"HUDUDGAZ SIRDARYO" МЧЖ РАСМИЙ ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИГА ҲУШ КЕЛИБСИЗ!!
Guliston tumanining “Ibrat”, “A.Yassaviy” va “Do‘stlik” mahallalari yo‘nalishidagi yuqori bosimli gaz quvurlariga elektron gaz hisoblash uskunasini o‘rnatish ishlari olib boriladi.
Shu sababli, 4 iyul kuni soat 09:00 dan 5 iyul kuni soat 17:00 ga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 1550 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 92 ta
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Президент Шавкат Мирзиёев Бокудан Фузулий шаҳрига келди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл из Баку в город Физули.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Давлатимиз раҳбари Бокудаги Ғалаба боғида Озарбайжон фидойиларини хотирлади.
—
Глава государства почтил память патриотов Азербайджана в Парке Победы в Баку.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Guliston shahrida diametri 273 mm bo‘lgan gaz quvuri montaj qilinib, bo‘yoqlanmoqda
Guliston shahrida aholini sifatli gaz bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar doirasida diametri 273 mm bo‘lgan yangi gaz quvuri montaj qilinib, hozirda bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Quvurlarni texnologik talablarga muvofiq ulash va korroziyadan himoya qilishga qaratilgan ushbu ishlar gaz tarmog‘ining barqaror ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиевнинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева отбыл в эту страну с государственным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
Bugun, 2-iyul sanasi, O‘zbekiston tarixida muhim kunlardan biri — aynan shu kunda, 1992-yil 2-iyulda, 616-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi.
Davlat gerbi — bu oddiy timsol emas. U xalqimizning shon-shuhrati, g‘ururi, tarixiy xotirasi, ezgu orzu-intilishlarini o‘zida mujassam etgan muqaddas ramzdir. Gerbda Vatanimizning tabiiy boyliklari, madaniy merosi va xalqimizning mehnatkashligi o‘z aksini topgan.
Har bir fuqaroning burchi — davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni e’zozlashdir. Chunki gerbga bo‘lgan hurmat — bu o‘z Vataniga bo‘lgan hurmatdir.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Gazni tejash – bu farovonlik sari qadamlardan biridir!
Gazni tejash – bu oddiy ehtiyotkorlik emas, bu jamiyat oldidagi mas’uliyat, atrof-muhitga hurmat va farovon kelajak sari qo‘yilgan qadamdir.
Bugun har birimiz – oddiy fuqaro, xonadon egasi yoki tadbirkor bo‘lishimizdan qat’i nazar – tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishga hissa qo‘shishimiz kerak. Chunki:
🔹 Tejamkorlik – iqtisodimizga foyda;
🔹 Tejamkorlik – barqaror gaz ta’minoti;
🔹 Tejamkorlik – ekologik xavfsizlik;
🔹 Tejamkorlik – kelajak avlodlar oldidagi burchimizdir.
Shunday ekan, har bir xonadon, har bir foydalanuvchi bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi zarur!
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Bilish_zarur
Gazni tejash – bu oddiy ehtiyotkorlik emas, bu jamiyat oldidagi mas’uliyat, atrof-muhitga ehtirom va farovon kelajak sari qo‘yilgan qadamdir. Har bir xonadon, har bir foydalanuvchi bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi zarur.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
“Hududgaztaʼminot” AJ yoshlar bilan ishlashda TOP-30 talikka kirdi!
Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, ularning faolligi va salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan izchil faoliyat natijasida “Hududgaztaʼminot” AJ yurtimizdagi eng faol tashkilotlar qatoridan o‘rin oldi.
150 dan ortiq vazirlik va idoralar orasidan yoshlar bilan ishlash borasidagi ilg‘or tajribasi, tashabbuskorligi va samarali loyihalari evaziga “Hududgaztaʼminot” AJ yoshlar yetakchisi Abbos Tojiyev Yoshlar ishlari agentligi tomonidan e’tirof etilib, TOP-30 talikka kiritildi.
“Hududgaztaʼminot” AJ yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyatini bundan buyon ham izchil rivojlantirib, yoshlarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni davom ettiradi.
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
2025-2026 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Guliston GTS (gaz taqsimlash stansiyasi)dan Guliston shahri, Boyovut, Mirzaobod va Guliston tumanlariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli gaz quvurida taʼmirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan 2025 yil 23 iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:
🔹 Guliston shahridagi quyidagi mahallalar:
Navbahor, Shodlik, Baxt, Bo‘ston, Buyuk kelajak, Istiqlol, Ulug‘obod, Bog‘ishamol, Namuna, Sayqal, Taraqqiyot, Obodyurt, Bahor, Ibratli, Ma’naviyat, Nihol, Ulug‘ yo‘l, Yuksalish, Do‘stlik, Sohil, Nurafshon, Ahillik, Madaniyat va Yangi hayot.
🔹 Boyovut tumanidagi:
Yangi avlod, Qaropchi, Anorzor, Bekat mahallalari.
🔹 Guliston tumanidagi:
Zarbdor, Mevazor, Yulduz, Mustaqillik, Birlashgan, Soyibobod, A. Navoiy, A.Yassaviy, Do‘stlik, Chortoq, Ishonch, Ibrat, Inoqlik.
🔹 Mirzaobod tumanidagi:
Dehqonobod, Oydin, Bog‘iston, Navro‘z, Tinchlik, M. Ulug‘bek va Toshkent mahallalari.
Aholi iste’molchilar soni - 43671 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 1312 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
📌 Ishonchli tizim — sifatli xizmat!
Aholini barqaror va xavfsiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida hozirda Guliston gaz taqsimlash stansiyasidan Guliston tumani hamda Guliston shaharning Baxt, Ulug‘obod, Ibratli, Bahor, Yuksalish, Ulug‘yo‘l va Baxmal mahallalari yo‘nalishida joylashgan yer osti gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Mazkur yuqori bosimli, diametri 426 mm bo‘lgan magistral gaz quvuri 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Ishlar jarayonida quvur holati tahlil qilinib, zarur joylar ta’mirlanmoqda va yangilanish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bu kabi texnik chora-tadbirlar gaz ta’minotining uzluksizligini ta’minlash, havfsizlikni oshirish va energiya resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
Ayni damda Guliston gaz taqsimlash stansiyasidan Guliston tumani va Guliston shaharning Baxt, Ulug‘obod va Baxmal mahallalari tomon yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 426 mm bo‘lgan yer osti gaz quvurida ta’mirlash va 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
#Hududgaz_Sirdaryo
Sh.Rashidov mahallasida maishiy gaz ballonlari tarqatildi
Boyovut tumanida joylashgan Sh.Rashidov mahallasining 950 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari uchun navbatdagi amaliy qadam qo‘yildi.
Bugun ushbu mahallaga jami 1150 dona maishiy gaz balloni yetkazib kelinib, iste’molchilarga belgilangan tartib asosida tarqatildi.
Gaz ta’minotining barqarorligi va aholi ehtiyojining o‘z vaqtida qondirilishi doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Президентимиз Миракининг туризм салоҳияти билан танишди.
—
Президент ознакомился с туристическим потенциалом Мираки.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Guliston gaz taqsimlash stansiyasidan Guliston tumani va Guliston shaharning Baxt, Ulug‘obod, Ibratli, Bahor, Yuksalish, Ulug'yo'l va Baxmal mahallalari tomon yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 426 mm bo‘lgan yer osti gaz quvurida ta’mirlash va 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib boriladi.
Shu sababli 20 iyun kuni soat 10:00 dan 23 iyun kuni soat 18:00 ga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 5338ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 76 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Guliston shahar va Guliston–Dehqonobod yo‘nalishidagi yuqori bosimli gaz quvurlarini ajratuvchi chegara hududlarining kirish qismiga elektron gaz hisoblash uskunalarini o‘rnatish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, 2025-yil 4 iyul kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Guliston tumanining “Zarbdor”, “Ishonch”, “Mevazor”, “Yulduz”, “Soyibobod”, “Mustaqillik”, “Birlashgan”, “Chortoq”, “Inoqlik”, “A.Navoiiy”, “Ibrat”, “A.Yassaviy” va “Do‘stlik” MFYlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 7483 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 92 ta
Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Ishlar yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Sirdaryotumangaz iste’molchilar murojaatlarini joyida hal etmoqda
“Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumandagi aholiga uzluksiz tarzda suyultirilgan maishiy gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. Buning bilan bir qatorda, iste’molchilarning murojaatlari ham muntazam o‘rganilib, har bir holat bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Joriy yilning iyun oyida tuman bo‘yicha iste’molchilardan jami 8 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 7 tasi joyida ijobiy hal etilgan, 1 ta murojaatga esa atroflicha tushuntirishlar berilgan.
Xususan, tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi fuqarolardan biri – O.Erdayev suyultirilgan gaz balloni olishda muammoga duch kelganini bildirib, “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga murojaat yo‘llagan. Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilgach, fuqaroning talabi haqiqatga to‘g‘ri ekani aniqlangan va natijada unga belgilangan tartibda bir dona suyultirilgan gaz balloni yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Quyosh” mahallasida yashovchi R.Nishonova suyultirilgan gaz ballonini qayta to‘ldirishda yuzaga kelgan muammo bo‘yicha murojaat qilgan. Mazkur holat ham tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, “Sirdaryotumangaz” xodimlari tomonidan ijobiy hal etilgan.
“Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi bundan keyin ham iste’molchilar murojaatlarini e’tibordan chetda qoldirmasdan, ularni sifatli va o‘z vaqtida hal etishga harakat qiladi. Aholi murojaatlari biz uchun muhim va ular orqali xizmat sifatini yana-da yaxshilashga intilamiz.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Yangiyer shahrining Yangi Asr ko‘chasida gaz quvuri ta’mirlanmoqda
“Yangiyershahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan Shukrona mahallasi, Yangi Asr ko‘chasida joylashgan diametri 159 mm bo‘lgan gaz quvurida ta’mirlash va bo‘yoqlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ushbu texnik xizmat ko‘rsatish ishlari gaz quvurining chidamliligini oshirish, uni zanglashdan saqlash hamda kelgusida aholini barqaror va xavfsiz gaz bilan ta’minlash maqsadida bajarilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
“Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurash va jamoa shartnomalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish, jamoaviy shartnomalar ijrosini ta’minlash, xodimlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish filialning Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i hamda Birlashgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi boshchiligida o‘tkazildi. Tadbirda bo‘lim xodimlari, kasaba uyushmasi vakillari va rahbariyat ishtirok etdi.
Mazkur yig‘ilishda bo‘limda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoya, xodimlarning huquq va manfaatlarini ko‘zda tutuvchi jamoaviy shartnomalarning amaldagi ijrosi yuzasidan ham hisobotlar eshitildi.
Yig‘ilish ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarning taklif va mulohazalari asosida muhim qarorlar ishlab chiqildi. Ayniqsa, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish va kasaba uyushmalari faoliyatini kuchaytirish yuzasidan aniq reja va yo‘nalishlar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar gaz ta’minoti tizimidagi ichki intizom, adolatli boshqaruv va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
🗓Har chorshanba - "Xodim qahramon" rukni
Bugungi ruknimiz qahramoni — o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashib, umrining katta qismini soha ravnaqi yo‘liga bag‘ishlagan fidoyi mutaxassis — Qosimova Kifoyat Abduvaliyevna.
U “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialida Nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kifoyat opa bu sohada 37 yil 6 oydan beri tinimsiz mehnat qilmoqda.
Uning halolligi, sabr-toqati, yuqori mas’uliyat hissi va insonlarga samimiy munosabati orqali ko‘plab murojaatlar ijobiy hal etilgan, iste’molchilarning ishonchi mustahkamlangan. Soha rivojiga qo‘shgan hissasi va tajribasi yosh xodimlar uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilmoqda.
Biz Kifoyat opaning ko‘p yillik mehnatini chuqur qadrlaymiz va unga mustahkam sog‘lik, bardavom kuch-g‘ayrat tilaymiz!
Bunday xodimlar — sohamizning tirgagi, fidoyilik namunasi!
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Brifing
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan tabiiy gazni tejash borasida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ma'lumot berildi
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
“Hududgaz Sirdaryo”da ayollar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Bugun “Hududgaz Sirdaryo” GTF ijro apparatida jamiyat hayotida ayollarning o‘rni hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan muhim tadbir — davra suhbati bo‘lib o‘tdi. “Jamiyatda ayol o‘rni” va “Milliyligimiz va asl qadriyatlarimizni asrash” mavzularida tashkil etilgan mazkur suhbatda ijro apparatida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etdilar.
Tadbirda ayollarning jamiyatdagi faolligi, oiladagi burchi, ish joyidagi mas’uliyati va ularning mamlakat taraqqiyotida tutgan o‘rni keng muhokama qilindi. Shuningdek, milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz va tarixiy merosimizni asrash, uni keyingi avlodga yetkazish borasida ayollarning o‘ziga xos va beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi.
Ayollar o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati juda katta ekanini ta’kidladilar. Ushbu uchrashuv xotin-qizlarni ruhlantirdi, ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Президент – ёшларга: Сизлар – Янги Ўзбекистон бунёдкорлари сифатида янги тарих яратадиган олтин авлодсиз!
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Shirin” gaz taqsimlash stansiyasidan Boyovut tumanining “Uchturgon”, “Sohil” va “Beruniy” mahallalariga yo‘naltirilgan diametri 159 mm bo’lgan yuqori bosimli yer usti gaz quvurida ta’mirlash va 2025–2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib boriladi.
Shu sababli 01 iyul kuni soat 09:00 dan to ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti to’xtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni - 1012 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 10 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
🔥 "Hududgazta’minot" AJ ning haftalik dayjesti
(📆 16 - 22 iyun kunlari)
🗓 16 - iyun
⭕️ O‘zingizga berilgan vakolatni imkoniyat emas, oliy burch va muhim vazifa sifatida qabul qiling
⭕️ Bolalar ijodda!
⭕️ Toshkent viloyatida “Aqlli mahalla” loyihasi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
_______
🗓 17 - iyun
⭕️ “Studiya 24” | Islohotlar natijadorligi va navbatdagi ustuvor vazifalar
⭕️ Andijon viloyatida 2,5 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan AGTKSH aniqlandi.
_______
🗓 18 - iyun
⭕️ Havo harorati ko'tarilmoqda. Biz esa xavfsizlikka yanada e'tiborliroq bo'lishimiz kerak.
⭕️ "Jarayonda qatnashmagan odam soha mashaqqatini his qilolmaydi".
_______
🗓 19 - iyun
⭕️ #Jarayon
⭕️ “Hududgaztaʼminot” AJ delegatsiyasining Pietro Fiorentini bilan uchrashuvi natijalari
⭕️ Olis hududlar suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda
_______
🗓 20 - iyun
⭕️ Milliy qadriyatlarni ulug‘lash – dolzarb vazifa
⭕️ GAZCHI TO'MARISLAR!!!
"Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Sog‘lom muhit – samarali mehnat garovi!
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialida tozalik va obodonlashtirish ishlari jamoaviy tarzda tashkil etildi. Xodimlar tomonidan “Tozalik kuni” doirasida filial hovlisi, yo‘laklar, ishchi xonalar atrofi, gulzorlar va yashil hududlar tartibga keltirildi.
Barcha chiqindilar yig‘ishtirilib, filial atrofi begona o‘tlardan tozalandi. Bu orqali nafaqat tashqi muhitni go‘zallashtirish, balki sog‘lom va samarali mehnat muhitni yaratish maqsad qilingan.
Mazkur tadbir xodimlarda ekologik madaniyat va jamoaviylik tuyg‘usini mustahkamlab, “Tozalik – har birimizdan boshlanadi” degan shiorni hayotiy qadriyatga aylantirgan.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
#Hududgaz_Sirdaryo
Boyovut tumani Sh.Rashidov mahallasi iste'molchilariga suyultirilgan maishiy gaz ballonlar belgilangan reja-grafik asosida yetkazib berildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
🚗💨 Sirdaryoda AGTKSHlar barqaror faoliyat yuritmoqda
Bugungi kun holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatidagi 52 ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining (AGTKSH) 42 tasi to‘liq quvvatda ishlamoqda.
⛽️ Bu shoxobchalar aholining uzluksiz va xavfsiz gaz bilan ta’minlanishida muhim o‘rin tutadi. Ularning barqaror ishlashi esa doimiy nazorat ostida.
🛠 Gaz ta’minotidagi uzluksizlik va barqarorlik – bu iste’molchilarga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatning amaliy ifodasidir.
🟡 #Hududgaz #AGTKSH #SirdaryoYangiliklari #BarqarorXizmat
/channel/Sirdaryo_agtksh
#Birdam_jamiyat #No_comment
Olis hududlar suyultirilgan gaz bilan taʼminlanmoqda
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanining “Kuhsor” va “Aspiduxtar” MFYlari olis togʻli hududlarda joylashgan. Suyultirilgan gazga moslashtirilgan mazkur mahallalarga maishiy gaz ballonlari belgilangan reja-grafik asosida uzluksiz yetkazib berilmoqda.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram |✅hududgaz.uz
“Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining korporativ kotibi lavozimiga tanlov eʼlon qiladi
https://hududgaz.uz/ads?id=14379