iiau_official | Неотсортированное

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Подписаться на канал

International Islamic Academy of Uzbekistan

#ZIYORAT_TURIZM #IIAU_TURIZM

✅Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan turizm sohasida 2024-yil oktabr oyida amalga oshirilgan faoliyat:

📈
Akademiya rektori “Ipak yoʻli: turizm prizmasi orqali hamkorlik” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida nutq so‘zladi

✍️
Akademiya va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida memorandum imzolandi

✔️
Akademiyada “Ipak yoʻli yo‘nalishlaridagi siyosiy-iqtisodiy va tarixiy jarayonlar dinamikasi: ilk davlatlardan buyuk imperiyalar-gacha” mavzusidagi konferensiya o‘tkazildi 

🖥
O‘zbekistonning turkiy mamlakatlar bilan madaniy-iqtisodiy aloqalarida ta’lim turizmining o‘rni” — Kamoliddin JAHONGIROV, o‘qituvchi

🖥
Turkiy dunyo zamonaviy muammolari va istiqbollari konteksti-da Ozarbayjonning turizm salohiyati tahlili” — Muslima SOXIBOVA, o‘qituvchi

🖥
O‘zbekistonda turizmni raqamlashtirish: muammo va istiqbollar” — Shahlo MASQUDOVA, Turizm (ziyorat turizmi) 3-kurs talabasi

📍
Shayxontohur tumani hokimi Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi

💼
Akademiya vakillari Istanbul universitetida stajirovka o‘tadilar

📈
Akademiya vakillari Istanbul universitetida ma’ruza o‘qidi” 

🗺
Akademiya talabalari uchun Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

🗺
Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida akademiya mehmonlariga ekskursiya tashkil etildi

📈
AQSHning Janubiy Florida universiteti vakili bilan turizm sohasi-dagi hamkorlik aloqalari muhokama etildi

📈
Turkiyaning Alaniya Aladdin Keykubat universiteti professori Kemal Kantarji Akademiya talabalariga  “Meros turizmi” mavzusida ma’ruza qildi

🔈
Akademiyaning “Turizm va mehmondo‘stlik” ta'lim yo‘nalishi birinchi bosqich talabalari uchun dual ta’lim doirasida o‘quv amaliyoti tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Mulohaza

Ijtimoiy tarmoqlardagi yolgʻon axborot

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda global axborot almashishning asosiy vositalaridan biriga aylandi. Mazkur platformalar insonlar oʻrtasidagi muloqot, yangiliklar olish va bilim almashishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yolgʻon axborot (feyk yangiliklar) ham jiddiy muammo sifatida yuzaga chiqdi. Yolgʻon axborot odamlarga salbiy taʼsir koʻrsatib, jamoatchilik fikrini notoʻgʻri shakllantirishi, siyosiy va iqtisodiy beqarorlikka sabab boʻlishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlarda yolgʻon axborotning taʼsiri keng koʻlamli boʻlib, u insonlarning kundalik hayotiga, siyosiy qarorlariga va ijtimoiy munosabatlariga taʼsir qilishi mumkin.

Zuhra Aripova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori


Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3508

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar

🎞Ulamolar e‘tirofi

🎙Ne’matullo Muhamedov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, tarix fanlari doktori

Manba

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 6-moddasi

🔰Fuqarolarning dinga munosabatidan qatʼiy nazar teng huquqliligi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Shahmatda o‘yin tugagandan keyin shoh ham, piyoda ham bir qutiga solinadi.

✍️Anis Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Hech bir yosh e’tibordan chetda emas

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-son Farmoni 1-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-martdagi 30/1-2003- sonli topshiriq xatiga asosan “Yoshlar balansi” asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga “og‘ir” toifadagi, shuningdek, iste’dodli va iqtidorli yoshlarni biriktirish belgilangan.

Shunga muvofiq, joriy yil O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “G‘alaba”, “Chilto‘g‘on”, “Istiqbol”, “Chinobod” hamda “Chig‘atoy darvoza” mahallalaridan davlat ko‘magiga muhtoj "og‘ir" toifadagi 19 nafar yosh biriktirilgan.

Akademiya rahbariyati tomonidan “og‘ir” toifadagi yoshlarning muammolarini bevosita mahallalarning o‘zida hal etishga har tomonlama ko‘maklashilmoqda, xonadonlarda bo‘lib, yoshlarning ijtimoiy, ruhiy holatlari o‘rganilmoqda, probatsiya guruhi nazoratida turadigan yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlar olib borilmoqda.

Shu maqsadda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov Ismatbek Farmonovning xonadonida bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida Akademiya mas’ullari Ismatbek Farmonov bilan samimiy muloqot olib borishdi. O‘z navbatida Ismatbek Farmonov ham e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Akademiya rahbariyati va jamoasiga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Yurtimiz ilm-fanida og‘ir judolik

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti “Fan va madaniyat tarixi” bo‘limi boshlig‘i, taniqli sharqshunos olim Ashraf Ahmedovning vafoti munosabati bilan oila a’zolari va yaqin insonlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ustoz yurtimiz ilm-fan rivojiga qo’shgan hissa qo‘shdi. Ko‘plab shogirdlarni kamolga yetkazdi. Ezgu ishlari shogirdlari, yaqinlari qalbida mangu yashaydi.

Alloh marhumni o‘z rahmatiga olib, ortida qolgan yaqinlariga go‘zal sabr bersin!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг октябрь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning
5-moddasi


🔰Vijdon erkinligini taʼminlashning asosiy ustuvorliklari nimalardan iborat?

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi.

✍️Charli Chaplin

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademik litsey va Akademiya: bir tizim, ikki bosqich

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litseyda ta’lim faoliyatining tashkil etilishi, boshqarish tizimining samaradorligi, yaratilgan sharoitlar, qo‘llanilayotgan ta’lim-tarbiya usullarining ta’sirchanligini muntazam ravishda o‘rganib borish va baho berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugun Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov mazkur muassasada bo‘ldi.

Akademiya rektori Xodimlar bo‘limi, psixolog, buxgalteriya, kasaba uyushmasi, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va boshqa mas’ullar bilan suhbatlashib, ta’lim muassasasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Litseyga ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida Akademiyaning tegishli kafedralari bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifalari belgilandi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3502

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев Навоий вилояти Навбаҳор туманидаги политехникумда бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил политехникум в Навбахорском районе Навоийской области.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #texnikum

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Навоий давлат университетини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

Батафсил: https://uza.uz/posts/652398

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент "Янги Навоий" шаҳарчасининг қурилиш майдонида бўлиб, нуроний ва зиёлилар билан мулоқот қилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi.

✍️Jak Iv Kusto

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Dayjest

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurovning oktabr oyida ishtirok etgan tadbir va voqealar

O'zXIA rektorining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

💻Instagram |📝Facebook |📝Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Farzandlar tarbiyasiga har birimiz mas’ulmiz

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Aholi orasida noqonuniy diniy faoliyatga doir huquqbuzarlik holatlari: sabablar va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur dars Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir avvalida “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Muxtor Nazirov tomonidan hafta davomidagi xalqaro va milliy siyosiy makondagi voqealar dayjesti haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Terrorizmga qarshi kurashish xizmat mas’ul xodimi Farrux Elmirzayev mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3507

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Islomda kalom ilmi bilan shug‘ullanishdan qaytarilganmi?

🔰Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta dotsenti


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalarni sog‘lom fikrli ulamolardan qanday ajratish mumkin?

🔰Shukrullo Jo‘rayev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#ogohlik

Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.


Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.

Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Radiodastur
#Imom Buxoriy oʻgitlari

📻Vatanni sevmoq imondandir

🔷Manba: O‘zbekiston 24 radiosi

🎙Saidafzal Saidjalolov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Talabalarning o‘quv amaliyoti mehmonxonada tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining o‘quv jarayoni dual ta’lim o‘quv shakli asosida tashkil etilgan bo‘lib, unga ko‘ra talabalarning amaliy mashg‘ulotlari umumkasbiy fan dasturi asosida ishlab chiqarish korxonalarida olib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bois, talabalarning navbatdagi amaliy mashg‘uloti “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi o‘qituvchi-stajyori B.Murodullayev rahbarligida poytaxtimizdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida tashkil etildi.

Amaliyot davomida talabalar mehmonxonaning tashkil etilishi va uning tashkiliy-boshqaruv strukturasi, xonalar sig‘imi, mehmonxonada mavjud bo‘lgan qulayliklar, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi, ularga qo‘yiladigan standartlar, mijozlarga nisbatan professional munosabatlar talablari, xodimlarni boshqarish va xizmatlarni taqdim etish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhabida namozda takbiri tahrimaning hukmi nima

🔰Imomiddin Boboqulov,
Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar va soxta salafiylik tarafdorlarining ba’zilari “Alloh taolo osmonda” deb e’tiqod qiladi. Bunga hanafiylik mazhabi ulamolarining qarashi qanday?

🔰Oybek Sotvoldiyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

O‘quvchilar bilimi – ta’lim sifatining muhim ko‘rsatkichi

Akademiya rektori akademik litseyga tashrifi davomida auditoriyalarda o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan muloqot qildi.

Akademiya rektori litseyda “Arab tili”, “Ingliz tili”, “Matematika”, “Rus tili”, “O‘zbekiston tarixi” va “Informatika” dars mashg‘ulotlarida ta’lim sifati, o‘quvchilarning bilimi va davomat holatini o‘rgandi.

Shuningdek, rektor yoshlarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Akademik litsey o‘quvchilari bilan suhbatlashdi.

O‘quvchilarga respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanish, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, xorijiy til va sohaga oid fanlarni puxta o‘zlashtirish, oliy ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va maqsadli tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3500

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Sayyor_dars

Mustaqil O‘zbekiston: tarix, istiqlol va yangi ufqlar

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov boshchiligidagi “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘ldilar.

Mazkur tashrif “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mavzu mazmunini talabalarga yetkazib berish maqsadida ochiq dars mashg‘uloti tarzida tashkil etildi.

Sayyor darsda talabalarga mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashkil topishining tarixiy ahamiyati majmuadagi fotosuratlar, hujjatlar va smart ekranlardagi videoroliklar orqali tushuntirib berildi. Shuningdek, talabalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga tegishli kolleksiya va turli eksponatlar bilan tanishdilar.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3504

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Давлатимиз раҳбари Навоийдаги мактабда яратилган шароитлар ва ўқув-тарбия жараёни билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_hamkorlik

Akademiya dotsenti xalqaro forumda ma’ruza qildi

Bugun Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida “An’anaviy diniy-axloqiy qadriyatlar – Rossiya musulmonlarining fuqarolik o’zligi asosi sifatida” mavzusida Rossiya islom diniy ta’lim muassasalari o’qituvchilarining XIII an’anaviy forumi bo’lib o’tdi.

Tadbirni Rossiya islom instituti rektori Rafik Muhametshin ochib berdi. O’z navbatida forumda Misr Arab Respublikasi, BAA va Qozog’iston Respublikasidan taklif etilgan mutaxassislar davlatlari misolida fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasidagi tajribalarini bilan bo’lishdilar.

Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o’rganish UNESCO” kafedrasi mudiri, dotsent Odiljon Ernazarov ham “Globallashuv sharoitida musulmon jamiyatlari xususiyatlari: identiklikni saqlash va zamonaviylikka moslashish muammolari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abu Saloh, Ahliddin Navqatiy kabi fitnakor kimsalar va soxta salafiylik tarafdorlarining ba’zilari barcha yangiliklarni bid’at deb hisoblashadi. Bu qarash qanchalik haqiqatga yaqin?

🔰Oybek Sotvoldiyev,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_anjuman
#Murojaat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilarining MUROJAATI

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari,

Sizning “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigingizni biz barchamiz konferensiyamiz uchun oʻziga xos dasturilamal sifatida qabul qildik.

Oʻzbekiston zaminida tavallud topib, oʻzining benazir isteʼdodi, bilim va tafakkuri, ezgu fazilatlari bilan islom olamida shuhrat qozongan buyuk allomalarning boy ilmiy merosini oʻrganish va targʻib etish borasidagi faoliyatimizga alohida eʼtibor qaratib, kamtarona mehnatimizga yuksak baho berganingizdan gʻoyat mamnunmiz va buning uchun Sizga samimiy minnatdorligimizni izhor etamiz.

Manba: “Xalq so‘zi” gazetasi

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3497

Читать полностью…
Подписаться на канал