"HUDUDGAZ SIRDARYO" МЧЖ РАСМИЙ ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИГА ҲУШ КЕЛИБСИЗ!!
Давлатимиз раҳбари Яккабоғда барпо этилган "Янги Ўзбекистон" массивида яратилган шароитлар билан танишди.
—
Глава государства ознакомился с условиями, созданными на новом массиве "Янги Узбекистон" в Яккабаге.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Andijon viloyatida suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlanayotgan “bunker”lar aniqlandi
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan Andijon viloyatining Izboskan tumanida suyultirilgan gaz taʼminotidagi qonunbuzilish holatlarini aniqlash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi.
Tumanning “Oybek” MFYda yashovchi fuqaro Q. J. oʻz xonadonida 22 dona (6 dona suyultirilgan gaz toʻldirilgan, 16 dona boʻsh) maishiy gaz ballonlarini texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid ravishda noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi. Shuningdek, xonadonda 3 dona tarozi va gazni avtomobillarga oʻtkazishga moslashtirilgan 15 dona rezina shlanglar borligi maʼlum boʻldi.
Mazkur tumandagi “Markaz” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro B. R. xonadonida 21 dona (3 dona suyultirilgan gaz toʻldirilgan, 18 dona boʻsh) maishiy gaz ballonlarini saqlanayotgani fosh etildi. Shu bilan bir qatorda, xonadonda gazni avtomobillarga oʻtkazishga moslashtirilgan 9 dona rezina shlang va 1 dona tarozi borligi aniqlandi.
Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=14375
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Президентимиз поездда Шаҳрисабзга кетаётиб, фаоллар билан мулоқот қилди.
—
На пути в Шахрисабз на поезде Президент побеседовал с активом.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Guliston shahar Bo’ston va Istiqlol mahallalariga yo’naltirilgan diametri 100/133 mm bo’lgan o’rta bosimli yer usti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli 19 iyun kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar yuqorida nomi keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 4936 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 42 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Sayxunobod tumani Sayxun gaz taqsimlash stansiyasidan yo‘naltirilgan yer usti diametri 159 mm bo‘lgan yuqori bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli, 19 iyun kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar Sayxunobod tumanining Gulbuloq, Shodlik, Turon, Sintob va Do‘stlik mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 3282 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 30 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Давлатимиз раҳбари "Тошкент-Шарқий" аэропортининг қурилишини кўздан кечирди.
—
Глава государства ознакомился со строительством аэропорта "Ташкент-Восточный".
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон “Марказий Осиё – Хитой” форматидаги очиқ мулоқот, прагматик ва ўзаро манфаатли ҳамкорликни кенгайтириш тарафдори.
—
Узбекистан привержен открытому диалогу, расширению прагматичного и взаимовыгодного сотрудничества в формате «Центральная Азия – Китай».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#infografika
Energiyani tejash – barqaror kelajak sari muhim qadam!
↗️ Bugungi kunda yoqilg‘i-energetika sohasidagi bozor mexanizmlarining joriy etilishi bilan birga, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda.
🖋 Yuqoridagilarga asosan aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida eslatma ishlab chiqildi!
😮 Ushbu eslatmada:
✅ Energiya sarfi va tejamkorlik bo‘yicha foydali maslahatlar;
✅ Maishiy texnikadan unumli foydalanish usullari;
✅ Elektr va gaz sarfini kamaytirish yo‘llari tushuntirilgan.
💵 Energiya tejash — bu nafaqat iqtisod, balki atrof-muhitni himoya qilishga ham hissadir!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Gaz va elektr energiyasi uchun yil bo'yi kompensatsiya beriladi - arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi
🇺🇿 Xabaringiz bor, 2025-yil 1-maydan O‘zbekiston bo‘ylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumi (noyabr–fevral)da emas, har oyda to‘lab beriladi.
🖋 Ehtiyojmand oilalar uchun 1-iyundan boshlab ariza topshirish boshlandi.
📌Kompensatsiyalar quyidagi toifalarga mansub oilalarga beriladi:
Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag'al oilalar reyestiriga kiritilgan oilalar – bunda oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan oylik daromad 669 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.
Shuningdek, ikki reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir a’zoga 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalar ham ushbu yordamdan foydalana oladi
↗️ 2024-2025-yilgi isitish mavsumi uchun umumiy kam ta’minlangan oilalarga 313.6 mlrd so‘m yordam berilgan bo‘lsa, endilikda bu tizim yanada kengaytirilib, 2025-yilda umumiy hisobda 1 trillion 330 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya ajratilishi rejalashtirilgan.
“Zangori olov” oromgohiga quvonchli safar
Sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarning mehnatini qadrlash, ularning farzandlariga esa maroqli va mazmunli dam olish imkoniyatini yaratish maqsadida “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Zangori olov” bolalar oromgohiga xodimlar farzandlarining yozgi dam olish safarlari uyushtirildi.
Mazkur tashabbus bolalarning sog‘lom hordiq chiqarishi, yangi do‘stlar orttirishi va xotirjam muhitda ta’tilni o‘tkazishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Oromgohda ular uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va qiziqarli mashg‘ulotlar rejalashtirilgan.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
🕋 Qurbon hayiti – mehr, saxovat va birlik bayrami!
Bugun yurtimizda ulug‘ ayyom – Qurbon hayiti nishonlanmoqda. Bu qutlug‘ kun har bir insonni mehr-oqibat, sabr-toqat va saxovatga chorlaydi.
Aziz yurtdoshlar!
“Hududgaz Sirdaryo” GTF jamoasi barchangizni Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Ushbu muqaddas kun xonadonlaringizga tinchlik, baraka va baxt olib kelsin!
Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin!
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
💧 Suvni tejash bo‘yicha foydali maslahatlar — quyidagi infografikada!
Atrof-muhitga befarq bo‘lmaylik — har bir tomchi muhim! 🌍
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni
Ushbu muhim sana har birimizni tabiatga mehr bilan yondashishga, ekologik barqarorlikni taʻminlash va atrof-muhitni asrab-avaylash borasidagi masʻuliyatimizni yana bir bor eslatadi.
“Hududgaztaʼminot” AJ ekologik barqarorlikka erishish, yashil kelajak sari intilish, tabiiy gazdan samarali va xavfsiz foydalanish orqali sof atrof-muhitni saqlashga oʻz hissasini qoʻshishda davom etadi.
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Korrupsiyaga faqatgina pul bilan bog‘liq jinoyat emas.
Nepotizm uning keng tarqalgan shakllaridan biri hisoblanadi.
Xo‘sh, bu tushuncha nimani anglatadi?
📍 Sirdaryoda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi 🛡️🔥
Gaz ta’minoti xodimlari ishtirokida favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga oid maxsus o‘quv mashqi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida gaz ta’minoti tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar, yong‘in va portlash xavflariga tezkor va to‘g‘ri munosabat bildirish usullari amaliy ko‘rsatildi.
🎥 Videoda siz quyidagilarga guvoh bo‘lasiz:
– Xodimlarning zudlik bilan harakatlanishi
– Maxsus texnika va vositalardan foydalanish
– Hamkorlikda amalga oshirilgan xavfsizlik choralari
🔐 Bunday mashg‘ulotlar – xodimlarimizning tayyorgarligi va aholi xavfsizligini ta’minlash yo‘lida muhim omildir.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
/channel/SirdaryoSadosi/48946
Читать полностью…Президент Шавкат Мирзиёев Шаҳрисабзда юқори технологияли кардиожарроҳлик амалиётларини ўтказиш имкониятига эга клиника билан танишди.
—
В Шахрисабзе Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с клиникой, способной проводить высокотехнологичные кардиохирургические операции.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Birdamjamiyat
#Ijtimoiyfaol
#Hududgaz_Sirdaryo
🌞 Havo 40 daraja issiq bo‘lishiga qaramay — xizmatimiz uzluksiz!
💪“Sayxunobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi fidokor xodimlari tumanning Do‘stlik mahallasida tabiiy gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida izchil va samarali ishlarni amalga oshirishmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Президентимиз Кумушкондаги меҳмон уйларидан бири билан танишди.
—
Президент ознакомился с работой одного из гостевых домов Кумушкона.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Sardoba tumani Paxtaobod gaz taqsimlash stansiyasidan yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 159 mm bo‘lgan gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli 19 iyun kuni soat 8:00 dan 18:00 ga qadar tumanning Xalqaobod, Quytosh, Fayzilobod va Navro‘z mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar soni - 3655 ta
Ulgurji iste’molchilar soni - 77 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ mutaxassislarining Italiya Respublikasiga amaliy tashrifi
Italiyaning Florensiya shahrida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari D.Maksudov boshchiligidagi delegatsiya Terranova s.r.l. va HPA kompaniyalari bilan gaz tarmoqlarini raqamlashtirish loyihasi boʻyicha muzokaralar oʻtkazdi. Amaliy uchrashuvlar davomida quyidagi asosiy natijalarga erishildi:
• Terranova II faza taqdimoti: TINA platformasining 2-bosqichi boʻyicha telemetriya afzalliklari va sunʼiy intellekt asosidagi prognoz modellarining yangilangan imkoniyatlari namoyish etildi.
• Anomal isteʼmolni aniqlash: ADEG/ADAM modullarini pilot tartibida joriy etish konseptual tarzda takliflar bilan almashilindi, Toshkent shahridagi maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya sxemasi kelishildi.
• Axborot xavfsizligi: UZCERT talablariga muvofiq anonimlashtirilgan maʼlumotlar almashinuvi tartiblari belgilandi.
• Kadrlar tayyorlash: Florensiyadagi HPA komaniyasi tomonidan “Train-the-Trainer” kursini tashkillashtirish rejalashtirildi.
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
/channel/SirdaryoSadosi/48893
Читать полностью…🗓Xodim qahramon: Meliqulova Umida Muxtarovna
Har bir tashkilotning yuragi — unda mehnat qilayotgan fidoyi insonlardir.
"Gulistontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limida bunday fidoyi xodimlardan biri — Meliqulova Umida Muxtarovna hisoblanadi.
U nazorat va murojaatlar bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimida 15 yil 3 oydan buyon xizmat qilib kelmoqda. Bu yillar mobaynida u o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan, har bir murojaatga e’tiborli, hujjatlarga aniqlik bilan yondashadigan xodim sifatida tanilgan.
Umida opa doimiy tartib, halollik, xushmuomalalik bilan ajralib turadi. U nafaqat ishda, balki jamoadoshlar orasida ham hurmat-e’tiborga sazovor. Tajribasi va sabr-bardoshi bilan ko‘pchilikka namuna bo‘lib kelmoqda.
Bugun “Xodim qahramon” rukni orqali biz Umida opaning mehnatini e’tirof etdik. Chunki qahramonlik — bu har kuni e’tibor markazida bo‘lmasdan turib ham fidoyilik bilan xizmat qilishdir.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзолари ва мураббийларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев: Халқимиз азал-азалдан бир-бирига таянч бўлиб, меҳр-мурувват кўрсатиб яшашни одамийликнинг олий мезони деб билган.
—
Президент Шавкат Мирзиёев: Наш народ с древних времен видит в поддержке ближнего, в проявлении любви и заботы высшие добродетели.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hurmatli yurtdoshlar!
Siz azizlarni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Ushbu muqaddas kun barchangizga tinchlik, fayz-baraka va oilaviy baxt olib kelsin!
Hurmat bilan, "Hududgazta'minot" AJ jamoasi
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Chiqindilarni qanday saralash kerak? Javobi infografikada! ♻️
Tabiatni himoya qilish — oddiy odatlardan boshlanadi 🌱
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
📌 “Gulistontumangaz” gaz taʼminoti bo‘limida halollik va mas’uliyat ustuvor mavzuga aylandi
🔹 “Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashabbusi bilan tuzilgan jamoa shartnomasi ijrosi yuzasidan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
👥 Yig‘ilishda bo‘lim rahbariyati, ishchi-xodimlar, kasaba uyushmasi vakillari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi — tashkilotda halollik muhitini mustahkamlash, korrupsiya xavfini oldindan aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, jamoaviy shartnomalar orqali xodimlar huquqlari va manfaatlarini yanada kuchliroq himoya qilishdan iborat bo‘ldi.
🛡 Korrupsiyaga qarshi kurash – har bir xodimning burchi! Bu borada mas’ul shaxslar tomonidan sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi. Korrupsiya holatlarining oldini olishda ichki nazorat, axborot tizimlari va xodimlarning fuqarolik pozitsiyasi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
🤝 Jamoa shartnomasi – bu oddiy hujjat emas, balki mehnatkashlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va mas’uliyat asosida tuzilgan kelishuvdir. Unda xodimlarning ijtimoiy himoyasi, sog‘lig‘i, dam olish huquqi, moddiy qo‘llab-quvvatlash va boshqa ko‘plab masalalar yoritilgan.
🟢 Yig‘ilish so‘ngida taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
🗓Har chorshanba - "Xodim qahramon" rukni
Bugungi ruknimiz qahramoni — Kushanov Sobirjon Jalilovich, 26 yildan beri "Sardobatumangaz" gaz ta’minoti bo'limida, aynan haydovchi lavozimida halol va fidokorona mehnat qilib kelayotgan inson.
🚛 U — suyultirilgan maishiy gaz ballonlarini eng chekka, eng olis mahallalarga yetkazib beradi.
Yomg‘irda, qorli qishda, jazirama yozda ham vaqtida yetib boradi. Chunki u yaxshi biladi: har bir ballon — bir oilaning chirog‘i, bir bolaning issiq ovqati, bir onaning duosi.
👨🔧 Sobirjon aka kasbini soddalik bilan, lekin yurakdan bajaradi. Jamoasi esa uni sadoqatli, halol va mas’uliyatli xodim sifatida qadrlaydi.
🧡 26 yil — bu bir umrga teng tajriba. Uning mehnati oddiy ko‘rinishi mumkin, ammo ortida katta ahamiyat, yurtga xizmat yotibdi.
👏 Sobirjon aka – oddiy inson, ammo biz uchun haqiqiy qahramondir.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
📍 Sardoba tumani, Paxtakor mahallasi iste’molchilariga suyultirilgan maishiy gaz ballonlari belgilangan reja-grafik asosida yetkazib berildi.
🎥 Videolavhada:
– Gaz tarqatish jarayonining jonli lahzalari
– Mahalla aholisi fikrlari va gazchilar mehnatiga bildirgan iliq minnatdorchiligini tomosha qilishingiz mumkin.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati