#VIDEOLAR
🎞Hozirgi kunda mazhablarni inkor qiluvchi toifalar ko‘payib ketmoqda. Ahli sunnaning boshqalardan o‘ziga xos xususiyati nimada? Nima sababdan mazhablarga ergashish zarurligi ta’kidlanmoqda?
🔰Shayx Saloh Abulhoj
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Eron Islom Respublikasi Dinlar va mazhablar universiteti rektori, Ahli bayt assambleyasi bosh kotibi Sayyid Abulhasan Navvob qabul qilindi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Akademiyada Rossiya, Qozogʻiston OTMlari bilan hamkorlikda “Bahorgi psixologik maktab” tashkil etildi
Yangi O‘zbekistonda yoshlarga o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Bu, ayniqsa, ta’lim va tadqiqot sohalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Bahorgi psixologik maktab”ning ochilish marosimi o‘tkazildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3111
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 2-aprel 2024-yil, seshanba.
Bayramlar:
🌐“Butunjahon autizmdan xabardorlik kuni”.
📚“Xalqaro bolalar kitobi kuni”.
🇹🇭Tailandda “Qadimiy obidalarni himoya qilish kuni”.
Muhim voqealar:
🔷1774-yilda dehqonlar qo‘zg‘olonida Pugachyov qo‘shini birinchi yirik mag‘lubiyatga uchradi.
🔷1805-yili buyuk bolalar ertakchisi, yozuvchi, dramaturg va shoir Xans Kristian Andersen tavallud topdi.
🔷1912-yilda “Titanik” kemasi dengiz sinovlari uchun dengizga tushirildi. Sinov muvaffaqiyatli yakunlandi.
🔷1927-yili venger futbolchisi, koʻpchilik tomonidan futbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchilaridan biri deb tan olingan Ferens Pushkash tavallud topdi.
🔷1966-yilda Sovet sun’iy yo‘ldoshi “Luna-10” Oy atrofida aylangan dunyodagi birinchi kosmik kemaga aylandi.
🔷1982-yili Buyuk Britaniya va Argentina Folklend orollari uchun urush boshlashdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#XALQARO HAMKORLIK
Akademiyaga Eronning Dinlar va mazhablar universiteti rektori tashrif buyurdi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Eron Islom Respublikasi Din va mazhablar universiteti rektori Sayyid Abulhasan Navvob va Toshkentdagi Eron Islom Respublikasi Elchixonasi Madaniyat masalalari boʻyicha maslahatchisi Amir Said Karami tashrif buyurdi.
Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, rektor maslahatchisi Oʻtkir Hasanboyev, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov va Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3109
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#MULOHAZA
🎞O‘qituvchi g‘ururli odam, qadrini biladigan kishi. Ustozni qadrlamaslik biz o‘zbeklar uchun nihoyatda uyat.
“Ustoz loyihasining navbatdagi mehmoni O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.
➖➖➖➖➖➖➖
Учитель – человек, знающий свое достоинство. Нам, узбекам, крайне стыдно не ценить наставника.
Очередной гость проекта «Устоз» – народный поэт Узбекистана Усмон Азим.
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
TA’ZIYA
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi “Fuqaro muhofazasi va mehnat muhofazasi” boʻlimi muhandisi Hotam Rasulovga qaynonasi Munavvar Yuldashevaning vafotlari munosabati bilan ta’ziya izhor qiladi.
Janoza bugun peshin namozida marhumaning Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Toji Rasulov” ko‘chasidagi uyida o‘qiladi.
41.3046973,69.2262237,15.75z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.306877!4d69.226133?entry=ttu">Manzil
Alloh marhumani o‘z rahmatiga olib, ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
#VIDEOLAR
🎞Ayrim shaxslar hanafiylik mazhabida “musiqani tinglash harom, undan lazzat olish kufr” deb da’vo qilmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?
🔰Shukurulloh Egamberdiyev,
“Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Akademik litsey o‘quvchisi kurash sport turida 1-o‘rinni egalladi
Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida sportning milliy kurash boʻyicha “Barkamol avlod-2023” sport o‘yinlarining Toshkent shahar bosqichi oʻtkazildi.
Mazkur bellashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi Muxlisa Rustamova ham o‘z vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Mazkur yutuq bilan Akademiya rahbariyati va jamoasi Akademik litsey o‘quvchisini muborakbod etib, uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3104
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Jaholatga qarshi ma’rifat bosh mezon bo‘lishi kerak
Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘lda esa davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori bugun har birimizning bosh mezoniga aylanishi shart.
Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida guruh sardorlari va faol talabalar ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3103
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#MUNOSABAT
Doktor Ahmad Abdulaziz Haddod,
Islom fiqhi akademiyasi aʼzosi (BAA):
– Alloh taolo butun insoniyatni yaratdi. Robbisini tanish, faqat Oʻziga ibodat qilish va yaxshi amallar ila Yer yuzini obod etish uchun Oʻzining xalifasi (oʻrinbosari) qildi. Alloh taolo: “Ey, insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qoʻydik”, deya jamiki bashariyatga marhamat qildi.
Alloh taolo odamlarning birga yashashi uchun oʻzaro tanishishni yaratilishdan maqsad qildi. Albatta, hech bir inson jamiyatdan, odamlardan ayri holatda yashay olmaydi. Jamiyatda har bir insonning oʻzgalarga manfaat va yaxshilik yetkazishda muhim oʻrni bor. Zero, odamlar oʻzaro muomalalari bir-birlariga bogʻliqdir. Alloh taolo: “ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qoʻyganmiz” deb marhamat qilgan.
Odamzot yaratilganidan tortib bugungacha bir-birini tutib turadigan bino kabidirlar, har biri boshqasiga xizmat qiladi, bundan hatto baʼzilar bexabar boʻladi. Bularning barchasi insoniyat adovat va mojaroda emas, balki tinchlik va hamjihatlikda birga yashashi zarurligini taʼkidlaydi. Demak, insonlar yaxshilik yoʻlida hamkor boʻlishlari, yomonliklarga esa birgalikda qarshi kurashishlari lozim. Zero, Alloh taolo buzgʻunchilikni sevmaydi!”.
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#MUNOSABAT
Doktor Zulkifli bin Muhammad al-Bakriy,
Malayziya Vaqf ishlari vaziri:
– Aziz doʻstlar! Bugun har birimiz nihoyatda qadriga yetishimiz kerak boʻlgan neʼmatlardan biri – tinchlikdir. Tinchlikning qiymati bebaho. Tinchlik bu – faqatgina urushning boʻlmasligi emas, balki tinchlik bu – ichki va tashqi xotirjamlik, barqarorlikdir. Buning uchun jamiyatdagi har bir fuqaroning haq-huquqlarini hurmat qilish, ijtimoy himoya qilinishi lozim. Tinchlik – turli millat vakillariga teng adolatli munosabatda boʻlish, kamsitmaslik, huquqlarini himoya qilishni ham nazarda tutadi. Alloh taolo Yer yuzidagi jamiki insoniyatga tinchlik va omonlik ato etsin!
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#MUNOSABAT
Ulamolar islom ummatini tinchlik, birdamlik va hamjihatlikka chaqirdi!
Butun dunyoda, xususan, islom olamida tinchlikni oʻrnatish, musulmonlar ehtiyojini taʼminlash va ummat birligini mustahkamlash yoʻlida islomiy tashkilotlar faoliyat olib boradi. Mana shunday nufuzli muassasalardan biri Musulmon donishmandlar kengashi hisoblanadi.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda mazkur Kengash aʼzolarining dunyodagi voqea-hodisalarga munosabatlari eʼlon qilindi.
Jumladan, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari, Shayx Ahmad Toyyib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Malayziya Vaqf ishlari vaziri doktor Zulkifli bin Muhammad al-Bakriy, Islom fiqhi akademiyasi aʼzosi doktor Ahmad Abdulaziz Haddod va Livan davlati ulamosi Shayx Sayyid Ali al-Amin kabilarning chiqishlaridan quyidagi iqtiboslar keltiramiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Ba’zilar qabristonda Qur’on o‘qishni bid’at amal deb hisoblab, bu o‘rinda inson savob o‘rniga gunohkor bo‘ladi deyishmoqda. Haqiqatda qabristonda Qur’on o‘qish joiz emasmi?
🔰Shukurulloh Egamberdiyev,
“Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Rektor iqtidorli va faol talabalar bilan uchrashdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan uchrashuv suhbat o‘tkazdi.
Samimiy tarzda o‘tgan suhbat davomida “5 muhim tashabbus” ijrosi, talabalarning qiziqishlari va loyihalari, ularning iste’dodi va iqtidorini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi hamda istiqboldagi rejalar to‘g‘risida fikr almashildi.
Shuningdek, talabalarda mavjud muammolar va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunida Akademiya Talabalar teatr studiyasi jamoasiga rektor tashakkurnomasi taqdim etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#EKSKURSIYA
Qozog‘istonlik o‘qituvchi va talabalarga O‘zbekistonning ziyorat turizmi sohasidagi salohiyati namoyish etildi
Rasmiy tadbirlardan so‘ng mehmonlar uchun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan ziyoratgohlar – Shayxontohur, Toʻlabiy va Yunusxon yodgorligi, “Qo‘lyozmalar fondi” hamda Akademiya axborot resurs-markaziga ekskursiya uyushtirildi.
To‘labiy Alibeko‘g‘li qozoq xalqining ulug‘ shaxslaridan biri. Yirik arbob, Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda “Yetti nizom” qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan. Mazkur maqbara yonida XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi Shayx Xovandi Tohurning ziyoratgohi mavjud.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3112
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Bahorgi psixologik maktab”ning ochilish marosimidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
Bir hadis sharhi
🎞Salomatlik – tuman boylik
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Roʻza tutinglar, salomat boʻlasizlar”, dedilar.
Manba:
🔰O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
🔰“Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy jumadan keyingi jamoaviy duolarni “payg‘ambarimiz qilmagan ish” degan fikr bilan rad etmoqda hamda jamoaviy duoni bid’atga chiqarmoqda. Bu to‘g‘rimi?
🔰Shukurulloh Egamberdiyev,
“Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Актуально
Внимание: ваш ребенок завис... в интернете!
На состоявшемся 5 февраля видеоселекторном совещании под председательством Президента, посвященном обсуждению приоритетных задач в социальных сферах, глава нашего государства особо затронул вопросы воспитания и духовности в школах. Так, за 2023 год несовершеннолетними совершено 3,5 тысячи преступлений, из них около 2,3 тысячи приходится на школьников. В числе актуальных задач подчеркивалась важность разработки рекомендаций родителям по защите детей от вредного воздействия социальных сетей и использованию полезного контента.
Мунира Кахарова,
Начальник отдела по делам молодежи, духовности и просвещения Международной исламской академии Узбекистана
Источник: газеты “Правда Востока”
Подробно: https://iiau.uz/ru/news/3108
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
Bir hadis sharhi
🎞Haqning roziligi ota-ona roziligida
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi bir musulmonning ota-onasi bo‘lsa, ularga yaxshilik qilib tong ottirgan bo‘lsa, Alloh taolo unga jannatning ikki eshigini ochadi”, deganlar.
Imom Abu Dovud va Imom Ibn Moja rivoyati
Manba:
🔰O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
🔰“Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 1-aprel 2024-yil, dushanba.
Milliy bayramlar:
🇹🇿Tanzaniyada “Daraxt ekish kuni”.
🇮🇩Indoneziyada “Milliy radioeshittirish kuni”.
🇨🇾Kiprda “Milliy bayram”.
🇿🇦Janubiy Afrika Respublikasida “Oila kuni”.
Muhim voqealar:
🔷537-yilda Vizantiya imperatori Yustin I jiyani Yustinian I ni o‘ziga yordamchi va bo‘lg‘usi imperator etib tayinladi.
🔷1734-yili Kanadada birinchi mayoq foydalanishga topshirildi
🔷1748-yili qadimgi Rimning Pompey shahrida qazish ishlari boshlandi.
🔷1875-yilda dunyodagi birinchi ingliz “The Times” gazetasi haftalik ob-havo ma’lumotlarini bera boshladi.
🔷1890-yili belgiyalik muhojir Sharl Van Depul AQShda birinchi trolleybusga patent oldi.
🔷1939-yilda Ispaniyada fuqarolar urushi tugadi.
🔷1976-yilda Stiv Jobs va Stiv Voznyak Apple kompaniyasiga asos solishdi.
🔷2004-yili Google Gmail pochta xizmatini joriy qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#SHUKUH
🎞Ramazon
📝O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sayyora To‘ychiyeva she'ri
🔰Manba: “O‘zbekiston” telekanali
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Taniqli dublyaj aktyori bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida taniqli dublyaj aktyori Abdujabbor Fayziyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Akademiya rektori bugungi kunda notiqlik mahorati barcha uchun kerakligini qayd etar ekan, mazkur soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar, mahorat darslari talabalar uchun foydali bo‘lishini qayd etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3105
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#MUNOSABAT
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar,
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi:
– Hozirgi kunda dunyoda, xususan, Islom olamida tinchlikni oʻrnatish, ulamolar hamkorligini rivojlantirish, musulmonlar ehtiyojini taʼminlash, ummat birdamligi va bagʻrikenglikni mustahkamlash juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Taʼkidlash kerakki, ushbu yoʻnalishlarda Musulmon donishmandlar kengashi salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Zero, Alloh taolo insonlarni yaxshilik yoʻlida hamkorlik qilishga chaqirib, shunday xitob qiladi: “Yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qiling, gunoh va dushmanlik yoʻlida hamkorlik qilmang!”.
Albatta, yaxshilik va taqvo yoʻlida hamkorlik qilish – jamiyatda totuvlik va birodarlikning asosidir. Sayyidimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda koʻp hadislarida hamkorlik va birdamlikka chaqirganlar. Xususan, U zot alayhissalom: “Moʻmin-moʻminga nisbatan huddi bir bino kabi. Ular bir-birlarini mustahkam tutib turishadi”, deganlar. Boshqa hadisda esa, “Sizlardan birortangiz oʻzi uchun yaxshi koʻrgan narsani birodari uchun ham ravo koʻrmaguncha moʻmin boʻla olmaydi”, deyilgan”.
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#MUNOSABAT
Shayx Sayyid Ali al-Amin,
Livan davlati ulamosi:
– Bir jamiyatda yashovchi fuqarolar teng huquqqa ega. Zero, odamlar huquq va burchlari teng boʻlmagan holda faqat millatga mansubligi bilan teng deb hisoblanishi mumkin emas. Islom dini turli millatga mansub kishilarga ham adolat qilishga chaqiradi. Alloh taolo: “Agar odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat ila hukm qilishni amr qilur” (Niso surasi, 58-oyat), deb xitob qiladi.
Adolat va bagʻrikenglik shariat buyurgan, oʻzaro bir-birimiz bilan munosabatlarimizni boshqaradigan tamoyildir.
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#MUNOSABAT
Shayx Ahmad Toyyib,
Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari:
– “Ayrim bandalar faqatgina ularga neʼmatlar yetib turganidagina shukr qiladilar. Aslida, banda har bir holat uchun shukr qilishi lozim. Ammo bunday bandalar juda oz. Alloh taolo Qurʼoni karimda “Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir” deb xitob qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tungi namozda turaverib, hattoki oyoqlari shishib ketardi. Shunda U zotga: “Sizning avvalgi-yu oxirgi gunohlaringiz kechirilgan-ku” deyilsa. U zot alayhissalom: “Shukr qiluvchi banda boʻlmayinmi?” degan ekanlar.
Manba
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 30-mart 2024-yil, shanba.
Muhim voqealar:
🔷1775-yilda Britaniya parlamenti Shimoliy Amerika koloniyalariga Britaniyadan boshqa har kim bilan savdo qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
🔷1814-yili Antinapoleon koalitsiyasi qo‘shinlari tomonidan Parij egallab olindi.
🔷1856-yilda Parij tinchlik shartnomasi imzolanishi orqali Qrim urushi tugadi.
🔷1858-yili Xaymen Lipmen (Filadelfiya) bir tomonida o‘chirg‘ichi bor qalamga patent oldi.
🔷1905-yilda Kritda turklar hukmronligiga qarshi greklar qo‘zg‘oloni.
🔷1912-yili Marokash sultoni Abdul Hafiz Fransiyaga taslim bo’ldi.
🔷1946-yilda “Oskar”ning marosimi ilk bor radio orqali efirga uzatildi.
🔷1954-yili Kanadaning Toronto shahrida birinchi metro ochildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев: "Яшил макон" - виждонимиз, бўлажак ҳаётимиз, фарзандларимиз олдидаги масъулиятимиз
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#YANGILIKLAR
Xorijlik ekspert tomonidan Akademiyaning gender tenglik va ayollar huquqlari borasidagi ishlari e’tirof etildi
BMT Aholishunoslik jamg‘armasi UNFPA Gumanitar va taraqqiyotni baholash bo‘yicha eksperti Ketrin Luiz Tong boshchiligidagi delegatsiya Akademiyada mehmon bo‘ldi.
Mazkur uchrashuv Akademiya mutaxassislari tomonidan gender tenglik masalasida amalga oshirilgan ishlar, to‘plangan tajriba bilan tanishish hamda BMT Aholishunoslik jamg‘armasi UNFPA tashkiloti faoliyatini baholash maqsadida tashkil etildi.
Mehmonlarni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi professori Nigora Yusupova kutib oldi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3101
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram