#YANGILIKLAR
Akademiya mas’ullari tomonidan talabalarning malakaviy amaliyoti o‘rganildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov hamda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova talabalarning malakaviy amaliyot joyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs (rus, o‘zbek va kechki) va 3-kurs talabalarining malakaviy amaliyoti o‘rganildi.
O‘rganish davomida har bir amaliyot maskanlarida malakaviy amaliyot to‘g‘ri tashkil etilgani, talabalar davomati qoniqarli ekani, amaliyot joylaridan talabalarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2937
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Laziza Alidjanova boshchiligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun ma’ruza mashg‘uloti doirasida Arman apostollik cherkovida sayyor dars tashkil etildi.
“O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” fani “Arman apostol cherkovi faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda konfessiya rahbari Avanes Grigoryan tomonidan cherkov tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2921
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN
Kim ko‘ribdur, ey ko‘ngil, ahli jahondin yaxshilig‘…
O‘zbek mumtoz adabiyotida hazrat Alisher Navoiydan keyin ulkan davlat arbobi hamda lirik shoir, qomusiy alloma sifatida Zahiriddin Muhammad Bobur siymosi turadi.
Undan bizga o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy, jug‘rofiy-madaniy, maishiy turmush tarzidan voqif qiluvchi “Boburnoma”, “Mubayyin” va boshqa bir qancha yetuk g‘azal va ruboiylar meros bo‘lib qoldi.
Ne’matullo Muhamedov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2927
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida o‘tkazilgan “Jadid” gazetasining taqdimot marosimidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Olima ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusidagi davra suhbatidan lavha
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Ona tilini, xususan, oʻzbek tilini puxta oʻrganish, shu tilda bemalol muloqot qila olish bizga nima beradi?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
https://uza.uz/uz/posts/talim-fan-ishlab-chiqarish-zanzhiri-kadrlar-tayyorlashda-muhim-mezon_567074
Читать полностью…#DAVRA SUHBATI
Akademiyada davlat dasturi loyihasi boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida loyihaning mohiyati, maqsadi va vazifalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2923
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#DAVRA SUHBATI
Olima ayol – jamiyat koʻzgusi
BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015-yil dekabrdagi 70-sessiyasida qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq, 11-fevral – “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni”, deb eʼlon qilingan.
Har yili mazkur sana munosabati bilan ayollar va qizlarning ilm-fan bilan toʻlaqonli foydalanishiga teng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida turli tadbirlar, maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkaziladi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Olima ayol – jamiyat koʻzgusi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2919
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Nega ilm tahsili haqida soʻz ketganda odob-axloq birga zikr qilinadi?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#AMALIYOT
Nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar yanada mustahkamlanmoqda
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida amaliy mashg‘ulotimiz haqidagi taassurotlarimizni sizlar bilan boʻlishish niyatidamiz!
Qoʻlyozma va toshbosma asarlarni oʻqishga koʻzlarimiz ko‘nika boshlagach, bu ajoyib va sirli maskanning turli boʻlimlarida ish jarayonlarini oʻrganishga shoʻngʻib ketdik. “Qoʻlyozmalar fondi”, “Restavratsiya”, “Skanerlash”, “Kataloglashtirish” kabi boʻlimlarda navbat bilan amaliy tajriba oshiryapmiz. Ayniqsa, fondda mutaxassislar nazoratida qoʻlimizga ilk bor oʻrta asr qoʻlyozmasini tutgan holda, dastlabki amaliyotlarni bajarish oʻziga xos masʼuliyat, hayajon va faxr tuygʻusini taqdim etdi.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” yoʻnalishi 2-bosqich talabalari
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2904
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#14-FEVRAL – ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUD TOPGAN KUN
Vatan ishqini qalbiga jo etgan Bobur
Oʻzbek mumtoz ijodkorlar merosini tahlil qilar ekanmiz, ular asarlarida oʻziga xoslikni, ruhiy olamida betakrorlik, badiiy ifodada jozibadorlikni oʻy-kechinmalar uygʻunligida badiiy mushohada asosida adabiyotga olib kirganining guvohi boʻlamiz.
Xususan, Mahmud Qoshgʻariy turkiy tilning lugʻat boyligini badiiy-ifodaviy uslubda yoritsa, Yusuf Xos Hojib axloqiy qarashlarini falsafiy mushohada asosida, Alisher Navoiy insoniy tuygʻularning yuksaklikka qadalgan qirralarini “komil inson” siymosi orqali, Zahiriddin Muhammad Bobur esa insoniy dardni Vatan ishqi, yurt vasfi vobastaligida bera olgan.
Lola Azimova,
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi katta oʻqituvchisi, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2935
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Xorijda ilm oluvchi yoki ishlovchi kishilarimiz oʻzligini, xususan, milliyligini saqlash uchun nimalarga eʼtibor berishi zarur?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida davra suhbati oʻtkazildi
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Turizm – fan – ta‘lim: hamkorlik va rejalar
Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni. So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning “o‘sish nuqtalaridan” biriga aylandi. U turizmga aloqador boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun drayver bo‘lib, yuqori multiplikativ ta’siri bilan daromadlarning ortishiga xizmat qiladi. Turizm O‘zbekiston sharoitida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash ham muhim omil hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib, mazkur kelishuv doirasida loyihalarning borishi va istiqboldagi rejalar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2932
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida muntazam tarzda Akademiya rahbariyati va yoshlar o‘rtasida muloqotlar o‘tkazib kelinadi. Ana shunday muloqotlardan biri Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Donoxon Qalandarova, Iqtidorlar talabalar bilan ishlash sektori xodimi Xusniddin Xolmatov qatnashdilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2926
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#TAQDIMOT
“Tilda, fikrda, ishda birlik!” yoxud Akademiyada “Jadid” gazetasining taqdimoti o‘tkazildi
Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan jadid ma’rifatparvar bobolarimizning Vatan taraqqiyoti, millat ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yanada keng tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ham jadid bobolarimizning sharafli xizmatlari e’tirof etilib, milliy taraqqiyotni har tomonlama jadallashtirish maqsadida “Jadid” gazetasini ta’sis etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan edilar.
Shundan so‘ng Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yildan “Jadid” gazetasi chop etilishni boshladi.
Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida mazkur nashrning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2925
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rektori tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Jahon va Oʻzbekiston: siyosiy tahlil” maxsus kursi doirasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Katta Yaqin Sharq” loyihasi: konsepsiya, ijro, oqibatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
TA’ZIYA
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirovning padari buzrukvori Abduvohid ota Mubarakovning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qiladi.
Alloh marhumni o‘z rahmatiga olib, ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
#YANGILIKLAR
Jahon va Oʻzbekiston: siyosiy tahlil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jahon va Oʻzbekiston: siyosiy tahlil” maxsus kursi doirasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Katta Yaqin Sharq” loyihasi: konsepsiya, ijro, oqibatlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur maxsus kurs Akademiya rektori tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tadbir yakunlangan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti bilan tanishtirishdan boshlandi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2924
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#FOTOREPORTAJ
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Olima ayol – jamiyat koʻzgusi” mavzusidagi davra suhbatidan lavhalar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
“Jaholatga qarshi maʼrifat” tadbirlari davom etmoqda
Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhi Buxoro viloyati Buxoro shahrida targʻibot tadbiri oʻtkazdi.
Uchrashuvda “Buyuk allomalarimiz ilmiy merosida yuksak insonparvarlik gʻoyalari tarannumi”, “Yoshlarimizni yot oqimlarning buzgʻunchi gʻoyalaridan himoya qilish” va “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzularida maʼruzalar tinglandi.
“Jaholatga qarshi maʼrifat – asosiy maqsadimiz” nomli film namoyish etildi.
Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan nashr etilgan 50 nomdagi yangi kitob va risolalar taqdimoti oʻtkazildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2920
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Ta’limda uzviylikni ta’minlash bugungi kun talabi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov hamda sohaga mas’ul rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar Akademik litseyga tashrif buyurishdi.
Ular litseyda o‘quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va joriy ta’mirlashdan keyingi holat bilan tanishdi.
Uyg‘un G‘afurov ta’lim muassasasida amalga oshirilgan faoliyat va yaratilgan imkoniyat yuzasidan fikr bildirib, Akademik litsey ijrochi direktori va direktor o‘rinbosarlariga kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchi yoshlarni to‘liq oliy ta’lim muassasalariga kirishlarini ta’minlash, zarur hollarda akademiya professor-o‘qituvchilari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2917
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram