"HUDUDGAZ SIRDARYO" МЧЖ РАСМИЙ ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИГА ҲУШ КЕЛИБСИЗ!!
#Hamkorlikdagi_tadbir
Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Akaltin Logistics Center” MCHJda maxsus-taktik o'quv mashg'uloti o'tkazildi. Unda "Sayxunobodtumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari ham ishtirok etdi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati м
#Birdamjamiyat
#Jonli_eshittiruv
#FM_90.6
Aholiga uzluksiz va xavfsiz gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish, mavjud gaz tarmoqlarini saqlash hamda ularning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining "Oqoltintumangaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
🗓Har chorshanba - "Xodim qahramon" rukni
Har bir tashkilotning asosiy tayanchi – o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashadigan, tajribali va fidoyi xodimlardir. Ana shunday mehnatkash va mas’uliyatli insonlar orqali tizim barqaror ishlaydi, iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatiladi.
Bugungi “Qahramon xodim” ruknining faxrli ishtirokchisi — “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limining “Nazorat va murojaatlar bilan ishlash” bo‘limi yetakchi mutaxassisi Nilufar Tursunovadir.
Nilufar opa ushbu lavozimda 23 yil 4 oydan buyon samarali mehnat qilib kelmoqda. Bu uzoq yillar davomida tinimsiz mehnat, sabr-toqat, mas’uliyat va insonlarga mehr bilan xizmat qilish deganidir.
U o‘z faoliyati davomida minglab murojaatlarni adolatli, xolis va tizimli tarzda ko‘rib chiqib, aholining ishonchini qozongan. Xodimaning har bir ishiga vijdonan yondashishi, muloyim muloqoti va xushmuomalaligi uni jamoada alohida e’tiborga loyiq qiladi.
Nilufar Tursunova nafaqat o‘z xizmat burchini sidqidildan bajaradi, balki yoshlarga o‘rnak bo‘lib, tajribasini ulashadi, jamoa ruhini mustahkamlashda ham faol ishtirok etadi. U mehnati bilan tashkilotda hamkasblari va rahbariyatining hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lgan.
Nilufar opaga kelgusida ham omad, sihat-salomatlik va yangi yutuqlar tilaymiz!
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Sardoba tumani “Paxtaobod” gaz taqsimlash stansiyasi aholi tarmog‘ini kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda filtrlarning ichki kurigini tozalash ishlari olib boriladi.
Shu sababli Sardoba tumanining “Xalqobod”, “Quytosh”, “Fayzliobod” va “Navro‘z” MFYlarda 16 iyul kuni soat 09:30 dan soat 19:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 3655 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 77 ta
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Guliston shaharning Navbahor va Shodlik mahallalariga yo‘naltirilgan diametri 159 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurida ta’mirlash va 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib boriladi.
Shu sababli 16 iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 3188 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 75 ta
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Sirdaryo MTRKning Diyor yangiliklari informatsion dasturida Sirdaryo tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi lavha namoyish etildi
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
“Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi
“Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Mazkur tadbirda mavjud gaz tarmoqlarini yangilash va ta’mirlash, iste’molchilarni uzluksiz va xavfsiz gaz bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Anjumanda so‘zga chiqqan “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi rahbari aholi xonadonlaridagi tabiiy gaz ta’minotini barqarorlashtirish, avariyaviy holatlarning oldini olish, yaroqsiz holga kelgan gaz quvurlarini almashtirish kabi yo‘nalishlarda bajarilayotgan amaliy ishlarni ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida jurnalistlar tomonidan bildirilgan savollarga javoblar berildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Guliston shahar Obod yurt va Bog‘ishamol mahallalariga yo‘naltirilgan diametri 273-325 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida ta’mirlash va 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib boriladi.
Shu sababli 15 iyul kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar yuqorida nomi keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 2684 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 95 ta
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Yangi Sirdaryo gazetasining 14-iyuldagi 27-sonida "Gaz quvurlari yer ustida" nomli maqola chop etildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Toshkent shahrida 2,7 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tijoratchilar aniqlandi
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan reydlar davom ettirilmoqda.
Poytaxtning Bektemir tumanida oʻtkazilgan tadbirda “Oltintopgan” MFYdagi xonadonlarning birida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Fuqaro gaz taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma imzolamasdan tijorat maqsadida konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun tabiiy gazdan oʻzboshimchalik bilan foydalanib kelayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzildi va isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻidan uzildi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2 milliard 731 million soʻmlik zarar keltirilgani maʼlum boʻldi.
Holatga tegishli barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Toshkent shahrida nazorat tadbirlari davom etmoqda.
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Эндиликда ҳар қандай норматив-ҳуқуқий ҳужжат ва лойиҳа Президент Администрацияси ҳузуридаги илмий-таҳлилий институтлар тадқиқотлари, олимлар, маҳаллий ва хорижий экспертларнинг тавсиялари асосида ишлаб чиқилади.
Муҳим йўналишлар лойиҳа офислари орқали амалга оширилади. Администрация фаолиятида “комплаенс” тизими йўлга қўйилади. Бу эса шаффофликни таъминлаш, ижро интизомини мустаҳкамлаш ва коррупция ҳолатларининг олдини олишга хизмат қилади.
Айрим йўналишларда Президент вакиллари лавозимлари жорий этилди. Шунингдек, Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлиги (АОКА) фаолияти тугатилиб, унинг асосида Миллий контент ишлаб чиқарувчи марказ ташкил этилмоқда.
Давлат идораларининг жамоатчилик олдидаги ҳисобдорлиги оширилмоқда. Матбуот котиблари институти янада мустаҳкамланади, аҳоли билан коммуникация қилиш ва оммавий ахборот воситалари билан ишлашнинг янги тизими жорий этилмоқда.
—
Отныне все нормативно-правовые акты и проекты будут разрабатываться на основе научных исследований аналитических институтов при Администрации Президента с учетом рекомендаций ученых, отечественных и зарубежных экспертов.
Реализация ключевых направлений будет осуществляться через проектные офисы. В деятельность Администрации будет внедрена система комплаенса. Это призвано обеспечить прозрачность, укрепление исполнительской дисциплины и предотвращение коррупции.
По отдельным направлениям учреждены должности представителей Президента. Также упразднено Агентство информации и массовых коммуникаций (АИМК), на базе которого формируется Центр по производству национального контента.
Повышается подотчетность государственных органов перед общественностью. Институт пресс-секретарей будет укреплен, внедряется новая система коммуникации с населением и взаимодействия со средствами массовой информации.
—
From now on, all regulatory acts and projects will be developed on the basis of scientific research of analytical institutions under the Administration of the President taking into account recommendations of scientists, local and foreign experts.
Implementation of the key areas will be carried out through project offices. A compliance system will be introduced into the activities of the Administration. This is intended to ensure transparency, strengthen executive discipline and prevent corruption.
Positions of the President's representatives have been established in certain areas. The Agency for Information and Mass Communications (AIMC) has also been abolished, on the basis of which the Center for the Production of National Content is being formed.
The accountability of state bodies to the public is being increased. The institution of press secretaries will be strengthened, and a new system of communication with the public and interaction with the media is being introduced.
Facebook|Instagram|X
Fidoyi iste’molchi
Sirdaryo tumani “Quyosh” mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon Usmon Bakir tabiiy gaz ta’minoti tizimidagi xavfsizlikni ta’minlashda faol ishtirok etib, haqli ravishda namunali fuqarolardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.
Ushbu fidoyi inson mahalladagi gaz quvurlarini doimiy kuzatib boradi. Qaysi ko‘chada tabiiy gaz sizib chiqish holati kuzatilsa, darhol gaz ta’minoti xodimlariga xabar beradi. Bu esa, o‘z navbatida, turli noxush holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Usmon ota nafaqat o‘zining mahallasi, balki butun jamiyat tinchligi va xavfsizligi uchun befarq emasligini amalda isbotlab kelmoqda. Uning bunday ogohligi va mas’uliyati yosh avlod uchun ibrat bo‘lishi shubhasiz.
Fidokorligi va faol fuqarolik pozitsiyasi uchun “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali rahbariyati tomonidan Usmon otaga minnatdorchilik ifodasi sifatida skuter sovg‘a qilindi.
“Hududgaz Sirdaryo” jamoasi barcha yurtdoshlarimizni gazdan foydalanishda hushyorlik va ogohlikka chorlaydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Ўзбекистон Президенти йўл ҳаракати хавфсизлиги масалаларига бағишланган йиғилиш ўтказди. Пойтахтнинг ўз "Ечимлар атласи" бўлади. Давлат раҳбари Тошкент шаҳридаги янги ижтимоий ва ишлаб чиқариш обектларини кўздан кечирди.
—
Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Өзбекстан Президенти жол ҳәрекети қәўипсизлиги бойынша мәжилис өткерди. Пайтахттың өз "Шешимлер атласы" болады. Мәмлекетимиз басшысы Ташкент қаласындағы жаңа социаллық ҳәм санаат объектлерин көзден өткерди.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Узбекистана провел совещание о безопасности дорожного движения. У столицы будет свой “Атлас решений”. Глава государства осмотрел новые социальные и промышленные объекты Ташкента.
—
Weekly review of the most important events: The President of Uzbekistan held a meeting focused on road safety. Tashkent will soon launch its own "Atlas of Solutions". The Head of State inspected new social and industrial developments across Tashkent.
Facebook|Instagram|X
https://uza.uz/uz/posts/gaz-taminotida-uzilishlar-bolmaydi_739420
Читать полностью…PRЕSS TURGA TAKLIF QILAMIZ!
"Gulistonshahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi barcha OAV vakillari, jurnalist, blogerlarni kutib qoladi.
Mavzu: Istiqlol mahallasida aholi xonadonlarining tabiiy gaz bosimini yaxshilash borasida gaz quvurlarini tartibga keltirish, rekonstruksiya qilish jarayonlari bilan tanishish
2025 yil 14 iyul
Soat 10:00 da
Manzil: "Gulistonshahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi binosi. 3 mavze Bog‘ishamol MFY Quruvchilar ko‘chasi 1 uy
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
"Gulistonshahargaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan viloyatdagi OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun press-tur va matbuot anjumani tashkil etildi.
Sirdaryo MTRKning Diyor yangiliklari informatsion dasturida bu haqida lavha namoyish etildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Buxoro viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Buxoro viloyatida ham filial komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimi va hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida oʻtkazilgan reydlar davomida bir nechta qonunbuzilish holatlari qayd etildi.
Buxoro tumanining “Mustaqillik” MFYda joylashgan “S. R.” YTTga qarashli novvoyxonada tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichni chetlab oʻtib, yashirin yoʻllar bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan holda resursdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Holat boʻyicha 530 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Gʻijduvon tumani “Dodarak” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro J. J. hisoblagichni chetlab oʻtib, tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulangan holda oʻz xonadoni va tadbirkorlik maqsadida tashkil etilgan umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va umumiy zarar 146 million soʻmni tashkil etdi.
Yuqoridagi holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=14466
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
E’LON
Hurmatli fuqarolar!
“HUDUDGAZ SIRDARYO” gaz ta’minoti filialining Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi Sizning ariza va takliflaringizni yozma hamda elektron shakllarda qabul qiladi.
Murojaatlaringizni quyidagi telefon raqami orqali ham yo‘llashingiz mumkin:
📞 +998 95 807 10 04
Qabul kunlari: Dushanbadan jumagacha, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar.
Birgalikda yanada qulay va ishonchli xizmatni yaratamiz!
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
📱♨️ Hurmatli iste'molchilar!
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta'minoti filialiga qarashli bo'lgan shahar va tumanlar gaz ta'minoti bo‘limlarining “Xavfsiz gaz” telegram guruhlari borligidan xabardormisiz?
Agar bexabar bo'lsangiz, hoziroq hududingiz nomi yozilgan ushbu guruhga ulaning hamda gaz ta'minoti xodimlari tomonidan har kun berilayotgan zarur tavsiyalarni kuzatib, ularga amal qilib boring.
“Xavfsiz gaz” Guliston shahri
"Xavfsiz gaz" Yangiyer shahri
"Xavfsiz gaz" Shirin shahar
"Xavfsiz gaz" Oqoltin tumani
"Xavfsiz gaz" Boyovut tumani
"Xavfsiz gaz" Guliston tumani
"Xavfsiz gaz" Sardoba tumani
“Xavfsiz gaz” Sirdaryo tumani
“Xavfsiz gaz” Baxt shahri
"Xavfsiz gaz" Sayhunobod tumani
"Xavfsiz gaz" Xovos tumani
"Xavfsiz gaz" Mirzaobod tumani
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Infografika
Uy sharoitida gazdan tejamkor foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
“Yangiyershahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari davom etmoqda
“Yangiyershahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tabiiy gaz tarmoqlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Jumladan, shaharning Fazilat va Yangi asr mahallalarida joylashgan gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu texnik xizmat ko‘rsatish ishlari gaz quvurlarining zanglashini oldini olish, ularning ishlash muddatini uzaytirish va xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur ishlar belgilangan reja-grafik asosida bajarilib, quvurlar tashqi ta’sirlardan himoyalanmoqda. Bu esa nafaqat texnik jihatdan muhim, balki aholi uchun uzluksiz va ishonchli gaz ta’minotini ta’minlashda ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Ayni damda “Yangiyershahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi mavjud gaz infratuzilmasini yangilash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Matbuot_anjumani
#Press_tur
“Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirokida press-tur va matbuot anjumani o'tkazildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yuqori bosimli diametri 159 va 114 mm yer osti gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli “Oydin” mahallasida 15 iyul kuni soat 8:00 dan 15 avgust kuniga qadar tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 319 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 6 ta
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Sirdaryo MTRK da "Ochiq muloqot" ko'rsatuvi bo'lib o'tdi. Unda "Boyovuttumangaz" gaz ta'minoti bo'limi boshlig'i ishtirok etdi va tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Guliston shahrida gaz ta’minoti tizimi bosqichma-bosqich yangilanmoqda
Aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz, xavfsiz va sifatli ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Shu maqsadda “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan shaharda keng qamrovli texnik va profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Ushbu jarayonlar ochiqligini ta’minlash, aholiga amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar uchun maxsus press-tur tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar olib borilayotgan amaliy ishlarga bevosita guvoh bo‘lishdi, bo‘lim mutaxassislari esa loyihalarning texnik jihatlari va maqsadlari haqida batafsil tushuntirishlar berdilar.
Xususan, shaharning “Baxt” mahallasida joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasida monitoring ishlari amalga oshirildi. Mahalladagi mavjud 462 ta xonadonda gaz hisoblash uskunalari tashqariga, ya’ni ko‘chaga olib chiqildi. Shu bilan birga, ko‘cha gaz quvurlari to‘liq tartibga keltirilib, barcha xonadonlar ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu esa, xavfsizlikni oshirish va nosozliklarning oldini olishda muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, “Obod yurt” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan, diametri 159 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer osti gaz quvuri uzoq yillar davomida foydalanilgani sababli, uning yangilanishi zarur edi. Ayni paytda ushbu quvurning o‘rniga bo‘lim xodimlari tomonidan yer ustidan o‘rta bosimli yangi gaz quvurlari tortilmoqda. Bu, ayniqsa, kuz-qish mavsumida aholini barqaror va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, “Mevazor” mahallasining “Nurdiyor” ko‘chasida ham muhim infratuzilma ishlari olib borilmoqda. Bu hududdagi yer osti gaz quvuri uzoq muddatdan beri foydalanilayotgan bo‘lib, ayrim joylari korroziyaga uchragani sababli, xavfsizlik nuqtai nazaridan uni yangilash ishlari boshlangan. Hozirda ushbu quvurning o‘rniga yer ustidan zamonaviy, xavfsiz gaz quvurlari tortilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Infografika
Tabiiy gazdan to'g'ri va xavfsiz foydalanish bo'yicha "Shirinshahargaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
♨️🎙“Гулистоншаҳаргаз” газ таъминоти бўлими бошлиғи Ваҳобжон Турдимуратов иштирокида #пресс_тур бўлиб ўтди👇
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
“Boyovut” gaz taqsimlash stansiyasidan Xovos tumaniga yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 159 va 273 mm bo’lgan yer usti gaz quvurida ta’mirlash va 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib boriladi.
Shu sababli Xovos tumanining Farhod, Qayirma, Gulbahor, Obod turmush, Mustaqillikning 25 yilligi, Nurobod, Nurli kelajak, Sharqobod, Qora qum va Sohibkor mahallalarida 14 iyul kuni soat 08:00 dan kech soat 17:00 ga qadar gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 5037 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 41 ta
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yuqori bosimli diametri 159 va 114 mm yer osti gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli “Oydin” mahallasida 12 iyul soat 10:00 dan ta’mirlash ishlari yakuniga yetguncha qadar tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 319 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 6 ta
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash borasida "Gulistontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Guliston tumani bo‘yicha jami 348.8 km gaz quvurlari mavjud bo‘lib, shundan 50.5 km yuqori bosimli, 84.1 km o‘rta bosimli, 214.2 km past bosimli hamda 16.6 km yer osti, 332.2 km yer usti gaz quvurlarini tashkil qiladi.
Tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash borasida tumanda yil boshidan shu kunga qadar 1.5 km gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi. 9.4 km gaz quvurlari tartibga keltirildi. 8.6 km gaz quvurlari bo‘yoqlandi. 15.2 km gaz quvurlari bosim ostida sinaldi.
Shuningdek, 1 dona gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlandi, manan eskirgan 16 dona yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari zamonaviysiga almashtirildi va 61 dona gaz taqsimlash qurilmalariga profilaktik xizmat ko‘rsatilib, texnik taftishdan o‘tkazildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati