hikoyalar | Неотсортированное

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Подписаться на канал

Hikoyalar (G&M)

Usmonaka...
Replay teamdan yangi video!

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Ha... Tushunarli.
- Muhammad...?
- Haa?
- Odinani gapi esingdami?
- Qaysi gapi?
- Nazimni oʻldirish rejasini tuzishyapti degandi.
- Haa esladim. Xoʻsh?
- Nazim ularga qanchalik sadoqat koʻrsatmasin, ularning nazarida bir chaqalik qiymati yoʻq... Buni Nazimga isbotlay olsak, u hamma haqiqatni bizga aytib berardi...
- Toʻgʻri aytasan! Bizni kuzatib yurgan birontasini tutishimiz kerak. Keyin u Nazimni oʻldirmoqchi ekanini tan olsa, Nazim bilan yuzlashtirar edik...
- Men ham shuni oʻyladim. Qulay fursatni poylashimiz kerak...
Kamron va Muhammad Nazimni gapirtirish uchun, oʻzlarining izidan tushgan barzangi yigitlardan birontasini qoʻlga tushirishni rejalashtirishdi.
* * *
- Oyijon! Oyijonim! Oyijon! Meni kechiring! Men singlimi oʻldirmoqchimasdim! Qoʻrqoqlik qildim ona!!!! Men ablaxman ona.... Men bu ablaxman!!!
Azamat oʻzining vahimali qichqirig'idan uygʻonib ketdi. Uning peshonasi sovuq ter bilan qoplangan... Koʻzlarida qoʻrquv... Tush koʻribdi. Tushida onasi undan ranjigan qiyofada emish... Qoʻlida qop qora koʻmir. Onasi indayam kelin Azamatning yuzlariga koʻmir surkayveribdi...
Azamat koʻrgan tushining daxshatidan anchagacha oʻziga kelolmadi. Eshik qarsillab ochilganicha Guli kirib keldi. U nihoyatda vajohatda edi.
- Qachongacha yotasiz?! Jonimga tegib kettiz-ku?!
Azamat xotiniga hayrat va gʻazab aralash qaradi.
- Boshqalarni eriga oʻxshab pul topsayiz bo'lmaydimi?! Meni yurishlarim kelyapti. Menga 500 dollar pul kerak. Qayerdan olaman?!
Azamatning sabr kosasi toʻldi. Shumi uning sevikli ayoli?! Shumi qilgan orzu havasi?! Axir shu xotini xursand boʻlishi uchun jinoyatga aralashmaganmidi?! Oʻz singlisini qotili boʻlmaganmidi?! Endi esa, bir paytlar siz bilan har qanday kunga sabr qilib yashayman deya ohlar chekkan ayolidan mana bunday muomila koʻryapdi! Asli Azamatni Xudo urgani shu-da!
- Guli! Ahvolim yomon, nega tushunmaysan?! Koʻzimni yumdim degunimcha singlim koʻz oldimga keladi... Onam bilan dadam tinmay tushumga kirib noroziliklarini bildirib turishibdi! Boshim zoʻriqib ketyapti! Nega menga rahming kelmaydi?! Nega tushunmaysan?!
- Tavba qildim! Singliz nega koʻz oldizga keladi?! Siz nima qildizki bunaqa tushkunlikka tushib qoldiz?!
Azamat aytolmadi. Axir qanday qilib ayta olsin?! Singlimni pul uchun o'ldirdim, uni vaxshiylarcha boʻlaklarga boʻlib yotishgalarida jim qarab turdim. Qoʻrqoqligim sababli ogʻiz ocholmadim deyolarmidi?! Yoʻq !!! Bunga jurʼati yetishmaydi! U bunaqa mardlikka qodir emas.
- Bilmayman! Balki janozasidan keyin qaytib bormaganim, ukalarimdan xabar olmaganim uchundir...
Guli yuzini qiyshaytirib ensasini qotirdi. Shkafni ochib kiyimlarini birin-ketin yigʻishtira boshladi.
- Nima qilyapsan?!
- Ketaman! Eshityapsizmi ketaman! Bitta joyda tush koʻrib umri oʻtadigan erni menga keragi yoʻq!
Azamat yotgan oʻrnidan sakrab turdi. Uning fikrlari chuvalashib ketdi.
- Guli shoshmagin... Axir oʻrtada qizimiz bor...
- Qizimni oʻzim boqvolaman! Sizdaqa lapashang otani boridan yoʻgʻi yaxshi!
- Unaqa qilma, jonim! Meni tashlab ketasanmi?!
- Ha! Omon boʻling... Men juda zerikdim...
Azamat indamay qoldi. Miyyasi ishlamas, hayollari parishon... Koʻzida yosh miltiraydi... Guli lash-lushini ko'targanicha uydan chiqib ketdi. Koʻcha boshiga taksi kelib toʻxtadi. Guli yuklarini mashina bagajiga soldi. Oʻzi ham mashinaga chiqdi. Shu onda koʻzdan gʻoyib boʻldi...
* * *
Yangi ochilgan klinika tezda mashxur boʻlib ketdi. Bolalarni yaxshi davolovchi shifokorlar ishga olindi. Lekin begʻubor va sof koʻringan bu ishlar ortida qanaqa qabihliklar yashiringani Allohga ayon!
Sanjar Arslonov oʻzining biznes hamkorlari bilan uchrashib qaytgach, holati yomonligi va asabdan miyyasi zoʻriqayotgani yaqqon sezilib turardi. Unga sodiq bir kishi, uning oʻng qoli boʻlmish - Salim aka asta uning yoniga yaqinlashdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

13-QISM

Muallif:✍Usmonaliyeva Munira.

Sarvinozning bergan manzili boʻyicha aytilingan joyga yetib kelishdi. Shahar chekkasida joylashgan koʻrimsizgina qishloq. Odamlari ham kam, uylar ham shunga yarasha... Bir kishining uyi qo'shnisinikidan 20-30 qadam narida joylashgan. Atrof keng yoyilib ketgan adirlik... Kechki payt tushishi bilan chiyabo'rilarning uvullashi, bo'yog'lining vahimali ovozlari eshitila boshlaydi. Kamron va Muhammad yetib kelishganida kun allaqachon oʻrnini tunga boʻshatgan... Quyosh uyalgan kelinlar singari asta togʻ bagʻriga berkinmoqda... Atrofda qizgʻish shafaq nurlari... Kamron Nazimning uyiga qarab qoldi. Atrofi ivirsib ketgan, nursiz va fayzsiz xonadon!
Ichkarida odam yoʻq shekilli, uy chiroqlari yonmagan. Muhammad Kamronga ishora qildi... Kamron eshikni itarib koʻrdi. Ochilmadi. Kuch bilan ochmoqchi boʻlgan edi, Muhammad uni toʻxtatdi.
- Kamron... Unday qilma. Menimcha u uyida yoʻq. Ichkariga sezdirmay kirishimiz kerak.
Muhammad haq edi. Ular deraza orqali ichkariga sekin kirib olmoqchi boʻldilar. Muhammad engashib turdi. Kamron uning ustiga chiqib derazani ehtiyotkorlik bilan ura boshladi. Uy eski boʻlgani uchun, derazalar ham yaxshi yopilmaydigan boʻlib qolgan chamasi, deraza shiq etib ochilib ketdi. Kamron ichkariga kirib olgach, qoʻllarini Muhammadga uzatdi, ichkariga kirib olishgach, derazani sekingina yopib qoʻydilar.
- Kamron... U maraz ishqilib bugun kelarmikan?!
- Qancha boʻlsa kutamiz! Uni qoʻlga olmasdan ketmaymiz...
Muhammad doʻstining soʻzlarini maqullab bosh silkidi. Ular Nazimning uyida yarim kechagacha berkinib o'tirdilar. Soat tungi 2 ga yaqinlashdi. Muhammadning koʻzlari qizarib ketdi...
- Kamron, uxlab qilishim mumkin... Rossa uyqu tortyapti...
- Mayli uxlayver! Men poylab o'tiraman.
Kamronning koʻzlari eshikka qadaldi. U shuncha koʻrgiliklarni tashkillashtirgan, singlisini umrini, akasining sogʻligʻini ketqizgan, Odinadek begunoh ayolni o'limiga zamin yaratgan Nazimni koʻzlari toʻrt boʻlib kutar edi. Muhammad pishillab uxlab qoldi. Kamron esa hamon uygʻoq! Uning hayollari, oʻch olishga boʻlgan ishtiyoqi koʻzlaridan uyquni olib tashladi...
Nihoyat... Eshik zinjili shilq etdi! Kalitning buralgan ovozi eshitildi. Kamron suyunganidan oʻtirgan oʻrnidan sakrab turib ketdi. Muhammadni apil-tapil uygʻotishga urundi. Pichirlagancha doʻstini turta boshladi.
- Muhammad! Muhammad... Tur... U keldi...
Muhammad koʻzini ochdi. Ancha xushyor tortdi. Eshik ochilib Nazimning qop qora yuzi koʻrindi. Nazim ichkariroqqa kirdi. Mast edi... Turgan joyida 1-2 marta qalqib ketdi. Kamron va Muhammad baravariga yashiringan joylaridan otilib chiqdilar va Nazimni urib do'pposlay ketishdi. Nazim yiqilib tushdi... Xushini yoʻqotdi shekilli qimirlamay jim boʻlib qoldi. Muhammad vahimaga tushdi.
- Kamron! Ishqilib oʻlib qolmadimikan?!
- Yoʻgʻe... Bu haromi osonlikcha oʻlmaydi! Qani ishni boshlaylik...
Kamron va Muhammad Nazimni qoʻl oyoqlarini maxkam bog'lashdi, oʻzlari bilan olib kelgan qopga soldilar va yarim kechasi koʻchada hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilishgach, tezgina mashinalariga Nazimni solib qayoqqadir olib ketdilar...
* * *
Yusuf yotgan oʻrnida anchagacha boʻlib oʻtgan hodisalarni oʻylardi. Operatsiya yaxshi oʻtdi. Tizzadagi majaqlanib ketgan suyaklar olib tashlandi... Tizzadan pasti esa butkul kesildi. Kamron Germaniyadan akasi uchun pratez oyoq zakaz qildirdi. Uzogʻi 10 kun ichida yetib kelsa, Yusufni yana operatsiya qilishadi. Unga protez oyoq o'rnatiladi.
29 ga kirgan bu yigitning hayotta orzulari judayan koʻp edi. Eng zoʻr yurist boʻlaman, jinoyatchilikka barham berish yoʻlida kurashaman deya ahd qilgan Yusuf bugun bu yo'lda kurashish qanchalar qiyin ekanini tushunib yetdi. Jinoyat dunyosi - beshafqat dunyo ekan! U hech kimga rahm qilmaydi, hech kimni ayab o'tirmaydi. Lekin bir narsa aniqki, jinoyatchilarni fosh qilgach Yusufning bu qiynalganlari zumda unutiladi... Qalbi orom oladi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

— Вой онасини… — дея сўкинган бўлди Камолнинг укаси, — теша борми уйда, теша? Абжағини чиқараман буни ҳозир…
— Дўлмалар эзилади, эзилса очгандан нима фойда? — дедим юз-кўзимни буриштириб.
Камолнинг хотини:
— Яхшиси мих керак, қаттароқ мих…
Ҳамма ўзини уни очишда синаб кўрар, ким теша билан урар, кимдир мих билан тешмоқчи бўлди.
Қўлларидан консервани юлқиб олдиму тўғри ошхонага кирдим. Суяк майдалашда ишлатадиган чопқим бор эди, синалмаган битта ўша қолганди уйда, қўлимга олдим. Қаршимдаги консерва эмас гўёки бир душман эди. Энди уни очишни эмас, эзғилаб ташлашни хоҳлардим. Чопқи билан ура бошладим, бир урдим, икки урдим, учинчи урганимни биламан консерва учиб кетди. Аввал шифтга қараб учди, кейин деворга, шундаям тўхтагани йўқ, билярд шари мисол чирпираб бошимга келиб урилди, сўнг ерга тушди. Бошимни чанггаллаб ўтириб қолдим:
— Тфу, ярамас, қуриб кет.
Меҳмонхонага қайтганимда пешонамда ёнғоқ катталигида шиш пайдо бўлганди.
Камол:
— Буни чилангардан бошқа бироқ очолмайдиёв, — деди.
Аёлим ҳам сўз жуфтлади:
— Айтганча, чилангир деганингизга эсимга тушиб кетди, пастки қаватда яшайдиган қўшнимизнинг эри темирчи, олиб борайми, балки оча олар.
Ҳар тарафидан зарба еявериб қийшайиб, букчайиб кетган қути гўёки портлаши кутилаётган қўлбола бомба каби ерда ётар, уйдаги тўққиз киши атрофига тўпланиб, қўрқув ва ҳавотир ичида унга боқардик.
Аёлим уни темирчи қўшнимизникига чиқаришга ҳозирланаётганида эшиқ қўнғироғи чалинди.
— Юқорида ҳар хил шовқинни эшитдик, тинчликми ишқилиб, деб чиқиб келавердик…
Бу ўша темирчининг аёли эди. Очиғини айтсам, мен консерванинг очилишидан умид узган, бироқ унинг ичидаги дўлмаларнинг ҳоли нима кечдийкан деб қизиқардим. 5-6 дўлма учун шунчалик уриниш, шунчалик жароҳатлар, арзирмикан…
Аёлим темирчининг аёлига барини бир бошдан тушунтира бошлади:
— Оҳ, сўраманг қўшнижон, — деди хотиним сўзини якунларкан, — барчамиз қон ичида қолдик, кимнингдир қўли кесилди, кимнингдир боши ёрилди.
Аёл:
— Воҳ, бечорагиналара… — деди ачиниб.
— Сизнинг хўжайин оча олармикан-а?
Камол ўртага қўшилиб,
— Агар темир бурғуси бўлса, балки оча олар, — деди.
Укаси ҳам гапга қўшилди:
— Буни бурғу билан очиб бўлмайдиёв, — деди, — бунга темир қалам керак менимча, устига қўйиб, орқасидан болға билан урилса очилади албатта.
Аёл:
— Афсус, хўжайиним уйда эмасда, уйда бўлса албатта очиб берарди, — деди, — бироқ уйда шогирди бор. Мен ҳозир тушиб, уни чиқариб юбораман, балки оча олар.
— Йўқ-йўқ, хонимафанди, ахир бу шогирд қила оладиган иш эмас.
— Жуда меҳнатсевар бола, ўзи ўн икки ёшда, аммо қўлидан ҳар нарса келади. Яқиндагина қишлоқдан келди. Бечора ўқишни эплолмабди, шунга касб ўрганаман деб келибди…
Аёл гапини тугатар-тугатмай уйдан чиқиб кетди. Беш дақиқадан кейин қоқсуяк, қоравой бир болани бошлаб келди. Болага мийиғида кулиб:
— Юсуф, шу қутини очиб бер ўғлим, — деди.
Биз барчамиз ерда қийшайиб ётган консервага жон олувчи бир машина каби улкан қўрқув ичида бокардик. Болакай бизнинг афтода ҳолимизга қора кўзларини катта очиб, ҳайрон-ҳайрон тикилди. Сўнгра ердан қутини олиб, ҳар тарафига айлантириб, кўрикдан ўтказа бошлади.
Ҳаммамиз бир фикрни қўллаб-қувватлаб, ўртага ташлардик: “Бирор бир асбобсиз очилмайди ўғлим…”, “Тавба, кап-катта инсонлар очолмадик, бу бармоқдай келадиган бола қандай очсин?”, “Болажоним, қўйсангчи шуни, бирор ерингни кесиб олма тағин…”
Болакай қийшайверганидан ранги ўчиб кетган консервани чап қўлига олди, ўнг қўли билан худди қоғоз йиртган каби қутини очди ва бизга узатди:
— Марҳамат!
Ҳайратдан кўзларимиз косасидан чиқиб кетай дея сўрадик:
— Ё тавба, болам, қанақасига, қандай очдинг?
Болакай:
— Нима бало ўқишни, ёзишни билмайсизларми? — деди, — манаку, ёзиб қўйибди устига қандай очилишини.
Ҳақиқатда консерванинг устида қуйидагича ёзув бор эди: “Консервани очиш учун тутқичидан тутиб қарама-қарши тарафига секингина тортинг”.
Шу пайтгача қилган аҳмоқона уринишларимизни ўйлаб хаёлга толганимиздан темирчининг шогирди уйдан қандай қилиб чиқиб кетганини ҳам сезмай қолибмиз. Унга миннатдорлик билдиришга ҳам улгурмабмиз…

Турк тилидан Раҳмат Бобожон таржимаси

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Азиз Несин. Консерва ҳангомаси (ҳикоя)


Бир омадсизлик келса устма-уст келавераркан. Ўша кун Камоллар бизникига меҳмонга келишганида уйда бирорта егулик қолмаганди.
Аёлим нима қилишни билмай:
— Югур, баққолдан консерва олиб кел, — деди ўғлимизга.
Болакай кетишга тараддудланаркан:
— Нима консерва олиб келай ойижон? — дея сўради.
— Нима топсанг олиб келавер, дўлмами, ловиями, фарқи йўқ…
Ўғлим югуриб кетди. Биз бир тўп меҳмонлар билан катта меҳмонхонада ўтирардик. Камол соатига қаради, егулик кеч қолаётганидан сиқилаётганини юз-кўзидаги ифодадан билиб олиш қийин эмасди. Бу қанақа хонадон бўлди-а? Уйда учта аёл бору битта дастурхон тўшай олишмади. Соат тўққизга яқинлаяпти. Меҳмонларни бироз алдаб турмоқ учун шеъриятдан гап очдим. Тўғрида, бошқа нима ҳақида гапирардим, ҳар ҳолда шеър ҳақида сўз очилса суҳбат узунроқ бўлади.
Бир маҳал ташқаридан ғала-ғовур, камига тарақлаган овоз эшитилди.
Камол кулимсираб:
— Қўшниларингиз уйида устахона очди шекилли-а, — деди.
Ошхонадан ҳам кимларнингдир узун-юлуқ суҳбати эшитилди:
— Аҳмоқ, ундай очилмайди ахир… Очқич қаерда, бор, топ.
— Менга беринг, ўзим биламан қандай очишни.
— Йўқ, пичоқ олиб кел, ўзим очиб бераман сенга…
Тинчликмикан, нималар бўляпти ўзи, дея ошхонага кирдим. Кирибоқ турган жойимда қотиб қолдим, қарасам, аёлимнинг қўлидан қон оқиб ётибди, ерда эса бир консерва, ёнида теша, пичоқ, болға, очқич ётибди…
— Бу қандай шармандалик, — дея бақирдим, — меҳмонларнинг овқат кутавериб тоқати тоқ бўлди, сиз бу ёқда битта консервани очолмай тортишиб ётибсизлар, устига-устак ҳамма ер қон. Нима деган гап бу?!
Онам барибир қайнона эмасми, ўз анъанасига содиқ қолиб:
— Мен айтдим, — деди, — консерва бундай очилмайди ахир.
Қизим онасининг қонаётган қўлини боғлай бошлади, онам эса очқични олиб, бир тарафдан консервани очишга, бир тарафдан ғўлдирашга тушди:
— Ҳар бир ишнинг ўй йўли бор. Ҳеч замонда болға билан очилганми консерва?
Кўп гапириб ўтирмай ўзи ишни қотирмоқчи бўлди, бироқ минг уринса ҳам очолмади, бармоғини ҳам кесиб олди, э қуриб бит, дея консервани бир тарафга, очқични бир тарафга отиб юборди.
Бироз туриб яна тилга кирди:
— Ҳозирги консерваларни қандай ясашяпти ўзи-а? Эски консерваларни қўлингга олиб, “бисмиллоҳ” деб очқич билан бир бурасанг бўлди эди, тамом, қоғоз каби йиртилиб кетаверарди.
Қизим бу сафар онасини ёлғиз қолдириб, бувисига ёрдамга шошилди.
Энди сўз навбати менга келганди. Консервани келтирган ўғлимни қош чимириб, ғазабланиб тергай бошладим:
— Ақл-пақл деган нарса борми ўзи сенда? Одам консерва олганида баққолга очтирмайдими ахир? Мия йўқ сенда, мия… Ол буни, югур, кетиб қолмасидан олдин баққолга очтириб кел.
— Ота, ахир менам айтдим очиб беринг деб, кўнмади баққол.
— Нега очмас эмиш, нега кўнмади?
— Очмас экан… Чунки, ўтган куни шогирди битта консервани очаман деб томирини кесиб олибди, тез ёрдамда зўрға касалхонага етказиб боришибди. Мен жонимни кўчадан топиб олганим йўқ, деди баққол.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Akmal chuqur iztirob va depressiya taʼsirida koʻp miqdorda narkotik qabul qila boshlaydi. Uning onggi butkul ishdan chiqadi... Bundan foydalangan Nazim unga qizlarni oʻldirishi uchun sharoit yaratib berishimini talab qiladi! Akmal miyyasiz bir manqurtga aylangan edi. Uning barcha buyruqlarini soʻzsiz bajaradi. Qizlar oʻlgach, uning ahvoli battar yomonlashadi. U tabletkaga shunchalik o'rganib qolgandiki, bir kun ichmasa aqldan ozar, koʻziga yomon, xunuk narsalar koʻrinar... Butun badani qaqshab ogʻrirdi...
Dadasi ham shunday xumor tutgan mahal gʻirt shirakayf holatda uyga kirib keldi... Uning qiliqlari Akmalga juda xunuk koʻrindi. Goʻyo qarshisida dadasi emas, bir choʻchqa turgandek boʻlaverdi... Oqibatda dori va qattiq bosh ogʻrigʻi natijasida oʻz otasi vaxshiylarcha o'ldirdi...
Akmal oʻsha voqeadan soʻng aqldan ozdi va jinnixonaga yotqizildi... Mana hozir ahvoli ancha yaxshi. Ruhiy holati ham joyiga tushib qoldi... Agar Akmal butkul sogʻayib ketsa, uning ishi yana sudda koʻrilishi mumkin... Voyaga yetmagani inobatga olinib uzogʻi 5 yil muddatga "Ahloq tuzatish kaloniyasi" ga jo'natilish ehtimoli katta...
Kamron Akmalning homush qolganiga biroz tikilib qoldi.
- Akmal... Ayt! Sendan tashqari yana kimlar dori sotar edi... Oʻshalar orqali Nazimni topishimiz mumkin tushunyapsanmi?!
Akmal boshini koʻtardi... Kozlari oʻychan, hayolida nimalarnidir qidirgandek boʻlardi.
- Bor... Bir qiz bor... Bir marta koʻrganman. U ham dori sotardi. Adashmasam institutda oʻqiydi.
Kamron ichidan suyunib ketdi. Va nihoyat kalavaning uchi topildi.
- Xoʻsh u qiz qayerlik? Uyi, yoki tashqi koʻrinishini, ismi-sharifi yodingdami?
- U bilan biroz suhbatlashgandik. U han doriga o'rganib qolgan... Oʻzi kambagʻal qiz. Doriga puli yoʻq... Nazim aytgan ishlarni bajaradi evaziga oʻzi uchun dori olardi...
- Yaxshi... Ismi nima? Qayerda yashaydi?
- Ismi Sarvinoz... Shu institut yaqinidagi koʻchada uyi bor. Domda turadi! Qaysi domligini bilmayman lekin...
- Sarvinoz degin... Institut yaqinidagi domda turadi, degin...
- Shunday... Aka, u haqida boshqa narsa bilmayman. Bilganim shular...
- Aha... Mayli sogʻ boʻl...
- Xoʻp aka...
Kamron eshikni ochib endi ketmoqchi boʻlgandi, ortidan Akmal chaqirib qoldi.
- Aka... Kechirolsangiz. Alloh uchun kechiring meni...
Akmal haqiqatda qilgan ishidan afsusda edi... Uning koʻzlari pushaymonligidan dalolat qilib turardi. Kamron indamadi... Asta eshikni ochib tashqariga chiqib ketdi.
* * *
Yusuf Kamron keltirgan ma'lumotdan quvondi... Kamron Muhammad bilan birgalikda oʻsha dori sotadigan qiz - Sarvinozni qidirishga kirishdi... U institutda oʻqir... 2-kurs talabasi ekan. Uyi ham uncha uzoq emas... Ikki xonali kvartirada turarkan! Onasi yoʻq... Dadasi nogiron! Bir tomoni umuman ishlamas, toʻshakka mixlanib qolgan ekan. Kamron shu malumotlar asosida Sarvinozning uyiga yaqinlashdi. Eshik qoʻngʻirogʻini chaldilar. Ichlaridan yosh qizning "Kim u?"degani eshitildi. Eshik zinjili tushirildi...
- Kechirasizlar, sizlar kimsizlar?
Kamron va Muhammad qizga boshdan oyoq razm soldi. Qizning qorni qappayib qolgan edi. U homilador ekani yaqqon bilinib turardi.
- Biz jinoyat qidiruv boʻlimidanmiz! Akamizning ishini davom ettiryapmiz... Sizga beradigan savollarimiz bor.
Sarvinoz qoʻrqib ketdi. Shallaqilik qilib ularni quvib solishga harakat qila boshladi.
- Men hech narsani bilmayman! Tez bu yerdan ketinglar! Hech qanaqa sabollaringga javob bermayman!
- Qarshilik qilishiz oʻzizga zarar boʻladi. Noqonuniy tabletkalar sotganizdan xabarimiz bor... Yaxshilikcha biz bilan suhbatlashasiz yoki shu yerni oʻzidan qo'lizga kishan solib olib ketamiz!
Sarvinoz suvga tushgan mushukdek mum tishlab qoldi. Hozirgina yigitlarga qahr bilan qaragan koʻzlaridan yosh oqa boshladi.
- Jon akalar... Meni aldashdi! Xudo haqqi aldashdi! Ancha boʻldi... Dori sotmay qoʻydim! Iltimos, nogiron dadam bor... Uni mendan boshqa hech kimi yoʻq... Yolvoraman, qamamanglar... Iltimos qilaman...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

12-QISM

Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira.

Odinaning oʻlimi Yusuf uchun kutilmagan zarba boʻldi. U hayoti mobaynida chin dilidan sevib qolgan kishisini yoʻqotdi... Odina kelgan hayotidagi chizgilarga kirgan turli xil begʻubor ranglar, uning oʻlimi xabarini eshitgan zahoti yana oq-qora tusga kirdi. Endi goʻyo Yusuf uchun bu hayotda yashashdan maqsad qolmagandek edi... Endi orzulariga yetishib Yuridikaga o'qishga kirgan yili, avtohalokat tufayli ota-onasidan ayrildi... Keyin esa oradan salkam 4 yil oʻtib yakka-yu yolgʻiz singlisini boʻlaklangan jasadini koʻradi... Uni yigʻlab-yiglab tuproqqa qoʻydi... Endi esa... Odina! Bu yoqotiahlar qachon tugarkin?! Yusuf ham boshqa baxtli kiahilar kabi kula olarmikan?! Koʻzlari chaqnarmikan?! Bugun operatsiya kuni! Yusufning oʻng oyogʻi kesiladi... U uchun chet davlatga pratez oyoq zakaz qilishdi... Yetib kelgan zahoti Yusufga o'rnatiladi... Bu begona temir oyoq, o'z oyogʻining o'rnini bosa olarmidi?! U baribir nogironligicha qolaveradi... Har holda Yusuf oʻzini mana shunday tasavvur qilardi. Ichidan minglab kechinmalar oʻta boshladi... Yotgan o'rnida yuragida kuchli ogʻriq turganini sezdi. Bu ogʻriq shu qadar kuchli edi-ki, Yusufning koʻzlarigacha yetib keldi... Yosh boʻlib tashqariga otildi. Yusuf yotgan o'rnida yum-yum yigʻlay boshladi...
- Men aybdorman! Agar shu jin urgur kasalxonaga tushmaganimda edi, Odinani oldida boʻlardim! Unga hech kim yaqinlasholmasdi! Men noshud insonman!
Yusuf oʻzini ayblaganicha koʻzlaridagi yoshni artardi... Lekin yosh sira ham to'xtamasdi. Birdan eshik ochilib Kamron kirib keldi. Uning egnida qora to'n, belida qiyiq, boshida doʻppi! Yusufning battar yuragi siqildi! Battar qalbidagi ogʻriq kuchaydi...
- Aka...
Kamron akasiga mayus tikildi. Uning ham koʻzlarida anglab boʻlmas mung bor edi.
- Singlimni qabri yoniga ko'mdik...
Yusuf alamdan boshini yostiqqa bir-ikki koʻtarib urdi.
- Hatto oʻz qoʻlim bilan ham ko'ma olmadim! Tobutini ko'tarib, soʻnggi manziliga kuzatolmadim!
Yusufning iztirobi yuraklarga urilar darajada edi. U chuqur qaygʻuga botdi... Kamron ham akasining dardini tushunar, nima deb ovutishni, qanday gap bilan koʻngliga taskin berishni bilmay anchagacha yigʻlayotgan akasiga tikilib qoldi...

TIBBIY EKSPERTIZA XULOSASI.

Odinaning jasadini tibbiy ekspertizadan o'tkazishdi... Uning tanasida jarohatlar yoʻq... Urilgan, koʻkargan joylar mavjud emas. Faqatgina boyin qismida arqon qoldirgan koʻkimtir izlar mavjud. Ekspertiza xulosasi boʻyicha: Bu hech qanday qotillik emas! Boʻynida arqon izlaridan boshqa iz topilmadi... Odinaning uyida ham biron begona kishining izlari yoʻq... Demakki bu qotillikmas, balki oʻz joniga qasd qilishdir.
Odinaning o'lim sababi xulosa qismiga "OʻZ JONIGA QASD QILISH" deya yozildi. Kamron ekspertiza natijalari va xulosa qogʻozidan nusxa koʻchirtirdi... Bu xabar Odinaning ota-onasini ado-yu tamom qildi! Qizi biz sabab shu ishni qildi deya oʻzlarini aybladilar!
- Yosh ketgan qiziiiiiiim! Jonim qizimaaa! Seni biz baxtiqaro qildik, qizim! Umri erta zavol boʻlgan qizim!!!
Odinaning onasi - Ominaxon opaning faryodi butun mahallani tutib ketdi. Hamma Odinani qizlarni oʻlimiga aybdor boʻlgani uchun, vijdon azobiga chidolmay oʻzini osib o'ldirdi, deya gapira boshladilar... Bu gap-soʻzlar Ominaxon opani yuragini ezar, uni kundan kunga iztirobga solardi.
Lekin Kamronning yuragi aniq sezib turibdi-ki, bu prafessional rejalashtirilgan qotillik! U bunga aniq ishonadi! Tibbiy ekspertiza qogʻozlarini papkasiga solganicha, akasining oldiga bordi... Yusuf xulosa natijalarini, Odinaning uyidan olingan suratlarni sinchiklab tekshirdi... Uning eʼtiborini bir narsa oʻziga tortdi... Odinaning boʻynidagi arqon izi juda ingichka... Lekin u osilgan arqonning qalinligi koʻproq edi... Demak bu yerda 2 xil arqondan foydalanilgan... Yoʻgʻon arqonda kishini boʻgʻib oʻldirish biroz qiyinchilik va koʻp vaqt oladi... Arqon qancha ingichka va pishiq boʻlsa boʻgʻish shuncha oson boʻladi... Yusuf ukasiga qaradi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Eslab- eslab

Hammasi 2022-yil 27-dekabr kuni boshlandi. Oddiy bir onlayn suhbat, samimiy tanishuv. Avvaliga aka-singildek edik. Bir-birimizga mehribon, hazilkash, yaqin. Hech qanday his yo‘qdek tuyulgandi. Lekin inson qalbi doim senga sir tutadi. Qachon yuragingni kimdir egallab olishini oldindan bilmay qolasan.


2023-yil 11-oktabr kuni — birinchi bor yuzma-yuz ko‘rishgan kunimiz. O‘sha lahza, ko‘zlar uchrashganda yurak boshqa urdi. Boshqacha bo‘ldi hammasi. O‘sha ko‘zlar, o‘sha tabassum yuragimda yangi bob ochdi. Sevgi boshlandi. Haqiqiy, samimiy, soddadil bir sevgi. Yillar o‘tdi. Hikoyamiz 3 yildan oshdi. Ko‘p narsa boshdan kechirdik: orzular, rejalalar, kechikkan qo‘ng‘iroqlar, sabrsizlik bilan kutilgan uchrashuvlar...


Ammo 2025-yilning 31-mart kuni... hammasi tugadi.


U menga “kech” dedi. Oramizdagi hislar, ishonchlar, birga qurilgan kelajak — barchasi o‘sha metro bekatida, ko‘z yoshlar orqasida yo‘qoldi. Qo‘l uzatganimda, u ortga yashirdi. Men esa orqamga qaramasdan ketdim. Yig‘lamaslik uchun. G‘ururimni sindirmaslik uchun.

Endi esa... sevgi degan so‘z meni hech qanday hislantirmaydi. Yuragim muzlab qolgandek. Kimdir meni yaxshi ko‘rmoqchi bo‘lsa, ichimda faqat bitta fikr: “Kerakmas”. Chunki eng sof tuyg‘ularimni berganman. Va u ketdi. Endi hech kimga beradigan tuyg‘um qolmagan.

Men sevgiga emas, hayotga befarq bo‘lib qoldim. Har kim o‘zini o‘ylaydi, har kim o‘zini qutqaradi. Men esa o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Endi faqat bitta haqiqat bor: yuragimdan u nom o‘chmaydi, ammo u yurak endi sevishni bilmaydi...

"Birinchi uchrashuv va birgalikda o‘tkazilgan kunlar..."


Birinchi marta uchrashganimizni eslayman. U menga qarab, "Boyingiz sal kichik ekan," degandi. Hazil qilib, "Yo‘q, men uzunman," degandim. Ikkalamiz ham kuldik, ammo o‘sha kulgu orqasida nimadir bor edi — bir-birimizga yaqinlashayotganimizni, bir-birimizni anglay boshlayotganimizni sezgan edim. O‘sha paytda buni bilmasdim, lekin uning har bir so‘zi, har bir qarashi, o‘ziga xos bir ifodaga ega edi.


Birinchi uchrashuvda u mendan, "Nechta qizni yaxshi ko‘rgansiz " deb so‘ragan edi. Men esa unga, "Umrimda bir marta rostakamiga sevdim, faqat seni," deb javob bergandim. O‘sha so‘zlar, hali ham qulog‘imda yangraydi. Bu faqat so‘zlar emas edi. Bu bir his edi. Bu, sevgi — chinakamiga birinchi marta o‘sha payt his qildim.


Birgalikda kutubxonaga borardik. Dars qilish uchun joylar, lekin o‘sha darslardan ko‘ra, bizning suhbatlarimiz, kulgilarimiz ko‘proq edi. Birgalikda bog‘larda ham ko‘p vaqt o‘tkazdik. G‘afur G‘ulom bog‘ida, Mirzo Ulug‘bek bog‘ida, eco parkda, botanika bog‘ida... har bir burchakda, har bir o‘tirgan joyda o‘zimizni boshqacha his qilar edik.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Hikoyalar kanali o'quvchilaridan kelgan hikoya...
👇

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

АҚШнинг Нью-Мексика штати полиция департаментида узоқ йиллар ишлаган Стьюарт Стэл кучли отишмада оғир яраланиб шифохонага тушади. Ўшанда у тўрт нафар асирни қутқаришга муваффақ бўлган, ўзим билан юзма-юз келганди. Ундан интервью олишганида шундай деган эди:

"Ҳар дақиқада кимдир бу дунёни тарк этади.
Биз ҳам бу навбатда турибмиз — ҳатто буни ҳис қилмасак ҳам.
Олдимизда қанча одам борлигини ҳеч қачон билмаймиз.
Навбатдан чиқиб кетолмаймиз.
Бошидан қайта туролмаймиз.
Бошқа томонга ўтиб кетиш имкони ҳам йўқ.

Шунинг учун... бу навбатда турган пайтда:

— Яхши лаҳзаларни пайқай бил;

— Ҳаётингдаги энг муҳим нарсаларни белгилаб ол;

— Вақтингни қадрла;

— Сенга берилган неъматларни дунёга кўрсат;

— Инсонларнинг қадрига ет;

— Овозингни дунёга эшиттир;

— Кичик ишларни катта мазмун билан бажар;

— Кимнидир кулишга мажбур эт;

— Ўзгариш ярат;

— Сев;

— Тафаккур ва ижод қил;

— Ҳаётга тинчлик олиб кир;

— Яқин инсонларинг уларни қанчалик севишингни, албатта, билишсин;

— Ўтмиш учун афсусланма;

— Ва энг муҳими — ўлимга доим тайёр эканинга ишонч ҳосил қил...

©️ Сарвар Раҳимий таржимаси

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Shahrimizda farzandlarimiz sogʻligiga eʼtibor qaratishimiz joiz... Biz yoshlarga yanada koʻproq imkoniyatlar va shart sharoitlar yaratsak, kelajakda ular bizga biz qilgandan 10 barobar balki 100 barobar qilib qaytarishadi... Bu klinika ham farzandlarimizning sogʻligi va kelajagi uchun qurildi! Yurtboshimizning tabdirkorlarga keng imkoniyatlar yaratib berganligi biz uchun ham koʻplar eshiklarni ochdi... Zero davlat taraqqiy etsa, odamlar ham boy boʻladi... Yurtimiz bayrogʻini butun dunyoda tan olishadi.
Sanjar Arslonov juda yonib kuyib soʻzlar. Har bir gapi nihohalanishi bilan pastdagi odamlar gurr etib qarsak cholishar edi... Sanjar Arslonov avval bojxonada ishlagan va isteʼfoga chiqqan. Shuning uchun boʻlim boshliqlari bilan yana sud idorasida ham tanish bilishlari talaygina. U mikrafonga ogʻzini yaqinroq olib keldi va ovozini tantanali tarzda jaranglatdi.
  - Mamnuniyat va cheksiz extirom bilan, xalqimiz uchun, farzandlarimiz uchun mana shu yangi bolalar shifoxonasini ochiq deb eʼlon qilaman! Klinikamiz bir hafta bemorlarga tekin hizmat koʻrsatadi! Hammaga rahmat!
Sanjar Arslonovga katta bir qaychi keltirdilar. U Klinika eshigi oldidagi qizil lentani ohistalik bilan qirqdi. Qarsaklar chalindi. Sanjar Arslonov mamnun jilmaydi...
  Yigʻilganlarning barchasi klinika ichiga kirishdi. Uni sharoitlari va xizmat turlari bilan tanishish boshlandi. Kimdir Sanjar Arslonovning qulogʻiga bir gapni shipshitib ketdi. Sanjar Arslonov yonidagi tadbirkorlik sheriklariga bir narsalarni bahona qilganicha tashqariga shoshildi. Uni mashinada bir shaxs kutib oʻtirar edi. Sanjar Arslonov oʻzining qora Jeep iga o'tirdi.
  - Shef! Odina oʻldi... Hammasi siz buyurganizdaqa ketyapti.
  - Juda yaxshi. Muommo yoʻqmi?
  - Hozircha yoʻq...
  - Politsiyadagilar nima deyapti?
  - Qiz oʻz joniga qasd qilgan... Har holda birinchi oʻrindagi taxminlari shunaqa boʻldi.
   - Juda yaxshi...
   - Shef... Yusuf qattiq iztirobga tushibdi. Endi bizga qarshi chiqolmasligi tayin...
  - Uni yana bir ukasi bor ekanku, Kamron deganlari...
  - U yaqindagina maktabni bitirgan goʻdak... Qoʻlidan hech narsa kelmaydi...
  - Mayli... Lekin hushyor turinglar. Nazim masalasi nima boʻldi?
  - Sizni buyrugʻizni kutyapmiz.
  - Erta-indin unga ham navbat keladi... Mendan xabar kutinglar.
Sanjar Arslonov mashinadan tushdi. Oʻzining yangi ochgan klinikasida asta-asta odimlab kirib ketdi...

11-QISM TUGADI

⏰23.04.2025.             17:13

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Uni bu holatda tashlab ketgisi kelmaydi... Shu sabab u ota-onasi bilan ketmadi. Axir ular u yerda bir hafta qolishmoqchi! Bir hafta Yusufni ko'rmaslik, uni holidan xabar olmaslik mumkinmi, axir?!
Odina oshxonaga kirdi. Judayam ochiqqan edi. Muzlatgichdan tuxum va kalbasa oldi. Endi tovaga qo'lini uzatganini biladi boʻyniga kimdir arqon soldi. Odinani ogʻzini ovoz chiqarmasin deya maxkam berkitdi. Odina oyoqlarini va qo'llarini muttasil tipirchilatar... Koʻzlaridan achchiq yoshlar quyilardi... U gapirolmas, chunki uni bo'g'ayotgan kishi judayam kuchli va baquvvat edi. Odinani boʻynidagi arqon qattiqroq qisildi... Oyogʻini tilirchilatgancha tinmay oʻzini u-yoq bu yoqqa urishga urinar edi. Birdan zarb bilan tipirchilayotgan oyoqlar toʻxtadi. Qo'llar ham bo'shashib pastga osilib qoldi. Odinaning joni uzilgan edi! Boyagi qotil oshxonaning chiroq ilinadigan joyiga arqon o'rnatdi. Odinaning murdasini bo'yniga arqonni o'radi va ilingan arqonga osib qoʻydi!
Odinaning oʻlganini 2 kun hech kim bilmadi. U oshxonada naqt 2 kun osilib qoldi... Yusuf uning kelmayotgani va hatto qoʻngʻiroq qilmayotganidan havotirga tushdi. 100 martadan ortiq telefon qildi... Boshida Odinaning telefoni chaqirdi keyin esa, "Xizmat koʻrsatish doirasidan tashqarida" javobi kela boshladi. Yusufning havotini battar kuchaydi. U darhol Kamronga qoʻngʻiroq qildi.
- Labbay aka!
- Kamron... Odina yoʻq... 2 kundan beri kelmayapti, uka.
- Iyiii... Nega ekan?
- Bilmasam. Havotirlanyapman judayam. Uka, Odinani uyiga borib xabar olib kel...
- Xoʻp aka... Hozir boraman.
- Rahmat... Borgan zahoting menga qoʻngʻiroq qil.
- Xoʻp boʻladi...
Yusufning koʻngli judayam gʻash edi. Odina hech qachon bunaqa indayam yoʻq boʻlib ketmasdi. "Aniq nimadir boʻlgan" hayolidan oʻtkazdi Yusuf. Miyyasiga har xil fikrlar kela boshladi. Baʼzilari qoʻrqinchli edi hatto! Yusuf unday hayollarga berilish yaxshi emasligi bilardi...
- Bo'lmag'ur hayollarga borma, Yusuf! Inshaalloh Odinang soppa-sog'!
* * *
Kamron Odinaning uyidagi manzarani koʻrib turgan joyida qotib qoldi. Odina oahxona o'rtasida osilganicha turar, devorlarga daraxt barglari bilan katta qilib "MEN AYBDORMAN! VIJDON AZOBIGA CHIDAY OLMADIM!" Soʻzlari yozilgan edi. Bu hol xuddi o'z joniga qasd qilishdek koʻrinar edi... Kamron politsiya hodimlarini chaqirdi. Xona boʻylab tekshiruv ishlari olib bordilar, baxtga qarshi qotillikka oid bironta dalil topisholmadi...
- Kamron... Bu qotillik emas, o'z joniga qasd qilish, menimcha... Qara uyda faqat Odinaning izlari bor. Devordagi yozuvlar ham u oʻzini oʻldirganini koʻrsatyapti.
Kamron ishonchsiz bosh chayqadi.
- Yoʻq... Yoʻq... Unday emas... Bu qotillik! Aniq qotillik! Atayin uyushtirishgan, Odinani oʻz joniga qasd qilgandek ko'rsatishgan. Lekin men aniq bilaman, bu oʻz joniga qasd qilish emas!
- Qayerdan bilasan... Bir necha kun oldin, Odina qizlarning o'limida aydor deya sud qilinmaganmidi?! Balki rostdan ham bu ayol jinoyatga aralashgandir?
- Yoʻq men aniq bilaman. Odina jinoyatchi emas, jinoyatchilarga yordam ham bermagan... Bilasizmi u bizga bir xabarni aytgandi... Balki shu sabab uni o'ldirishgandir...
Politsiya boshligʻi Kamronga sinchkov nigoh tashladi.
- Qanday xabar?
- Ular - oʻsha jinoyatchilar Yusuf akanmi atayin nogiron qilishgan ekan, endi esa navbat Nazimga kelgan, yani ular endi Nazimni yoʻq qilishmoqchi boʻlishgan... Odina shu gaplarni eshitib qolgan ekan... Shuni bizga aytgandi.
- Odina qayerda eshitibdi?
- Sud binosi ichidagi qandaydir kichkina xonada...
- Boʻlishi muminmas! Qanaqasiga?!
- Bilmayman... Lekin Odina rost gapirgan edi... Aniq ishonchim komil...
Politsiya boshligʻi ham biroz o'ylanib qoldi. Odinaning jasadini o'likxonaga jo'natishdi... Tibbiy ekspertiza qilishga ariza yozdilar...
Kamron juda ham asabiy edi. U koʻrgan hodisasidan nihoyatda shokka tushgan, 2 kun oldin koʻrgan insoni oʻlik holda topilganidan hayratda qolgan edi. Endi akasiga nima deydi?! Yusufning ham sogʻligʻi yaxshi emas... Qanday qilib Odinaning oʻlimi xabarini unga yetkazadi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Sizning uyingizda nechta kitob bor ?
Kutubxonangiz bormi ?
198 tani birimisiz yoki 2 tani biri ?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Aha, havotirlanmang, hammasi yest boʻladi!
Shef miyigʻida kulib qoʻydi. Nazimning yelkasidan qattiq-qattiq shapatiladi...
Nazim Yusufni poylay boshladi. Yusuf Kamronni qahergadir olib bordi va u yerdan yana bir yigit bilan chiqishdi... Nazim uni yolgʻiz qolishini kuta boshladi. Nihoyat Kamron va boyagi yigit Yusufning mashinasiga o'tirib ketishdi... Yusuf bir oʻzi koʻcha boʻyida qoldi. Nazim uchun bundanam qulay fursat boʻlmasligi aniq edi. U yoʻl chetida turgan Yusuf tomon kuchli tezlikda harakatlana boshladi. Yusuf oʻziga qarab kelayotgan mashinaga koʻzi tushdi va tezgina ungan qochishga urindi lekin ulgurolmadi. Mashina kelib Yusufning oyogʻini ezib ketdi... Yusufning oʻng oyogʻi mashina g'ildiragi ostida qoldi. Nazim chaqqonlik bilan mashinani orqaga harakatlantirdi va tezlik bilan gʻoyib boʻldi. Koʻchadagi kishilar Yusufning tepasiga yugurib keldilar.
- Bitta ablax urib ketib, oʻzi qochib qoldi!
- Tez yordamga telefon qildilaringmi?! 02 ga ham qililar...
- Keling ukajonim... Yoo Alloh oyogʻingiz!!!
Yusufning oyoq suyaklari majag'lanib ketgandi... Hammayoq qip-qizil qon bilan belandi. Yusuf og'riqdan bazoʻr koʻzlarini ochar, tinimsiz hansirardi... Uning peshonasidan munchoq kabi terlar oqib tusha boshladi. Og'riq nihoyatda kuchli edi!
- Ukajon... Tuzukmisiz? Uka! Koʻzizni oching! Oching koʻzizni!
Yusufning koʻzlari oʻz oʻzidan yumilib keta boshladi... U hushidan ketdi... Odamlar uning yuziga asta shapatilay boshlashdi. Baʼzilar yurak urishini eshitib koʻrdi.
- Ishqilib yigit tirikmi?
- Haa... Tirik. Yuragi uryapti...
- Voy Xudoga shukuraaa!
Yusuf uchun chaqirilgan tez yordam mashinasi koʻrindi. U voqea joyiga kelib toʻxtadi. Yusufni tezlik bilan kasalxonaga olib ketishdi va jonlantirish boʻlimiga yotqizishdi...
* * *
Yusuf uzoq davom etgan operatsiyadan soʻng va nihoyat koʻzlarini ochdi. Uning mayda-mayda boʻlib ketgan tizzasidagi suyaklar olib tashlandi. Yusuf endi bir umrga nogiron boʻlib qolgandi. Uning oʻng oyogʻining tizza qismida umuman suyak qolmadi...
- Yusuf, aka... Tuzikmisiz?
Kamron va Muhammad Yusufning tepasida turishar edi. Yusuf bazoʻr koʻzlarini ochdi. Gapirishga majoli yoʻq edi.
- Aka... Aniq bilaman bu uyishtrilgan! Sizni qasddan urib ketishgan!
Gapga Muhammad aralashdi.
- Ha, aka! Bu oldindan rejalashtirilgan...
- Bilaman...
Yusufning gapi zoʻrgʻa ogʻzidan chiqar, umuman kuchsiz va holsiz holatda edi.
- Aka... Men albatta oʻsha iflosni topaman!
- Aka... Siz tashvishlanmang, jinoyatchilarni albatta topaman, mana Kamron ikkalamiz eplaymiz inshaalloh!
Yusuf avval Kamronga, keyin esa Muhammadga qaradi. Siniq lekin juda ishonch bilan gapirdi.
- Sizlarga ishonaman!
Kamron va Muhammad bir birlariga maʼnoli koʻz tashlashdi. Ular endi bu ishni qilgan kishini topishlari kerak edi. Ular ketishgan zahoti Odina yetib keldi. U havotirda va yuzlarida qoʻrquv aks etadi. Shoshilganicha Yusuf yotgan palataga kirdi.
- Sizga nima qildi?
Odina yosh toʻla koʻzlari bilan Yusuf tomon asta yaqinlashdi. Yusufning oyogʻiga achinib qaradi.
- Oyogʻingiz...
- Keling...
Odina asta Yusufning yoniga qoʻyilgan stulga oʻtirdi.
- Og'riyaptimi?
- Yoʻq. Oʻziz yaxshimisiz?
- Yaxshi...
Bir oz jim qoldilar. Odina Yusufga achinib ketdi. Shunday yigit mana shu koʻyga tushib o'tiribdi! Yusuf Odinaning jim qolganini koʻrib, unga sal boʻlsa-da yengillik bermoqchi boʻldi.
- Odina... Bu ham Allohni sinovida. Menga hech narsa qilmaydi havotir olmang... Keyin sira qoʻrqmang. Kamron va Muhammad meni ishimni davom ettirishadi. Oʻsha jinoyatchilarni albatta topamiz...
- Xudo xohlasa...
Yusuf koʻzlarini Odinadan uzib, tepasida nur sochib turgan chiroqqa tikilgancha bir narsalarni hayol qilib ketdi...
* * *
Nazim mashinani boʻlaklarga boʻlib tashladi. Boʻlingan mashina qismlarini uzoq darada joylashgan axlat va chiqindilar tashlanadigan jarlikka olib borib tashlab yubordi. Endi oʻzi ham berkinishi zarur edi... Nazim ishni hal qilganini yani Yusufni oyogʻiga qattiq shikast yetganini eshitgach koʻngli hotirjam boʻldi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR (Detektiv Hikoya)

10-QISM

Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira.

Kichkinagina xona... Atrof biroz pala-partish. Ichkarida 3-4 ta barzangi yigitlar... Kimnidir kutishyotgan kabi bir soʻz deyishmas, tik holda turganlaricha eshikdan koʻz uzishmas edi... Nihoyat eshik "g'iyq" etib ochildi. Avval koʻziga qora ochki taqib olgan gavdali yigit kirdi, uning ortidan esa bashang kiyinib olgan 45-50 yoshlar oraligʻidagi kishi - "Shef" kirib keldi. U xonaga kirishi bilan ichkaridagi yigitlar xushyor tortdilar va ho'jayinlariga talpingan itlar kabi pitillab qoldilar. Shef asta xona o'rtasidagi bejirim stulga o'tirdi. Barzangi yigitlardan biri tezgina uning oldiga bir chashka achchiq qora qahva olib keldi.
- Nima gaplar?
To'ng'illab gap boshladi shef.
- Ho'jayin... Nazimni iziga tushishdi! Anavi mishiqi Akmal sotib qo'ydi...
Shefning ma'nosiz va hissiz koʻzlarida gʻazab oʻti porladi. Tishlarini ayovsiz g'ichirllatdi.
- Agar Nazimni topishsa, holimizga maymunlar yig'laydi! Nazim og'ziga maxkam bir it! Lekin... Jon shirin baribir... Jon shirin...
- Unda nima qil deysiz hoʻjayin?
- Avvalo anavi maraz yuristvachcha Yusufni oʻyindan olib tashlash kerak! Bu ishni Nazim qilsin! Keyin esa o'zini ham yoʻq qilamiz!
Barzangi yigitlar bir-birlariga ma'noli qarab olishdi. Ulardan biri nimadir demoqchi boʻlib oldinga tisarildi.
- Tinchlikmi Bek?
- Hoʻjayin... Halegi... Nima desam ekan...
- Kalovlanmay tez-tez gapir!
- Anavi qizlarni chetga chiqarish rejamiz o'xshamay qoldi.
Shefning battar jahli chiqdi. Zarb bilan stolni mushtladi.
- Nima?! Nega o'xshamaydi?!
- Kimdir bilib qolgan menimcha, airaportda bir guruh politsiyachilar o'ralashib olibdi... Keyin sekin ortga qaytishga majbur boʻldik...
Shef asabiy bosh chayqadi.
- Jin ursin! Borgan sari ishlarimiz orqaga ketyapti! Avval mana bu sud masalasini hal qilib olaylik... Yusuf bilan Nazimni yoʻq qilish kerak! Qizlarni keyin ham joʻnatveramiz...
Masala hal boʻldi. Nazim sadoqat bilan boʻshligʻiga hizmat qilsada, oʻsha boshliqning naznida u bir dumini likillatib turadigan it kabi ko'rinardi... Ular eng sadoqatli ishchisi boʻlgan Nazimni oʻldirish rejasini tuza boshlashdi... Yusuf uchun esa, oʻziga xos xamirdan qil sug'urgandek oson kechadigan bir hodisa o'ylashardi...
* * *
Azamatning holati juda yomon... Kechalari deyarli uyqu yoʻq! Suv teriga botib ketgan holda tong orttiradi... Singlisining sovuq ruhi uning badanini muzlatadi... Nafosat akasiga goʻyo "Meni aybim nima edi?" deyotgandek boqadi... Bu nigohlar, Nafosatning behalovat ruhi Azamatni siqib tashladi... Mana necha kundirgi halovat topolmaydi. Koʻngliga na jondan ortiq sevgan xotini, na bittayu bitta qizi va na ishi sigʻadi! U uyga qamalib oldi... Bu hol xotini Guliga yoqmasdi... Erining bir tiyn pul topmasdan ertalabdan kechgacha yotishi uni hunob qila boshladi.
- Nima qilib yotibsiz, Azamat aka?!
- Guli... Qoʻlim ishga bormayapti sira...
- Bu nima deganiz?! Siz pul topmasangiz, bizni kim boqadi! Harajatlarim toʻlib yotibdi! Indinga gapim bor... Koʻylak olishim kerak! Yana qizizni repetitoriga ham pul toʻlashimiz kerak!
Azamat indamay yotaverdi... U xotiniga "Men singlimni qotiliman, men vaxshiy insonman!"deya olmasdi. Dardini ichiga yutdi. Oʻzining tuban bir kimsa ekanini his qildi. "Axir jarroh edim... Odamlarni davolayman, ularga hayot baxsh etaman, umriga umr qoʻshaman deya qasamyod qilmaganmidim?! Endi esa pul uchun, 5 ta begunoh, hur qizlarni jonini oldim!!! Men vaxshiylarcha ularni o'ldirdim! Axir ular tirik edi! Yuragi urayotgandi... Nafas olishayotgandi...". Azamatning fikrlari bir-biriga qorishib ketdi... Vijdon azobi uni qiynar... Qilgan ishining gunohi ulugʻligini va bu ishni badali nihoyatda ogʻirligini his etganicha miq etolmas... Jimgina, koʻzlarini chirt yumgan holda yotaverardi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Tinchlikmi shefim?
  - Nazim hech qayerda yoʻq! Anavi Yusufni ukasi Kamronni kun-u tun kuzatishyapti, lekin ulardan hali bir ish chiqmadi...
   - Nazimni ular tutib olishgan deb o'ylayapsizmi?
  - Oʻylaganim yoʻq! Bu aniq! Faqat ular sir boy berishmayapti. Nazimni qayergadir berkitib qoʻyishgan!
Sanjar Arslonov asabiy boshini silkitdi. Koʻzlarida naftar olovi yondi.
  - Agar... Agar... Nazim gullab qoʻysa... Tamom. Hammasi bardod boʻladi. Hammamiz! Eshityapsanmi hammamiz ketamiz!!!
  - Asabiylashmang... Ularni albatta topamiz. Nazoratni, taqibni kuchaytiramiz...
  - Shunday qilinglar. Nazimni topgan zahotinglar, oʻylab oʻtirmay oʻldirvoringlar! Oʻzi shuncha vaqt bekor tirik qildiribmiz. Men mana bu klinika ishi bilan ovora boʻlib qolganim pand berdi!
  - Mayli tashvishlanmang... Hammasi silliq ketadi...
  - Umid qilaman, Salim! Umid qilaman!
Sanjar Arslonov dam olish uchun oʻzining maxsus xonasiga kirib ketdi... Salim bir necha guruh yigitlarga nazoratni kuchaytirish haqida koʻrsatmalar bera boshladi...

13-QISM TUGADI.

⏰28.04.2025.                 11:15

Oxiri quydagi kanalda bor
👇

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bugun ertalabda ajoyib xabar keldi! Kamron va Muhammad Nazimni topishganlarini va uni Muhammadning katta bir giloszorida joylashgan kulbaga qamab qo'yishganini aytishdi. Yaramas! Ikki yigit Nazimni rossa urib jismoniy azob berishsa ham u sheriklarini sotmayotgan emish! Bugun Kamron shu masala boʻyicha Yusufning oldiga kelmoqchi. Yusuf ukasini kutganicha shiftga qarab hayol surib qoldi. "Nazim topildi! Bu degani jinoyatchilarning ildizi topildi degani... Agar Nazim sheriklarini va bunaqa qabih jinoyatlarga qoʻl urgan katta sheflarini ismlarini aytsa bormi... Ularni qoʻlga olardik va millatimizga xavf solayotgan vaxshiy kimsalar ancha kamayar edi!" Yusufning hayollari uni oʻrab oldi. U hamma narsa haqida, har kimsa haqida oʻylay boshladi. "Jinoyatchilar topilib, ularga tegishli jazolar berilsa... Singlim ham qabrida tinch yotar edi... Odina ham! Ular men uchun nihoyatda qadrli edilar..." Birdan Yusufning hayoliga akasi Azamat keldi! Fikrlari tobora teranlasha boshladi. "Akam! Odinani sudga berdi lekin oʻzi kelmadi... Kamronga 2-3 kunda boraman maslahatli ish bor degan edi... Kelmadi! Hatto qoʻngʻiroq ham qilmadi. Bu yerda bir gap borligi aniq!"
Eshik ochilib hamshira qiz kirib keldi. Yusuf hamon hayollari tasiridan chiqolmagan edi.
- Ukol qilishim kerak...
Qizning chiroyli koʻzlari suzilib ketdi. Yusuf uni eshitib tursada, nima deyayotganini fahmlashga qiynalar edi...
- Aaa?
- Ukol vaqti boʻldi...
Yusuf oʻziga keldi. Qizga qarab hijolatli jilmaydi.
- Uzr singlim... Biroz hayolga berilib qolibman.
Qiz indamadi. Lekin miyigʻida kulib qoʻygani sezildi.
Qiz noziklik bilan Yusufning bilagiga igna sanchdi... Qoʻli nihoyatda yengil ekan. Igna kirgani ham sezilmadi. Qiz osma ukolni ulan qoʻygach, yana Yusufga yuzlandi.
- Yarim soatlarda tugaydi... Men boshqa bemorlarga ular chiqaman.
- Xoʻp.
* * *
- Gapir! Sheriklaring kim?!
Kamron Nazimga gʻazab bilan qaradi. Unga bor kuchi bilan musht tushurdi. Nazimning chap tomonidagi bir dona tishi sinib tushdi. Ogʻzi qonga toʻladi.
- Gapirasanmi yoʻqmi haromi?!
Kamron yana musht tushurdi. Nazim hamon jim edi. Muhammad bir chelak muzdek suv olib kelib Nazimning yuziga sepib yubordi. Nazim sovuq havoda, sovuq suv tanasiga tekkanidan seskanib ketdi. Badani dir-dir qaltiray boshladi. Kamron yana savol berishga tushdi.
- Ayt! Kimlarga ishlaysan?! Ho'jayining kim?!
Nazim javob bermadi. Uning bu qadar shefiga vafodor itligini kutmagan Muhammad labini tishladi.
- Bu it juda vafodor chiqib qoldi-ku, Kamron!
- Baribiram! Gapirmaganiga qoʻymayman!
- Urib gapirtirolmaymiz nazarimda... Biron boshqa yoʻlini topishimiz kerak...
- Topamiz...
Kamron va Muhammad Nazimni stulga o'tirg'izib qo'llari va oyoqlarini maxkam bog'lashdi va xujra ichiga qamab ketishdi... Ular ketisharkan yoʻl boʻylab Nazimni qanday qilib tilga keltirishni oʻylashar edi.
Nazimning gʻoyib boʻlib qolgani Shef va uning hamtovoqlariga gʻalati tuyuldi. Bu juda shubhali edi. Ular xato qilishdi! Nazimni vaqtida oʻldirib qutulishlari kerak edi... Lekin... Oʻzlarini kuchli va aqlli sanab bu ishni kechiktirishdi va oʻzlariga jabr qildilar. Katta Shef - Sanjar Arslonov xato qilib qoʻyganini tushunib qoldi. Nazimning yoʻqolgani tasodif emas, uni oʻgʻirlab ketishgan! Agar Yusuf oʻgʻirlagan boʻlsa... Holiga maymunlar yig'lashi tayin!
- Tezda... Qayerdan boʻlmasin anavi itvachcha Nazimni topib o'ldiringlar!
Barzangi yigitlar buyruqni bajarish uchun Nazimni qidirgani ketishdi. Nazim hech qayerda yoʻq edi. Ular endi Kamron bilan Muhammadning ortidan tushdilar... Ularni kecha-yu kunduz kuzata boshladilar...
* * *
- Muhammad... Iloji boricha Nazimning oldiga bormay turamiz. Muhammad hayron boʻldi.
- Nega endi?
- Bizni kuzatishyapti... Menimcha ular Nazimni qidirib yurishibdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

https://youtu.be/lXthzAZtFJs?si=FyfJsCjijqqqQe9i

To'liq intervyu. Ko'rishni tavsiya qilamiz!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

— Бор дедимми, бор. Мендан салом айт, тезроқ очиб бемасангиз бўлмас экан, уйда меҳмонлар бор дегин.
Ўғлимни жўнатиб, меҳмонлар ёнига қайтиб кирдим. Камол шовқинимизни эшитган шекилли:
— Тинчликми ишқилиб? — деди, — дастурхон учун ҳижолат бўлманг, вақт алламаҳал бўлиб қолди, бизам уйга қайтайлик энди.
— Ҳечамда, қўйиб юбориб бўбман. Қаерга борасиз? Бизнинг ўғил бироз ақлсизда, консерва келтирган экан баққолдан очтирмай, аёлим очаман деб қўлини кесиб олди, онам ҳам ишга қўшилди, эплолмади, у ҳам яраланиб энди четда жим ўтирибди. Ҳозир бошқатдан жўнатдим баққолга, дарров очтириб келади худо хоҳласа. Ақлсиз бошнинг жазосини оёқ тортадида.
Камолнинг хотини ўнғайсизланиб:
— Бекор жўнатибсиз болани, — деди, — баққоллар ҳозир консерваларни очмай қўйишган. Тунов кун қўшниларимиз бир қути сардина олишган экан, бутун маҳалла бир бўлибам очолмадик.
Камол чўнтагидан занжирга боғланган бир катта чаққи чиқарди. Чаққининг тўрт-бешта учи, бир нечта бўлаги бор эди.
Аёлига кўрсатиб:
— Буни кўряпсанми? — деди, — бу билан нафақат консервалар, ҳаттоки сейфни ҳам очса бўлади…
Камолнинг ёнида ўтирган укаси ҳам чўнтагидан ўша чаққининг кичикроғини чиқариб:
— Ака, сизники ҳеч гапмас, — деди, — уни кўтариб юришни ўзи бир иш. Қаранг, бу кичкинагина, бироқ каромати кўп. Бу тили билан банкаларни очсангиз бўлади, буниси билан ҳар қандай қутини, буниси эса ҳатто эшикларни ҳам очади. Масалан, уйда бир кун шкафнинг калити йўқолиб қолди денг, мана шу тилини тиққандим, очилди-қўйди. Бунинг нақ 14 хил каромати бор. Америкадан уйга қайтишда олгандим. Менимча, ҳар бир одамнинг ёнида шундай қуроли бўлгани маъқул.
Камол:
— Менга отамдан қолгани ҳам бўлаверади, — деди, — отамдан ёдгорлик бу. Нафақат консерваларни, керак бўлса петрол бакларини ҳам очади. Нима шубҳанг борми?
Суҳбатнинг шу жойида ҳаллослаб ўғлим кириб келди.
— Нима бўлди, очтирдингми? — дея сўрадим тутоқиб.
Ўғлимнинг қўлидаги консерва яхшилаб муштланган, шекилли, қийшайиб, икки томони ўртага келиб қолганди.
— Қирраси қўлини кесиб юборди ота баққолнинг, кейин бу консервани ҳам, ишлаб чиқарганни ҳам, олганни ҳам… дея сўкиб, қарғаб консервани отиб юборди.
Камол кулгудан ўзини тутолмай,
— Қани, менга узатчи, — дея отасидан қолган қуролини чўнтагидан чиқарди. Тиззасини қутига тиради ва қадимий чаққисининг учини устига тўғрилади.
Бир тарафдан очишга уринса, бир тарафдан ярамас баққолни қарғай бошлади:
— Эшакмия, яна баққолмиш булар… Ҳайф сендай баққолга, ҳайф… Оҳ, тиззам, оҳҳ-ҳ тиззам…
Баракатли уйда албатта дори-пори бўлиши керак, тиззаси кесилган Камолга ёрдам бериш учун нариги хонадаги дори қутидан йод келтирдик ва кесилган жойга қўйдик. Шими қандай йиртилганини бир кўрсангиз эди…
Камолнинг тоқати тоқ бўлди, яна ғўлдирашга тушди:
— Консерва қутиси эмас, пўлат сейф бу, пўлат сейф, ярамас. Нари борса уч ё тўртта дўлма бор ичида, бунчалик қаттиқ ёпишга бало борми?
Камолнинг укаси:
— Мана шунда бир кўрайчи, Америкадан келтирганмана, ғаройиб чаққи бу, — дея ишни қўлига олди.
Америка чаққиси ҳам ишга ярамади, у ёғидан тиқди, кирмади, бу ёғидан очмоқчийди, уям бўлмади.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Singlim... Bir ikkita savollarimiz bor...
Sarvinoz yigitlarni ichlariga kirgazdi. Kimdir Sarvinozni zaif ovozda chaqirdi.
  - Qizim... Kim ekan...?
  - Haa... Svetdan kelishibdi, dada! Uydagi elektr sarfini tekshirishib keyin ketisharkan...
  - Qizim... Bir daqiqaga qaravor...
Sarvinoz Kamronga iltijoli qaradi.
  - Mayli dadangizga qaray qoling...
Sarvinoz dadasining oldiga kirib ketdi. Sal oʻtib qoʻlida garshok ko'targancha hojatxonaga kirdi... Boyagi garshokni yaxshilab yuvgach yana dadasining xonasiga olib kirib ketdi. Muhammad Kamronga maʼnoli qilib bir qarab qoʻydi...
  - Bechora qiz...
Sarvinoz keldi. Yigitlarni mehmonxonaga taklif qildi.
  - Sarvinoz... Agar bizga yordam bersangiz, vada beramiz... Siz haqizda hech qayerga indamaymiz... Dadangizga qarab tinch hayot kechiraverasiz... Faqat yomon yoʻlga qayta kirmaslik sharti bilan, albatta...
Sarvinoz yigʻlay boshladi. Uning koʻzlarida ham minnatdorlik, ham cheksiz g'am aks etardi.
  - Sarvinoz... Bizga Nazim kerak! Uni topishimiz shart. Yordam bering. U haqida nimayiki bilsangiz hammasini bizga aytib bering. Yoʻqsa ozingizga yomon boʻladi!
Sarvinozning yuzi nafratdan qiyshayib ketdi.
  - Iflos Nazim! U meni boshimga itni kunini soldi! Tabletkaga o'rganib qolganimdan keyin ilojsizlikdan uning topshiriqlarini bajarardim! Asosan dori sotardim... Bir kuni u meni uyiga chaqirdi. Muhim ish bor. Evaziga pul ham olasan dedi... Bordim. Chunki menga judayam pul zarur edi! Dadamning dorilari tugagandi, oʻzimning ham kontraktim uchun pul toʻlashim kerak edi. Boʻlmasa meni oʻqishdan haydab yuborishardi... Ahvolim haqiqatda ogʻir edi... Majbur boʻldim. Bordim. U menga aroq quyib berdi... Ichmayman desam ham majburlab ichkizdi... Eshikni qulfladi. Meni... Meni...
Sarvinoz qattiq yig'lab yubordi. Uning koʻz yoshlari yuzini yuvdi!
  - Koʻzimni ochganimda uning yotog'ida yotardim... Apil tapil kiyindim... U menga pul berdi. Uyimgacha olib kelib qoʻydi... Keyin umuman qorasini ham koʻrsatmadi. Keyin bilsam homilador ekanman! Hayotim barbod boʻldi! Politsiyaga borolmasdim, oʻzimni sharmanda qilgim kelmadi ham uni buyrugʻi bilan biroz muddat dori sotgandim. Shuning uchun qoʻrqdim...
  - Haaa... Uning uyiga borganmisiz?
  - Ha bir marta.
  - Eslay olasizmi?
  - Haa...
Sarvinoz Kamron va Muhammadga Nazimning uy manzilini berdi. Yigitlar Sarvinozning uyidan chiqishdi va qoʻllaridagi manzil boʻylab keta boshlashdi...

12-QISM TUGADI

⏰25.04.2025.                 9:44

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bu aniq qotillik uka! Odinani oʻldirishgan... Buni xuddi oʻz joniga qasd qilish qilib korsatishgan... Hamma aybni unga yuklab jinoiy ishni tezda yopish maqsadida...
- Unda bu xabarni politsiyaga yetkazish kerak!
Yusuf keskin bosh chayqadi. Bu ishni ortida turgan odamning qoʻli anchayin uzun ekanligini va yuqoridagi qoʻshtirnoq ichidagi amaldor kishilar bilan aloqasi yaxshi ekanini angladi.
- Foydasi yoʻq... Politsiya hech narsa qilolmaydi... Chunki ular buni qotillik ekanini bilishgan... Bu yaqqol koʻrinib turibdiku, Odinaning boʻynidagi arqon boshqa, u osib qoʻyilgan arqon boshqa... Ularning qalinligida farq bor... Buni sezmaslik mumkinmas! Ular hamma ishni oʻlgan odamgan yuklab bosti-bosti qilib yuborishmoqchi, bor gap shu!
Kamron akasing gaplaridan bir hisobda ajablandi. Sababi akasi hamisha qonunnu ustun qoʻyar, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish qilar edi... Lekin bir hisobda akasining gaplarida jon bor! Tuzum chirigan! Adolatsizlik va haqsizlik tobora avjiga chiqmoqda... Bazi bir mansabpasart kishilar, oʻzi qilgan qabih ishlarini begunoh mazlum kishilarga yuklashadi, oʻzlari esa suvdan quruq chiqishadi...
- Unda nima qilamiz aka?
- Oʻzimiz harakat qilishimiz kerak... Sen, men va Muhammad!
Yusuf ukasiga qaradi. Uning koʻzlarida olov yonardi.
- Uka! Biz jinoyatni fosh qilishimiz va barcha qotillarni, bu ishga aloqasi bor hamma jinoyatchilarni topishimiz shart! Yoʻqsa u vaxshiylar singlimizdaqa yana nechta qizni umriga zomin boʻladi, Odina singari aybsizlarga ayb yuklashadi... Qanchadan qancha bolalar og'irlanadi, nechtasini miyyasini psixatrop dorilar bilan zaharlashadi...
- Siz haqsiz aka... Biz ularni toʻxtatishimiz kerak!
Yusufning fikrlari tobora teranlashib borardi. U boʻlib oʻtgan barcha hodisalarni bir-bir esladi... Akmal yodiga tushdi.
- Kamron!
- Labbay aka.
- Akmal bilan uchrashishing kerak... Menda ruxsatnoma bor. Oʻshani oʻzing bilan ol... Akmal Nazim bilan ishlagan. U bergan dorilarni sotgan. Demak Akmalga o'xshagan yana shunaqa maktab, kollej, institutlarda dori sotadigan yigitlar, qizlar boʻlishi kerak... Birontasini eslashi yo boʻlmasam qaysi hududda shundaylar borligini bilishi mumkin!
- Xoʻp aka... Siz aytgandek qilaman!
Kamron akasining hujjatlarini oldi. Toʻgʻri Akmal yotgan Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yoʻl oldi...
* * *
Kamron Akmalning oldiga kirish va suhbatlashish uchun akasining ordeni va hujjatlarini koʻrsatdi. Hamshira qiz unga biroz qarshilik qildi... Kamron unga akasining hozirgi ahvolini va kasalxonadan chiqolmasligini, bugun kechqurunga oyogʻini kesib tashlashlarini aytdi. Isbot yuzasidan Yusufga video qoʻngʻiroq qildi... Shifoxona rahbari Kamronga Akmal bilan koʻrishishi uchun ruhsat berdi.
- Akmal...
Akmal ancha oʻziga kelib qolgan, davolanishlar oʻz samarasini koʻrsatgan edi.
- Haa...
- Sen Nazim bilan hamkorlikda dori sotgansan shundaymi?
Akmal bir yutinib oldi. Pastki labini tiahladi.
- Shunday aka... Hozir bundan afsusdaman. Xatolarimni tushundim... Men bu iahlarni dori tasirida qilganman... Ular meni onggimni zaharlashib manipulyatsiya qilishgan ekan!
- Akmal... Singlimga qilganingni hech qachon kechirolmasam kerak. Lekin sal boʻlsa-da vijdoning qiynalayotgan boʻlsa, oʻsha vaxshiylarni topishimizga yordam qil...
Akmal boshini quyi soldi. U dadasining johilliklari taʼsirida ancha zo'riqib qolgan, uni tinmay kaltashlashi, haqorat qilib, soʻkinishi jon-jonidan o'tib ketgandi. U Nafsatni yaxshi koʻrardi... Unga yetishsam hammasi oʻtib ketadi deya fikrlardi. Nozimadan rad javobini olgach, ichidagi bor nafrati, alami va gʻazabi tashqariga otildi! Alam ustida Nafosatga xat yozdi. Ha! Bu oʻsha Malikaning kitobi orasidan chiqqan xat edi! U Malikaga emas, Nafosatga yozilgandi... Akmal uni Nafosat o'tirgan parta ustidagi kitobga solib qo'yadi... Lekin u kitob Malikaniki boʻlib, Nafosat uni o'qib turish uchun olgan va oʻsha kuni Malikaga qaytarib bergandi... Shunday qilib xat adashib Malikaning kitobiga tushib qoladi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Sovuq kunlarda u boshini yelkamga qo‘yib o‘tirar edi. Men esa boshini silab, yelkamda ushlab turardim. O‘sha paytlar shunchaki, himoya qilish, unga issiq bo‘lishni his etdirmoqchi bo‘lish edi. Peshonasidan o‘pib qo‘yardim, u esa yuzimdan uyalib, tezda bir labini qo‘yib olardi. U o‘zini yonimda erkin tutardi, ba’zida erkalanib, qo‘llari bilan sochimni toʻzgʻitar keyin yana toʻgʻrilab qoʻyardi.. Uning bu harakati menga juda yoqar edi — oʻrtada hech qanday cheklovlar yo‘q edi, biz o‘zimizni to‘liq bir butun vujuddek his qilardik.


Kelajak haqida ham ko‘p suhbatlashardik. Farzandlarimiz nechta bo‘lishi haqida. Men, "1-farzandim qiz bo‘ladi," derdim. U esa, "Yo‘q, o‘g‘il bo‘ladi," deb aytardi. Bu oddiy suhbatlar edi, ammo unda bir katta orzu, kelajakni birgalikda qurish istagi yashirin edi.

Keyin, bir kun, uyiga ketdi. Viloyatiga. 8 oy ko‘rishmadik. Faqat onlayn suhbatlashar edik. Va nihoyat, kuzda o‘qishga kirdi. 12 sentyabr kuni, bizning doimgi skameykamizda kutib turardim, u keldi. Nafasi tez edi, orada bogʻlar bizni uzoq vaqt kutib qolganini his qilgandek edi. Men uning yuzidagi har bir ifodani, nafasini, har bir qadamini sezdim.


Shu kungacha u bilan o‘tgan barcha kunlarim — hayotimning eng chiroyli, eng samimiy lahzalari bo‘ldi.
Yaqinda yana o‘sha qadrdon bog‘ga bordim. Har doimgidek, bizning skameykamiz — xotiralarga boy, har bir taxtasi sevgimizni eslatadigan joyda o‘tirdim. Ancha vaqt o‘sha yerda jim o‘tirib, seni esladim.


Bog‘ endi menga avvalgidek rang-barang emas. Aksincha, kuzning sovuq nafasi bilan go‘yo yuragimga ham sovuq urilgandek tuyuldi.


Sen yonimda bo‘lgan kunlarda bu bog‘ yashil edi, jonli edi. Quvnoq qushlar, odamlarning kulgusi — hammasi go‘yo biz uchun edi. Hatto shamol ham bizni erkalagandek esardi.

Hozir esa... asar ham qolmagan. Faqat xotiralar, yurakda qolgan izlar...

Sen har doim menga “siz” deb murojaat qilarding, g‘alati edi, ammo shirin. Men esa seni “sen” deb chaqirardim, yuragimga eng yaqin inson bo‘lgani uchun.


Bir kuni, o'sha skameykada o‘tirib, o'zimizni ilk bor uchratgan kunni yozib qo‘ygan edim. O'sha rangli bo‘yoqdagi sana, go‘yo, vaqtni saqlab qolgan kabi, har safar ko‘zim tushganda o‘sha o‘sha aniq, shirin va noaniq hislarni yana bir bor his qilaman. O'sha kunning yodgorligi bugungi kunda ham yuragimni larzaga soladi. U sana faqat raqamlar emas, balki qalbimdagi sevgi va umidlarni, har bir narsa o‘z o‘rnini topganini anglatadi.

U doim bir gapni takrorlardi: “Mendan boshqasiga uylansangiz, to'yingizni buzib kelaman....”. Oʻzi aytdi ham- oʻzi qaytdi ham...
Uni oxirgi bor koʻrgan kunimga ham 33 kun boʻlibdi...
Ba’zan kimlardir yongizdan ketadi, lekin uning izi yurakdan o’chmaydi. U endi boshqa olamda, men boshqa olamdan yashayman... Kimdir baxtli, kimdir baxtsizroq...

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

"Kutaman degan edi..."


Deraza ortida shahar jim-jit. Shamol daraxt yaproqlarini yulqib o‘ynar, go‘yoki tabiat ham uning holatini tushunayotgandek. Xonadagi qorong‘ulik bilan birga, yuragining ichki zulmati ham chuqurlashib borardi. Uning qulog‘ida haligacha u so‘zlar jaranglaydi:
"Kutaman seni... imkoniyating bo‘lguncha, ishlaring o‘nglanib olguncha... men kutaman."
Qiz buni aytganida, ko‘zlarida ishonch bor edi. U esa, shunga ishonib yashagan. Har bir kun, har bir qadam — faqat u uchun edi. Bir kun kelib, hammaga isbotlaydi, deb o‘zini taskin bergan edi. Lekin…

Bugun u boshqa birov bilan ketdi. Boy, chiroyli, tayyor hayotga ega yigit. Bittada... hech qanday uzr, hech qanday izohsiz. Go‘yoki bergan va’dalari, qilgan ishontirishlari bo‘lmagan.

"Men uchun eng og‘iri — sen kutaman deganing edi..." deb pichirladi u o‘ziga. Yuragidagi og‘riq so‘zlarga aylanmadi, faqat ichkarida jim turgan og‘riqli sukunatdek qoldi.

U sevgilisi uchun kurashgan edi. Ammo bu kurashda yolg‘iz bo‘lganini endi anglayapti. Uning sabri sinov bo‘ldi, sevgisi esa mayda puldek qadrsizlandi. Endi, u ko‘z yoshsiz yig‘lardi. Chunki yurak yig‘layotgan edi.

Soʻnggi uchrashuv..

U bilan so‘nggi bor 31-mart kuni metro bekatida uchrashdik. Havoda og‘ir sukunat bor edi, go‘yo shahar ham nafasini ushlab, bu uchrashuvni kuzatayotgandek. So‘zlari ko‘nglimni tilka-pora qildi:

"Endi kech... hammasi hal bo‘ldi. 1 haftada qo‘limga uzuk taqiladi, 1 yil ichida to‘y bo‘ladi."

Men nima deyishni bilmadim. Yuragimda ming gap, lekin tilim xayolga bo‘ysunmay qotib qoldi. So‘zlar qochdi, faqat jimlik qoldi. Yig‘lagim keldi, ammo ko‘z yoshlarimni ko‘rsatmadim. G‘ururim og‘rig‘imdan ustun bo‘lishini hohladim.

So‘nggi umid bilan, so‘nggi bor qo‘l uzatdim... Balki yuragimga bir yorug‘lik qaytib kelar, degandim. Lekin u qo‘lini ortga yashirdi. O‘sha paytda yuragim ichida nimadir uzilgandek bo‘ldi. So‘nggi ip ham uzildi. So‘nggi ishonch, so‘nggi iltijo, so‘nggi “ehtimol” yo‘q bo‘ldi.

Men ketdim. U esa boshqa tomonga. Ikkimiz oramizdagi hamma narsa bilan ikki yo‘lga ayrildik. Orqaga qaramadim. Chunki qaramaslik — bu ko‘z yoshlarimni berkitish edi. Qaramaslik — bu chorasizlikni tan olish edi.


Lekin yuragim… hali ham o‘sha bekatda qolib ketgan.....

"Undan keyingi kunlar..."


U ketganidan keyin hayot davom etdi. Ammo men uchun yo‘q edi endi davom degan narsa. Kunlar o‘ta boshladi, lekin o‘tmayotgandek edi. Vaqt go‘yo to‘xtab qolgan, faqat quyosh chiqib-botayotganini tomosha qilayotgandek yashardim.


Tonglar hech narsani o‘zgartirmasdi. Har tong uyg‘onish — yana bir marta unga yo‘q deyish, yana bir marta o‘zimga sabr tilash edi. Har kecha — yana bir marta uni eslash, yostiqqa jim yig‘lash, so‘ngra o‘z-o‘zini yengish uchun quruq shiftga termulish.


Yuragimning ichida bo‘shliq bor edi. Hech kim, hech narsa uni to‘ldira olmasdi. Do‘stlar bilan gaplashsam — kulgu yolg‘on, sukunatlar esa haqiqatga to‘la bo‘lardi. Uyda esa… havo ham sovuq tuyulardi.

Ayrim paytlar o‘zimga “hammasi tush edi” deyishga urinardim. Lekin o‘sha metro, o‘sha ko‘zlar, o‘sha qo‘lini yashirgani – hammasi shunchalik tirik, shunchalik ro‘yobdagi haqiqat ediki, hech qaysi uydirma uni yengolmasdi.


Men yashadim. Ammo yashash va nafas olish – bu bir narsa emasligini anglab yetdim. Nafas olyapman, lekin yashamayapman. Toki... yuragimdagi u iz o‘chmaguncha, men butun bo‘lolmayman.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Otam...😢

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

⭕️⭕️⭕️⭕️

TA'LIM va OTA-ONA.

Aksar jamiyatlarda 2 xil toifa OTA-ONA mavjud. Biri ta'limni najot o'laroq ko'rsa, ikkinchisi vaqtni o'g'irlaydigan bir tizim deb biladi. Biz tashqaridan va tajribadan kelib chiqib, bu ikki xil toifani taqqosladik. Marhamat o'zingiz baho bering va o'z mulohazangizni bildiring!

O'g'il farzand(birinchi toifa ota-ona)

— O’g’lim! Maktabni bitirsang, pul ishlash uchun chet elga ketasan.Shuning uchun oz-moz til o'rganib tur! O’qib nima ham qilib berarding? O'qiganlarni ahvolini ko'rib turibmiz.

O'g'il farzand(ikkinchi toifa ota-ona)

— O’g’lim! Maktabda yaxshi o’qigin, ustozlaringni hurmat qil va ularni norozi qilishdan ehtiyot bo'l! Bizning qiynalayotganimizga e’tibor berma! Bizning davrda o’qishga imkon bo’lmagan va biz o’qiy olmaganmiz. Hozir ortingda biz bormiz o’g’lim. Yaxshilab ilm ol va dunyo kez. So'ngra millatimiz ravnaqi uchun bor kuchingni ber! Ilmli, o’qigan insonni jamiyatga foydasi boshqalardan ko’proq tegadi. Sen o’qib, yaxshi inson bo'lib, bizning yuzimizni yorug’ qilasan Xudo xoxlasa. Kishi hech qachon ta’limsiz najotga erisha olmaydi. Shuni UNUTMA! Hozir qiynalasan. Lekin rohatini ko’rasan o’g’lim. Biz senga ishonamiz o’g’lim. Alloh kuch-quvvat bersin o’g’lim.

Qiz farzand(birinchi toifa ota-ona)

— Qizim! Maktabni bitirishingga to’y. Narigi mahalladagi falonchibekka seni “berdik”. O’qib nima ham qilarding. Qiz bola ovqat qilishni, kir yuvishni bilsa kifoya. O'qib, dunyoni ham olib berarmiding. Qiz bolaga o'qishni kim qo'yibdi?!

Qiz farzand(ikkinchi toifa ota-ona)

— Qizim! Maktabda yaxshi o’qing, ustozlarni hurmat qiling. Zero, ilm ustozga hurmat bilan barakali bo’ladi. Maktabni yaxshi tamomlab, oliygohga kirishingiz va yaxshi ta’lim olishingiz lozim. Chunki siz butun bir oilani tarbiyachisi bo’lasiz. Jamiyatda siz qilishingiz kerak bo’lgan xizmatlar bor qizim. "Qiz bola o’qimasa ham bo’ladi" deb o’ylamang! Bizning tanazzulimiz ayol-qizlarning ilmsiz bo’lishi bilan boshlangan. Ota-bobolarimiz bekorga “Ayol jamiyat tarbiyachisidir” deb aytishmagan. Shuning uchun qizim siz ta'lim olish va axloqli bo'lish uchun tinmay harakat qiling! Biz sizga o’qishlik uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Siz esa bor e’tiboringizni ilm olishga qarating qizim. Alloh kuch-quvvat bersin.

Bizning ham jamiyatimizda yuqoridagi kabi ikki xil ota-onalar borligi haqiqatdir. Biz pul topishga imkoniyati umuman cheklangan ota-onalar haqida emas, yashashga uyi va imkoniyati qornini to'qlashga yetadigan toifalar haqida aytyapmiz.

To’g’ri! Sharoiti yo’q bo’lishi mumkin. Ammo ota-ona ozgina muddat o’sha qiyinchilikni o’z zimmasiga olib tursa, bola kelajakda hozir topgan topgan pulidan bir necha barobar ko’proq topishi mumkin. Yana siz aytishingiz mumkin “O’qiganlarni ham ko’ryapmiz. Shuncha o’qib 2-3 mln. topishyapti”. Biz aytamizki, birni ko’rib butunga hukm qilinmaydi. Siz maktabda zo’r o’qigan, tarbiyasi ham yaxshi, ustozlarni hurmat qilgan shaxslarni surishtirib ko’ring. Ular topayotgan moddiyat sizni fikringizni albatta o’zgartiradi.

Aytadigan bo’lsak gap ko’p. Ammo aytganni qabul qiladigan kam.
Biz eslatdik. Zero, eslatish hech qachon foydadan holi emas.
Xulosa chiqarish o’zingizdan.

Muhammad Sharif Ibrohim

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda

📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Politsiya xodimlari Odinani ota-onasiga xabar berdilar...
* * *
- Nima?! Yoʻq!!! Bunday boʻlishi mumkinmas!!! Hazillashdim deb ayt, Kamron! Aldayapsan-aaa?!
Kamronning koʻzlari jiqqa yoshga toʻldi. Akasining holati unga yomon taʼsir qilgandi. Yusuf yotgan joyida boshini u-yoq bu yoqqa zarb bilan bura boshladi. Koʻzi toʻla yosh quyilib oqar... Bu xabar uni butkul ezib tashlagan edi!
- Qanaqasiga axir?! Nega?! Nega aynan u?!
Yusuf xoʻngrab yigʻlagancha baqirar, ko'zlaridagi yoshi tinmasdi... Kamron ham biroz yigʻlab oldi. U akasini koʻrib ruhan ezilayotgandi...
- Aka... Akajon... Allohni irodasi ekan.
- Axir u hali yosh edi! Orzulari juda koʻp edi!
- Aka... Menimcha sud zalida uni sezib qolishgan... Ogʻzini ochib qoʻymasin deya shu ishni qilishgan!
Yusuf titroq qoʻllari bilan koʻz yoshlarini asta artdi... Lablariga oqib tushgan achchiq yosh... Qalbidagi soʻngsiz mung... U Odinani judayan sevardi. Jinoyat fosh etilgach, uni qoʻlini soʻramoqchi, unga uylanib baxtli hayot kechirmoqchi edi!!! Hayotning beshafqat qoidalari bor! Bu qoidalarga sabr qilish, chidash... Ogʻir... Judayam ogʻir... Singlisidan ayrilgan aka. Endi esa sevgilisidan ham ayrildi! Yusufning hayotida nima maʼno bor?!
- Men oʻlishni xohlayman Kamron! Men yashashni istamayman! Avval ota-onamdan ayrildim! Keyin esa, ulardan yodgor boʻlib qolgan singlimni yoʻqotdim... Mana endi, umrimda ilk bor yoqtirgan insonimdan ham juda boʻldim!!!
Yusuf ancha tushkunlikka tushib qoldi. Kamron undagi bu holat yaxshilikka olib bormasligini juda yaxshi bilardi va akasini bu stressdan chiqarishga urina boahaldi.
- Aka... Hali yashashiz kerak, oʻzizni qoʻlga olishiz kerak!
- Nima uchun?! Kim uchun yashayman Kamron?! Bir oyogʻi yoʻq nogiron boʻlsam?!
- Unday demang aka! Jon aka oʻzizni qoʻlga oling! Odinani oʻldirganlardan, singlimizni oʻldirganlardan hammasidan bittama bitta qasos olishimiz kerak!!!
Yusuf oʻylanib qoldi. Haqiqatda u haq. Boʻlar ish boʻldi. U vaxshiylar juda katta jinoyatlarga qoʻl urishib hech narsa bolmagand suvdan quruq chiqib ketishlari adolatdan emas! Ular avvalo Alloh oldida javob berishadi, keyin qonun va xalq oldida ham jazolanishlari shart... Qanchadan qancha oilalarni qaqshatgan u ifloslarni topish kerak... Agar topmasa singlisi va Odinaning oldida gunohkor boʻladi! Yusufning hayollari bir joyga yigʻildi. Fikrlari ancha teranlashdi. Kamron va Muhammad yordamida jinoyatchi toʻdani topishga va singlisi hamda sevgilisi uchun qasos olishga ahd qildi...
* * *
Bugun boshqacha kun. Bugun shahar markaziga yangi bolalar uchun xususiy klinika ochiladi. Ochilish marosimi soat 11 larga belgilangan. Klinika juda fayzli, chiroyli qilib qurildi. Unga ishlash uchun malakali shifokorlar va hamshiralar jalb etildi... Bugun ochilish marosimidan keyin klinika naqt bir hafta bemorlarga tekinga hizmat qilmoqchi...
Ochilish marosimiga tayyorgarliklar avjida. Chunki bu marosimga shahar hokimi va shaharning koʻzga koʻringan yirik tadbirkorlari, obroʻli kishilar tashrif buyurishadi. Klinika oldiga qizil gilam toʻshaldi. Uning ortasiga bir minbar va mikrafon o'rnatdilar... Obroʻli kishilar old qatorda, bejirim o'rindiqlarda o'tirishibdi. Shu payt qora Jeep avtomobili keldi va undan 45-50 yoshlar atrofidagi, chiroyli kastum shim kiygan, soch saqoli did bilan qirtichlangan kishi, shu klinikaning rasmiy egasi - Sanjar Arslonov Anvarbekovich keldi. Bu kishi nafaqat bu klinikaning balki bundan boshqa yana 3-4 ta xususiy klinikalar egasi edi. Yana bir qancha savdo markazlari va restoranlar egasi ham edi. Ochilish marosimi boshlandi. Sanjar Arslonov soʻz minbariga tashrif buyurdi. Dona-dona qilib nutq soʻzlay boshladi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

🌶QALAMPIR ((Detektiv Hikoya)

11-QISM

Muallif: ✍Usmonaliyeva Munira.

Yusufning oyogʻi bir muncha yaxshi, to'g'ri qo'ltiqtayoqsiz yurolmaydi, lekin og'rig'i anchayin pastladi... Odina uni koʻrish uchun tez-tez kelib turardi. Lekin bu safargi kelganida undagi havotir va qo'rquv Yusufni oʻylantirib qoʻydi.
- Nima boʻldi Odina? Tuzukmisiz?
- Yaxshiman...
- Yaxshiga o'xshamaysiz hecham.
- Yusuf aka... Men kecha sud binosiga borgandim... Qogʻozbozlik ishlari bilan.
- Xoʻsh?
- Bir necha kishilarni kichik bir xonada suhbat qilayotganlarini eshitdim.
- Qanaqa suhbat?
Yusuf qiziqish aralash o'rnidan qo'zg'aldi. Odina aytaman deb endi og'iz juftlagan edi hamki, eshik ochilib Kamron va Muhammad kirib kelishdi.
- Assalomu alaykum aka, yaxshimisiz?
- Boʻladi ukam.
- Operatsiya yaxshi oʻtibdi... Hozir doktoriz bilan gaplashib chiqyapman. Bir necha oydan keyin pratez qo'ysak bolarkan... Tizzayizdan pastki oyogʻizni kesib tashlash kerak ekan baribir... Oʻrniga temir oyoq qo'ydiramiz...
Yusuf xomushlandi... Oyogʻidagi yiring tanaga tarqalib ketishi va u zaharga aylanib butun badanini egallashi, bu hol uni umriga zomin bo'lishi mumkinlihini u juda yaxshi bilar edi. Shu sabab u bir oyogʻidan butun umrga vidolashishi kerak! Odina ham, Muhammad va Kamron ham Yusufning indamay o'ychan o'tirganini koʻrib ichlaridan zil ketdilar... Oxiri Yusuf oʻziga keldi. Hayollarini bir joyga to'pladi.
- Allohni irodasi ekan. Menga shu dardni berdi... Nolish yaxshimas...
Odina Yusufning qo'li ustiga kaftini qoʻydi. Uning kafti qaynoq edi... Yusuf Odinaning chiroyli koʻzlariga boqdi.
- Yusuf aka... Men hamisha yonizda boʻlaman...
- Inshaalloh...
Yusufning yodiga Odina aytmoqchi boʻlgan gap keldi.
- Nima demoqchi ediz boya?
- Haa... Boyami? Sud binosiga bordim. Bir kishi eʼtiborimni tortdi. Uni aniq qayerdadir koʻrganman, lekin qancha urinsam ham eslolmadim... Keyin sekin ortidan bordim. Yuqori qavatning eng chekka joylashgan xonasiga kirdi. Eshik jichcha qiya ochiq ekan... Sezdirmay yaqinlashdim... Boyagi kishilarni birontasini koʻrmadim. Faqat ovozlarini eshitdim. Ular siz haqizda gapirishdi. Aytishlaricha o'yindan chiqqan ekansiz...
Yusufning kozlari hayrattan katta ochildi. Qiziqish bilan soʻradi.
- Keyinchi?
- Bilishimcha ular Nazimni ham o'ldirishmoqchi bo'lishyapti, Yusuf aka... Nazim qidiruvga tushdi. Qoʻlga tushsa bizni sotib qo'yadi deb qo'rqishyapti...
Odinaning soʻzlari hammani oʻylantirdi. Demak jinoyatchilar Yusufni shu koʻyga solishgan, endi Nazimni ham yoʻq qilishmoqchi! Sababi oddiy... Nazim katta shefni ham, uning barcha yordamchilarini ham juda yaxshi taniydigan shaxs. Agar u qoʻlga tushsa ularni sotib qo'yishi mumkin... Muhammad Yusufning oʻychan yuziga boqdi.
- Yusuf aka, men Nazimni topaman! Biz u odamni jinoyatchilardan avval topishimiz kerak... Chunki u yagona guvoh! Agar u o'ldirilsa, biz hech qachon jinoyatchilarni fosh qilolmaymiz...
- Muhammad toʻgʻri aytyapti, aka! Biz ikkimizwbirgalashib uni topamiz... Kech qolishimiz kerak emas!
Yusuf ukasi va Muhammadga mamnun jilmaydi.
- Juda toʻgʻri! Uni topishlaring kerak...
Muhammad va Kamron Nazimni topish uchun chiqib ketdilar. Odina Yusufning oldida qoldi... Yusufga ovqatini ichkizdi... Biroz suhbatlashdilar.
- Odina... Endi uyizga boring. Dam olvolishiz kerak...
- Yoʻq... Charchamadim.
- Aytganimni qiling... Uyizga borib damizni oling... Keyin yana kelaverasiz
Odina hijolatomuz jilmaydi. Kozlarimi Yusufdan olib qochdi.
- Xoʻp... Ketaman. Ertaga albatta kelaman...
- Kutaman jonim!
Odina gʻalati boʻlib ketdi. Birinchi martda Yusufning og'zidan "jonim"degan soʻzni eshitishi edi! Yuragi sevinchdan oʻynab ketdi. Lekin iloji boricha buni sezdirmaslikka tirishdi.
- Mayli... Yaxshi qoling.
* * *
Odina uyiga keldi. Bugun oila aʼzolar qishloqdagi buvisidan xabar olish uchun ketishgan. Uyda Odinadan boshqa hech kim yoʻq. Ertalab onasi "Qizim... Ertaga dadang bilan buvingni koʻrgani bormoqchimiz, biz bilan borasanmi?"deganida Odina "Yoʻq borolmayman..."deya javob bergandi. Odina Yusufdan havotirda.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Egasidan maqtov eshitishga shoshilgan qul kabi darrov "Shef" ga qo'ng'iroq qildi.
  - Alo, hoʻjayin...
  - Eshitaman...
  - Ish hal boʻldi!
  - Yaxshi...
  - Endi Yusuf bu ishga aralasholmaydi.
  - Barakalla!
Telefon oʻchdi. Nazim hoʻjayining sovuqqina qilib aytgan "Barakalla!"degan soʻzidan nihoyatda quvondi. Oʻzini Shefning oʻng qoʻli sifatida koʻra boshladi. Lekin bilmaydi-ki, u jon kuydirib hizmatini qilayotgan shefi uni o'ldirish payida ekanini, u uchun oʻlim rejasi tuzib qoʻyganini! Nazim oʻzining oʻsha jimittekkina yashirin kulbasiga bordi... Vaziyat tinchib uni qidiruvdan olib tashlamagunlaricha u yerdan chiqmasligi kerakligini juda yaxshi bilardi.
                  *       *      *
   Odina Yusufni urib yuborgan nomaʼlum kimsani topishlari uchun Jinoyat qidiruv boʻlimi hodimlariga ariza yozdi. U odam topilishini va qilgan jinoyati uchun tegishli jazo olishi kerakligini talab qildi. Boʻlim hodimlari uning arizasini olib qolishdi. Odina sud binosiga borishi kerak edi. Bir necha qog'ozbozlik masalasida albatta... U sud binosi oldida koʻziga juda issiq tuyilgan chehraga koʻzi tushdi. Bu yuz juda tanish edi...
  Bu nomaʼlum kishining koʻzlaridagi qoʻrquv yaqqol aks etib turar, uning oyoqlari qaltirar edi... U Odinani koʻrmadi, Odina esa unga tikilib qoldi. "Bu odamni qayerda koʻrganman?!" Nomaʼlum kishi sud binosi ichiga kirib ketdi. Odina ham uning ortidan yurdi. Binoning yuqori qavatiga koʻtarildilar. Odina hamon kuzatishda davom etar, nomaʼlum kimsa esa uni payqamas, hayoli anchayam parishon edi. Yoʻlakning oxiridagi qora eshik oldida toʻxtadi.Atrofga bir-bir alanglab qarab oldi. Odina uni devor ortidan kuzatar edi. Nihoyat nomaʼlum kishi eshikni ochib ichkariga kirdi. Odina ham eshik tomon asta yaqinlashdi. Eshik qiya ochiq qolgan edi. Odina ichkariga mo'ralay olmadi... Chunki uni payqab qolishlari mumkin edi. Ichkaridagi ovozlar Odinani sergaklantirdi.
  - Yusuf ketdi... Oʻyindan chiqdi. Endi hech narsa qilolmaydi, bu aniq...
  - Ha toʻgʻri... Shefni buyrugʻi asosida harakat qilishimiz kerak.
  - Nima qilamiz?
  - Nazimni o'ldirish kerak... Agar uni tutib olishda, biz qoʻlga tushishimiz tayin...
Odina bu gaplar kimlar tomonidan aytilayotganini ko'rolmadi. Anglagani shu boʻldiki, Yusufga suiqasd qilishgan! Endi esa, bularni fosh eta oladigan yagona guvoh - Nazimni ham o'ldirishmoqchi!
Odina astalik bilan eshikdan uzoqlasha boshladi. Lekin toʻsatdan oyoq kiyimining poshnasi qayrilib ketdi. Odinaning qoʻlidan sumkasi tushib "Shiqq!"etgan ovoz chiqardi. Ichkaridagi kishilar uni payqab qolishdi va xonadan chiqa boshlashdi. Odina bor kuchi bilan bino boʻylab qocha boshladi. Binoning odamlar gavjum joyiga yetganida uni quvib kelayotgan yigitlar gʻoyib boʻlib qolgandi. Odinaning koʻksidagi yuragi otilib chiqib ketar darajada tez-tez ura boshladi. U oʻzi eshitgan narsalarni Kamron va Muhammadga aytishi kerak edi... Qoʻrquv va titroq ichida sud binosidan chiqib ketdi...

10-QISM TUGADI

⏰21.04.2025.                      15:10

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Azamat aka! Sizga gapirdim... Pul topib keling... Erkakmisiz?! Menga kuni boʻyi yotadigan erni keragi yoʻq, bilib qoʻying!
Guli eshikni qarsillatib yopganicha chiqib ketdi. Azamat bildiki xotinini oldida zarracha hurmati, sal boʻlsa-da qadri yoʻq ekan... "Ehhh... Singlim, meni kechir... Men ablaxman... Men iflosman! Men Shaytondan battar insonman!"...
Telefon jiringladi. Nazim ekan. Azamatning yuragi orqaga tortib ketdi. Lekin baribir telefonni ko'tardi...
- Alo...
- Azamat! Bizni ish nima boʻldi? Sudga ariza tashlab keldizmi?
- Haa berib keldim. Aytganizdek qildim... Odina qizlarni o'limiga sababchi, qonun oldida javob berishini xohlauman, dedim...
- Juda yaxshi! Bu narsa sal boʻlsa-da Yusufni ishdan chalg'itadi... Lekin Azamat!
Nazim telefon ortidan qah-qah otib kuldi. Bu shaytoniy kulgu, qalblarni larzaga keltirar darajada edi!
- Azamat!
- Ha aka?
- Qiziz vapshe shakalat qiz ekan!
Azamatning hushi boshidan uchib ketdi. Yotgan o'rnidan sakrab turdi.
- Nimalar deyapsan iflos?! Agar qizimni bir tola sochi uzilsa...
- Ha! Nima qilolasan?! Qoʻlingdan nima kelardi?! Sen oʻz singlisini oʻldirgan qotilsan! Sen qoʻrqoq quyonyuraksan!
Azamat boʻshashib qoldi... Nazimga mos javob topolmadi... Topolmasdi ham! Chunki Nazim haq! U haqiqatda qoʻrqoq bir kimsa xolos! Boshqa hech kim emas... Azamat ularga kuchi yetmasligini va umuman qarshilik qilolmasligini anglardi... Va asta ovozini mayinlashtirdi...
- Jon aka... Qizimga tegmanglar. Zoʻrgʻa topgan yolgʻiz farzandim u...
Nazim indamadi... Azamatning boʻgʻziga yigʻi toʻplandi.
- Aka... Nima desalaring qilaman... Lekin qizimga tegmanglar... Iltimos!
- Mayli mayli... Shunchaki ogohlantirdim tushunarlimi?! Agar bir haqimizda u-bu joyga xabar qiladigan boʻlsang... Oʻsha onda qizingni 40 ta erkakni ichiga tashlayman! Shu gapimni yaxshilab qulogʻingga quyib ol! Biz bilan hazillashma!
Telefon oʻchdi. Azamat yigʻlab yubordi. U nega bu yoʻlga kirib qoldi oʻzi?! Tinchgina yashab yurgan edi... Ajoyib jarroh emasmidi?! Davlatdan olayotgan oyligi ham yomon emasdi... Uni nima jin urdi?! Shayton vasvasa qildimi? Yoki nafsi g'alayon koʻtardimi?! Nega u qilgan qabihligi uchun yosh, norasida qizi javob berishi kerak?! Axir u aʼzolarini olgan qizlar ham yosh edilar... Hur edilar... Ota-onalarining erka qizi emasmidi?! Balki u qizlar orasida ham Charosga o'xshab yillab kutilgan farzandlar boʻlgandir...? Azamat shularni hayolidan bir-bir o'tqazdi. Xoʻngrab yig'lagan koʻyi tinimsiz Xudoga yolvora boshladi.
- Allohim kechir! Parvardigorim meni kechir!!! Gunohimga qizim javob bermasin!!! Yo Allohim tavba qildim! Tavbalar qildim!!!
* * *
Akmal aytgan belgilar asosida chizilgan foto suratlar hamma joyda elon qilindi. Yusufga Jinoyat qidiruv boʻlimidagi bir qancha malakali hodimlar yordam bera boshladilar... Nazim oʻzining qidirilayotganini bilib koʻrsichqon kabi yashirindi... Uni hammajoydan qidira boshladilar... Nazim jag'idagi qalin soqolini qirtishlab olib tashladi. Sochlarini ham kesdi... Oʻzini bir muncha o'zgartirgan boʻldi... Uning oldiga bu kecha Shef kelishi kerak! U uni koʻzlari toʻrt boʻlib kutardi... Oʻsha sirli kulba... Nazim tanish, yoʻgʻon ovozni eshitib oʻrnidan qoʻzgʻaldi... Tezgina borib eshikni ochdi. Ichkariga shef kirdi uning ortidan ikkita qo'riqchi yigitlar ham kirdilar.
- Nazim!
Nazim dumini likillatgan it kabi hojasiga qulluq qildi.
- Yusuf uchun syurpriz tayyorladik... Uni unga sen hadya etasan!
Nazim nim tabassum qilganicha koʻzlarini quvlik bilan qisib qoʻydi.
- Qanday syurpriz ekan?
- Bir mashina top... Oʻsha mashinada Yusufni urib ketasan, u qattiq jarohat olishi shart! Shunday jarohatlansinki, oylab kasalxonadan chiqolmasin!
- Xoʻp boʻladi shefim.
- Lekin xushyor boʻl! Mashinani tez yoʻqotishing kerak boʻladi keyin...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Koʻzini yumdi deguncha oʻsha daxshatli xonada yotgan singlisining soʻlgʻin yuzi koʻz oldida gavdalanaveradi! Azamat nafs quli va bir qoʻrqoq kimsa ekanini isbotladi! Nafsi uchun shaytonning gapiga kirdi, balki hamma ayb shaytonda emasdir, aslida kishilarning baʼzilari shaytondan ham battar!!! Ularning qilgan yovuzliklari oldida shayton ham ip esholmaydi! Shaytonga dars bera oladigan darajadagi yovuz insonlar oramizda koʻplab topiladi! Azamatning qoʻrqoqligi unga qimmatga tushdi. Balki u qizlarni oʻldirmoqchi boʻlgan qotillarni tutib berganida edi, xalq uni qahramon deya olqishlagan boʻlar edi. Axir u jinoyatdan xabardor edi, jinoyat joyi va vaqtini aniq bilardi! Birgina qoʻngʻiroq bilan barcha qotillarni va bunaqangi iflos jinoyatlar ortida turgan kimsalarni yoʻqotishi mumkin emasmidi?! Bu qotillar qanchadan qancha kishilarni umriga zomin boʻlgan va bundan keyin ham zomin boʻladi! Bu jinoyatchi toʻda yosh yigitlar va qizlarning onggini turli psixatrop tabletkalar bilan zaharlab manipulatsiya qiladi va oʻz yo'rig'iga soladi. Akmal ham shundaylardan emasmidi?! Qanchadan qancha qizlarni fohishalik qilishi uchun sotib yuborishadi... Agar Azamat oʻsha kuni, nafsini emas, vijdonini gapiga quloq solganida edi... Bu tuban jinoyatchi guruh allaqachon panjara ortida boʻlardi... Lekin... U bunday qilmadi. U qoʻrqoqlik qildi... U nafsiga ergashdi. Natijada na halovat topdi, na bir foydaga erishdi... Kunlari tobora qorongʻu tus olar, kunda tushiga yigʻlab chinqirayotgan singlisi kirar, uni azoblar edi... Azamat ukalaridan singlisining jasadi topilganini eshitdi... Xotini va qizini olib bir kunginaga, faqat janazani o'tqizish uchungina Fargʻonaga keldilar... Ukalari bilan ham gaplashmadi... Ishlarim koʻp deya bahona qilganicha oilasi bilan ortga qaytib ketdi! Oʻsha kundan beri uning halovati yoʻq... Yegan-ichganida maza topolmaydi... Ukalariga qoʻngʻiroq qilib hol-ahvol soʻramadi, singlisining markasi, "Yigirma-qirq" kabi marosimlariga ham kelmadi. U oʻsha ketganicha yoʻq boʻldi qoldi.
  Yusuf bir necha marotaba akasiga qoʻngʻiroq qildi lekin Azamat telefonini koʻtarmadi...
  Azamat bu ishni surishtirishni Yusuf oʻz qoʻliga olganidan behabar edi. Yusuf Nazimning izini topgani katta "Shef" va jinoyatchi guruhga yoqmadi. Ular avvalo Yusufdan qutulmoqchi boʻlishdi, keyin esa Nazimni o'ldirish rejasini tuzdilar... Yusufni yoʻq qilish uchun Nazimni ishga solishlari kerak edi... Keyin esa oʻzini osongina yoʻq qilishadi... Bu suiqasdni uyushtirishda ularga Azamat kerak edi... Shu sabab "Shef" Nazimga Azamatni topishni va u orqali Odinani sudga berib Yusufni chalg'itishni buyurdi... Nazim vafodor it kabi oʻz hojasini amrini bajo keltirdi. Azamatga qizi va xotinini oʻldirish bilan tahdidlar qila boshladi.
  - Jinoyatga sen ham aloqadorsan! Agar ukangni yoʻldan olmasang... Hamma aybni sening boʻyningga agʻdaramiz, bir umrga qamalasan! Keyin bu hammasi emas.... Qizingni ismi adashmasam Charos ekan...
Azamatning koʻzlari katta katta ochildi.
  - Iltimos qizimga tegmanglar...
  - Unda aytganimizni qilasan! Ukangni o'yindan chiqar! Bu ishni Odinaga yuklab yopsin... Yoki oxiri yaxshilik bilan tugamaydi...
Azamat vijdon va qo'rquv orasida qoldi. Noilojlikdan Odinani sudga berdi...

9-QISM TUGADI.

⏰19.04.2025.                  11:15

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…
Подписаться на канал