iiau_official | Неотсортированное

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Подписаться на канал

International Islamic Academy of Uzbekistan

Буюк Ғалабага беқиёс ҳисса қўшган, шу ёруғ кунларга етиб келолмаган азиз инсонларни ёд этамиз, уларнинг хотираси, пок руҳлари олдида таъзим қиламиз. Урушда, меҳнат фронтида иштирок этган мўътабар фахрийларимиз олдида чексиз қарздормиз.

Склоняем голову перед памятью наших отцов и дедов, внесших огромный вклад в великую Победу, которым не довелось увидеть нынешние светлые дни. Мы в неоплатном долгу перед ветеранами войны и трудового фронта.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Ekskursiya


Nomingiz o‘chmaydi dillardan mangu

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va Islom sivilizatsiyasini o’rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, Phd Mirodil Haydarov hamda tyutor Umida Hasanova tomonidan Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun “Xotira va qadrlash maydoni”ga ekskursiya tashkil etildi.

Yodgorlikning markazi haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan yaratilgan “Motamsaro ona“ haykali hisoblanadi. Mazkur haykal oldida Mangu alanga joylashgan. Atrofida oʻrnatilgan qalqonlarga Ulugʻ Vatan urushi frontlaridan qaytmagan oʻzbekistonlik askar va ofitserlarning ismlari oʻyib yozilgan.

Yodgorlik Ulugʻ Vatan urushi yillarida Vatan uchun jon fido qilgan to‘rt yuz mingdan ziyod oʻzbek askariga bagʻishlangan.

Tashrif davomida talabalar ko’plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Tayinlov

Muftiy hazratlariga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Bugun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisliklarida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda masjidlar holatini yaxshilash, moʻmin-musulmonlar ehtiyojlarini taʼminlash va imom-domlalar faoliyatini rivojlantirishga doir masalalar koʻrib chiqilib, bir qator topshiriqlar berildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala ham koʻrildi. Unda, oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etilgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Jaloliddin Hamroqulov oʻrniga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Batafsil

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#live #matbuot_anjumani

Bu yil OTMlarga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi


Anjumanda shuningdek, oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Bunda:
🔠 abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;
🔠 oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#live #matbuot_anjumani

⚡️Ta’lim granti asosida tahsil olgan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Taqdimotda shuningdek, oliygohlarga o‘qishga qabul qilish jarayonlari bo‘yicha quyidagilar taklif qilindi:
o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshirilib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);
davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda:
🔹 ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
🔸 ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;
🔹 ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;
sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Qayd etilganidek, sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi

Oliy ma’lumot har bir insonga jamiyatda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lish imkonini bersa, davlatga bilimlilarni tanlab olish, qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy, iqtisodiy, muhandislik va texnologik sohalarni ilmiy-institutsional qamrab olishga, pirovardida, inson kapitalini samarali yo‘naltirishga xizmat qiladi.


“Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “A’lochi talabalar grant asosida o‘qiydi. Endi davlat granti bir talaba uchun 4 yilga berilmaydi” sarlavhali maqolasi chop etildi.

👉Maqolani o‘qish
👉PDF shaklida yuklab olish

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#munosabat #sharh

Bu yilgi oliy ta’limga qabul bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlarning afzalligi nimada?


📹 Ushbu savol hamda Prezident huzurida oliy ta’limdagi islohotlar bo‘yicha qilingan taqdimot mazmun-mohiyati yuzasidan mutaxassislar o‘zlarining munosabatini bildirdi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Spektakl


Tomoshabinlarga Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan spektakl taqdim etildi

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir davomida Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan dramaturg Jo‘ra Mahmudovning “Sadoqat” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.

Mazkur asarda Ikkinchi jahon urushining xalqimizga boshiga keltirgan musibatlari, farzandlari, suygan yorlarini urushga jo‘natayotgan onalar, ayollarning ko‘z yoshlari aks etgan sahnalar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Urush, ayriliq, sog‘inch hissi aks etgan she’rlar, qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar bugungi tinch-osoyishta, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekani, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burchligini yana bir bor his qildilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Taqdirlash


Tadbir davomida Akademiyada uzoq yillar davomida samarali mehnat faoliyati olib borgan, talaba-yoshlarni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash hamda yosh pedagog kadrlarni yuqori salohiyatli etib tayyorlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun bir guruh faxriy ustoz-murabbiylar, xodimlarga Akademiya tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘a topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Yangiliklar


Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda. Har yili mazkur sana o‘zgacha shukuhda nishonlanadi. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 16-aprelda “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmonining imzolanishi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Mazkur hujjatda yurtimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirib, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarimizga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlashga alohida ahamiyat qaratilgan.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil o‘qish uchun

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Sodiq Samarqandiyning yolg‘on da’volariga uchgan Farhod Xolmatov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Ziyorat

Ikkinchi jahon urushi faxriysi ziyorat qilindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Shayxontohur tuman bo‘limi hamkorligida Shayxontohur tumani “Kattahovuz” MFYda istiqomat qilovchi 1-darajali mehnat faxriysi Asqar Jo‘rayev xonadoniga tashrif uyushtirildi.

Akademiyaning faol talaba-yoshlari mehnat faxriysini bayram bilan tabriklab, samimiy suhbat qurdilar.

Suhbat davomida Asqar Jo‘rayev oʻzlarining hayot yoʻllarini xotirlab, tinchlikni qadriga yetish, osuda kunlarimizga shukrona qilish kerakligini ta’kidladi. Ezgu tilaklarini bildirib, duoga qo‘l ochdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Soxta da’vatlarga aldanmang!

🔰Xurshid domla Aslanbayev,
Yangiyer shahar “Abduqahhor hoji” jome masjidi imom-xatibi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni

Inson xotirasi aziz va muqaddas

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami arafasida marhumlarni yodga olib, ularning ruhlarini shod qilish savobli amallardan sanaladi.

Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “Kamolon” qabristonida filologiya fanlari nomzodi, marhum ustoz Maziddin domla G‘anixonov, “Chigʻatoy darvoza” qabristonida marhum ustoz Abduvohid Ochildiyev hamda O‘zbekiston Qahramoni, navoiyshunos olima, professor, marhum ustoz Suyima G‘aniyevaning qabrlarini ziyorat qilib, Qurʼon tilovat qildilar.

Ziyorat chog‘ida faxrimiz bo‘lgan bu ustozlarning xalqimiz farovonligi, Akademiyamiz faoliyatidagi ulkan xizmatlari yod etilib, haqlariga duolar qilindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞9-may – Xotira va qadrlash kuni

Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Inson_qadri_uchun

Mehr qoʻllarini uzataylik!

Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi.

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markaziga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida markazda istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan dildan suhbat qurildi. Yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli hech bir inson eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan chetda qolmasligi taʼkidlandi.

Batafsil

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#live #matbuot_anjumani

⚡️Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi


Anjumanda qayd etilganidek, topshiriqqa binoan magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:
ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;
soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi.

Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#live #matbuot_anjumani

Yangi tizim respublika bo‘yicha eng bilimli yoshlarni saralash imkonini beradi


Joriy yilning 6-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:

Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:
davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;
2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_forum

Akademiya vakili xalqaro forumda ma’ruza qildi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi Maftuna Mo‘minova Turkiyaning Kemer shahrida bo‘lib o‘tgan “15-xalqaro Ta’lim menejmenti forumi”da ishtirok etib, “Ustoz-shogird an’anasining zamonaviy tahlili” mavzusida ma’ruza qildi.

Mazkur anjuman Gazi va Kastamonu universitetlari hamda Tayoim uyushmasi (EYUDER) tomonidan har yili an’anaviy tarzda tashkil etiladi. Joriy yilgi forum 15-marotaba o‘tkazildi.

Forumda ilm-fan sohasidagi so‘nggi yangiliklar, ilmiy tadqiqotlar haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Dayjest

Matbuot biz haqimizda…

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir respublikamizdagi ommaviy axborot vositalari hamda tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.

🔷O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
https://uza.uz/uz/posts/yoshlar-uchun-karera-kuni-tashkil-etildi_596158

🔰“Yangi O‘zbekiston” gazetasi
https://yuz.uz/news/karera-kuni-talabalarni-ish-bilan-taminlamoqda

🔷“Ma’rifat” gazetasi
/channel/marifatziyo/12069

🔰O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
/channel/islommarkazi/2875

🔷Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
/channel/moturidiyuz/11172

🔰“Ziyo” media markazi
/channel/ziyouz/16589

🔷“Oriat dono” radiosi
/channel/iiau_official/19430

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев Мудофаа вазирлигининг Марказий ҳарбий клиник госпиталига бориб, Иккинчи жаҳон уруши қатнашчилари ҳолидан хабар олди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центральный военный клинический госпиталь Министерства обороны, где навестил участников Второй мировой войны.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xotiravaqadrlashkuni #faxriylar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Taqdirlash


Taqdirlash jarayonidan fotoreportaj

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Qutlov


Bayram tadbirida Shayx Abdulaziz Mansur hazratlarini tabarruk 80 yoshga hamda 2018-2019-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida faoliyat yuritgan Yovqochev Shuhrat Akmalovichning 60 yoshga to‘lganliklari munosabati bilan taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi.

Ustozlarga zarbof to‘n kiydirilib, Akademiya rahbariyati va jamoasining esdalik sovg‘asi topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Karyera_kuni
#Radioreportaj

🔰O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostidagi ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi haqida

Manba: “Oriat dono” radiosi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Sayyor_dars

Magistrlar uchun sayyor dars tashkil etildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Matnshunoslik” yo‘nalishi 1-kurs magistrlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida sayyor dars oʻtkazildi.

Mazkur dars “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori Aftondil Erkinov tomonidan tashkil qilindi. Sayyor darsda Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Saidakbar Muhammadaminov tomonidan mavzu yuzasidan ma’lumot berildi.

Mutaxassis oʻtmishda qozilar tomonidan foydalanilgan qoʻlyozma kitoblar haqida gapirib berdi.

Magistrlar dars davomida o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Live


Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari, iste’fodagi harbiy xizmtchilar, nafaqadagi ustoz-muallimlar hamda Akademiya talabalari ishtirok etmoqdalar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев Ғалаба боғига ташриф буюриб, “Матонат мадҳияси” ёдгорлиги пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Парк Победы и возложил цветы к подножию памятника "Ода стойкости".

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9_may
#xotira_va_qadrlash_kuni

Siz jasorat, mardlik, qahramonlik, matonatli yillarimiz haqida nimalarni bilasiz?


Manba: Otabek Hasanov

O'zXIA rektorining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

💻Instagram |📝Facebook |📝Telegram

Читать полностью…
Подписаться на канал