hududgazsirdaryo | Unsorted

Telegram-канал hududgazsirdaryo - "HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

-

"HUDUDGAZ SIRDARYO" МЧЖ РАСМИЙ ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИГА ҲУШ КЕЛИБСИЗ!!

Subscribe to a channel

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Samarqand tumanida 1,1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Bosh prokuratura, “Hududgaztaʼminot” AJ, filial kompleans nazorat tuzilmalari va Oʻzenergoinspeksiya hamkorligida Samarqand tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.

Tumanning “Shirinobod” MFYda joylashgan “S. I. D.” oilaviy korxonasiga qarashli parrandachilik fermasida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarisiz, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanayotgani aniqlangan.

Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 1,1 milliard soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Jomboy tumanida 6,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSH aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining toshrigʻiga asosan respublikamizning barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jamiyat Metrologik taʼminot boshqarmasi, “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari hamda huquq-tartibot organlari hamkorligida Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSH) xatlov oʻtkazildi.

Oʻrganish vaqtida AGTKSHda oʻzboshimchalik bilan loyiha-texnik hujjatlaridan tashqari ortiqcha kompressor oʻrnatilgani va hisoblagichning ruxsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan chetga chiqqan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani maʼlum boʻldi.

Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 6 milliard 480 million soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJ delegatsiyasi Avstriyada kompozit quvurlar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari M. Yakubov boshchiligidagi delegatsiya Avstriyaning Sankt Valentin shahrida joylashgan Fibron Pipe zavodiga tashrif buyurib, zamonaviy kompozit quvurlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Xizmat safari davomida mutaxassislar granula koʻrinishidagi xom ashyodan boshlab, tayyor yuqori texnologiyali quvurlar ishlab chiqarishgacha boʻlgan barcha bosqichlarni koʻzdan kechirdilar.

Qayd etish joiz, kompozit quvurlar ishlab chiqarish boʻyicha barcha liniya va uskunalar Fibron Pipe kompaniyasining oʻz ishlanmasi hisoblanadi. Quvurlar texnologiyasi xalqaro patentlar bilan himoyalangan boʻlib, kompaniyaning oʻziga xos “nou-xau”si sifatida baholanadi. Ishlab chiqarish jarayoni sunʼiy intellekt orqali nazorat qilinib, inson omilining taʼsirini kamaytiradi va mahsulot sifatini oshiradi. Bu esa gaz sohasida xavfsizlik va ishonchlilikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

Zavodda ishchi bosimi 33–90 bar boʻlgan quvurlar ishlab chiqarilib, ular laboratoriya sharoitida 600–700 bargacha bosimda sinovdan oʻtkaziladi. Shuningdek, uzoq muddatli tekshiruvlar orqali quvurlarning xizmat muddati kamida 50-yil ekani tasdiqlangan.

Tashrif doirasida Oʻzbekistonga pilot loyiha uchun yetkazib berilishi rejalashtirilgan kompozit quvurlar partiyasini laboratoriya sinovlaridan oʻtkazish ham koʻzda tutilgan. Mahsulotning mustahkamlik koʻrsatkichlarini tekshirish uni mamlakat gaz taqsimlash tizimiga joriy etishga tayyorligini tasdiqlaydi.

Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, kelgusida qoʻshma korxona tashkil etish va mahalliy xom ashyo asosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.

Batafsil

***

Делегация АО «Худудгазтаъминот» изучила производство композитных труб в Австрии

Делегация во главе с первым заместителем председателя правления АО «Худудгазтаъминот» М. Якубовым посетила завод Fibron Pipe, расположенный в городе Санкт-Валентин (Австрия), где ознакомилась с современными технологиями производства композитных труб. Специалисты проследили весь производственный цикл — от переработки гранулированного сырья до выпуска готовой высокотехнологичной продукции.

Следует отметить, что все производственные линии и оборудование компании Fibron Pipe являются собственными разработками предприятия. Технология производства защищена международными патентами и представляет собой уникальное «ноу-хау» компании. Производственный процесс управляется с применением технологий искусственного интеллекта, что позволяет минимизировать влияние человеческого фактора и повысить качество продукции. Это имеет особое значение для обеспечения безопасности и надежности в газовой отрасли.

На заводе выпускаются трубы, рассчитанные на рабочее давление от 33 до 90 бар. В лабораторных условиях они проходят испытания при давлении до 600–700 бар. Кроме того, длительные тестирования подтвердили, что срок службы таких труб составляет не менее 50 лет.

В рамках визита также предусмотрено проведение лабораторных испытаний партии композитных труб, предназначенных для поставки в Узбекистан в рамках пилотного проекта. Проверка прочностных характеристик продукции подтвердит ее готовность к внедрению в систему газораспределения страны.

В случае успешного завершения испытаний будет рассмотрена возможность создания совместного предприятия и организации производства на основе местного сырья.

Подробнее

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#uchrashuv

“Eysasoft Holding Ltd” kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbariyati hamda “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi M. Xodjayev ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida gaz taʼminoti sohasini modernizatsiya qilish doirasida avtomatlashtirish, raqamlashtirish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yoʻnalishda innovatsion yechimlarni samarali joriy etish hamda tarmoq boshqaruvini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlarini alohida qayd etdilar.

Gaz yoʻqotishlarini kamaytirish maqsadida aqlli gaz hisoblagichlari hamda gaz tarmogʻi oʻlchash vositalaridan foydalangan holda milliy intellektual gaz hisobini yuritish infratuzilmasini (Advanced Metering Infrastructure — AMI) yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.

“Esyasoft Holding Ltd” kompaniyasi mazkur loyihani moliyalashtirish yuzasidan ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan kompleks moliyaviy modellarni taqdim etdi. Taklif etilgan yondashuv loyihani yirik kapital xarajatlarisiz amalga oshirish mexanizmlari koʻrib chiqildi.

Taqdimot jarayonida pilot loyihani ishga tushirishni jadallashtirish, uni bosqichma-bosqich amalga oshirish mexanizmlari hamda texnik va tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi. Shu bilan birga, loyihani Jamiyat faoliyatiga ijobiy taʼsirini taʼminlash maqsadida uni har tomonlama oʻrganish va amalga oshirish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Loyiha doirasida gaz taʼminoti tizimidagi yoʻqotishlarni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanishni taʼminlash hamda zamonaviy dasturiy taʼminot yechimlarini joriy etish orqali sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirish koʻzda tutilmoqda.

Batafsil

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Guliston gaz taqsimlash stansiyasidagi 6 tarmog‘idagi toraytiruvchi qurilmani almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu sababli 31 mart kuni soat 15:30 dan 17:00 ga qadar Mirzaobod tumanining Toshkent, Dehqonobod, Oydin, Bog‘iston, Navro‘z, Tinchlik, Madaniyat mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

📷 Сирдарё — Тяньцзинь: амалий ҳамкорлик кенгаймоқда


Вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов бошчилигидаги делегациясининг Хитойга ташрифи доирасида амалий учрашувлар ва муҳим келишувлар давом этмоқда.

Тяньцзинь шаҳри раҳбарияти билан бўлиб ўтган мулоқотда ҳудудлараро ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқиш, аниқ лойиҳаларни жадаллаштириш ва ўзаро манфаатли йўналишларни кенгайтириш масалалари муҳокама қилинди.

“Сирдарё – Тяньцзинь савдо-иқтисодий ва инвестиция форуми” юқори даражада ташкил этилди. Унда 700 га яқин хитойлик тадбиркорлар ҳамда 50 га яқин сирдарёлик ишбилармонлар иштирок этиб, тўғридан-тўғри мулоқот ва янги келишувлар учун самарали майдон яратилди.

Тяньцзинь енгил саноат касбий-технологик коллежи билан мутахассислар тайёрлаш, илғор тажрибаларни жорий этиш ва таълимни ишлаб чиқариш билан интеграция қилиш бўйича келишувларга эришилди.

Саноат ва ишлаб чиқариш йўналишида бир қатор компаниялар билан музокаралар ўтказилди. Жумладан, спорт анжомлари, қурилиш материаллари, енгил саноат ва озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқариш бўйича музокаралар ўтказилди.

Хитойлик компаниялар раҳбарлари билан ўтказилган давра суҳбатида Сирдарё вилоятининг инвестиция имкониятлари тақдим этилди. Қатор компаниялар вилоятга ташриф буюриб, лойиҳаларни жойида ўрганишга қизиқиш билдирди.

Ташриф доирасидаги ҳар бир учрашув ва келишувлар ҳудудда янги ишлаб чиқаришлар, иш ўринлари ва иқтисодий фаолликни оширишга хизмат қилади.

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Maxsus_reportaj

Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi

“Oʻzbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” dasturida “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz bordi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Juma - milliy liboslar kuni!

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#sayyor_qabul

Angren shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Yuzga yaqin murojaatchilar ishtirok etgan sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar boʻyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Davlat rahbarlari Tojikistonning mamlakatimizdagi elchixonasining yangi binosi bilan tanishdilar.

Главы государств ознакомились с новым зданием посольства Таджикистана в нашей стране.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.

Президент нашей страны Шавкат Мирзиёев встретил Президента Таджикистана Эмомали Рахмона.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Sayxun gaz taqsimlash stansiyasidan Gulbuloq, Shodlik, Turon, Sintob va Do‘stlik mahallalariga yo‘naltirilgan diametri 159 mm bo‘lgan yuqori bosimli yer usti gaz quvurida va zulfindan gaz sizib chiqish holati aniqlandi.

Shu sababli 26 mart kuni soat 11:00 dan 14:00 ga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi koʻp qavatli uylarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi. Tafsilotlar videorolikda.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Sirdaryoda Navro‘z!

"Hududgaz Sirdaryo" gaz taʼminoti filiali ham ushbu umumxalq bayramida faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, jamoada hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyatni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shdi.

Bayram doirasida milliy taomlar tayyorlanib, an’anaviy urf-odatlar namoyish etildi.


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Вилоятимизда ўтказилаётган Наврўз сайли давомида вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов барча юртдошларимизни самимий табриклади. У ўз сўзида Наврўз — бу шунчаки байрам эмас, балки янгиланиш, меҳр-оқибат ва эзгулик тимсоли эканини таъкидлади.

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Mehnatobod gaz taqsimlash stansiyasining aholi tarmog‘idagi texnik qurilmalardagi nosozliklarni va nuqsonlarni bartaraf etish ishlari olib boriladi.

Shu sababli 3 aprel kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar Xovos tumanining Qahramon, Paxtakor, Xusnobod, Bo‘ston mahallalarida tabiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#hamkorlik

“Eysasoft Holding Ltd” kompaniyasi vakillari hamda “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Bugun, 1-aprel kunidan boshlab qator to‘lovlar, jumladan, tabiiy gaz uchun to‘lovlar ham faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 📱 X 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

"Hududgaz Sirdaryo" gaz taʼminoti filialining Qurilish va montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan Guliston shahrida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Batafsil ma’lumotni videoda ko‘rishingiz mumkin.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Haqiqat 2 gaz taqsimlash stansiyasidagi toraytiruvchi qurilmani almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu sababli 31 mart kuni soat 11:00 dan 14:30 ga qadar;

Mirzaobod tumanining Dehqonobod, Oydin, Bog‘iston, Navro‘z va Tinchlik;

Sirdaryo tumanining Shirin, Paxtakor, Furqat, Bunyodkor, Adolat va Kamolot mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Baxt Invest Nur gaz taqsimlash stansiyasidan Baxt shahariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 319 mm bo‘lgan yer usti va diametri 219 mm bo‘lgan yer osti gaz quvurlarida gaz sizib chiqish holati aniqlandi.

Shu sababli 31 mart kuni soat 10:00 dan to ishlar yakunlangunga qadar shaharning Xazina, Ishonch, Tinchlik, Tadbirkor, Beshbuloq, Yangiobod va Orzu hamda Sayxunobod tumanining Ittifoq mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.


Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining Toshkent va Buxoroda o‘tgan sermahsul uchrashuvlari ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat rishtalarini mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Плодотворные встречи Президентов Узбекистана и Таджикистана, прошедшие в Ташкенте и Бухаре, стали еще одним важным шагом в укреплении вековых уз дружбы, добрососедства и взаимного уважения.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Murojaat va yechim

Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishda joylarda murojaatlar bilan ishlash yanada kuchaytirildi.

Jumladan, Samarqand viloyati Toyloq tumani “Qoʻrgʻoncha” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaroning elektron gaz hisoblash uskunasi bilan bogʻliq muammo yuzasidan qilgan murojaati qisqa muddatlarda koʻrib chiqildi. Mutaxassislar tomonidan holat joyiga chiqib oʻrganilib, uskunadagi nosozlik tezkorlik bilan bartaraf etildi.

Qayd etish kerak, “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan har bir murojaat eʼtibor markazida boʻlib, ularni oʻz vaqtida va sifatli hal etish ustuvor vazifa hisoblanadi.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Angren shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Ushbu yoʻnalishda joylarda amaliy ishlar izchil amalga oshirilmoqda.

Aholi murojaatlarini joyida oʻrganish va tezkor hal etish maqsadida Toshkent viloyatining olis hududi hisoblangan Angren shahrining “Lashkarak” MFYda “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M. Xodjayev ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Tadbirda “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati, “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali mutasaddilari hamda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etdi.

Yuzga yaqin murojaatchilar ishtirok etgan sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi joyida hal etildi. Qolgan murojaatlar boʻyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

“Hududgaztaʼminot” AJ tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur sayyor qabulda Angren shahar hokimi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi. Bu esa fuqarolarning nafaqat gaz taʼminoti, balki boshqa yoʻnalishlardagi murojaatlarini ham kompleks tarzda koʻrib chiqish imkonini yaratdi.

Tadbir doirasida koʻrgazmali saf koʻrigi tashkil etilib, suyultirilgan va tabiiy gaz taʼminoti jarayonlari, xavfsizlik qoidalari hamda zamonaviy xizmatlar boʻyicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, maxsus guruhlar tomonidan mahallada xonadonma-xonadon oʻrganish ishlari amalga oshirilib, mavjud muammolar joyida bartaraf etildi hamda aholiga xavfsizlik boʻyicha tavsiyalar berildi.

Maʼlumot uchun, Angren shahridagi “Lashkarak”, “Nishbosh” va “Jigariston” mahallalarida jami 1,1 mingga yaqin suyultirilgan gaz isteʼmolchilari mavjud boʻlib, ular belgilangan reja-grafik asosida maishiy gaz ballonlari bilan taʼminlab kelinmoqda.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni joyida hal etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Guliston shaharning Bog‘ishamol mahallasiga yo‘naltirilgan diametri 114 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurida avariyaviy holat yuzaga keldi.

Shu sababli 26 mart kuni soat 18:30 dan to ishlar yakunlangunga qadar yuqorida nomi keltirilgan mahallada tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Brifing

Mavzu:
Kelgusi choraklardagi ustuvor vazifalar: Rejalar, maqsadlar va asosiy yo‘nalishlar.

Ishtirok etdi: Murodjon Mamatqulov – “Shirinshahargaz” gaz ta'minoti bo‘limi boshlig‘i.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о проводимой в нефтегазовой отрасли работе по стабилизации объемов добычи и освоению новых запасов.

#Mirziyoyev #hisobot #energetika #neftgaz

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Shirin gaz taqsimlash stansiyasidan Boyovut tumani Jo‘langar, Sarmich, Uchto‘rgon, Madaniyat, Sovotobod, Ijodkor va Maʼnaviyat mahallalariga yo‘naltirilgan diametri 159 mm bo‘lgan yuqori bosimli yer usti gaz quvurida o‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmani almashtirish ishlari olib boriladi.

Shu sababli 24 mart kuni soat 9:00 dan 12:00 ga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

Bugun bahorni sog‘ingan yuraklarimiz yangi kun, yangi hayot shukuhi bilan yashamoqda.


Президент Шавкат Мирзиёев:
Наши сердца, с нетерпением ожидавшие весну, стучат в унисон с ритмами нового дня, новой жизни.


Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaz Sirdaryo” filialida mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filialida "Hududgazta’minot" AJning 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi tashkil etildi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…
Subscribe to a channel