#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Sharaf_lentasi
Akademiyada “Sharaf lentasi” ulashish aksiyasi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hovlisida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Sharaf lentasi” ulashish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Akademiya mas’ullari hamda faol yoshlar tomonidan erta tongdan ishga va o‘qishga kelayotgan ustozlar hamda talaba-yoshlar ko‘ksiga O‘zbekiston davlat bayrog‘i tasviri tushirilgan “Sharaf lentasi” taqildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Iqtibos
“Oʻz maktabini yarata olgan ustoz!” maqolasidan parcha:
“Men hayotdagi eng katta orzumga erishdim, Umuman, orzu va maqsad men uchun niyatning qandayligiga asoslanib amalga oshadi. Oddiy oiladan chiqqan bir yigit arab tiliga muhabbat qoʻydi va uni oʻrganishni orzu qila boshladi, niyat qildi va shu maqsadga erishdi. Har bir inson hayotida qiyinchiliklar, muammolar boʻladi. Men tanlagan yoʻldagi qiyinchiliklarni bilsam ham maqsad sari intildim.
Hayot yoʻlidan ravon yurib koʻzlangan masadga erishishimda muayyan taʼsir koʻrsatgan yoʻl-yoʻriqlar, maslahatlar bergan insonlar bu – ustozlarimdir. Ular bir qishloq yigitini dunyoqarashini oʻzgartirib yubordilar, ilmga va bilimga boʻlgan muhabbatni uygʻotdilar.
Ilm bekatlari oralab oʻzimga yanada jiddiyroq va kattaroq maqsadlar qoʻya boshladim. Menda buyuk ajdodlar merosi, ularning hayotini xalqqa yetkazish, arab tilidagi asarlarni tarjima qilish katta bir maqsadga aylandi”.
#KUN_TARIXI
Bugun 8-may 2024-yil, chorshanba.
Muhim voqealar:
🔷1713-yilda Rossiya poytaxti Moskvadan Sankt-Peterburgga ko‘chirildi.
🔷1886-yili doktor Jon Pemberton o‘ylab topgan Coca-Cola ichimligi birinchi marta ishlab chiqarildi.
🔷1895-yilda Xitoy Tayvanni Yaponiyaga topshirdi.
🔷1903-yili birinchi haqiqiy dirijabl – “Lebodi” 37 kilometr masofaga birinchi parvozini amalga oshirdi.
🔷1945-yilda Berlin yonidagi Karlsxortda Germaniyaning II jahon urushida so‘zsiz taslim bo‘lishi haqidagi akt imzolandi.
🔷1962-yili Buyuk Britaniya poytaxtida trolleybuslar qatnovi to‘xtatildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#UCHRASHUV
Taniqli tadbirkor va sharqshunos Murod Nazarov bilan uchrashuv
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi rahbari Murod Nazarov bilan uchrashuv bolib otdi.
“Biznes boshlashdagi ilk zaruriy qadamlar. Fikrlashimiz o‘zgarsa, hayotimiz o‘zgaradi” mavzusidagi tadbirni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov ochib berdi.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan davra suhbatida Murod Nazarov so‘z olib, bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlarga yaratib berilgan sharoitlar, yoshlarni biznes bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligiga alohida ta’kidladi. Ayniqsa, joriy yilning “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi yosh tadbirkorlarga katta imkoniyat bo‘lganini qayd etdi.
Murod Nazarov o‘zining hayot yo‘li, biznesga kirib kelishi, erishgan muvaffaqiyatlari, qiyinchiliklarni yengib o‘tishdagi usullari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. “Murad Building” qurilish kompaniyasining barpo etilish tarixi, bugungi kundagi loyihalar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, bu kasbning sir-sinoatlari, tadbirkorlik odobi va qoidalari haqida ma’lumot berdi. O‘z hayotida duch kelgan voqealar, ulardan olingan saboqlarga to‘xtaldi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Karyera_kuni
#Fotoreportaj
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostidagi ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#Karyera_kuni
Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori
Bugungi kunda yurtimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Ayniqsa, yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ustuvor masala sanaladi. Zero, aynan yoshlar mamlakat salohiyatini tashkil qiladi. Mehnat bozorida yoshlarga munosib ish oʻrinlarini topib berish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega.
Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023-2024-oʻquv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar oʻrtasida bevosita muloqotini taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi oʻtkazildi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#9-may – Xotira va qadrlash kuni
Yangi O‘zbekistonda inson aziz, qadr muqaddas!
Xabaringiz bor, 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari marhum ustozlarining qabrlarini ziyorat qilmoqdalar. Nafaqadagi ustozlarning uylariga tashrif buyurib, ular bilan dildan suhbat qurmoqdalar. E’tibor va e’zozda ekanliklarini aytib, ko‘ngillarini ko‘tarmoqdalar.
Shu maqsadda Islomshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari faxriy ustoz, taniqli olim – Temur Asqadovichning xonadoniga tashrif buyurdilar.
Ustoz Temur Asqadovich mehmonlarga “Islom sivilizatsiyasi qomusi” kitobini sovg‘a qildilar.
Shuningdek, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari kafedrada ko‘p yillar davomida mehnat qilib nafaqaga chiqqan Mahfuza Abdullayevaning uylariga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ustozning o‘git va maslahatlaridan bahramand bo‘lgan holda dildan suhbatlashildi.
#9-may – Xotira va qadrlash kuni
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “9-may – Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslari tashkil etildi.
Mazkur dars “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” hamda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etildi.
Unda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matillo Muhamedov maʼruza qildilar.
Dars davomida afgʻon urushi qatnashchisi, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Botir Valiyev urushning dahshatlari, tinchlikning qadriga yetish haqidagi xotiralari talabalarda taassurot uygʻotdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Muqaddas islom dinimizda hijratning ta’rifi qanday?
🔰Farhod Begmanov,
Shirin shahar “Nurli yo‘l” jome masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#TAQDIMOT
O‘quv adabiyotlarining taqdimoti davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti professor-oʻqituvchilarining oʻquv adabiyotlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Axborot-resurs markazida o‘tkazilgan tadbirda Akademiya prorektorlari – Zohidjon Islomov, Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, kafedra mudirlari, Axborot-resurs markazi xodimlari, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan “Psixolingvistika”, “Ommaviy kommunikatsiya psixologiyasi”, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi”, “Nutq madaniyati”, “Fors tili amaliy mashg‘ulot”, “Til o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti” kabi kitoblar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Baʼzi yoshlar hanuzgacha aldanishda davom etmoqda
🔰Avazxon Jalolov
Guliston shahar “Iso oʻgʻli Muso” jome masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 6-may 2024-yil, dushanba.
Muhim voqealar:
🔷1840-yilda birinchi rasmiy pochta markalari muomalaga chiqarildi.
🔷1833-yili AQShda birinchi po‘lat omoch (plug) ishlab chiqarildi.
🔷1835-yilda Amerikada “The New York Herald” gazetasining birinchi soni nashr etildi.
🔷1910-yili Georg V Buyuk Britaniya va Irlandiya Birlashgan Qirolligi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli bo‘ldi.
🔷1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi hamda Tailand Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
🔷2002-yili kosmik texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi SpaceX amerika kompaniyasiga asos solindi.
🔷2023-yilda Buyuk Britaniya qiroli Charlz IIIning toj kiyish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 33-moddasi
🔰Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Maqola
Oʻz maktabini yarata olgan ustoz!
Islomshunos olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov xotirasiga bagʻishlanadi.
Ustoz – bu yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi, tarbiyalovchi, rahnamo, taʼlim beruvchi. Ustozga berilgan ushbu taʼriflardan anglashiladiki, bu sharafli taʼriflarga muyassar boʻlgan kishiga har tomonlama yuksak masʼuliyat yuklatiladi.
Yuqorida ustozga berilgan taʼriflar haqida mushohada qilganimda koʻz oʻngimda oʻzining katta bir ilmiy maktabiga ega boʻlgan Ubaydulla Uvatovdek zabardast alloma gavdalanadi.
Ushbu moʻjaz maqolada marhum ustozimiz, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov haqlarida bitik bitar ekanman, bu inson bilan boʻlgan suhbatlar jarayonida olgan taassurotlarim asosida ustozni shaxsiyati, hayot yoʻli, ilmiy faoliyati haqidagi mushohadalarimni sizlarga ham havola etishga jazm etdim.
Nigora Yusupova,
yuridik fanlar doktori, professor
Batafsil
Sahifalarni kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Iqror manzili: Sodiq Samarqandiyning zalolatga yetaklovchi fikrlari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi: “Talabalarning kuchini o‘tin yorishga sarflamaymiz!”
Yoshlarning mehnat bozorida munosib ish oʻrinlarini topishida ko‘maklashish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu ma’noda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida bitiruvchilar hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar oʻrtasida bevosita muloqotni taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida uchrashuv oʻtkazildi.
Mazkur jarayonda 50 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi, talabalarning 70 ga yaqin ish beruvchi tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari imzolandi.
✅️ Batafsil
@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇
✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
#9-may – Xotira va qadrlash kuni
Akademiyada “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida jasorat tarixi darslari o‘tkazildi.
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan Akademiya talabalari uchun tashkil etilgan darsda tinchlikni qadriga yetish, urushning iztirobli voqealari haqida so‘z yuritildi.
Fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matillo Muhamedov hamda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Botir Valiyev so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan ma'ruza qildilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#E’LON
🔷2024-yil 8-may kuni soat 11:30 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining asosiy binosi katta majlislar zalida “Inson qadri ulug‘, xotirasi muqaddas!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etiladi!
🔰Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalar! Bayram tadbirida faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Karyera_kuni
#Muloqot
Talabalar va ish beruvchi tashkilot vakillarining muloqotlari o‘tkazildi
Rasmiy marosimlardan soʻng ishga tanlov yuzasidan ish beruvchilarning bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari tashkil etildi. Mazkur jarayonda 50 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, Hadis ilmi maktabi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy arxivi, Toshkentdagi Webster universiteti, Yangi asr universiteti, Oriental universiteti va boshqa ko‘plab hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#LIVE
Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!
Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida 2023-2024-oʻquv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar oʻrtasida bevosita muloqotini taʼminlash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi boʻlib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda 70 dan ziyod davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng Akademiya foyesida ish beruvchi tashkilotlar vakillari hamda talabalar o‘rtasida muloqotlar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иккинчи жаҳон уруши қатнашчиларини рағбатлантириш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О поощрении участников Второй мировой войны"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#KUN_TARIXI
Bugun 7-may 2024-yil, seshanba.
Muhim voqealar:
🔷1104-yilda Harran jangida salibchilar mag‘lubiyatga uchradi.
🔷1755-yili Moskva Universiteti ochildi.
🔷1895-yilda rus fizigi va elektrotexnigi Aleksandr Popov Sankt- Peterburgda radioning dastlabki variantini ommaga namoyish etdi.
🔷1907-yili Turkiyaning “Fenerbaxche” futbol klubi tuzildi.
🔷1946-yilda Tokioda Sony kompaniyasi tashkil topdi.
🔷1993-yili “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.
🔷1994-yilda Forishda sportning milliy va xalq o‘yinlari bo‘yicha birinchi Respublika Olimpiadasi boshlandi.
🔷2013-yili Yer aholisi asrda atigi bir necha marta sodir bo‘ladigan noyob astronomik hodisani kuzatishdi. Merkuriy Yer va Quyosh o‘rtasida harakat qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида ўтган тақдимотда олий таълим йўналишларини оптималлаштириш, қабул ва малака тизимларини такомиллаштириш бўйича таклифлар муҳокама қилинди.
—
На презентации у Президента Шавката Мирзиёева обсуждены предложения по оптимизации направлений обучения в высшем образовании, совершенствованию систем приема и квалификации.
#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #qabul
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#XALQARO HAMKORLIK
Akademiya vakillari Sulton Qobus nomidagi noarablarga arab tilini oʻrgatish institutida malaka oshirmoqda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi” mudiri Zuhra Aripova, dotsent v.b. Dilfuza Sagdullayeva hamda “Lingvistika” yoʻnalishi magistranti Barno Ismoilova Oʻmon Sultonligining Sulton Qobus nomidagi noarablarga arab tilini oʻrgatish institutida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Akademiya vakillari mazkur kurslarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib, zamonaviy o‘qitish metodlarini o‘rganmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiyning yolg‘on da’volariga uchgan Ravshan Tojiboyev
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 32-moddasi
🔰O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Iqror manzili: Sodiq Samarqandiy haqida Hasan Tohirjonov iqrori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram