iiau_official | Неотсортированное

Telegram-канал iiau_official - International Islamic Academy of Uzbekistan

5415

Veb-sayt: https://iiau.uz Facebook: https://www.facebook.com/iiau.fb?locale=ru_RU Instagram: www.instagram.com/iiau_official YouTube: https://www.youtube.com/c/InternationalIslamicAcademyofUzbekistan Matbuot xizmati

Подписаться на канал

International Islamic Academy of Uzbekistan

#1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
#Ustozlar_yodi

🎞Nomingiz dillardan o‘chmaydi mangu

🔰1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taniqli sharqshunos olim, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Ubaydulla Uvatovning xotirasiga bag‘ishlab, “Ziyo” media markazi tomonidan tayyorlangan videorolik e'tiboringizga havola etilmoqda.

🔷Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiya rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar, xodimlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya rahbariyati va professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur tadbir Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining dunyoqarashini yanada kengaytirish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar va yangiliklarga daxldorlik hissini kuchaytirish, mamlakatimizda bo‘layotgan keng ko‘lamli bunyodkorliklar bilan tanishtirish maqsadida siyosiy bilimlarni oshirish darslari doirasida tashkil etildi.

Muloqot avvalida Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov barchani yaqinlashib kelayotgan 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi. Ertamiz egalarini har tomonlama bilimli, teran tafakkurli qilib tarbiyalashda ustoz-murabbiylarning xizmati nihoyatda yuqori ekanini alohida e’tirof etdi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3382

Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Ayrimlar xalqimiz ming yillar davomida robbiul avval oyida o‘tkazib keladigan mavlid marosimini shariatda qaytarilgan bid’at amal deb aytishmoqda. Haqiqatda shundaymi?

🔰Shukurulloh Egamberdiyev,
“Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Oxirgi paytlarda ba’zi toifalar Qur’oni karimda kelgan barcha oyatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishga undab, ularning orasida jihod va urushga doir oyatlarni alohida ta’kid bilan eslab o‘tishmoqda. Aslini olganda, shu kabi qaltis mavzulardagi oyatlarga amal qilishda qanday jihatlarga e’tibor qilinishi lozim? Buning biror-bir o‘lchov-mezoni bormi?

🔰Shayx Ali Qoradog‘iy

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

The Times Kuwait: O‘zbekiston - Markaziy Osiyo durdonasi

“The Times Kuwait” axborot portali O‘zbekistonning boy madaniyati va tarixi timsoli bo‘lgan ajoyib shaharlariga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi.

Batafsil

The Times Kuwait: Uzbekistan - the pearl of Central Asia

The news portal “The Times Kuwait” published an article dedicated to the amazing cities of Uzbekistan.

More

The Times Kuwait: Узбекистан - жемчужина Центральной Азии

Новостной портал “The Times Kuwait” опубликовал статью, посвященную удивительным городам Узбекистана.

Подробно

Facebook | Instagram | X | uzbektourismpress-service6610">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar

Akademiya mas’ullari tomonidan talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganildi

Xabaringiz bor, 2024-2025-o‘quv yilida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi 400 o‘rinli, yetti qavatli talabalar turar joyi talabalar ixtiyoriga topshirildi.

Bugun “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Sayyora Chinniyeva, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva hamda tyutor Nigina Ro‘zimova mazkur TTJda bo‘ldilar.

Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, turar joyning ichki tartib-intizom qoidalariga to‘liq rioya etish holatlari o‘rganildi.

Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalarning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, talaba-qizlarning o‘z iqtidorlari bo‘yicha turli xil to‘garaklarga jalb etishga alohida urg‘u berildi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3380

Sahifalarni kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’LON

Barcha xodim va talabalar diqqatiga!

🇯🇵Yaponiya hukumati o‘zining “Inson resurslarini rivojlantirish uchun stipendiyalar ajratish” (JDS) loyihasi bo‘yicha 2024-yil 4-sentabr kunidan boshlab ushbu mamlakat OTMlarida magistratura bosqichida o‘qish uchun hujjat topshirish jarayoni boshlanganini ma’lum qilamiz.

📌Mazkur loyiha doirasida Yaponiya Hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga magistraturada o‘qish uchun 18 nafar va doktorantura (PhD) uchun 1 nafar o‘ringa ta’lim granti taqdim etiladi.

📆 Muddat: 31-oktabrga qadar.

📞Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.

☎️+998 71 244 95 93

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞Muayyan hududda yashovchi musulmon kishi xohlagan mazhabiga amal qilib ketaversa bo‘ladimi?

🔰Shukurulloh Egamberdiyev,
“Abu Hanifa” masjidi imom-xatibi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 11-moddasi

🔰Ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash

🔷Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Internetdagi ayrim diniy ma’ruzachilar payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) davrlaridan so‘ng ijtimoiy hayotda paydo bo‘lgan barcha yangiliklarni bid’at hisoblashlari qanchalik to‘g‘ri?

🔰Ixtiyor Abdurahmonov,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев қурилиш, таълим, туризм ва саноат соҳаларидаги лойиҳалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов в сферах строительства, образования, туризма и промышленности.

#Mirziyoyev #taqdimot #loyihalar #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 3-moddasi

🔰Asosiy tushunchalar 7-abzats

🔷Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Haqiqat yo‘lida, tabiiyki, g‘azab, xudbinlik, nafrat kabi narsalar g‘oyib bo‘ladi. Aks holda, unga erishishning iloji bo‘lmaydi.

✍️Mahatma Gandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Videolar
#Xalqaro_turizm_kuni

"27-sentabr-Xalqaro turizm kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir tafsilotlari.

O
‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurovning intervyusi.

Manba: "Yangi davr" informatsion dasturi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni
#Davra_suhbati

Ta’lim va tarbiya – millatni buyuk qiladigan kuch

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida “Kelajak yaratuvchilari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar doktori Munira Qahhorova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

Akademiya dotsenti bugungi kunda mamlakatimizda o‘qituvchi maqomini yuksaltirish, ularning mehnatini munosib baholash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Ustoz uchun yosh avlod qalbiga ilm-fan, ma’naviyat ziyosini ulashish, millatni ma’rifatli qilish eng oliy burch ekanini e’tirof etdi. Ta’lim va tarbiyasi yuksak millatgina kelajak bunyodkori sifatida maydonga chiqishni ta’kidladi.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3383

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Davra_suhbati

Talabalar turar joyida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida Akademiya “Odob-axloq kodeksi”ning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori Mirmuxsin Akramov, dotsent Azamat Nazarov, profilaktika inspektori Muhriddin Xikmatov hamda talabalar ishtirok etdi.

Suhbat davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan talabalar yaxshi ta’lim olish bilan cheklanib qolinmay, tarbiyasi, xulqi-odobi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi alohida ta’kidlandi. Akademiyaning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun-qoidalariga rioya qilish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Huquqiy_savodxonlik

🎞
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 12-moddasi

🔰Ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash

🔷Manba: “Ziyo” media markazi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Agar men hayotda qandaydir muhim kashfiyot qilgan bo‘lsam, asosan, sabrim va e’tiborim tufayli qilganman, boshqa qandaydir iste’dodim tufayli emas.

✍️Isaak Nyuton

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Xalqaro_anjuman

✅“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga barchani taklif qilamiz

📅 2024-yil 17-18-oktabr kunlari dunyo ilm-fan namoyandalari ko‘hna Termiz shahrida jam bo‘lishadi.

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” 2024-yil 15-avgustdagi qaroriga ko‘ra, joriy yilning 17-18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz shahrida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. 

🌐Mazkur anjumanda dunyoning 10 ga yaqin, jumladan, Turkiya, Qatar, Pokiston, Hindiston, Qirg‘iziston mamlakatlaridan 30 dan ortiq ulamolar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etadilar.


📍Buyuk muhaddis Imom Termiziyning 1200 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan mazkur nufuzli xalqaro anjumanda barchangizni kutib qolamiz.

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Yangiliklar
#Ekskursiya

Jadid ma’rifatparvarlari – millat oydinlari

Keyingi yillarda taraqqiyparvar ajdodlarimizning ilg‘or g‘oya va qarashlarini tadqiq etish, Turkiston jadidlarining milliy davlatchilik rivojidagi o‘rni va ta’sirini o‘rganish borasidagi islohotlar yangi davrga ko‘tarildi.

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi Tashkent City Mall savdo markazida “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli jadidlarning taʼlim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bagʻishlangan multimedia koʻrgazmasi oʻz ishini boshlagan edi.

Mazkur koʻrgazmada Turkistondan Germaniyaga oʻqishga yuborilgan 73 nafar talaba va ularning mintaqa madaniy-maʼrifiy merosiga qoʻshgan hissasi haqida hikoya qilinadi.

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ustozlari hamrohligida ko‘rgazmaga tashrif buyurdilar. Ekskursiya davomida talabalar mazkur ko‘rgazmaning mazmun-mohiyati, uning bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3381

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹IslomAkademiyasi">YouTube

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#E’LON

Hurmatli O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari!

🔷Sizlarni 2-oktabr kuni soat 14:00 da “Yosh olimlar uchun ilmiy stajirovka grantlari va xalqaro stipendiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-treningga taklif qilamiz.

🔰Taqdimotchi: “Yosh olimlarni ilmiy stajirovkaga yuborish” granti, “ICESCO” stipendiyasi va “Allameh Tabatabai” universiteti yozgi maktab granti g‘olibi, Akademiya tayanch doktoranti Shahzoda Abdurahimova.

🔷Trening Akademiya Axborot-resurs markazi o‘tkaziladi.

🔰Shuningdek, 3-oktabr soat 14:00 da Axborot-resurs markazida Shahzoda Abdurahimova tomonidan “Mnemonika metodlari” mavzusidagi amaliy-trening ham o‘tkaziladi. Akademiya doktoranti amaliy-trening davomida “Mnemonika” kitobining taqdimoti va uni ilmiy faoliyatda qo‘llash borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Malaka_oshirish_o‘quvlari

Ichki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda.

72 soatga mo‘ljallangan o‘quvlarda jami 20 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

Dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan o‘quv reja asosida tashkil etilib, tegishli modullar bo‘yicha sohaning yetuk va malaka mutaxassislari – Akademiya prorektori Zohidjon Islomov hamda dotsent Saidafzal Saidjalolov tomonidan ma’ruzalar olib borilmoqda.

Batafsil: https://iiau.uz/oz/news/3378

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Akademik_saboq

🎞Janubiy Koreya rivojlanishining sabablarini nimalarda ko‘rish mumkin. Ularning turizm modeli bizga to‘g‘ri keladimi? Tabiiy geografik sharoitimiz, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mentalitetimiz, diniy madaniy e’tiqodimizda qanday farqlar mavjud?

🔰Nurislom To‘xliyev,
Iqtisodiyot fanlari doktori, akademik,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori


🔷Manba: “Ziyo” media markazi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#27-sentabr – Butunjahon turizm kuni

Butunjahon turizm kuni Xalqaro turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta’sis etilgan va har yili 27-sentabrda nishonlanadi.

Mazkur sanani ta'sis etish va nishonlashdan maqsad turizmni global miqyosda targ'ib qilish, uning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini dunyo hamjamiyatiga yetkazish, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Turizm sohasida ulkan salohiyatga ega mamlakatimiz o‘zining qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, xushmanzara tabiati bilan sayyohlarni o‘ziga rom etmoqda. O‘zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining “eng tez rivojlanayotgan turizm maskanlari” roʻyxatida yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 8 mingdan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud. UNESCOning Butunjahon madaniy merosi roʻyxatiga 200 dan ziyod moddiy va 6 ta nomoddiy obyektlarimiz kiritilgan. Bunday bebaho meros xalqimizning bitmas-tuganmas boyligi hisoblanadi.

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#Kun_hikmati

🔷Shunday kishilardan qidirgilki do‘st,
Dunyoda abadiy qolsin u durust.

✍️Xusrav Dehlaviy

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Misrdagi shayx Abu Is’hoq qaysi mazhab olimi?

🔰Shayx Muhiddin Mansur

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

#VIDEOLAR

🎞
Internetdagi ayrim diniy ma’ruzachilar qabrlarni, shu jumladan, Muhammad (s.a.v.)ning maqbaralarini ziyorat qilishni niyat qilib safarga chiqishni, marhumlarga Qur’on tilovat, xayr-ehson qilishni joiz emas deb da’vo qilmoqdalar. Bu qanchalik to‘g‘ri?

🔰Ixtiyor Abdurahmonov,
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi


O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Давлатимиз раҳбари Самарқандда хорижий делегациялар ва йирик компаниялар раҳбарлари билан учрашувлар ўтказди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

International Islamic Academy of Uzbekistan

Президент Шавкат Мирзиёев Осиё инфратузилмавий инвестициялар банкининг Самарқанд саммитида иштирок этди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…
Подписаться на канал