#VIDEOREPORTAJ
🎞Akademiyada “BMT modeli” (MUN, Model United Nations) ko‘rgazmali davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!IslomAkademiyasi"> 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹YouTube
#INSON QADRI UCHUN
Ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, 2023-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Shayxontohur va Olmazor tumanlarida yashovchi 50 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj yosh biriktirilgan edi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga biriktirilgan ehtiyojmand yoshlarda aniqlangan muammolarni o‘rganish, ularning holidan xabar olish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi bir guruh Akademiya vakillari poytaxtimizning bir qator xonadonlarida bo‘ldilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3016
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Musulmon jamiyatlari xalqaro kengashi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#DAVRA SUHBATI
Akademik ishtirokida davra suhbati
Buxoro davlat universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Nurislom To‘xliyev ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv davomida ziyorat turizmiga oid masalalar muhokama etildi. Akademik Nurislom To‘xliyev ziyorat turizmi sohasida tajriba va bilim almashish, bu borada Buxoro katta salohiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#YANGILIKLAR
BMT (Model United Nations) Yoshlar modeli ko‘rgazmali davra suhbati bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lganiga 32 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Akademiyada BMT Yoshlar modeli ko‘rgazmali davra suhbati tashkil etildi. Unda akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, MUN jamoasi hamda talabalar ishtirok etdilar.
Xalqaro munosabatlarda O‘zbekistonning tutgan o‘rni va ishtiroki, shuningdek, davlatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirayotgan xayrli tashabbuslari haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Samimiy ruhda o‘tgan davra suhbati yakunida akademiya rektori hamda talabalar MUN jamoasi faoliyatida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli rejalar xususida fikr almashdilar.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Hamkorlik
Tashrif samarali va mazmunli voqealarga boy o'tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari — iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Nurislom To‘xliyev hamda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ravshan Abdullayevlar Buxoro davlat pedagogika institutida bo‘ldilar.
Tashrif avvalida mehmonlar institut rektori Bahodir Ma’murov boshchiligidagi rahbariyat vakillari tomonidan yuqori tayyorgarlikda kutib olindi.
Shu bilan birga, oliygohning ichki tuzilmasi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, elimiz suygan shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbirda mehmon sifatida qatnashdilar. Talabalar tomonidan shoira ijodiga oid she'rlar, ma'lumotlar aytildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!IslomAkademiyasi"> 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube
#Ziyorat_turizmi
Ziyorat turizmi sohasida tajriba almashildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi professori iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Nurislom To‘xliyev hamda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ravshan Abdullayevlar Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Tashrif avvalida universitet rektori Obidjon Xamidov bilan samimiy suhbat bo'lib o'tdi.
Akademiya professori R.Abdullayev BuxDU Iqtisodiyot va turizm fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talabalari uchun “O‘zbekistonda ziyorat turizmi va uning rivojlanish istiqbollari” mavzusida ma'ruza qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Musulmon kishi Qur’oni karim va sunnatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil olsa bo‘ladimi?
2-qism
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
#SAYYOR DARS
Tarix – o‘tmish va kelajak ko‘zgusi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Gulnoza Axmadjonova boshchiligida Temuriylar tarixi davlat muzeyida sayyor dars tashkil etildi.
Mazkur sayyor dars “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun o‘tkazildi.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani “Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi tarixi” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar taqdim qilindi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3011
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbek adabiyotshunosligida Zulfiyaxonim ijodiy merosining o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
#1-MART – O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI ZULFIYA TAVALLUDI KUNI
Baxtim shul – oʻzbekning Zulfiyasiman
Koʻklam va baxt kuychisi Zulfiyaxonim sheʼrlarini oʻqiganda tongning oq alangasi, qirovli maysalar nafasi, kumush nurlar jarangi-yu, qor tagidan bosh koʻtargan binafshaning ifori dimogʻimizga uriladi. Go‘yoki, koʻklamning ilk kunida tavallud topgan shoiraning satrlari tabiatning shunday yorqin manzaralariga uygʻunlashib ketgandek dillarimizga osudalik va nafosat olib kiradi.
Bahor. Yasharish va yangilanish, ezgu ishlarga qoʻl urmoqqa undovchi goʻzal palla. Ushbu faslda xalqimizning sevimli shoirasi Zulfiyaxonim Isroilova tavallud topgani ham bejizga emas. U bahor va vafo kuychisi.
Umida Murodxonova
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2995
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
#VIDEOLAR
🎞Diniy-ma’rifiy soha matbuot xizmati xodimlari uchun seminar-trening
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FOTOREPORTAJ
“O‘zbek adabiyotshunosligida Zulfiyaxonim ijodiy merosining o‘rni” mavzusidagi davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari so‘zga chiqdilar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
#Talabalar_teatr_studiyasi
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi o‘tkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida tashkil etilgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2-hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovning mazkur bosqichida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Talabalar teatr studiyasi tomonidan Sirojiddin Salohiddinovning “Oqqushlar” asari namoyish etildi.
Yakunda spektakl faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3005
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот маркази ва БАА илмий-тадқиқот муассасалари ўртасидаги ҳамкорликнинг янги уфқлари
🔰Бирлашган Араб Амирликларининг замонавий ислом тадқиқотлари бўйича нуфузли илмий муассасаларидан бўлган Мусулмон жамиятлари халқаро кенгаши бош директори Холид Халифа Каъбий бошчилигидаги делегация Имом Мотуридий халқаро илмий-тадқиқот марказига ташриф буюрди.
🟢Ташриф давомида Марказ директори Жамолиддин Каримов меҳмонларни Марказ фаолияти билан таништириб, амалга оширилаётган тадқиқотлар мавзуси ва йўналишлари, истиқболли режалар, бўлимлар фаолияти, халқаро ҳамкорлик кўламини янада кенгайтириш йўлида олиб борилаётган ишлар, маҳаллий ҳамда халқаро миқёсда қўлга киритилган ютуқ ва натижалар ҳақида батафсил маълумот берди.
📌 БАА томони Марказ томонидан амалга оширилган ишларни, хусусан, нодир қўлёзмалар асосида тайёрланиб, хорижий мамлакатларда нашр этилаётган таҳқиқларни юқори баҳолади.
✅ Шундан сўнг Бирлашган Араб Амирликларидаги Мусулмон жамиятлари халқаро кенгаши, “Ҳидоя” ва “Савоб” илмий-тадқиқот муассасалари билан ҳамкорликда диний бағрикенглик, динлараро ва маданиятлараро мулоқот, инсонпарварлик, тинчликпарварлик, мўътадиллик ғояларини кенг тарғиб этишнинг илмий-назарий асосларини ишлаб чиқиш, экстремизм ва терроризмга қарши курашнинг долзарб масалаларига бағишланган халқаро конференция ва илмий семинарларни ташкил қилиш, ўзаро тажриба алмашинувини йўлга қўйиш юзасидан музокаралар ўтказилди.
❇️ Музокаралар якунида томонлар ўзаро яқин амалий ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш, ислом динининг асл тинчликпарварлик моҳиятини халқаро ҳамжамиятга етказишда биргаликда ҳаракат қилишга келишиб олинди.
🔹Ташриф якунида томонлар ўзаро эсдалик совғаларини алмашдилар.
Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг:👇👇👇
✅Telegram | ✅Facebook |
📷Instagram |📹Youtube|
🌐moturidiyuz">Tik Tok| 🌍moturidiy.uz
#YANGILIKLAR
Akademiya professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun siyosiy bilimlarni oshirish darsi o’tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Respublikada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishda “dunyoviylik – dahriylik emas” tamoyilining ahamiyati” mavzusida siyosiy bilimlarni oshirish darsi o‘tkazildi.
Mazkur dars Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari dunyoqarashini yanada kengaytirish, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, yangi O‘zbekistonda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3015
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#SAYYOR DARS
Inson – aziz, xotira – muqaddas
Keyingi yillarda yurtimizda Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib, aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi “Qatagʻon qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD G’ayrat Rasulov hamda tyutor Botir Majidov boshchiligida “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#XALQARO HAMKORLIK
Musulmon jamiyatlari xalqaro kengashi bosh direktori yurtimizdagi diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarga yuqori baho berdi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Musulmon jamiyatlari xalqaro kengashi bosh direktori Xolid Xalifa al-Kaʼbiy, bosh kotibi Umar al-Barikiy, Protokol boshqarmasi menejeri Rashid al-Nuʼaymiy, “Chegara bilmas oʻqituvchilar” xalqaro tashkiloti prezidenti Muhammad Al-Obaydliy hamda vitse-prezidenti Nasr Orif tashrif buyurdi.
Tashrif munosabati bilan Akademiya rahbariyati va mehmonlar oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3013
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube
#Ziyorat_turizmi
Turizm – mamlakat taraqqiyotining yangi drayveri
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Mir Arab oliy madrasasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangan edi.
Hamkorlikning amaliy natijasi sifatida Akademiya professori, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik N.Tuxliev hamda professor R.Abdullaevlar bilan Oliy madrasa professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif dasturiga asosan, akademik N.Tuxliev “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish vazifalari” hamda professor R.Abdullaev “O‘zbekistonda ziyorat turizmi va uning rivojlanish istiqbollari” mavzusida ma’ruza qildilar.
Akademiya vakillari Oliy madrasaning faoliyati va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!IslomAkademiyasi"> 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube
#VIDEOLAR
🎞Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tafsilotlari
Manba: Qoraqalpogʻiston MTRK
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
O'zbekiston Respublikasi 1992-yilning 2-martida Birlashgan millatlar tashkilotiga a'zo sifatida qabul qilindi.
Joriy yilda davlatimizning ushbu tashkilotga qo'shilganining 32-yilligi nishonlanmoqda.
#KUN HAQIDA
2-mart – Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo boʻlgan kun
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda jahonning 200 ga yaqin mamlakati BMTning a’zolari hisoblanadi.
Jumladan, 1992-yil 2-mart O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun sifatida mustaqil O‘zbekiston tarixida muhim o‘rin egalladi.
Yurtimizda Birlashgan millatlar tashkilotining bir nechta tarkibiy tuzilmalari – Taraqqiyot dasturi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Aholishunoslik jamg‘armasi, Bolalar jamg‘armasi, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2993
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
#1-MART – OʻZBEKISTON XALQ SHOIRI ZULFIYA TAVALLUD TOPGAN KUN
Hayot bilan hamnafas shoira
Shoira Zulfiyaxonim lirik merosi bilan oʻzbek sheʼriyatiga oʻzgacha ruh va pafosni olib kirgan ijodkordir. Uning sermahsul ijod yoʻli, lirik merosi oʻziga xos ahamiyat va betakrorlikka ega. Sheʼriyatida tuygʻulardagi samimiylik, soʻz sehrining jozibadorligi ijtimoiylik bilan uygʻunlashgan holda, oʻzbek ayoliga xos nazokat bilan tarannum etiladi.
Zulfiyaxonim Isroilova uzoq yillar “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri, bosh muharrir kabi lavozimlarda ishlagan. “Saodat” jurnalining keng jurnalxonlar ommasiga kirib borishi va jurnal saviyasining yuqori boʻlishida Zulfiyaxonimning mashaqqatli mehnati, sermahsul ijodi beqiyosdir.
Lola Azimova
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi katta oʻqituvchisi
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3010
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг февраль ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#VIDEOLAR
🎞Musulmon kishi Qur’oni karim va sunnatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil olsa bo‘ladimi?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|Telegram|IslomAkademiyasi">YouTube
#E’LON
“Gruzin xattotligi” nomli 7-xalqaro yozgi maktab tashkil etiladi
🔷Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, Tbilisi shahrida joriy yilning 17-26-iyul kunlari Gruziya milliy qo‘lyozmalar markazi tomonidan “Gruzin xattotligi” nomli 7-xalqaro yozgi maktab tashkil etiladi.
🔰Yozgi maktabda ishtirok etish bilan bog‘liq xalqaro aviachipta xarajatlari nomzodlar tomonidan, qolgan xarajatlar (yashash, ovqatlanish, ichki transport) xorij tomonidan qoplanishi ma’lum qilinadi.
📅Muddati – 2024-yil 1-mart
💠“Gruzin xattotligi” nomli 7-xalqaro yozgi maktabida ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar ilovada keltirilgan anketani to‘ldirishlari va quyidagi elektron manzilga yuborishlari kerak:
🌐summerschool@manuscript.ge
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3008
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#O‘QUV-SEMINAR
Akademiya vakili otinoyilar uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda ma’ruza qildi
Poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi majlislar zalida Toshkent shahar va tumanlar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari boʻyicha yordamchilari va barcha otinoyilar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur o‘quvlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Akademiya vakili “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabr kunidagi Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalar haqida” mavzusida ma’ruza qildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3007
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#DAVRA SUHBATI
O‘zbek adabiyotshunosligida Zulfiyaxonim ijodiy merosining o‘rni
Xalqimizning suyukli shoirasi Zulfiya ijodi, ibratli fazilatlari, hayotiy qarashlari bilan hali hamon ko‘pchilik qizlar uchun namuna olishga arzirli ijodkor sifatida yodga olinadi. Har yili mamlakatimizda O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludi bahoriy kayfiyat bilan hamohang tarzda nishonlanadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham betakror shoira tavallud ayyomi munosabati bilan “O‘zbek adabiyotshunosligida Zulfiyaxonim ijodiy merosining o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3006
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram