htoshgaz | Неотсортированное

Telegram-канал htoshgaz - "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

1148

"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!

Подписаться на канал

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#Yashil_makon

Toshkent shahrida “Yashil makon” doirasida daraxt koʻchatlari ekildi

Oʻzbekiston boʻylab davom etayotgan umummilliy loyihada “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filiallari xodimlari faol ishtirok etmoqda.

Joriy yilning 9–10-noyabr kunlari “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan poytaxtning Sergeli, Yashnobod va Olmazor tumanlarida 600 tupdan ortiq daraxt koʻchatlari ekildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari davom etadi.

Batafsil: https://hududgaz.uz/news?id=12375

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni

“Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Xonadonlaringizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, masʼuliyatli va sharafli ishlaringizda esa yangi yutuqlar yor boʻlishini tilaymiz.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#Energetika_xavfsizligi_oyi

📍Noyabr oyi - energetika xavfsizligi oyligi

⚡️Energiya resurslarini behuda sarflamang!

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#Energetika_xavfsizligi_oyi

🧑🏻‍🚒
Is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasi chaqnashi, yong‘inlarning oldini olish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar

AOKAda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Hududgazta’minot" AJ, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

Quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

🎥 Matbuot anjumani
〰️〰️〰️〰️〰️〰️


💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#Brifing
#Energetika_xavfsizligi_oyi

“Hududgazta’minot” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

AOKAda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Toxir Turdiyev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

🔥 "Hududgazta’minot" AJ ning haftalik dayjesti

(
📆 28 oktyabr-2 noyabr kunlari)

🗓 28-oktyabr

⭕️ “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali direktori yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi;

⭕️ Toshkent viloyatining Parkent tumanida gaz quvurlarini qayta qurish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda;

⭕️ Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlarga chora ko‘riladi;

⭕️ Sayyor qabullar davom etmoqda.
_______

🗓 29 - oktyabr

⭕️ Hurmatli iste’molchilar, tabiiy gazdan to’g’ri foydalaning!

⭕️ Olis mahallalarga ham suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda;

⭕️ Jizzax telekanalining “Jurnalist nigohida” turkum koʻrsatuvining navbatdagi sonida “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga nazar tashlandi;

⭕️ Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

🗓 30 - oktyabr

⭕️ Xonadonlarda qoidalarga zid ravishda saqlanayotgan maishiy gaz ballonlari aniqlandi;

⭕️ Toshkent telekanalining "Teletahlil" turkum ko‘rsatuvining navbatdagi sonida “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga nazar tashlandi;

⭕️ Andijon viloyatining mavsumga hozirligi o‘rganildi. Bu haqida "O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida so'z boradi;

⭕️ 📣Diqqat, tanlov!

🗓 31 - oktyabr

⭕️ Isitish moslamalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha qoʻllanma;

⭕️ Davlatobod tumanida profilaktik tadbirlar bo'lib o'tmoqda;

⭕️ 1-noyabr kunidan oylik bazaviy meʼyorlar isitish mavsumi uchun moʻljallangan shkаlaga oʻtadi;

⭕️ AHOLI ISTE’MOLCHILARI UCHUN BELGILANGAN TABIIY GAZ TARIFLARI HISOBI HAQIDA MA’LUMOT.

🗓 1 - noyabr

⭕️ “Hududgaztaʼminot” AJ markaziy apparatida zakovat intellektual oʻyinining saralash bosqichi oʻtkazildi

⭕️ Toshkent viloyatining mavsumga hozirligi o‘rganildi. Bu haqida "O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida so'z boradi;

🗓 2 - noyabr

⭕️“Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tushgan murojaat yuzasidan "Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ushbu murojaat Yunusobod tuman gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari tomonidan joyida o‘rganildi. "Katta Xasanboy" MFY hududidagi gaz taqsimlash shoxobchalari qayta ko‘rikdan o‘tkazildi va texnik sozlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda tumanining barcha tabiiy gaz isteʼmolchilariga tabiiy gaz uzluksiz va bir meʼyorda yetkazilmoqda.

Hududgaz Poytaxt GTF

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

AHOLI ISTE’MOLCHILARI UCHUN BELGILANGAN TABIIY GAZ TARIFLARI HISOBI HAQIDA MA’LUMOT

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

AHOLI ISTE’MOLCHILARI UCHUN BELGILANGAN TABIIY GAZ TARIFLARI HISOBI HAQIDA MA’LUMOT

***


О РАСЧЕТЕ ТАРИФОВ ЗА ПРИРОДНЫЙ ГАЗ, ДЛЯ БЫТОВЫХ ПОТРЕБИТЕЛЕЙ (НАСЕЛЕНИЕ)

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

📣Diqqat, tanlov!

“Hududgaztaʼminot” AJ ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning ilmiy va startap loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, ilm-fan va sanoat o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, gaz taʼminoti sohasini isloh qilish, tabiiy va suyultirilgan gazni iqtisod qilish va sohada samaradorlikka, innovatsion yutuqlarga erishish maqsadida “Eng yaxshi ilmiy ishlanma” startap loyihalar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda oliy texnik bilim yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining 35 yoshgacha boʻlgan ilmiy-texnik xodimlari, bitiruvchi talabalari hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda gʻolib boʻlganlar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun...

✍🏻Quyidagi arizani toʻldiring:


Ariza: 🇺🇿Oʻzbek tilida 🇷🇺Rus tilida

📧Soʻngra arizani quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: konsalting@hududgaz.uz

❗️Diqqat, tanlov qoidalari va talablari bilan quyida batafsil tanishing: Qoidalar

Ishlanmalar joriy yilning 1—20-noyabr kunlari qabul qilinadi. Gʻoliblar 5-dekabr kuni eʼlon qilinadi.

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Toshkent telekanalining "Teletahlil" turkum ko‘rsatuvining navbatdagi sonida “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga nazar tashlandi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#А_знаете_ли_вы

Экономия природного газа

➖А знаете ли вы, что пламя горелки газовой плиты не должно выходить за пределы дна кастрюли, сковороды, чайника. Если это происходит, то просто греется воздух в квартире, затрачивая порядка 50% и даже больше природного газа впустую.

➖Рекомендуется устанавливать прокладки из алюминиевой фольги под горелку. В этом случае плита не так греется и пачкается, а газ используется экономичнее на 30% и более.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Taʼmirlash ishlari tufayli Sergeli va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 29-oktabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Sergeli tumani

Aholi isteʼmolchilari soni:
“Eshobnbuloq” MFY Muqanna, Xonobod ko‘chalaridagi 467 ta, “Sadoqat” MFY Tabarruk, Tavallo ko‘chalaridagi 730 ta va “Xonobod” MFY Beruniy, Kichik soy ko'chalardagi 835 ta yerli xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 48 ta

Bektemir tumani
Aholi isteʼmolchilari soni: Ko‘p qavatli uylardagi 60 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 6 ta


Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Tayinlov

Yakubov Maxmudjon Djamshitovich
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

M. Yakubov bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi – “Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Tejamkorlik davr talabi

Batafsil

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

😊😊😊😊😊

#Energetika_xavfsizligi_oyi

⚡️Gaz ta’minotida Respublika bo'ylab kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlari haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining
“Maxsus reportaj” dasturida so‘z boradi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Ekskavator gaz quvuriga shikast yetkazishi natijasida Yakkasaroy va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Bugun, 8-noyabr kuni Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida qazish ishlarini olib borayotgan ekskavator ish jarayonida o‘rta bosimli gaz quvurini uzib yuborgan.

Buning oqibatida Yakkasaroy tumanida joylashgan ko‘p qavatli binolardagi 2400 ta va 1100 ta yerli xonadon, shuningdek, Mirobod tumanining Nukus, Abdulla Qahhor, Damariq va Hamid Sulaymon ko‘chalari iste’molchilari vaqtincha tabiiy gaz tarmog‘idan o‘chirildi.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlariga 7-noyabr kuni soat 11:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi isteʼmolchilari soni:
“Chingeldi” MFYdagi 60 ta yerli xonadon

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Poytaxt” GTF

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

😊😊😊😊😊

⚡️Hurmatli isteʼmolchilar!

Tabiiy gazdan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda gaz jihozlari hamda moʻrkonlarining oʻrnatilishiga eʼtibor qarating.

Kuzatuvlar shuni koʻrsatmoqdaki, baʼzi isteʼmolchilar, ayniqsa, koʻp qavatli xonadon egalari moʻrkonlar sifatida plastik quvurlardan foydalanib kelmoqda.

“Hududgaztaʼminot” AJ ogohlantiradi! Plastik quvurlardan moʻrkonlar sifatida foydalanish juda xavfli hamda baxtsiz hodisalarning kelib chiqishida sabab boʻlishi mumkin. Bunday moʻrkonlarining oʻrnatilishi insonlarning hayotini xavf ostida qoldiradi va is gazidan zaharlanishga olib keladi. Plastik quvurlardan moʻrkon sifatida aslo foydalanmang! Mutaxassis bilan maslahatlashing. Xavfsizlikni taʼminlash oʻz qoʻlingizda.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Hurmatli iste’molchilar!

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotiga oid murojaatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, fuqarolarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Telegram bot ishga tushirildi.

Mazkur bot orqali tabiiy gaz isteʼmolchilari oʻz xonadonidagi gaz sarfi koʻrsatkichlari va oylik hisob-kitoblarni kuzatib borishlari va toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. Shu bilan birga bot orqali fuqarolarning murojaatlari ham qabul qilinadi.

✉️Botga ulanish: @hududgaz_murojaat_bot

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyinining final bosqichi boʻlib oʻtdi

Toshkentdagi “Zakovat arena”da 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Hududgaztaʼminot” AJ va uning hududiy filiallaridagi ishchi-xodimlar oʻrtasida Zakovat intellektual oʻyinining final bosqichi oʻtkazildi. Mingdan ortiq gazchilar, yuzlab yoshlar ishtirokida oʻtgan hududiy saralash bosqichida gʻolib chiqqan jamoalar sovrinli oʻrinlar uchun bahs olib bordi.

Musobaqada “Zakovat” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan tayyorlangan savollar orqali xodimlarning turli sohalarga oid bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Murosasiz kechgan bahslardan keyin sovrindorlar aniqlandi:

1-oʻrin: “Hududgaz Buxoro” GTF
2-oʻrin: “Hududgaztaʼminot” AJ Ijro apparati
3-oʻrin: “Hududgaz Jizzax” GTF

Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalarga “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan maxsus kubok, medal va pul mukofotlari topshirildi.

Musobaqa yakunida “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari M.Yakubov ishtirokchilarga jamiyat rahbari M.Xodjayevning tabrigini yetkazib, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Xodimlar intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Zakovat oʻyinlari soha vakillari orasida muntazam oʻtkazib turilishi va bu ishchi-xodimlar kayfiyatiga ijobiy taʼsir oʻtkazishini qayd etdi.

Batafsil
: https://hududgaz.uz/ads?id=12271

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida energiya resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalariga qaratilgan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi

“Hududgaz Poytaxt” GTF

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Iste’molchilar diqqatiga

1-noyabr kunidan oylik bazaviy meʼyorlar isitish mavsumi uchun moʻljallangan shkаlaga oʻtadi.

Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida bir oylik meʼyorlar quyidagi tartibda boʻladi:

500 m3 gacha — 650 soʻm (1 m3 gaz uchun)
501 m3 dan 2500 m3 gacha — 1500 soʻm
2501 m3 dan 5000 m3 gacha — 1950 soʻm
5001 m3 dan 10000 m3 gacha — 2275 soʻm
10001 m3 va undan yuqori — 2600 soʻm


💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

😊😊😊😊😊

⚡️“Hududgaztaʼminot” AJ ingliz tili mutaxassislarini tarjimonlik xizmatiga jalb qilish bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi

Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?49&id=12248

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Tejamkorlik davr talabi

Batafsil

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi 204-son qarori 2-ilovasida 2024 yil 1 maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlangan. Ushbu sanadan boshlab barcha elektron gaz hisoblash uskunalari (EGHU) joriy etilgan narx bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirib kelmoqda.

Qayd etish kerak, isteʼmolchilarga o‘rnatilgan EGHUlarning barchasida “batareyka” yoki aloqa uzatishda muammo paydo bo‘lgan taqdirda ham so‘nggi 90 kunlikdagi soatlik gaz sarfi saqlanadi. EGHUdagi muammo bartaraf etilganidan keyin 90 kunlik maʼlumotlar kunma-kun isteʼmol bo‘yicha maʼlumotlar bazasiga yo‘naltiriladi va to‘lov ham o‘sha muddatlardagi sarf bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.

Shu o‘rinda “Hududgaztaʼminot” AJ isteʼmolchilardan vaqti-vaqti bilan gaz hisoblagich va shaxsiy kabinetdagi ko‘rsatkichlarni o‘zaro solishtirishni tavsiya qiladi. Agar ko‘rsatkichlar har xil bo‘lsa yoki EGHU aloqaga chiqmayotganini sezsangiz, darhol 1104 qisqa raqamiga yoki mahalla gazchisiga murojaat qiling.


“Hududgaztaʼminot” AJ matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#Bilasizmi

Tabiiy gazni tejash

➖Bilasizmi, gaz plitasining olovi qozon, tova, choynak tagidan tashqariga chiqmasligi kerak. Bunday holda, Siz faqatgina uyingiz xonasi havosini isitib, tabiiy gazni me’yordan 50 foiz yoki undan ko‘proq sarflaysiz.

➖Gaz plitasi gorelkasi ostiga alyuminiy folga qistirmalarini o‘rnatish tavsiya etiladi. Bunday holda, gorelka juda qizib ketmaydi va iflos bo‘lmaydi, gaz esa 30 foiz yoki undan ko‘proq tejamkorroq ishlatiladi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJ tizimida uzoq yillar mehnat qilgan A. Saidvaliyev nafaqaga kuzatildi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining gaz sotish va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan, boy bilim-tajribasi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan hamkasblar mehrini qozongan Abdusamat Saidvaliyev yuksak ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi.

Abdusamat Nabiyevich uzoq yillar davomida neft-gaz sohasida ish olib bordi. 2007—2019-yillar mobaynida Saidvaliyev “Toshkentshahargaz” filialida chilangar, muhandis, yetakchi muhandis va filial boshligʻi sifatida ishlab keldi. 2019-yilda “Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va besh yil davomida ushbu vazifada munosib faoliyat olib bordi.

“Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi koʻp yillik fidokorona xizmati, soha rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun A. Saidvaliyevga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Shayxontohur tumani Navoiy koʻchasidagi koʻp qavatli uylardagi xonadonlar issiq suv va issiqlik taʼminoti lokal qozonxonalar orqali amalga oshiriladi. Ushbu qozonxonalarni tabiiy gaz bilan taʼminlash uchun 2012-yilda “Quruvchi obod uy servis” va “Odobli uy kommunalchi” XUJMSH bilan shartnoma tuzilgan.

2024-yilning 1-oktyabr holatiga koʻra yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun “Quruvchi obod uy servis”da 1,054 mlrd soʻm va “Odobli uy kommunalchi”da 517 mln soʻm qarzdorlik mavjud. Ayni vaqtda isteʼmolchilar bir martalik tamgʻa orqali gaz taʼminotidan uzilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 319-son qarori 2-ilova 3-bob 10-bandiga koʻra, gaz taʼminoti tashkiloti oldindan toʻlovni amalga oshirmagan hamda isteʼmol qilingan tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud boʻlgan hollarda isteʼmolchilarning gaz taʼminotini toʻxtatishga majbur.

Qayd etish kerak, isteʼmolchi avgust, sentyabr va oktyabr oylari davomida debitor qarzdorlikni toʻliq qoplash haqida reja grafik asosida qarzdorlikni toʻlab berish uchun kafolat xati bergan, ammo ushbu taqdim qilingan reja asosida toʻlov amalga oshirilmagan.

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaztaʼminot” AJ rasmiy xabari

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-sonli qaroriga koʻra, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining “bazaviy meʼyorlari”lari tasdiqlangan va narxlar tabaqalashtirilgan. Unga koʻra, isitish mavsumida (noyabr–fevral) oyiga 500 kub metrgacha, isitish mavsumidan (mart–oktyabr) tashqarida oyiga 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangan.

Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlganligi sabab noyabr–fevral oylarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr–fevral oylarida) bir oylik “bazaviy meʼyor” 500 kub metr qilib belgilangan.

Qayd etish kerak, xonadonlarni isitishda energiya tejamkor gaz jihozlaridan foydalanish, isitish tizimi quvurlarini izolyatsiyalash tabiiy gaz sarfini kamaytirishga yordam beradi. Shu oʻrinda, “Hududgaztaʼminot” AJ koll-markazining 1104 raqami orqali isteʼmolchilarning tejamkor gaz uskunalarini oʻrnatish bilan bogʻliq savol va murojaatlarini qabul qilishga moʻljallangan aloqa kanali ishga tushirilganini eslatib oʻtamiz.

💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал