iiau_official | Неотсортированное

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Подписаться на канал

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangi_o‘quv_yili_2024/2025
#Yangiliklar

Yangi o‘quv yili – yangi bilim va yuksak maqsadlar muqaddimasi

Hash-pash deguncha, yoz fasli yakuniga yetib, oltin kuz kirib keldi. Ushbu fasl biz uchun nafaqat O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni, balki yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ham ahamiyatlidir. Yuragida orzu-umidlari osmon qadar bo‘lgan yoshlar uchun bilim olish, yangi marra va cho‘qqilar sari eltuvchi katta yo‘lning muqaddimasidir.

Bugun yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi o‘rinbosari Olimjon Soliyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Akademiya Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ota-onalar ishtirok etdilar.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3329

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Internetdagi ba’zi g‘alamis kimsalar “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish istagi va tashabbusini qoralab, agarda mamlakat ushbu tashkilot a’zoligiga qabul qilinsa, kofir, mustamlakachi davlatlarning iste’molchisiga aylanadi”, deya da’vat etishmoqda. Bu fikr qanchalik to‘g‘ri?

3-qism

🔰Ilhom Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori

#Kun_hikmati

🔷Azm-u jazm bilan ish tutdim. Biror ishni qilishga qasd etgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim.

✍️Amir Temur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Hurmatli talabalar!

Sizlarni yangi – 2024/2025-o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan tabriklayman! Yangi o‘quv yilining boshlanishi talabalar uchun ham, professor-o‘qituvchilar uchun ham hamisha hayajonli. Sizni hayotingizning ushbu muhim bosqichida o‘qishingiz va ilmiy faoliyatingizga innovatsion g‘oyalarga boy loyihalarni amalga oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Keyingi yillarda Prezidentimiz boshchiligida oliy taʼlim tizimini takomillashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va bu saʼy-harakatlar samarasi o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Xususan, qabul jarayonlarida shaffoflik va adolat mezonlarini yanada mustahkamlash maqsadida joriy o‘quv yilida yangi islohotlar kuchga kirdi. Qabul jarayoniganing yangi tartibi — “avval test, keyin tanlov” tamoyili asosida joriy etildi, shuningdek, bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari maqbullashtirildi. Bu talabalarga taʼlim yo‘nalishlarini tanlashda, shuningdek, kelajakda mutaxassis sifatida ishga joylashishda qo‘shimcha qulaylikllar yaratadi.

Talabalarimiz jahonning eng ilg‘or taʼlim standartlariga mos bilim olishi, eng so‘nggi ilmiy yutuqlaridan xabardor bo‘lishi uchun ko‘plab o‘quv adabiyotlari o‘zbek tiliga o‘girilishi yo‘lga qo‘yildi. Xususan, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt sohalariga oid xorijiy nashrlarni tarjima qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ham muhim masalalardan bo‘lib, joriy yilda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida davlat oliy o‘quv yurtlari yotoqxonalariga joylashtirish uchun ariza topshirishning onlayn xizmati joriy etildi. Bunda talabalar turar joylariga joylashtirishni yanada shaffof va qulayligini taʼminlanib, ortiqcha sarsongarchiliklarning oldi olindi.

Talabalik buyuk kashfiyotlar va imkoniyatlar davri. Undan unumli foydalaning, yangi bilimlarga intiling, do‘stlar orttiring, kelajak uchun rejalar tuzing va har bir daqiqani qadrlang. Sifatli taʼlim sizning tirishqoqliginingiz, ilmga erishish yo‘lidagi sobitligingiz bilan chambarchas bog‘liqligini unutmang!

Yangi o‘quv yilida Sizlarga yangi yutuqlar, yorqin taassurotlar hamda bilim va malakangizni oshirishda azmu shijoat tilayman!

Hurmat bilan,

Qo‘ng‘irotboy Sharipov
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Кеча Париж Паралимпиадасида қатнашаётган Ўзбекистон делегацияси ҳисобидаги олтин медаллар сонини 10 тага етказиб, тарихдаги энг яхши натижасини янгилади. Ўз ғалабалари билан ушбу тарихий натижага ҳисса қўшган енгил атлетикачиларимиз Нурхон Қурбонова ва Толиббой Йўлдошев билан бугун Президентимиз Шавкат Мирзиёев телефон орқали суҳбатлашди ва уларни дилдан табриклади.

- Тинимсиз кузатиб бораман фаолиятингни. Олимпия шаҳарчамизда қурилишни бошлаганимизда "Паралимпиададан олтин билан келаман", деган ёқимли сўзларинг эсимда. Бу нимадан далолат? Тинимсиз ҳаракат, иродали интилишларинг билан тобора ўсиб бораяпсан. Берган ваъдангни ортиғи билан бажардинг,

- дея давлатимиз раҳбари бир йўла жаҳон рекордини ўрнатган ва уни яна янгилаган Нурхон Қурбоновани табриклади.

- Бир неча кун олдин ядро улоқтириш бўйича бронза медалини олган эдинг. Икки спорт тури бўйича иккита юксак натижа - бу чинакам жасорат. Бу ютуқлар машаққатли меҳнатларинг, тинимсиз машқларинг, тўплаган бой маҳоратинг мевасидир,

- деди Президентимиз Толиббой Йўлдошев билан суҳбатда.

Чемпион паралимпиячиларимиз бу ютуқлар ўз-ўзидан бўлмагани, давлатимиз раҳбарининг паралимпия ҳаракатига қаратаётган эътибори ва ишончи туфайли эришилаётганини таъкидлаб, ўз номидан, мураббийлари ва ота-онаси номидан миннатдорлик билдирди.

Вчера делегация Узбекистана, участвующая в Паралимпийских играх в Париже, довела количество золотых медалей до 10, обновив свой лучший показатель. Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев в телефонном разговоре с легкоатлетами Нурхон Курбановой и Толиббоем Юлдашевым, благодаря победам которых стал возможен этот исторический результат, сердечно поздравил чемпионов.

- Я постоянно слежу за твоими успехами. Помню твои слова, когда мы начали строительство нашего Олимпийского городка: "Вернусь с Паралимпиады с золотом". О чем это говорит? Ты постоянно растешь благодаря целеустремленности и упорству. Ты не просто выполнила, а перевыполнила свое обещание,

- сказал глава нашего государства, поздравляя Нурхон Курбанову, установившую и затем побившую собственный мировой рекорд.

- Несколько дней назад ты завоевал бронзовую медаль в толкании ядра. Два высоких результата в двух видах спорта - это настоящий подвиг. Эти достижения - плоды твоего упорного труда, непрерывных тренировок и накопленного богатого мастерства,

- сказал Президент нашей страны в беседе с Толиббоем Юлдашевым.

Паралимпийцы-чемпионы отметили, что эти достижения были не случайными, но стали возможны благодаря вниманию и доверию главы нашего государства к паралимпийскому движению, а также выразили благодарность от своего имени и от имени своих тренеров и родителей.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’lon

Xalqaro konferensiyaga maqolalar qabul qilinadi

🔰2024-yilning 15-16-oktabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya materiallari alohida toʻplam sifatida chop etilishi belgilangan.

🔷Shu munosabat bilan konferensiya materiallari toʻplamida oʻz maqolalarini chop ettirish istagida boʻlgan yetuk ulamolar, iqtidorli imom-xatiblar, taʼlim muassasalarining mudarris-oʻqituvchilari, islomshunos olim va tadqiqotchilar, soha vakillari va salohiyatli talabalarni oʻzlarining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etishga chaqiramiz.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3327

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 241-moddasi

🔰Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Internetdagi ba’zi g‘alamis kimsalar “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish istagi va tashabbusini qoralab, agarda mamlakat ushbu tashkilot a’zoligiga qabul qilinsa, kofir, mustamlakachi davlatlarning iste’molchisiga aylanadi”, deya da’vat etishmoqda. Bu fikr qanchalik to‘g‘ri?

2-qism

🔰Ilhom Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Парижда бўлиб ўтаётган Паралимпия ўйинларининг кейинги кунларида муваффақият қозонган спортчиларимиз билан телефон орқали суҳбатлашди.

Дзюдочи Шерзод Намозов финалда рақибини мағлубиятга учратиб, олтин медални қўлга киритган эди. Бу ҳамюртимизнинг Паралимпия ўйинларидаги иккинчи чемпионлиги бўлди.

Енгил атлетика бўйича ядро улоқтириш баҳсларида Ҳусниддин Норбеков 16.82 метр натижа қайд этиб, биринчи ўринни эгаллади. Шу тариқа, у учинчи бор Паралимпия ўйинлари ғолиби бўлган илк ўзбекистонлик спортчига айланди.

Давлатимиз раҳбари суҳбатда уларнинг иродали курашларини ҳаяжон билан кузатганини, Ватанимизга навбатдаги олтин медалларни келтирганидан хурсандлигини таъкидлади. Халқимиз номидан спортчиларни самимий қутлаб, уларнинг мураббийлари ва ота-онасига ташаккур айтди.

Чемпионлар юксак эътибор ва доимий қўллов учун миннатдорлик билдирди.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с нашими спортсменами, на днях успешно выступившими на проходящих в Париже Паралимпийских играх.

В финале дзюдоист Шерзод Намозов одержал победу над соперником и завоевал золотую медаль. Это стало вторым чемпионством нашего соотечественника на Паралимпийских играх.

В соревнованиях по легкой атлетике в толкании ядра Хусниддин Норбеков с результатом 16.82 метра занял первое место. Он стал первым узбекистанским спортсменом с титулом трехкратного чемпиона Паралимпиады.

Глава нашего государства в беседе отметил, что с волнением наблюдал за их волевой борьбой и рад, что они принесли Родине очередные золотые медали. От имени народа искренне поздравил спортсменов, поблагодарил их тренеров и родителей.

Чемпионы выразили признательность за высокое внимание и постоянную поддержку.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#eslatma #ijara_kompensatsiya

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Ayrim shaxslar “soqolsiz kishi imomlikka o‘tmasin”, deb da’vo qiladilar. Shariatda bu borada qanday hukm kelgan? Haqiqatda soqolsiz kishining imomlikka o‘tishi joiz emasmi?

🔰Shayx Muhiddin Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Internetdagi ba’zi g‘alamis kimsalar “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish istagi va tashabbusini qoralab, agarda mamlakat ushbu tashkilot a’zoligiga qabul qilinsa, kofir, mustamlakachi davlatlarning iste’molchisiga aylanadi”, deya da’vat etishmoqda. Bu fikr qanchalik to‘g‘ri?

🔰Ilhom Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama qilindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining 1-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Kengash majlisini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.

Ma’lumki, muntazam tarzda o‘tkaziladigan Akademiya Kengashi yig‘ilishida muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, yechimini kutayotgan holatlar bartaraf etiladi hamda kelgusi vazifalar belgilab olinadi.

Kengash avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o'rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov;

30-iyul – Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni taqdirlangan “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi katta oʻqituvchisi Dilafruz Turdiyeva;

“Din pxisologiya va pedagogika” kafedrasi professori Bahromjon Farfiyevga sotsiologiya fanlari doktori ilmiy unvoni va medallari tantanali tarzda topshirildi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3324

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#eslatma

Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:

🔹belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔸belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.

Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Mustaqillik mening nigohimda

🔰Aftondil Erkinov,
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori

Manba: “O‘zbekiston tarixi” telekanali

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 155-moddasi

🔰Terrorizm

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#IIAU
#UNESCO_Chair
#Kun_tarixi

9-sentabr – Xalqaro taʼlim xavfsizligini taʼminlash kuni

Afsuski, dunyoda ta’lim muassasalariga turli darajadagi hujumlar sodir etilib, ta’lim tizimiga putur yetish holatlari surunkali davom etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi bolalarning taʼlim olish huquqini himoya qilish maqsadida 2020-yil 9-sentabr sanasida ushbu kunni “Xalqaro ta’lim xavfsizligini taʼminlash kuni” sifatida nishonlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

"Bir bola, bir o‘qituvchi, bitta kitob va bitta qalam dunyoni o‘zgartirishi mumkin".

🎖Malala Yusufzay,
Nobel mukofoti laureati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Intervyu

🎙Mustaqilligimizning 33 yilligi: “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!”

🔷Ne’matullo Muhamedov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri

Manba: O‘zbekiston 24 radiosi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Talabalikka_bag'ishlov

Hurmatli ustozlar hamda qadrli talabalar!

🔰Sizlarni joriy yilning 9-sentabr kuni soat 7:45 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bo’lib o’tadigan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” nomli “Talabalikka bag’ishlov” tadbiriga taklif etamiz!

🔷Tadbir Akademiyaning “A” binosi oldida tashkil etiladi.

🔰Bayram tadbirida faol ishtirok eting!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi yangi o'quv yiliga shay

Manba: “Sevimli” telekanali

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Muayyan hududda yashovchi musulmon kishi xohlagan mazhabiga amal qilib ketaversa bo‘ladimi?

🔰Shayx Muhiddin Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#UNESCO_Chair
#Kun_tarixi

7-sentabr –
Xalqaro moviy osmonli musaffo havo kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan havo sifatini yaxshilash va havo ifloslanishini kamaytirish bo'yicha "Xalqaro moviy osmonli musaffo havo kuni" etib belgilangan. BMT Assambleyaning qarori asosida ushbu kun 2019-yildan beri nishonlab kelinadi.

"Toza havo kimlardir uchun imtiyoz emas, balki barchamiz uchun huquq bo'lishi kerak!"

✍️Kevin de Leon,
siyosatchi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Ezgu xotira va xayrli ishlarsiz o‘tgan umr sarobdir.

✍️Kamoliddin Voiz Koshifiy

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar uchun “Pivot-RP xalqaro ilmiy grantlar bazasi” mavzusida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutaxassisi Diana Abdumo‘minova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Shuningdek, Oʻzbekistondagi Scienceweb ilmiy tadqiqotlar bazasi rahbari Ulugʻbek Mirzalimov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida sifatli ilmiy nashrlarni rivojlanishi: tahlil, talab va istiqbollar” mavzusida ham amaliy seminar o‘tkazildi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3326

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Izhor
#Intervyu

Eʼtibor, ehtirom va eʼzoz

Alloh taologa beadad shukrlar boʻlsinki, yurtimiz mustaqilligining 33 yilligini katta xursandchilik bilan kutib oldik. Bugun har bir goʻshada bayram shukuhi hukmron. Bu ayyom oʻzini shu Vatan farzandi deb bilgan har bir inson uchun qadrli, aziz va moʻtabar. Chunki u bizga oʻzligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni baxsh etdi.

Eng ulugʻ, eng aziz bayram arafasida Prezidentimiz farmonlariga muvofiq turli soha vakillari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi. Shunday fidoyi yurtdoshlarimiz qatorida uch nafar imom-xatib “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangani barcha diniy soha vakillarini benihoya xursand qildi. Aytish joizki, yaqin oʻtmishda imom-xatiblarga bu darajada ehtirom koʻrsatilmagan.

📰Manba: “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi

🌐Gazetani yuklab olish uchun

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3325

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 240-moddasi

🔰Diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Maqsadga yaqinlashganing sari mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad tomon uzluksiz intilgan holda o‘z yo‘lini bosib o‘tishi kerak.

✍️Iogann Volfgang Gyote

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#saylov_2024

Saylov byulletenlarining shakli tasdiqlandi

1️⃣ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha saylov byulleteni

2️⃣ Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining yagona saylov okrugi bo‘yicha saylov byulleteni

3️⃣ Viloyat Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni

4️⃣ Tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovi bo‘yicha saylov byulleteni

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR
#INTERVYU

🎞
“Imom Buxoriy” ordeni yuksak sharaf boʻlishi bilan birga masʼuliyat ham yukladi”

🎙Jobir domla Elov,
Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, Mir Arab Oliy madrasasi rektori, “Imom Buxoriy” ordeni sohibi

🔰Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Hozirgi kunda ba’zilar “Alloh osmonda”, degan iddaolar qilishmoqda. Ularning bu da’volari ahli sunna e’tiqodiga qanchalik mos? Ahli sunna e’tiqodiga ko‘ra, bu borada musulmonning qarashi qanday bo‘lishi lozim?