#konsert_dasturi
Adiblar xiyobonida “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” mavzusida hisobot konsert dasturi tashkil etildi
⚡️O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Botir Zokirov nomidagi milliy estrada san’ati instituti hamda Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati institutlari tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” mavzusida hisobot konsert dasturi o‘tkazildi.
🔸Tadbirda iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.
🔷Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ijrosidagi she’riy chiqish hamda O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning mashhur taronalar yodga olindi.
🔰Konsert dasturida talabalarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yurtimizdagi atoqli san’atkorlar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KONFERENSIYA
Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari
Barchaga maʼlumki, hayotimizni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur eta olmaymiz. Ayniqsa, bugungi kunda sunʼiy intellekt, mashinali oʻqitish, oʻz-oʻzini boshqarish tizimlari, nano texnologiyalar kundan-kunga rivojlanib borayotgan vaqtda biz raqamli dunyoda yashayapmiz, deb bemalol ayta olamiz.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida ham har yili an’anaviy tarzda sohaga doir respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan.
Navbatdagi konferensiya ham “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU&MDIS
#Ekskursiya
Mehmonlarga Akademiyaning turizm salohiyati taqdim etildi
Mehmonlar uchun Akademiya hududida joylashgan “Yunusxon” maqbarasi, “Shayx Xovand Tohur” va “Qaldirgʻochbiy” ziyoratgohlariga ziyorat tashkil etildi.
“Shayx Xovand Tohur” ziyoratgohi hamda Toshkent hududida yashagan olimlar, shuningdek, mazkur maqbara yonida joylashgan To‘labiy (Qaldirgʻochbiy) ziyoratgohiga tashrif davomida alloma Toʻlabiy hayoti, maqbaraning bugungi kundagi ahamiyati, ziyoratchilar tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Shu yerning o‘zida Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari bilan samimiy muloqot qurildi. Ularning o‘qish va kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU & MDIS
#Markazga_tashrif
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi: yoshlarni umuminsoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalashda muhim dargoh
Tashrif davomida mehmonlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Markaz direktori Jamoliddin Karimov muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Eslatib o‘tamiz, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 2020-yilda davlatimiz rahbarining “Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilgan.
Markaz faoliyati mehmonlarda katta taassurot uyg‘otib, muassasa faoliyatiga yuqori baho berdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Konferensiya
#Live
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Axborot xavfsizligi sohasida raqamlashtirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Onlayn va oflayn shaklda o‘tkazilayotgan anjumanda Akademiya vakillari bilan bir qatorda Oʻzbekistonda kiberxavfsizlik boʻyicha vakolatli organ hisoblangan “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari, Markaziy bank “CERT-CBU” Kiberxavfsizlik markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kabi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari oʻzlarining maʼruzalari bilan ishtirok etadilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 17-may 2024-yil, juma.
Muhim voqealar:
🔷1497-yilda Vasko da Gama Hindiston qirg‘oqlariga yetib bordi.
🔷1792-yili Nyu-York fond birjasi tashkil topdi.
🔷1814-yilda Norvegiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi.
🔷1865-yili Xalqaro elektr aloqalari ittifoqiga asos solindi.
🔷1928-yilda Amsterdam shahrida IX Olimpiya o‘yinlariga start berildi.
🔷1996-yili O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi.
🔷1999-yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
🔷2009-yili dunyodagi eng mashhur o‘yinlardan biriga aylangan “Minecraft” kompyuter o'yinining birinchi sinov versiyasi chiqarildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Akademiya Kengashining navbatdagi majlisi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya rahbariyati, Kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etdilar.
Majlisni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, Kengash raisi Uyg‘un G‘afurov olib bordi.
Yig‘ilishda mavjud yutuq va kamchiliklar, muassasa oldida turgan muhim va dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Bosh imom-xatiblar uchun mahorat darsi tashkil etildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida faoliyat olib boruvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman/shahar bosh imom-xatiblari uchun “Islomshunoslik” yoʻnalishida malaka oshirish oʻquvlari davom etmoqda.
Bugun Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, PhD Ahmad Saad Damanhuriy tomonidan “Aqidaparast kontentlarga ilmiy asosda raddiya berish uslublari: xalqaro tajriba” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.
Mashgʻulot davomida Ahli sunnadagi aqidaviy taʼlimotlar, Moturidiylik taʼlimotining tarixiy va zamonaviy ahamiyati, adashgan oqimlarning daʼvolariga raddiya berishda Ahli sunna ulamolarining uslublari haqida qimmatli maʼlumotlar keltirib oʻtildi. Mashgʻulot soʻnggida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga ilmiy asosda yetarli va batafsil javoblar berildi.
Malaka oshirish oʻquvlari davom etmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Konferensiya
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik: siyosiy-ijtimoiy va falsafiy-huquqiy aspektlari
Keyingi yillarda Oʻzbekiston ichki siyosatida kuzatilayotgan keng qamrovli islohotlar, ochiqlik va yangilanishlar mamlakatning tashqi siyosatida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Ayniqsa, davlatimiz rahbari qoʻshnilarimiz – Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstona, yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yoʻnalish sifatida belgilab berganlarini alohida ta’kidlash joiz.
Mintaqada yanada mustahkamlangan o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilm-fan sohalarida ijobiy natijalar qo‘lga kiritilishida muhim omil bo‘lmoqda.
Shu bois, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik: siyosiy-ijtimoiy va falsafiy-huquqiy aspektlari” mavzusida IV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Konferensiya
#Live
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik: siyosiy-ijtimoiy va falsafiy-huquqiy aspektlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur anjuman Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamda O‘zbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Konferensiyada soha mutaxassislari, olimlar, ekspertlar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan “Markaziy Osiyo mamlakatlarida davlat va din munosabatlari”, “Markaziy Osiyoda xalq diplomatiyasini rivojlantirishning dolzarb masalalari”, “Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlarning ijtimoiy-siyosiy jihatlari”, “O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi faol, tashabbuskor va konstruktiv tashqi siyosati” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanadi.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 16-may 2024-yil, payshanba.
Muhim voqealar:
🔷1703-yilda Sankt-Peterburg shahriga asos solindi.
🔷1881-yili Germaniyada dunyodagi birinchi elektr tramvay harakatlandi. Ark va simli model keyinchalik 1890-yilda paydo bo'ldi.
🔷1929-yilda Hollywood Roosevelt mehmonxonasida birinchi marta Oscar mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
🔷1952-yili Buyuk Britaniyada ayollar uchun teng ish haqi qonuniy kuchga kirdi.
🔷1969-yilda sovet fazo kemasi “Venera-5” Venera sayyorasiga qo‘ndi.
🔷1996-yili “O‘zbekiston Respublikasi va Venesuela Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida”gi Protokol imzolandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Mahmudxo‘ja Behbudiy – umrini millat ravnaqiga bag‘ishlagan alloma
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, mutafakkir alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi hisoblanadi.
Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillarda ma’rifatparvarning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi professor-oʻqituvchilar, xodimlar hamda talabalar poytaxtimizning “Adiblar xiyoboni”dagi Mahmudxoʻja Behbudiy haykalini ziyorat qilib, xotirasini yod etdilar.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi
Baxt va shodlik Hamid Olimjon tavalludiga bu yil 115 yil to‘ladi. Shoir o‘zining qisqa, lekin mazmunli hayot yoʻli davomida oʻzidan ulkan meros qoldirdi. Uning merosi hali-hanuz biz avlodlarga ziyo taratmoqda va ishonch bilan ayta olamizki, bu ziyo nurlari bizdan keyingi avlodlarga ham yetib borajak.
Shu maqsadda bugun poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” nomli hisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa san’ati instituti hamda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hamkorligida tashkil etildi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қайтганларни реабилитация ва реинтеграция қилиш масалалари бўйича Минтақавий экспертлар кенгашининг биринчи йиғилишида иштирок этиш учун мамлакатимизда бўлиб турган БМТ Бош котибининг ўринбосари – Терроризмга қарши кураш бошқармаси раҳбари Владимир Воронковни қабул қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял заместителя Генерального секретаря ООН – главу Контртеррористического управления Владимира Воронкова, находящегося в нашей стране для участия в первом заседании Регионального экспертного совета по вопросам реабилитации и реинтеграции вернувшихся лиц.
#Mirziyoyev #qabul #BMT #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tanlov
#Taqdirlash
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Akademiya kitobxon talabalari” tanlov-musobaqasining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik: siyosiy-ijtimoiy va falsafiy-huquqiy aspektlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Akademiya kitobxon talabalari” tanlov-musobaqasi o‘tkazildi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#IIAU & MDIS
#Davra_suhbati
OʻzXIA va MDIS oʻrtasidagi hamkorlikning yangi qirralari muhokama qilindi
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) direktori Ilhom Mamatqulov boshchiligidagi delegatsiya a’zolarining Akademiya rahbariyati bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Samimiy suhbat chog‘ida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis kadrlar yetishtirishda MDIS ham muhim o‘rin tutishi, Akademiya va institut o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik yangi rivojlanish bosqichini boshlab berishi e’tirof etildi.
Akademiya rektori suhbatda Akademiyada yaratilgan barcha sharoitlar yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlab, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishdan iborat ekanini ta’kidladi.
Oʻz navbatida MDIS direktori Ilhom Mamatqulov samimiy qabul uchun Akademiya rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, Akademiyada ta’lim jarayonlariga yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berdi.
#IIAU & MDIS
#Tashrif
Amaliy natijalarga ko‘chayotgan hamkorlik aloqalari
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) direktori Ilhom Mamatqulov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi Akademiya vakillari kutib oldi.
Xabaringiz bor, bundan bir necha oy oldin Akademiya delegatsiyasi Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) ga tashrif buyurgan, uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#TRENING
Talabalar uchun trening
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida turizm bo‘yicha trening tashkil etildi.
Treningda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi stajor o‘qituvchisi Kamoliddin Jahongirov, “ALFA TOUR TRAVEL AGENCY” sotuv menejeri Hasan Jumaboyev, “Tanwir Umrah&Hajj” ijrochi menejeri Muhammadjon Sobirov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda mehmonlar tomonidan Akademiya talabalariga sayyohlik firmasini tashkil etish, faoliyatini boshqarish, hujjatlar bilan ishlash, turpaket tuzish, ularni sotish jarayoni, mijozlar bilan ishlash, turistlar bilan sayohat davomida kelib chiqadigan har xil holatlar bo‘yicha qaror qabul qilish va ularni bartaraf etish choralari haqida foydali maslahatlar berib o‘tildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Bir mazhabga ergashishning hukmi qanday?
🔰Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Davra_suhbati
Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan asrash – barqarorlik omili
Bugun diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm xavfi butun jahonni tashvishga solmoqda. Shu bois, yoshlarni ruhan sog‘lom hamda ma’nan barkamol qilib tarbiyalash, turli yot g‘oyalardan himoya qilish dolzarb vazifaga aylangan.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sirtqi ta’lim turi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga “Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan asrash – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida ekstremistik, diniy aqidaparastlik va shu kabi buzg‘unchi g‘oyalar mohiyati, ularning muqaddas dinimiz qadriyatlariga zidligi borasida so‘z yuritildi.
Bundan tashqari, tadbirda ta’lim muassasalarida ilm olish, kasb-hunar o‘rganish yuzasidan yaratilayotgan sharoitlar davlatimizning ustuvor siyosati ekani haqida fikr va mulohazalar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
📣#arabic #model_un_team #announcement
🇺🇳For the first time among the National Model UN projects, you can participate in the model through "Arabic language". We know that Arabic is one of the 6 working languages of the UN, and its importance is increasing today from a language point of view. If you are interested in political discussions and parliamentary debates through Arabic, join us!
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
🔗 Link for delegates: https://forms.gle/eeiKz2WtrTWY3VBc6
•••••••••••••••••••••••••••••••••••
🇺🇳 Milliy BMT Modeli loyihalari orasida ilk bor “arab tili” orqali modelda qatnashishingiz mumkin. Bilamizki, arab tili BMTning 6 ta ishchi tillaridan biri hisoblanadi va uning bugungi kundagi ahamiyati til nuqtai nazaridan oshib bormoqda. Agar, sizda arab tili orqali siyosiy munozaralarda, parlamentar debatlarga qiziqishingiz bo’lsa, bizga qo’shiling!
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
🔗Havola delegatlar uchun: https://forms.gle/eeiKz2WtrTWY3VBc6
🇺🇿 ‘New outlook in new Uzbekistan
❗️Follow us on social media:
🌐Instagram I Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Hamkorlikdagi treninglar samarali o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Nilufar Rasulova va Akademiya psixologi Gulruh G‘aniyeva boshchiligidagi bir guruh faol talabalar Qozog‘istonning Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universitetida ilmiy safar bilan bo‘ldilar.
Akademiya va universitet oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, o‘zaro hamkorlikda mahorat darslari va treninglari tashkil etish, xodimlar, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Ushbu safar doirasida Akademiya vakillari tomonidan “Bo‘lajak o‘qituvchilarni universitetda tayyorlash bosqichida kasbiy rivojlanishini optimallashtirish uchun psixologik sharoitlar” va “Samarali art-terapiya usullari” kabi mavzularda seminar-treninglar o‘tkazildi. Akademiya talabalari almashinuv dasturi doirasida xorijdagi tengdoshlari bilan o‘z bilimlarini yanada oshirdi.
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat
Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash maqsadida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Buxoro davlat pedagogika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda soha mutaxassislari tomonidan “Islom – ma’rifat dini”, “Ilmdan boshqa najot yo‘q”, “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutori Umidjon Xodjayev “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzusida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Mazhabga ergashish – dinga ergashish
🔰Rustam Oxunjonov,
“Ko‘kaldosh” o‘rta-maxsus islom bilim yurti matbuot kotibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Fotoreportaj
Poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da o‘tkazilgan “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” nomli hisobot konsertidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Targ‘ibot_tadbiri
Akademiya dotsenti “Jaholatga qarshi maʼrifat” doirasidagi tadbirda ma’ruza qildi
Guliston shahrida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusi doirasida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari I.Moʻminov, Guliston shahar hokim oʻrinbosarlari, Guliston shahridagi mahalla fuqarolar yigʻini raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, mahalladagi ijtimoy himoya milliy agentlik xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti dotsenti, PhD Habibullo Sagdiyev ma’ruza qildi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ilmiy_seminar
Yosh tadqiqotchilar – Uchinchi Renessans poydevori asoschilari
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tashabbusi bilan talaba-yoshlarda maqola va tezislarni tayyorlash koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida “Yosh tadqiqotchi” ilmiy-amaliy seminari oʻtkazildi.
“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy” fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan seminarda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov va kafedra professor-oʻqituvchilari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda “Yosh tadqiqotchilar” toʻplami tayyorlanib, unga 60 dan ortiq talabalarning ilmiy ishlari kiritildi.
Yakunda eng yaxshi maqola mualliflariga maqtov yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Kitob – tafakkur qanoti, bilim chirog‘i
Bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham talabalarning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida turli tanlovlar tashkil etilmoqda.
Shu maqsadda bugun “Akademiya kitobxon talabalari” tanlov-musobaqasi o‘tkazildi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram