#XALQARO HAMKORLIK
Xalqaro hamkorlik istiqbollarini rivojlantirish yo‘lida yana bir qadam
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ispaniyaning Granada shahridagi AIFET Direktorlar Kengashi aʼzosi Mariya Martines Gonsales boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, Salim Dusanov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari kutib oldilar.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Granada universiteti 1531-yil davlat taʼlim muassasasi sifatida tashkil etilgan. Ayni paytda 56 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladi. 5 ta fakultet mavjud. Dunyo reytingida nufuzli 1000 talikdagi universitetlar roʻyxatining 403-oʻrinni egallagan.
Batafsil
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#E’LON
Akademiyada dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tadi
🔰2024-yil 8-may kuni soat 14:00 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc. 35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisida To‘xtasinov Ro‘zimuxammad Nurmaxamad o‘g‘lining “X-XIII asr Movarounnahr klassik fiqh manbalarida qimmatbaho toshlardan foydalanish hukmlari” mavzusidagi 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligidan islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun hamda Axmedov Sayqal Abduraxmonovichning “Abu Barakot Nasafiyning Movarounnahr Hanafiy fiqhi rivojiga qo‘shgan hissasi (“Al-Vofiy” asari talqinida)” mavzusidagi 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot ixtisosligidan islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalari muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Batafsil
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida oʻtkazilgan “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#ILM-FAN
Akademiyada ilmiy himoyalar o‘tkaziladi
🔰Hasanov Ulug‘bek Abdusalom o‘g‘lining “Vahba Zuhayliy “Tafsiru-l-Munir” asarining zamonaviy tafsirshunoslikdagi o‘rni” mavzusidagi 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik ixtisosligidan islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi haqida
🔰Mustafayev Doston Shuxratovichning “Sayyid Sharif Jurjoniyning Temuriylar davri Qur’on ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi haqida
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#ILM-FAN
Dissertatsiya himoyalari to‘g‘risida
🔰Erkayev Ma’murjon Raxmonberdiyevichning “Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhitul-Burhoniy” asarida ijara shartnomalari”. 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot ixtisosligidan islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi haqida
🔰Bobonazarov Davron To‘ranazar o‘g‘lining “Jamoliddin Zaylaiyning “Nasbu-r-roya” asari hanafiy mazhabiga oid hadis manbasi” mavzusidagi 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik ixtisosligidan islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi haqida
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Botil da’vo
🔰Shayx Muhiddin Mansur
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Talaba-qizlar o‘rtasida “Hadis musobaqasi” o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” yo‘nalishi 2-bosqich talaba-qizlari o‘rtasida “Hadis musobaqasi” deb nomlangan tanlov bo‘lib o‘tdi.
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilan tanlovda talabalar ingliz tilida hadis ilmi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqada Akademiyaning professor-o‘qituvchilari hakamlik qildilar.
Yakunda g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#SEMINAR
Oliy ta’lim muassasalari psixologlari Farg‘onada jamuljam bo‘ldi
Farg‘ona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlar uchun “Oiladagi muammolar va ularning oqibatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan seminarda OTM psixologlari qatorida Akademiya psixologi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Gulruh G‘aniyeva ham qatnashdi.
Akademiya vakili seminarda “Jamoa shakllantirishdagi samarali boshqaruv (Team building)” mavzusida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#26-aprel – Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun
🎞Vatanim
✍️Muhammad Yusuf
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Fiqhni bilishning farzi
🔰Shayx Saloh Abulhoj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ma’rifat_ulashib
#Fotoreportaj
Gulxan atrofidagi dilkash gurunglardan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
#Davra_suhbati
Akademiyadagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga yuqori baho berildi
Tadbirlar doirasida mehmon ijodkor hamda Akademiya professor-oʻqituvchilari, va talabalari o‘rtasida muloqot oʻtkazildi.
Samimiy suhbat davomida mehmonlar ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Akademiya jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida bu kabi uchrashuvlar yoshlar hayotida unutilmas bo‘lib qolishi, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
#Ma’rifat_ulashib
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari doirasida Toshkent shahridagi 242-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
#Ma’rifat_ulashib
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari doirasida Olmazor tumanidagi 1-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
#Kitoblar_ko‘rgazmasi
Kitob – ilm va hikmat manbai
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi munosabati bilan “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov tomonidan #Kitob_hadya_qilaman hamda #Kitob_ijaraga_beraman heshtegi ostida kitoblar hadya qilish va ijaraga berish tadbiri o‘tkazildi.
Ko‘rgazma talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Akademiya rektori tomonidan Axborot-resurs markaziga o'zbek tilida 180 ta, rus tilida 22 ta kitob topshirildi.
Shuningdek, ingliz tilida 26 ta, rus tilida 52 ta, arabcha-forscha 12 ta, turk tilida 3 ta va o'zbek tilida 37 ta kitob taqdim etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
#Ma’rifat_ulashib
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblarning Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Davra_suhbati
Millat qizlari – jamiyat koʻrki
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islomshunoslik fakulteti 2-bosqich talaba-qizlari uchun Akademiyaning Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan davra suhbati oʻtkazildi.
Uchrashuvda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, fakultetning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ra’no Urazova so‘zga chiqib, qizlar ilmli boʻlishi jamiyatning yuksalishiga xizmat qilishini, ular oiladagi muhitni sogʻlom qilishda olgan bilimlarini qoʻllashi muhimligini taʼkidlashdi.
Akademiya talaba-qizlari o‘zlarining odob-axloqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Tarixda ne-ne buyuk ayollar ilm-u zakovati, salohiyati bilan dunyoga mashhur boʻlgani va bizning qizlar ularning davomchilari boʻlishi kerakligi uqtirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash – ustuvor maqsad
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Unda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Firdavs Halilov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova va kafedra professor-o‘qituvchilari, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Gulyuz To‘rayeva hamda talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda bitiruvchilar bandligini o‘z vaqtida ta’minlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, muassasa faoliyati bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. O‘zlari uchun foydali ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
#Ma’rifat_ulashib
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar bilan “Gulxan atrofida davra suhbati” bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#KUN_TARIXI
Bugun 27-aprel 2024-yil, shanba.
Muhim voqealar:
🔷1289-yilda mamluklar sultoni Kalaun tomonidan salibchilar davlati Tripoli grafligi egallandi va tugatildi.
🔷1828-yili Londonda hayvonot bog‘i ishga tushdi.
🔷1908-yilda Buyuk Britaniyada IV Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
🔷1975-yili Formula-1 poygasiga ilk bor ayollarni olishdi.
🔷1986-yilda Chernobil avariyasi oqibatida Pripyat shahri aholisi evakuatsiya qilindi. 3 soat davomida shahardan 40 ming odam olib chiqildi.
🔷1996-yili UNESCOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzusida ilmiy muzey осhildi.
🔷2009-yilda Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil etildi.
🔷2014-yili yerda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
#Ma’rifat_ulashib
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida kitoblar yarmarkasi, milliy liboslar va xattotlik namunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FORUM
Akademiya prorektori respublika forumida qatnashmoqda
Ayni paytda Buxoro davlat universitetida “Oliy taʼlimni rivojlantirishning ustuvor vazifalari” I respublika forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur forumda oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari bo‘yicha prorektorlari ishtirok etmoqda.
Ushbu anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev ham qatnashmoqda.
Forum ochilishida mas’ullar tomonidan mazkur forum va uning istiqbollari va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ochilish marosimidan so‘ng yalpi majlis o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar tomonidan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va ilmiy salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan ma’ruzalari tinglandi.
Forum o‘z ishini ertaga ham davom ettiradi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Malaka_oshirish
Akademiya rektori malaka oshirish tinglovchilariga ma’ruza qildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi Malaka oshirish markazida Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar mahallalaridagi yoshlar yetakchilariga “Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish” mavzusida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun malaka oshirish tinglovchilariga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Uyg‘un G‘afurov “Bugungi kunda kibermakondagi diniy kontentning mazmuni: mo‘tadillik va mutaassiblik chegarasi” mavzusida ma’ruza qildi.
Ma’ruzada yoshlar hayotini band etgan internet tarmog‘idagi sayt va guruhlar mazmuni, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tahlil etish va tarqatish madaniyati, diniy ma’lumotlarni rasmiy saytlardan olish hamda bilmagan va tushunarsiz tarmoqlardan saqlanish kabi masalalarda ma’lumotlar yetkazildi.
Sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 26-aprel 2024-yil, juma.
Muhim voqealar:
🔷1755-yilda Moskva davlat universiteti tashkil topdi.
🔷1798-yili Fransiya Jeneva Respublikasini qo‘shib oldi.
🔷1803-yilda L’Aigle shahri yaqinida minglab meteorit parchalari yerga tushdi. Bu hodisa yevropa olimlarini meteoritlar mavjudligiga ishontirdi.
🔷1920-yili Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.
🔷1921-yilda London ko‘chalarida ilk bor motosiklda politsiya patrullari paydo bo‘ldi.
🔷1986-yili insoniyat tarixidagi eng katta texnogen falokatlardan biri: Chernobil AESda avariya ro‘y berdi.
🔷1996-yilda “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
🔷1996-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni ta’sis etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
#Taqdirlash
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ishtirok etgan mehmonlarga Akademiya tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
Gulxan atrofidagi dilkash gurunglar
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar “Gulxan atrofida davra suhbati” bilan davom etdi.
Tadbir doirasida shaxmat shashka, stol tennisi, mushoira kechasi, yosh talantlar ijrosidagi shoʻx kuy-qoʻshiqlar va joʻshqin raqslar nafaqat yoshlarni, balki ustozlarni ham davraga chorladi.
Gulxan atrofida kechgan dilkash gurunglarda yoshlarning ularning orzu intilishlari, kelgusi rejalari haqida soʻz bordi.
Kuy-qo‘shiqlar, talabalar tomonidan she’rlar jarang sochdi.
Akademiya “Talabalar teatr studiyasi” a’zolari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Muxtasar aytganda, “Ma’rifat ulashib” loyihasi Akademiya talabalarida unutilmas taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
#Yashil_makon
Yaxshidan bog‘ qolur…
Ona tabiatga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, e’zozlash inson bolasining go‘daklik paytidanoq unga uqtirilishi kerak. Uning ong-u tafakkurida o‘zi yashayotgan, buyuk ajdodlaridan qolgan ozod va obod Vatanni munavvar aylash, ko‘rkiga ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shish birinchi galdagi vazifa bo‘lib turishi lozim.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mehmonlar va Akademiya vakillari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish mavsumi o‘tkazildi.
Jarayon davomida bu nihollar hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlashini ta’kidlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
#Ma’rifat_ulashib
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga biriktirilgan Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 24-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Adiblar xiyobonida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda boshqa tashkilot va muassasalar hamkorligida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-ma’rifiy haftalikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
“Ma’rifat ulashib” tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etmoqda
Yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarining talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida el ardog‘idagi taniqli ijodkorlar – Ziyovuddin Mansur, Nosirjon Jo‘rayev va filologiya fanlari nomzodi, dotsent Otabek Jo‘raboyev ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov mazkur loyiha Akademiyada ko‘tarinki ruhda davom etayotganini qayd etdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram