#VIDEOLAR
🎞Xorijda ilm oluvchi yoki ishlovchi kishilarimiz oʻzligini, xususan, milliyligini saqlash uchun nimalarga eʼtibor berishi zarur?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Yangi kitob va risolalar taqdimoti
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN
🎞Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlov
📜Ko‘rganimdur subhning pirohanidin chokrok,
Kirpikim shabnam to‘kulgan sabzadin namnokrok.
Bu ko‘ngul g‘amnokidin to shodmon ko‘rdum seni,
Istaram har damki, bo‘lg‘ay xotirim g‘amnoknok.
Layli andin qo‘ydi Majnun ko‘nglida raxti g‘anim,
Kim, yo‘q erdi manzil ul vodiyda andin pokrok.
O‘yla mujgon xanjarig‘a yopishibdur durri ashk,
Kim, magar andin yatime yo‘qturur bebokrok.
Lablaringdin jon olurda barcha el quldur sanga,
Jon berurda bir qulung yo‘q bandadin cholokrok.
Odamiyliq tufrog‘in bersa fano yeliga charx,
Ohkim, yo‘qtur kishi ahli vafodin xokrok.
Necha o‘qlasang Navoiy ko‘ngli zaxminroq bo‘lur,
Ko‘rmaduk zaxmeki tikkan soyi bo‘lg‘ay chokrok.
Alisher Navoiy
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN
Talabalar uchun Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etildi
9-fevral – buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tyutori Maqsud Palvanov tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida “Axborot xavfsizligini boshqarish” yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda talabalar buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning ijodi, avlodlarga qoldirgan boy adabiy merosi va hayot yoʻli, muzeydagi nodir eksponatlar haqida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2888
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан ўтган видеоселектор йиғилишида белгиланган асосий вазифалар.
Батафсил — юқоридаги #инфографикада.
Facebook|Instagram|X
#YANGILIKLAR
Jaholatga qarshi maʼrifat
Ayni kunlarda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimlaridan iborat targʻibot guruhlari tomonidan Andijon, Namangan va Fargʻona shaharlarida “Jaholatga qarshi maʼrifat” ezgu gʻoyasi ostida qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Tadbirlarda maʼruzachilar tomonidan tinglovchilarga yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, islomning tinchlikparvarlikka asoslangan maʼrifiy din ekaniga oid ilmiy asoslangan maʼlumotlar taqdim qilinmoqda.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2887
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞G‘uluvga ketgan ayrim kishilar haqida
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
Ўтган йили Давлат тест маркази Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги сифатида қайта ташкил этилди. Лекин, агентлик ҳалигача абитуриентларни имтиҳон қилиш билан чекланмоқда.
Шу боис, профессионал ва олий таълимда касбий кўникмаларни белгилаш ва уларни баҳолаш бўйича янги тизим жорий қилинади.
Умуман, иш берувчиларда катта эҳтиёж, талабаларда салоҳият ва хоҳиш бор. Шунинг учун коллеж-техникумлар ва олийгоҳларни иш берувчилар билан узвий боғлайдиган тизим яратилади.
Эндиликда Лойиҳа офиси раҳбари бир вақтнинг ўзида Касбий билим ва малакаларни ривожлантириш республика кенгашига раҳбар бўлади. Бандлик вазирлиги тизимидаги Меҳнат тадқиқотлари институти ҳам Лойиҳа офисига бириктирилади.
Улар Олий таълим вазирлиги билан биргаликда 2024 йилда ўзимизда замонавий конструктор, технолог, архитектор, муҳандис, энергетик каби эҳтиёж юқори касблар бўйича мутахассислар тайёрлайдиган муҳит олиб киришга масъул бўлади.
Facebook|Instagram|X
Йиғилишда профессионал ва олий таълимдаги масалалар ҳам муҳокама қилинди.
Ўтган йилги 380 минг мактаб битирувчисидан 180 минги таълимни коллеж, техникум ёки олийгоҳда давом эттирмоқда. Қолган 200 минг нафари меҳнат бозорига кириб келмоқда.
Дуал таълим билан 234 та профтаълим муассасасида барча ўқувчилар ҳам қамраб олинмаган. Вазирликлар ўзларига тегишли коллеж ва техникумларда ўрта бўғин кадрларини тайёрлаш тизимли ишга қўйилиши, улардаги қувватлар 100 фоизга ишлатилиши керак.
Қурилиш вазирлигида 13 та, Сув хўжалиги вазирлигида 9 та, Ветеринария қўмитасидаги 5 та коллеж ва техникумда малакали амалиётчи усталарни кўпайтириш, иш берувчилар билан ҳамкорликни йўлга қўйиш зарур.
Facebook|Instagram|X
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сферах образования, здравоохранения, цифровизации, культуры и спорта на 2024 год.
Facebook|Instagram|X
#YANGILIKLAR
Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1-2-kurs talabalari uchun 2023/2024-o‘quv yilining kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova Akademiyaning ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, ustozlarga bo‘lgan hurmat masalalarida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2885
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#TAQDIRLASH
🔷O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan ma’ruzachilarga sertifikatlar topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#YANGILIKLAR
Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Yurtimizda ilk marotaba oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy seminarning maqsadi – insoniy birodarlik va bagʻrikenglikni mustahkamlash, oʻzaro hurmat va diniy eʼtiqodlar xilma-xilligini tushunish dunyo xalqlari oʻrtasida tinchlik va hamjihatlikni taʼminlashda muhim omil ekanini yana bir bor isbotlashdan iborat bo‘ldi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Rim Papasining Apostol Regina universiteti hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi hamkorligida onlayn va oflayn formatda tashkil etildi.
Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/2883
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#E’LON
📅Joriy yilning 7-fevral chorshanba kuni soat 10:00 da O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.
🔷Tadbir Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan o‘tkaziladi.
🔰Marosim Akademiyaning Ubaydulla Uvatov nomidagi katta majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
🔷Mazkur tadbirga Akademiyaning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini taklif etib qolamiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#9-FEVRAL – ALISHER NAVOIY TAVALLUD TOPGAN KUN
🎞Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlov
📜Do‘stlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz,
Mehri gardun bo‘lsalar ko‘z nuridin yoritmangiz.
Gar shah o‘lsin, gar gadokim, solmangiz yuziga ko‘z,
Yodini balkim ko‘ngulga har taraf yovutmangiz.
Zulm ila yuz chok qilg‘an tang‘a gar malham yoqib,
Butkarurbiz, desalar, ul zaxmlarni butmangiz.
El jafosining maloli qilsa har dam qilsa qasdi jon,
Ko‘nglingizni g‘ayri bekaslik bila ovutmangiz.
O‘ksudi el mayli mendin, bir yo‘li, ey dard-u g‘am,
Gah-gahe siz bore boshimdin qadam o‘ksutmangiz.
Hajr o‘tin jonimg‘a yoqtim ko‘rsangiz usruk meni,
Endi, ey pand ahli, do‘zax o‘tidin qo‘rqutmangiz.
Chun Navoiy dasht tutti emdi zinhor, ey vuhush,
Kim, bashar jinsini ul majnun sari yovutmangiz.
Alisher Navoiy
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#Huquqiy_savodxonlik
📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 28-moddasi
🔰Reyestrga diniy tashkilotni tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritish
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
TA’ZIYA
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi oʻqituvchisi Aziz Hakimovning padari buzrukvori Asral ota Hakimovning vafoti munosabati bilan ta’ziya izhor qiladi.
Janoza bugun asr namozi vaqtida Toshkent shahri Olmazor tumani “G‘oyib ota” qabristoni masjidida (“Jomiy” bozori yonida) oʻqiladi.
Alloh marhumni o‘z rahmatiga olib, ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!
Manzil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi
Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлигига 116 та олийгоҳни ўрганиб, уларни йириклаштириш дастурини ишлаб чиқиш, уларга “миллий”, “давлат” университети, академия ёки институт мақомини беришнинг аниқ мезонларини белгилаш топширилди.
“Эл-юрт умиди” жамғармаси Президент Администрацияси ҳузурига ўтказилиши ва хорижда ўқитиш бўйича янги тизим жорий этилиши белгиланди.
Энди жамғарма ҳисобидан ёшларни чет элга ўқишга юборишда малакали ва сифатли инженер ҳамда технологлар тайёрлашга устуворлик берилади.
Facebook|Instagram|X
Шу каби камчиликлар олий таълимда ҳам мавжуд. Масалан, бакалавриатда ўнлаб йўналишлар меҳнат бозори талабларига жавоб бермайди.
Кўп олийгоҳлар кредит-модулга ўтди, лекин талабанинг қобилиятини юзага чиқарадиган тизим яратиш зарур.
Жорий йилда 122 та янги йирик лойиҳалар бошланади. Бу – яқин йилларда мураккаб технологияда ишлай оладиган 10 минг муҳандис ва технологлар керак, дегани.
Лекин, олийгоҳларда бундай мутахассисларни тайёрлаш 20 фоиздан ошмаяпти.
Бу борада “Эл-юрт умиди” жамғармаси фаолиятини ҳам фаоллаштириш лозим. Хорижга кетган талабаларнинг бор-йўғи 9 фоизи муҳандислик ёки технологиялар йўналишида экани қайд этилди.
Facebook|Instagram|X
Давлатимиз раҳбари Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги фаолиятига ҳам эътироз билдирди.
Профессионал таълим учун масъул идоралар кўпайиб кетгани учун тизим ривожланмаяпти. Иш берувчилар ва техникумлар ўртасида ҳамкорликни йўлга қўйиш зарур.
Олий таълимда қамров кескин ошди, соҳага хусусий сектор кириб келди. Лекин сифатга етарли эътибор қаратилмаяпти.
Масалан, талабаларнинг мустақил ишлаши учун муҳит барча олийгоҳларда ҳам бирдек намунали ташкил этилмаган. Аксарият коллеж ва техникумлар ҳам, олийгоҳлар ҳам иш берувчилар талаби билан ҳисоблашмайди. Айримларида дарслик ва адабиётлар етишмайди, бори ҳам бугунги талабларга жавоб бермайди.
Илм-фан ва инновацияларга етти йилда 6 триллион сўмдан зиёд маблағ ажратилди. Лекин илм-фанда “харажат – тадқиқот – маҳсулот” деган формула ишламаётгани қайд этилди.
Умуман, айрим ректорларда ташаббус, интилиш, фидойилик етишмаётгани кўрсатиб ўтилди. Шу боис, олий таълим, фан ва инновациялар бўйича янги вазир тайинланиб, унинг олдига профессионал ва олий таълимда кескин ўзгариш қилиш вазифаси қўйилди.
Facebook|Instagram|X
#Huquqiy_savodxonlik
📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 27-moddasi
🔰Diniy tashkilotni tugatish tartibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Radikalizm nima?
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#XALQARO SEMINAR
🔷Seminar davomida so‘zga chiqqan ishtirokchilar tomonidan turli mavzularda ma’ruzalar tinglandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Maʼrifatparvarlar klubi” tomonidan o‘tkazilgan “Oʻzbek milliy davlatchiligi shakllanishining tarixiy asoslari” mavzusidagi davra suhbati
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram