⚡️"Bitiruvchi va talaba-yoshlar" festivali doirasida navbatdagi "Media loyihalar" tanloviga Start berildi!
Hurmatli talaba agar Siz - iqtidorli, kreativ fikrlaydigan, zamon bilan hamnafas, yangi g‘oyalarga intiluvchan bo'lsangiz unda ushbu tanlov aynan Siz uchun
🎬Media tanlovning shartlari oddiy poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yaratilayotgan keng qulayliklarni me’yordan va bo‘yoqdorlikdan oshmagan holda avval hech qayerda foydalanilmagan, o‘quvchi yoshlar ishtirokida ijtimoiy videorolik olsangiz kifoya.
Ishtirokchilar tanlov uchun tayyorlagan videoroliklarini @just_diyor telegram orqali yuborishlari lozim.
Tanlov nizomi
Murojaat uchun tel +998935205255
💥Fursatni qo'ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok etishga barcha talabalarni taklif qilamiz!
Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
#Dayjest
Matbuot biz haqimizda…
🔷Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori!” shiori ostida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
🔰Mazkur tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Ishonch” va “Ishonch-Доверие” gazetasida chop etildi.
📰Gazetani yuklab olish uchun
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 15-may 2024-yil, chorshanba.
Bayramlar:
🇺🇳BMT – Xalqaro oila kuni.
Muhim voqealar:
🔷1618-yilda nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini kashf qildi.
🔷1756-yili Angliya Fransiyaga urush e’lon qildi: “Yetti yillik urush” boshlandi.
🔷1935-yilda Moskva metrosining birinchi liniyasi ishga tushdi.
🔷1988-yili sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi boshlandi.
🔷1989-yilda Moskvadagi ta’sis yig‘ilishi Butunjahon atom elektr stantsiyalari operatorlari assotsiatsiyasi (WANO) tashkil etilganini e'lon qildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Binar_dars
Xitoy bilan hamkorlikda talabalar uchun binar dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi hamda Xitoyning Janubiy-Markaziy Minzu universiteti bilan hamkorlikda navbatdagi binar dars tashkil etildi.
Onlayn va oflayn formatda o‘tkazilgan tadbirda Janubiy-Markaziy Minzu universiteti professori Gao Jin “Bir kamar, bir yo‘l: Markaziy Osiyo va global integratsiya” mavzusida talabalarga ma’ruza qildi.
Maʼruza davomida Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro savdoda tutgan oʻrni, globallashuv sharoitida Oʻzbekistonning roli va mamlakatlar oʻrtasida hamkorlikda tashkil etiladigan loyihalar va dasturlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Yakunda talabalar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Musulmonlar bolalarni o‘qishga majburlash va tarbiya uchun urishi mumkin degan gapni qanday tushunish kerak? Ayrimlar ko‘kartirmay ursa bo‘lar ekan deb tushunib, farzandlariga zulm qilib qo‘yyapti-ku.
🔰Nigora Yusupova,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “15-may – Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida “Oila – muqaddas qo‘rg‘on” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Manba: “Ziyo” media markazi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 13-may 2024-yil, dushanba.
Muhim voqealar:
🔷1501-yilda Amerigo Vespuchchi boshchiligidagi ekspeditsiyaning G‘arbga sayohati boshlandi.
🔷1888-yili Braziliyada qullik bekor qilindi.
🔷1927-yilda Kiyevda “Dinamo Kiyev” futbol klubi tuzildi.
🔷1950-yili Angliyada “Formula-1” chempionati bo‘lib o‘tdi.
🔷1993-yilda Toshkentda “Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari” mavzusida birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
🔷1995-yili Chirchiq shahrining 60 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi.
🔷2003-yilda atoqli o‘zbek yozuvchisi G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi keng nishonlandi va Toshkent shahrida shoir haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Karyera_kuni #Job_Fair2024
Oliy ta’lim muassasalarida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlar ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchun muloqot maydoniga aylandi.
📹 Batafsil videolavhalarda
___
В вузах проходят ярмарки труда "День карьеры". Настоящие мероприятия стали площадкой для общения работодателей и студентов.
📹 Подробности в видео
Bizni kuzating
#YANGILIKLAR
Talabalar uchun “101” filmi namoyish etildi
Xabaringiz bor, yakuniga yetayotgan haftada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlarda talabalarga Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirish, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatish kabi tushunchalar haqida so‘z yuritildi.
Shu munosabat bilan bugun Akademiya mas’ullari va talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqanlar bugungi tinch, osuda kunlarni qadriga yetish kerakligi, tinchlik uchun barchamiz javobgar ekanimizni ta’kidladilar.
Shundan so‘ng talabalarga Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “101” filmi namoyish etildi.
Ushbu film Ikkinchi jahon urushi davrida Niderlandiyaning Amersfort lageridagi fashistlar tomonidan otib tashlangan 101 oʻzbek oʻgʻlonining qahramonligiga bagʻishlangan.
#Xalqaro_seminar
Akademiya professor-o‘qituvchilari xalqaro seminarda qatnashdilar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi hamda Islom olami taʼlim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti (ICESCO) tashkiloti bilan hamkorlikda “Taʼlimda uyali aloqa vositalari va aqlli ilovalardan foydalanish” mavzusida VIII xalqaro seminar o‘tkazildi.
Malaka oshirish darslari doirasida tashkil etilgan anjumanda kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman har yili an’anaviy tarzda chet tillarini o‘rgatish tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlarga ega yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.
Seminarda arab tilining dunyo ahamiyatidagi tutgan o‘rniga e’tibor qaratildi. Anjumanda ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning samarali usullari haqida so‘z yuritildi.
Rasmiy sahifalarni kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Islom ta’limoti kalom, mantiq, falsafa kabi fanlarni inkor etadimi?
🔰Ilhom Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞9-may – Xotira va qadrlash kuni
Manba: O‘zbekiston 24
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiy da’vosiga ko‘ra, “Falsafa shunday ilmki, agar inson uning g‘oyasiga yetib borsa, bu bilan komil bo‘lmaydi. Balki kofir, zindiq bo‘lib ketishi mumkin. Falsafa bilan shug‘ullangan odamlar deyarli salomat qolmagan. Falsafiy kitoblar hozirgacha odamlarga zarar bo‘lib kelyapti”. Bu haqiqatga to‘g‘ri keladimi?
🔰Ilhom Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
Misr elchisi bilan Dunyo arabshunoslari global forumini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi
8-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi.
Uchrashuv davomida sohada ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yuzasidan fikr almashilib, uni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/11240
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#VIDEOLAR
🎞Inson aziz – xotirasi abadiy
9-may – Xotira va qadrlash kuni.
Biz avlodlar unutmaymiz Sizni!
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Tanlov
#Live
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Akademiya kitobxon talabalari” tanlov-musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tanlov talabalarning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Talabalar “Men tanlagan asar”, “Eng bilimdon talaba” hamda “Erkin mavzu” kabi shartlar bo‘yicha bellashmoqdalar.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#E’LON
Bugun 15-may soat 18:00 da poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” nomli hisobot konserti bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa san’ati instituti hamda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti hamkorligida tashkil etiladi.
Mazkur tadbirga Akademiyaning barcha professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalarini taklif etib qolamiz.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Qur’oni karim tilovati va xatmidan keyin duolar qilinishi va duo ijobat bo‘lishiga hech qanday shar’iy asos yo‘qmi?
🔰Rustam Oxunjonov,
“Ko‘kaldosh” o‘rta-maxsus islom bilim yurti matbuot kotibi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 14-may 2024-yil, seshanba.
Muhim voqealar:
🔷1796-yilda Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi vaksinani qoʻlladi.
🔷1862-yili shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi.
🔷1900-yilda Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
🔷1917-yili Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi.
🔷1993-yilda MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
Akademiya vakillari xalqaro forumda qatnashmoqda
Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida ilgari surgan tashabbusiga muvofiq, Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida birinchi Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Forumda qit’a mamlakatlari parlamentlarining ayol aʼzolari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, siyosatshunoslar va turli soha vakillari qatnashmoqda.
Anjumanda ishtirok etish uchun kelgan Islom olami taʼlim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti (ICESCO) vakili Somia Jaktaga “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova hamrohlik qilmoqda.
Shuningdek, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi oʻqituvchilari – Akbar Kazakboyev, Bahodir Pirmuhamedov, Bahrom Daminov, Abdurashid Asqarov hamda Nodirabegim Saidova sinxron tarjimon sifatida ishtirok etmoqdalar.
#YANGILIKLAR
Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi rezolyutsiyasi bilan 15-may – “Xalqaro oila kuni” deb eʼlon qilingan. Ushbu rezolyutsiyadan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligining oiladagi muammolarni bartaraf etish va oila qadriyatlarini mustahkamlashga qaratishdir.
Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida “Oila – muqaddas qo‘rg‘on” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#VIDEOLAR
🎞Sodiq Samarqandiyning noto‘g‘ri da’vosi haqida
🔰Ilhom Bekmirzayev,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Karyera_kuni #Job_Fair2024
Oliy ta’lim muassasalarida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirlar ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchun muloqot maydoniga aylandi.
📹 Batafsil videolavhalarda
___
В вузах проходят ярмарки труда "День карьеры". Настоящие мероприятия стали площадкой для общения работодателей и студентов.
📹 Подробности в видео
Bizni kuzating
#Ilmiy_himoya
Ilmli yoshlar – yurt tayanchi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiyaning yosh tayanch doktorantlari o‘zlarining dissertatsiyalarini himoya qildilar.
Dastlab tayanch doktorant Ulug‘bek Hasanovning “Vahba Zuhayliy “Tafsiru-l-Munir” asarining zamonaviy tafsirshunoslikdagi o‘rni” mavzusidagi islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.
Shundan so‘ng Doston Mustafayevning “Sayyid Sharif Jurjoniyning Temuriylar davri Qur’on ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#KUN_TARIXI
Bugun 11-may 2024-yil, shanba
Muhim voqealar:
🔷1916-yilda Albert Eynshteyn nisbiylik nazariyasini e’lon qildi.
🔷1928-yili Nyu-Yorkda dunyodagi ilk muntazam teleko‘rsatuvlar efirga uzatila boshlandi.
🔷1949-yilda Siam qirolligi Tailand deb atala boshlandi.
🔷1996-yili Shahrisabzda “Buyuk Temur, tabiat va inson” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
🔷2009-yilda Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#sharh #islohot #oliy_ta’lim
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev bilan oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha kiritilayotgan yangiliklar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan suhbat
🎞HD variantda ko‘rish
Bizni kuzating
#KUN_TARIXI
Bugun 10-may 2024-yil, juma.
Muhim voqealar:
🔷1497-yilda Amerigo Vespuchchining Yangi dunyoga ikkinchi sayohati boshlandi.
🔷1811-yili Angliyada ilk qog‘oz pullar muomalaga chiqarildi.
🔷1857-yilda Hindistonda Sipohilar qoʻzgʻoloni bo‘ldi.
🔷1881-yili Ruminiya qirollik deb e’lon qilindi.
🔷1913-yilda dunyodagi birinchi toʻrt motorli samolyot parvozi.
🔷1940-yili “Gʻalati urush”ning tugashi.
🔷1992-yilda Oʻzbekiston va Eron, Pokiston, Yaman, Bahrayn davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.
🔷2000-yili Gretsiyada Sidney-2000 Olimpiada mash’alasi o‘t oldirildi.
🔷2005-yilda Koreya Respublikasi Prezidenti No Mu Xyon rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
🔷2008-yili Yevropadagi eng ulkan vulqon – Etna uyg‘ondi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|IslomAkademiyasi">YouTube|Telegram
#Ta'lim_odimlari
Saudiya Arabistoni Oʻzbekiston OTMlari bilan hamkorlik yoʻnalishlari va shakllarini kengaytiradi
Joriy yil 8-mayda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
#jarayon #bayram #dayjest
Yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalarida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
___
Во всех вузах страны проходят культурные мероприятия в честь 9 мая - Дня памяти и почестей.
Bizni kuzating
#Xalqaro_hamkorlik
O‘mon Sultonligining markaziy nashrlarida Akademiya haqida maqola chop etildi
O‘mon Sultonligining markaziy nashrlaridan biri – “Oman al-yavm” gazetasida tahliliy maqola chop etildi.
Maqolada O‘zbekistondagi qator oliy ta'lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Sulton Qobus instituti hamkorlik aloqalari, shuningdek, mazkur universitetda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari haqida so‘z yuritiladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Masqat shahridagi Sulton Qobus institutida bir guruh professor-o‘qituvchilarimiz malaka oshirmoqda.
Akademiya vakillari O‘mon davlat maktablaridagi ta’lim tizimi, xususan, inklyuziv ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishib, mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdilar.
Maktab o‘qituvchilari bilan hamkorlikda binar darslar tashkil etildi.
Akademiyaning rasmiy sahifalarini kuzatib boring! 🔽
🌐 iiau.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram