hilolnashr | Неотсортированное

Telegram-канал hilolnashr - Hilol Nashr

83313

☎️ +998712175999 📨 @hilol_reception «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasining telegramdagi rasmiy kanali Ish vaqtimiz: 09:00 - 18:00 🌐 hilol.uz

Подписаться на канал

Hilol Nashr

ISLOMGA BAG'ISHLANGAN UMR (Hujjatli film)

Oʻzbek xalqining atoqli farzandi, yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot yoʻli haqidagi «Islomga bagʻishlangan umr» nomli hujjatli film.

Film butun umrini, kuch-quvvatini Islom diniga, moʻmin-musulmonlarga, el-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlagan buyuk olimning sinov va mashaqqatlarga toʻla shonli hayoti haqida hikoya qiladi.

Marhamat quyidagi havolalar orqali to‘liq filmni tomosha qiling.

1-qism
https://youtu.be/LUlhx4wXyu8

2-qism
https://youtu.be/KsQ8mTS7lbo

👉 Manba: islom.uz

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#klub #savol

Javobni izohda yozib qoldiring

Oʻyinda qatnashib, oflayn yoki onlayn tomosha qilib savolning javobini bilganlar, yozmay turishsin. 😊

«Hilol» intellektual klubining 1-bosqichidan

📹 Oʻyinni toʻliq tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=SmDGp9xXUoo

Roʻyxatdan oʻtish

* Homiylarimiz: «Grand ta'lim», «Grand maktabi», «Yangi asr universiteti», «Cambridge LC»

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#dayjest

1. Bilarmidingiz? «Hadis va hayot» silsilasining barcha juzlarini yozib tugatishga 6 yil vaqt ketgan

2. «Kitob hadya qilishni trendga olib chiqaylik»

3. Alixontoʻra Sogʻuniy va Abdurahmon qorilar hayoti haqidagi suhbat boʻlib oʻtdi

4. «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriqqa marhamat!

5. Barchasi «Hadis va hayot» silsilasi haqida

6. Najot Nur bilan suhbatga marhamat!

7. Kitoblarning oʻzi keladi

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

Meros kimniki?

Video shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tarjima qilgan «Islom shariatida meros ilmi» kitobi asosida tayyorlangan

Kitob haqida ma'lumot: kitoblardunyosi.uz/islom-shariatida-meros-ilmi

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

Matematika

Ushbu ajnabiy istilohni «hisob ilmi» desak ham boʻladi. Chunki bu boradagi barcha ilmlarning nomi turlicha boʻlsa ham, har birida hisoblash bor. Hisoblash uchun esa raqamlar kerak. Hozirgi kunda hisoblashda dunyo qaysi raqamlarni ishlatadi? Albatta, arab raqamlarini. Hisobni bilgan odam biror narsaning hisobini yozmoqchi boʻlsa, albatta oʻsha arab raqamlariga murojaat etadi. Lekin menga qolsa, mazkur raqamlarni arab raqamlari emas, balki Islom raqamlari deb atagan boʻlar edim.

Chunki Islomdan oldin arab raqami deb atalayotgan narsa boʻlgan emas. Hatto Islom olamida ham dastlab yunon raqamlari ishlatilar edi. Islomning fazli bilan ilm-fan rivojlandi, koʻpgina ilmlarga asos solindi. Asli arab millatidan boʻlmagan, movarounnahrlik musulmon olim Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy hindiy raqamlar asosida hamma uchun qulay boʻlgan hozirgi raqamlarni ishlatishni yoʻlga qoʻydi.

U kishi bir kitob yozib, unda avval hindiy hisob nizomini bayon qildi. Keyin esa uni amalga tatbiq qilish boʻyicha oʻz uslublarini misollar bilan koʻrsatdi. Hammaga hisob-kitob yuritishni oʻrgatdi. Ayniqsa, faroiz ilmida, yaʼni meros taqsimlashda ishlatiladigan aniq hisob-kitoblar nihoyatda aniqlik bilan koʻrsatib berildi.

«Olam va odam, din va ilm» kitobidan

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#маълумот

«Ҳилол» журналининг янги 2 (59)-сонида қуйидаги мавзулар ўрин олган:

ТАФСИР
Изнсиз бошқа уйга кирманг

ЗИКР
Уйқудан уйғонгандаги дуолар

ҲАДИС ШАРҲИ
Энг яхши икки фазилат

ФИҚҲ
Нафл намозлар

БИР ОЯТ ХУСУСИДА
Сирдан ҳам махфий нарса

АСМОИ ҲУСНО
Ал-Холиқ

САҲОБАЛАР ҲАЁТИДАН
У гўзал ҳаёт кечиради

ХИСЛАТЛИ ҲИКМАТЛАР
Дунё хираликларидан ҳайрон бўлма

«ҲИЛОЛ» МEҲМОНИ
Тарихимизни асрайдиган маскан

МАСНАВИЙ БОҒЧАСИДАН
Ё, ҳазрати Мавлоно!

ҲАЗРАТНИ ХОТИРЛАБ
Ахлоқи ҳасанани жамлаган инсон

КИТОБ ЖАВОНИДАН
Толиби илмга тотли насибалар

НАСИҲАТ
Эй илм эгаси!

САОДАТ ОСТОНАСИ
Қиз фарзанд туғилди

ШEЪРИЯТ
Гар шоҳману, сенга қуллигимдан шодман!

МУТОЛАА ОЛАМИ
Онамни эъзозлашни ўргандим

ЖАННАТ РАЙҲОНЛАРИ
Жиннинг ҳикояси

АҚЛ ЧАРХИ
«Жалолиддин Румий» бошқотирмаси

ҲИКМАТЛИ ДУНЁ
Хосиятли келин

ДУНЁ БЎЙЛАБ
Яшил ўрмон бағридаги қизил «лола»

☎️ +998712175999

👉 Обуна хизмати билан танишинг

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#сийрат

«Тасаддуқ, ё Расулуллоҳ» китоби

Муфтий Нуриддин домла Холиқназар ҳазратларининг қаламларига мансуб «Тасаддуқ, ё Расулуллоҳ» китоби сотувда.

📚 Мазкур китобда Пайғамбаримиз алайҳиссаломнинг туғилганларидан бошлаб раъфиқул аълога кўтарилган кунларига қадар Ислом тарихида чуқур из қолдирган энг муҳим деб қаралган воқеа ҳодисаларни қамраб олгани билан эътиборни жалб этади.

Дарҳақиқат, у зотнинг ҳаётлари ва инсониятга келтирган яхшиликлари жилд-жилд китобларга сиғмаслиги аниқ. Мўътабар ва тарихий манбалар асосида тайёрланган мазкур китоб барча китобхонларга манзур бўлади, деган умиддамиз. 😊

👉 Нархи: 36 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#maʼlumot

Ota-onaga yaxshilik qilish haqida 55 ta hikoya jamlangan kitob

👉 Kitob haqida batafsil

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#сотувда

Қуръони Каримнинг ўзбек тилидаги тўлиқ таржимаси

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф ҳазратлари томонидан ўзбек тилига таржима қилинган «Қуръони Карим ва ўзбек тилидаги маънолар таржимаси» китобида, Қуръони Каримнинг тўлиқ 30 пораси ва унинг ўзбек тилидаги таржимаси жамланган.

Мазкур китобни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz сайтимиздан буюртма беришингиз мумкин. 😊

👉 Кирилл алифбосида — 145 000 сўм

👉 Lotin alifbosida — 145 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#maʼlumot

Bugun Buxorodagi doʻkonimiz ishlamaydi

Qolgan doʻkonlarimiz uchun ish kuni

📍 Manzillarimiz

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#maʼlumot

Jumaga erta borish va gʻusl haqida

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni junublikning gʻuslini qilsa, soʻngra birinchi soatda borsa, xuddi tuyani qurbonlik qilgandek boʻladi. Kim ikkinchi soatda borsa, xuddi qoramolni qurbonlik qilgandek boʻladi. Kim uchinchi soatda borsa, xuddi shoxli qoʻchqorni qurbonlik qilgandek boʻladi. Kim toʻrtinchi soatda borsa, xuddi tovuq qurbonlik qilgandek boʻladi. Kim beshinchi soatda borsa, xuddi tuxum qurbonlik qilgandek boʻladi. Imom (xutbaga) chiqqanda, farishtalar zikr tinglashga hozir boʻlurlar», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.

Sharh: Ushbu hadisi sharifda Juma namozi uchun g'usl qilish va unga erta borish qanchalik savobli ish ekani g'oyat go'zal tarzda bayon qilinmoqda.

«Junublikning g'uslini qilsa» deyilganidan junublikdan qanday g'usl qilinsa, Juma namozi uchun ham shunday niyat va amallar bilan g'usl qilinishi lozimligi tushuniladi.

Hadisi sharifdagi «soat» lafzidan ulamolarimiz falakiy (astronomik) soatlarni tushunganlar. Demak, juma kunining tongidan to Juma namozi vaqti kirguncha bo'lgan soatlarning avvalida borganlar tuya so'yib, xayr-ehson qilgan kishining savobini oladi. Keyingi soatlarda borganlar uchun beriladigan savobning hajmi kichrayib boraveradi.

Hadisi sharifning oxirida juma kuni va namozining yana bir ulkan fazli – imom xutbaga chiqqanida uni tinglash uchun farishtalar hozir bo'lishi haqida so'z bormoqda. Demak, Juma namoziga nafaqat musulmon bandalar, balki farishtalar ham qatnashar ekanlar. Albatta, bunday jamoat eng xayrli, eng barakali, eng fayzli jamoat bo'ladi.

Bunday jamoatga yuvinmay-taranmay, yaxshi kiyimlarni kiymay, xushbo'y narsalar sepmay borib bo'lmaydi. Bunday jamoatga qancha erta borilsa, shuncha yaxshi. Unga hech qachon kech qolib bo'lmaydi.

«Hadis va Hayot» kitobining 6-juzi — namoz kitobidan

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#klub #savol

Javobni izohda yozib qoldiring

Oʻyinda qatnashib, oflayn yoki onlayn tomosha qilib savolning javobini bilganlar, yozmay turishsin. 😊

«Hilol» intellektual klubining 1-bosqichidan

📹 Oʻyinni toʻliq tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=SmDGp9xXUoo

Roʻyxatdan oʻtish

* Homiylarimiz: «Grand ta'lim», «Grand maktabi», «Yangi asr universiteti», «Cambridge LC»

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

Islomda aql

Aslida ilm degani ishlarni aql yordamida bajarish, demakdir. Aql esa uchragan narsani tushunib olish qobiliyatidir. Qurʼon barcha ishlarda aql bilan ish yuritishga chaqiradi, aqlni ishlatmaganlarni qattiq tanqid qiladi.

☝️ Qurʼoni Karimda aqlga taalluqli soʻzlar 50 marta ishlatilgan. «Aql egalari» degan jumla esa 10 martadan koʻproq ishlatilgan. Shuning oʻzi ham Qurʼon aqlga katta eʼtibor berganining dalilidir.

«Iymon» kitobidan

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#қуръони_карим

«Hilol Nashr» нашриётида чоп қилинган мусҳафи шарифлар

Мусҳафларни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz саҳифамиздан буюртма беришингиз мумкин.

👉 Мусҳафи шариф (cариқ қоғозда, катта ўлчамда) — 135 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (тажвидли, катта ўлчамда) — 140 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (cариқ қоғозда, ўрта ўлчамда) — 55 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (кўк қоғозда, ўрта ўлчамда) — 57 000 сўм

👉 Мусҳафи шариф (тажвидли, ўрта ўлчамда) — 64 000 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

📍 Манзилларимиз

*Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#янгилик #журнал

«Ҳилол» журналининг навбатдаги 2 (59)-сони янги форматда нашр қилинди

Ушбу сонда «Тафсир» (Изнсиз бошқа уйга кирманг), «Ҳадис шарҳи» (Энг яхши икки фазилат), «Фиқҳ» (Нафл намозлари), «Асмои Ҳусно» (Ал-Холиқ), «Саҳобалар ҳаётидан» (У гўзал ҳаёт кечиради), «Хислатли ҳикматлар» (Дунё хираликларидан ҳайрон бўлма) «Насиҳат» (Эй илм эгаси!) каби мақолалар жамланган.

👉 Нархи: 8 000 сўм

📨 Буюртма учун: @Hilol_reception

☎️ +998712175999

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

* Эслатиб ўтамиз, журнал учун обуна хизмати мавжуд

👉 Обуна хизмати билан танишинг

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#mehmon

«Kitob hadya qilishni trendga olib chiqaylik»


«Hilol mehmoni» koʻrsatuvining 4-sonida «Gʻalati emasmi?» ijodiy guruhi aʼzosi, jurnalist va aktyor Akmal Mirzo mehmon boʻldilar.

🌐 You tube orqali tomosha qiling: https://youtu.be/kwm2gQ3Lxhw?si=HLktS7VnpmvGxetf

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#маълумот

😎 Ушбу ҳафта давомида нашриётимиз томонидан 1 та журнал, 2 та китоб қайта ва 1 та китоб янги нашр қилинди

1. «Муборак сафар ва муборак зиёрат» — 16 000 сўм

2. «Ҳадис ва ҳаёт» силсиласининг 3-жузи — 33 000 сўм

3. Катта ҳажмли тажвидли мусҳаф — 140 000 сўм

4. «Ҳилол» журналининг навбатдаги 2 (59)-сони — 8 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilolnashruzbot

📍 Манзилларимиз

@
hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#maʼlumot

Bugun bosh doʻkonimiz, Chorsu Xadra, Margʻilon, Namangan hamda Abu Saxiy filiallarimiz ishlaydi.

Qolgan doʻkonlarimiz uchun dam olish kuni.

📍 Manzillarimiz

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#kitobxonlik_maktabi

🎤 Najot Nur bilan suhbatga marhamat!

«Kitobxonlik maktabi» loyihamizning 124-sonida «Notiqlar va teleboshlovchilarni tayyorlash markazi» rahbari, xalqaro jurnalist, teleradioboshlovchi ustoz Najot Nur bilan ochiq suhbat boʻlib oʻtadi.

Suhbat davomida notiqlik, notiq boʻlmoqchi boʻlganlar uchun kerakli tavsiyalar, nutqda kitobning ahamiyati va shu kabi mavzular borasida soʻz boradi.

Shuningdek, tinglovchilar va mehmonimiz oʻrtasida savol-javob ham tashkil qilinadi.

Suhbatga kirish bepul. Roʻyxatdan oʻtilmaydi. Shunday ekan, barchangizni navbatdagi ilm majlisiga taklif qilamiz. 😊

📆 16-iyul, 11:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

«Hilol eBook» dasturiga joylangan yangi kitoblar bilan tanishing

1. Axloqus solihiyn (audio) – 11000 soʻm
2. Islom aqoidi (muxtasar bayoni) – 4000 soʻm
3. Zakot kitobi (zakotga oid fatvolar) – 6000 soʻm
4. Хадисы и жизнь. Джуз 8. Книга о закāте – 8000 сумов

Shuningdek, ushbu bitta kitob yangilandi:

Olam va odam, din va ilm – 12000 soʻm

* Agar ushbu kitobni oldin yuklagan boʻlsangiz, kitob faylini oʻchirib, boshqatdan yuklab olishingizni soʻraymiz.

Marhamat, ushbu kitoblarni «Hilol eBook» dasturida mutolaa qiling, tinglang. 😊

📖 Dasturni yuklab olish

Siz ushbu kitoblardan qaysilarini yuklab olgansiz?

🟢 @hiloldasturlari

Читать полностью…

Hilol Nashr

#maʼlumot

Kitoblarning oʻzi keladi

«Hilol Nashr» nashriyotining onlayn sahifasidan buyurtma qilingan kitoblar nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyo boʻylab yetkazib berilishi haqida bilarmidingiz?

🤩 Ha, shunday, kitoblardunyosi.uz sahifamizdan nashriyotimiz va boshqa nashriyotlar tomonidan chop qilingan 4 000 ga yaqin kitoblarni uyingizdan chiqmay turib buyurtma berishingiz mumkin.

Buyurtmalar Toshkent shahriga 48 soat, Respublikamiz viloyatlari boʻylab 4 kun, jahon boʻylab esa 15 kundan 30 kun ichida yetkazib beriladi. 🚚

🙂 Siz va boshqa kitobxonlarni juda yaxshi tushunamiz, bir kuningiz kitobsiz oʻtsa, oʻzingizni yomon his qilib qolasiz. Toʻgʻrimi? Kitobsiz kuningiz oʻtishiga yoʻl qoʻymang, oʻzingiz kutubxonaga borishga vaqtingiz boʻlmasa, kerakli kitoblarga buyurtma bering, biz yetkazib beramiz!

Yetkazib berishga oid yana savollaringiz boʻlsa, bizga yozib, maʼlumot olishingiz mumkin: @hilol_reception

☎️ Maʼlumot uchun: +998712175999

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#сотувда

«Яхшилик ва силаи раҳм»


Бу китоб орқали инсонийликнинг энг гўзал фазилатлари — яхшилик ва силаи раҳм ҳақида маълумот оласиз.

Китоб орқали сиз:
🟠 Яхшилик қилишнинг мукофотлари ҳақида билиб оласиз;
🟠 Қариндош-уруғчилик алоқаларини мустаҳкамлашнинг аҳамиятини англайсиз;
🟠 Исломий одоб-ахлоқ қоидаларини ҳаётингизда татбиқ этасиз.

Китоб мусулмонлар учун амалий қўлланма сифатида хизмат қилади ва инсонларнинг жамиятда бир-бирларига қандай ёрдам кўрсатишлари, бир-бирларига яхшилик қилишлари ва ўзаро силаи раҳмни сақлашлари кераклиги ҳақида таълим беради.

👉 Нархи: 87 000 сўм (иккита китоб нархи)

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#мақола

«HILOL NASHR» НАШРИЁТИДА ЧОП ҚИЛИНГАН МУСҲАФЛАР

Илк бор 2018 йилнинг 28 март куни 10 000 ададда муcҳаф чоп қилинган бўлса, бугунгача жами 365 000 ададда нашр қилинди. Улардан 262 000 донаси оддий, 110 000 донаси тажвидли мусҳафдир.

Нашриётимиз дунё мусулмонлари орасида машҳур бўлган «Дорус-Салом», «Дорул-Маърифа», «Доруc-Салсабил» ва «Дорул-Ғавсоний» нашриётлари билан ҳамкорликда ишлаб келмоқда.

Келинг, нашриётимизда чоп қилинган, айни дам сотувда бор мусҳафлар билан батафсил танишиб чиқайлик:

Батафсил: https://kitoblardunyosi.uz/blog/hilol-nashrda-chop-qilingan-musxaflar

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#сотувда

«Тасаввуф ва нафс тарбияси» китоби сотувда

Ушбу китоб Шайх Зулфиқор Аҳмад Нақшбандийнинг «Тасаввуф вас-сулук» асарининг таржимасидир. Ҳозирги давримизда ёзилган ушбу қимматли асар илк бор ўзбек тилига таржима қилинди.

☝️ Асарда тасаввуф илми бўйича ёзилган кўплаб мўътабар китобларнинг хулосалари жамланган. Шунингдек, асарда муаллиф ҳафизаҳуллоҳнинг таржимаи ҳоли, илмий терминларнинг луғавий ва истилоҳий маънолари ва ўқувчи янада яхшироқ тушуниши учун баъзи қўшимча маълумотлар ҳам илова қилинган.

Китоб тасаввуф ва нафс илмларини янада чуқурроқ англашингизга ёрдам беради, деб умид қиламиз. 😊

👉 Нархи: 54 000 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#сотувда

Руҳий тарбия бобидаги энг манфаатли асар

📚 Ушбу асар шайх Ибн Атоуллоҳ Сакандарий раҳматуллоҳи алайҳнинг «Ҳикамул-Атоийя» номли китобларининг таржима ва шарҳи ҳисобланади.

☝️ Таржима ва шарҳ муаллифи шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф роҳимаҳуллоҳдир. Китобни «Хислатли ҳикматлар шарҳи» деб номланганлар.

Мазкур тўпламни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz сайтимиздан буюртма беришингиз мумкин. 😊

👉 Нархи: 250 000 сўм

☎️ +998712175999

📥 Буюртма учун: @hilolnashruzbot

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

Juma muborak!

Yaqinlaringizga ulashing 😊

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#kitobxonlik_maktabi

🎤 Najot Nur bilan suhbatga marhamat!

«Kitobxonlik maktabi» loyihamizning 124-sonida «Notiqlar va teleboshlovchilarni tayyorlash markazi» rahbari, xalqaro jurnalist, teleradioboshlovchi ustoz Najot Nur bilan ochiq suhbat boʻlib oʻtadi.

Suhbat davomida notiqlik, notiq boʻlmoqchi boʻlganlar uchun kerakli tavsiyalar, nutqda kitobning ahamiyati va shu kabi mavzular borasida soʻz boradi.

Shuningdek, tinglovchilar va mehmonimiz oʻrtasida savol-javob ham tashkil qilinadi.

Suhbatga kirish bepul. Roʻyxatdan oʻtilmaydi. Shunday ekan, barchangizni navbatdagi ilm majlisiga taklif qilamiz. 😊

📆 16-iyul, 11:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

Barchasi «Hadis va hayot» silsilasi haqida

Kechagi kun shayx Muhammad Sodiq Muhmmad Yusuf hazratlarining shoh asarlaridan boʻlgan «Hadis va hayot» silsilasiga atalgani haqida xabaringiz bor. Quyida ularni yana eslatib oʻtamiz.

«Hadis va hayot» juzlarini ketma-ketlikda oʻqish kerakmi?


«Hadis va Hayot» turkumidagi barcha elektron va audiokitoblarga 50% chegirma eʼlon qilamiz!

«Hadis va Hayot» silsilasidagi barcha juzlar va ularning nomi

«Hadis va hayot» silsilasidagi hali nashr qilinmagan juzlar va ularning nomlarini bilasizmi?

«Hadis va hayot» silsilasi rus, qoraqalpoq va tojik tillarida

«Hadis va hayot» fleshkartalarda

«Hadis va hayot» silsilasida 5408 ta hadis sharh qilingan

Islomning barcha jabhalarini oʻzida jamlagan «Hadis va hayot» toʻplami

Sizga asar haqidagi qaysi maʼlumot yangilik boʻldi? Qaysi maʼlumotdan qoniqdingiz? Maʼlumotlar «Hadis va hayot» silsilasini toʻplam yoki donalab xarid qilishingizga turtki boʻldimi?

Izohda yozib qoldiring 😊

@hilolnashr

Читать полностью…

Hilol Nashr

#chaqiriq

🎉 «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha chaqiriqqa marhamat!

Tonggi va kechki zikrlarni kunlik vird(vazifa)ga aylantirib olish maqsadida «Zikr va duolar» ilovasi boʻyicha bir haftalik chaqiriq eʼlon qilamiz.

Chaqiriq davomida har kuni ertalab va kechqurun ushbu ilovadagi tonggi va kechki zikrlarni toʻliq aytish kerak boʻladi. Toʻliq aytilganini tekshirish uchun «Siz tonggi zikrlarni tugatdingiz» yoki «Siz kechki zikrlarni tugatdingiz» yozuvli skrinshot izohlarga yuboriladi.

Bundan tashqari hafta davomida ilovaning funksiyalari, ilovaga bildirilgan fikrlar hamda ilovaning targʻiboti sahifamizda eʼlon qilib boriladi.

✅ Chaqiriqda ishtirok etish uchun «Zikr va duolar» ilovasidagi tonggi va kechki zikrlarni har kuni aytib borishingiz kifoya.

📆 Chaqirigʻimiz 10-iyuldan 16-iyulgacha davom etadi.

🎁 Bir hafta davomida ilovamizdan eng koʻp foydalangan va eng koʻp yaqiniga ulashgan 10 tadan foydalanuvchiga shayx hazratlarining elektron kitoblari bir donadan hadya qilinadi.

Ilovadan qancha foydalanganingizni hisoblash uchun Action Dash (Android uchun) yoki Screen Time (iOS uchun) kabi ilovalarni oʻrnatib olishingiz kerak boʻladi.

👉 Ushbu havola orqali rasmli maʼlumotni koʻrishingiz mumkin.

📖 Ilovani yuklab olish

🟢 Ushbu chaqiriq koʻpchilikka yetib borishi uchun yaqinlaringizga ulashing.

❓ Siz chaqiriqda ishtirok etasizmi?

🟢 @hiloldasturlari

Читать полностью…

Hilol Nashr

#янгилик #қуръони_карим

🎉 Катта ҳажмли тажвидли мусҳаф нашрдан чиқди!

Мусҳафни «Hilol Nashr» нашриётининг дўконларидан харид қилишингиз, kitoblardunyosi.uz саҳифамиздан буюртма беришингиз мумкин.

👉 Нархи: 140 000 сўм

☎️ +998712175999

📨 @hilol_reception

🌐 Сайтдан буюртма беринг

📍 Манзилларимиз

🚚 Онлайн берилган буюртмалар Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади

*Тез орада барча дўконларимизга етказилади, иншааллоҳ.

@hilolnashr

Читать полностью…
Подписаться на канал