Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар бандлигини таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения занятости молодежи.
#Mirziyoyev #yigilish #yoshlar #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#YANGILIKLAR
Oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarning turizm salohiyatini ilmiy yondashuv asosida rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov huzurida bir qator oliy ta’lim muassasalarining biriktirilgan hududlarda turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham ishtirok etdilar.
Qayd etilganidek, turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha 11 ta oliygohga biriktirilgan 30 ta tuman va shaharlarning tarixi, turistik obyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar hamda o‘ziga xos xususiyatlari asosida 67 ta turpaket ishlab chiqilgan.
🇺🇿O‘zbek tilida
🇷🇺Rus tilida
🏴Ingliz tilida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#KO‘RGAZMA
Talabalar yosh robot ixtirochilari koʻrgazmasida ishtirok etdilar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutori Maqsud Palvanov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmonov hamda yaponiyalik volontyor oʻqituvchi Mori Yasyuki hamkorligida “Axborot xavfsizligini boshqarish” yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurildi.
Muzeyda dastlabki odamsimon robot ixtirochisi fransiyalik Jak De Vokanson tavalludiga bagʻishlangan “Android robot-2024” deb nomlangan yosh robot ixtirochilari koʻrgazmasida ishtirok etildi.
Tashrif davomida talabalar muzeydagi nodir eksponatlar va koʻrgazmadagi yangi robot ixtirolari bilan tanishib, Axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari bilan muloqot jarayonida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2980
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FORUM-2024
VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024 tadbirining ikkinchi kuni nimalar bilan esda qoldi?
VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024 turizm industriyasi ishtirokchilari o‘rtasida bilim, g‘oyalar va aloqalar almashinuvi platformasiga aylandi.
Batafsil
——————
Чем запомнился второй день VII Форума гидов Узбекистана-2024
Форум гидов Узбекистана-2024 стал площадкой для обмена знаниями, идеями и контактами между участниками туристской отрасли.
Подробно
——————
What was memorable about the second day of the VII Forum of Guides of Uzbekistan-2024
The Forum of Guides of Uzbekistan-2024 became a platform for exchanging knowledge, ideas and contacts between participants of the tourism industry.
More
——————
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Yuqori Chirchiq tumanida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri tafsilotlari
Manba: NURAFSHON TV
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони
Батафсил: https://uza.uz/posts/570596
📱Мобил илова 👉 iOS | Android
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#VIDEOLAR
🎞“Tarixni oʻrganishda muzey eksponatlarining oʻrni” mavzusidagi mahorat darsi
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Ziyorat turizmi: ekskursiya faoliyati uchun mutaxassislar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar” mavzusidagi davra suhbatida professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, turli konfessiya vakillari so‘zga chiqdilar
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FORUM-2024
“VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davom etdi
Turizm hozirda dunyo rivojlanishini harakatlantiruvchi eng asosiy kuchlardan biri hisoblanadi. Mutaxasislarning fikricha turizm XXI asrning eng daromadli sohasiga aylangan. Shuning uchun ham turizm BMT tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha barqaror rivojlantirish dasturining asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Zamonaviy turizmning yo‘nalishlari orasida “ziyorat turizmi” tushunchasi esa turizm industriyasining eng qadimiy va tarixiy turi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Ayni paytda yurtimizda Xalqaro gidlar kuniga bag‘ishlangan “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” davom etmoqda.
Forum dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi: ekskursiya faoliyati uchun mutaxassislar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
🇺🇿O‘zbek tilida
🇷🇺Rus tilida
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞“Behbudiyni anglash” maʼrifiy tadbiri
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Президентимиз "Келажак ўйинлари" халқаро мусобақасининг очилиш маросимида иштирок этди
—
Президент нашей страны принял участие в церемонии открытия международного турнира "Игры будущего"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#VIDEOLAR
🎞Qabristonda Qurʼon oʻqish bidʼat amal hisoblanadimi?
1-qism
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Til bilgan – el biladi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda adabiyotshunos olimlar, milliy-madaniy markaz vakillari so‘zga chiqdilar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FORUM_2024
VII O‘zbekiston gidlari xalqaro forumi-2024
Bugun Butunjahon gidlar kuni munosabati bilan “Radisson Blu Hotel, Tashkent” mehmonxonasida navbatdagi “VII O‘zbekiston gidlari xalqaro forumi-2024” bo‘lib o‘tdi.
Manba: /channel/visittashkent
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
21-fevral – Xalqaro ona tili kuni!
UNESCO tashkiloti tomonidan 21-fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan. Mazkur sana 2000-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelinmoqda.
Xalqaro ona tili kuni har yili 21-fevralda til va madaniy xilma-xillikdan xabardorlikni oshirish va ko‘p tillilikni targ‘ib qilish maqsadida butun dunyo bo‘ylab nishonlanadi. Birinchi marta 1999-yil 17-noyabrda UNESCO tomonidan e'lon qilingan, 2002-yilda BMTning rezolyutsiyasi qabul qilinishi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan rasman tan olingan.
Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma’naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va o‘z tiliga bo‘lgan muhabbati, unga bo‘lgan ehtiromi, qadrlash tuyg‘ulari yangilanadi.
#davlat_dasturi2024 #rahbarvayoshlar
Iqtidorli yoshlar rahbarlarga biriktirilib, hayotda o‘z o‘rnini topishiga koʻmaklashiladi
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-martdan alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlar “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlariga biriktiriladi.
Bunda mazkur rahbarlar:
har oyda kamida bir marotaba o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashadi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
Oliy ta’lim muassasalarida “G‘amxo‘rlik” guruhlari tashkil etiladi
23-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident Administratsiyasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda vazirlik mutasaddilari, oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari hamda “Qalqon” guruhi vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, to‘garak va tadbirlar samaradorligi hamda talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
#yig‘ilish #topshiriq_ijrosi #ustuvor_vazifalar #ma’naviyat
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#YANGILIKLAR
Siyosiy bilimlarni oshirish darslari davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan Akademiya professor-oʻqituvchilari uchun navbatdagi siyosiy bilimlarni oshirish darsi tashkil etildi.
Mashgʻulot odatdagidek Oʻzbekiston va jahonda sodir boʻlgan asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealiklar dayjesti bilan boshlandi.
Bu galgi mashgʻulot Markaziy Osiyodagi dolzarb ekologik muammolar, jumladan mintaqada suv taqchilligi muammosi, uni keltirib chiqarayotgan omillar, bu muammolarni hal qilishning ilmiy-innovatsion, siyosiy-iqtisodiy yoʻllari, davlatlararo munosabatlarning ahamiyati, bugungi holati va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bagʻishlandi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2979
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#E'LON
🔷Hurmatli O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba va magistrlari!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Akademiyada Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodini oʻrganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targʻib etish yoʻnalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik koʻrsatgan talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida taʼsis etilgan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomidagi stipendiyaga tanlov e’lon qiladi!
Nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar:
🔷Shaxsiy hujjatlar: passport, obyektivka, titul (annotatsiya);
🔷sinov daftarchasidan koʻchirma (oʻzlashtirish koʻrsatkichi);
🔷tavsiyanomalar, fikrnoma – dekanat, kafedra va boshqalar;
🔷ijodiy (ilmiy) ish, uning annotatsiyasi va taqriz (mavjud boʻlsa);
🔷Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi hamda faoliyati (ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa) targʻiboti boʻyicha materiallar;
Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun hujjatlarni joriy yilning 20-martga qadar fakultetga topshirishlari talab etiladi.
Mahmudxo’ja Behbudiy ijodi va faoliyatiga qiziqqan barcha talaba yoshlarni stipendiya uchun nomzodlikka taklif etamiz.
Tanlov 2 bosqichda:
🔷1-bosqich (Behbudiy hayoti va ijodiga oid test)
🔷 2-bosqich (suhbat)dan iborat.
🔷Shoshiling, imkoniyatni qo’ldan boy bermang!
☎️Murojaat uchun: @maftunaxon_8588
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Qabristonda Qurʼon oʻqish bidʼat amal hisoblanadimi?
2-qism
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#XALQARO ANJUMAN
Homidjon domla Ishmatbekov xalqaro anjumanda Oʻzbekiston tajribasi haqida nutq soʻzladi
Bugun Qozogʻiston Respublikasining Atirau shahrida “Islom ekstremizmga qarshi” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi. Unda Turkiya, Misr, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Dogʻiston Respublikasining nufuzli ulamolari qatorida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham faol ishtirok etdi.
Tadbir Qurʼoni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.
Xalqaro anjumanni Qozogʻiston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Navroʻzbay hoji Tagʻanuli ochib, ishtirokchilarni tashrif bilan qutladi.
Nufuzli tadbir davomida Homidjon domla Ishmatbekov ham mavzu doirasida nutq qilib, muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2974
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Toshkent viloyatida targʻibot tadbirlari davom etmoqda
Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Islom sivilizatsiyasi markazi rahbarlari ishtirokida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, tadbirda “Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.
Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2973
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilmiy-tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FORUM-2024
“VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davom etmoqda
🔷Ayni paytda yurtimizda Xalqaro gidlar kuniga bag‘ishlangan “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” davom etmoqda.
🔷Forum dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi: ekskursiya faoliyati uchun mutaxassislar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar” mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda.
🔷Mazkur tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозон шаҳрида “Келажак ўйинлари” биринчи халқаро мусобақасининг тантанали очилиш маросимида иштирок этди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии открытия первого Международного турнира «Игры будущего» в городе Казани.
#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sport
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ta’lim sifatini oshirish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqamiz – vazir
21-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarishlar qilish, ta’lim sifatini oshirish, professional va oliy ta’lim muassasalarini ish beruvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish choralari hamda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar o‘rin oldi.
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6478
#vazir #yig‘ilish #ustuvor_vazifalar
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#YANGILIKLAR
Til bilgan – el biladi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan “Til bilgan – el biladi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori, “Naqshbandiya” jurnali bosh muharriri, navoiyshunos olim Sultonmurod Olim, filologiya fanlari doktori, professor Qosimjon Sodiqov, Respublika Tojik milliy-madaniy markazi raisi Gulandom Subxanova, Respublika Turkman milliy-madaniy markazi raisi Guldona Avezdurdiyeva, Chirchiq qozoq milliy-madaniy markazi raisi Jaqsiliq Joriqbayev, Akademiya prorektorlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2970
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FORUM_2024
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi vakillari “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024”da ishtirok etdi.
Bugun Xalqaro gidlar kuniga bag‘ishlangan “VII O‘zbekiston gidlar forumi-2024” boshlandi. Forumda 300 dan ortiq xalqaro ishtirokchilar, tajribali gidlar, turizm sohasidagi mutaxassislar, davlat tashkilotlari, fan va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov va Turkiyaning Saljuq universiteti prorektori Emrulla Eken so‘zga chiqdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2969
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#21-FEVRAL – BUTUNJAHON GIDLAR KUNI
🔷Ushbu bayram Butunjahon gidlar uyushmalari federatsiyasi (WFTGA) tomonidan ta’sis etilgan. WFTGAga 1985-yil Birinchi xalqaro gidlar konvensiyasi doirasida asos solingan bo‘lib, bugunga kunda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan 3 millionga yaqin kishi uning a’zosi hisoblanadi. Xalqaro gidlar kuni bayrami 1990-yildan buyon nishonlanib kelinadi.
🔷Hurmatli gidlar, sizlar orqali odamlar qiziqarli faktlar, qiziqarli voqealarni o'rganadilar va ko'rganlarini to'g'ri baholay oladilar!
🔷Gid nafaqat mohir hikoyachi! U ham go‘zallik biluvchisi va bilimlar omboridir!
🔷Yana bir bor kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram