hududgazsirdaryo | Неотсортированное

Telegram-канал hududgazsirdaryo - "HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

-

"HUDUDGAZ SIRDARYO" МЧЖ РАСМИЙ ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИГА ҲУШ КЕЛИБСИЗ!!

Подписаться на канал

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#eslatamiz
#bayram_muborak

Xonadan gaz hidini sezsangiz 104 avariya dispetcherlik xizmatiga qo'ng'iroq qilishni unutmang!

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#eslatamiz
#bayram_muborak

Gazni o'chirmasdan uyquga ketmang!

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Yilning eng faollari aniqlandi

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma hamda jamoatchilik faollarining fikrlarini jamlagan holda 2023-yilda "Eng faol" bo'lgan tashkilot va muassasa rahbarlari ro'yxati tuzildi 👆

Yakunlanib borayotgan yil davomida tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida faol bo'lgan, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari bilan ishlashda namuna ko'rsata olgan, davlat fuqarolik xizmatchilarining ijobiy imijini rivojlantirish, yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga boʻlgan hurmat va ishonchni oshirishda o'rnak bo'lgan idora, tashkilot va muassasa rahbarlarining kelgusidagi ishlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

| Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“HUDUDGAZTAʼMINOT” AJ RASMIY XABARI

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan bayram kunlari arafasida tabiiy gazni teng taqsimlash va isteʼmolchilarga bir maromda yetkazib berish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda. Hozirgi vaqtda tabiiy gaz isteʼmolchilariga “zangori yoqilgʻi” toʻliq hajmda yetkazib berilyapti, yetishmovchilik kuzatilmayapti.

2023-yilning 29-dekabr kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilarga 99,7 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Shuningdek, suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 2622 tonna yoqilgʻi yetkazilgan...

Batafsil👈

/channel/AO_Hududgaztaminot

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#eslatamiz
#bayram_muborak

Gazni o'chirmasdan uyquga ketmang!

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

TABIIY GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

Oqoltin tumani Navoiy va Sahovat mahallalariga yo‘naltirilgan diametri 89 mm bo‘lgan gaz quvurida avariyaviy holat yuzaga keldi.

Shu sababli, 27 dekabr kuni soat 14:00 dan 17:30 ga qadar, yuqorida nomi keltirilgan mahallalarning jami 285 ta aholi xonadonlari va 7 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

TABIIY GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

Mirzaobod tumani Dexqonobod va Oydin mahallalari tomon yoʼnaltirilgan yer osti diametri 219 mm boʼlgan yuqori bosimli gaz quvurida avariyaviy holat yuzaga keldi.

Shu sababli, 26 dekabr kuni soat 14:30 dan ishlar yakunlangunga qadar yuqorida nomi keltirilgan mahallalarning jami 1360 ta aholi xonadonlari va 6 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʼxtatiladi.

Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Qisqa_xabarlar

"Hududgaz Sirdaryo" gaz taʼminoti filiali majlislar zalida "Korrupsiya holatlarini oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha profilaktik tadbir oʼtkazildi. Boshlang'ich kasaba uyushma raisi N.Chinnibekov so'zga chiqib "Hududgaztaminot" АJning
2023-2025 yillar uchun mo'ljallangan Jamoa shartnomasiga kiritilgan qoʼshimcha va oʼzgartirishlarni xodimlarga tanishtirdi. Shuningdek, Yangi Konstitusiyaning moddalari haqida to'liq yana bir bor tushuntirish berib o'tdi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Sirdaryo viloyati bo‘yicha 81 691 ta aholi xonadonlari va 48 ta ijtimoiy soha (MTT va 1 Harbiy qism) obyektlari suyultirilgan gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda. 

Viloyat bo‘yicha jami maishiy gaz ballonlar soni 114 294 dona bo‘lib, shundan 105 733 donasi ijara shartnomasi asosida istemolchilarga yetkazib berilgan. 1030 donasi esa gaz taʼminoti filialining markaziy omborida zaxira sifatida saqlanmoqda. 

Aholi xonadonlariga yetkazib beriladigan suyultirilgan gazni maishiy gaz ballonlariga to‘ldirib berish filial tasarrufidagi 1 dona GTSH Sayhunobod Gaz to‘ldirish shahobchasi) va 1 dona ijara shartnomasi asosida GTS “Sirdaryo Propan Gaz” MCHJga qarashli gaz to‘ldirish stansiyalari orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, bugungi kunda gaz to‘ldirish inshootlarining sig‘imlarida “Sayxunobod GTSh” da 11,00 tonna suyultirilgan gaz zaxiralari mavjud bo‘lib, jumladan “Sirdaryo Propan Gaz” MCHJ GTSda – 2,10 tonna suyultirilgan gaz zaxirasi mavjud.


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#jonli_efir
#Fm_90_6

Aholiga suyultirilgan gaz ballonlar o'z vaqtida yetkazilmoqda

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

TABIIY GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

Xovos tumani Xovosobod mahallasi tomon yo‘naltirilgan diametri 159 mm bo‘lgan o‘rta bosimli gaz quvurida avariyaviy holat yuzaga keldi.

Shu sababli, 25 dekabr kuni soat 11:00 dan ishlar yakunlangunga qadar yuqorida nomi keltirilgan mahallaning jami 521 ta aholi xonadonlari va 3 ta ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#mahalliy_nashrlarda

🗞"Yangi Sirdaryo" gazetasining 2023-yil 23-dekabrdagi 39-sonida "Mavsumni betalofat o'tkazish maqsadida" nomli maqola chop etildi

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#mahalliy_nashrlarda

🗞"Yangi Sirdaryo" gazetasining 2023-yil 2-dekabrdagi 36-sonida "Qishning qilig'idan qo'rqmaymiz" nomli maqola chop etildi

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Tezkor

Avariyaviy ishlar yakunlanib, Sirdaryo tumanining Sholikor va Kamolot mahallalari iste'molchilarida soat 14:05 dan tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklandi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Reyd_tadbiri

"Gulistonshahargaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari shaharda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan iste'molchilarni aniqladi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#eslatamiz
#bayram_muborak

Gazni o'chirdingizmi?
Yana bir bor tekshirib ko'ring!


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Ҳудудгазтаъминот” АЖ Бошқаруви раиси Баҳодир Эшмуратовнинг Янги йил табриги

_____________

“Hududgazta’minot” AJ Boshqaruvi raisi Bahodir Eshmuratovning
Yangi yil
tabrigi

/channel/AO_Hududgaztaminot

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Yil_Sarhisobi
#Diyor_yangiliklari

2023 yilda amalga oshirilgan ishlar

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Mehnat - muhabbatning farzandi erur,
Vijdonning yurakka payvandi erur,
Ey siz mehnatkashlar - qalblari billur,
Qadri ham, qaddi ham osmon bo'lingiz,
Mudom sog' bo'lingiz, omon bo'lingiz.

Tun-u kun tinmaysiz xalq uchun,
Xalq uchun mehnat bu Haq uchun,
Shu elga bag'ishlab bor kuchin,
Iymonga qo'rg'onday qalqon bo'lingiz,
Mudom sog' bo'lingiz, omon bo'lingiz.

Elni siylaganni el ham siylaydi,
El boshin silagan boshni silaydi,
El sizga yaxshilik, poklik tilaydi,
Tilakka munosib inson bo'lingiz,
Mudom sog' bo'lingiz, omon bo'lingiz.

Har uyning chirog'i, o'chog'i yonsin,
Mehr-muhabbatdan quchog'i yonsin,
Siz borsiz, ko'ngillar yashnab, quvonsin,
Shonli yurt ko'ksida bir shon bo'lingiz,
Mudom sog' bo'lingiz, omon bo'lingiz.

Biz tunda tushlarni ko'rayotgan on,
Yoki o'y-u xayol surayotgan on,
Biz uchun dam olmay turguvchi inson,
Qadri ham, qaddi ham osmon bo'lingiz,
Mudom sog' bo'lingiz, omon bo'lingiz.


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

🗞"Suyultirilgan gaz" nomli maqola "Tafakkur va dunyo" gazetasining 2023 yil 28 dekabrdagi 22-sonida yoritildi

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Ogoh_bo‘ling

Hurmatli fuqarolar, ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

Is gazi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish va undan ehtiyot bo‘lish uchun ushbu lavhamizga diqqat qiling!

Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda salomatligini asrash oʻz qoʻlingizda!

/channel/AO_Hududgaztaminot

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Oqoltin tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan "Bo'ston" mahallasi.

Bugungi kunda tumanda 10 ta mahalla suyultirilgan gaz ballonlar bilan ta’minlanadi, - deydi "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot kotibi Baxtigul Xidiraliyeva. - 8008 tasiga ta’minot shartnoma asosida maishiy gaz ballonlarni yetkazadi.

Aholining fikrlariga qaraganda, avval ovqat tayyorlash hamda choy qaynatish uchun o‘choqdan foydalanilgan. Ammo, mana 2016 yildan boshlab 10 mahallalarga maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz yetkazish yo‘lga qo‘yilgan.

2021 yildan boshlab barcha iste’molchilarning ta’minoti avtomatlashtirilgan tizimga o‘tkazilgan va hozirda hududda 1829 ta iste’molchi mavjud.

- Bizning mahalla tuman markazidan ancha uzoqlikda joylashgan, - deydi Bo'ston mahalla raisi E. Xudoyerov. Tuman gaz idorasi xodimlariga rahmat, oyma-oy gaz ballonlarni o‘z vaqtida olib keladi. Karta orqali gazni xarid qilishimizda muammo bo‘lmaydi. To‘g‘ri yog‘ingarchilik, qorli sovuq kunlarda uzog‘i 40 kungacha cho‘zilishi mumkin. Lekin xodimlar buni hushmuomalalik bilan to‘g‘ri tushuntiradilar.

Tunu-kun, aholining roziligi va "rahmat" degan so‘zlarini eshitish ilinjida mehnat qilayotgan gaz ta’minoti xodimlaridan rozi bo‘lishni unutmang.


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Eslatma

🔥 Tabiiy gaz hisoblagich orqali o‘chib qolishi va turli noqulayliklarni oldini olish maqsadida 2023-yil yakuni yangi yil bayrami va dam olish kunlari davrida foydalanib kelinadigan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni oldindan to‘lashni unutmang!

📱 To‘lovlarni banklarning mobil ilovalari orqali amalga oshirishni tavsiya etamiz!

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Ishlar_raqamlarda

Yil boshidan 81691 ta aholi iste'molchilariga 14,986 620 tonna 50 ta ijtimoiy soha obyektlariga 29,240 tonna jami 15,014 860 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.

Aholi iste'molchilariga 2023 yil mobaynida 1439 dona ID kartalar tarqatilgan. Shu bilan birga, iste’molchilarning suyultirilgan gaz ta’minoti jarayonlari “Raqamli transformatsiya” qilinib, viloyatimizdagi 83 ming iste’molchilar maxsus ID-kartalar bilan ta’minlandi hamda 115 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlar nazoratini yuritish uchun elektron chiplar biriktirildi.

Qolaversa, maxsus “E-Gaz” dasturi ishga tushirilgach, iste’molchi va dastur orasidagi masofaviy bog‘lanish to‘lovlari onlayn amalga oshirilib, inson omilisiz masofadan jarayonlarni boshqarishga erishildi.

Shuningdek, iste’molchilarning maishiy gaz ballonlarga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganib borish tizimi ham yo‘lga qo‘yilib, o‘tgan davrda 150 dona (Boyovut tuman 20 dona, Xavos tuman 3 dona, Sardoba tuman 40 dona, Oqoltin tuman 6 dona, Mirzaobod tuman 44 dona, Sayxunobod tuman 28 dona, Sirdaryo tuman 9 dona) maishiy gaz balonlari muomalaga kiritildi. Natijada, maishiy gaz ballonlarni ajratish masalasida murojaatlar kamaydi.


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

🗞"Qish mavsumiga tayyorgarlik" nomli maqola "Tafakkur va dunyo" gazetasining 2023 yil 11 dekabrdagi 20-sonida yoritildi

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#mahalliy_nashrlarda

#Shirin_sadosi

⚡️⚡️⚡️Murojaatlar nazorati va ijrosi

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJda korrupsiyaga qarshi kurash va sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish mavzusiga bagʻishlangan kengaytirilgan videoselektor yigʻilish boʻlib oʻtdi

Yigʻilishda gaz taʼminoti tizimining 11 mingdan ziyod xodimlari ishtirok etdi.

Qayd etilganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida huquqiy va institutsional islohotlar tizimli amalga oshirilmoqda. Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinib, maxsus vakolatli Agentlik tashkil etildi. Hukumat faoliyatining ochiq va oshkoraligini taʼminlash va masʼuliyatini oshirish, byurokratiyani kamaytirish va davlat xizmatlarini soddalashtirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlar amaliyotga keng joriy etilmoqda.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=9181

/channel/AO_Hududgaztaminot

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“HUDUDGAZTAʼMINOT” AJ RASMIY XABARI

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan hozirgi vaqtda tabiiy gazni teng taqsimlash va isteʼmolchilarga bir maromda yetkazib berish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda. 2023-yilning 21-dekabr kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilarga 107,2 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bundan tashqari suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 2218 tonna yoqilgʻi yetkazilgan.

Har qanday ob-havo sharoitiga qaramay, isteʼmolchilarning gaz taʼminotini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “Qora boʻrik” MFYga “Beshterak” MFYdan uzunligi 2 km boʻlgan gaz quvuri tortilmoqda. Buning natijasida MFYning 3—8-koʻchalarida istiqomat qiladigan 900 ta isteʼmolchining gaz taʼminoti yaxshilanadi.

Batafsil👈

/channel/AO_Hududgaztaminot

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

TABIIY GAZ TA'MINOTI TO‘XTATILADI

Sholikor gaz taqsimlash stansiyasidan chiqqan kollektorda gaz regulyatori ishdan chiqishi sababli 22 dekabr kuni soat 12:00 dan ishlar yakunlangunga qadar Sirdaryo tumanining Sholikor va Kamolot mahallalaridagi jami 800 ta aholi xonadonlari va 13 ta ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

🔥/channel/hududgazsirdaryo

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“HUDUDGAZTAʼMINOT” AJ RASMIY XABARI

Havo haroratining pasayishi munosabati bilan butun mamlakat boʻyicha tabiiy va suyultirilgan gaz isteʼmolining ortishi kuzatilmoqda. 2023-yilning 20-dekabr kuni gaz taʼminoti tashkilotlari tomonidan aholi va ulgurji isteʼmolchilarga 108,4 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bundan tashqari suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga 1819 tonna yoqilgʻi yetkazilgan.

Har qanday ob-havo sharoitiga qaramay, isteʼmolchilarning gaz taʼminotini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda...

Batafsil👈

/channel/AO_Hududgaztaminot

Читать полностью…
Подписаться на канал