"HUDUDGAZ SIRDARYO" МЧЖ РАСМИЙ ТЕЛЕГРАМ КАНАЛИГА ҲУШ КЕЛИБСИЗ!!
🧠 Suyultirilgan maishiy gaz balloni haqida 3 fakt
1️⃣ Ballon ichidagi gaz aslida suyuqlik holatidadir.
Suyultirilgan gaz (propan-butan aralashmasi) bosim ostida saqlanadi va suyuqlik holatda bo‘ladi. Foydalanish vaqtida u gaz holatiga o‘tadi.
2️⃣ Ballonlar o‘rtacha har 5 yilda bir texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
Bu xavfsizlikni ta’minlash uchun muhim. Eskirgan yoki shikastlangan ballonlardan foydalanish xavflidir.
3️⃣ Ballon to‘laligini aniqlash uchun tarozi ishlatish tavsiya etiladi.
Chunki gaz shaffof emas va ko‘z bilan aniqlab bo‘lmaydi. Tarozi orqali aniq nazorat qilish mumkin.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
Tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida 1-chorak mobaynida quyidagi ishlar amalga oshirildi👇
1️⃣ 2025-yil 1-chorak davomida viloyatning tuman-shaharlarida turli diametrdagi jami 78,6 km gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirildi va bo‘yoqlandi.
2️⃣ Viloyat hududidagi aholi iste’molchilarining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 86 dona gaz taqsimlash qurilmalari modernizatsiya qilindi.
3️⃣ 2025-yil yanvar-mart oylari davomida jami 13 029 dona aholi xonadonlari ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
🔒 Gaz xavfsizligi — har bir uyda asosiy qoida!
Gazdan foydalanishda xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘ying. Quyidagi oddiy qoidalarni har kuni eslab boring:
1️⃣ Gaz uskunalarini doimiy nazorat qiling
2️⃣ Xonani muntazam shamollating
3️⃣ Gaz kranini ishlatgandan so‘ng yoping
🔔 Bu qoidalar oilangiz va atrofingizdagi odamlarning hayotini saqlaydi.
📌 Postni yaqinlaringiz bilan ulashing!
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Sirdaryoda maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi
“Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filialining Sayxunobod gaz to‘ldirish shaxobchasida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘zaro hamkorlikdagi harakatlariga bag‘ishlangan maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — obyektda favqulodda holatlar (yong‘in, portlash, gaz sizib chiqishi kabi) sodir bo‘lishi mumkin bo'lgan avariyaviy vaziyatlarda to'g'ri harakatlanish, harakatlar muvofiqligini oshirish, shuningdek, shaxobcha xodimlari va tegishli tuzilmalar o‘rtasida o‘zaro aloqa va amaliy hamkorlikni sinovdan o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
🛠 O‘quv mashqi davomida:
• favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi ssenariysi asosida harakatlar ko‘rsatib berildi;
• xodimlar tomonidan xavfsizlik choralarini ko‘rish, odamlarni xavfli hududdan evakuatsiya qilish va zarar oqibatlarini bartaraf etish ishlari amaliyotda bajarildi;
• fuqaro muhofazasi, yong‘inga qarshi xizmat va tez yordam bo‘limlari bilan hamkorlikdagi harakatlar muvofiqlashtirildi.
Bunday mashg‘ulotlar nafaqat xavfsizlikni ta’minlash, balki ishlab chiqarish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarga tayyor turish borasida katta ahamiyatga ega. O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.
✅ "Hududgaz Sirdaryo" GTF rahbariyati bu kabi mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazilib borilishini va barcha obyektlar xavfsizligi doimiy nazorat ostida ekanini ta’kidladi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Qashqadaryoda gaz taʼminoti xodimlari uchun maxsus oʻquv markazi ish boshladi
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali qoshida gaz taʼminoti sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun maxsus oʻquv markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu oʻquv markazi zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari, shuningdek, gaz taʼminoti tizimida qoʻllaniladigan uskuna va texnikalar bilan jihozlangan boʻlib, oʻquv jarayonlarini maksimal darajada amaliy muhitga yaqinlashtirish imkonini beradi. Xodimlar bu yerda tabiiy va suyultirilgan gazning ishlab chiqarish, transportirovka qilish va isteʼmolchilarga yetkazib berishgacha boʻlgan barcha texnologik bosqichlari haqida nazariy va amaliy bilimlarni mukammal oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladi.
Markazdagi oʻquv dasturlari xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, ularning xavfsizlik qoidalari, yangi texnologiyalar, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari va murakkab holatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha koʻnikmalarini mustahkamlarga qaratilgan.
Bunday oʻquv markazlari kelgusida boshqa viloyatlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=14197
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
🎭 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayramona teatr tomoshasi tashkil etildi
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti tizimi xodimlari va ularning farzandlari uchun filial kasaba uyushmasi tomonidan viloyat musiqali drama teatrida bayramona teatr tomoshasiga tashrif uyushtirildi.
Tadbir bolalarga chin ma’nodagi bayram kayfiyatini ulashdi. Sahnadagi qiziqarli ko‘rinishlar, aktyorlarning jonli ijrosi va quvnoq syujetlar farzandlarning yuzida tabassum, qalbida esa unutilmas taassurotlar uyg‘otdi. Ushbu tashrif ularning madaniy dunyoqarashini kengaytirish, san’atga mehr uyg‘otish uchun xizmat qildi.
📌 Tadbirning asosiy maqsadi — bolalarni quvontirish, soha xodimlarining oila a’zolari, ayniqsa farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Maxsus reportaj | Respublika ishchi guruhi: aholi murojaatlari hal etilmoqda
#31may
mtrk.uz | Instagram | uzbekistan24tv?si=m-_eAmd7PnUgU6B9">Youtube | Facebook | Telegram
Baht Invest Nur gaz taqsimlash stansiyasidan Baht shahriga yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 325 mm bo‘lgan yer usti gaz quvurlarida gaz sizib chiqish holati aniqlandi.
Shu sababli 14 may kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar shaharning Xazina, Ishonch, Tinchlik, Tadbirkor, Beshbuloq, Yangiobod va Orzu mahallarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni - 3874 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 66 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Сирдарё вилояти ҳокими в.б. Эркинжон Турдимовнинг Гулистон шаҳар аҳолисига мурожаати
———
Обращение и.о. хокима Сырдарьинской области Эркинжона Турдимова к жителям города Гулистана
Baht Invest Nur gaz taqsimlash stansiyasidan Baht shahriga yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 325 mm bo‘lgan yer usti gaz quvurlarida gaz sizib chiqish holati aniqlandi.
Shu sababli 13 may kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar shaharning Xazina, Ishonch, Tinchlik, Tadbirkor, Beshbuloq, Yangiobod, Orzu va Sayhunobod tumanining Ittifoq mahallarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni - 4763 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 59 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Malek gaz taqsimlash stansiyasidan chiqqan yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarida taʼmirlash ishlari olib borildi.
Shu sababli 13 may kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar Sirdaryo tumanining Bahor, Yoshlik, Oqibat, Paxtakor, Furqat, Farovon, Shirin, Adolat, Do‘stlik, Ulug‘bek va Ziyokor mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni - 7982 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 97 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
“Gulistontumangaz” gaz ta'minoti bo'limi xodimlari fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganmoqda
Aholiga sifatli va uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va samimiy yondashish “Gulistontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Bugungi kunda bo‘lim xodimlari tomonidan aholi va tashkilotlardan kelib tushayotgan murojaatlar joyiga chiqib, bevosita o‘rganilmoqda. Har bir murojaat bo‘yicha texnik holat ko‘zdan kechirilmoqda, muammolar joyida aniqlanib, imkon qadar tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Bu jarayonda iste’molchilarning xavfsizligi, gaz tarmoqlarining texnik sozligi hamda mavjud nosozliklarni bartaraf etish birlamchi vazifa sifatida belgilanmoqda.
Ayni paytda gaz bosimi bilan bog‘liq holatlar, gaz uskunalarining ishlash holati, maishiy gaz ballonlar va boshqa texnik masalalar bo‘yicha mutaxassislar joyida o'rganish olib borib, o‘z xulosalarini taqdim etmoqda.
“Gulistontumangaz” gaz ta'minoti bo'limi jamoasi kelgusida ham ochiqlik va fuqarolar bilan doimiy muloqot orqali xizmat sifatini oshirishga intiladi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#energiya_tejamkorlik
Energiya resurslaridan oqilona foydalanishning afzalliklari:
➖oila byudjetini tejaydi;
➖tashkilotlarda xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi, mahsulot tannarxi pasayadi;
➖resurslarning barcha iste’molchilarga bir me’yorda yetkazib berilishiga hissa qo‘shadi;
➖tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldi olinadi;
➖ekologiya yaxshilanishiga hissa qo‘shiladi;
➖ushbu qimmatli resurslarni kelajak avlodga yetkazish imkoniyati yaratiladi.
Aziz vatandoshlar, energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalaning va barcha insonlar uchun manfaatli bo‘lgan ushbu ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
Ayni damda Sirdaryo tumanining Bunyodkor mahallasida "Sirdaryotumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari, mutasaddi tashkilot vakillari bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etilgan. Unda mahalla fuqarolari ishtirok etmoqda.
Mazkur davra suhbatida energotejamkor gaz qurilmalarining afzalliklari va qulayliklari to'g'risida xodimlar batafsil tushuntirishlar bermoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент истиқболли кадрларни мақсадли тайёрлаш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди. Бирламчи ва ихтисослаштирилган тиббий хизмат сифати оширилади. Хотира ва қадрлаш куни ҳамда Иккинчи жаҳон урушидаги Ғалабанинг 80 йиллиги.
—
Ҳәптениң ең әҳмийетли ўақыяларына шолыў: Президент перспективалы кадрларды мақсетли таярлаў бойынша усыныслар презентациясы менен танысты. Бирлемши ҳәм қәнигелестирилген медициналық хызмет сапасы арттырылады. Еслеў ҳәм қәдирлеў күни сондай-ақ Екинши жәҳән урыстағы Жеңистиң 80 жыллығы.
—
Обзор важнейших политических событий за неделю: Президент ознакомился с предложениями по целевой подготовке перспективных кадров. Будет повышено качество первичной и специализированной медицинской помощи. День памяти и почестей и 80-летие Победы во Второй мировой войне.
—
Weekly review of the most important events: proposals aimed at training promising specialists. The quality of primary and specialized medical care is set to improve. The Day of Remembrance and Honor, and the 80th anniversary of Victory in World War II marked.
Facebook|Instagram|X
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О повышении размеров заработной платы, пенсий, стипендий и пособий"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🧠 Gaz haqida 3 qiziqarli fakt – buni bilmagan bo‘lishingiz mumkin!
📚 Bugun sizga gaz haqida noodatiy 3 fakt:
1. Tabiiy gaz hidsiz bo‘ladi. Biz sezadigan hid unga maxsus qo‘shiladi — xavfli sizib chiqishni sezish uchun.
2. Dunyodagi eng katta tabiiy gaz koni — Rossiyadagi Urengoy konidir.
3. Energiya tejovchi yondirgichlar bilan 1 yilda 1 oila 8 kg CO2 chiqindisini kamaytiradi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
📢 MUHIM E’LON!
Agar siz:
🚨 Gaz sizib chiqayotganini sezsangiz
🚨 Gazdan noqonuniy foydalanish holatiga guvoh bo‘lsangiz
🚨 Quvurlarda nosozlik yoki xavfli holatni ko‘rsangiz
Darhol biz bilan bog‘laning!
📞 Ishonch raqamlari:
📲 1104 — Qisqa ishonch telefoni
📞 104 — Avariya dispetcherlik xizmati
Sizning xabaringiz:
✅ Ko'ngilsiz holatlarning oldini oladi
✅ Gaz tarmoqlarining xavfsiz ishlashiga yordam beradi
✅ Xizmatlarimizni yanada sifatli qilishga hissa qo‘shadi
Birgina qo‘ng‘iroq — katta xavfni bartaraf etadi!
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Guliston shahar Do’stlik, Sohil mahallalariga yo’naltirilgan o’rta bosimli diametri 325 mm bo’lgan yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi hamda Madaniyat, Ma’naviyat, Nihol, Ulug’yo’l mahallalaridan o’tuvchi o’rta bosimli diametri 114 mm bo’lgan yer usti gaz quvurini tartibga keltirish va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli 3 iyun kuni soat 9:30 dan 18:00 ga qadar yuqorida nomlari keltirilgan mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni - 5439 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 150 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
🎉 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyatidagi gaz ta’minoti xodimlari va ularning farzandlari uchun viloyat musiqali drama teatrida bayramona tomosha namoyish etildi.
Bolajonlar quvnoq sahna ko‘rinishlaridan zavq olib, bayramona kayfiyatga to‘ldi. Tadbir filial boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ushbu sana munosabati bilan barcha bolajonlarni samimiy muborakbod etadi!
Farzandlarimiz – Vatanimizning ertangi kuni, baxtli va farovon kelajakning poydevoridir. Ularning sog‘lom ulg‘ayishi, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishi uchun imkoniyat yaratish barchamiz uchun ustuvor vazifadir.
Bu yorqin bayram har birimizga – ota-onalar, ustozlar va jamiyat a’zolariga – bolalarning huquqlarini himoya qilish, ularning baxtli hayoti uchun mas’ul ekanimizni eslatadi. Keling, ular uchun yanada mehrli, xavfsiz va quvonchli muhit yaratishda birgalikda harakat qilaylik!
Yurtimizdagi har bir bola sog‘lom, bilimli va baxtli bo‘lib ulg‘aysin!
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Sirdaryo tumani "Malek-1" GTSdan Sirdaryo tuman tabiiy gaz isteʼmolchilariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 159 mm bo‘lgan yer usti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi.
Shu sababli, 14 may kuni soat 9:00 dan kech soat 17:00 ga qadar Sirdaryo tumanining Bahor, Yoshlik, Oqibat, Paxtakor, Shirin, Furqat, Faravon, Do‘stlik, Ulug‘bek, Ziyokor, Intilish va Adolat mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste'molchilari soni - 8128 ta
Ulgurji iste'molchilari soni - 97 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев "Ўзбекистон нефть ва гази" халқаро форуми доирасида Тошкент шаҳрида бўлиб турган Россиянинг "Газпром нефть" компанияси бошқаруви раиси Александр Дюковни қабул қилди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял председателя правления российской компании «Газпром нефть» Александра Дюкова, пребывающего в городе Ташкенте в рамках программы Международного форума «Нефть и газ Узбекистана».
#Mirziyoyev #qabul #Gazpromneft #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugungi kun holatiga ko‘ra, viloyatdagi barcha AGTKSHlar to‘liq ish faoliyatini olib bormoqda
Bugun Sirdaryo viloyatida mavjud bo‘lgan 52 ta Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ning 42 tasi to'liq quvvatda faoliyat yuritmoqda.
Ushbu shoxobchalar aholining uzluksiz va xavfsiz gaz ta’minotini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning barqaror ishlashi mutasaddi tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Gaz ta’minotidagi uzluksizlik va barqarorlik – iste’molchilarga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyatning yana bir ko‘rinishidir.
👉/channel/Sirdaryo_agtksh
Guliston tumani va Guliston shaharning Do‘stlik, Sohil, Nurafshon, Yangi hayot va Ahillik mahallalariga yo‘naltirilgan yuqori bosimli diametri 325 mm bo‘lgan yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi.
Shu sababli, 13 may kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar Guliston shaharning Do‘stlik, Sohil, Nurafshon, Yangi hayot, Ahillik, Guliston tumanining barcha va Boyovut tumanining Yangi avlod mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni - 16933 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 209 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
Ayni damda Shirin gaz taqsimlash stansiyasidan Boyovut tumaniga yo‘naltirilgan diametri 159 mm bo‘lgan yuqori bosimli gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
"Shirinshahargaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimi tomonidan hududdagi o'rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasi nazoratdan o'tkazilmoqda.
Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, ushbu o'rta bosimli gaz taqsimlash qurilmasi shaharning 3 ta mahallalariga gaz yetkazib beradi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
#Birdamjamiyat
#LIVE
"Sirdaryotumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan ishlar qizg‘in davom etmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
“Oqoltintumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi xodimi nafaqaga kuzatildi
“Hududgaz Sirdaryo” gaz taʼminoti filiali “Oqoltintumangaz” gaz taʼminoti bo‘limida yillar davomida mas’uliyat bilan faoliyat yuritgan qorovul – faxriy xodimimiz Matqosim Umirzaqov munosib ravishda nafaqaga kuzatildi.
Uzoq yillar davomida xizmat qilib, tashkilotning osoyishtaligini ta’minlashda katta hissa qo‘shgan bu inson o‘zining sadoqati, halolligi va mehnatsevarligi bilan jamoa hurmatini qozongan edi. Uning fidokorona mehnati – yoshlarga namuna, elga esa faxr bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbir davomida Filial rahbariyati va Boshlang'ich kasaba uyushmasi tomonidan iliq tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.
Nafaqaga chiqqan xodimimizga sihat-salomatlik, farovon hayot va tinch dam olish tilaymiz.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Guliston shahar Yangi hayot mahallasiga yo‘naltirilgan yer usti o‘rta bosimli gaz quvurini estetik jihatdan tartibga keltirish va 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib boriladi.
Shu sababli 12 may kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar yuqorida nomi keltirilgan mahallada tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilari soni - 2308 ta
Ulgurji iste’molchilari soni - 13 ta
Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati