hududgazsirdaryo | Неотсортированное

Telegram-канал hududgazsirdaryo - "HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

-

"HUDUDGAZ SIRDARYO" МЧЖ РАСМИЙ ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИГА ҲУШ КЕЛИБСИЗ!!

Подписаться на канал

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Poytaxt gazetasining 11-iyuldagi 3-4-sonlarida "Gaz ta'minotini yaxshilash ustuvor vazifamiz" nomli maqola chop etildi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Diqqat

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Sayxunobod tumanida joylashgan “Akaltin Logistics Center” MCHJda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Sayxunobod tumanida joylashgan “Akaltin Logistics Center” mas’uliyati cheklangan jamiyatida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, hodisalar yuz berganda xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish maqsadida navbatdagi maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv mashqida Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tuman bo‘limi, tez tibbiy yordam xizmati, "Sayxunobodtumangaz" gaz ta'minoti bo'limi hamda “Akaltin Logistics Center” MCHJ xodimlari ishtirok etdi. O‘quv mashqi davomida kutilmagan yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda ko‘rilishi lozim bo‘lgan tezkor choralar, evakuatsiya tartibi, birinchi yordam ko‘rsatish amaliyoti va aloqani tashkil etish bo‘yicha harakatlar sinovdan o‘tkazildi.

Tadbir davomida barcha ishtirokchilar o‘z vazifalarini yuqori darajada bajardilar. Maxsus texnika va jihozlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

O‘quv mashqi yakunida tahlil va muhokamalar bo‘lib o‘tdi, ishtirokchilarga tegishli tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi. Ushbu mashq favqulodda holatlar yuz berganda tizimli va muvofiqlashtirilgan harakatlarning naqadar muhimligini yana bir bor namoyon etdi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Guliston shahar Bo‘ston, Navbahor va Shodlik mahallalariga yo‘naltirilgan diametri 89/159 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer usti gaz quvurida ta’mirlash va 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib boriladi.

Shu sababli 10 iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.


Aholi iste’molchilar soni - 5188 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 132 ta


Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Amaldagi_ishlar

"Sirdaryotumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida energotejamkorlikni targ‘ib qilish bo‘yicha 9 870 ta xonadonga eslatmalar tarqatdi. Natijada, aniqlangan 1 420 ta nostandart gaz uskunalaridan 1 210 tasi zamonaviy energotejamkor gaz jihozlariga almashtirildi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Shirin” gaz taqsimlash stansiyasidan Boyovut tumani “Sovotobod” MFYga yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 100 mm yer usti gaz quvurida ta’mirlash va tartibga keltirish ishlari olib boriladi.

Shu sababli “Sovotobod” MFYda 10 iyul kuni soat 09:00 dan 11 iyul kuni soat 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilar soni - 205 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 1 ta


Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Президент: "Мен ҳам тирбандликда турдим"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Мамлакатимизда жамоат транспорти тизими аҳолини рози қиладиган даражада йўлга қўйилмагани кўрсатиб ўтилди.

Шаҳарлараро автобуслар график бўйича эмас, балки йўловчилари 40-50 киши бўлиб тўлганда юришга ўрганган. Чунки тадбиркорларга шаҳарлараро жамоат транспортида зарарни компенсация қилиш механизми йўлга қўйилмаган. Субсидия фақат шаҳар атрофидаги автобуслар учун бор.

Президент эндиликда ўрта ва узоқ масофага қатнайдиган жамоат транспортини ривожлантириш бўйича янги тизим жорий қилинишини айтди.

Бунинг учун Тошкент шаҳри ва вилоятлараро қатнов бўйича алоҳида ёндашув бўлади.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Infografika

Guliston tumanida tabiiy gaz tarmog’ini yaxshilash borasidagi ishlar to’g’risida

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Sayxun” gaz taqsimlash stansiyasidan Gulbuloq mahallasiga yo‘naltirilgan diametri 159 mm bo’lgan yer usti yuqori bosimli gaz quvuridan gaz sizib chiqish holati aniqlandi.

Shu sababli 08 iyul kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha Sayxunobod tumanining Gulbuloq, Shodlik, Turon, Sintob va Do‘stlik MFYlarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.

Aholi iste’molchilar soni - 3289 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 32 ta


Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Президент Шавкат Мирзиёев Наманган вилоятида ислоҳотлар натижадорлиги, ишларнинг бориши ва лойиҳалар ижроси юзасидан ҳисобот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с отчетом о результативности проводимых реформ, ходе работ и новых проектах в Наманганской области.

#Mirziyoyev #hisobot #Namangan #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Ulug‘bek mahallasida “Sirdaryotumangaz” boshlig‘i ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi

Hududlarda aholining murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida hal qilish maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Shu jumladan, “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i G‘.Qurbonov ishtirokida Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul ochiq muloqot ruhida o‘tkazilib, unda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida hududni ikki bosqichli tizimga o‘tkazish, suyultirilgan gaz ta’minoti, gaz hisoblagichlaridagi aloqa muammolari hamda uylarga tabiiy gazni ulash kabi muhim masalalar ko‘tarildi.

Barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Fuqarolar bunday uchrashuvlar ularning muammolarini eshitish va hal etishda muhim vosita ekanini ta’kidlashdi.

“Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan bu kabi sayyor qabullar doimiy ravishda o‘tkazilib, aholiga qulaylik yaratish va xizmat sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Kun_fotosi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M.Xodjayev ishtirokida oʻtkazilgan rahbar va yoshlar uchrashuvidan fotolavhalar

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Хонкенди шаҳридаги Иқтисодий ҳамкорлик ташкилоти саммити доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Покистон Ислом Республикаси Бош вазири Шаҳбоз Шариф билан учрашув ўтказди.

На полях саммита Организации экономического сотрудничества в городе Ханкенди состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Премьер-министра Исламской Республики Пакистан Шахбаза Шарифа.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Pokiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialida milliy liboslar kuni va siyosiy ma’rifat soati o‘tkazildi

“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialida xodimlar ishtirokida Milliy liboslar kuni hamda Siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.

Milliy liboslar kuni munosabati bilan xodimlar ishga o‘zbek xalqining boy an’analarini ifodalovchi milliy kiyimlarda tashrif buyurishdi. Tadbirning asosiy maqsadi – milliy qadriyatlarni e’zozlash, ularni targ‘ib qilish hamda jamoada ijobiy ruhiyatni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, siyosiy ma’rifat soati davomida mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-ijtimoiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar va huquqiy madaniyatni oshirish masalalariga bag’ishlangan rolik namoyish etildi.

Tadbir yakunida xodimlar tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar asosida kelgusidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etish yo‘nalishida rejalar belgilandi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Infografika

“Shirinshahargaz” gaz ta’minoti bo’limiga yil boshidan shu kunga qadar aholidan kelib tushgan murojaatlar va ularning yechimi to’g’risida

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Чилонзор туманида мебелсозлик тармоғида фаолият юритаётган замонавий корхона билан танишилди.

В Чиланзарском районе состоялось ознакомление с современным предприятием мебельной отрасли.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Президент Шавкат Мирзиёев Бунёдкор кўчасида хизмат кўрсатиш ва гастрономик туризм учун яратилган шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созданными условиями для сервиса и гастрономического туризма на улице Бунёдкор.

#Mirziyoyev #tanishuv #xizmatlar #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 10 657 nafar iste’molchi suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Shundan 10 652 tasi aholi xonadonlari hisoblanadi.

2025-yilning yanvar-may oylarida aholiga 775,490 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 702,580 tonna gaz ballonlari iste’molchilarga yetkazib berilgan.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida, shartnoma asosida 11 160 dona maishiy gaz ballonlari vaqtinchalik foydalanishga topshirilgan. Ularning texnik holati doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Gaz ballonlarini tashish va taqsimlash jarayonlari uchun 110 dona ballon sig‘imiga ega 3 ta ISUZU rusumli maxsus avtomashinalar xizmat qilmoqda.

Shuningdek, 2025-yil boshidan buyon suyultirilgan gaz va gaz ballonlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘limga 10 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 9 tasi ijobiy hal etilgan, 1 tasiga esa huquqiy tushuntirish berilgan.


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati doirasida jami 22 914 nafar iste’molchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 10 657 tasi suyultirilgan gazdan, 12 257 tasi esa tabiiy gazdan foydalanadi.

Tabiiy gaz bilan ta’minlanuvchi iste’molchilarning 11 981 tasini aholi xonadonlari, 276 tasini esa yuridik shaxs – ulgurji iste’molchilar tashkil etadi. Ulgurji iste’molchilarning 30 tasi ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar bo‘lsa, 246 tasi boshqa yo‘nalishdagi ulgurji iste’molchilardir..

Aholi o‘rtasida energotejamkorlikni targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, 9 870 ta xonadonga eslatmalar tarqatilib, targ‘ibot ishlari olib borildi. Natijada, aniqlangan 1 420 ta nostandart gaz uskunalaridan 1 210 tasi zamonaviy, energotejamkor gaz jihozlariga almashtirildi.

Gaz taqsimlash qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish rejasi 125 donani tashkil etib, hozirga qadar 62 donasi texnik taftishdan o‘tkazilgan.

Gaz taqsimlash qurilmalarini mukammal ta’mirlash rejasi bo‘yicha 3 dona belgilangan bo‘lib, hozirda 2 donasi ta’mirdan chiqarildi.

Yer osti gaz quvurlarini maxsus asbob-uskunalar yordamida tekshirish rejasi 21,3 km ni tashkil etadi. Bugungi kungacha 11,4 km uzunlikdagi quvurlar tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Gaz quvurlarini bo‘yash ishlari 7,2 km qilib belgilangan bo‘lib, hozirga qadar 4,2 km gaz quvurlari estetik holatda tartibga keltirilib, bo‘yoqlangan.

Shuningdek, Ziyokor, Bunyodkor, Ulug‘bek, Shirin va Paxtakor mahallalarining kirish qismida aholini sifatli gaz bilan ta’minlash maqsadida 8 dona yangi gaz taqsimlash qurilmasi o‘rnatildi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M.Xodjayev va Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov Andijon viloyatida tabiiy hamda suyultirilgan gaz taʼminotida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrgandi

Dastlab, Asaka tumanida tashkil etilgan vodiy viloyatlarida faoliyat koʻrsatuvchi gaz sohasi xodimlarining tabiiy va suyultirilgan gaz yoʻnalishlarida malaka oshirishiga moʻljallangan oʻquv-amaliyot markazi bilan tanishildi. Xodimlar bu yerda tabiiy va suyultirilgan gazning ishlab chiqarishdan isteʼmolchilarga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha texnologik bosqichlari haqida nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻladi.

Ishchi guruh tomonidan, shuningdek, tumandagi “Asaka” gaz toʻldirish shoxobchasini modernizatsiya qilish jarayonlari oʻrganildi. Mazkur shoxobchada gaz saqlash quvvatlarini ikki barobarga oshirish, vagon-sisternalarni qabul qilish uchun yana ikki dona qoʻshimcha estakada qurish, foydalanishdagi sanoat quvurlarini yangilash, zamonaviy va energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, maishiy gaz ballonlarini avtomatlashtirilgan tarzda toʻldirish ishlari rejalashtirilgan.

Shundan soʻng ishchi guruh tomonidan Paxtaobod tumani “Mashʼal” MFY hududidagi koʻp qavatli uylarda suyultirilgan gaz va havo aralashmasi orqali yoqilgʻi bilan taʼminlovchi Yaponiya texnologiyasini joriy etish boʻyicha olib borilayotgan jarayonlar oʻrganildi. Mazkur tizim avvalroq Toshkent viloyati Angren shahrida tajriba asosida muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyilgandi.

Yana bir manzil Andijon shaharning “Taxtakoʻprik” mahallasi boʻldi. U yerda avtomatlashtirilgan mahalla nazorat-hisob balansini joriy etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar koʻzdan kechirildi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Президентимиз яна бир масалага эътибор қаратди.

Айрим вазирлик ва идоралар, ҳокимликларнинг маъмурий биноси жойлашган кўчалар ёпиб қўйилганидан, шусиз ҳам тирбанд кўчаларда уларнинг ходимлари йўлни 2-3 қаторини “парковка” қилиб олганидан аҳоли норози.

Президент топшириғига кўра, 15 минг нафар ҳайдовчилар ўртасида сўров ўтказилди. Пойтахтда ҳам, йирик шаҳарларда ҳам қонуний “парковкалар” етишмагани учун улар машинасини йўл бўйига қўйишга мажбурлигини билдирган.

Умуман, оддий ҳайдовчилар дардини эшитадиган одам, мулоқот платформаси йўқ”,

- деди Президент.

Мутасаддиларга барча ташкилот ва маҳаллалардаги асоссиз қўйилган тақиқловчи белгиларни олиб ташлаш топширилди.

Вазирлик ва идоралар ходимлари аҳолига ноқулайлик яратиб, “парковка” қилиб олган ҳудудларда фото ва видео камералар ўрнатиб, жазо муқаррарлигини таъминлаш вазифаси қўйилди.

Давлат хизматчилари жамоат транспортида юриш бўйича намуна бўлиши кераклиги қайд этилди. Эндиликда Ҳукумат қарори билан тасдиқланган рўйхатдан ташқари раҳбарларнинг хизмат машинасига йўлларда устунлик берилмаслиги белгиланди.

Facebook|Instagram|X

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar fosh etilib, 3,3 mlrd soʻmdan ortiq zarar aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining topshirigʻi bilan hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand viloyatida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti boʻlimlari xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Viloyatning Pastdargʻom tumani “Oʻrtacharhin” MFYda joylashgan hammomda tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻl bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani maʼlum boʻldi. Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 2 milliard 887 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Samarqand shahrining “Sevali ota” MFYda joylashgan “A. M. S.” MCHJga qarashli koʻp qavatli binoda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 446 million soʻmlik zarar hisoblandi.

Ushbu noqonuniy holatlarga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram |hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Bekobodshahargaz” gaz ta’minoti, Bekobod sement AJ hududidagi diametri 130 mm bo’lgan gaz quvurida avariyaviy holat aniqlandi.

Shu sababli Shirin shaharning “Do‘stlik”, “A.Temur”, “M.Ulug‘bek”, “Bunyodkor”, “Vatanparvar” va “Farhod” MFY, Boyovut tumani “Shirin” MFY va Xovos tumani “Qoraqum” MFYlarda 8 iyul kuni soat 13:00 dan soat 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilar soni - 5486 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 80 ta


Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Sirdaryo tumani Elobod mahallasi hududidagi Osiyo sanoat zonasiga gaz quvurlari montaj qilinib, bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda

Hududda sanoat rivojini qo‘llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining qurilish va montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan zaruriy texnik ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Jumladan, hozirda tumandagi Elobod mahallasi hududidagi diametri 219 mm bo‘lgan gaz quvurlari montaj qilinmoqda. Mazkur quvur tarmog‘i orqali ushbu hududdagi tadbirkorlik subyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, yangi o‘rnatilgan gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari ham olib borilmoqda. Bu jarayon quvurlarni korroziyadan himoyalash va ularning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Oqoltin tumanida gaz quvurlarini bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda

Aholiga uzluksiz va xavfsiz gaz ta’minotini yo‘lga qo‘yish, mavjud gaz tarmoqlarini saqlash hamda ularning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining "Oqoltintumangaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tuman hududidagi yer usti gaz quvurlarida bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu jarayon gaz quvurlarini korroziyadan himoyalash va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Ishlar belgilangan tartibda olib borilmoqda. Bu kabi ishlar gaz tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta’minlab, iste’molchilarga barqaror va xavfsiz gaz yetkazib berilishiga xizmat qiladi.


"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#yangiruhiyat

Yoshlarga eʼtibor – ishonchli kelajak poydevori


“Hududgaztaʼminot” AJ tashabbusi bilan Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun ikki kunlik amaliy tadbir tashkil etildi.

Tadbir doirasida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazilib, yoshlarga yaratib berilgan imkoniyatlar, kasbiy va shaxsiy rivojlanish haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, dastur doirasida hayotiy muammolarni yengish va shaxsiy oʻsish mavzularida tajribali psixolog bilan uchrashuv, jamoaviy faollikni oshirishga qaratilgan sport va intellektual oʻyinlar hamda kasbga yoʻnaltirishga yordam beradigan master-klasslar tashkil etildi.

Ishtirokchilar ikki kun mobaynida nafaqat tabiat bagʻrida dam olish, balki hayotda asqatadigan ulkan amaliy bilimlarga ega boʻlishdi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi ishtirokida rahbar va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

Yurtimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib, ularni qoʻllab-quvvatlash va har tomonlama rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilyapti. “Hududgaztaʼminot” AJ rahbariyati ham ushbu jarayonda faol ishtirok etib, yoshlarga yaqindan koʻmak koʻrsatishni oʻzining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilagan.

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan Oʻrtachirchiq tumanida yashovchi yoshlar bilan alohida ish olib borilmoqda. Jumladan, tumanning “Kuchlik”, “Yoriq”, “Qunduzak”, “Adolat” va “Mingtepa” mahallalarida yashovchi 48 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash, shaxsiy qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib, turli sohalarda oʻz oʻrnini topishiga koʻmak koʻrsatilmoqda.

Shu kunga qadar mazkur yoshlar orasidan 18 nafariga amaliy koʻmaklar koʻrsatildi. Xususan, qoʻziqorin yetishtirish uchun issiqxona qurib berildi, haydovchilik guvohnomasi olishi uchun oʻquv markazlariga yoʻllanmalar taqdim etildi, shuningdek, motokultivator, sartaroshlik asbob-uskunalari va kompyuter xizmatlari uchun zarur texnikalar bilan taʼminlandi.

Mazkur saʼy-harakatlar doirasida yoshlar uchun foydali muhit yaratish, oʻzaro tajriba almashish hamda jamoa ruhini shakllantirish maqsadida ular uchun Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soʻlim maskanda ikki kunlik tadbir tashkil etildi.

Tadbirning eng muhim qismi “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisi M.Xodjayev ishtirokida oʻtkazilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻldi. Unda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish, fikr va takliflarini bildirish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Boshqaruv raisi har bir yoshga ishonch bildirib, ularning tashabbus va intilishlarini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini taʼkidladi.

Yoshlarga berilgan imkoniyat bu – kelajakka qilingan eng muhim investitsiya. Biz har bir yoshning oʻz oʻrnini topishi, jamiyatga foyda keltira oladigan fuqaroga aylanishi uchun shart-sharoit yaratishni oʻz burchimiz deb bilamiz, — deydi M.Xodjayev.


“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan bu kabi tashabbuslarni kelgusida ham davom ettirish rejalashtirilgan.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Guliston shahar bo‘limi xodimlari, filialning “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” bo‘limi boshlig’i, shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoa shartnomasi bo‘yicha profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zarari, unga qarshi kurashishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda har bir xodimning mas’uliyati muhokama qilindi. Yig‘ilish davomida shuningdek, xodimlar o‘rtasida halollik, vijdonlilik va mas’uliyatlilik tamoyillarini mustahkamlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, qonuniylikni ta’minlash va axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilish borasida muhim tavsiyalar berildi.

"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ SIRDARYO" gaz ta‘minoti filiali

#Diqqat

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал