#E’LON
Ziyolilar oilasi “Ziyolilar” loyihasining ikkinchi mavsumiga start beradi
🔷Siz O‘zbekistonning “Eng kuchli top 100” talabalari ro‘yxatida bo‘lishni xohlaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
🔰Birinchi mavsumidayoq ko‘plab yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan “Ziyolilar” loyihasining 2-mavsumi boshlanmoqda.
🔷Loyiha “Ziyo forum” ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish Xalqaro fondi loyihasidir. Ushbu loyiha yil davomida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan va yuqori natijalarga erishgan O‘zbekistonning 100 nafar eng yaxshi talabalarini o‘zida birlashtiradi.
🔰Loyihada ishtirok etish orqali siz o‘zida fan, sport, ijod, ixtiro va ijtimoiy faoliyatda o‘zini ko‘rsatgan O‘zbekistonning eng kuchli 100 nafar talabalaridan iborat “O‘zbekiston talabalari almanaxi”ga kirishingiz, maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘lishingiz mumkin.
🔷ziyolilar.com veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting!
🔰Murojat uchun: Akademiya Iqtidorli talabalar bo'limi
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#VIDEOLAR
🎞Jarga yetaklovchi soxta da’vatchilardan ehtiyot bo‘ling! Sodiq Samarqandiy ulardan biridir!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Malaka_oshirish
Malaka oshirish oldidagi dolzarb vazifalar
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov Akademiya huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallari rahbar-xodimlari bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, Malaka oshirish markazi direktori Xusniddin Axmedov, markazning Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Surxondaryo va Namangan mintaqaviy filiallari direktorlari hamda kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Uchrashuv tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tdi. Yig‘ilishda Malaka oshirish markazi tomonidan oxirgi yillarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi.
Rektor Uyg‘un G‘afurov Malaka oshirish markazi faoliyati haqida alohida to‘xtalib, hamkor tashkilotlar bilan shartnoma asosidagi malaka oshirish o‘quvlarini yanada rivojlantirish, dolzarb mavzular bo‘yicha o‘quv rejalarni yangilab borish, mintaqaviy filiallar faoliyati jonlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarini berdi.
#Rahbar_va_yoshlar
Yurt kelajagi – yoshlar qo‘lida
Har qanday davlatning taraqqiyoti o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga berilgan e’tibor darajasiga bevosita aloqador hisoblanadi. Shu ma’noda, yurtimizda yoshlar masalasiga davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralishi bejiz emas.
Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va talabalar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday muloqotlardan biri Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekani Jahongir Tohirov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar qatnashdilar.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 30-aprel 2024-yil, seshanba.
Muhim voqealar:
🔷1237-yilda Berlin shahriga asos solindi.
🔷1789-yili Jorj Vashington bir ovozdan Qo‘shma Shtatlarning birinchi prezidenti etib saylandi.
🔷1854-yilda Braziliyada birinchi temir yo‘l ochildi.
🔷1918-yili Turkiston RSFSR tarkibidagi avtonom sovet respublikasi deb e’lon qilindi.
🔷1934-yilda Avstriyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
🔷1945-yili Adolf Gitler o‘z joniga qasd qildi.
🔷1964-yilda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba tumani tashkil etildi.
🔷1991-yili “O‘zbekiston” yo‘nalishidagi “Tinchlik” metro bekati ishga tushirildi.
🔷1992-yilda O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi.
🔷2014-yili “Microsoft” kompaniyasi “Windows” operatsion tizimining “Windows 10” deb nomlangan yangi versiyasini taqdim etdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Insonlar orasida “Ahli sunna val jamoa” degan atama haqida turlicha qarashlar mavjud bo‘lib, aslida bu ibora borasida islom ulamolari nima deyishadi?
🔰Shayx Said Fuda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Oliy ta’lim muassasalari hamkorligida munozara debati o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 20-yanvarda “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, Toshkent farmatsevtika instituti hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ular orasida sogʻlom raqobat muhitida bilimlarini sinash orqali yosh yigit-qizlarning ingliz tiliga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida munozara oʻyini tashkil etildi.
Debatda Toshkent farmatsevtika institutining “Smart” va “Colledus” hamda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Pragmatics” va “Economics” nomli jamoalari ishtirok etdilar.
Batafsil
Sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Haj_2024
#Videorolik
🕋 “Haj safari uchun sanoqli joylar qoldi!”, “Bizning firma bilan haj qiling!”, “Haj uchun yarim narxni toʻlang!”
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiyning yolg‘on da’volariga uchgan Dilshod Sodikov
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Yoshlarni fitnadan ehtiyot qilish haqida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 25-moddasi
🔰Diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib turish
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy haqida Husan Tohirjonov iqrori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#SPORT
Akademiya vakillari “Yangi nafas – Ekiden” ommaviy yugurish musobaqasida qatnashishdi
Bugun poytaxtimizning “Yangi O‘zbekiston bog‘i” hamda respublikamizning 15 ta shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “Yangi nafas – Ekiden” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur sport festivalida Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim muassasalari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Ilyos Mirziyotov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Yangi nafas – Ekiden” estafetasi jamoaviy musobaqa boʻlib, unda har bir jamoa 7 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lishi kerak.
Qatnashchilar “Yangi Oʻzbekiston bog‘i” hududidagi yugurish marshruti boʻylab belgilangan masofani bosib oʻtishi, har bir ishtirokchiga jamoaning estafeta lentasini uzatishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#TAQDIRLOV
Akademiya rektori va professoriga Qozogʻistonning Axmet Baytursinuli nomidagi koʻkrak nishoni topshirildi
Bugun Akademiyada “Xalqaro turkiyzabon oʻqituvchilar uyushmasi” vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Ispaniyadagi “Moldir Umid” Butunjahon qozoq qizlari assosiatsiyasi rahbari Umida Davletova, “Qozoq tili” xalqaro jamiyatining Astana mintaqaviy boʻlimi raisi, “Turkiyzabon” xalqaro oʻqituvchilar” uyushmasi asoschisi Larisa Aldabergen hamda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchilidagi Akademiya vakillari qatnashdi.
Tadbir davomida “Qozoq tili” xalqaro jamiyatining Astana mintaqaviy boʻlimi raisi, “Xalqaro turkiyzabon oʻqituvchilar uyushmasi” asoschisi Larisa Aldabergan tomonidan Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov va “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Roziya Matibayevaga Qozogʻistonning Axmet Baytursinuli nomidagi koʻkrak nishoni topshirildi.
Batafsil
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 30-moddasi
🔰Nizolarni hal etish
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 1-may 2024-yil, chorshanba.
Muhim voqealar:
🔷1328-yilda Angliya Shotlandiyaning mustaqilligini tan oldi.
🔷1682-yili Lyudovik XIV Parij rasadxonasini tantanali ravishda ochdi.
🔷1840-yilda Angliyada dunyoda ilk bor pochta markalari paydo bo‘ldi.
🔷1885-yili Ottava shahrida birinchi elektr chiroqlari yondi.
🔷1930-yilda 18-fevralda kashf etilgan Quyosh tizimining to‘qqizinchi sayyorasining nomi – Pluton deb e’lon qilindi.
🔷1930-yili Farg‘ona davlat universiteti tashkil topdi.
🔷1979-yilda Grenlandiya o'zini o'zi boshqarish huquqiga ega bo'ldi.
🔷1998-yili “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni taʼsis etildi.
🔷2004-yilda Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya va Estoniya Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar qatoriga kiritildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Akademiya vakillari mahorat darslarida qatnashdi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-apreldagi topshirig‘iga muvofiq, “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyoning nufuzli 100 talik universitetlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turuvchi Massachusetts texnologiya institutining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.
Mahorat darslarida Akademiyaning O‘quv bo‘limi boshlig‘i Sobirjon Qutpitdinov, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov hamda kafedra dotsenti Nilufar Batirova ishtirok etdilar.
Seminar davomida xorijlik mutaxassislar tomonidan ta’lim jarayonlariga xalqaro tajribani yanada integratsiya qilish, ilg‘or ta’lim metodikalari bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu darslar joriy yilning 2-may sanasiga qadar davom etadi.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
😚😋😛😝
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash hamda baholash maqsadida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida so‘rovnoma oʻtkazilmoqda!
So‘rovnoma davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun moʻljallangan.
Har bir ishtirokchi survey.hemis.uz saytiga HEMIS platformasidagi login-parol orqali kirgan holda o‘z fikrini qoldirishlari mumkin.
Soʻrovnoma natijalari kelgusida oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Barchadan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
👨🏻💻 Soʻrovnomaga oʻtish: http://survey.hemis.uz
Bizni kuzating
#DAVRA SUHBATI
Qiz bola tarbiyasi – millatning ertasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-qizlar uchun Akademiyaning Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirlarda qizlarga xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeyi, oilaviy turmush saboqlari, odob-axloq qoidalari haqida so‘z yuritilmoqda.
Shu maqsadda bugun Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun mazkur mavzuda navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, fakultetning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Mavluda Xodjayeva, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Dono Kalandarova, Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi Dildora Nishonova hamda talabalar ishtirok etdi.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги
—
Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#STUDENT’S CUP
Akademiya jamoasi “Coca-Cola Student’s Cup” musobaqasida navbatdagi o'yinini o'tkazadi
🔷Avval xabar berganimizdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Coca-Cola Student’s Cup” musobaqasi yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
🔰Bugun bo'lib o'tgan o'yinlardan so'ng tashkilotchilar tomonidan qur'a tashlash marosimi o’tkazildi. Unga ko’ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi ertaga soat 18:30 da IIV akademiyasi jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
✅Mazkur bahsda ham vakillarimizga bugungidek omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
O'zbekiston - Indoneziya 2:0
To'g'risi, bu uchrashuvni millionlab futbol ihlosmandlari kabi men ham juda katta hayajonda tomosha qildim. U23 jamoamiz haqiqiy qahramonlik ko'rsatib, O'zbekistonimiz tarixda ilk marta Olimpiadaga yo'llanma oldik.
Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy q'alaba bilan tabriklayman!!👏🏼👏🏼
🇺🇿 Bunday g'alabalar finalda va Parijda davomli bo'lsin. Olg'a O'zbekiston, olg'a O'zbekiston yoshlari!!!
💻Instagram |📝Facebook |📝Telegram
#Rektor va yoshlar uchrashuvi
Yoshlarning begonasi bo‘lmaydi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida poytaxtimizning Olmazor tumanidan Akademiyaga biriktirilgan “G‘alaba”, “Chilto‘g‘on”, “Istiqbol”, “Chinniobod” hamda “Chig‘atoy darvoza” MFYdagi 19 nafar yosh ishtirokida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmoni 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Muloqotda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari, kafedra mudirlari, Olmazor tumani hokimiyati, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv yakunida Akademiya rahbariyati tomonidan yoshlarga esdalik sovg‘alari va kitoblar topshirildi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#STUDENT’S CUP
Akademiya jamoasi “Coca-Cola Student’s Cup” musobaqasini g‘alaba bilan boshladi
Bugun Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Coca-Cola Student’s Cup” musobaqasi boshlandi.
Biroz oldin O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari jamoasi Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti jamoasi bilan bahs olib bordi.
Quvonarlisi, Akademiya jamoasi raqiblari ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi.
Mazkur yutuq bilan Akademiya jamoasini muborakbod etib, ularga omad tilaymiz.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi o‘yin ertaga o‘tkaziladi.
Ushbu o‘yinda ham vakillarimizga omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
#USTOZ
🎞Ustoz – mehr!
O’qituvchiga qo’l ko’tarishni kechirib bo’lmaydi.
Bola tarbiyasini avvalo, ota-ona, ustozga hurmatni o’rgatishdan boshlash kerak!
Ustozga bepisandlik, hurmatsizlik bizning millat, o’zligimizga yot!
“Ustoz” loyihasida O’zbekiston Respublikasi Din ishlari bo’yicha qo’mita raisi o’rinbosari Dilbar G’ulomova.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 29-aprel 2024-yil, dushanba.
Muhim voqealar:
🔷1429-yilda Janna d’Ark boshchiligidagi qo‘shin qamaldagi Orleanga kirdi.
🔷1770-yili ingliz sayyohi Jeyms Kuk ilk bor Avstraliyaga qadam qo‘ydi.
🔷1882-yilda Berlinda dunyoda birinchi trolleybus ishga tushirildi.
🔷1897-yili angliyalik fizik Jozef Tomson London qirollik jamiyati yig‘ilishida elektronni kashf etganini e’lon qildi.
🔷1982-yilda Xitoy aholisi milliard kishidan oshdi.
🔷1986-yili Los-Anjelesdagi markaziy kutubxonada yong‘in sodir bo‘ldi, 350 mingta kitob zarar ko‘rdi.
🔷2002-yilda Obninsk shahrida dunyodagi birinchi Obninsk atom elektr stansiyasining reaktori abadiy o‘chirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#STUDENT’S CUP
Akademiya jamoasi uchun “Coca-Cola Student’s Cup” musobaqasi boshlanmoqda
🔷Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Coca-Cola Student’s Cup” musobaqasi boshlanmoqda.
⚽️Musobaqa 29-apreldan 4-mayga qadar “Bunyodkor” akademiyasi maydonlarida bo’lib o’tadi.
🔰Biroz avval musobaqa uchun qur'a tashlash marosimi o’tkazildi. Unga ko’ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalaridan tuzilgan jamoa ertaga soat 10:00 da Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti jamoasi bilan musobaqani boshlaydi.
✅Mazkur bahsda vakillarimizga omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#EKSKURSIYA
Mehmonlarga Akademiyaning turizm salohiyati namoyish etildi
Rasmiy tadbirlardan so‘ng mehmonlar uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan ziyoratgohlar – Shayxontohur, Yunusxon yodgorligi hamda “Qo‘lyozmalar fondi”ga ekskursiya uyushtirildi.
Ekskursiya davomida mehmonlarga madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.
Ma’lumki, To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri. Yirik arbob, Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Yetti nizom” qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.
Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud.
Ziyorat mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#XUSHXABAR
Akademiya talabalari “Munozara” ko‘rik-tanlovida g‘olib bo‘ldi
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Munozara” ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlovda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalaridan iborat “Pragmatiklar” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1-o‘rinni qoʻlga kiritdi. Mazkur natija orqali Akademiya talabalari respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.
Shu munosabat bilan Akademiya jamoasi talabalarning mazkur yutuqlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusidagi ish va o‘qishlariga muvaffaqiyat tilaydi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram