#BUNI YODDA TUTING!
Internetdagi firibgarlardan ogoh boʻling!
🔰Bank kartasining maxfiy kodini hech kim bilmasligi juda muhimdir. Maxfiy kod, kartangizni xavfsizligini taʼminlovchi jarayon hisoblanadi. Ushbu kodni hech kimga bermang va hech qachon uni yozib yubormang.
🔷Agar sizning maxfiy kodingiz boshqalar qoʻliga tushib qolsa, yoki uni sotib yuborish natijasida jamgʻarmangiz gʻoyib boʻladi.
🔰Sms-kodlarni hech kim bilmasligini taʼminlash uchun quyidagi maslahatlar foydali boʻladi:
✅Maxfiylik: sms-kodlaringizni maxfiy saqlang va ularni hech kimga taqdim etmang.
✅Bogʻlanishlardan himoya qilish: ulgurji veb-saytlardan barcha xabarnomalar va e-mail orqali yuboriladigan sms-kodlarini ularga taqdim etmang.
✅Yolgʻon xabarnomalariga eʼtibor qaratish: agar sizga SMS orqali xabarnoma kelib, sizdan biror-bir maʼlumot soʻrasa va siz buning sababini tushunmagan boʻlsangiz, kelishuvni tekshiring.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ehtiyot bo‘ling, internetda firibgarlik” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞G‘uluvga ketgan ayrim toifalar haqida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#ТОЧКА ЗРЕНИЯ
Социально активная молодежь – двигатель стремительного прогресса
Молодежь всегда играла важную роль в формировании и развитии гражданского общества. Поэтому в нашей стране уделяется особое внимание всесторонней поддержке и стимулированию ее активного участия в социально-экономическом развитии государства. Так, объявление 2024-го Годом поддержки молодежи и бизнеса говорит о признании значимости подрастающего поколения во внутриполитических процессах.
Молодежь – двигатель инноваций, современных технологий и экономического развития. Ее всемерная поддержка – основа молодежной политики государства. Нынешний год направлен на стимулирование предпринимательской деятельности среди молодежи, создание условий для успешного развития малого и среднего бизнес.
Нурислом Тухлиев,
Доктор экономических наук, академик
Источник: «Правда Востока»
Подробно: https://iiau.uz/ru/news/2947
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞“Ahli sunna val jamoa” yo‘lidagi musulmonlarni ayblaydigan toifalar haqida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#MAQOLA
Navoiyning “Terma devon”i
Hazrat Alisher Navoiy vafotidan to‘rt oy o‘tib, 1501-yil may oyida uning 130 she’ridan iborat bir to‘plam qo‘lyozma shaklida ko‘chirilgan. Biz surati orqali ayni devon bilan tanishish sharafiga muyassar bo‘ldik. Bu Navoiy ixlosmandlarining eng dastlabki to‘plami – “Terma devon”dir. Uni “Navoiyning 1501-yilgi “Terma devoni” nomi ostida navoiyshunoslikka olib kirish lozim deb hisoblaymiz.
Alisher Navoiy devonlari qo‘lyozmalari O‘zbekiston va jahonning turli davlatlari kutubxonalarida saqlanmoqda. Keyingi yillarda xorijdagi qo‘lyozma fondlarida saqlanuvchi devonlarining yangi qo‘lyozma nusxalari aniqlanib, ilmiy muomalaga olib kirilayotir.
Aftondil ERKINOV,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori
Manba: “Jadid” gazetasi
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2944
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#XALQARO HAMKORLIK
Alisher Navoiyning Eronda saqlanayotgan qo‘lyozmalari tadqiq etilmoqda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov Eron Islom Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan ilmiy safar doirasida ishtirokchilar Alloma Tabotaboiy universitetida boʻldilar. U yerda universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Shundan so‘ng Eron milliy kutubxonasida Alisher Navoiy qo‘lyozmalari bilan tanishdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2933
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#XALQARO HAMKORLIK
Akademiyaning xalqaro aloqalari yanada rivojlanmoqda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasidа Turkiyaning Yaqin Sharq universiteti Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha koordinatori va Rumiy tadqiqot markazi rahbari, professor Gʻadir Golkarian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Zokirjon Roʻziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev va “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchisi Nargiza Shoaliyeva ishtirok etdilar.
Muloqotda prorektor Zohidjon Islomov Akademiyaning ilmiy faoliyati, maqsad va vazifalari, hamkor xorijiy taʼlim muassasalar hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2943
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Akademiya rektori talabalar turar joyidagi yoshlar holidan xabar oldi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G'afurov talabalar sharoitini oʻrganish maqsadida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Akademiya rektori talabalar turar joyida o‘g‘il-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yoshlarning boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganlarini koʻzdan kechirdi.
Bugungi kunda Akademiya talabalar turar joyida 247 nafar talaba istiqomat qilmoqda. Muassasada barcha sharoitlarga ega yotoqxona, dars tayyorlash xonasi, “Maʼnaviyat xonasi”, oshxona, kir yuvish xonalari mavjud. Ular zarur buyumlar bilan taʼminlangan.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2938
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Imom-xatiblar uchun davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Namangan viloyati mintaqaviy filiali professor-o‘qituvchilari hamda imom-xatib va noib-tinglovchilari uchun “Globallashuv jarayonida islomning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Namangan viloyat hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Xatamov ma’ruza qildi.
Mazkur tadbirda tinglovchilarga dunyoda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va uning atrofida bildirilayotgan munosabatlar haqida tushunchalar berildi. Diniy soha xodimlarining jamiyatdagi ijtimoiy hayotidagi masalalarni hal etishdagi roli va mas’uliyati haqida alohida ta’kidlandi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2942
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Buyuklar yashaydi qalblarda mangu
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#XALQARO HAMKORLIK
Akademiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasiga Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobuljon Sobirov tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Akademiya rektori Uyg‘un Gʻafurov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Bahodir Xoʻjayev ishtirok etdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2936
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Davlat dasturida koʻzda tutilgan maqsadlar jamoatchilik eʼtiborida
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN
Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot
Zahiriddin Muhammad Bobur – betakror shoir, zakovatli olim, yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda. Asrlar osha dunyoni hayratga solib kelayotgan alloma ana shunday yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan.
Ayni paytda yurtimizda o‘rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk namoyandasi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.
Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2939
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#BUNI YODDA TUTING!
Internetdagi firibgarlardan ogoh boʻling!
🔰Muhim qoidalar!
🔷Birinchi qoida – Parol va kodlaringizni hech kimga aytmang. Bank xodimi hech qachon kartaga bog‘liq maʼlumotlarni so‘ramaydi.
🔷Ikkinchi qoida – Bank kartangizga SMS-xabarnomasini ulang.
🔷Uchinchi qoida – Antiviruslardan foydalaning.
🔷Toʻrtinchi qoida – Maʼlumotni qayta tekshiring.
🔷Beshinchi qoida – Xavfsiz veb-saytlarni tanlang.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Malakaviy hamda pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun bir oy davomida malakaviy hamda pedagogik amaliyotlari bo‘lib o‘tdi. Amaliyot jarayonini talabalar respublikamizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tab, o‘z bilim, amaliy ko‘nikma va mahoratlarini oshirdilar.
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalarining malakaviy hamda pedagogik amaliyoti yakunlariga bag‘ishlangan sarhisob tadbiri o‘tkazildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2950
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#DAVRA SUHBATI
Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Bugungi kunda global axborot maydonida kiber makon bilan bogʻliq yangidan-yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Virtual olamdagi hujumlardan himoyalanish masalasi dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Shu bois, kiberjinoyatlar, firibgarlarning tuzog‘iga tushishdan aholi, ayniqda, yoshlarni himoya qilish, talabalarda sog‘lom immunitetni shakllantirish zarur.
Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ehtiyot bo‘ling, internetda firibgarlar!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2948
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Akademiya Talabalar teatr studiyasi tomonidan “Bobur” spektakli namoyish etildi
Oriental universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar“ asari asosida tayyorlangan “Bobur” nomli spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur spektakl O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar teatr studiyasi hamda Oriental universiteti Talabalar teatr studiyasi hamkorligida tomoshabinlarga havola etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2946
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#XALQARO HAMKORLIK
Akademiya vakili xalqaro dasturda qatnashmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Chet tillari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilbar Hasanova Hindistonning Uttar Pradeshi shtatida joylashgan Akademik kompyuterlashtirishni rivojlantirish markazi (Centre for Development of Academic Computing (CDAC)da tashkil etilgan “Sun’iy intellekt bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dastur” doirasida stajirovka o‘tamoqda.
Ma’lumot uchun aytish joizki, Akademiya o‘qituvchisi 1964-yil 15-sentabrda ta’sis etilgan Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (Indian technical and economic cooperation (ITEC)ning g‘olibi sifatida mazkur dasturda ishtirok etmoqda.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2934
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jadid” gazetasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Manba: “Jadid” media
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Xorijdagi baʼzi qoʻshtirnoq ichidagi daʼvatchilarning asl maqsadi nima?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 10 ta fakt
Manba: Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN
“Yaxshi kishi koʻrmagay yomonliq hargiz…”
Turfa madaniyat va din vakillari oʻrtasida oʻzaro totuvlik hamda bagʻrikenglik muhitini taʼminlab, Hindiston yarimorolida oʻz davrining eng buyuk markazlashgan davlatlaridan biriga asos solgan Boburiylar sulolasi jahon tarixida oʻchmas iz qoldirgan.
Bugungi kunda ushbu sulola haqida soʻz ketganda, hindlar boburiylarni ona yurtini bosib olgan bosqinchi emas, balki ichki kurashlar botqogʻiga botib, mayda davlatlarga boʻlinib ketgan, milliy va diniy asosdagi nizolar avj olgan mamlakatni birlashtirib, hind xalqining qudrati va madaniyatini yuksaltirgan sulola sifatida eslaydilar.
Aziz Tajiyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari
Manba: “Hurriyat” gazetasi
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2940
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#KO‘RGAZMA
Kitob – ilm va hikmat manbai
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davlat va madaniyat arbobi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Kitoblar ko‘rgazmasi” o‘tkazildi.
Mazkur ko‘rgazma talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2941
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN
“Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Akademiya talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar“ asari asosida “Zahiriddin Muhammad Bobur” spektakli namoyish etildi.
Bobur Mirzo O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ham edi. Spektaklda Bobur Mirzoning ana shu jihatlariga alohida o‘rin berilgan.
Spektaklda hazratning bolalik chog‘ida taxtga o‘tirishi, davlat boshqaruvi, jang-u jadallari, iztirobli onlari, Vatan sog‘inchi kabi damlari aks etgan.
Asar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot
⚡️Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Buyuk shoir va olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur nomi mangu barhayot” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
🔷Mazkur tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi hamda “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICА” kafedrasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
🔰Rasmiy chiqishlardan so‘ng Akademiya talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar“ asari asosida spektakl namoyish etiladi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram