#HAMKORLIK
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS) bilan memorandum imzolandi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi delegatsiyaning MDISga tashrifi davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Samimiy suhbat chog‘ida Uyg‘un G‘afurov instititut bosh direktori Ilhom Mamatqulov va institut jamoasini muborak Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis kadrlar yetishtirishda MDIS ham muhim o‘rin tutishini, Akademiya va institut o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik yangi rivojlanish bosqichini boshlab berishini e’tirof etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3088
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Давлатимиз раҳбари пойтахтимизнинг Сергели туманида ташкил этилаётган Ёшлар боғига кўчат ўтқазди.
—
Глава нашего государства посадил деревья в Парке молодежи, создаваемом в Сергелийском районе столицы.
#Mirziyoyev #Yashilmakon #bog #daraxt
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#YANGILIKLAR
Akademiya jamoasi “Zakovat” intellektal oʻyinlarida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bellashuvda respublikamizdagi 13 ta eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan iborat jamoalar qatorida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Zakovat klubi” jamoasi ham ishtirok etdi.
Qizg‘in kechgan bahslar yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi faxrli 2-oʻrinni egalladi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3086
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 19-mart 2024-yil, seshanba.
Muhim voqealar:
🔷1279-yilda Yamin jangida Sun imperiyasi yakson qilindi.
🔷1474-yili Venetsiyada ixtirolarni qo‘riqlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, bu mualliflik huquqini himoya qiluvchi dunyodagi birinchi qonun edi.
🔷1697-yilda Pyotr I ning Yevropaga “Buyuk elchilik” davri boshlandi.
🔷1823-yili Birinchi Meksika imperiyasi tugatildi.
🔷1899-yili Peterburgda Rossiyada birinchi “tez yordam” stansiyasi ochildi.
🔷1950-yilda Yadro qurolini ta’qiqlovchi Stokgolm murojaatnomasi qabul qilindi.
🔷1992-yili Oʻzbekiston Polsha va Yangi Zelandiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#SEMINAR
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida xalqaro ilmiy seminar bo'lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti Xalqaro iqtisodiy aloqalar kafedrasi bilan hamkorlikda “Dunyo davlatlarining milliy manfaatlari va tashqi iqtisodiy xavfsizligi” ilmiy maktabi doirasida jahon iqtisodiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi an’anaviy xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar “O‘zbekistonning postsovet mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining asosiy yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Nurislom Tuxliyev ma’ruza qildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3084
Sahifalarni kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 18-mart 2024-yil, dushanba.
Muhim voqealar:
🔷37-yili Kaligula hukmronligi boshlandi.
🔷1325-yilda Tenochtitlan shahriga asos solindi.
🔷1662-yili Parijda birinchi jamoat transporti – 8 kishilik kareta paydo bo‘ldi.
🔷1805-yilda Napoleon I o‘zini Italiya qiroli deb e’lon qildi.
🔷1869-yili Dmitriy Mendeleyevning Kimyoviy elementlar davriy sistemasi eʼlon qilindi.
🔷1898-yilda nemis muhandisi Rudolf Dizel ichki yonuv dvigatelini ixtiro qildi.
🔷1922-yili Mahatma Gandi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
🔷1946-yilda Vashingtonda Butunjahon banki ish boshladi.
🔷1949-yili NATO tashkiloti tuzildi.
🔷1992-yilda Oʻzbekiston va Hindiston davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FOTOREPORTAJ
“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda!
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#MULOHAZA
Turkistonda jadidchilik namoyandalari
Jadidchilik yoki jadidizm XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy harakat hisoblanadi.
XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Jadidchilik ilk bor Qrimda 1980-yillarda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida paydo boʻlgan. Jadidchilik harakati vakillari ko‘pincha o‘zlarini ilg‘or, keyinchalik jadidchilar deb atagan. O‘sha davrning ilg‘or kuchlari ayniqsa, ziyolilar mahalliy aholining dunyodan ortda qolayotganini sezib, jamiyatni isloh qilish zarurligini anglab yetdi. Jadidchilik mohiyatan siyosiy harakat edi.
Shahlo Maksudova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3076
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Akademiya talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, davlat organlari rahbarlari va yoshlarning toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqotini yoʻlga qoʻyish maqsadida deputatlar, rahbarlar, tadbirkorlarning yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.
Shu maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” yoʻnalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda talaba yoshlarga quyi palata, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda qoʻmitalar ish faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayoni haqida soʻzlab berildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3075
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Alloh Arsh ustida deb makon berish to‘g‘rimi?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
“Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bosh maqsadimiz”
16-mart kuni Farg‘ona davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida hayʼat yigʻilishi va “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bosh maqsadimiz” mavzusida o‘quv seminari o‘tkaziladi.
___
«Воспитание молодежи в духе патриотизма – наша главная цель»
16 марта в Ферганском государственном университете пройдет заседание коллегии с участием ректоров высших образовательных организаций и обучающий семинар на тему «Воспитание молодежи в духе патриотизма – наша главная цель».
Bizni kuzating
#DAVRA SUHBATI
Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak asosi
Inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning garovi sog‘lom turmush tarzi ekani bugun barchaga ayon haqiqat. Zero, har bir kishi sog‘lig‘i haqida, eng avvalo, o‘zi qayg‘urishi kerak.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda “ZAYTUN MED-TIB” MCHJ rahbari, kardiolog shifokor Alijon Sattorov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3072
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#E’LON
📢 DIQQAT, E’LON!
✅ O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Rossiyaning Xalqlar do‘stligi universiteti (РУДН) bilan hamkorligida “Dunyo davlatlarining milliy manfaatlari va tashqi iqtisodiy xavfsizligi” ilmiy maktabi doirasida jahon iqtisodiyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro ilmiy seminarga taklif etamiz.
🗣 O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, i.f.d., O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi NURISLOM TUXLIYEV ma’ruza qiladi.
📘Ma’ruza nomi: O‘zbekistonning postsovet mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarining asosiy yo‘nalishlari.
🛜⏰ Onlayn seminar 2024-yil 15-mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
⌨️ Seminarga onlayn tarzda quyidagi Microsoft Teams platformasi orqali ishtirok etish mumkin.
👉 https://clck.ru/39EVXU
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Президент Сергелидаги Ёшлар боғида дарахт экди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 16-17-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#DAVRA SUHBATI
Akademik va talabalar uchrashuvi
Termiz davlat universitetida “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, ensiklopedik olim Nurislom Tuxliyev ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy muloqot davomida olim o‘zining hayoti, erishgan yutuqlari, bu yo‘ldagi turli qiyinchilik va sinovlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati haqida ma’lumot berar ekan, muassasada xassos soha boʻlgan muqaddas islom dinini ilmiy nuqtayi nazardan fundamental tadqiq etgan holda, ulugʻ allomalarimiz maʼnaviy merosini qayta kashf etish orqali dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qoʻshadigan yuksak salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlanayotganini e’tirof etdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3085
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Misrdagi shayx Hasan Yasir qaysi mazhab olimi?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Har bir inson mehr va e’tiborda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Guruh a’zolari Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Muxriddin Xikmatov boshchiligida Shayxontohur tumanining “O‘rda” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi S.Nurliyevning xonadonida bo‘ldilar.
Xayr va saxovat insonni ulug‘lab, har ikki dunyoda ham ajr-u savobga sazovor etadi. Ayniqsa, muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz istiqomat qiluvchi insonning holidan xabar olinishi yanada ahamiyatlidir.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3083
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Misrdagi shayx Mustafo Adabiy qaysi mazhab olimi?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
Hashar – hamjihatlik va qut-baraka asosi
Avval xabar berganimizdek, yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbir bugun 17-mart sanasida ham O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi tomonidan ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan davom etdi.
Akademiya hovlisi bilan birgalikda Shayxontohur tumanidagi “O‘rda” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli hududda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligida bahorgi daraxt ekish jarayoni tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3082
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan sayyor yig‘ilishi Farg‘onada o‘tkazildi
Bugun,16-mart kuni Farg‘ona davlat universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, vazirlik markaziy apparati masʼullari, davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov so‘zga chiqib, bugungi o‘quv seminari va vatanparvarlik targ‘ibotining yoshlar uchun ahamiyati xususida gapirib, oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtaldi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6575
#vazir #Farg‘ona #kengaytirilganyig‘ilish
👉 На русском
Bizni kuzating
#FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Hashar – elga yarashar
Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam. Borliq uyg‘onib, bahor fasli kirib kelganida joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.
Yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash, muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish maqsadida joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham mazkur tadbir yuqori kayfiyat va uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3077
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 16-mart 2024-yil, shanba.
Muhim voqealar:
🔷1521-yilda portugaliyalik dengizchi Fernand Magellan birinchi safari davomida Filippin qirg‘oqlariga yetib bordi.
🔷1660-yili Angliyaning uzoq davom etgan parlamenti 20 yillik yig‘ilishdan so‘ng tarqatib yuborildi.
🔷1867-yilda fransuz bog‘boni Jozef Monye ko‘p qavatli binolarni qurishda asosiy materialga aylangan temir beton uchun patent oldi.
🔷1926-yilda amerikalik konstruktor Robert Goddard birinchi suyuq yonilg‘i bilan ishlaydigan raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.
🔷1968-yili Vetnam urushi paytida AQSh qo‘shinlari Janubiy Vetnamning Milai (Songmi) qishlog‘ini yo‘q qilishdi.
🔷1992-yilda Oʻzbekiston Meksika, Gruziya va Gretsiya davlatlari bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
🔷1995-yili Missisipida AQSh Konstitutsiyasiga 13-tuzatish ratifikatsiya qilindi – qullik rasman taqiqlangan.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
Саудия Арабистонининг Ўзбекистондаги элчихонаси ифторлик дастурхонини ёзди
Саудия Арабистонининг Ўзбекистондаги элчихонаси кеча, 14 март куни пойтахтимиздаги International меҳмонхонасида ифторлик дастурхонини ёзди.
Батафсил: https://uza.uz/posts/579874
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
#MUNOSABAT
Olima ayol – jamiyat tayanchi
Ayol oilada – ona, suyukli yor, uy bekasi bo‘lsa, jamiyatda – muallima, olima, rahbar va xodima kabi martabalarga ega bo‘ladi. Ayol qayerda va qanday mavqeda bo‘lmasin, u tarbiyachilik vazifasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Oilasida ko‘rgan tarbiya usullarini hayotiy tajribasida qo‘llaydi. Ayniqsa, farzandi tarbiyali, axloqli, bilimli bo‘lishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. O‘zidan ham yuksak bilimni va mavqeni egallashiga jon jahdi bilan ko‘maklashadi. Shundan bo‘lsa kerak, onadek mehribon va uning o‘rnini bosuvchi zot yo‘q.
Munira Qahhorova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bo‘lim boshlig‘i, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Manba: “Vatanparvar” gazetasi
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3074
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#MALAKA OSHIRISH
Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash – ustuvor vazifa
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur darslarda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.
Bugun belgilangan o‘quv rejasiga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov tinglovchilarga ma’ruza qildi.
Mazkur dars “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muhofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” mavzusiga bag‘ishlandi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3071
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 15-mart 2024-yil, juma.
Bayramlar:
🔰Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.
🔰Butunjahon aloqa kuni.
🔰Butunjahon nutq kuni.
Muhim voqealar:
🔷493-yili Qirol Teodorix poytaxti Ravenna bo‘lgan ostgotlar davlatini tuzdi.
🔷1812-yilda Kaliforniyada ruslarning birinchi koloniyasi – Fort-Ross tashkil topdi.
🔷1867-yili Avstriya-Vengriya imperiyasini tuzish to‘g‘risidagi Avstriya-Vengriya kelishuvi tuzildi.
🔷1892-yilda amerikalik ixtirochi Jess Reno birinchi eskalatorga patent oldi.
🔷1906-yili “Rols-Roys” kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tdi.
🔷1938-yilda Saudiya Arabistonida birinchi neft topildi.
🔷2004-yili Yevropa Ittifoqi Microsoft kompaniyasining monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligi bo‘yicha komissiya xulosalarini ma’qulladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube