iiau_official | Неотсортированное

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Подписаться на канал

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni
#Hashar

Inson xotirasi aziz va muqaddas

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan Akademiyaning faol talabalari hamda ma’naviyat yo‘nalishi mutasaddilari ishtirokida marhum ustozlar Rustam Qosimov, Ubaydulla Uvatov hamda Mirg‘iyos Mirziyotovlar dafn etilgan manzillar ziyorat qilindi.

Zero, ajdodlarini doim yod tutgan va ulug‘lagan avlodlar o‘zlari ham kelajakda e’zoz topadilar. Chunki ularning mazkur ustozlariga o‘xshashga har sohada harakat qilishlari, bu yosh yigit-qizlarning ham ilmga, ham tarbiyaga intilishlarini, shu yurt, shu Vatan uchun fidoyi bo‘lishlarini taqozo etadi.

Ziyorat chog‘ida faxrimiz bo‘lgan bu ustozlarning xalqimiz farovonligi, Akademiyamiz faoliyatidagi ulkan xizmatlari yod etilib, haqlariga duolar qilindi.

Shuningdek, qabrlar atrofi tozalanib, obodonlashtirildi hamda gul ko‘chatlari ekildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni

Xotira muqaddas, inson qadri aziz

9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami arafasida marhumlarni yodga olib, ularning ruhlarini shod qilish savobli amallardan sanaladi.

Shu munosabat bilan Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov, markaz xodimlari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar bir guruh marhum ustozlarning qabrlarini ziyorat qilishdi.

Jumladan, “Gʻoyib ota” qabristonida Akademiya sobiq rektori, marhum ustoz Rustam Qosimov, “Chigʻatoy darvoza” qabristonida marhum ustoz Abduvohid Ochildiyev, “Minor” qabristonida marhum ustoz Shoanvar Ismoilov singari ustozlarning qabrlari ziyorat qilinib, Qurʼon tilovat qilindi.

Talabalarga ularning ibratli hayot yo‘li va samarali faoliyati haqida ma'lumot berildi. Ulardan o‘rnak olishlari kerakligi ta'kidlandi.

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni

Inson – aziz, xotira – muqaddas

Mamlakatimizda 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu inson zoti, muqaddas yodi, umri davomida bajargan ezgu amallariga boʻlgan ehtirom ramzidir. Albatta, biz hamisha marhumlarimizni yodga olib, ularning ruhlarini shod qilish uchun savobli amallarni ado etamiz. Zero, oʻtganlarni eslash va qabrlarini ziyorat hamda haqlariga duolar qilish barchamizning insoniy burchimizdir.

Shu munosabat bilan “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor oʻqituvchilari marhum ustoz, professor Ubaydulla Uvatov xonadoni va “Said Vaqqos ota” qabristonida boʻlib, ustoz xotirasini yodga oldilar. Ziyorat davomida marhumning kursdoshi, safdoshi va qadrdon doʻsti professor Ahadjon Hasanov Ubaydulla Uvatov haqidagi xotiralarini soʻzlab berdilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#KUN_TARIXI

Bugun 4-may 2024-yil, shanba.

Muhim voqealar:

🔷1715-yilda Parijda ilk yig‘ma soyabonlar ishlab chiqarila boshlandi.

🔷1783-yili ingliz astronomi Uilyam Gerschel oyda qizil chaqmoqni payqadi.

🔷1878-yilda Tomas Edison birinchi marta o‘zi ixtiro qilgan fonografni namoyish qildi.

🔷1904-yilda Angliyada Genri Roys va Charlz Rolls hamkorligidagi “Rolls-Roys” mashinalarining birinchi avlodi ishlab chiqarildi.

🔷1904-yili Panama kanali qurilishi boshlandi.

🔷1924-yilda Parijda VIII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.

🔷1979-yili Margaret Tetcher Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri va ushbu lavozimdagi birinchi ayol bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#TAQDIMOT

Akademiya professor-o‘qituvchilari o‘quv adabiyotlarining taqdimoti o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti professor-oʻqituvchilarining oʻquv adabiyotlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Axborot-resurs markazida o‘tkazilgan tadbirda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi”, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi va “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedralari professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan “Kompyuter kriminalistikasi”, “Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish”, “Infografik ma’lumotlar vizualizatsiyasi”, “Tarmoq xavfsizligini aniqlash usullari” kabi kitoblar haqida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞“Ma’rifat ulashib” loyihasi

Manba: Toshkent telekanali

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Sodiq Samarqandiyning yolg‘on da’volariga uchgan Bahriddin Akanov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

🔰Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#KUN_TARIXI

Bugun 3-may 2024-yil, juma.

Bayramlar
:

🇺🇳Butunjahon matbuot erkinligi kuni.

🌏Turkiylar birdamligi kuni.

Muhim voqealar:


🔷1494-yilda Xristofor Kolumb Yamaykani kashf etdi.

🔷1808-yili rus-shved urushi: ruslar Sveaborg qal’asini egalladilar.

🔷1841-yilda Yangi Zelandiya britan mustamlakasi deya e’lon qilindi.

🔷1902-yili AQShda “Pepsi” kompaniyasi tashkil topdi.

🔷1904-yilda amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi sharikli ruchka uchun patent oldi.

🔷1937-yili Margaret Mitchellning “Shamollarda qolgan hislarim” romaniga Pulitser mukofoti berildi.

🔷1978-yilda yoqmaydigan reklama xabari – spam ilk bor rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan.

🔷1994-yili Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqasi ochildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#FORUM

Akademiya talabalari III Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashmoqda

Bugun poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida III Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yirik anjumanda 84 ta davlatdan qatnashchilar, 26 ta hukumat delegatsiyasi, 178 ta yirik xorijiy kompaniyalar ishtirok etmoqdalar.

Forumda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining bir guruh talabalari volontyor va tarjimon sifatida qatnashmoqda.

Davlat ahamiyatidagi ushbu tadbir Akademiya talabalarida hayotiy tajriba, bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga hissa qo‘shishiga shubha yo‘q.

Forum o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

TA’ZIYA

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi o‘qituvchisi Bahodir Pirmuhamedovga padari buzrukvori Bahrom ota Pirmuhamedovning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qiladi.

Janoza namozi bugun asr namozida “Shayx Zayniddin (Ko‘kcha)” jome masjidida o‘qiladi.

Alloh marhumni o‘z rahmatiga olib, ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#KUN_TARIXI

Bugun 2-may 2024-yil, seshanba.

Muhim voqealar:


🔷1509-yilda ispanlar San-Xuan shahri (hozirgi Puerto-Riko poytaxti)ga asos solishdi.

🔷1808-yili Madrid inqilobi bo‘ldi.

🔷1919-yilda AQShda yo‘lovchi tashish avialiniyasi ishga tushdi.

🔷1935-yili SSSR va Fransiya o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnoma imzolashdi.

🔷1997-yilda Toni Bler Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri bo'ldi.

🔷2014-yili Odessadagi Kasaba uyushmalari binosida yong‘in sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#XALQARO HAMKORLIK

Xitoyning global texnologik innovatsion tajribasi binar darsda muhokama qilindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi hamda Xitoyning Janubiy-Markaziy Minzu universiteti bilan hamkorlikda navbatdagi binar darsi tashkil etildi.

Unda Janubiy-Markaziy Minzu universiteti o‘qituvchisi Meihua Zhang hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Gulnora G‘ulomova binar darsga boshchilik qilishdi.

“Texnologiya poygasi: Xitoy global innovatsiyalar maydonida” mavzusidagi binar darsda Xitoyning turli sohalardagi xalqaro innovatsiya reytingi ko‘rsatkichlari va buning asosiy omillari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Shu bilan birga, mavzuga doir O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Gulnora G‘ulomova talabalarga qo‘shimcha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Sayyor_dars

Magistrlar uchun sayyor dars tashkil etildi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi” yoʻnalishi 2-bosqich magistrantlari uchun Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida “Sotsial psixologik reabilitatsiya” va “Ochiq axborot tizimlarida psixologik xavfsizlik” fanlaridan sayyor dars o‘tkazildi.

Mazkur dars “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi oʻqituvchilari – Azamat Nazarov va Feruza Rasulova tomonidan tashkil etildi.

Sayyor darsda markazning yetakchi mutaxassisi Shahnoza Yarasheva tomonidan talabalarga markaz hayoti va faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Talabalar yordamga muhtoj bolalarga yaratilgan sharoitlar, artterapiya, igloterapiya, “Mantisoro”, refleksiya, LFK, basseyn, massaj, sensor va psixologik konsultatsiya xonalari bilan tanishdilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Sodiq Samarqandiyning yolg‘on da’volariga uchgan Abdulatif Sarimsaqov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#9-may – Xotira va qadrlash kuni

Xotira abadiy, qadr muqaddas

Avval xabar berganimizdek, 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami arafasida Akademiya vakillari tomonidan marhum ustozlarning qabrlarini ziyorat qilish, nafaqadagi ustozlarning holidan xabar olish kabi savobli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Akademiya talabalari marhum ustozlarning qabrlarini ziyorat qilib, ularning qabrlarini obodonlashtirishga hissa qo‘shishdi.

Shuningdek, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari nafaqadagi ustoz Inga Fateyevaning xonadoniga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldilar.

Ustozga esdalik sovgʻasi va koʻp yillik sharafli mehnatlari uchun Akademiya rahbariyati tomonidan taqdim etilgan “Tashakkurnoma” topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’LON

“Toshkent: kecha, bugun, ertaga” mavzusida maqolalar tanlovi!

✔️Maqolalar tanlovi "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

🌐Ushbu tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi: Ilmiy va ommabop.

📣Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: OTM bosqichi. 10-maydan 15-maygacha. 1-bosqichda har bir yo’nalish bo’yicha 1-o‘rinni egallagan maqolalar 2-bosqichga tavsiya etiladi.

OTM bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlarni (bayonnoma va maqolalar)
Maqolalartanlovi@gmail.com elektron pochtasiga taqdim etish zarur.

2-bosqich: Toshkent shahar bosqichi. 15-maydan 20-maygacha.
21-may kuni yakuniy anjuman bo‘lib o‘tadi va unda g‘oliblar taqdirlanadi.


🎓Tanlovda Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Maqolalar quyidagi tillarda qabul qilinadi:

🇺🇿 o‘zbek
🇷🇺 rus
🇬🇧 ingliz 

📄Tanlov nizomi

📄Axborot xati

🔗Murojaat uchun tel +998935205255

⚡️Barcha talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’LON

🔷O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 7-may kuni soat 11:00 da an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tadi.

🔰Unda respublikamizda faoliyat yuritayotgan vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalari vakillari bo’sh ish o’rinlari qatnashadilar.

🔷Tadbirda 70 dan ortiq tashkilotlarning tashrifi kutilmoqda.

🔰Aziz talabalar! 7-may kuni tadbirga tashrif buyurgan tashkilotlardan o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

🔷Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko’chasi 11-uy.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhabida namozda takbiri tahrimaning hukmi nima?

🔰Imomiddin Boboqulov,
Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’LON

Fundamental loyihalar “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovining 88-turi e’lon qilinadi

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental loyihalar “Oʻzbekiston-Belarus” xalqaro qoʻshma tanlovining 88-turi quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qilinadi:
mininnovation">
🔹Fizika, matematika va informatika (Matematika, fizika, mexanika fanlari, Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish);

🔸Texnika fanlari (Texnika fanlari);

🔹Kimyo va yer haqidagi fanlar (Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari, Yer toʻgʻrisidagi fanlar);

🔸Tibbiyot va farmatsevtika fanlari (Tibbiyot fanlari, Farmakologiya va farmatsevtika fanlari);

🔹Qishloq xoʻjaligi va biologiya fanlari (Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari);

🔸Biotexnologiya (Biologiya va biotexnologiya fanlari);

🔹Ijtimoiy va gumanitar fanlar (Filologiya va ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot fanlari, Huquq fanlari, Tarix va arxeologiya fanlari, Pedagogika va psixologiya fanlari).

Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar grant.mininnovation.uz – davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi orqali 2024-yilning 13-iyunga qadar faqat elektron shaklda qabul qilinadi.


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlari

Manba: O‘zbekiston 24

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Adashganlarning nadomatlari

🔰Otabek domla Avezov,
Buxoro viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

3-may – jahon matbuoti erkinligi kuni

📅Bugun 3-may. Bu sana Jahon matbuoti erkinligi kuni sifatida dunyo boʻylab keng nishonlanadi. Bundan bosh maqsad axborot erkinligi tamoyillarini ilgari surish, voqea-hodisalarni xolis va haqqoniy yoritib, inson huquq va manfaatlarini taʼminlashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan kasb egalari – jurnalistlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

🔷Zero, matbuot erkinligi – uning mohiyatini, jamiyat hayotidagi oʻrnini belgilaydi. Yurtimizda ham ushbu soha faoliyatini yanada takomillashtirish, axborot va soʻz erkinligini taʼminlashga alohida eʼtibor berilmoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi belgilab qoʻyilgani eʼtirofga molikdir.

🔰Ommaviy axborot vositalari xodimlari! 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kuni barchangizga muborak bo‘lsin!

Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Iqror manzili: Sodiq Samarqandiyning zalolatga yetaklovchi soxta da’vatlari

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’LON

🔷O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida taniqli tadbirkor, “Murad Buildings” kompaniyasi rahbari Murod Nazarov bilan “Biznes boshlashdagi ilk zaruriy qadamlar. Fikrlashimiz o‘zgarsa, hayotimiz o‘zgaradi” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

📅Uchrashuv 7-may kuni soat 14:30 da Ubaydulla Uvatov majlislar zalida o‘tkaziladi.

🔰Mazkur davra suhbatiga barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalarni taklif etib qolamiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Malaka_oshirish

Akademiya rektori yoshlar yetakchilariga dolzarb mavzuda ma’ruza qildi


Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi Malaka oshirish markazida Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar mahallalaridagi yoshlar yetakchilariga “Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish” mavzusida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun malaka oshirish tinglovchilariga Akademiya rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un G‘afurov “Kibermakondagi diniy kontentning mazmuni: mo‘tadillik va mutaassiblik chegarasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada yoshlar hayotini band etgan internet tarmog‘idagi sayt va guruhlar mazmuni, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tahlil etish va tarqatish madaniyati, diniy ma’lumotlarni rasmiy saytlardan olish hamda noma’lum tarmoqlardan saqlanish kabi masalalarda ma’lumotlar yetkazildi.

Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Botil da’vo

🔰Shayx Muhiddin Mansur


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#YANGILIKLAR

Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi majlisida muhim masalalar muhokama etildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ilmiy va o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Unda Kengash raisi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, RTTM boshlig‘i hamda Axborot-resurs markazi rahbari ishtirok etdilar.

Majlisda yakuniy Davlat attestatsiyasi jarayonlarini samarali tashkil etish, kurslar kesimida tashkil etiladigan malakaviy amaliyotlar taqsimoti kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili uchun tayyorgarlik ko‘rish, BMI va MD mavzulari bankini shakllantirish hamda 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchilari uchun “Karyera kunlari”ni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Majlis yakunida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Rahbar_va_yoshlar

“Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinadi. Ana shunday muloqotlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Tadbirda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekani qayd etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar kabi soxta da’vatchilarning yolg‘on “fatvo”lariga uchgan yoshlarning afsus-nadomati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🔽

🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…
Подписаться на канал