraturasiga o‘qishga tavsiya etilgan Olimjonova Dilbarxonning vafoti munosabati bilan oila aʼzolariga chuqur taʼziya izhor qiladi.
Alloh taolo marhumani O‘z mag‘firatiga olsin! Imonlari va solih amallarini o‘zlariga hamroh aylasin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin! Ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
#adiblar_xiyoboni
🗣Adiblar xiyoboniga talaba-yoshlarning tashriflari boshlandi!
O‘zbek adabiyoti tarixida o‘chmas iz qoldirgan, shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi bilan yoshlarni tanishtirish, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlariga start berildi.
☑️O‘zbekiston Milliy universiteti ma’naviyat bo‘limi tomonidan xiyobonda arqon tortish, stol tennisi va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek, Erkin Vohidov haykali poyida shoir ijodiga mansub she’r-u g‘azallar o‘qib eshittirildi.
☑️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tyutorlari va talabalari “Ajdodlar xotirasi yodimizda!” shiori ostida yurtimizning diqqatga sazovor joylari, jumladan, Adiblar xiyoboni hamda Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasiga sayohat qildilar.
☑️Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurib, Abdulla Qahhor hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotga ega bo‘ldilar.
☑️Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahri filiali talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, voleybol, badminton va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.
☑️M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari ishtirokida xiyobondagi Ibroyim Yusupov haykali oldida davra suhbati tashkil etildi.
☑️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari fakultet dekani boshchiligida Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, sportning shaxmat, shashka, badminton, arqon tortish turlari bo‘yicha musobaqalarda o‘zaro bellashishdi.
☑️Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tyutorlari va talabalari so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy haykali poyida g‘azallar o‘qib, adibning ijodi bilan yaqindan tanishishdi.
☑️O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari talabalar bilan birgalikda Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, buyuk shoir Hamid Olimjon haykali oldida kitob mushoirasi hamda shoir ijodiga mansub she’rlardan kuy-qo‘shiqlar ijro qildilar.
Adiblar xiyobonidagi bu kabi tadbirlar reja-grafikka muvofiq, davomli tashkil etiladi. Barcha talaba-yoshlarni xiyobonga taklif qilamiz.
Bizni kuzating
#VIDEOLAR
🎞Ijtimoiy tarmoqlarda “Abdulla Zufar”, “Yusuf Davron” kabi nomlar ostida diniy ma’ruza qilayotgan shaxslar davlatni shariat asosida boshqarmayotgan hukmdorga qurolli jihod e’lon qilish farz deb da’vo qilmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?
🔰Oybek Sotvoldiyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tarjimalar bo‘limi boshlig‘i
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Ҳукумати Раисининг ўринбосари Виталий Савельев, Россия Президенти маслаҳатчиси Игорь Левитин ва "Российские железные дороги" компанияси бошқаруви раиси Олег Белозёровдан иборат делегацияни қабул қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Российской Федерации в составе заместителя Председателя Правительства Виталия Савельева, советника Президента России Игоря Левитина и председателя правления компании «Российские железные дороги» Олега Белозёрова.
#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xalqaro_hamkorlik
Xalqaro akkreditatsiya – Akademiyaning xalqaro nufuzini oshirish sari tashlangan navbatdagi qadam
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Buyuk Britaniyaning Oliy ta’limda sifatni kafolatlash agentligi (Quality Assurance Agency for Higher Education – QAA) bilan hamkorlikda “Xalqaro akkrеditatsiya: yetakchi rahbarlar mulohazalari” mavzusida maxsus vebinar tashkil etildi.
“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan mazkur vebinarda QAA bosh ijrochi direktori Vicki Stott, Makao turizm universiteti rektori Fanny Vong (Xitoy), Ilg‘or ta’lim bo‘yicha Amirliklar kolleji prorektori May Al Taee (BAA), Maqsut Narikbayev universiteti Boshqaruv kengashi raisi Talgat Narikbayev (Qozog‘iston) hamda “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3349
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Islom “tolerantlik”, ya’ni “bag‘rikenglik”ni rad etadimi? Tolerant musulmon aqidasini yo‘qotib qo‘yadimi?
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Ijtimoiy tarmoqlarda “Abdulla Zufar” kabi nom ostida maʼruza qilayotgan shaxslar Konstitutsiya va qonunlar asosida boshqarilayotgan musulmon davlatlarni “Allohning hukmi asosida boshqarilayotgani yo‘q” degan daʼvo bilan kofirlikda ayblamoqda. Dalil sifatida Qurʼoni karimning “Moida” surasi 44-oyatini keltiradi. Bu qanchalik to‘g‘ri?