#YANGILIKLAR
Xitoyning Janubiy-Markaziy Minzu universiteti bilan xalqaro hamkorlik davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi hamda Xitoyning Janubiy-Markaziy Minzu universiteti bilan hamkorlikda binar dars tashkil etildi.
ZOOM platformasi orqali onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan tadbirda Janubiy-Markaziy Minzu universiteti o‘qituvchisi Shanshan XU “Xitoyda turizmning rivojlanish tarixi: dastlabki davrlardan hozirgi kungacha” mavzusida talabalarga ma’ruza qildi. Maʼruza davomida turizmning rivojlanish bosqichlari va Xitoyning turizm salohiyati borasida yetarlicha maʼlumotlar berildi.
Talabalar tadbirda faol ishtirok etib ma’ruza yakunida mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Binar dars qiziqarli hamda ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ma’rifat_ulashib
#Ekskursiya
Akademiya hududi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi
Tadbirlar doirasida ijodkorlar uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan ziyoratgohlar – Shayx Hovandi Tohur, To‘labiy yodgorligi hamda “Qo‘lyozmalar fondi”ga ekskursiya uyushtirildi.
Ekskursiya davomida mehmonlarga madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.
Ma’lumki, To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri. Yirik arbob, Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Yetti nizom” qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.
Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud.
Ziyorat mehmonlarda katta taassurot qoldirib, o‘tganlarning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
#Davra_suhbati
“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari umumta’lim maktablarida davom etdi
Avval xabar qilganimizdek, “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi umumta’lim maktablaridagi o‘quvchilar ishtirokida davom etdi.
Jumladan, 24- hamda 242-umumta’lim maktabida ijodkorlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Otabek Jo‘raboyev, shoir Ziyovuddin Mansur, Akademiya vakillari, maktab o‘quvchilari qatnashdi.
Mazkur loyiha doriasida ijodkorlar maktab faoliyati bilan tanishdilar. Dars jarayonlarini kuzatib, oʻquvchilar bilan suhbatda boʻldilar.
Uchrashuvda ijodkorlar oʻzlarining toʻplagan katta hayotiy tajribalari hamda egallagan ilmlarini talaba-yoshlar bilan oʻrtoqlashishdi.
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ma’rifat_ulashib
#Davra_suhbati
Ta’lim va tarbiya maktab ostonasidan boshlanadi
“Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 1-umumta’lim maktabida davom etdi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, shoir Nosirjon Jo‘rayev, “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Tadbirda mamlakatimizda yosh avlodning taʼlim olishi, isteʼdod va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun yaratilgan sharoitlar ham tilga olindi. Oʻquvchilar bugun ustozlaridan fan sirlarini chuqur oʻrganib, kelajakda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan shaxs boʻlib voyaga yetishlari zarurligi ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Internet tarmoqlari haqida
🔰Bahramatdin Razov,
Qoraqalpog'iston Respublikasi qoziyoti qozisi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 24-moddasi
🔰Diniy tashkilotlar reyestri
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy haqida Hasan Tohirjonov iqrori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#marifat_ulashib
"Ma'rifat ulashib" loyihasi Akademiyada
- Yurtimizning taniqli adiblari bilan uchrashuv;
- Kitobxonlik sayli - Kitoblar ko'rgazma yarmarkasi;
- Xattotlik san'ati boʻyicha master-klass;
- Milliy liboslar namoyishi;
- Talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan tanishish;
- "Gulxan atrofida" davra suhbati.
Loyiha doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok eting.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#XUSHXABAR
“Milliy qadriyatlar sayli” doirasida o‘tkazilgan “Zakovat” bellashuvida Akemiya jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
Sayil davomida oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan hududlarning milliy urf-odat va qadriyatlari ko‘rgazmalari, qisqa konsert dasturlari taqdim etilmoqda.
Bugun ham sayil ko‘tarinki ruhda davom etib, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual bellashuvlari o‘tkazildi.
Mazkur bellashuvda respublikamizdagi 20 dan ziyod eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan iborat jamoalar qatorida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Zakovat klubi” jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Quvonarlisi, qizg‘in kechgan bahslar yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#XALQARO HAMKORLIK
Akademiya talabalari uchun binar dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi hamda Xitoyning Janubiy-Markaziy Minzu universiteti bilan hamkorlikda binar dars tashkil etildi.
ZOOM platformasi orqali onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan tadbirda Janubiy-Markaziy Minzu universiteti o‘qituvchisi Zhang Juan “Xitoyning rivojlanish modeli: boshqa mamlakatlar uchun xususiyatlar va saboqlar (Xitoy iqtisodiy modelining asosiy jihatlari va ularning global kontekstda qo‘llanilishini tahlil qilish)” mavzusida talabalarga ma’ruza qildi.
Talabalar ma’ruza yakunida mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Binar darsi qiziqarli hamda ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Musulmon insonni qilgan gunohi tufayli kufrda ayblash mumkinmi?
🔰Mansurjon Ismoilov,
“Hazrati Ali” jome masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash masalasida ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” taʼlim yoʻnalishi bitiruvchi kurs talabalari hamda ish beruvchi tashkilot masʼullari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda ish beruvchi tashkilot masʼullari sifatida Probatsiya xizmatining “Yagona elektron monitoring” markazi boshligʻi Vahobjon Fayziyev, Respublika “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish” markazi bosh psixologi Umida Turgʻunova, Yangi asr universiteti, Grand taʼlim markazi menejeri, psixolog Sarvar Qahhorov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Gulyuz Toʻrayeva, “Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi professor-oʻqituvchilari, bitiruvchi kurs talabalari va magistrantlar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#SAYYOR DARS
Diniy tashkilotlarda sayyor darslar davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Lazizaxon Alidjanova rahbarligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ma’ruza mashg‘uloti O‘zbekistondagi Bibliya jamiyatida sayyor dars sifatida tashkil etildi.
“O‘zbekiston Bibliya jamiyati faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda jamiyat ijrochi direktori Yegor Popov tomonidan jamiyat tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.
Ma’ruza mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3178
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#BAYRAM SAYLI
“Milliy qadriyatlar sayli” yuqori shukuhda davom etdi
Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari ham faol ishtirok etib, talabalar tomonidan Surxondaryo viloyatining folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Gʻazal va sheʼrlar aytildi, kuy-qoʻshiqlar jarangladi, shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Diqqat qidiruv! Sodiq Samarqandiyning yolg‘on da’volariga uchgan Muhammadsiddik Sodikov
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
#Taqdimot
Milliy liboslar va milliy hunarmandchilik namunalari taqdim etildi
Milliy qadriyatlar millatning tabiiy-tarixiy rivoji, ijtimoiy turmushi, yashash tarzi, oʻtmishi, kelajagi, madaniyati, maʼnaviyati, urf-odatlari, anʼanalari, tili, u vujudga kelgan hudud va boshqalar bilan uzviy bogʻlangan.
Shu munosabat bilan Akademiyada “Milliy liboslar va milliy hunarmandchilik namunalari” koʻrgazmasi tashkil etildi.
Unda Akademiyaning Xotin-qizlar maslahat kengashi aʼzolari, talaba-qizlar, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabining “Libos dizayni” yoʻnalishi oʻquvchilari ishtirok etishdi.
Milliy liboslarimiz namoyishiga bagʻishlangan bunday koʻrgazmalar yoshlarning milliy qadriyatlarimizga hurmatini yanada oshirish, anʼanalarimizni qadrlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
#Davra_suhbati
#Fotoreportaj
Umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Akademiya vakili forumda ishtirok etdi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Clarivate” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida “Pivot-RP” resurslariga milliy obuna” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi
Mazkur tadbir ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasi infratuzilmasini shakllantirish hamda uning samarali faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Forumda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Dono Kalandarova ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy loyihalar, stajirovka hamda ilmiy faoliyat koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yakunda ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ma’rifat_ulashib
Akademiyada “Ma’rifat ulashib” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari boshlandi
Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarining talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida el ardog‘idagi taniqli ijodkorlar – Ziyovuddin Mansur, Nosirjon Jo‘rayev va filologiya fanlari nomzodi, dotsent Otabek Jo‘raboyev tashrif buyurdilar.
Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov tadbirni ochib berar ekan, tadbirning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#HAFTALIK
Akademiya vakillari “Kitobxonlik haftaligi”da qatnashmoqda
Ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostidagi IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda.
An’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida so‘nggi yillarda nashr etilgan yangi kitoblarning taqdimotlari, taniqli, yosh va iste’dodli yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Mazkur haftalikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazi vakillari ham qatnashmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 25-aprel 2024-yil, payshanba.
Muhim voqealar:
🔷1498-yilda Puli chirog‘ darasida Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va uning o‘ttiz yoshili o‘g‘li Badiuzzamon o'rtasida qattiq jang bo‘lib o‘tdi.
🔷1626-yili “O‘ttiz yillik urush”: Dessau jangi bo‘lib o‘tdi.
🔷1719-yilda Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romani birinchi nashri chop etildi.
🔷1808-yili Sharqiy Yevropadagi birinchi Praga konservatoriyasi tashkil etildi.
🔷1826-yilda Angliyada ichki yonuvchan dvigatelli birinchi avtomobilga patent berildi.
🔷1901-yili AQShda avtoulovlarning raqamlari rasmiy ravishda joriy etildi.
🔷1931-yilda Ferdinand Porshe “Porsche” kompaniyasiga asos solgan.
🔷2005-yilda Bolgariya va Ruminiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi.
🔷2022-yili Ilon Mask Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Birdamlik yoʻlidagi hamkorlik yangi bosqichda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida universitetlararo hamkorlik doirasida koʻplab konferensiyalar, davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri bugun 24-aprel – “Xalqaro koʻp tomonlama va tinchlik uchun diplomatiya” hamda “Xalqaro Yoshlar birdamlik kuni” munosabati bilan tashkil etildi.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tashabbusi bilan oʻtkazilgan davra suhbatida Akademiyaning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Uchrashuvda akademiya talabalari bilan bir qatorda mehmon oliy taʼlim muassasalari, xususan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari” milliy-tadqiqot instituti talabalari ham ishtirok etdilar.
Uchrashuv yakunida talabalar ishtirokida Akademiyaning psixologi Gulruh Gʻaniyeva boshchiligida “Art terapiya” deb nomlangan psixologik trening oʻtkazildi.
Umida MURODXONOVA
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#TANLOV
“Intellektual ring” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Chet tillari” kafedrasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Intellektual ring” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Xalqaro ingliz tili kuni” munosabati bilan tashkil etilgan musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etib, “Jahon tarixi”, “Ingliz adabiyoti”, “Topishmoqlar” hamda “Mashhur filmlar” kabi mavzularda o’zaro bellashdilar.
Tadbir juda ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Talabalar ingliz tilidagi bilimlarini yuqori saviyada namoyon etdilar.
Yakunda sovrindorlar pul mukofoti bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#LIVE
Akademiya rektori xalqaro anjumanda qatnashmoqda
Ayni paytda Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli anjumanda diniy soha rahbarlari, xorijlik ulamolar bilan bir qatorda yurtimiz olimlari, professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, taniqli ustoz va imom-xatiblar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham qatnashmoqda.
Ilmiy-amaliy yigʻilishda “Yosh avlodni tarbiyalashda Qurʼoni karimning ahamiyati”, “Islom dini manbalarida Vatan himoyasi, Imom Buxoriy”, “Hakim Termiziyning tafsir ilmi rivojida tutgan oʻrni”, “Buzgʻunchi oqimlar tomonidan Qurʼoni karim oyatlarini notoʻgʻri talqin qilinishi” kabi yigirmadan ziyod muhim mavzulardagi maʼruzalar tinglanadi va muhokama qilinadi.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 24-aprel 2024-yil, chorshanba.
Bayramlar:
🇺🇳Xalqaro yoshlarning birdamlik kuni.
🌎Tinchlik uchun xalqaro ko‘p tomonlama diplomatiya kuni.
Muhim voqealar:
🔷1704-yilda Bostonda birinchi muntazam gazeta – Boston News Letter nashr etila boshlandi.
🔷1800-yili Kongress kutubxonasi ochildi.
🔷1867-yilda K.P.Fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston general-gubernatorligi tashkil topdi.
🔷1916-yili Irlandiyada Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi.
🔷1919-yilda Toronto san’at galereyasi tashkil etildi.
🔷1926-yili SSSR va Germaniya oʻrtasida betaraflik haqidagi kelishuv tuzildi.
🔷1953-yilda Uinston Cherchillga ritsar unvoni berildi.
🔷1962-yili AQShda ilk bor jahonda sun’iy yo‘ldosh orqali shaharlararo televideniye ko‘rsatuvlarini uzatish yo‘lga qo‘yildi.
🔷2003-yilda Windows Server 2003 chiqarildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Maʼrifat_ulashib
#IIAU
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida katta ma’rifiy tadbir tashkil etilmoqda
Joriy yilning 25-aprel kuni Akademiyaga “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida el ardog‘idagi taniqli adiblar – Ziyovuddin Mansur, Nosirjon Jo‘rayev va Otabek Jo‘raboyev tashrif buyuradilar.
Tadbir doirasida Akademiya professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuv, yangi chop etilgan kitoblar yarmarkasi, “Milliy liboslar namunalari” ko‘rgazmasi, hamkor maktablarga va oliygoh Talabalar turar joyiga tashrif, “Gulxan atrofida” davra suhbati va sport o‘yinlari kabi bir-biridan qiziqarli loyihalar o‘rin olgan.
Ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok eting!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Akademiya vakillari “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlarida qatnashmoqda
Samarqand viloyati Samarqand tumani “Qo‘shtamg‘ali” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 23-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani o‘rinbosari Otabek Rasulov yig‘ilganlarga ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha ma’ruza qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Akademiya vakillari “Milliy qadriyatlar sayli”da faol ishtirok etdi
Bugun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy haftaligi boshlandi.
Mazkur tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, shoir va yozuvchilar, adabiyotshunoslar, talaba va oʻquvchi yoshlar, ijodiy tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Sayil davomida oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan hududlarning milliy urf-odat va qadriyatlari ko‘rgazmalari, qisqa konsert dasturlari tadqim etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3177
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Nima uchun respublikamiz hududida barcha turdagi diniy mazmundagi materiallar Dinshunoslik ekspertizasidan o‘tkaziladi?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram