hikoyalar | Неотсортированное

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Подписаться на канал

Hikoyalar (G&M)

Koʻzini yumdi deguncha oʻsha daxshatli xonada yotgan singlisining soʻlgʻin yuzi koʻz oldida gavdalanaveradi! Azamat nafs quli va bir qoʻrqoq kimsa ekanini isbotladi! Nafsi uchun shaytonning gapiga kirdi, balki hamma ayb shaytonda emasdir, aslida kishilarning baʼzilari shaytondan ham battar!!! Ularning qilgan yovuzliklari oldida shayton ham ip esholmaydi! Shaytonga dars bera oladigan darajadagi yovuz insonlar oramizda koʻplab topiladi! Azamatning qoʻrqoqligi unga qimmatga tushdi. Balki u qizlarni oʻldirmoqchi boʻlgan qotillarni tutib berganida edi, xalq uni qahramon deya olqishlagan boʻlar edi. Axir u jinoyatdan xabardor edi, jinoyat joyi va vaqtini aniq bilardi! Birgina qoʻngʻiroq bilan barcha qotillarni va bunaqangi iflos jinoyatlar ortida turgan kimsalarni yoʻqotishi mumkin emasmidi?! Bu qotillar qanchadan qancha kishilarni umriga zomin boʻlgan va bundan keyin ham zomin boʻladi! Bu jinoyatchi toʻda yosh yigitlar va qizlarning onggini turli psixatrop tabletkalar bilan zaharlab manipulatsiya qiladi va oʻz yo'rig'iga soladi. Akmal ham shundaylardan emasmidi?! Qanchadan qancha qizlarni fohishalik qilishi uchun sotib yuborishadi... Agar Azamat oʻsha kuni, nafsini emas, vijdonini gapiga quloq solganida edi... Bu tuban jinoyatchi guruh allaqachon panjara ortida boʻlardi... Lekin... U bunday qilmadi. U qoʻrqoqlik qildi... U nafsiga ergashdi. Natijada na halovat topdi, na bir foydaga erishdi... Kunlari tobora qorongʻu tus olar, kunda tushiga yigʻlab chinqirayotgan singlisi kirar, uni azoblar edi... Azamat ukalaridan singlisining jasadi topilganini eshitdi... Xotini va qizini olib bir kunginaga, faqat janazani o'tqizish uchungina Fargʻonaga keldilar... Ukalari bilan ham gaplashmadi... Ishlarim koʻp deya bahona qilganicha oilasi bilan ortga qaytib ketdi! Oʻsha kundan beri uning halovati yoʻq... Yegan-ichganida maza topolmaydi... Ukalariga qoʻngʻiroq qilib hol-ahvol soʻramadi, singlisining markasi, "Yigirma-qirq" kabi marosimlariga ham kelmadi. U oʻsha ketganicha yoʻq boʻldi qoldi.
  Yusuf bir necha marotaba akasiga qoʻngʻiroq qildi lekin Azamat telefonini koʻtarmadi...
  Azamat bu ishni surishtirishni Yusuf oʻz qoʻliga olganidan behabar edi. Yusuf Nazimning izini topgani katta "Shef" va jinoyatchi guruhga yoqmadi. Ular avvalo Yusufdan qutulmoqchi boʻlishdi, keyin esa Nazimni o'ldirish rejasini tuzdilar... Yusufni yoʻq qilish uchun Nazimni ishga solishlari kerak edi... Keyin esa oʻzini osongina yoʻq qilishadi... Bu suiqasdni uyushtirishda ularga Azamat kerak edi... Shu sabab "Shef" Nazimga Azamatni topishni va u orqali Odinani sudga berib Yusufni chalg'itishni buyurdi... Nazim vafodor it kabi oʻz hojasini amrini bajo keltirdi. Azamatga qizi va xotinini oʻldirish bilan tahdidlar qila boshladi.
  - Jinoyatga sen ham aloqadorsan! Agar ukangni yoʻldan olmasang... Hamma aybni sening boʻyningga agʻdaramiz, bir umrga qamalasan! Keyin bu hammasi emas.... Qizingni ismi adashmasam Charos ekan...
Azamatning koʻzlari katta katta ochildi.
  - Iltimos qizimga tegmanglar...
  - Unda aytganimizni qilasan! Ukangni o'yindan chiqar! Bu ishni Odinaga yuklab yopsin... Yoki oxiri yaxshilik bilan tugamaydi...
Azamat vijdon va qo'rquv orasida qoldi. Noilojlikdan Odinani sudga berdi...

9-QISM TUGADI.

⏰19.04.2025.                  11:15

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yusuf hammasini esladi.Yuzini qoplab turgan qora parda birdan ochildi.
- Ha, ha! Esladim singlim! Xoʻsh, nima gap?
- Akmal ancha stressdan tushdi... Balki sizni ishingiz boʻyicha u-bu narsani eslar...
- Albatta eslashi kerak! Men yarim soatda yetib boraman...
- Xoʻp kutaman aka.
Kutilmagan bu yangilik Akmalda yanada umid uygʻota boshladi. U jinnixona tomon mashinasida yeldek uchib borardi. "Mana hammasi yaxshilik tomon burilyapti. Endi sudda Odina butkul oqlanadi! Undan tashqari oʻsha jinoyatchilarni taniydigan kishi - soqolli odamni topa olishim mumkin!" Shunday fikrlar bilan Yusuf yetib keldi. Hamshira uni Akmalning xonasiga kuzatib qoʻydi. Akmal bir chetta oʻtirar, koʻzlari oʻychan va katta-katta ochilgan edi. Yusuf unga asta yaqinlashdi.
- Akmal!
Akmal oʻzining ismini eshitib yalt etib Yusufga qaradi.
- Yaxshimisan?
Akmal indamadi. Burchakka yanada qattiqroq oʻzini tiradi.
- Akmal, senga dori bergan, oʻsha soqolli kishini eslay olasanmi?
Akmal yana jim... Lekin bu safar boshini asabiy silkidi... Yusuf unga yanada yaqinlashdi.
- Akmal... Eslashga harakat qil... U odam kim edi, koʻrinishi qanaqa?! Agar bilsang seni shu ahvolga solgan oʻsha odam boʻladi! Sen u bergan dorilar tasirida oʻz otangni oʻldirding... Nafosatni ham harob qilding!
Akmal asabiy tebrana boshaldi. Qoʻllari bilan quloqlarini berkitib oldi. U tez-tez chayqalar, koʻzlari yanada kattalashganicha atrofga alanglar edi.
- Akmal!
- Ket! Yoʻqol! Men hech narsani bilmayman!
- Akmal! Menga qara... Seni shu koʻyga solgan oʻsha kimsalar senga yordam berishyaptimi? Yoʻq! Ularni seni musirni uloqtirib tashlagan kabi uloqtirishdi! Ular uchun zarracha qadr qimmating yoʻq!
Akmal yigʻlay boshladi... Yuzlari burishib ketdi...
- Akmal! Akmal... Ayt menga... Ulardan qoʻrqma, senga hech kim zugʻum qilolmaydi... Sen bu yerda xavfsizsan!
- Ular meni o'ldirishadi! Ha... Oʻldirishadi!
- Akmal... Qoʻrqma... Hech kim senga tegmaydi ishon!
Akmal nihoyat biroz oʻzini yigʻishtirib oldi. Yusufga iltijoli termuldi.
- Aka... Ular juda yomon odamlar... Sizni ham omon qoʻyishmaydi!
- Alloh bor! Qonun bor! Adolat bor! Hali hammasi jazolarini olishadi...
- Uni ismi Nazim... Qoracha odam. Boʻylari novcha va ozgʻin... Koʻzlari ko'kish tusda... Qalin soqol qoʻygan... Bilganlarim shular aka... Boshqa narsa bilmayman.
- Ular qanday jinoyatlar qilishardi?
- Dori savdosi... Qizlarni fohishalik qilishi uchun ham sotishardi... Organlar savdosi... Bola o'g'irlash...
Akmal yosh toʻla koʻzlarini Yusufga qaratdi.
- Aka... Ular juda vaxshiy odamlar! Hech kimni ayab oʻtirishmaydi... Ularning tepasida aniq katta bir shaxs bor... Nazim aka ham bir-ikki marta oʻsha "Shef" bilan gaplashayotganini eshitib qolgandim...
Yusuf olgan maʼlumotlarini darrov yon daftarchasiga yozib qoʻydi. Endi bu xabarni zudlik bilan Jinoyat qidiruv boʻlimiga yetkazishi kerak... Yoʻlga tushdi va bir necha soat ichida boʻlimga yetib keldi. U Akmalning soʻzlari asosida Nazimning xomaki foto suratini tayyorlatdi... Uni qidiruvga berdilar. Odina ertalabgi sudda butkul oqlandi. Avtoservis egasi Mahmud akaning koʻrsatmalari va Akmalning Nazim haqidagi gaplari aytilindi va Akmal bu ishga aloqadorligini oʻz ogʻzi bilan tan oldi. Uning "Men Nafosatni va boshqa 4 nafar sinfdoshimni jinoyatchilarga tutib bergan edim... Bu ishni menga Nazim aka buyurgandi..."degan gaplarini Yusuf telefonining diktafoniga yozib olgan edi. Uning ushbu soʻzlari sudda eshittirildi va Odina oqlandi... Endi Yusuf Nazimni topish va aniqlash uchun sudga ariza yozdi... Hammasi yaxshi tomonga oʻzgarayotgandi... Lekin kutilmagan vaziyatlar hali oldina edi!
* * *
JINOYATDAN 1 KUN OLDIN.

Azamatga ertalab qoʻngʻiroq boʻldi. Bu Nazim edi.
- Alo aka...
- Labbay eshitaman.
- Biron joyda koʻrishib olaylik.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Nahot-ki inson bolasi shu darajada vaxshiy boʻlsa?! Yo Alloh! Qiyomant yaqin, Qiyomar yaqin juda!
Yusuf ham mayus bosh chayqadi. Koʻzlari biroz yoshlangandek boʻldi...
  - Aka... Oʻsha qizlarni orasida meni guldek singlim ham bor edi...
Mahmud aka Yusufga chindan achindi. Qoʻpol qoʻllari bilan Yusufning yelkasini silab qoʻydi.
  - Allohni irodasi ekan ukam, siqilmang... Alloh rahmatiga olsin singlizni...
  - Amiyn...
Yusuf oʻtinchli nigoh bilan Mahmud akaga qaradi.
  - Aka... Sudda guvohlik berasiz aa?
  - Inshaalloh ukam albatta!
  - Rahmat aka... Sizga ishondim...
Yusuf uyga qayti. Bugungi qilgan ishidan sal boʻlsa-da koʻngli yorishdi. U bu jinoyatni asta sekin yechib borayotgandi... Jumboqlar, savollar va mulohazalar tobora oynadek tiniqlashib borardi... Akmal jinoyat qilgan... Qotillarga yordam bergan... Akmalni ishga undagan kishi - Soqolli odam! U hammasini biladi! Oʻsha odamni topolsa edi... Jinoyarni fosh qilish yanada osonlashardi... Yusuf oʻy hayollar ogʻushida asta koʻzlari yumuldi, uyquga ketdi...
                   *       *     *
Muhammad yana qabr boshida... Oʻzi ekkan lolalarga sub quyyapti... Bugun ham tushiga Nafosat kiribdi... Koʻzlari mayus emish... Egnidagi koʻylagi oq, lekin bazi joylari kir boʻlib ketgan...
  Kechasi uygʻonib ketdi. Nafosatning mungli chehrasi koʻz oldidan ketmasdi... "Nafosatni shu koʻyga solganlar jazolanmas ekan... Menga uyqu harom!" Muhammad astoydil Yusufga yordam berishga ahd qildi... Ertalabdan qabristonga bordi... Nafosat bilan qalban biroz suhbatlashdi...
  - Sizga sevishimni aytmoqchi edim... Sizni baxtli qilaman deya ahd qilgandim. Lekin afsus... Qismatimiz shu ekan... Siz yer qarida... Men yer ustidamiz. Qachondir uylansam va qiz farzand koʻrsam, ismini albatta Nafosat qoʻyaman...
Muhammad koʻz yoshlarini asta artdi. Qoʻlidagi suv sepadigan idishni olib gullarni sugʻordi... Keyin... Keyin Nafosatning haqqiga Qurʼon tilovat qildi...

8-QISM TUGADI.

⏰18.04.2025.                10:05

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Azamat indamadi. Topish tutishi yaxshi lekin xotinining talablari ortgani sari pulining barakasi yoʻq... Lekin Azamat Guliga sevib uylangan. Uni yoʻqotish u uchun haqiqiy fojea! Chunki Guliga uylangunicha qancha toʻsiqlardan oʻtgan... Ehheee otasi bermayman deb turib olganlari, akalaridan itdek kaltak yegan kunlari hali hamon yodida... Uni juda yaxshi koʻradi va uylangan kunidan boshalab har qanday talabini soʻzsiz barajarib keladi... Bu safar ham shunday boʻldi.
- Xoʻp jonim... Olib beraman. Faqat ozgina sabr qilib tur. Pul qilib olay, oxirgi payt topganim qayerga ketyapti bilmayapman.
Guli bir soʻz demasdan qovog'idan qor yog'ganicha ichkari uy tomon kirib ketdi...
* * *
Koʻzi ochlik oxiri oʻz kuchini koʻrsatdi. Azamat jinoyatga aralashib qoldi. Unga bir begona nomerdan qoʻngʻiroq qilishdi.
- Alo, assalomu alaykum eshitaman!
- Siz Azamatmisiz?
- Ha, ha! Azamatman, eshitaman aka?
- Malakali jarroh deb eshitdim sizni...
- Haa shunday, tinchlikmi?
- Iloji boʻlsa uchrashib gaplashib olsak degandim...
- Mayli... Vaqtini va joyini aytsangiz yetib boraman.
- Xoʻp, sms qilib joʻnataman.
Azamat va soqolli kishi bir kichkinagina kafega kirishdi. Eng chekkada turgan stolga borib o'tirdilar. Ofitsiant keldi.
- Nima xizmat akalar?
- Menga bitta pepsi... Sizgachi aka?
Azamat tezgina javob berdi.
- Menga choy...
- Xoʻp boʻladi...
Ofitsiant choy va bir stakan muz solingan pepsini olib keldi.
- Rahmat ukam.
- Yana xizmatlar boʻlsa, shu yerdaman.
- Xoʻp ukam, xoʻp boraver...
Soqolli kishi Azamatga yuzlandi.
- Azamat aka... Eshitdim juda mahoratli jarroh ekansiz...
- Haa shunday... Davlat tomonidan bir necha marotaba taqdirlanganman.
Azamat magʻrur boshini yuqoriga koʻtardi. Soqolli kishi ham miyigʻida kulimsiradi.
- Haa yaxshi, yaxshi... Lekin eshitishim boʻyicha... Oxirgi payt ancha qiynalib qolibsiz... Qarzlariz koʻp emish.
- Shunday... Topganimda uncha maza yoʻq... Ancha-muncha qarzga botib qoldim.
- Xohlasangiz sizga bir yaxshi ish taklif qilaman. Soqqasidan tashvishlanmang... Siz oladihan 1 oylik maoshizni 10 barobaridan ortiq pul olasiz!
Azamat 8 million oylik oladi. Davlat shifoxonasida ishlaydi... Yaqinda xususiy klinika ochmoqchi edi lekin hecham pul yigʻa olmadi. Bir tomondan qarzlar, ikkinchi tomondan xotinining talablari...
- Rostanmi?
- Albatta! Atiga yarim soatlik ish! Shu yarim soatiz uchun men sizga 8000 dollar naqt beraman!
- G'alati-yu, yarim soat uchun 8000 dollar?!
- Haa... Mayli... 10 ming dollar olasiz, rozimisiz?
Azamat shoshib qoldi... Aqli ishlamas, 10 ming dollar pul koʻz oldida aylanar edi!
- Qanaqa ish ekan u aka?
Soqolli kishi ovozini nihoyatda pastladi... Azamatga boʻynini yaqinroq choʻzdi.
- Organ savdosi...
Azamatning hushi boshidan uchib ketdi! Axir bu jinoyat-ku?!
- Yoʻq aka... Uzr. Jinoyatga aralasholmayman...
- Azamat... Siz tashvishlanman... Men kafilman. Sizga hech narsa boʻlmaydi! Sizni ismiz aytilinmaydi... Siz faqat oʻsha vaqtda kelasiz va ichki aʼzolarni ehtiyotkorlik bilan bizga olib bersangiz boʻldi... Boshqa muammo yoʻq.
Azamat oʻylanib qoldi. Nima deb javob berishini bilmas, aqli bu jinoyat bu yoʻlga kirma desa, nafsi shuncha pulni yarim soatda olish imkonini qoʻldan berma deya hayqirar edi! Shayton shuncha pul bilan bemalol qarzlaringni yopasan, keyin 1-2 oy ichida xotiningga mashina olib berasan, hamma ishlaring yurishib ketadi deya Azamatni vasvasa qilardi. Azamat nafsi va shaytonning gapiga kirdi. Soqolli kishining taklifini qabul etdi.
- Qachon boʻladi aka?
- Bir haftadan keyin... Yosh oʻsmir qizlar... Ulardan organlarini olib berasiz tamom vassalom!
- Xoʻp aka...
Azamat endi oʻrnidan turib ketayotgan edi, ortidan soqolli kishi toʻxtatdi.
- Azamat!
- Ha aka...
- Oʻrtamizdagi suhbat oramizda qolsin... Boʻlmasam oʻzizga yomon boʻladi.
Azamat xoʻp deganicha indamay kafedan chiqib ketdi...
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Момонинг чолига ёзган мактуби

Охирги кунларда келин жудаям қўполлашди. Чойимни хам ярим пиёла берябди. Яхшиямки қулоқларим кар, эшитмайман нима деганини. Аммо ҳис қиламан. Менимча мени бу уйда кўришни ҳоҳламаябди. Ўғлингиз хам икки йўл орасида қолди. Ҳатто мени хотинидан яширинча қучоқлаяпди. Кеча кечаси ухлаётганимда келиб ўпди. Жудаям АЛАМ қилди. Менга бошқа холва олиб келмай қўйди. Тишларим йўқку, еяётганимда чапиллаётган эканман. Невараларим хузурсиз бўляпти экан.

Аллоҳ шоҳид мен чапиллатиб нарса ермидим бегим? Келин энди болаларга эртак айтиб беришимни хам таъқиқлаб қўйди. Сиз билан гаплашаётганим учун девордаги расмингизни хам беркитиб қўйди. Майли. Ич чўнтагимдаги расмингизни билишмайди. Мен уни қарғамайман бегим. Нима бўлса хам ўғлимни хотини. Невараларимни онаси. 2-3 кун аввал қўшнилар келди. Мени эшитмасин деб хонамни эшигини қулфлаб
қўйди. Эшитмадим. Эшитолмадим. Лекин ҳис қилдим.

Мени қариялар уйига олиб бориб қўйишмоқчи. Росаям алам қилди. Ха айтгандай адаси, сиз ўғлингизга бир кўриниб қўйинг. Нима бўлса хам отасисиз. Сизни гапингизга киради. Сўз бераман хонамдан чиқмайман умуман. Ҳолва хам емайман майли. Болаларга хам эртак айтиб бермай қўяқолай. Нима бўлса хам мени бу уйдан айирмасинлар. Яшайолмайман. Ҳатто нафас ҳам ололмайман....

Сизни хотираларингиздан узоқда мен қандай яшайман. Бу уйда ойнада суратингиз бор. Жавонда бармоқ изларингиз бор. Хассангиз халиям деворда осилиб турибди. Хохлашмаябди мени бу уйда. Бегим... Ёнизга чақиринг мени...олиб кетинг! Ёки сиз ҳам унутиб юбордингизми мени."

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yusuf toʻxtadi. Odina ham uni toʻxtaganini koʻrib, turgan joyida qotib qoldi.
  - Nima boʻldi?
  - Hech narsa...
  - Nega turibsiz? Kettik uyga...
Yusuf bir urinishda Odina qoʻlidan tutib oʻziga tortdi. Qattiq bagʻriga bosdi. Odina nima qilarini bilmas, aqli bilan Yusufning quchogʻidan chiqishi kerakligini bilsada lekin qalban buni xohlamasdi. Lekin uyatdan hijolat tortgancha Yusufni oʻzidan nari surdi...
  - Odina... Anchadan beri sizga bir gapni aytolmayman...
  - Qanaqa gap?
  - Menga juda yoqasiz...
Odina ichida juda xursand boʻlsada lekin bu gapga uncha ishongisi kelmasdi.
  - Yusuf aka... Siz uylanmagan yigitsiz... Men esa.... Men bir marta kuyganman! Sizga loyiqmasman...
  - Kim menga loyiq loyiqmas buni Alloh biladi Odina! Qayerdan bilasiz siz emas, balki men sizga loyiqmasdirman!
Ikkalasi ham soʻzsiz qoldilar. Yusuf ham, Odina ham bir narsalarni hayol qilgancha asta mashina tomon kelardilar...

7-QISM TUGADI.

⏰16.04.2025.               19:13

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Dadasi uni bor kuchi bilan itarib yubordi. Akmal gandiraklab yerga yiqildi. Hayolidan gʻalati oʻylar oʻta boshladi."U meni o'ldirib qo'yadi... U meni o'ldirmoqchi! Men undan qo'rqmayman! U meni emas, men uni o'ldiraman!" Akmal shaxt bilan oʻrnidan turdi. Oshxonada hansirab yotgan dadasiga nafrat koʻzi bilan boqdi. Dadasi Akmalning koʻziga xuddi cho'chqadek ko'rinib ketdi. Boshi aylanar, fikrlari bir-biriga chalkashib ketgan holda sekin shivirladi.
- Cho'chqaga o'lim...
Akmal oshxona pichog'ini qo'liga oldi. Hirillab yotgan dadasining tepasiga keldi. Jon holatda baqirgancha dadasining koʻksiga 5-6 marta pichoqni qattiq-qattiq sanchib oldi. Pichoqni sugʻurib olgach, dadasining yuzlarini, boʻyni va koʻkrak qismini nimtalab tilib tashladi. Akmalning dadasi qip qizil qonga belangan holda, yuzi tanib boʻlmas darajaga kelgandi! Akmal hushini yoʻqotdi...
Qancha yotdi bilmaydi. Oʻziga kelib qarasa, dadasi qonga belangan holda oshxona poli ustida yotardi. Akmalning qoʻlida oshxona pichogʻi! Akmal oʻzining qilgan ishini umuman eslay olmadi. U jinnilardek oʻz oʻzidan baqira boshaldi. Oʻtirgan joyida qo'llarini devorga urdi... Baqirib, xoʻngrab yig'ladi! Keyin esa... Keyin... Yig'isi kulguga almashdi. Akmal qiqir-qiqir kular, telbalardek atrofga alanglar edi. U haqiqatdan aqldan ozgan edi! Esdan og'di. Hatto oʻzining ismini ham unutib qoʻydi! Kulib, xiringlab yugurganicha koʻchaga chiqdi. Koʻchadagi kishilar Akmalning jinniga o'xshab bor ovozda xandon otib kulishi koʻrishgach, yoqalarini ushladilar...
- Akmal! Akmal oʻgʻlim! Qayoqqa ketyapsan?!
Akmal javob bermasdi. Faqat kular edi. Qoʻli va kiyimlari qon boʻlib ketgan. Mahalladagi kishilar Akmalni ushlashdi va arqon bilan katta bir daraxt tanasiga bog'lab qo'yishdi. Akmal bogalangan holatda ham xiringlab kulishdan toʻxtamasdi.
- Men uni o'ldirdim! Men... Ha! Ha! Dunyo bitta choʻchqadan qutuldi! Bunga men sababchi boʻldim!!! Menga rahmat aytinglar!
Akmal oʻzidan oʻzi shang'illab gapira boshladi. Mahalla kishilari Akmalning uyiga kirishdi va oshxonada yotgan Akmalning dadasi - Abror akaning nimtalab tashlangan jasadini koʻrishdi. Hammalari bu daxshatli manzaradan hangu mang edilar... Bu fojea butun mahallani larzaga keltidi! Bu shu yilda sodir boʻlgan ikkinchi daxshatli qotillik edi! Odamlar politsiya chaqirishdi. Baʼzilar Yusufga qo'ng'iroq qilishib, boʻlgan voqeani aytib berdilar... Yusuf ham, politsiyachilar ham tez orada yetib kelishdi... Manzara haqiqatda daxshatli edi. Yusuf Akmalni soʻroq qilmoqchi boʻldi lekin Akmaldagi kuchli ruhiy depressiya uni aqldan ozdirgandi, u bilan suhbatlashishni imkoni boʻlmadi.
* * *
- Aka... Akmal haqida bir gapni aytishim kerak.
- Tinchlikmi?
- Akmal Nafosatga oshiq edi...
Yusuf Muhammadning soʻzlaridan hayron qoldi. Chunki u topib olgan xat Malikaning kitobi orasidan topilgan edi. Va Yusuf Akmalni Malikaning oshigʻi deya gumon qilardi.
- Boʻlishi mumkinmas... U yozgan xat Malikaning uyidan topildi.
- Yoʻq, aka gapim rost. Men ham asli singlizni yaxshi koʻrardim... Xufyona xatlar, kitoblar joʻnatib turardim... Akmal ham uni yoqtirishini bilib qoldim. Lekin Akmal Nafosatga umuman mos boʻlmagan bir koʻcha bezorisi. Nafosat unga rad javobini bergach, Nig'matga achchiq gaplar aytibdi... Nafosat meniki bolmasa, boshqa hech kimniki boʻlmaydi,debdi. Sayohatdan 5-6 kun oldin bir avtoservisga qatnab yurganini koʻrgandim. U yerda nima qilayotgandi, nimalarni o'rganayotgandi bilmayman, lekin avtobusning toʻsatdan buzilib qolgani haqida bilgach Akmaldan shubha qila boshladim.
- Nega shuni menga oldinroq aytmading?!
- Aka... Iahonchim komil emasdi. Avval uni kuzatay, keyin bir xulosaga kelaman degandim...
- Xoʻsh?
- Aka... Akmal bir dorifurush kishi bilan aloqa qilib turishini aniqladim. U odamni ham uzoqdan koʻrdim. Yuzini aniq koʻrmadim lekin qalin soqolli, boʻylari novcha kishi edi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Axir, u o'qituvchini aybsizligini isbotlagandiz-ku, aka. Bu ish yopilgandi...
  - Bilmadim... Nega akam bunaqa qilyapti... Hayronman.
Ikki aka-uka akalari Azamatning qilmoqchi boʻlgan ishlarini sira tushuna olishmasdi. Ikkisi ham o'ychan, ikkisi ham indamaydi. Oxiri sukutni Yusuf buzdi.
  - Akam kelsin-chi, bafurja gaplashamiz...
                *        *      *
Malikaning kitobi ichidan chiqqan xat egasi hamon topilmadi. Yusuf bu yigit aynan jinoyatga aloqasi borligiga qattiq ishonardi. Xatni kuniga 2-3 marta o'qir, unda yozilgan achchiq gaplarni oʻzicha hayolida tahlil qilardi... Xat juda xunuk... Imlo qoidalariga deyarli amal qilinmagan. Harflar qingʻir-qiyshiq yozilgan...
  Yusuf Odinaning oldiga, sinf xona yaqiniga asta bordi. Odina o'qituvchi o'tiradigan o'rindiqda o'tirganicha, qoʻlida ruchka bilan nimalarnidir yozardi. Odinaning sochlari parta ustidagi daftarga tegib turar, Odina har qo'lini qimirlatganda sochi tebranar, bu manzara qarab turgan kishini beixtiyor oʻziga tortad edi. Yusuf mana bu yil 29 ga kiradi. Prakuror boʻlaman deya qattiq oʻqidi, izlandi... Jinoyatni fosh etishga oid kinolarni koʻrishni yoqtiradi. Mistika va Detektiv asarlar jon-u dili! Lekin u ishda, o'qishda omadli boʻlsada sevgi bobida ancha omadsiz chiqdi. U bilan gaplashgan, hatto ahdlashgan qizlar unga vafo qilishmadi... Baʼzilari turmush qurib ketdi, baʼzilar esa hiyonat yoʻliga kirdi... Yusuf ham asli birortasini chin qalbidan seva olmadi. Balki shungadir unga necha bor bevafolik qilishsa-da, bu narsa uni uncha qaygʻuga solmadi. Yana yangi qiz bilan munosabat qurib ketaverdi... Lekin... Odina... U boshqacha! Yusuf har safar uni koʻrganida g'alati boʻlib ketadi... Mana hozir ham eshik ortida Odinani kuzatar ekan... Qalbida qandaydir gʻalayon koʻtarilganini sezdi. Asta eshikni chertib taqillatdi. Odina xushyorlik bilan Yusuf tomonga qaradi. Mayin jilmaydi.
  - Assalomu alaykum, keling...
  - Va alaykum assalom. Yaxshimisiz? Maktab oldidan oʻtib ketayotgandim... Sizdan xabar olib ketay dedim...
  - Rahmat xursand qildiz...
Yusuf bir Odinaga, bir stol ustida qalashib yotgan daftarlarga qaradi.
  - Nima qilyapsiz?
  - Bir oycha oldin, insho olgandim o'quvchilardan... Mazam boʻlmay ancha payt maktabga chiqolmadim... Kelsam hech kim tekshirmabdi. Shularni tekshirib, baholab turgandim.
  - Haaa... Yaxshi.
Yusuf Odinani kuzatib biroz o'tirdi. Uni oldida oʻzini ancha yaxshi his qilardi. Endi ketmoqchi boʻlib, o'rnidan qo'zg'algandi hamki Odina asabiy soʻz boshladi.
  - Vayyy tavbayaa! Shunaqayam xato yozadimi?! Bir kuplet gapdan 20 ta imlo xato chiqsa-yaa! Bu bola hech o'qimadi, o'qimadi...
  - Qani bir ko'raychi?
Yusuf Odina tekshirgan daftarni qo'liga oldi. Oldiyu bir muddat daftarga tikilib qoldi.
  - Haa... Tinchlikmi?
  - Bu o'quvchizni ismi nima?
  - Akmal...
Yusuf kastumining choʻntagidagi xatni olib, daftardagi yozuv bilan solishtirdi.
  - Qarang, juda oʻxshash aaa?
Odina ham ikkalasini solishtirib koʻrdi.
- Ha. Deyarli bir xil! Hatto imlo xatolari ham oʻxshash...
  - Ha... Hammasi borgan sari ayon boʻlib boryapti. Shu oʻquvchizni manzilini bering menga...
  - Xoʻp...
Odina Akmalning manzilini Yusufga berdi. Yusuf shoshilganicha sinf xonadan otilib chiqib ketdi...

6-QISM TUGADI.

15.04.2025.                 12:30

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Xoʻp... Lekin ichkilik ichganingni dadangga aytishga majburman. Bu juda yomon narsa ishon, o'rganib qolsang chiqolmay qolasan...
Sanjar indamadi. Yusuf uni uyiga ketishiga ruxsat berdi. "Demak bu uch yigit qotillikka aralashmagan, chunki uchalasining soʻzlari bir joydan chiqdi..." "Lekin 5 nafar voyaga yetgan qizni ushlab, ularni o'ldirish, menimcha bir kishining qoʻlidan kelmaydi yana shunaqa qisqa vaqt mobaynida... 40 minut ichida ularni oʻldirib, ichki aʼzolarini olish uchun koʻpchilik boʻlishgan... Va albatta ulardan biri prafessional jarrohligi aniq!" Yusuf oʻzining xulosalarini, tahlillarini onggida tartiblay boshladi. Bu jinoyatni qilganlarni ortida kattaroq bir shaxs borligi aniq! Ularning toʻdasi juda mukammal tuzilgan... Yusuf shu hayollar bilan anchagacha o'tirib qoldi. Shu payt xona eshigi taqilladi... Odina ekan...
- Assalomu alaykum...
- Va alaykum assalom! Yaxshimisiz Odinaxon?
- Alhamdulillah yaxshiman rahmat.
- Tinchlikmi? Maktabda darslariz yoʻqmidi bugun?
Odina biroz oʻylanib qoldi. Yusufga bir gapni judayam aytgisi kelar, lekin negadir gapirolmas edi. O'ng'aysiz holda lablarini tishladi. Yusuf o'rnidan turib Odinaning oldiga bordi.
- Tuzukmisiz? Nimadir boʻldimi?
- Yusuf aka... Halegi...
- Tontinmay aytavering...
- Meni sudga berishibdi!
Odina ikki kafti bilan yuzini berkitganicha yig'lab yubordi.
- Aka, endi nima qilaman?! Dadam oʻzi bir marta eringdan ajrab kelib yuzimni yerga qaratganding, endi esa seni qotillikda ayblab sudga berishibdi, deb baqirib urishdilar... Halovatim yoʻq... Ishoning... Meni bu voqeaga umuman aloqam yoʻq!
Odina tinimsiz yigʻlar, Yusuf uni ovutish uchun qo'llaridan tutib o'ziga tortdi. Odinani quchoqlab oldi. Odina nima boʻlganini hali anglamas, oʻz dardini aytgancha yigʻidan toʻxtay demasdi.
- Boʻldi... Hammasi yaxshi boʻladi, men borman-ku?! Oʻzim sizga yaxshi advokat gaplashib beraman. Siz aybmassiz!
Bir necha soniya o'tib Odina o'ziga keldi. Yusufning quchogʻidan tezgina chiqdi. Yoshli koʻzlarini artdi.
- Uzr... Men... Shunchaki...
Yusuf hijolatdan nima deyarini bilmay anchagacha kalovlanib qoldi. Odina uni o'ng'aysiz ahvoldan chiqarish uchun jilmaydi.
- Hechqisi yoʻq... Rahmat sizga.
- Kim sudga beribdi...?
Odina alamli va g'am toʻla koʻzlari bilan Yusufga qaradi.
- Sizni akangiz! Azamat aka!
Yusufning boshidan bir chelak muzdek suv quyilgandek eti junjikib ketdi. Nima?! Nega akasi Odinani sudga beradi?! Axir Azamat singlisini oʻlimi uchun zarracha jon kuydirmadi, janoza o'tishi bilan ketdi, shu bilan hatto qo'ng'iroq qilmadi. Endi esa, dabdurustdan paydo boʻlib yana Odinani sudga berishi... Juda gʻalati hol!
Yusuf ancha bo'shashib qoldi. Odina ham uning qarshisida, bir soʻz demasdan jimgina kuzatib turdi.
- Qani oʻsha chaqiruv hujjatini beringchi?
Odina soʻmkasidan hujjatlarni olib, Yusufga uzatdi. Yusuf hujjatlarni koʻrib battar hayrati ortdi.
- Toshkentdagi Oliy sudga beribdi-ku sizni?! Yanagi hafta sud deyilibdi...
Odina maʼyus bosh chayqadi.
Yusuf akasining bu ishidan qattiq g'azablandi. Axir akasi oliy toifali vrach... Oʻz ishi, oʻz kasbi bor! Oilasi, bolalari bor... Bir bechora ma'suma ayolgan nega zulm qilyapti ekan?!
- Mayli Odina... Bularni o'ylamang. Men oʻzim bu ish bilan shug'ullanaman.
- Xoʻp... Rahmat...
Odina koʻzi yoshga to'lganicha ortiga burilib xonadan chiqib ketdi. Yusuf akasining bu gʻalati ishini hech tushunolmas, atrofidan boʻlayotgan hodisalar uni aqlini olib qo'ygan, fikri yodi shu jinoyatni fosh qilishda boʻlib qolgan edi...
* * *

JINOYATDAN BIR HAFTA OLDIN.

Akmal dorilarni yarmini sotdi. Kechga yaqin yana sotish uchun ko'chaga chiqishni rejalashtirdi. Uyda dadasi yoʻq... Akmal og'ziga tabletka soldi. Boshi aylanib, uchib ketayotgandek boʻlar, oʻzidan oʻzi hiring-hiring qilib kulardi. Shu holda qancha yotdi bilmaydi, birdan darvoza tarag'ladi. "Tarag'! Tarag'!" Ovoz hammayoqqa jaranglab ketdi. Keyin dadasining juda uyatsiz soʻz aytib so'kingani eshitildi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Assalomu alaykum shef.
  - Va alaykum! Bizga yosh qizlarning aʼzolari kerak! Qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi...
  - Xoʻp... Bolalarniki tayyor. Ikkita yosh bolani olib kelishdi bugun. Uyqu dori berib uxlatib qoʻydik...
  - Yaxshi... Ular tura tursin. Nihoyatda xushyor boʻlinglar! Qizlarni tezlashtiringlar... Uzogʻi 3 oy muhlat! Men Indoneziyaga ketib u yerdagi dorifurushlar bilan gaplashib qaytaman... Ungacha qizlarning organlari tayyor boʻlsin... Juda yaxshi joydan haridor topdim.
  - Bizga malakali jarroh kerak... Bu yuborgan doktoriz organlarni olishiga koʻp vaqt ketyapti.
  - Xoʻp joʻnataman... Hammasi risoladagidek boʻlsin.
  - Xoʻp boʻladi!
  - Yigitlaring koʻproq dori sotsin... Xushyorlikni oshiringlar!
  - Xoʻp boʻladi!
                  *       *      *
     Akmal yana sarxush... Dori tanasini tobora zaharlab bormoqda. Nafosatning rad javobidan soʻng u ancha alamzada boʻlib qolgan... Maktabga ham deyarli bormay qoʻydi... Borsa ham kuni boʻyi boshini partadan koʻtarmay oʻtiradi... Hech narsaga qiziqmaydi... Atrof u uchun rangsiz edi... Faqat oq va qora ranglardan iborat surat misoli... Uning choʻntagida bir necha pachka dori bor. Amallab shularni sota olsa, unga ham tekinga dori berishadi... Ham qoʻshimcha pul ham... Faqat bu ishda juda ehtiyot boʻlishi kerak... Oʻzining maktabiga emas, boshqa maktablarga borib sotishi kerak... Bu yerdagilar sezib qolishi mumkin axir!
  - Akmal! Akmal!
Akmal ortiga o'girildi. Nig'mat qoʻlida piva ushlaganga unga qarab yura boshladi.
  - Ichasanmi? Muzdekkina, hozir haladenlikdan oldim.
Akmal mayli degandek boshini qimirlatib qoʻydi. Ikkalalari bir chetga o'tdilar... Panaroq joyda o'tirganlaricha bir bakalashka toʻla pivani ichib yuborishdi. Nig'mat Akmalga qaradi.
  - Nafosat juda chiroyli qizda!
Akmal Nig'matga yeb qoʻygudek boʻlib qaradi.
  - Nima deyapsan?! Nima unga oshiqmisan?!
  - Albatta! Unga maktabning yarmi yigitlari oshiq-ku?!
Akmal asabiy boshini silkitdi. Nig'matning yoqasiga yopishdi.
  - Esing joydami Akmal nima qilyapsan?!
   - Uni tilingga olma tushundingmi?! U faqat meniki boʻladi?!
Nig'mat qah-qah otin kuldi. U shunaqa kuldiki Akmal oʻzini haqoratlangandek his qildi.
  - Nega kulasan?!
  - Kulamanda jinni! U qiz senu menga o'xshagan ichib chakib yuradigan bollarga qayrilib ham qaramaydi! Biz faqat hayolimizda unga yetisholamiz, oshna! Faqat hayolimizda!
Akmalning jahli chiqdi. Shart o'rnidan turdi. Nig'matning yuziga alamli chaqchaydi.
  - U faqat meniki boʻladi mana koʻrasan!
Akmal shunday deganicha tez-tez yurib o'rtog'ining oldidan uzoqlashdi...

5-QISM TUGADI.

⏰11.04.2025.                9:55

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yusuf xona boʻylab u-yoqdan bu yoqqa yurib kela boshladi.
- Rahmat aka... Oldin avtobus shunaqa holatga tushganmi hech?
- Yoʻq... Yangi avtobus bu... Olganimga hali bir yil boʻlmadi.
Yusuf o'ylanib qoldi. Yangi, texnik holati yaxshi avtobus birdan tutab buzilib qolishi juda shubhali edi.
- Avtobusni tekshirdizmi? Nima boʻlgan ekan?
- Motori juda qizib ketibdi.
- Tuzatishizga qancha vaqt ketdi?
- Yarim soatcha... Uncha jiddiy emasdi... Sovushini kutishga toʻgʻri keldida. Qiziqan holida o't olmadi sira.
- Haa... Tushunarli.
Rahmat aka Yusufga termulib qoldi. Birdan hayoliga qo'rqinchli fikr keldi.
- Ukaa... Ishqilib meni aybdor deb o'ylamayapsizmi? Men oddiy shofyorman xolos... Avtobus nega bunaqa boʻlib buzulib qolganiga oʻzim ham hayron qoldim.
- Ochigʻini aytaman, boshida sizdan shubhalandim... Lekin korinib turibdi soddadil, rostgoʻy insonsiz... Soʻzlarizdan kelib chiqadiki, avtobusni kimdir atayin buzib qoʻygan... Qizlarni oʻsha odam qotillarga tutib bergan. Men oʻsha odamni topishim kerak...
Rahmat aka hayratdan yoqa ushladi.
- Qanaqasiga u yerda kattalardan faqat men va Odinaxon bor edi. Bolalar bunday ishga aralashmasa kerak...
- Ehhh, Rahmat aka... Soddasiz juda! Hozirgi yoshlar siz oʻylaganchalik beg'ubor emas.
Yusuf stol ustidagi hujjatlarini papkasiga avaylab soldi.
- Mayli sizga ruxsat aka... Ancha yordam qildiz.
- Rahmat sizga ham... Omadizni bersin. Qotillarni albatta toping...
- Xoʻp... Inshaalloh.
* * *
Kamron bugun tong otmasdanoq qabristonga yoʻl oldi. Singlisining qabri yonida boʻlayotgan gʻalati ishlar uni shubhaga solgandi. U qabristonga kirib katta bir tut daraxti ortiga yashirindi. Singlisining qabrini kuzata boshladi. Chamasi ertalab g'ira-shira vaqtda bir yigit koʻrindi... Uning yuzlari aniq koʻrinmas lekin jussasidan yosh yigitcha ekani bilinib turardi. Yigit alang-jalang holatda Nafosatning qabri oldiga keldi. U qabrga qarab nimalarnidir gapirar, telbalardek boshini silkitardi... Uzoqda boʻlgani uchun Kamronga yigitning ovozi va nimalar deyayotgani eshitilmadi. Kamron yigitning yuzini koʻrish uchun u tomon asta yaqinlashdi. Tosh otay deb qoldi. Quyosh qizgʻish yuzini yerga tutdi... Yigit tong otagotgan uzoq ufqqa bir qarab oldida tezlik bilan Nafosatning qabrini ikki qoʻllab kavlay boshladi. U yirtqich hayvon singari pala-partish holatda yerga oʻzini urardi. Kamron tobora sekin qadam bosdi, lekin nima boʻldiki oyogʻi bilan yerdagi choʻpni bosdi. Cho'p "qars" etib sinib ketdi. Yigit tezgina boshini koʻtardi va Kamronni koʻrgach ortiga qarab yugurdi. Kamron ham yigitning ortidan quvlashga tushdi. Yigit juda tez yugurar, Kamron unga sira yetolmas edi. Oxiri charchadi. Hansiraganicha tizzasiga qoʻlini qoʻydi. Yigit esa tobora uzoqlashib borardi. Kamron yigitning ortidan tikilib qoldi. "Kim boʻldi bu?! Nega har kuni shu yerga keladi?! Singlim bilan qanaqa aloqasi bor?! Bu haqida akamga aytishim kerak..." Kamron uyga qaytdi. Yusufga qoʻngʻiroq qildi.
- Eshitaman...?
- Aka... Sizda gapim bor edi.
- Hozir juda bandman... Oldimda odamlar bor...
- Aha xoʻp... Unda hali ishdan kelsangiz gaplashamiz...
- Xoʻp... Nima gap oʻzi tinchlikmi?
- Kelsangiz bilasiz...
Telefonlar oʻchdi. Kamron to kech tushib akasi ishdan qaytguncha yuragi taka-puka boʻldi. Yusufni sabrsizlik bilan kuta boshladi...
* * *
Malikaning dadasi Shavkat aka qizi o'lganidan soʻng ancha tushkunlikka tushib qoldi. Xonasidan deyarli chiqmas, hayollari parishon. U uchun yashashdan biron ma'no qolmagandek edi goʻyo... Uning bu holati ayolini qattiq siqar, erining yana avvalgi holiga qaytishini umid bilan kutardi. Lekin Shavkat aka kungan kunga choʻkib ketaverardi. Bir kuni u qizi Malikani qumsam uning xonasiga kirdi. Kitoblarini, javonga ilib qo'yilga. Kiyimlarini koʻrdi. Oʻzi olib bergan moviy ko'ylagini olib uni yuziga bosgancha yum-yum yig'ladi. Dars qilishi uchun oʻz qoʻllari bilan yasab bergan stol oldiga keldi. Kitoblarini asta ochib koʻra boshladi. Koʻzidagi yoshi sira tinmasdi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bu qanaqa dori?
  - Oddiy dori. Havotirlanma. Men ham boshim og'risa asabiylashgan paytim shundan ichaman. Yengil boʻlib qolaman.
  - Haa...
Akmal dorini oldin choʻntagiga soldi.
  - Mayli amaki men boray. Dadam kech qolsam so'kadilar.
  - Mayli, mayli... Yana koʻrishamiz.
Akmal uyiga keldi. Dorini ichdi. Boshi uchib ketayotgandek boʻlar, tanasi boʻshashar, qandaydir kayfiyati ko'tarildi. Tinmay tirjaya boshladi. Kulgisi qistar... Hayolida Nafosatni bag'riga bosdi, lablaridan oʻpdi...
Shu holatda ancha xonasida hushsiz yotdi. Oʻzini nihoyatda baxtli his etardi. Oradan chamasi 2 soatcha vaqt oʻtdi. Dorining taʼsiri kamaydi. Akmal bir ikki kun dorini humorida qiynalib yurdi. Yana oʻshandan ichgisi, yana hayollarida rohatga yetishgisi kelardi. Maktabda o'tirar ekan sira hayolini yig'ib ololmadi. Atrofga alanglab qarar, koʻzlari bejo! Badani ham qandaydir azob berib qichishib ketardi. U yana oʻsha amakini koʻrishni xohlardi. Maktabdan charchab uyga qaytayotsa, tanish chehraga koʻzi tushdi. Oʻsha qora tanli kishi, qop qora soqoli qirtishlanmagan... Kishi ham Akmalni tanidi va uni yana oʻziga chaqirib oldi.
  - Assalomu alaykum.
  - Va alaykum assalom! Qalesan uka?!
  - Yaxshiman... Faqat...
  - Xoʻsh?
  - Yana halegi kungi dorizdan yoʻqmidi?
Kishi xunush ishshaydi. Koʻzlaridan sovuq olov sachrab ketdi.
  - Bor albatta!
  - Bor boʻlsa bering...
  - Xoʻp lekin bu safar tekinga emasda...
  - Amaki menda bir tiyn ham pul yoʻq ishoning. Qashshoq bir oilada yashayman! Dadam topgan pullariga ichib, chakib yuradilar...
  - Unda nima qilamiz? Puli yoʻqqa dori ham yoʻq...
  - Jon amaki... Bir ilojini qiling... Nima desayiz qilaman!
  - Nima desam ham aa?
  - Qoʻlimdan kelsa, albatta...
  - Yaxshi. Unda sen bilan ish qilamiz.
  - Xoʻp...
                     *      *     *
   "Sevgim, sevgilim og'riydi dilim..." Nafosatning kitoblari soni 40 tadan oshdi. Bu sirli yigit kim boʻldi ekan?! Na oʻzini oshkor etadi, na koʻrinish beradi. Hatto oʻzining kimligiga ishora ham qilmaydi. Nafosatning gullar va kitoblarni yoqtirishini u bola juda yaxshi biladi va har safar did bilan kitob tanlaydi. Kitobga moslab gullar ham qoʻshib joʻnatar shu ishi bilan Nafosatdek nozik qizni koʻnglini ololgan edi... Nafosat uchun tashqi goʻzallik, pul, mansab kabi narsalar oxirgi oʻrinlarda turar, u uchun pok qalb va sodda xarakter egalari qadrliroq edi. Akmal bitirib bir-birlaridan uzoqlashib ketmaslaridan oldin Nafosatga dil izhori qilishga qaror qildi... Kichikkina varoqqa xunuk yozuvlar bilan maktub bitdi. Unda shunday soʻzlar yozilgandi: " Nafosat... Seni yaxshi koʻraman. Menga juda yoqasan... Tushlarimda seni koʻrib chiqaman..." Oddiygina dagʻal soʻzlardan iborat xat. Ostida katta xarflar bilan AKMAL deb yozilgan edi. Nafosat Akmalni biladi. Oilasini ham... Hatto bir necha marta Akmalni sigaret chekib turganiga koʻzi tushgan. Akmaldagi dagʻallik va qo'pollik unga umuman yoqmasdi. Akmal tub maʼnoda haqiqiy koʻcha bolasi edi. Nafosat Akmal bergan xatni qoʻliga oldi. Akmalning oldiga keldi.
  - Mana oling...
  - Javob yozdingmi?
  - Uzr-ku... Bunaqa narsalarga hali yoshlik qilamiz...
  - Nega? Kambagʻalligimmi aybim?
  - Tavba... Qachon shunaqa dedim. Xafa boʻlmagi-nu, birinchidan sinfdoshmiz, keyin sen menga umuman yoqmaysan... Uzr yana bir bor...
Nafosat ketdi. Akmal uning ortidan alam bilan qarab tikilib qoldi.

4-QISM TUGADI.

⏰09.04.2025.                 10:22

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

4-QISM

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Kamron bugun ham qabr boshiga keldi. Keldi-yu g'alati narsaga koʻzi tushdi. Singlisining qabri u yoq, bu yogʻidan kavlangan... Kamron bu holatdan butkul oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Kim bunday qilgan boʻlishi mumkin?! Yoki bu daydi itning ishimikin?! Yoʻq!!! It bunaqa qilib kavlamaydi... Chuqurchalar bir tekis kavlangan, qoʻl bilan emas, kichik ketmoncha yoki tesha bilan ishlov berilganligi shundoq koʻrinib turibdi. Goʻyo nimadir ekmoqchi boʻlgan kabi... Kamron bu chuqurchalarga qarab biroz oʻtirdi. Keyin ularni asta koʻma boshladi. Singlisining haqqiga duo qildi. O'rnidan turib uyi tomon yoʻl oldi...
* * *
Yusuf oʻqituvchi Odina opadan shubhalana boshladi. Uni tinmay kuzatdi. U ayol haqida maʼlumotlar yigʻa boshladi. Odina juda yosh edi. Endigina 25 ga kirgan boʻlsada ancha tirishqoq va yangilikka intiluvchanligi sababli maktabda ham, o'qituvchilar orasida ham hurmatga erishgan edi. 19 yoshida Toshkent Davlat Milliy Universitetiga Grand asosida kirdi. U yerda ham a'lo baholarga o'qidi. Odina oʻzi yashagan qishlogʻida oʻqituvchilik qilishni istadi. Aslida Odina va Yusuf maktabda birga o'qishgan... Yusuf Odinadan 3 yosh katta. Lekin hali uylanmagan edi. Odina esa oʻqishini tamomlashi bilan ota-onasining tanloviga binoan bir savdogar yigitga turmushga chiqdi. Yigit Toshkent, Samarqand, Namangan kabi shaharlar boʻylab savdo-sotiq ishlarini olib boradigan tadbirkor inson edi. To'ydan chamasi 1 oy vaqt oʻtgach g'alati hodisa roʻy berdi. Bir kuni Odinaning eri - Amirxonning telefoni jiringlab qoldi. Amirxon telefonini xonaga tashlab oʻzi tashqariga chiqib ketgan edi. Odina borib telefon goʻshagini koʻtardi.
- Alo, Amirxon aka!
Odinani chayon chaqqandek seskanib ketdi.
- Kim bu?!
Telefon qilgan ayol yuzim-ko'zim demasdan Odinaga bobillab ketdi.
- Haaa, senmisan oʻsha Odina deganlari?! Bilib qoʻy! Men Amirxon akamning ayoli boʻlaman! Toshkentdanman... O'rtada nikohimiz bor. 3 yildan oshdi birga yashayotganimizga... 2 yasharli o'g'limiz ham bor! Agar Amirxon akam sen bilan ajrashamasa men uni sudga beraman! Shu gapimni eringga yetqazib qoʻy!
Telefon oʻchdi. Odinaning rangida rang qolmadi. Yuzlari dokadek oqardi... Qoʻllari asabiy qaltiray boshladi. Endigina bir oylik kelin boʻlgandi... Endi bu hol nimasi?! Bir notanish ayol telefon qilib men eringni xotiniman deyishi... Yana bolasi ham bor ekan!
Eshik ochilib Amirxon kirib keldi.
- Nima boʻldi? Yuzing oqarib ketibdi?
- Mana bu kim?!
Odina shivirlagancha telefonni eriga tutqazdi. Amirxon telefondagi tanish nomerni koʻrib g'ijindi. Roʻparasida turgan Odinaga bir shapaloq qo'yib yubordi. Shapaloqning ovozi xona ichida jaranglab ketdi. Odina qulog'ini changallagancha yerga o'tirib qoldi.
- Nega telefonimga beruxsat tegasan?!
- Kim bu ayol?!
- Ishing nima?! Senga nima?!
- Bu nima deganiz? Axir xotinizman!
- Sen meni xotinim emassan shuni bilib qoʻy! Senga ota-onam xohlashgani uchungina uylanganman! Yolgʻiz oʻgʻilman onam kelin kerak degani uchun majbur boʻldim, tushundingmi?!
Odina xoʻngrab yigʻlay boshladi. Axir shu niyatda oila qurganmidi?!
- Axir menda nima ayb?! Sevmas ekansiz nega uylandiz?!
- Aytyapmanku?! Onamga yoqib qolibsan! Meni ona desang shu qizga uylanasan deb turib oldilar! Boshqa ilojim qolmadi...
Odina yigʻlar, Amirxon esa xona boʻylab asabiy yurib kelardi. Biroz oʻtib toʻxtadi... Odinaga asta lekin chaqib, uzib oladigan ohangda gapira ketdi.
- Nilufar bilan Toshkentda tanishganman. Ish boʻyicha borgandim. Koʻrdim-u yaxshi korib qoldim. Uning dadasi shahardagi mashina sotadigan katta bir shirkatning rahbari edi. Dadasining erkatoy qizi... Qishloqqa kelin boʻlishi mumkin emas edi! Uni qoʻlini soʻradim rozi boʻldi lekin bu yerga kelib ota-onamni hizmatini qilishni xohlamadi. Lekin meni ham juda sevardi. Men ham undan boshqasini demasdim. Oxiri u dadasini koʻndirdi. Nikohdan oʻtdik. Qaynotam shahardan 3 xonali kvartira sovgʻa qildi. Oʻsha yerda yashay boshladik. Unga uylanganimni ota-onam bilishmaydi. Aytishga jurʼat qilolmayotgandim...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

U avvalo maktabga bordi va sinf rahbari Odina opani soʻroqqa tutdi.
  - Avtobus qaysi payt buzildi?
  - Soat 3 larda. Uyga qaytayotgandik. Yoʻl o'rtasida birdan yurmay qoldi.
  - Tuzalishiga qancha vaqt ketdi?
  - Chamasi 40 daqiqa... Soatga qaraganimda 15 takam 4 edi...
  - Qizlar qachon suv ichgani ketishgan edi?
  - Avtobus buzilgan payti... 2-3 daqiqa oʻtib aylanib kelamiz deyishdi...
Yusuf Odina opaga o'tkir nigohi bilan tikilib qoldi.
  - Sizningcha... Oʻsha chashmaga borib suv ichish uchun qancha vaqt ketadi...?
  - 10-15 daqiqa. Chashma uncha uzoq emasdi... Shunday jarlikni ostidagi buloq yonida edi...
  - Siz nega 15 daqiqada emas, 40 daqiqa o'tganidan keyin qizlardan xabar oldiz?!
Yusufning savolidan Odina opa qo'rqib ketdi. Nima deyarini bilmay shoshib qoldi.
  - Bilmasam... Men dam olib o'tirgandim. Avtobus tuzalsa chaqiraman degandim...
  - Nega?! Vaxtliroq qizlardan xabar olmadiz?!
  - O'zlari kelib qolishar degandim!
Odina opa yigʻlay boshladi. Yupqa lablari titrab ketdi.
  - Men sizni ustizdan jinoiy ish ochaman!
Odina opa jon holatda oʻzini yerga tashladi.
  - Aka! Unday qilmang... Rosti meni aybim yoʻq!!! Men biagandim bunaqa boʻlishini! Bilganimda edi... Oʻzim ham qo'shilishib borardim, yigitlarni ham olvolardim! Ishoning menga iltimos...
  - Balki bilmagandirsiz... Lekin sizni mana shu eʼtiborsizligiz va beparvoligiz oqibatida meni guldek singlim tuproq ostida yotibdi hozir! Har kim qilgan ishiga javob berishi kerak, xususan siz ham!
  - Jon aka! Unday qilmang, yolvoraman...
  - Siz ularga mas'ul ediz! Ko'z quloq boʻlib turishiz kerak edi! Begona joyga yolgʻiz o'zlarini joʻnatgansiz! Sizda ham yetarlicha ayb oʻtgan...
  - Bilaman... Tan olaman... Biroz eʼtiborsizlik qildim. Lekin ishoning atayin qilmadim! Chashma yaqinku, suv ichib qaytishadi deb o'ylagandim...
Odina opa yum-yum yig'lardi. Yusuf bu qizga ichidan achinsada lekin aybdor deya bilar, hatto jinoyatga sherik ham boʻlishi mumkin deya gumonda edi. Shu sabab koʻngil boʻshlik qilgisi kelmadi.
  - Aniqlaymiz! Aniqlayman! Singlimni oʻlimida kimlar aybdor bo'lishsa, hammalari javon berishadi! Hammasi!
Yusuf shunday deganicha shaxt bilan sinfxonadan chiqib ketdi...
                    *       *      *
  Yoʻl chetida yoshgina bolakay turardi. Atrof issiq. Koʻcha yondiraman deydi. Bolaning ust boshi tuproqdan kir bolib ketgan... U qum oʻynab o'tirganicha onda-sonda boshi ustidagi quyoshga g'ijinib qarab qo'yardi. Bir payt qora Nexia rusumli mashinada yosh yigitcha keldi. Bolaga zimdan qaradi. Yuzlarida allaqanday istehzoli kulgu paydo boʻldi. Mashinasidan tushdi. Qoʻlida shirinlik...
  - Salom bolakay...
  - Assalomu alaykum, amaki...
  - Va alaykum assalom! Qalesan?
  - Zoʻr...
Bola burnini tortib qo'ydi.
  - Shu issiqda koʻchada nima qilyapsan?
  - Ayam bozorga ketganlar. Menga yangi kiyim olib keladilar! Ularni kutib oʻtiribman! Uyda zerikib ketdim.
  - Bir oʻzingmisan?
  - Yoʻq... Opam bor. Uyda kir yuvyaptilar...
Yigit qoʻlidagi shokoladni bolaga tutqazdi.
  - Ma... Shokoladni yaxshi koʻrasanmi?
Bolakay quvonib ketdi. O'ylab o'tirmay yigitning qoʻlidagi shokoladni oldi.
  - Judayam yaxshi koʻraman. Lekin ayam bermay qo'ydilar. Tishim ogʻrib qolarkan...
  - Bu tishni og'ritmaydi. Olaqol...
Yigit bolaning boshini asta siladi. Oʻrnidan turib mashinasiga oʻtirdi. Bolani kuzata boshladi. Bolakay shokolad qogʻozini ochib uni yeya boshladim. Uzogʻi 5-6 daqiqada... Bolakayning koʻzlari asta yumilib ketaverdi. Qum ustiga boshini qoʻyib uxlab qoldi. Yigit aynan shuni kutib turgandi, mashinadan tushib bolani dast koʻtardi. Atrofga bir-ikki alanglab qaradi. Hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgach, mashinasiga bolani soldida, koʻchani changitib tezgina bu mahalladan ketib qoldi...

3-QISM TUGADI.

⏰08.04.2025.                   9:20

@hikoyalar_sahifasi

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Shavkat aka qizini feʼlini biladi. Qizini aslo xafa qilish mumkin emas! Azarlab hammani xunob qiladi keyin. Shu sababdan doimo har qanday talabini, har qanday istagini bajo keltiradi.
- Xoʻp qizim, xoʻp. Faqat u koʻylakni oyiz bilan birga borib olasiz... Oʻzizni yolgʻiz joʻnatmayman.
Malika juda suyunib ketdi. Dadasining boʻyniga osildi.
- Rahmat dadajonim!
- Asal qizim... Hamma topgan pulim siz uchun-ku?!
Shavkat aka oʻgʻillarini sensiraydi, hatto ayolini ham sensirab gapiradi. Lekin qizini chaqaloqligidan sizlagan! Shavkat aka avvalboshidan qiz xohlagan ekan. Qiz bolalarni judayam yaxshi koʻrardi. Nima boʻldiki ayoli ketma-ket 4 ta o'g'il tugʻdi. Bu payti Gulmira opa ham 40 ga yaqinlashib qolgan edi. Ham sog'lig'ida muommolari paydo boʻla boshladi. Shavkat aka qizi yoʻqligidan qattiq siqilardi. Uyga ichib keladigan odat chiqardi. Gulmira opani "Nega qiz tug'maysan?! Men ham shiringina qizalog'im boʻlishini xohlayman!"deya urib, so'kib kun bermay qoʻydi. Oxiri Gulmira opa bir yil qattiq davolandi. Va 43 yoshida Malikani dunyoga keltirdi. Shavkat aka qizi tugʻilgan kuniyoq ichkilikni tashladi. U judayam yaxshi, mehribon insonga aylandi qoldi.
Malika maktabda uncha yaxshi oʻqimasada lekin hunar bobida ancha salohiyatli edi. Tikish-bichishni, toʻqishni, qogʻozdan o'yinchoqlar yasashni bilardi. Yana qoʻli shirin pazanda! Har qanday pishiriq boʻladimi, salat boʻladimi, yoki biron taom bir marta qanday tayyorlanishini koʻrib olsa bas, qilaverardi.
Mana bu erka, shaddod qiz ham voyaga yetdi. Maktabni bitirish ostonasida turibdi! Oldinda porloq kelajak kutmoqda...

YULDUZ

Koʻrimsiz va yoqimsiz! Har holda Yulduz oʻzini mana shundaylar qatoridaman deb bilardi. Oddiy bir dehqonning qizi. Oilasi harob ahvolda... Roʻzgʻorga bazoʻr pul topishadi. Onasi mardikorlikka chiqadi. Tong saharda shaharga kirish yoʻlidagi bahaybat chinor ostida turgan yuzlab qora ishchilar orasida Yulduzning onasi ham bor. Yulduzning otasi ham, onasi ham qorachadan kelgan odamlar. Shuning uchun Yulduz ham qoramag'iz qiz... Oilada u yolgʻiz farzand emas. Ikkita opasi bor. Yulduzning dadasi Dilshod aka katta qizini uzatish uchun hovlisini yarmini sotdi. Kuyov tomon mebel, parda, gilam yana shunga oʻxshash narsarni hammasini kelin tarafga yukladi. Kambagʻalni tuyani ustida ham it qopadi deyishganlaridek oʻzi nochor ahvoldagi oila battar qashshoqlashdi. Toʻy ham oʻtdi. Endi navbat yana bir opasiga keldi. Bu opasi oiladagilarga oʻxshamas edi, qandaydir boshqacha chiroyli qiz. Bugʻdoyrang tanasi, kelishgan qomati va juda goʻzal yuzi bor. Yulduzning bu opasini ismi Ziyoda boʻlib oshiqlari ham ismiga monand ziyoda edi... Oxiri boʻlmadi! Sovchilar deyarli har kuni kelishar, qiz chiqarishga sharoitimiz yoʻq deyishsa ham foydasi yoʻq edi. Noiloj qolgan Dilshod aka hovlisidan yana bir qismini sotib yubordi... Oʻzlari katalakday hovlida kenja qizi Yulduz bilan qoldilar.
Yulduz rosmana dalada katta boʻldi. Yer chopish, ekin ekish, ularni sugʻorish... Hamma hammasi qoʻlidan kelardi. Sentyabr, oktyabr oylarida paxta terimiga chiqadi. Yosh, chayir boʻlgani uchun hammadan hatto oʻzidan 7-8 yosh katta xotinlardan ham koʻp paxta teradi. Topgan pullarini tiyn-tiynigacha dadasiga olib kelib beradi. Mehnatkash bu qizning qoʻllari qadoq boʻlib ketgan, lablari ham yuzining ranggi ham xiralashgan, lekin koʻzlari... Ha! Uning koʻzlari hamisha porlab turardi!
Maktab vaqtida juda yaxshi baholarga oʻqidi. Ham uy yumushlari, ham daladagi mehnatdan ortib bilim olish har kimgayammas! Lekin Yulduz hammasiga ulgurardi, hammasini eplardi! Nafosat bilan yaqin dugona boʻlib qolishlari hech ham kutilmagan hol boʻldi. U hamisha bu maktabning eng goʻzal qizi deya eʼtirof etiladigan sinfdoshidan oʻzini olib qochardi. Lekin nima boʻldiki Nafosat u oʻylaganchalik kibrli, manmansiragan qizlardan emasligini tushundi. Tez fursatda bir birlari bilan yaqin boʻlib qoldilar. Sirdosh, dildosh dugonalarga aylanishdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

.- Mayli xoʻp...
Ular Azamatning uyi yaqinidagi bir bino yaqinida uchrashishdi.
- Aka ertaga Sirdaryoga ketamiz... Sizga oʻzim sms joʻnataman. Siz ortimizdan borasiz...
- Xoʻp...
- Mana 30 million! Bu hali hamir uchidan patir aka! Ishiz oldidan avans desa ham boʻladi...
Azamat pullarni oldi... Tezgina kissasiga berkitdi.
Jinoyat kuni keldi. Azamatga sms joʻnatishdi. "Qizlar tayyor kelavering..." Qandaydir eski bino manzili... Azamat sms da kelgan manzilga keldi. Tashlandiq bir bino... Ichkari kirdi. Bir kichikkina xona eshigi oldida Nazim turardi.
- Aka tezlashing...
Azamat oʻzining jarrohlik asboblarini koʻtargancha xona ichiga kirdi. 5 nafar jasad hammalari parta ustiga yotqizilgan holatda edilar... Ular hali tirik edi! Nafas olayotgandi! Organlar ishlab turishi uchun qizlarni o'ldirmay turish kerak edi chunki... Azamat hushsizlartirib, narkoz qilingan birinchi qizning oldiga keldi... Asta koʻksini yordi ehtiyotkorlik bilan yuragini, buyrak va jigarini oldi va muz bilan toʻldirilgan temir qutichalarga joylashtirdi... Birinchi qizning joni uzildi! Azamat sovuqqonlik bilan qotillarga qaradi.
- Bittasi tayyor!
Ikkinchi va uchinchi qizlarni ham xuddi shu uslubda aʼzolarini oldi. Navbat toʻrtinchi qizga keldi. Bu Nafosat edi! Azamat uning ustiga yopib qoʻyilgan choyshabni ochdi! Ranggi bo'zdek oqarib ketdi. Koʻz oldida singlisi o'lim bilan olishib yotardi! Azamatning peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi. Aqli hushi joyida emasdi... Oʻzini yoʻqotib qoʻydi... Singlisining goʻzal chehrasiga termulib qoldi. Bu hol Nazim va boshqa qotillarni shubhaga soldi va biroz gʻazablantirdi.
- Nima boʻldi Azamat?! Tezlashing! Bir soat ichida ulgurishimiz kerak!
Azamatning qoʻli ishga bormadi. Qilib qoʻygan daxshatli ishidan shokka tushdi!
- Azamat! Boʻling tez!
Qotillardan biri borib Azamtning oyogʻiga qattiq tepdi. Azamat ikki bukilib qoldi. Boyagi barzangi Azamatni ikkinchi oyogʻiga ham tepdi. Bu safar Azamat ogʻriqdan boʻkirib yubordi.
- Aaaaaaaa!!!
Barzangi yigit Azamatga doʻq urib baqirdi.
- Tezlash!!!
Azamat qoʻrquv ichida qoldi. Bu yerdagi kishilar oʻta vaxshiy kimsalar! Nazim va unga yordam berayotgan 5-6 nafar barzangi yigitlar! Azamatning qoʻllari qaltiray boshladi... Oʻz singlisini koʻksidan yuragini sugʻurib olishi! Oʻz singlisini soʻnggi nafaslarini eshitib turishi! U oʻzida emasdi... Boyagi yigit bu safar Azamatning biqiniga musht tushurdi.
- Haromzoda tezlash!!!
Azamat bukchayib qoldi. Bazoʻr oʻzini tutganicha qoʻliga ish qurollarini oldi va Nafosatning koʻksini yora boshladi!!!
Yuragi hamon urib turibdi! Uni asta oldi va muz solingan qutiga solib qoʻydi... Keyin boshqa aʼzolariga oʻtdi... Oʻsha kuni Azamat oʻz singlisini va yana singlisi qatori 5 nafar yosh qizni umriga zomin boʻldi!
Qotillar tayyor boʻlgan aʼzolarni qora mashinaga yukladilar. Nazim oʻsha mahinani minib ketdi... Qolgan yigitlar esa murdalarni olib Damas rusumli mashinaga joylashtiridilar ular mashinaga sigʻishi uchun qizlarning tanalarini bo'lak-bo'lak qilishdi va qora salafan paketlarga solishdi... Azamat hamon oʻziga kelolmas, atrofida bo'layotgan voqealar uni daxshatga sola boshladi. U hammasi osonlikcha hal boʻladi deya oʻylagandi lekin unday boʻlib chiqmadi...
Qotillar qizlarni chashma yaqinidagi jarlikka, avvaldan tayyorlab qoʻyilgan katta bir chuqurga tashladilar... Qizlarning qoʻl va oyoqlari, tanasining qismlari aralash holda chuqur ichiga tushdi. Yigitlar atrofga tez-tez qarab olganlaricha qizlari koʻma boshladilar... Ular oyoq kiyimlari ustidan salafan paket kiyib olishgandi va qo'llaridan ham qora charm perchatka boʻlgan! Ulardan hech qanday iz qolmadi... Nihoyat qizlarni koʻmib boʻlishgach, yigitlar barcha qurol-aslahalarini yigʻishtirishdida voqea joyidan gʻoyib boʻlishdi...
* * *
Azamat oʻsha voqeadan keyin olgan 10 ming dollar pulining bir soʻmi ham unga tatimadi. Hayolidan singlisi ketmas, uni oʻz qoʻli bilan o'ldirganiga haligacha ishonolmas edi... Uyiga qamalib oldi... Ishga ham chiqmadi... Kechalari umuman uxlolmaydi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

9-QISM

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Yusuf Odinani sudga tayyorladi. Odina nihoyatda asabiy va behalovat edi... Uning qoʻllari muttasil qaltirab turar... Lablari ham titrardi. Yusuf iloji boricha unga dalda boʻladigan soʻzlarni aytar, uni qo'rqmaslikka, hammasi yaxshi boʻlishiga ishontirardi...
Sud boshlandi. Sudya birin-ketin jinoyatga aloqador kishilarni soʻroq qilish uchun chaqira boshladi. Qoralovchi va advokat o'rtasida bahs boshlanib ketti. Qoralovchi sud minbarida qaltirab turgan Odinaga yuzlandi.
- Odina To'rayeva... Siz oʻsha kuni bolalar bilan birga edingiz togʻrimi?
- Toʻgʻri...
- Qizlarning chashmaga ketishlariga siz rozilik bergansiz, shundaymi?
Odina qaltirar, berilayotgan savollar goʻyo uning miyyasiga urgadek azob berardi.
- Ha... Men edim.
- Nega oʻzingiz ular bilan birga bormagansiz?
- Juda toliqqandim. Aftobus ichida o'tirdim...
Sud tobora keskinlashar Odinaning advokati uni oqlash uchun Yusuf keltirgan dalillarga asoslanardi.
- Janob sudya! Odinaxon aybsiz inson... U bir oddiy o'qituvchi xolos. Qanday qilib ayol kishi avtobusning matorini buzishi mumkin?! Va yana shofyor akaning guvohlik berishicha Odinaxon doim maktab o'quvchilari bilan birga boʻlgan! Avtobusga yaqinlashmaganlar hatto! Odinaxonni bu ishda ayblash menimcha... Toʻgʻri emas! U mutlaqo aybsiz!
- E'tiroz bildiraman!
Qoralovchi o'rnidan turdi. Sudya undan nega eʼtiroz bildirganini soʻradi.
- Janob sudya! Ayol kishining makri qirq tuyaga yuk boʻladi! Bu ayol eri bilan hatto toʻliq bir oy ham yashamay ajrimga ariza bergan!
- Janob sudya eʼtiroz bildiraman! Mijozimga nisbatan, uning shaxsiy hayotiga oid savol berilishiga qarshiman!
- Janob sudya, meni bu savolni berishimdan maqsadim bor... Ijozat bersangiz...
Sudya qoralovchiga ijozat berdi. Oqlovchi advokatga joyiga o'tirib olishini ishora qildi.
- Janob sudya, oilaga mas'uliyatsizlik bilan qaragan ayol, farzandlar qolaversa kelajak avlod tarbiyasi bilan qanday shug'ullana oladi! Bu ayol aybdor va albatta qonun oldida javob berishi shart!
Odina battar qoʻrquvga tushar, uning asabiylashayotgani koʻzlaridan, titrayotgan qoʻllaridan yaqqol namoyon boʻlardi... Guvohlik berish uchun Shafyor Rahmat aka guvohlik uchun chaqirildi.
- Rahmat aka, oʻsha kuni siz Avtobus boshqaruvida edingiz toʻgʻrimi?
- Ha toʻgʻri...
- Avtobus nosozmidi?
- Yoʻq oʻzi yaqinda olgandim... Yili ham yangi edi...
- Ayblanuvchi Odinaxon asosan qayerda edi?
- Bolalar bilan birga... Oʻzi yolgʻiz oʻtirganini koʻrganim yoʻq... Hamisha yonida o'quvchilar bor edi.
- Avtobus qanday buzildi oʻzi?
- Bilmayman, ketayotgan yoʻlimizda birdan tutab toʻxtab qoldi...
- Haa... Bu hodisa sizni shubhaga soldimi?
- Soldi albatta... Chunki yoʻlga tushishimizdan oldin avtobusimni hamma joyini tekshirib chiqqandim.
- Sizningcha bu voqeada kimning yoki kimlarning qoʻli bor deb oʻylaysiz?
- Bilmadim... Kimgadir bilib bilmay tuhmat qilolmayman! Lekin Odinaxon aniq aybsiz...
Advokat savollarni tugatib sudyaga yuzlandi.
- Janob sudya! Shofyor Rahmat aka aytganidek Odinaxon hech vaqt yolgʻiz qolmagan... Yonida hamisha maktab o'quvchilar boʻlgan va yana oddiy ojiza ayol avtobusni buzib qoʻyishi aqlga sigʻmaydigan holat...
Sud tobora keskinlashib borardi... Sudya bir kunlik tanaffus eʼlon qildi.
- Sud ertaga soat 11 larga qoldiriladi...
Tomonlar tarqashdi. Odina hozirchalik aybdor sifatida sud zalida olib qolindi. Yusuf nima qilib boʻlmasin uni oqlash uchun yanada kuchliroq dalillar topishi kerak edi...
* * *
- Alo, assalomu alaykum aka yaxshimisiz?
- Va alaykum assalom, kechirasiz kim bu?
- Men Ruhiy kasalliklar shifoxonasidan telefon qilyapman sizga... Akmalga mas'ul hamshiraman. Akmalda biron yaxshi oʻzgarish boʻlsa xabar bering degandingiz?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yusuf nima qilib boʻlmasin Akmal bilan gaplashishni oʻylardi. Bir necha marotaba ruhiy kasalliklar shifoxonasiga (jinnixonaga) bordi... Akmal bilan gaplashishni imkoni boʻlmadi. Akmalning ahvoli juda ogʻir edi. Sud uni qamamadi...Ruhiy hastaligi borligi sabab jinnixonaga yotqizildi... Lekin u jinoyatchilardan biri bolgan soqolli kishini koʻrgan, u bilan suhbatlashgan yagona guvoh! Qanday qilib boʻlmasin uni gapirtirishi shart! Lekin hozircha Yusufning barcha urunishlari bekor ketdi.
Jinoyat qidiruv boʻlimidagi baʼzi hodimlar Yusufga ancha yordam qildilar... Ular Odina uchun juda malakali advokat yollashdi. Indinga sud! Yusufning hayolida mingta o'y! Jinoyatga aloqador Akmalning aqldan ozishi... Muhammadning shubhalari... Akasi Azamatning qo'qqisdan Odinani sudga berishi... Hayollar chalkash, fikrlar ham bir-biriga chuvalashib ketgan. Oʻz oʻzi bilan gaplashar, ichida voqealarni bir-biriga ular, ular o'rtasidagi bogʻliqlikni aniashga tirishar edi. "Akmal avtobusni buzgan boʻlsa demak u qayerdadir buni oʻrgangan! Men oʻsha mashinasoz ustani topishim kerak..." Yusuf tez-tez yurganicha Akmalning mahallasiga keldi. Qo'ni qo'shnilardan u haqida soʻrab koʻrdi...
- Kechirasiz amaki?
- Eshitaman oʻgʻlim...
- Akmalni oxirgi paytlar qayerda koʻproq uchratardingiz?
- Koʻp koʻchada yurardi...
- Haa... Bironta joyga, misol avtoservisga bormaganmidi?
- Boʻlishi mumkin oʻgʻlim... U hamma joyda yuradi, gʻirt daydi edi!
- Haa... Mayli rahmat amaki.
Yusuf yana 3-4 kishidan Akmal haqida soʻradi... Va nihoyat bir yigitdan tayinli javob oldi.
- Aka... Akmal shahar chetidagi ustaxonaga koʻp qatnab yurganini koʻrgandim...
- Oʻsha ustaxona aynan qayerda ekanini bilasizmi, uka?
- Ha bilaman, xohlasangiz oʻzim koʻrsataman.
- Yaxshi boʻlardi... Koʻcha boshida mashinam bor...
- Aha... Kettik boʻlmasa.
Birgalashib mashinaga chiqdilar. Yigitcha yoʻl koʻrsatib ketar, Akmal esa hayolar Odinani oʻylardi. "Agar shu usta guvohlik bersa, Odina aybsizligi ancha isbotlanardi...". Nihoyat yetib keldilar.
- Aka... Mana shu ustaxona...
- Rahmat ukam, sogʻ boʻl.
- Aha... Rahmat.
Yigitcha ketdi. Akmal avtoservis ichiga kirdi. Bu joy uncha katta emas, lekin mashinalar yetarlicha edi.
- Keling xizmar uka? Nima qilish kerak?
- Menga mana shu avtoservisni egasi kerak edi...
- Menman oʻsha uka! Ismim Mahmud...
- Mahmud aka, meniki Yusuf!
- Xursandman... Nima xizmat?
- Aka men tergovchiman... Mana hujjatim. Sizga bir necha savollar bermoqchi edim.
Mahmud akaning ranggi bo'zdek oqarib ketdi. Qo'rqqani yuzidan bilinib turardi.
- Tinchlikmi uka?
- Tinchlik... Bir yigitcha haqida bilishim kerak...
- Qaysi yigitcha?
- Bundan 2 oycha oldin, sizga bir yigit shogirt boʻlib qatnagan ekan. Ismi Akmal...
Mahmud aka eslolmay biroz kalovlanib turdi, keyin birdan yodiga tushdi.
- Haaaaa! Akmalmi?
- Ha oʻsha...
- 4-5 kun keldi...
- Asosan nimani oʻrgandi?
- Oʻzi meni shogirtlikka oling deb turvoldi... Sal gʻalatiroq bola ekan... Oʻzini tutishi ham gʻalati... Motorlarni oʻrgating dedi... Qoʻldan kelgancha o'rgatishga harakat qildim.
- Yengil mashinalarnikini o'rgandimi?
- Men ham avval yengil mashinalarnikini koʻrsatdim lekin u avtobusnikiniyam o'rgating dedi... Juda tirishqoq ekan, birpasda o'rganvoldi. Ancha ishlarimni qarashdi... Keyin birdan kelmay qoʻydi... Oʻshandan beri koʻrganim yoʻq u bolani.
"Ajoyib!"mana haqiqiy guvoh... Endi sudda gʻolib chiqishi tayin...
- Aka... Bir qizga tuhmat qilishdi. Men uni himoya qilishim kerak... Sudda guvohlik bersangiz degandim...
- Hech narsaga tushunmayapman ukajon...
- Aka... Yuring oʻtirib hammasini sizga bafurja tushuntiraman.
- Xoʻp mayli yuring...
Yusuf Mahmud akaga boʻlib oʻtgan hamma voqealarni aytib berdi. Mahmud aka qizlarning vaxshiylarcha o'ldirilganini eshitib qattiq asabiylashdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

8-QISM.

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Atrof qorongʻu... Hammayoq suv quygandek jim-jit! Shu payt katta bir qora Jeep mashinasi keldi... Ichidan bejirim qora kastum-shim kiygan yigitlar tushishdi. Oxiri esa bir yoshi kattaroq, chamasi 45-50 yosh atrofidagi kishi tushdi. Uning boʻynida tilla zanjir va chap qoʻlida shu zanjirga monand tilla soat... Ular ichlari hovli tomon yurishdi. Hovli etagidagi bir hujradan soqolli kishi chiqdi va tilla soat taqqan kishiga yaltoqlanib qulluq qila boshladi.
- Xush kelibsiz, shefim... Qadamlariga hasonot!
"Shef" indamadi. Unga ikki qoʻlini koʻksiga qoʻyib qulluq qilayotgan soqolli kishiga bepisandlarcha bir qarab oldi. Soqolli kishi bundan holga o'rganib ketgan shekilli oʻzining holatini umuman o'zgartirmadi.
- Qani shefim! Ichkari kirsinlar.
"Shef" ichkari kirdi. Stol atrofida o'tirdilar. "Shef" oʻzining o'tkir ko'zlari bilan atrofga sinchiklab qaray boshladi... Kichkinagina hujracha! Devorlarga yarim-yalang'och qizlarning suratlari yopishtirilgan... Polos ustidagi qutichalarda har xil psixatrop tabletkalar qalashib yotibdi.
- O'zingiz kelganingizga qaraganda jiddiyroq masala bormi, ho'jayin?
"Shef" o'ziga javdirab qarab turgan soqolli kishiga sir bermagan holda sovuqqonlik bilan gap boshladi.
- Nazim... Sen topgan jarroh, anavi itvachcha yurist Yusufni ukasi ekan!
Nazim hayron boʻlganicha ko'zlarini katta katta ochdi.
- Qanaqasiga?! Azamat ichki aʼzolarini olgan qizlar orasidan oʻz singlisi ham bor ekanda unda?!
- Menimcha u qizlarni orasida singlisi borligini bilmagan!
- Endi nima qil deysiz, shef?
- Nima qilsang qil, Azamatni qo'rqit! O'ldiramiz deb po'pisa qil! Ukasini to'xtatsin! Agar Yusuf surishtiruvni to'xtatmasa Azamatning Namangandagi xotini va bolalarini o'ldirishingni ayt! Xullas oʻsha vrachning og'zidan gullab qo'ymasin... Bo'lmasa men amalimdan aytilaman! Hammamiz umrbodga qamalib ketamiz!
Nazim hammasini tushundi. Negadir oʻsha jinoyatdan keyin Azamat birdaniga yoʻq boʻlib qoldi. Ishidan ham boʻshabdi... Telefon raqamlari oʻchirilgan... Bu yerda bir gap borligini sezib yurardi lekin hech ham Yusuf uning ukasi ekanini hayoliga ham keltirmagan edi...
- Xoʻp shefim... Albatta buni oʻzim hal qilaman!
* * *
JINOYATDAN BIR HAFTA OLDIN.

Azamatning boʻynigacha qarzga botgani uni ancha ezib qoʻydi. Shaharning oldi jarrohlaridan boʻlsa-da, negadir topganida baraka yoʻq edi... Ayoli yaxshi xotin chiqmadi. Azamatning topgan pulini sovuradigan, zulukdan soʻrib oladiganlardan edi... Azamat xotiniga qimmatbaho taqinchoqlar, uzuklar har xil toza matodan tikilgach koʻylaklar olib berardi. Molparastning koʻzini tuproq to'ldiradi, deyishganlari haqiqat! Azamatning xotini sira pulga to'ymadi. Har 2 oy, eng uzogʻi 3 oyda telefonini alishtirar, yiliga eng kami 2 marta chet davlatga sayohatga chiqib kelardi... Bu hol Azamatning topgan pullarini qurutar, umuman halovat qolmagandi oilada. Azamatning xotini - Guli... Turmush qurganlarigan 15 yildan oshdi. Bitta qiz farzandi bor. Lekin Guli qiziga umuman eʼtibor qaratmas, dardi latta putta, qimmat taqinchoqlar edi... Qizi onasi yonida boʻla turib ona mehrini koʻrmay oʻsdi... Maktab internatda o'qidi. Keyin institutga tayyorlanish uchun repetitorlik markaziga borib oʻsha yerda yashab taʼlim olyapti...
Gulining talablari tobora ortib borardi. Endi mashina xohlay boshladi.
- Dadasi...
- Ha?
- Dugonamni eri, yangi mashina sovgʻa qilibdi... Oppoq Gentra!
- Xoʻsh? Nima qilay endi men?
- Men ham mashina xohlayman! Dugonamnikidan ham zoʻrini olib berasiz!
- Guli... Endi yosh qizchamassan axir, Kap katta xotinsan... Qizimiz yaqinda maktabni bitirdi... Endi unga koʻproq ahamiyat bersang yaxshi boʻlardi onasi...
- Yoʻq! Olib bering mashina... Men bu hayotga bir marta kelaman. Mazza qilib umr o'tqazgim keladi!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

@Oy_nuri_1

Ulanib olinglarchi manfaatli bo'lar balki

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Hammasi borgan sari ayon boʻla boshladi. Akmal Nafosatni sevgan, rad javobini olgan lekin Malikaga yozilgan xat...? Biroz kishini oʻylantiradi. Balki Akmal adashib xatni Malikaning kitobi orasiga solib qo'ygandir... Ha! Aynan shunday boʻlgan! Soqolli kishi... Aynan ana shu odam orqali jinoyatchilarni fosh etish mumkin... U odamni biladigan yagona kishi bu albatta Akmalning oʻzi... Lekin uning hozir tomi joyida emas... Gʻalati boʻlib qolgan! Otasini o'ldirgani aniq... Pichoqdagi barmoq izlari Akmalga tegishli... Va yana xiringlab dadamni men oʻldirdim deya baqirishi... Telbalardek alanglashi...
Yusuf hayolidagi fikrlarni bir yerga toʻpladi. Jinoyatni sinchiklab, zimdan o'rganishi shart edi... Bu oddiy bir qotillik, oddiy bir jinoyat emas! Bu uyushgan, to'dalashgan jinoiy ish! Bu ishni ortida katta kishilar turgani aniq!
Yusuf oʻz qarashlarini va aniqlagan maʼlumotlari, topgan dalillarini jinoyat qidiruv boʻlimi markaziga bayon qildi. U yerdagi bir qancha shu jinoiy ishga qiziqib qolgan hodimlar Yusufga yordam berishlarini vaʼda qildilar. Endi Yusuf bir oʻzi emasdi. Unga yordam beradigan yana 2-3 kishi ham bor edi...
* * *
Odina kundan kunga asabiy! Uyda dadasidan dakki eshitar, koʻcha koʻyda bosh koʻtarib yurolmay qoldi. Odamlar uni koʻrgan zahotlari barmoq uchida ko'rsata boshladilar. Yaqindagina uni aybsiz ekani isbotlangan boʻlsada baʼzi bir odamlarning yolgʻondan gap tarqatishlari va Odinani xalqqa yomon koʻrsatishlari oqibatida hamma yana Odinani bu jinoyatda ayblay boshladi. Nima emish Odina bu jinoyatni oʻzi uyushtirgan, bolalarni ataylab uzoqqa olib ketgan, avtobusni buzib qizlarni chashmaga joʻnatgan va jinoyatchilar ishini qilib boʻlgunicha shofyorni chalgʻitib vaqtni choʻzgan... Bu asossiz va faqatgina quruq tuhmatdan iborat mish-mish gaplar el ogʻziga tushdi... Odina umuman koʻchaga chiqmay qoʻydi. 3 kundan keyin sud! Odina qamalib ketishi ham mumkin!
Odina xonasiga kirdi, bir oz koʻz yoshi qilib qoldi. Birdan telefoni jiringladi. Yusuf ekan.
- Alooo...
- Odina... Yaxshimisiz?
Odina piqillab yigʻlab yubordi. Uning yoshgina boshiga tushgan bunday ogʻir ishlar koʻngli choʻktirgan, koʻzlaridagi nurni so'ndirgan edi.
- Yusuf aka... Hamma meni ayblayabdi!
- Oʻzizni bosing... Yigʻlamang iltimos... Odina! Iloji boʻlsa uyizdan chiqing, eshigiz tagida turibman... Koʻrishib gaplashib olaylik.
- Xoʻp... Hozir.
Odina uyidan chiqdi. Yusuf mashinasida uni kutib oʻtirar edi. Mashinaning eshigi ochilib Odina asta oʻtirdi.
- Assalomu alaykum...
- Va alaykum assalom... Tuzukmisiz?
- Boʻladi...
Odinaning koʻzlari yigʻlayverganidan qizarib ketgan... Yuzlari ham biroz qizargan edi. Yusuf mashinasini oʻt oldirdi. Uzoqroq joyga ketdilar. Tabiat qoʻyni... Olis-olis dalalar kech quloch yozgan... Atrofda hech kim koʻrinmaydi. Yusuf mashinadan tushdi, Odina ham tushdi. Birgalashib biroz sayr qildilar. Yusuf toʻxtadi va Odinaning qarshisiga yaqin keldi.
- Odina... Hammasi joyida boʻladi Inshaalloh, siz menga ishoning xoʻpmi?
Odina xomush tortdi. Koʻzlarida umidsiz nur uchqunladi...
- Yusuf aka... Juda qo'rqyapman... Hamma ayb meni ustimga yuklanib qamalib ketamanmi?! Axir hali juda yoshman-ku?! Orzularim koʻp!
- Odina... Siz aybdor emassiz! Men buni hammaga isbotlab beraman. Oʻzizi siqmang iltimos qilaman... Menga ishoning, men yonizdaman... Oʻzim sizni himoya qilaman...
Odina mamnun jilmaydi. Koʻzlariga yosh toʻldi. Siniq ovozda asta pichirladi.
- Rahmat, sizdan Alloh rozi boʻlsin...
Yana sayr qildilar. Sukunat... Ikkisi ham jim... Ikkisi ham nimalarnidir hayol qilib ketyapti. Odina kelajagini oʻylamoqda... Endi hayoti qanday kecharkin?! Yusuf unga befarqmas... U ham... U ham asli uni yoqtirib qoldi... Xoʻsh? Yusuf ham uni yoqtirarmikan?! Axir erdan chiqqan degan nomi bor?! Yusuf uylanmagan bir yigit... Unga uylanarmidi?! Odina Yusufni qalban orzu qilsada, lekin bu hislari xom hayoldan boshqa narsa emasligini aqli bilan anglab turardi... Shu sabab Yusufga ortiqcha yaqinlashishni xohlamasdi. Yusuf ham ayni shu topda... Jinoyat haqida emas... Odina haqida oʻylay boshladi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

7-QISM

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Yusuf qo'lidagi xatni oldida Akmalning uyiga yoʻl oldi. Aksiga olib uy qulflangan... Ancha vaqt kelib qolar deya kutib turdi. Kelavermagach ortiga qaytdi. Qaytayotib koʻcha ko'ydagi kishilardan, mahalladagi xotinlardan Akmal va uning oilasi haqida surishtirdi. Kimdan soʻramasin hamma Akmalning dadasi gʻirt alkash bir kishi ekanini aytdi. Oilaviy muhit rasvo. Akmal koʻp marotaba qarovsiz katta boʻldi. Dadasidan kunda kun ora kaltak yeydi. Baʼzan achchiq qilib uydan qochib ketgan vaqtlari ham boʻlgan. Yusuf bu maʼlumotlarni eshitgach Akmal haqida fikri shunday boʻldi. "Bu bola aniq mana shu jinoyatga aloqador!". Yusuf uyga qaytdi. Singilisining xonasiga kirdi. Uning kitoblar bilan liq toʻla shkafiga termuldi. Rang barang, katta kichik hajmli kitoblar nihoyatda koʻp edi. Akmal singlisi doim qo'lidan qo'ymaydigan kitob "Ikki eshik orasi" ni oldi. Singlisi bu asarni deyarli 10 martadan koʻp o'qigan! Kitobga biroz termulib qoldi. "Shunday aqlli singlim... Yosh ketdi. Allohim rahmatiga olgan boʻlsin!"
* * *
Kamron yana qabristonda. Mana 5 kundan oshdi hamki qabrga gul ekkan sirli yigitdan darak yoʻq. Kamron singlisi Nafosatning qabri tepasiga keldi. Oʻzi bilan gullarni sug'pradigan idishda toʻla zilol suv olib kelgan edi. Asta lolalarga suv quya boshladi... Kamronning qulogʻiga qadam tovushlari eshitildi. Hali tong otmagan edi. Kamron tezgina ovoz kelayotgan tomonga o'girilib qaradi. Qaradi-yu qarshisidagi sharpadan hayratga tushdi. Sharpadek koʻringan kishi asta Kamron tomon yaqinlashib kelardi. Oxiri uning yuzi koʻrindi.
- Muhammad!
Bu Kamronning sinfdoshi - Muhammad edi! Muhammad qo'lidagi guldastani asta qabrga qo'ydi. O'rtog'i Kamronga g'am toʻla nigohi bilan boqdi.
- Kamron... Yaxshimisan?
- Sen... Gullarni sen ekdingmi?
Muhammad "Ha..."degandek qilib boshini qimirlatib qoʻydi.
- Singlingni judayam yaxshi koʻrardim... Joyi Jannatda boʻlsin.
- Nega oʻzingni oshkor qilmading? Nega qochding?
- Kamron... Doʻstim... Men oʻsha qotillik kuni g'alati narsani sezgandek boʻldim. Lekin amin emasdim... Shunga sizlarga shubhalarimni aytolmadim. Nafosatni bir bola yaxshi koʻrardi. Oʻzini sinfdoshi... Ishonasanmi, oshna... Nafosat har kecha tushimga kiradi. Oppoq libosda lekin kiyimlari qon... Koʻzi toʻla yosh... Shu holatda menga o'tinchli qaraydi. Men mana shu tushni juda koʻp koʻrardim. Halovatim yoʻq edi...
Kamron Muhammadga qaradi. Uning gʻam toʻla koʻzlariga boqdi. Bogʻziga nimadur tiqilgandek boʻldi...
- Sendan oʻzimni olib qochishim... Bilmadim nega? Lekin meni qotil deb gumon qilishlaringdan qo'rqdim.
- Tushunarli... Muhammad ayt, nimani payqaganding!
- Oʻsha bola ismi Akmal edi adashmasam... Avtoservisda bir muddat yurdi... Mashinalarni, ayniqsa katta turdagilarini o'rgandi. Unga kimdir yordam berardi. Keyin bolalarni sahoyatga olib ketgan avtobus yangi ekanini eshitdim... Yangi avtobus oʻz oʻzidan buzilib qolishi mumkinmas! Oʻsha bola buzgan degan gumonga keldim. Lekin aniq bilamganim uchun aytolmadim...
Kamron oʻylanib qoldi. Doʻsti rost aytadi. Akmal yaxshi bola emas... Gʻirt bezori, toʻpori yigit...
Kamron Muhammadni akasining oldiga olib borishini aytdi. Muhammad rozi boʻldi va birgalashib qabristondan chiqdilar.
* * *
Akmal shu kunlarda nihoyatda asabiy, jazavaga tez tushadigan boʻlib qoldi. Doriga haddan tashqari mukkasidan ketdi. Oldin kuniga bitta tabletka bilan kifoyalanardi, hozir esa eng kami 3 ta yo 4 gacha ichyapti. Dori ichmay qoʻysa, badani qattiq qichishadigan, tanasida kuchli og'riq turib boshi yorilib ketay deb og'riydigan boʻlib qoldi...
Dadasi bugun ham ichib keldi. Bugun u shu qadar koʻp ichgandiki oyoqda bazoʻr turardi. Akmal eshikni ochib dadasini uyga kirgizdi. Akmalning dadasi mast-alast holda og'zidan turli yomon soʻzlarni chiqarib soʻkina boshladi. Oshxonadagi idish tovoqlarni otib sindirishga tushdi. Bu hol oʻzi doriga humori tutib qiynalayotgan Akmalga sira yoqmasdi. U dadasini to'xtatmoqchi boʻlib qoʻliga yopishdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Och eshikni la'nati, haromzoda!
Akmal bazoʻr o'rnidan turdi. Chuqur "Ufff" tortdi. Bitta bitta qadam bosib hovliga tushdi. Dadasi shirakayf holda battar jazavaga tushgan koʻyi tinimsiz so'kinar, darvozani mushtab urardi. Nihoyat Akmal darvoza oldiga yetib keldi. Eshik zinjilini tushirdi. Ichaverib yuzlari cho'chqaning ranggiga o'xshab pushtisifat boʻlib ketgan dadasini koʻrib yuzi nafratdan qiyshayib ketdi.
- Palakat! Iflos! Ikki soatdan beri turibman! Eshikni ochsang o'lasanmi, haromi?!
Akmal indamadi. Lekin juda qattiq g'azabda edi, ham dori tasiridanmi boshi aylanib ketar, koʻziga har xil narsalar ko'rinar edi.
Akmalning dadasi asta zinadan ko'tarildi. Oshxonaga kirdi. Qozonni qopqog'ini ochdi.
- Laʼnati! Bitta ovqat qilib qo'ymabdi... Akmal! Akmal deyapman!
Akmal sekin oshxonaga kirdi.
- Nimaga ovqat qilib qo'ymading?! Itdek ochman!
Akmal hamon indamas, uning bu jim turishi dadasiga yoqmadi, battar g'azabini qo'zitti!
- Gapir! Og'zingga talqon solganmisan?! .................
Akmalni tinimsiz soʻka boshladi. Akmal ham qizishib ketdi. Dadasiga yopishdi. Dadasi gandiraklab Akmal boshlagan tomonga yura boshladi... Akmal dadasini bir silkitishda uloqtirib tashladi. Akmalning dadasi muzlatgich eshigiga kelib urildi. Yelkasini changallagancha bo'ralatib so'kindi. Akmal jon holatda tashqariga otildi. Koʻchaga chiqib ketdi...
* * *
- Ukam yaxshimisan?
Soqoli qalin kishi Akmalning yoʻlini toʻsdi.
- Dorini pullariga keldim.
Akmal so'mkasini ochib pullarni oʻsha kishiga tutqazdi.
- Yaxshi, durust! Ancha qo'ling kelib qolibdi! Mana ol... Bu seni ulushing!
Soqolli kishi Akmalga juda koʻp pul berdi. Akmal gʻalati qilib ishshaydi.
- Aka... Dori ham bering...
Soqolli kishi Akmalga bir pachka dori uzatdi... Akmal dorini olishi bilan bittasini ochib og'ziga soldi. Boyagi kishi unga xunuk qarab turar, koʻzlari bilan goʻyo Akmalni ustidan kuylayotgandek boʻlardi.
- Uka... Bitta yaxshi soqqali ish bor!
- Qanaqa aka?
- Bizni kotta shefimizga yosh, o'smir qizlarni organlari kerak ekan... Juda qimmatga oladigan bir haridor topishibdi... Qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi deyishdi...
Akmal o'ylanib qoldi.
- Aka... Bu qanday boʻladi? Unaqa qizlarni qayerdan topamiz...
- Eshitishimcha sinfdoshlaring bilan uzoqqa tog'li, adirli joyga aylanishga ketayapsizlar ekan... Shu rostmi?
Akmal boshini silkitib qoʻydi.
- Ha shunday...
Soqolli kishi xunuk ishshaydi. Ko'zlaridan sovuq o't chaqnab ketdi.
- Ana oʻsha yerda ov qilamiz, ukam!
Akmal ham bu odamning niyyatini tushundi... Uning dardi fikri dorida boʻlib qolgandi. Unga boshqa hech narsa kerakmas, koʻziga doridan boshqa narsa ko'rinmay qolgandi. Ha! Akmal bir manqurt qulga aylanib qolgandi!
* * *
Kamron bugun ertalab koʻrgan hodisasini akasiga aytdi.
- Aka... Qabrni bir ko'rsangiz edi! Oppoq lolalar bilan qoplangan!
- Ajoyib-ku?! Kim bunday qildi ekan?
- Buni aniqlashimiz kerak, aka!
- Haa... Toʻgʻri...
Kamron eʼtibor berib qarasa, akasi Yusuf ancha homush oʻtirgan ekan. Nimagadir kayfiyati yoʻq... Nimanidir hayol qilib, o'ylanib o'tiribdi.
- Aka...
Yusuf ukasiga asta qaradi.
- Ha?
- Tinchlikmi kayfiyatiz yoʻq...
- Oʻzim... Shunchaki...
- Nimanidir oʻylayapsiz-ku?!
Yusuf javob bermadi. Kamron nimadir esiga tushgandek yalt etib akasiga qaradi.
- Aka... Aytgancha...
- Xoʻsh?
- Ertalab Azamat akam telefon qilgandi. 1-2 kunda kelamiz dedi... Maslahatli gapi bor emish.
Yusuf boshini koʻtardi. Uni o'ylantirayotgan narsa shu akasi edi asli...
- Nega keladi? Nafosat o'lganiga 2 oydan oshdi... Biron marta yoʻqlab kelmadi...
- Bilmasam aka... Men ham hayronman.
- Odinani sudga beribdi!
- Qaysi Odinani? Kim sudga beradi? Tushuntiribroq gapiring, aka!
- Azamat akam! Nafosatni sinf rahbari Odinani sudga beribdi. Yana oddiy sudga emas, poytaxtdagi oliy sudga!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR

6-QISM

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Kamron bugun biroz kechikdi. Tong sahar uygʻongan edi qabriston tomon kelayotgan payti unga qo'ng'iroq boʻldi. Qarasa Namanganda yashaydigan akasi - Azamat ekan.
- Ha aka, eshitaman!
- Uka, ertaga kennoying bilan sizlarni oldilaringga boramiz... Maslahatli ish bor...
Kamron hayron qoldi. Akasi Nafosatni janozasini o'tkizishgach, 1-2 kun oʻtib xotinini olib ortga Chustga ketishgan edi... U yerda ish toʻxtab qolishi mumkin ekan... Tezroq borishmasa bo'lmas emish... Shunday vajlar bilan Azamat qolgan rasm-rusm marakalarni Yusuf bilan Kamronga topshirdida oʻzi xotini bilan ketib qoldi. Oʻsha kunga ham mana 2 oydan oshib ketdi. Shuncha vaqt mobaynida Azamat na Yusufdan, na Kamrondan xabar oldi. Hatto qo'ng'iroq ham qilmadi. Endi esa dabdurustdan maslahatli ish bor deb turibdi! Qiziq! Qanaqa maslahatli ish boʻlishi mumkin?!
Kamron shunday hayollar bilan singlisining qabriga yetib keldi. Keldi-yu qabr ustidagi manzarani koʻrib hayratdan qotib qoldi. Qabr usti oppoq lolalar bilan qoplangan edi! Nafosat oq lolalarni judayam yaxshi koʻrardi... Qabrning ustiga 100 dan ortiq oq lolalar ekilibdi! Kamron bu manzaradan xursand boʻlishini ham, xafa bo'lishini ham bilmay anchagacha serrayib turib qoldi... Bu gullarni qayoqdan keldi?! Kim bularni ekdi?! Bu savollar javobsizligicha qolaverdi...
* * *
- Isming nima?
- Sanjar!
- Togʻda ichganing rostmi?
- Yoʻgʻe bo'lmagan gap! Kim aytdi sizga buni?!
- O'qituvching va sinf rahbaring Odinaxon...
- Yolgʻon aytibdi. Men hali bola boʻlsam, maktabda o'qisam!
Sanjar beparvogina atrofga qarab oldi. Loqaydlik bilan qo'llarini bir-biriga ishqaladi.
- Menga qara, Sanjar! Yolgʻon gapirma... Sheriklaring Nig'mat bilan Kamol hammasini tan oldi. Uchalang abed mahal bir shisha aroq ichgansan...
Sanjar mum tishlab qoldi. Yusufning o'tkir nihohiga dosh berolmadi.
- Aka... Bir shunaqa boʻlib qoldi. Iltimos... Iltimos! Ota-onam bilishmasin! Dadam bilib qolsa, tikka so'yadilar meni! Jon aka... Yoshlikda bir qiziqib shu zaqqumni ichib qo'ydimda. Rosti pushaymonman!
Yusuf Sanjarning hamma soʻzlarini diqqat bilan eshitdi. Sanjar obroʻli odamning o'g'li. Sanjarning dadasi mahallaga ancha yordam qilgan sahovatli boylardan. Masjid qurilishi bormi, maktab uchun yangi jihozlar olish lohiyasi bormi hammasiga qo'lidan kelganicha yordam qiladi. Juda yaxshi odam... Onasi ham oqila ayol... Lekin amakilari yaxshi kishilar emas! Ichib-chakib yuradigan odamlar. Sanjarning 2 ta amakisi bor. Ikkalasi ham quruvchi-usta. Baʼzan Rossiyaga, baʼzan Qozogʻistonga ketib oʻsha yerlarda ustachilik qilishadi. Ish topolmay qolishsa, yoki deport boʻlgan paytlari Toshkentga ketib qurulishda ishlashadi. Mahalladagi, yon tevarakdagi qishloqlarda ham ish chiqib qolsa, albatta borishadi... Mehnatkash kishilar, lekin yaxshi xulqli emas. O'ris millatining yomon illatlari bu ikkisiga ham yuqqan... Koʻcha koʻyda ayollar, qizlar bor deb ham o'tirmay! Shalaq, oʻta uyatsiz gaplar bilan so'kishadi... Yomon qiliqlar qilishadi. Afsuski Sanjar dadasiga tortmadi! U xuddi amakilariga o'xshab ketaverdi. Bezori bolalarga qo'shilib sigaret chekishni o'rgandi. Keyin esa piva ichishga o'tdi. Onda - sonda bunday hol bo'lardi, albatta. Chunki Sanjar dadasining bilib qolishidan nihoyatda qoʻrqardi.
- Jon aka aytmang... Boshqa qaytarilmaydi, rost gapim.
- Qizlarning o'ldirilishi haqida nima deya olasan?
- Men hech narsani bilmayman. Uchalamiz ichdik, keyin avtobus ichida telefon o'ynab o'tirdik. Avtobusdan tushmadik biz... Keyin qizlar yoʻq deyishdi. Hammayoqni aylanib qidirdik, topilmagach, ortga qaytdik...
- Xmm... Bironta shubhali narsa sezmadingmi?
- Yoʻq... Abedgacha hamma oʻz oʻrnida avtobusda ketardik, keyin qizlar ustoz bilan lola tergani ketishdi, biz bollar bilan ovqatga unnadik... Orada biroz ichdik...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Birdan kitob orasidan bir varoq shirt etib yerga tushdi... Shavkat aka egilib uni oldi. 4 buklangan oq qogʻoz... Ichiga nimalardir yozilgan edi... Shavkat aka uni asta ochdi... O'qidi... Ranggi dokadek oqarib ketdi. Hushsiz odam birdaniga jonlandi. Ma'nosiz va qayg'uli koʻzlaridan o't chaqnab ketdi. Varoqda shunday soʻzlar yozilgan edi...: "Sevgimni rad etding... Men sensiz aqldan ozaman! Seni oshiqlaring koʻp! Agar meniki boʻlmas ekansan! Boshqaniki ham bo'lmaysan!"... Shavkat aka sapchib oʻrnidan turib ketdi. Bu xatni kim yozgan ekan?! Malika hali goʻdak edi-ku, nahotki yigitlar bilan aloqasi boʻlsa?! Yoʻq! Shavkat aka qizining bunaqa narsalardan yiroqligini juda yaxshi biladi. Lekin bu xatchi?! Undagi achchiq soʻzlar, xuddi qastlashgan kishining gaplari edi... Shavkat aka nima qilarini bilmay qizining xonasi boʻylab ancha aylandi. Keyin hayoliga Yusuf keldi... "Yusuf! U shu ish boʻyicha yuribdi-ku?! Bu balki biron foyda berib qolar?!" Shavkat aka shoshilganicha uydan koʻchaga qarab yugurdi. Gulmira xola erining bu holatidan hayron qoldi. 15 kundan beri oʻziga uy qamog'ini joriy qilgan odam, birdan koʻchaga otilib chiqib ketishi haqiqatda hayratlanarli bir hol edi...
Shavkat aka Yusuflarning uyiga keldi. Yusuf endigina uyiga kirib ketayotgan edi...
- Yusufjon oʻgʻlim?
- Labbay amaki?
Shavkat aka titroq qoʻllarini shimining choʻntagiga soldi.
- Buni qarang... Qizimning kitoblari orasidan chiqdi...
Yusuf xatni oldi. Oʻqidi... Bir oz qoʻlidagi varoqqa tikilib qoldi.
- Buni yozgan yigit jinoyatga aralashgan boʻlishi mumkin... Xatning mazmunidan bu bola alamzadaligi bilinib turibdi.
Yusuf Shavkat akaga chaqnoq koʻzlari bilan qaradi.
- Rahmat aka! Malikaga oshiq bu yigitni topishimiz kerak!
- Albatta uni toping... Qizimning qotilini tolib jazolang...
- Jazolash meni ishim emas amaki... Uni Alloh jazolasin, davlat qonunlari bersin jazosini... Meni maqsadim ularni topish...
Shavkat aka ketdi. Yusuf uyiga kirdi. Uyda uni Kamron kutib turar edi...
- Tinchlikmi Kamron? Majlisda edim... Qanaqa gaping bor edi.
Kamron korgan hodisalarini va bugun tongdagi gʻalati yigitni akasiga aytdi...
- Yigit...?
- Ha aka... Jussasi kichkina edi. Oʻrta boʻy oddiy yosh yigitcha!
- Yuzini koʻrdingmi?
- Afsuski yoʻq. Menga orqa ogʻirib turgandi. Koʻraman deb yaqinlashgandim, sezib qoldi...
Yusuf qoʻlidagi xatni Kamronga uzatdi. Kamron xatni oʻqidi. Hayajonli qichqirdi.
- Nafosatni oshig'ini xatimikin bu aka?!
- Yoʻq... Malikaning xonasidan chiqibdi...
- Nima?!
Kamron gʻalati ahvolga tushdi. Chunki Malikani Kamron yaxshi koʻrardi... Shuning uchun uni koʻp kuzatgandi, lekin bironta yigit Malikaga yaqinlashganini sira sezmagan edi.
- Aka... Boʻlishi mumkinmas! Bilasiz Malikani men yaxshi koʻrardim... U qizni juda koʻp kuzatganman, maktabda o'qib yurgan paytimdan buyon kuzataman... Unaqa bunaqa oshigʻi yoʻq edi...
- Balki zimdan kuzatib yaxshi koʻrib yurgandir...
Kamron oʻychan yerga boqdi...
- Bilmadim aka...
- Xullas shu yigitni topish kerak...
- Qabristondagichi aka? U ham juda shubhali...
- Toʻgʻri! Bu ikkalasi jinoyatga aloqador boʻlishi mumkin...
- Aka... Menimcha sinfdoshlari orasidan qidirish kerak deb oʻylayman. Sababi singlimni sinfdosh oʻgʻil bola o'rtiqlarining yarmidan koʻpi oʻrta boʻy va jussasi kichik yigitlar...
- Gapingda jon bor... Sababi avtobusga ketishda hech narsa boʻlmagan... Qaytishlarida buzilib qolgan. Menimcha abed vaqtidami yoki biron vaqtda fursatdan foydalanishib avtobusni atayin buzib qo'yishgan...
- Toʻgʻri...
Aka-uka anchagacha boʻlib oʻtgan voqealarni muhokama qilib chiqishdi. Yusufning ertangi ilk qiladigan ishi anavi 3 nafar aroq ichgan yigitlarni soʻroq qilish boʻldi. Kamron esa bu safar yana tong otmasdanoq qabristonga borishni rejalashtirdi...
* * *
JINOYATDAN 2 OY OLDIN. SIRLI SUHBAT

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

5-QISM

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Tong otdi. Hammayoq asta yorisha boshladi... Quyoshning uzun-uzun nurladi togʻlardan, choʻqqilardan,binolar ustidan, devorlardan oshib oʻtdi... Qorongʻulik ortiga chekinib, oʻrnini yorug'likka boʻshatib berdi.
Yusuf oʻzi tekshirib koʻrib chiqqan ba'zi hujjatlarni yana qayta koʻra boshladi. Pichoqqa ilinadigan biron dalil topishga tirishdi. "Qizlarni u yerga borishini avvaldan bilgan odamlar bu ishni qilishgan... Yoki shunday kishi qotillarga jinoyat uchun yordam bergan..."hayolidan oʻtkazdi Yusuf. Yana Odina opa bilan uchrashish uchun maktabga bordi. Odina opaning ranglari ancha so'lg'in... Koʻzlarida kulmaydi, porlamaydi... Bir oygina davom etgan turmushi buzilgach odamlarning gap soʻzlari va malomatlaridan endi qutulib yorugʻ kunlarga yetdim deganida boshiga bu savdo tushdi. Ancha siqilib ranglari ham xiralashib qoldi. Nigohlarida maʼno yoʻq...
Yusuf asta eshikni chertdi. Odina opa xushyor tortdi. Eshik tomon alanglab qaradi. Yusufni koʻrgach oʻzi g'amdan oqarib ketgan yuzi battar oqardi...
- Assalomu alaykum...
- Va alaykum assalom! Uzr singlim, oʻtgan safar sizga biroz qo'pollik qildim. Sovuqqon insonman, ko'ngli boʻshlik qilishni yoqtirmayman, ayniqsa jinoyat yuzasidan boʻlsa... Meni maqsadim jinoyatchilarni topish va ularni qonun qarshisiga olib kelish.
- Sizni tushunaman. Oson tutmayman...
- Bilasizmi? Meni baʼzi farazlarim bor...
- Xoʻsh qanday?
- Sizlar bilan sayohatga borganlar orasida qotillarga yordam berganlar bor deb o'ylayman...
- Men ham shuni o'ylagandim...
- Oʻshalarni toposhimiz kerak? U shofyor ham boʻlishi mumkin, yoki bolalardan qaysinisidir...
Odina opa oʻylanib qoldi. Sekin,.past ovozda Yusufga javob berdi.
- Shofyor doim koʻz oldimda edi... Avtobusni tuzatdi...
- Boshqachasiga yordam qilgan boʻlishi mumkin-ku, misol qotillarga telefondan sms yozib qizlarni qayoqqa ketganini, necha nafar ekanini xabarini bergandir...
Odina opaning koʻzlari katta-katta ochilib ketdi.
- Haqsiz! Bo'lishi mumkin...
- Xullas, Odina... Men avtobusdagi shofyorni va qolgan 15 nafar bolani so'roq qilib koʻrishim kerak boʻladi...
- Mayli... Agar shu sizga yordam bersa bemalol...
Odinaning hayoliga yana bir o'y keldi. Yalt etib Yusufga qaradi.
- Balki adashayotgandirman lekin...
- Xoʻsh...?
- Togʻdaligimizda 3 nafar oʻgʻil bola o'quvchim ichib olganini sezib qolgandim...
- Xmm... Aniqmi?
- Ha... Avval shubhalandim. Keyin yaqiniga borsam aroq hidi guppillab kelib turgandi.
Yusuf Odinaga mamnun qaradi.
- Hammasini tagiga yetamiz, Xudo xohlasa... Oʻsha yigitlarni ismi nima edi?
- Nig'mat... Sanjar yana Komil edi.
- Aha... Hammani bittama-bitta soʻroq qilamiz, avvalo Shofyor akadan boshlaymiz...
- Xoʻp... Men ham sizga yordam beraymi aka?
Yusuf Odina jilmayib qaradi.
- Yoʻq rahmat... Darsizni oʻting siz... Biron yangilik boʻlsa, albatta xabar beraman.
- Shunday qiling...
- Xoʻp...
Yusuf ketdi. Odina uning ortidan umid bilan qarab qoldi...
* * *
- Ismiz nima?
- Rahmat...
- Familiyangiz?
- Sobirov... Sobirov Rahmat Abdusattorovich!
- Aha... Yaxshi. Oʻsha kuni qizlarni oʻz avtobusizda siz olib borganmidiz?
- Ha men edim.
- Qancha vaqt ketdi togʻga yetguncha?
- 2 yarim soat.
- Yoʻlga tushishdan oldin avtobusni texnik holati qanday edi?
- Kechki payt yoqilgʻilarini, motorigacha tekshirib qoʻygandim. Oʻzi uzoq yoʻlga boradigan boʻlsam doim obdon tekshirib keyin yoʻlga chiqaman.
- Xoʻsh... Avtobusni holati qanday edi?
- A'lo darajada. Hammasi joyida edi.
- Ketishda hech qanday muammo boʻlmadi togʻrimi?
- Ha... Bir tekis yurdi...
- Qaytishda?
- Ha... Abeddan keyin 2 larda yoʻlga tushdik... Chamasi bir soatlardan soʻng avtobusdan tutun chiqa boshladi. Nima boʻlganiga tushunmay qoldim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Odina yigʻidan toʻxtadi. Koʻzlarida alam va uvol bo'lganlik hissi turardi. U oʻzini judayam keraksiz sezardi... Aldanganini bildi. Xato qilganini tushundi... Amirxon yana gapirishda davom etdi.
- Onamga kelin kerak... Senga faqat shuning uchun uylandim. Koʻnglim hamon Nilufarda. U meni koʻz ochib koʻrganim farzandimni onasi...
- Nomard ekansiz! Oʻzizni oʻylab meni baxtiqaro qildiz! Sen ham odammisan?! Sen ham erkakmisan?!
Odina alamdan baqira boshladi. Amirxon unga shunday baqirdiki Odina turgan joyida qotib qoldi.
- Xohlasang ketishing mumkin! Toʻrt tomoning qibla!
- Ketaman ham! Seni ota-onanga qullik qilish uchun tug'ilmaganman! Seni hali qizlaring boʻlar... Ilohim oʻshalarni boshiga meni kunim tushsin... Tushmasa rozimasman!
Amirxon indamay telefonini olib tashqariga chiqib ketdi. Odina divan ustida anchagacha yig'lab yotdi. Oʻzining qadri yerga toptalganidan siqilar, qattiq yuragi sanchib ogʻrirdi. Oxiri oʻrnidan turdi. Kiyimlarini yigʻishtirdi... Bir oylik turmush buzuldi. Odina oʻsha kuniyoq ajrimga ariza berdi. Koʻzi toʻla dard, alam, iztirob bilan ota uyiga qaytib keldi...
Mana Odinaning ajrashganiga yaqinda bir yil boʻladi. Shu bir yil ichi oʻzini chalgʻitish uchun maktabga ishga kirdi. Biroz vaqt oʻtib ishiga butkul shoʻngʻib ketdi. Tirishqoq va oʻta zehnli yosh o'qituvchilar qatoridan joy oldi.
Yusuf Odinaning hayotini obdon o'rganib chiqqach, unga boʻlgan shubhalari tarqalgandek boʻldi. Lekin yanada aniqlashtirish maqsadida yana bir bor u bilan suhbatlashishni diliga tugib qoʻydi...
* * *
3 OY AVVAL.

Nafosatning sinfdoshi Akmal, kambagʻal oilada oʻsgan bola. Yana yetim ham... Onasi u 2 yoshligida vafot etgan, dadasi bangi. Nasha chekadi... Qimor oʻynaydi... Akmal mana shu otaning qoʻlida katta boʻla boshladi. Oilaviy muhit yaxshi emas, lekin Akmalning qalbida qandaydir ogʻriq bor edi. U muhabbat ogʻrig'i! Akmal Nafosatni sevib qolgandi. Uni shu qadar qattiq yaxshi koʻrardiki, bir kun ko'rmasa turolmas edi! Dars payti ham Nafosatdan koʻzlarini uzmas, unga qaragani sari qalbidagi otash battar kuchayardi.Tanaffus payti yashirincha Nafosatning daftarlarining orqasiga qing'ir-qiyshiq yozuvlar bilan I Love You deb yozib qoʻyar... Goʻyo shu qilgan ishi bilan Nafosat ham uni sevib qoladigandek oʻzidan mag'rurlanib ketardi. Akmal uyida tinch yashamasdi. Dadasi shirakayf holatda uni koʻp bora do'pposlagan, majburan turli ogʻir yumushlarni qildirardi. Bu hol Akmalni juda charchatdi. U uyiga borgisi kelmas, ochigʻi oʻz otasini yuzini ko'rishga toqati yoʻq edi.
- Akmal! Akmal deyapman! Maraz... Qayerda yuribsan?!
Akmal xonasidan qovog'idan qor yog'gan holatda chiqdi.
- Nega menga go'layasan?! Dadangni endi koʻrib turipsanmi?! Ma...
Akmalning dadasi choʻntagidan 2 ming soʻmlik, 5 ming soʻmlik buklanib pachag'i chiqib ketgan pullarni otdi. Pullar havoda bir pas xilpiradida yerga asta qoʻndi.
- Pullarni olda, mahalla boshidagi doʻkondan aroq olib kel! Boshim tars yorilib ketadi hozir...
Akmal indamay pullarni oldi. Koʻcha boshidagi doʻkonga qarab yugurdi. Aroq sotib oldi... Ortiga qaytib ketmoqchi edi, devor ortida turgan bir kishiga koʻzi tushdi. Qorachadan kelgan, ozgʻin, yuzida qalin qora soqoli bor, boʻylari balandgina bu kimsa Akmalni oʻziga imlab chaqirardi. Akmal asta oʻsha kishining yoniga keldi.
- Ha amaki...
- Qalesan oʻgʻlim? Nima shu yoshda aroq ichasanmi?
- Yoʻq! Bu dadamga...
Akmalning yuzi nafratdan qiyshayib ketdi. Asabdanmi yoki boshqa narsadan qoʻllari ham titray boshladi.
- Haaaa... Oilang notinchmi deyman.
- Onam oʻtib ketgan! Dadam... Dadam...
- Xmmm... Tushunarli. Ancha asabiy koʻrinasan... Boshing og'riyaptimi?
- Ha judayam! Qani endi bu azoblardan qutulsam!
Boyagi kishi choʻntagidan bir tabletka chiqardi. Asta Akmalga uzatdi.
- Mana buni ichib olsang, hamma og'riqlardan halos boʻlasan...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Лимфа тугунлари саратони билан оғир бетобликка йўлиққан колумбиялик буюк ёзувчи Габриел Гарcиа Маркес ўз ўқувчиларига хайрлашув мактуби билан мурожаат қилишга аҳд қилди.

"Агар Худойим Таоло латта қўғирчоқ эканлигимни бир лаҳзага унутиб, менга озгина ҳаёт бахш этганида, ўйлаганим ҳамма нарсани айтмаган бўлардим, аксинча, айтганларим ҳақида кўпроқ ўйлаган бўлардим.

Мен нарсаларни нархига қараб эмас, балки аҳамиятига кўра қадрлаган бўлардим. Кўзларим юмилган ҳар бир дақиқа олтмиш сония ёруғликни йўқотиш эканини билган ҳолда камроқ ухлаб, кўпроқ орзуларим сари интилардим.

Бошқалар тўхташганида юрардим, бошқалар ухлаганда уйғонардим, бошқалар гапирганда тинглардим. Ва шоколадли музқаймоқни еб шундай роҳатланардим-ки!..

Худо менга озгина умр берса, оддийгина кийиниб, қуёшнинг илк нурларини нафақат танам, балки руҳим билан қарши олардим. Эй Худойиме, агар қалбим бўлса, нафратимни музга ўраб, қуёш чиқишини кутардим.

Юлдузлар остида расм чизардим, худди Ван Гог каби, Бенедеттининг шеърлари ва қўшиқларини орзу қилардим: Серра менинг Ой ёғдусидаги серенадам бўларди.

Мен атиргулларни кўз ёшларим билан ювардим, уларнинг тиканлари оғриғини ҳис қилардим, гулбаргларидан бўса олардим.

Худойим, агар озгина умрим бўлса... Севган инсонларимга уларни севишимни айтмай бир кунимни ҳам ўтказмаган бўлардим.

Мен одамларга кексайганда севги йўқолади, деб ўйлашлари қанчалик нотўғри эканлигини исботлаган бўлардим: аксинча, улар севишни тўхтатганлари учун қаришади! Мен болага қанот берардим, унга учишни ўргатардим. Мен кексаларга ўлим қариликдан эмас, унутишдан келади, деб айтардим. Сизлардан қанча кўп нарсаларни ўргандим, эй одамлар...

Барча тоғ чўққисида бўлишни исташини, ҳақиқий бахт эса қуйида эканлигини англамасликларини билиб олдим.

Тушундимки, янги туғилган чақалоқ отасининг бармоғини митти муштида биринчи бўлиб ушлаганида, у абадий ушлаб қолар экан.

Мен сиздан жуда кўп нарсани ўргандим, лекин ростини айтсам, буларнинг фойдаси йўқ, чунки буларнинг барини сандиққа қамаб, афсуски, бахтсизларча ўлаяпман".

©️ Сарвар Раҳимий таржимаси

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Qizim... Bugun maktabdan vaqtliroq qayt! Pomidor koʻchatlar olib kelaman, ekamiz!
- Xoʻp ayajon!
- Maktabing tugashiga ham 1 oy qoldi. Nima qilmoqchisan?
- O'qishga topshirsammi deyapman...
- Qizim...
Yulduzning onasi sekingina uh tortib qoʻydi. Koʻzlarida chuqur iztirob maʼnosi aks etdi.
- Qizim... Mayli oʻqi... Harakat qil. Lekin aytib qoʻyay, kanrtaktga kirsang seni o'qitolmaymiz. Bilasanku?! Qoʻlimiz kaltalil qiladi bolam.
- Ayajonim, tashvishlanmang... Xudo xohlasa grantga oʻtaman, bor kuchim bilan harakat qilaman!
- Xoʻp qizim, xoʻp...

LOBAR

Oddiy qiz. Shiringina kulguchi bor. Oilasi ham kam-u koʻstsiz... Dadasi qurilishda ishlaydi. Onasi esa qoʻli gul chevar. Uyda tikuv mashinalari bor... Bittagina ukasi - Javohir endigina 5-sinfga qadam qoʻydi. Lobarning yurish-turishi, odobi, ahloqi risoladagidek. Bolalikdan uyatchanlik feli tufayli sinfdosariga uncha qo'shilmas, kam gapirar, kam kulardi... Unga hatto "Yovvoyi" deb laqab ham qoʻyib olishgandi. Haqiqatda u hech kimga qo'sgilgisi kelmas, odamlar gavjum joydan uzoqda, yolgʻizlikda yurishni xush koʻradiganlar hilidan edi. Tog'ga umuman borgisi kelmadi. Onasi Rohila xola majburlab qoʻyarda qoʻymay joʻnatdi.
- Oyi, borgim yoʻq... Undan koʻra uyda kitob oʻqib oʻtirganim yaxshi...
- Voy qizim... Bu nima deganing?! Sinfdoshlaringdan ajralib qolasanmi?! Bu yil bitiruvchi sinf boʻlsang, keyin bunaqa sayohatlar boʻlmaydi bolam! Undan koʻra bor, aylanib kel. Ko'ngling yozilib qaytasan, qizim...
Rohila xola oʻsha sayohatdan qizining murdasi qaytganini koʻrib qon yigʻlab qoldi. Bu fojiada birgina oʻzini aybladi.
- Bormayman, desa ham joʻnatdim! Men aybdorman! Men ahmoq onaman!
- Bu nima deganingiz Rohilaxon! Bu qismatda... Kim bilibdi shunaqa voqea boʻlishini?! Siz ham qizim sinfdoshlaridan ajralmay o'ynab kelsin degansizda! Qizim odamlarga qo'shilsin degansiz! O'zizni ayblamang...
Rohila opa "Lobarim...! Lobarim!"degancha yolg'izgina qiziga aza ochdi...

GULZODA

Sinfdoshlarini orasida eng boyi. Eng toza,.qimmat kiyimlar egnida, qoʻlida eng soʻngi rusumli telefon... Hali 16 ga ham toʻlmagan bu qizning yuzida upa, lablarida pomada, oyogʻida poshnali tufli... Gulzodani ilk marta koʻrgan odam uni juda kibrli deb oʻylashi aniq. Chunki bu qiz haqiqatdan ham shunday! Oʻta maqtanchoq va biroz yolg'onchilik feli ham bor. Oldida 5 daqiqa turgan odam uning gaplaridan koʻngli aynib uzoqlashishga tirishadi... Maktabdagilar unga "Gulzoda lofchi" deb laqab qo'yib olishgandi. U oddiy voqeani ham fojia darajasiga aylantirib gapirar, 10 ta soʻzidan 9 tasi yolgʻondan iborat boʻlardi...
- Qizlar!
Hamma Gulzodaga qaradi.
- Oyogʻimdagi mana bu tuflini xolam Turkiyadan joʻnatdilar kecha... Qaranglar qanaqa asal! 1000 dollar turarkan!
Sinfdosh dugonalarini ensasi qotdi. Hammalari ichida "Yana boshladi..."deya uff tortishdi. Qizlarni orasida eng gapga ustasi Zebo bitta gap bilan Gulzodani chaqib oldi.
- Meni opamdayam xuddi shunaqa tufli bor. Bozordan 300 mingga olgandilar!
Gulzodani dami ichiga tushib ketdi. Nima deyarini bilmay dovdirab qoldi.
- U paddelkadir-da! Bu asl mol oʻshanchun qimmat!
- Ha.. ha! Toʻgʻri aytasan, Guli... Shunaqa bo'lishiyam mumkin.
Qizlar miyigʻida Gulzodani ustidan kulishdi. Asta uning oldidan uzoqlashib keta boshladilar...
Tog'ga borish fikri ham aynan mana shu Gulzodadan chiqdi. Ajoyib joylar emish, odamni bahri dili ochiladi... Aprel-may oylari boʻlgani uchun hammayoq lolalar, qizg'aldoqlar bilan qoplangan emish!
Bir biri bilan tengdosh, lekin beshalasi ham 5 xil xarakterga ega bu qizlarning taqdiri, o'limi bir xil boʻladi deb kim ham o'ylagandi deysiz?!
* * *
HOZIRGI KUN.

Yusuf tekshirish ishlarini yana qaytaddan boshlab yubordi. 3-kursni bitirgani va aʼlo baholarga o'qiyotgani uchun uning arizasi ijobiy hal qilindi va bu ishni ochish uchun unga orden (ishlashi uchun maxsus hujjat) olib berdilar. U endi bemalol xohlagan joyini tintuv qilishi, xohlagan insonini tergov qilishi mumkin edi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

3-QISM.

Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira.

Qizlarning murdalari birin-ketin dafn etildi. Hamma bu mudhish hodisadan taʼsirlangan holatda edilar. Koʻzlarida ayanchli qaygʻu ifodasi... Baʼzilarning yuzlari soʻlgʻin... Ovozlari siniq!
Quyosh yer yuzini qizdirgandan qizdirdi. Tevarakka yoyilgan issiq nurlar taftidan odam bolasi koʻchaga hafsala qilib chiqolmay qoldi. Kamron deyarli har kuni singlisining qabri ustiga borar, oʻzini ayblagan koʻyi yum-yum yig'lardi. Boshqa akalariga qaraganda mana shu Kamron singlisini eng koʻp yaxshi koʻrardi. Ular deyarli tengdosh boʻlishgani uchunmi bir-birlarini yaxshi tushunishar, fikrlashlari ham, dunyo qarashlari ham deyarli bir xil edi... Nafisaning koʻmilganiga mana bir hafta boʻldi. Shu bir hafta ichi Kamron deyarli har kuni qabri boshiga keldi. Uning bu holati Yusuf va Azamatni havotirga solar, Kamronga qabristonga kamroq borishni tayinlar edi... Lekin Kamron akalarining gapiga parvo qilmas, oʻz bilganidan qolmasdi...
- Meni kechir Nafo... Onamga bergan va'damni bajarolmadim! Seni asrolmadim.
Qabr yoniga asta oʻtirdi. Mayin tuproqni asta paypaslab silay boshladi... Shu holatda qancha o'tirdi, bilmaydi... Soʻng asta boʻgʻiq ovozda "Mulk" surasini o'qidi. Qoʻllarini fotiha uchun ochdi.
- Allohim, singlimni oʻzing Rahmatingga ol! Jannatingga kirgiz... Qiyomatda nurli, ochiq chehra bilan diydorlashishimizni nasib et! Singlimni shu holga solgan odamsifat shaytonlarni jazosini ber...
Bir payt qadam tovushlari eshitildi. Kamron shart ortiga o'girildi... Qarasa bir yigit qabriston chekkasidan tez-tez yurganicha chiqib ketayotganiga koʻzi tushdi. Yigitning shoshilishi va orqaga umuman o'girilmasligi Kamronda allaqanday shubha uygʻotdi... Anchagacha yigit ketgan tomonga qarab qoldi.
* * *
Yusuf singlisining oʻlimi yuzasidan Toshkentdagi Jinoyat qidiruv boʻlimi boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi. Oʻzi boʻlajak yurish boʻlgani uchunmi jinoyatchilarni oʻzi topishni juda xohlab qoldi. Oradan bir oy vaqt oʻtib ketdi hamki jinoyatchilarning izi topilmagan edi. Yusuf bu holatdan nihoyatda asabiylashdi.
- Nahotki bir dona ham iz topilmasa?! Axir 5 ta oʻsmir qizni boʻlak boʻlak qilib ketgan oʻsha vaxshiylar qandaydir xatoga ham yoʻl qoʻygan boʻlishi kerak-ku?! Na barmoq izi bor, na biron belgi...?! Oʻsha adirlikni 3-4 martalab qayta-qayta koʻzdan kechirdik... Lekin yoʻq! Hech narsa yoʻq!
Yusuf bu ishni tagiga oʻzi yetmoqchi boʻldi. Va avvalboshidan voqealarni bir-bir taxlil qilishga kirishib ketdi...
* * *
QOTILLIKDAN 1 OY OLDIN.

MALIKA

Shavkat aka har ehtimolga qarshi bozordan qizi uchun ham u-bu narsa sotib oldi. Malika shirinliklarni yaxshi koʻradi. U uchun qora shokolad va qulupnoyli biskvit olganicha mashinasi tomon yoʻl oldi. Malika dunyoga kelganida Shavkat aka 45 yoshda edi. U eng kenja va eng erkatoy farzand... 4 ta akasi bor. Hamma akalari uylangan, oilali kishilar. Malika Shavkat aka va Gulmira opalarning oʻvunchogʻi edi...
Akalari juda ogʻir bosiq, vazmin odamlar lekin Malika unday emasdi. U judayam shoʻx shaddod va qiziquvchan! Doim nimalarnidir oʻrganadi, bironta yangilik qilishga kirishadi... U uchun sinfdosh qizlarini ichida eng yaxshisi Nafosat. U bilan muomilasi ancha yaxshi lekin qalin dugona emaslar. Nafosat juda sirli qiz. Balki shu uchundir undagi shu sirlilik Malikani doim oʻziga tortib turadi. Boshqa qizlar sevgi muhabbatga berilgan payti, Malika hali ham uyida qo'g'irchoq oʻynab oʻtirardi... Uning qalbida jajjigina Malika yashar va u hali beri katta boʻlmoqchi emas.
- Dadajon!
- Labbay qizim...?
- Pul bering.
- Asal qizim meni. Oʻtgan hafta bergandimku?! Bu safar nega yana pul?
- Dadaaa... Shahardagi bir magazinda rosa chiroyli koʻylak koʻrdim. Shuni kiyishni xohlayman!

Читать полностью…
Подписаться на канал