#KUN_TARIXI
Bugun 23-aprel 2024-yil, seshanba.
Bayramlar:
🇺🇳UNESCO – Butunjahon kitoblar va mualliflik huquqi kuni.
🇺🇳BMT – Ingliz tili kuni.
🇺🇳BMT – Ispan tili kuni.
🏓Butunjahon stol tennisi kuni.
Milliy bayramlar:
🇨🇦Kanadada “Kitoblar kuni”.
🇺🇦Ukrainada “Psixologlar kuni”.
🇪🇪Estoniyada “Faxriylar kuni”.
Muhim voqealar:
🔷1348-yilda Buyuk Britaniyaning oliy mukofoti – Garter ordeni ta’sis etildi.
🔷1836-yili Sankt-Peterburgda “Sovremennik” jurnalining birinchi soni nashr etildi.
🔷1896-yilda Nyu-Yorkda Amerikada birinchi film namoyishi bo‘lib o‘tdi.
🔷1965-yili Birinchi sovet aloqa sun’iy yo‘ldoshi – “Molniya-1” kosmosga uchirildi.
🔷1996-yilda Butunjahon kitob kuni e’lon qilindi.
🔷2007-yili dunyoning ko‘plab mamlakatlarida BMT tashabbusi bilan global yo‘l harakati xavfsizligi haftaligi boshlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
“Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” tanloviga nomzodlar uchun suhbat jarayoni o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etishda alohida faollik ko‘rsatgan talabalar uchun alloma nomida maxsus stipendiya ta’sis etilgan.
Har yili mazkur stipendiyaga Akademiyaning bir guruh talabalari hujjatlari qabul qilinib, Maxsus komissiya orqali ularning eng iqtidorlilari aniqlanadi.
Shu bois, “Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” tanlovining joriy yilgi nomzodlari bilan suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Akademiya Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan nizom bo‘yicha savollar berilib, ularning bilim va salohiyatlari sinovdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiyning yolg‘on da’volari haqida mulohaza
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#TANLOV
“Tafakkur egalari” aniqlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Tafakkur egalari” kitobxonlik klubi doirasida tanlov bo‘lib o‘tdi.
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovni akademiyaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Unda kitobxoblik tanlovining ishtirokchilari bilan birga tanlov natijalarini haqqoniy va holis baholashda fakultet ustozlari, tyutorlar hamda klub tashkilotchilari jamoasi ishtirok etdilar.
Samimiy va yuqori kayfiyatda o‘tgan tanlov yakunida g’olib jamoalar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Umida MURODXONOVA,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#XUSHXABAR
Muftiy hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi aʼzoligiga qabul qilindilar
Saudiya Arabistoni poytaxtida Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yigʻilishida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengash aʼzoligiga qabul qilinganlari eʼlon qilindi.
Islomiy fiqh akademiyasi Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli akademiya aʼzoligiga qabul qilish haqida qaror qabul qildi.
Unda ishtirok etayotgan dunyoning yetakchi ulamolari Muftiy hazratlarini ushbu martaba bilan qutlab, Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yuqori baholadilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3175
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Bemazhablar nima uchun Qur’on oyatlarining majoziy ma’nolarini inkor etishadi?
🔰Faxritdin Xudoynazarov,
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!
Kinematografiya agentligi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati hamkorligida Farg‘ona viloyatida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Kinokarvon” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida Furqat tumanidagi Chirkay MFY Madaniyat markazida kinoijodkorlar va farg‘onaliklar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy suhbat davomida elimiz suygan san’atkorlar va shoirlar bilan film yuzasidan fikrlar almashildi. Shundan soʻng mehmonlar tomonidan badiiy va madaniy chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek, Vatanimiz tarixini oʻzida mujassam etgan “Quyosh ta’mi” filmi chirkayliklar uchun premyera qilindi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Seminar Akademiya o‘qituvchi va xodimlari uchun foydali bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida xodimlar uchun an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan siyosiy bilimlarni oshirish darslari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar “Akademiyada oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish hamda talabalar bilimini baholash tartiblari” mavzusiga bag‘ishlandi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan oraliq va yakuniy nazoratlarni yuqori saviyada adolatli o‘tkazish, talabalar bilimlarini haqqoniy baholash haqida so‘z yuritildi. Odillik, shaffoflik va tartib nazoratlarning birlamchi asosi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida joriy haftada yurtimiz va jahonda ro‘y bergan muhim voqealar dayjesti haqida ham ma’lumot berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Ezgulik – shiorimiz, maʼrifat – qurolimiz boʻlsin!
Keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar ham yangi bosqichga ko‘tarildi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlarning ibratli hayoti, boy ilmiy-maʼnaviy merosi, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlik tuygʻusini yuksaltirish borasidagi ishlar alohida e’tirofga loyiq.
Aholiga mazkur islohotlarni yanada yetkazish, “oliy ta’lim muassasasi va mahalla” tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikda ish olib borish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun Olmazor tumani “Quyosh” MFYda bo‘lib o‘tdi. Mahalla faollari bilan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruza qildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3173
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 20-aprel 2024-yil, shanba.
Muhim voqealar:
🔷1410-yilda Qizilravot mavzesida Mirzo Ulug‘bek va Shayx Nuriddin boshchiligidagi ittifoqchilar qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi.
🔷1653-yili Oliver Kromvel Angliyada parlamentni tarqatib yubordi.
🔷1809-yilda Avstriya qo‘shinlarining Abensberg yonidagi jangda Napoleon armiyasi tomonidan tor-mor qilinishi.
🔷1862-yili Lui Paster va Klod Bernar sterilizatsiya amaliyotini muvaffaqiyatli bajarishdi.
🔷1902-yilda er-xotin Pyer va Mariya Kyurelar sof radiyni olishga muvaffaq bo‘lishdi.
🔷1910-yili Galiley kometasi Yerga juda yaqin keldi.
🔷1920-yilda Belgiyada VII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
🔷1949-yili Xalqaro voleybol federatsiyasi tashkil etildi.
🔷1982-yilda Navoiy viloyati tashkil topdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#vazir #yig‘ilish #turizm #topshiriq_ijrosi
30 ta tumanda oliygohlar turizm salohiyatini oshirishda an’anaviy festivallar o‘tkazadi
Davlat rahbarining respublikada turizmni rivojlantirish va xorijiy sayyohlarning oqimini ko‘paytirish bo‘yicha bergan bir qator tegishli topshiriqlar ijrosi yuzasidan 19-aprel kuni yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov bilan birgalikda bir qator oliy ta’lim muassasalarining biriktirilgan hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha aprel-may oylarida amalga oshiradigan vazifalari va o‘tkaziladigan tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10011/
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Talqin, tafakkur va mohiyat” deb nomlangan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#22-aprel – Xalqaro yer kuni
Ona tabiatni asrash barchamizning burchimizdir
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 22-aprel – Xalqaro yer kuni munosabati bilan soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shayxontohur tuman bo‘linmasi rahbari Nilufar Alibayeva, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi sho‘ba mudiri Zamira Mirzayeva, Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi muhandisi Ilhom Rahmatillayev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3166
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 19-aprel 2024-yil, juma.
Muhim voqealar:
🔷1783-yili Qrim va Kubanni Rossiyaga qo‘shib olish to‘g‘risidagi Yekaterina II ning manifesti e’lon qilindi.
🔷1839-yilda London shartnomasi Belgiyaning Gollandiyadan mustaqilligini tan oldi.
🔷1850-yili Angliya va Qo‘shma Shtatlar Panama kanalini birgalikda qurish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar (keyinchalik AQSh kanalni o‘zi qurishga qaror qildi).
🔷1935-yilda SSSRda Spartak ko‘ngilli sport jamiyati tashkil etildi.
🔷1947-yili “Hind milliy kongressi” partiyasi mamlakatni Hindiston va Pokistonga bo‘lishga rozi bo‘ldi.
🔷1970-yilda Ilk “VAZ-2101” avtomobili chiqarildi.
🔷1984-yili Avstraliyaning milliy madhiyasi rasman tasdiqlandi.
🔷1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi Akademiyasi (Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi) tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Ogoh bo‘ling!
Kamronbek Karimovning xorijga ishlash uchun borib, diniy ekstremistik oqim a’zolarining ta’siriga tushib qolishi to‘g‘risida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Oʻzbekistonda taqiqlangan guruhlar faoliyati dunyo hamjamiyatida ham man etilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Diqqat qidiruv! Sodiq Samarqandiyning yolg‘on da’volariga uchgan Dilshod Sodikov
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#22-aprel – Xalqaro yer kuni
1970-yildan e’tiboran 22-aprel “Yer kuni” sifatida nishonlanadi.
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yil 22-aprelda qabul qilingan rezolyutsiyaga ko‘ra, 22-aprel sanasi dunyoda “Xalqaro yer kuni” sifatida xalqaro bayram kuni deb e’tirof etilgan.
Mazkur sanani nishonlash orqali insonlarga ona sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiatini asrash kerakligi uqtiriladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning diniy bilimlarini oshirish
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#KUN_TARIXI
Bugun 22-aprel 2024-yil, dushanba.
Muhim voqealar:
🔷1500-yilda Pedru Alvaresh Kabral boshchiligidagi portugal eskadrasi bo‘lg‘usi Braziliya yerlariga kelib tushishdi.
🔷1662-yili Karl II Angliyaning muhim ilmiy markaziga aylangan London Qirollik Jamiyati ustavini tasdiqladi.
🔷1832-yilda Nikolay I ning farmoniga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tashkil qilindi.
🔷1930-yili Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSh birgalikda “London dengiz bitimi”ni imzoladilar.
🔷1952-yilda 35 million amerikalik Nevada shahrida yadro bombasi sinovining guvohi bo‘lishdi.
🔷1980-yili Kanada Moskva Olimpiya o'yinlariga boykot e'lon qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞“Talqin, tafakkur va mohiyat” mavzusidagi davra suhbati
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ochiq_eshiklar_kuni
Talabalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida bo‘ldilar.
Ekskursiya davomida talabalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muzeyi, katta majlislar zali hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mas’ullar tomonidan yigit-qizlarga muzey haqida ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Jaholatga_qarshi_maʼrifat
Yoshlarni buzgʻunchi gʻoyalardan himoya qilish ustuvor maqsad
Muqaddas islom dini odob-axloq, mehr-muhabbat va insonparvarlikdek go‘zal g‘oyalarni targ‘ib etadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar esa har daqiqa ogohlikka undaydi.
Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda Olmazor tumanidagi 46-umumta’lim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Akademiya rektori “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” mavzusida maʼruza qildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3174
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#DAVRA SUHBATI
Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi
Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva talabalarga ma’ruza qildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3170
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Hadisni noto‘g‘ri tushunish haqida
🔰Shayx Hasan al-Qasabiy,
Al-Azhar universiteti professori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Akademiya vakillari “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlarida qatnashmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Malaka oshirish markazi Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali vakillaridan iborat targ‘ibot guruhi tomonidan Termiz shahrida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Jumladan, Termiz davlat pedagogika instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali, Termiz muhandislik-texnologiyalari instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Termiz yuridik texnikumi, Termiz davlat universiteti hamda Termiz arxitektura va qurilish texnikumi rahbar-xodimlari va talabalariga ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’ruza qildilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3168
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Odob-axloq – inson ziynati
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining 2-kurs talabalariga Akademiyaning “Odob-axloq kodeksi” yana bir bora tushuntirildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, fakultet dekani o‘rinbosari Otabek Rasulov hamda talabalar ishtirok etdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3167
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞“Katta Langar Qur’oni”ning faksimile nashri Jizzax viloyati Zomin tumanidagi “Ma’rifatli” jome masjidiga tuhfa qilindi
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Insonlar orasida kim nima desa shunga ergashib ketadigan va aytilgan so‘zning mazmun-mohiyatini tushunishga harakat qilmaydigan kishilar borasida islom ulamolari nima deydilar?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufarning hijrat, jihod qilish haqidagi yolg‘on fatvolariga raddiya
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram