#VIDEOLAR
🎞Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Ilmiy-texnik axborot markazi hamda Clarivate kompaniyasi hamkorligida professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun o‘tkazilgan seminar-trening haqida
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Akademiyadagi “Mustaqillik darslari” tafsiloti
Manba: “Yoshlar” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Mustaqillik_darslari
#Jadidchilik_harakati
Jadidlar merosi – kelajagimiz poydevori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” davom etmoqda.
Bugun 1-bosqich talabalari uchun “O‘zbekiston yoshlarini vatanparvar etib tarbiyalashda taraqqiyparvar jadidlar ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosining ahamiyati” mavzusida ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.
Ma’ruza darsi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Saidakbar Agzamxo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Saidafzal Saidjalolov tomonidan o‘tkazildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3333
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Huquqiy_savodxonlik
🎞O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 155-2-moddasi
🔰Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish
🔷Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Kun_hikmati
🔷Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab bo‘lsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik bo‘lgani taqdirda ham, u saxovat emas.
✍️Abdurahmon Jomiy
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Mustaqillik_darslari
#Adabiy_uchrashuv
Adabiy o‘ylar, uyg‘oq fikrlar gurungi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mustaqillik darslari” o‘tkazilmoqda. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etmoqdalar.
Bugungi darsda O‘zbekiston xalq shoiri, “Jadid” gazetasi bosh muharriri, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqboljon Mirzaaliyev, “Jadid” gazetasi muharriri Muhayyo Pirnafasova hamda shoir Shahriyor Shavkat ishtirok etdi.
Ma’ruza davomida Iqbol Mirzaaliyev Mustaqillikning 33 yilligi, istiqlolning qadri, mazmun-mohiyati, yurtdoshlarimiz taqdiridagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Ortda qolayotgan har bir vaqtni qadriga yetish, talabalik bilim cho‘qqilarini egallashning eng muhim davri ekanini qayd etdi.
Shoir Shahriyor Shavkat tomonidan Vatan, ota-ona, sevgi kabi pok tuyg‘ular madh etilgan she’rlar tinglandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ekskursiya
Talabalarga Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar haqida ma’lumot berildi
Bugun 1-bosqich talabalari uchun "Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda" shiori ostida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur, To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) hamda Yunusxon maqbaralariga ekskursiya tashkil etildi.
Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov tomonidan yoshlarga allomalar, madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.
Ma’lumki, To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri sanaladi. Qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Yetti nizom” qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.
Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud.
Yunusxon esa Zahiriddin Muhammad Boburning ona tomondan bobosi hisoblanadi.
Ziyorat talabalarda katta taassurot qoldirdi.
#Dayjest
Matbuot biz haqimizda…
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir respublikamizdagi markaziy ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.
🔷O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
https://uza.uz/posts/633337
🔰“Yangi O‘zbekiston” gazetasi
https://yuz.uz/news/marifat-la-birlashaylik-shu-yurt-el-uchun----
🔷“Ma’rifat” gazetasi
/channel/marifatziyo/13234?single
🔰“Toshkent” telekanali
/channel/iiau_official/22299
🔷“O‘zbekiston 24” radiosi
/channel/iiau_official/22274
🔰“Talqin.uz” sayti
/channel/talqin_uz1/1668
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Intervyu
🎙O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘tkazilgan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusidagi bayram tadbiri haqida
Manba: O‘zbekiston 24 radiosi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Nuqtayi_nazar
Sifatli ta’lim – taraqqiyot kaliti
Eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yillik bayramini koʻtarinki kayfiyat bilan nishonladik. Bosib oʻtilgan oʻttiz uch yillik davr milliy davlatchiligimiz rivoji uchun yuz yilliklarga teng tarixiy natijalarni tuhfa etdi.
Mamlakatimizning iqtisodiy tarmoqlarini jadal rivojlantirishda, aholining turmush farovonligini oshirishda, tibbiy xizmatlar va taʼlim sifatini jahon standartlariga moslashtirishda, qisqa aytganda, yangi Oʻzbekiston poydevorini yaratishda xalqimiz Prezidentimiz bilan yelkama-yelka turib mehnat qilmoqda.
✍️Uygʻun Gʻafurov,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori
📰Manba: “Xalq soʻzi” gazetasi
🌐Gazetani yuklab olish uchun
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3331
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Internetdagi ba’zi g‘alamis kimsalar “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish istagi va tashabbusini qoralab, agarda mamlakat ushbu tashkilot a’zoligiga qabul qilinsa, kofir, mustamlakachi davlatlarning iste’molchisiga aylanadi”, deya da’vat etishmoqda. Bu fikr qanchalik to‘g‘ri?
4-qism
🔰Burhoniddin Ahmedov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#HAFTALIK_DAYJEST
📹 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oʻtgan hafta davomida muhim voqealar, o‘zgarishlar haqida haftalik dayjesti.
👉2—7-sentabr
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Xalqaro_seminar
Akademiya rektori xalqaro o‘quv seminarida qatnashdi
Ayni paytda poytaxtimizda “O‘zbekistonda ayollar huquqlariga oid islom ta’limoti me’yorlarini o‘rganishning nazariy-tadbiqiy jihatlari” mavzusida xalqaro o‘quv seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar Oliy Majlis Senati, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining (UNFPA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Buyuk Britaniya “Xalqaro taraqqiyot” tashkiloti, Misrning Al-Azhar universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazilmoqda.
Unda taniqli davlat va jamoat arboblari, imom-xatiblar, otinoyilar, diniy tashkilot vakillari, soha mutaxassislari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov va Akademiya professori Nigora Yusupova ham ishtirok etmoqda.
Tadbir gender tengligi, ayollar huquqlari va gender asosidagi zoʻravonlikning oldini olish maqsadida tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Imom Buxoriy innovatsion muzeyi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Turkiyalik mutaxassislar Imom Buxoriy innovatsion muzeyining loyihasini ilmiy, ijodiy ishchi guruhga taqdimot qildi.
Manba: “Sevimli” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Musulmon kishi Qur’oni karim va sunnatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil olsa bo‘ladimi?
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Mustaqillik_darslari
#Ota-onalar_kongressi
Oila va ta’lim muassasasi hamkorligi yoshlar kamolotiga xizmat qiladi
Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy vazifalaridan biridir. Zero, farzand kamoloti uchun sarflangan har bir daqiqa ertangi farovon hayot uchun tamal toshi bo‘ladi. Shunday ekan, yoshlarning taqdiri uchun e’tiborli bo‘lib, ularning xulqi, tarbiyasi va ilm olishiga befarq bo‘lmaslik lozim.
Chunki bugungi tezkor davrda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi juda oson. Dunyoqarashi keng, turli yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan yoshlarni kamol toptirish dolzarb vazifa. Bu borada ota-ona va ta’lim muassasasi o‘rtasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi zarur.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalarining ota-onalari hamda Akademiya rahbariyati o‘rtasida “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur muloqot “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida o‘tkazildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3334
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.
✅Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 15-sentyabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
📌 Batafsil tanlov nizomi
Bizni kuzating
#VIDEOLAR
🎞Bir mazhabga ergashishning hukmi qanday?
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim “voiz”lar hukumat rahbarlarini “tog‘ut”likda ayblab, ulamolarni esa ularga nisbatan qarshi chiqmagani va bog‘iylik qilmagani sabab “saroy mullalari”, deb atab, shariatga nisbatan tajovuz qilganlikda ayblashmoqda. Ularning ushbu qarashlarida asos bormi?
1-qism
🔰Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili boshlandi
Manba: “Toshkent” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#bilasizmi #eslatma
📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Mustaqillik_darslari
#Parij-2024
“Parij-2024” olimpiadasi sovrindorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan
"Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda" shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan XXXIII yozgi olimpiada o‘yinlari sovrindorlari – “Do‘stlik” ordeni sohibi, dzyudo bo‘yicha bronza medal egasi Muzaffarbek To‘raboyev hamda “O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi, erkin kurash sport turida bronza medal egasi G‘ulomjon Abdullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqot davomida olimpiada sovrindorlari yurtimizda sportga berilayotgan e’tibor, Parij olimpiadasi taassurotlari, g‘alaba qozonish muvaffaqiyatli, kelajakdagi orzu-niyatlari haqida so‘z yuritdi.
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Yangiliklar
Ta’lim va tarbiya uzviyligi yoshlar kamolotiga xizmat qiladi
Bugun "Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda" shiori ostida Akademiya rahbariyati hamda 1-bosqichga qabul qilingan talaba va magistrlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Akademiya Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Yoshlar Ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Samimiy muloqotni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Ilyos Mirziyotov ochib berdi. Akademiya prorektori talabalik safiga qabul qilingan yoshlarni samimiy muborakbod etib, oʻqishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3332
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Musulmon kishi Qur’oni karim va sunnatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil olsa bo‘ladimi?
2-qism
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Huquqiy_savodxonlik
🎞O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 155-1-moddasi
🔰Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Kun_hikmati
🔷Faqat milliy, xalqona taʼlim-tarbiya bilan maʼnaviyat, ichki madaniyat payvand qilinsagina odamlarni har qanday pastkashlikdan, tubanlikdan asrab qolish mumkin.
✍️Chingiz Aytmatov
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#talim
➡️ Talabalar uchun yangi o‘quv yili boshlandi
✅ Bugun oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida bayram tadbirlari o‘tkazildi.
💼 Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidagi tantanali marosimda rektor Uyg‘un Gʻafurov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi o‘rinbosari Olimjon Soliyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ota-onalar ishtirok etdi.
📍Akademiya rektori o‘z tabrigida so‘nggi yillarda mamlakatimiz ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, yuqori ball to‘plab, o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
📑 Tantanali marosim auditoriyalardagi «Mustaqillik darsi» bilan davom etdi. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
👉Kanalga ulanish👈
#E’lon
Akademiya talabalari diqqatiga!
2024-2025-o‘quv yili uchun "Rektor stipendiyasi" hamda "Nurislom To'xliyev" stipendiyalar tanlovining Akademiya bosqichi boshlandi.
Joriy yilning 16-sentabr kuniga qadar hujjatlaringizni dekanat tavsiyanomasi bilan birgalikda Akademiyaning “Iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatini tashkil etish” bo‘limiga taqdim etishingiz mumkin.
Akademiya bosqichida ishtirok etishlari uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlarni topshirish talab qilinadi:
🔷Sinov daftarchasidan ko'chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan holatda);
🔷Dekanat tavsiyanomasi;
🔷Ilmiy rahbarining xulosasi;
🔷Akademiyada tahsil olish davomida e’lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
🔷Akademiyada tahsil olish davomida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning sifatli nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar);
🔷Passport nusxasi;
🔷Ma’lumotnoma (obyektivka).
Stipendiyalar haqida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi linkga bosing:
🔰Rektor stipendiyasi
🔷Akademik Nurislom To‘xliyev maxsus stipendiyasi
Telegram: @husniddin4555 @maftunaxon_8588
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Yangi_o‘quv_yili_2024/2025
#Fotoreportaj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘tkazilgan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusidagi bayram tadbiridan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube