htoshgaz | Неотсортированное

Telegram-канал htoshgaz - "HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

1148

"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!

Подписаться на канал

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Ta'mirlash ishlari sababli ertaga Bektemir tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.

Bektemir tumaniga, Chirchiq bo‘yidan kesib o‘tuvchi, yuqori bosim d-325mmli yer usti gaz quvurida ikki taraflama kesish va ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu tufayli joriy yilning 28-fevral kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar tumanning quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilar:

- "Oltin topgan" MFYdagi 580 ta uy xo'jaliklarida.

Ulgurji iste’molchilar:

- “COCA-COLA ICHIMLIGI UZBEKISTON LTD”;
- “MAHALLA YO‘LLARI XIZMATI KR” MCHJ;
- CHF “MEROS-2”;
- “BEST MASTER GROUP” MCHJ;
- “TAS SINTEZ” MCHJ QK;
- “AL-SHOK” MCHJ;
- OOO “DIBROMUS”;
- SP OOO “FAMILY GROUP”;
- OOO “AGRONIC”;
- SP OOO “PAPENBURG UZBEKISTAN”;
- IP OOO “TEXNOINVEST-ST”;
- OOO “TUBEX”;
- “DO`STLIK SERVIS” MCHJ;
- “GRAND COMPLEX SERVISE” MCHJ;
- CHP “TASHPULATOV A.K”;
- “SALAX SERVIS” MCHJ;
- “CMHK-100” MCHJ;
- “MARJON MOLDINGS” MCHJ;
- OK “OQ-OLTIN TEKS”;
- OOO “FAIR ALLIANZ”;
- OOO “CRAFT BREWING COMPANY”;
- “NAVKAR SH” MCHJ;
- OOO “CONCORD ACTIVE”;
- SP OOO “NOVOL ASIA”;
- YATT NAZAROV O.S,

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Fotoreportaj

"Yangihayottumangaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan, Yangihayot tumani "Fayzli" MFY, Qipchoq ko‘chasidagi qurilayotgan yer usti metro yo‘lining 2-bosqich Qo‘yliq-Qipchoq yo‘nalishidagi gaz tarmoqlarini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.


"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Количество потребителей природного газа в Янгихаетском районе, города Ташкента, составляет 39 620 человек, из них 39 167 бытовых потребителей и 453 оптовых потребителя.

Всех потребителей «Янгихаеттумангаз», обслуживает бригада из 53 ответственных и опытных работников районного отдела газоснабжения.
Отдел газоснабжения «Янгихаеттумангаз» проводит практическую и просветительную работу для населения района.

Представители отдела газоснабжения посетили производственный цех предприятия и провели разъяснительную работу с работниками по предотвращению негативных последствий в виде вспышки газо-воздушной смеси. Ими были розданы напоминания и листовки работникам предприятия. После этого действующее газовое оборудование в столовой предприятия прошло технический профилактический осмотр. Даны рекомендации поварам по эффективному и безопасному использованию природного газа. Затем специалисты также осмотрели отопительную котельную предприятия. Где так же были даны рекомендации для более экономичного использования природного газа.

С руководством предприятия состоялся обмен мнениями об энергосберегающем газовом оборудовании и его преимуществах.

Пресс-служба филиала газоснабжения «Худудгаз Пойтахт»

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#Savol-javob

- Xonadonda eski nostandart gaz jihozlari mavjudligini aytishdi. Shu sababli gaz tarmog‘idan uzib qo‘yishmoqchi. Shu to‘g‘rimi?

- Avvalambor sizning xavfsizligingiz uchun belgilangan muddat asosida ogohlantirish taqdim etiladi. Agar belgilangan muddatda gazdan foydalanish uskunalarini zamonaviy gaz jihozlariga almashtirmasangiz yoki nostandart gaz jihozlaridan foydalanishda davom etsangiz, sizning va yon-atrofingizdagilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ta'minotingizni gaz tarmog’idan uzishga majbur bo’lamiz.

“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tabiiy gaz iste’molchilari soni 39 620 tani tashkil etib, shundan 39 167 tasi aholi iste’molchilari bo’lib, 453 tasi ulgurji iste’molchilari hisoblanadi.

Bugungi kunda tabiiy gaz iste’molchilariga “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limining 53 nafarlik fidoiy mehnatkash jamoasi xizmat ko’rsatib kelmoqda.

Tumanda aholi farovonligi yo’lida “Yangihayottumangaz” gaz ta'minoti bo'limi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu kabi ishlarninig yana bir tumandagi yirik ishlab chiqarish korxonasida kechdi. Soha vakillari, korxonaning ishlab chiqarish sexida bo’lib, ishchi xodimlarga is gazi va gaz havo aralashmasining chaqnashi kabi salbiy oqibatlarni oldini olish bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borishdi. Ularga ogohlikka chorlovchi eslatma, bukletlar tarqatildi. Shundan so’ng korxonaning ovqatlanish zalida bo’lib mavjud gaz jihozlari texnik profilaktikadan o’tkazildi. Oshpazlarga tabiiy gazdan samarali va xavfsiz foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi. So’ngra mutaxassislar tomonidan korxonaning isitish qozonxonasi ham ko’zdan kechirildi.

Korxona mas’ullari bilan energiya tejamkor gaz jihozlari, uning afzaliklari haqida fikr almashildi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Toshkent viloyatining Qibray tumani hududidan Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga qo'shilgan tabiiy gaz iste'molchilari qayta xatlovdan o'tkazilmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining 25 nafar markaziy apparat xodimlari va Toshkent shahridagi barcha tuman gaz bo'limlari xodimlaridan tarkib topgan jami 80 nafarlik vakillar birgalikda Yashnobod tumanining "Jarboshi", "Ibrat", "Tashisti" MFYlarida guruhlarga bo'lingan holda uyma-uy yurib, aholi xonadonlaridagi gaz jihozlarini qayta xatlovdan o'tkazishdi.

O'rganishlarining ilk kunida jami 300 ga yaqin xonadonlar xatlovdan o'tkazildi.
Jarayonlarda aniqlangan muammolar mutaxassislar tomonidan o'rganib chiqilib, joyida ijobiy hal etildi.

Aholi bilan suhbatlashildi, xonadon egalariga hamda mahalla ahliga tabiiy gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi. Shundan so'ng xatlovlar bilan birga iste'molchilarga is gazi va gaz havo aralashmasining chaqnashi kabi ko'ngilsiz hodisalarni oldini olish bo'yicha targ'ibot, tashviqot ishlari olib borilib, ogohlikka chorlovchi eslatma va bukletlar tarqatildi.

Hushyorlikni oshirish maqsadida mahalla ko'chalarida mutaxassislar tomonidan ovoz kuchaytirgichlar orqali havo harorati past vaqtlarda tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish bo'yicha ogohlantirish ishlari olib borildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Bilim va tarjriba

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali tasarrufidagi tizim mutaxassislarining bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida xalqaro standartlar bo‘yicha o'qitish rejalashtirgan.
Ushbu rejaga muvofiq bugun "Hududgaz Poytaxt" GTF binosida "Hududgazta'minot" AJ hamda "SMART MANAGEMENT" MCHJ mas'ullari ishtirokida "ISO 14001 bo‘yicha ekologik menejment tizimini ishlab chiqish" mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Unda tuman gaz ta'minoti bo'limlarining barcha bosh muhandislari qatnashib, o'zlariga kerakli bilim, tajribalarini olishdi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Joylarda aholining tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida "Hududgaz Poytaxt" GTF tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Bu haqida “O‘zbekiston 24” radiokanalining "Kun qiyofasi" dasturida xabar berildi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

❗️ "Tashkent INDEX"dagi turkiyalik qardoshlarimizga gumanitar yordam yig'iladigan markazlashgan punktda Call markazi tashkil etildi.

☎️ Call markazi mutaxassislari (71) 205-20-02 raqami orqali 24 soat davomida yig‘ilayotgan gumanitar yordam borasida aholi va tadbirkorlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berishadi.

📲 Shuningdek, @turkiyaga_yordam_bot ham ishga tushirilgan bo‘lib, xohlivchilar u orqali ma’lumot olishi va savollarini botda qoldirishi mumkin.

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Jarayon

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Qurilish montaj" boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida qurilayotgan yer usti metro yo‘lining 2-bosqich Qu‌yliq-Qipchoq yo‘nalishidagi gaz tarmoqlarini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari boshlab yuborildi.

Ushbu gaz quvurini ko‘chirish uchun jami 800 metr uzunlikda kavlash ishlari olib borilmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

"Yoshlikda olingan bilim — toshga o‘yib yozilgan naqsh kabidir"


"Yakkasaroytumangaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari profilaktik tadbir yuzasidan Yakkasaroy tumanidagi 300-DMTTda bo'lishdi.

Mutaxassislar bolajonlar bilan bola tilida gaz haqidagi tushunchalari bilan o'rtoqlashdi.

Bolajonlarga uydagi gaz jihozlariga qarovsiz holatda teginmaslik va yong'in keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar haqida gapirib berildi.

DMTT tarbiyachilariga is gazi haqida to'liq ma'lumot berildi. Tarbiyachilarga unib-o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida tabiiy gazni inson hayotidagi va turmushidagi vazifasi bo'yicha tavsiyalar berildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#Bosma_nashrlar_biz_haqimizda

Joylarda aholining tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash uchun "Hududgaz Poytaxt" GTF tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu haqida “Toshkent oqshomi” gazetasining 2023-yil 9-fevral kungi sonida maqola chop etildi.

📲 Bizdan uzoqlashmang!

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

"Aksiyadorlik korxonalarini transformatsiya qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish" mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

https://hududgaz.uz/ads?id=5027

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Poytaxtimizning Uchtepa tumani "Bog‘obod" mahalla fuqarolar yig'inda istiqomat qilayotgan tabiiy gaz iste'molchilarini qish mavsumida bir me'yorda tabiiy gaz bilan ta'milash uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali tomonidan qilinayotgan amaliy ishlar "Mahalla" radiokanali orqali xabar berildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Ta'mirlash ishlari sababli ertaga Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

Olmazor tumani Qorasaroy ko‘chasida joylashgan "Islom sivilizatsiyasi" markaziga tegishli bo‘lgan d-219mmli o‘rta bosim gaz quvuridagi quduqda gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu sababli joriy yilning 9-fevral kuni soat 14:00dan 18:00ga qadar tumandagi "Xastimom" MFYda joylashgan 125 ta uy xo‘jaliklarida hamda 8 ta ulgurji iste'molchilarida va Shayxontohur tumanidagi "Gulbozor" MFY hududidagi 175 ta uy xo‘jaliklarida hamda 10 ta ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Toshkent shahri aholisini tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida keng ko'lamli ishlar davom etmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Qurilish montaj" boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumani "Husniobod" MFY hududidagi gaz tarmoqlarini kapital ta'mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

Hozirda ish jarayonlari qizg'in davom etmoqda.
Ishlar yakuniga yetgach "Husniobod" va "Anorzor" MFYlardagi aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta'minoti yaxshilanishga erishiladi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Fotoreportaj

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Qurilish montaj" boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida qurilayotgan yer usti metro yo‘lining 2-bosqich Qo‘yliq-Qipchoq yo‘nalishidagi gaz tarmoqlarini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda d-325mmli va d-273mmli gaz quvurlarini tortish ishlari boshlangan. Ish jarayonlariga "Qurilish montaj" boshqarmasining 4 ta payvandchi brigadalari hamda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining 3 ta maxsus texnikalari jalb qilingan.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#Вопрос-ответ

- Сотрудники газоснабжения сказали, что в доме есть старые нестандартные газовые приборы. Является ли это причиной для отключения от системы газоснабжения?

- В первую очередь, в целях безопасности потребителю должны предъявить уведомление о нарушениях правил пользования природным газом. Если в установленные сроки газоиспользующие приборы не будут заменены на современные и ими продолжат пользоваться, то для обеспечения безопасности потребителя и его окружения, домохозяйство отключат от системы газоснабжения.

Пресс-служба АО «Худудгазтаъминот»

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Yangihayot tumanida targ’ibot ishlari davom etmoqda.

Aholi orasida is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Shu kabi tadbirlarning yana biri Yangihayot tumanidagi “103” tez tibbiy yordam bo’limida bo’lib o’tdi. Mutaxassislar shifokorlarga tabiiy gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish bo’yicha tushuntirishlar olib borishdi. Shu bilan birga is gazidan zaharlanishning oldini olish bo’yicha ham targ’ibot ishlari olib borildi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Махсус репортаж | Табиий газ таъминоти тизимидаги ислоҳотлар
#25feb #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

YELKAMDAGI YUK BOLG'A YUKI EMAS, XALQ MAS'ULIYATI ASLIDA...


"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Qurilish montaj" boshqarmasi tomonidan, Yunusobod tumani aholisining tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ish jarayonlaridan tasvirlar.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Uchtepa tumani 11
-kvartal, 44-uyda yashovchi aholidan gaz taʼminoti masalasida murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat yuzasidan "Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.

Murojaat Uchtepa tumani gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqan holda o‘rganildi. Hududdagi gaz taqsimlash shoxobchalari qayta ko‘rikdan o‘tkazildi va texnik sozlash ishlari amalga oshirildi. Hozirda isteʼmolchiga tabiiy gaz uzluksiz va bir meʼyorda yetkazilmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” GTF
matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

#turkiyalik_qardoshlarimizga_yordam

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Ta'mirlash ishlari sababli Olmazor tumanining ba'zi joylarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi

Olmazor tumani "A. Shoshiy" MFY, A.Shoshiy ko'chasi gaz bosimini yaxshilash maqsadida d-57mmli o'rta bosim gaz quvurini, d-75mmli o'rta bosim gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli joriy yilning 11-fevral kuni soat 13:00dan 18:00ga qadar tumandagi "A.Shoshiy" MFYda joylashgan 255 ta uy xo'jaliklarida hamda hududdagi 5 ta ulgurji iste'molchilarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

E'TIBOR VA E'TIROF

"Hududgazta'minot" AJning Iqtisodiy va moliyaviy xizmatlar mutaxassislari uchun "Aksiyadorlik korxonalarini transformatsiya qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish" mavzusidagi 2 kunlik o‘quv mashg‘uloti yakunlandi.

Ishtirokchilarga bilim va ko‘nikmalarini oshirganliklari haqidagi sertifikat "Hududgaz Konsalting" MCHJ rahbari va "Hududgazta'minot" AJ mas'ul xodimi ishtirokida topshirildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha Poytaxtimizda proflaktik tadbirlar davom etmoqda.

"Yakkasaroytumangaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan tumandagi barcha mahallalarga, ijtimoiy soha obyektlariga birma-bir borgan holda aholiga is gazi va uning keltirib chiqarish mumkin bo'lgan salbiy oqibatlari haqida tushuntirilmoqda.

Shu kabi proflaktik tadbirlarning yana biri tumandagi 118-sonli umumta'lim maktabida bo'lib o'tdi.

Unda o'quvchilarga, is gazi o'zi nima? is gazi qanday holatlarda paydo bo'lishi, uning salbiy oqibatlari haqida aniq ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng tabiiy gazdan xavfsiz hamda oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Savol va javob maydoniga aylanib ketgan proflaktik tadbirda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Tadbir so'ngida o'quvchilarga har xil turdagi is gazidan zaharlansihning oldini olish yuzasidan eslatma va bukletlar tarqatildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Topshiriq va ijro!

“Hududgazta’minot” AJ mas’ullari va “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari birgalikda Toshkent shahar, Sergeli tumani “Kengmakon” mahallasidagi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti hamda xonadonlaridagi gaz jihozlari holatini o‘rganish ishlari boshlandi.
Mazkur o‘rganish ishlariga joriy yil 9-fevral kuni 40 nafar gaz ta’minoti filialining malakali mutaxassislari safarbar etilib, 16 ta ishchi guruhlar shakillantirildi. Hozirda mahallada o‘rganish ishlari davom etmoqda.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

"Aksiyadorlik korxonalarini transformatsiya qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish" mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.


Bugun har bir tizimda malakali kadrlar tayyorlash eng oliy ustuvor maqsadlardan biriga aylangan.
"Hududgazta'minot" AJning Iqtisodiy va moliyaviy xizmatlar mutaxassislari uchun "Aksiyadorlik korxonalarini transformatsiya qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish" mavzusidagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

"Hududgaz Poytaxt" GTF binosida "Hududgaz Konsalting" MCHJ tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi professori Xamudilin Mixail Borisovich hamda "HGT Training center" mutaxassisi Kotov Valentin Antonovichlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar "Yirik biznes darajasida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillaridan foydalanish bo‘yicha jahon tajribasi" mavzusida bo'lib o'tdi. Unda "Hududgazta'minot" AJ tarkibidagi barcha viloyat filiallari iqtisodiy blok yo'nalishi xodimlari ishtirok etishdi. Seminar Mixail Borisovich tomonidan qizg‘in va amaliy Kompetentlik asosida olib borildi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga professor tomonidan javob olishdi. Bu kabi tadbirlardan asosiy maqsad soha kadrlarning bilim va tajribalarini yanada oshirishdan iboratdir.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Ta'mirlash ishlari sababli ertaga Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

Mirzo Ulug‘bek tumani Gyote ko‘chasidan o‘tkan yer osti d-57mmli o‘rta bosim gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli joriy yilning 9-fevral kuni soat 10:00dan 14:00ga qadar Gyote ko‘chasida joylashgan 54-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi 80 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…

"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash

Korrupsiyaning oldini olish, unga barham berishda faqat davlat va Hukumatning kuchi bilangina erishib boʻlmaydi. Shuning uchun mazkur ijtimoiy illatga qarshi butun jamiyat kurashmogʻi zarur. Har qanday jamiyat uchun ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biridir.
Bu kabi illatlarga yo‘l quymaslik uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "Kompleans" nazorat bo'limi tomonidan tuman gaz ta'minoti bo'limlari xodimlariga korrupsion holatlar va uning salbiy oqibatlari mavzusida seminar tashkil etildi.
Ana shunday tadbirlarning yana bir Uchtepa, Olmazor va Shayxontohur tuman gaz ta'minoti bo'limlarida bo'lib o'tdi.
Seminarda xodimlarga tizimda korrupsion holatlarga yo'l quymaslik va korrupsion holatlarga duch kelgan vaqtda "Kompleans" nazorat bo'limlariga murojaat qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Zero shaffoflik barqaror tizimda istiqbollar mujassam!

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

Читать полностью…
Подписаться на канал