hikoyalar | Неотсортированное

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Подписаться на канал

Hikoyalar (G&M)

- Ha, ichkariga kirmaysizmi yigitni guli?! Kelin kutib qoldiyuu...
Asta eshik ochib ichkariga kirdim. Ichkarida oppoq koʻylakda bir nozikkina qiz, yuziga oppoq yopinchiq tashlab olganicha turardi. Meni koʻrdiyu, qoʻllarini bilan boshidagi yopinchiqni asta sidirib olib tashladi. Uni koʻrdimu aqlim ishlamay qoldi! Koʻzlarimga ishonmasdim! Bu Nozima edi! Nozima! Qarshimda oppoq libosda... Yuzida tabassum... Koʻzlarida yosh... Uni bunchalar baxtli holda oldin sira koʻrmagandim. U haqiqatda baxtdan sarmast edi! Yuzlari, koʻzlari, lablari... U juda goʻzal, xuddi oppoq farishtaga oʻxshardi.
  - Nozima...
Nozima yigʻlardi. Koʻzidagi yoshlari sira tinmadi.
  - Nozima... Nahotki bu siz?!
  - Temur aka! Sira kutmagandim! Sira oʻylamagandim, Alloh bizga shunday imkoniyat beradi deb...
  - Bu qanday boʻldi?
Unda asta yaqinlashdim. Yetib borib nozik qoʻllaridan tutdim.
  - Men ozod boʻldim. Qalbim oʻzimga qaytarildi. Va oldimga yana 2 ta sharpa keldi. Lekin ular oldin kelganlaridaqa emasdi. Oppoq edilar. Menga oʻz tanangga Sabihaga qaytib Ruhlar shahriga borasanmi yoki shu tanangda yana bir oz hayot kechirishni xohlaysanmi deyishdi. Ular Alloh sizni sogʻ salomat holizga qaytarganini va agar xohlasam siz bilan yashash imkoni berilganini aytdilar!
Nozima menga yaqinlashdi. Nozim kaftlarini yana yuzimga qoʻydi. Uning qoʻli judayam yoqimli edi.
  - Temur aka... Men sizni tanladim! Siz birga boʻlishni xohladim!
Uning ham, mening ham koʻz yoshlarimiz aslo tinmasdi. Uni bagʻrimga bosib oldim... U entikar, lablari bilan yanoqlarimni erkalar edi. Shu payt tashqaridan ovoz keldi.
  - Rasmchi keldi... Tayyormisizlar Temur? Videoga ham olish kerak ekan...
  - Hozir bir daqiqa. Koʻz yoshlarimni artdim. Nozima ham oʻzini sal qoʻlga oldi. Eshik ochilib rasmchi, videochi va bir nechta qizlar, yigitlar kirdilar. Anchagacha fotosessiya boʻldi. Soʻng Nozimani qoʻllaridan tutib bir umr baxtli va saodatli boʻlish uchun ushbu xonadondan olib chiqib ketdim...

TAMOM.

M.F : Assalomu alaykum... Yana bir, men uchun haqiqiy yangilik boʻlgan yoʻnalishdagi hikoyamni bi'iznillah tugalladim🥰🥰🥰 Manfaatli boʻldi degan umidim bor. Sizlarga hikoya manzur boʻldimi? Albatta izoh qoldirishlaringni kutaman🙃
Inshaalloh tez orada yangi dramatik ruhdagi hayotiy voqealar asosida yoziladigan romantik hikoya - DIL ni boshlayman. Inshaalloh, qoʻllab quvvatlab turasizlar🥹 Hikoyamni oʻqigan, reaksiya bosgan va komment qoldirgan barcha-barchadan minnatdorman. Allohim rozi boʻlsin! Oʻqigan koʻzlaringiz aslo dard koʻrmasin.

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰04.03.2025.                00:50

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

U yerdan ketdim. Koʻzlarimga achchiq tutun kirdi. U koʻzimni qattiq achishtirib qizartirib yubordi. Xuddi koʻzimga qalampir surtalgandek lovullab yonardi. Yoshlarim shashqator oqti. Oʻzimni toʻxtatolmay baqirib yigʻlay boshladim. Ovozimni payqap qolishdi va men tomonga qora sharpalar sudralib kela boshladi. Ular navbatma navbat meni vujumda kirishar va bor kuchimni zulukdek soʻrib olishardi. Tanam ogʻriqdan lovullab yonar, boʻgʻzimda qattiq chinqiriq portladi. Butun jarlikning lahzaga solgudek qilib chinqirdim! Kuchdan qolib yiqildim. Sharpalar ham meni tashlab qayoqlargadir uchib ketishdi...
Qancha yotdim bilmayman... Lekin koʻzimdagi yoshim sira tinmadi. Ogʻir azob va bu yerda daxshatlar odamni yuragini oʻpirib yuborardi. Sekin sekin badanim kuchga kira boshladi... Oʻzimni oʻnglab asta oʻrnimdan turdim. Chayqala-chayqala yura boshladim. Bir sharsharaga yetdim... Uning suvi vulqondagi lava singari edi... Qaynoq suyuq olov! Men badanim seskanib ketdi. Atrof qizdirilgan tovadek...
Lava ortida bir gʻorga koʻzim tushdi. Asta borib undan oʻtdim. Oʻtarkanman lavaning bir tomchisi yelkamga tomib tushdi. Yelkamning mushtdek joyi irib oqib ketdi! Azobdan baqirgim kelar, lekin yana baqirsam meni payqab qolishlaridan qoʻrqardim. Ogʻzimni kaftim bilan maxkam berkitib oldim. Koʻzimdan yosh otilib ketdi. Gʻor ichiga kirdim... Qop qora sandiqchaga koʻzim tushdi. Bu oxirgi sandiqcha! Quvonib ketdim. Yugurib sandiqchaning oldiga bordim. Unga kattagina qulf osilgan va u qulfda uchta oʻyilgan dumaloq shakl bor edi. Oʻrtasida soat muruvatiga oʻxshash buragich... Uni asta buradim... Birinchi dumoloqchada siyohrang olov rasmi paydo boʻldi...
- Yoʻq...
Yana buradim... Yana... Yana... Birinchi yashil koʻrshapalak...
- Hayriyat, endi 2 tasi qoldi.
Buragichni ortga burdim, yana oldinga... Bu murakkab boshqotirmaga oʻxshardi. Uni qancha burasam ham hech toʻgʻri surat tartib bilan joylanmasdi. Qulfni ochaman deb ancha ter toʻkdim. Aqlimni ishlatishim kerak edi. Buragichni 3-4 marta tez-tez buradim. Eh Xudoyim! Ikkinchi dumaloqchada hilol qizil oy... Suyunganimdan yigʻlab yubordim. Chunki hammasini toʻgʻri joylashtirgandim. Qulfdan "Shilq"etgan ovoz chiqdi.
- Uddaladim!
Shoshilib uni ochmoqchi boʻldi. Lekin u ochilmadi! Hayron qoldim! Sandiqchani qattiq qattiq silkitdim. Qulfni urdim! Yoʻq u ochilmadi.
- Axir topdimku?! Nega ochilmaydi?! Jin ursin!
Siqildim... Yuragim ogʻriy boshladi... Endi nima boʻladi... Anchagacha yigʻlab oʻtirdim. Keyin birdan oʻzimga keldim. Qutichani oldimga qoʻldim, asta pichirladim.
- Auzu billahi minash shaytonir rohiym... Bismillahir rohmanir Rohiym.
Sandiqcha ochildi! Xursandligimdan oʻrnimdan turib baqirib sakray boshladim. Uni ichida dumaloq koptokchaga oʻxshash shar bor edi. U yorqin moviy tusda... Ichida bir kichik oq zarrin nur u yoqdan bu yoqqa uchib yuribdi... Uni biroz tomosha qilib turdim. Shu payt gʻor yorishib ketdi. Roʻparamda kattakon daraxt va uning atrofi zanjirlangan. Daraxt oldida bir qiz... Qoʻl va oyoqlari qora zanjir bilan oʻralgan holda, yurak oʻrnida esa tillarang zanjir bor edi. Bu birinchi kitobda koʻrganim... Daraxtga zanjirlangan qizning surati... Unga yaqin keldim... Qoʻlimda moviy shar. Qizning koʻzlari yoʻq edi. Oʻyib olingan! U nafas olayotgandi lekin meni koʻrmas, gapira olmasdi. Ogʻzi qon, tili sugʻurib olingan holda. Quloqlari kesib tashlanibdi... U qadam tovushlarini eshitib yotgan oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Qizning oppoq badanida qip qizil qamchi izlari... Koʻzimga yosh keldi. Uning chandiqlar bilan toʻlib toshgan yuzlaridan siladim...
- Nozima... Sizni har kuni shunday azoblashardimi?
Nozima ovozimni tanidi... Boshini asta qimirlatdi. Qoʻli bilan koʻksidagi oltin ranjirga ishora qildi. Men u zanjirni asta oʻzimga tortdim... Zanjir Nozimaning koʻksidan ajralib mushtek oʻyiq joy hosil boʻldi. Men nima qilish kerakligini darrov tushundim. Qoʻlimdagi moviy sharni uning koʻksiga joyladim... Birdan Nozimaning badani yorishib ketdi. Koʻksidan, ogʻzidan, ikki koʻzi va quloqlaridan moviy nur otilib chiqdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bu yer Jannatga tushishligi aniq boʻlgan ruhlarning makonidir.
- Axir Ruhlar shahri bor ediku?!
Yigit kuldi. Yurishdan toʻxtadi. Menga asta va mayin ovozda gapira boshladi.
- Jannatiylarning oʻz darajalari mavjud. Shu darajalarga qarab ularning ham to Qiyomatgacha makon qilib yashab turadigan manzillari ham turlicha boʻladi...
Yigit atrofga sevinch bilan boqdi. Keyin yana menga qaradi va soʻzida davom etdi.
- Ruhlar shahri - Bu birinchi makon boʻlib, u yerdagi Jannatiy ruhlar asosan oddiy odamlardir. Ular 5 vaqt namoz, roʻza va Haj, Umra amallarini bajarishgan va boshqa kishilarga faqat yaxshilik qilganlar...
- Haa... Demak u yerda oddiy kundalik ibodatlar bilan mashgʻul boʻlgan kishilarning ruhlari yashaydi, shundaymi?
Yigit kuldi. Va "Xuddi shunday!"dedi. Soʻng yana soʻzida davom etdi.
- Bu yer Ruhlar vodiysi deyiladi... Bu yerdagi odamlar solihlar, sahobalar, olimlar, Qurʼonni yod olgan qori va qoriyalar, shahidlar, avliyolardan iborat! Ularning darsjasi oddiy odamnikidan farq qiladi shu sabab yashash joylari ham umuman boshqacha.
- Haa... Qanday ham yaxshi, jonga xuzur beradigan joy ekan!
- Alhamdulillah, albatta. Yana oliy daraja ham bor. U yer Ruhlar saltanati deyiladi. Va u yerda Allohning paygʻambarlari yashaydilar.
Bu manzaralar meni hayratga solar, qalbimda qandaydur yoqimli hissiyotlarni uygʻotardi. Biz yurishda davom ettik... Bir gʻorga kirdik, u yerda har xil qimmatbaho toshlar toʻlib toshib yotardi. Olmoslar, zumrad va marvaridlar, yoqutlar... Tilla taqinchoqlar... Ular oʻzlaridan turli ranglar chiqarib jilolanardi... Gʻor ichi shu qadar goʻzal ediki, tariflab berolmayman! Biz ichkariroqqa kirdik... U yerda yashil rangli koʻrshapalaklar oyoqlari bilan osilgan holatda turishardi. "Oldin bunaqasini qayerdadir koʻrganman..." Birdan yodimga tushdi! Axir bu oʻsha belgi-ku?! Men eslolmayotgan belgi! Xursandligimdan bor ovozim bilan baqira boshladim.
- Esladim! Ha! Esladim... Yashil koʻrshapalak!!! Esladim...
* * *
- Esladim... Esladim...
- Temur aka! Temur aka...
- Haaaah!
Choʻchib uygʻonib ketdim. Tepamda Nozima turardi.
- Tinchlikmi? Rossa alahsiradiz...
- Nozima, men esladim...
- Nimani?!
- Nimani boʻlardi, jonim?! Birinchi belginida!
Nozima kuldi. Koʻzlari quvonchdan chaqnab ketdi.
- Xoʻsh nima ekan?
- Yashil koʻrshapalak!
Nozima yugurib borib, ruchkani oldi. Eshikdagi qogʻozning nuqta-nuqta oʻrniga katta qilib "Yashil koʻrshapalak" deb yozib qoʻydi.
- Allohga shukr... Allohimning oʻzi menga yordam berdi...
Nozima yigʻladi... U juda xursand edi.
- Alhamdulillah... Endi ozod boʻlaman! Har kungi azoblarimdan qutulaman!
* * *
Nozimaga qanday tush koʻrganimni aytib berdim. U hayajon bilan meni tinglardi.
- Juda ajoyibku?! Men u yerlarni koʻrmagandim...
- Hali hamon u yerning xushboʻy ifori burnimda qolib ketgandek... Juda yoqimli joy ekan!
Oʻsha tushdan soʻng yana 2 kun oʻtdi. Hamon tush koʻrmadim... Miyyam zoʻriqib ogʻriydigan boʻlib qoldi! Yuragim qattiq siqildi. Sanchib ogʻrirdi...
Nozima ikkalamiz uchun sharbat quyib xonamga kirdi. Bir qoʻlidgi stakanni stol ustiga qoʻydi. Boshqasini meni oldimga olib keldi.
- Havo isib ketdi... Sizga deb sharbat olib keldim... Ichib oling...
U menga sharbatni avaylab ichkizib qoʻydi. Stakanni boyagi qoʻyib qoʻygan sharbatini oldiga qoʻydi. Keyin asta menga yaqinlashdi. Yonimga oʻtib koʻksimga boshini qoʻyib yotdi.
- Oʻziz ichmaysizmi, jonim?
- Yoʻq... Keyin.
- Xoʻp...
Ancha vaqt shu holatda, bir birimizga gapirmay jimgina yotdik. Birdan Nozima oʻrnidan turdi. Taxmonda turgan yostiqni oldi. Tepamga keldi.
- Vaqt boʻldi...
Javob berishga ulgurmadim. U bor kuchi bilan yuzimga yostiqni qoʻydi. Nafasim qaytar, oʻpkam oʻgʻrirdi... Bir necha soniyadan soʻng yuragim urishdan toʻxtadi. Jonim tanamdan otilib chiqib ketdi.
* * *

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Aslida kimni ko'zi ojiz?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

* * *
Seskanib uygʻonib ketdim. Tong otibdi. Koʻrganlarim esimdan chiqib qolmasidan ularni eslab qolish uchun tez tez gapirib qaytara boshladim.
- Sochlari yonayotgan qiz -Sabiha... Belgi qizil rangdagi hilol oy! Qizil rangda... Hilol edi... Haa! Qizil rangdagi hilol oy edi!
- Nima boʻldi?!
Nozima shu yerda ekan! Oshxonada nonushta tayyorlayotgan boʻlsa kerak. Eshikni ochdi. Egnida fartuk...
- Turdizmi? Nonushta tayyor... Hozir olib kelaman.
- Nozima! Qizil hilol oy edi. Ikkinchi belgi!
Nozima xursand boʻldi. Koʻzi va lablari kuldi.
- Juda yaxshi! Men hozir...
Biroz oʻtib qoʻlida patnis tutgancha Nozima keldi. Men uchun qahva damlabdi, chiroyli nonushta tayyorlabdi. Bugun u boshqacha chiroyli... Yoki xursandligimdan koʻzimga shunaqa koʻrindimikin. Unga koʻzlarim toʻlib, termulib qarab qoldim. Nima boʻlibdi?! Axir u endi meni xotinim! Unga shirin gapirib, hushomad qilgim keldi.
- Bugun judayam chiroylisiz!
Nozima kulib qaradi. Qoʻllaridagi qoshiqchaga ovqat olib menga asta uzatdi... Lablarimni sochiq bilan artib qoʻyar, chanqasam xohishimga qarab yoki choy, yoki kofe ichkizardi. U juda mehribon va oq koʻngil qiz. Qani edi sogʻ boʻlsam! Uni bagʻrimga bosolsam edi! Afsus qoʻllarimni qimirlatolmayman... Nozima meni ovqatlantirib boʻlgach,oshxonaga kirib idish tovoqlarni yuvib, yana oldimga qaytib kirdi.
- Qanday boʻldi?
- Juda daxshatli manzaralarni koʻrdim! Butun tanam muzlab qoldi...
- Ruhimni bir boʻlagini koʻrdizmi?
- Ha... U daraxtga osilgan holatda edi... Sochlari yonayotgandi.
Nozima boshini quyi soldi.
- Men oʻsha azoblarni har doim his qilib turaman!
Unga tikilib qoldim. U esa oʻychan edi.
- Bilasizmi ular meni ruhimni 3 qismga ajratishdi. Biri yuqorida, oltin qafasda...
- Ruhlar shahrida...
- Ha. Esladingiz! Ikkinchisi pastda...
- Jahannamning bir boʻlagida.
- Uchinchisi...
- Shu yerda!
Nozima menga hayron boʻlib qaradi.
- Uchinchi yerdagi ruh sizsiz! Uchinchi belgi sizda...
Nozima birdan hammasini tushundi oʻrnidan turdi.
- Haqsiz! Temur aka siz topdiz, uchala belgini ham topdiz!
- Lekin hali aniqmi yoʻqmi? Axir oʻzingiz ham buni bilmas ekansizku?!
- Unda hozir bilib olamiz.
Nozima oldimda asta yechina boshladi. Ustidagi kiyimini, futbolkasini yechdi. Ichki kiyimlarini ham...
Koʻzim Nozimaning chap soniga tushdi. Unda belgi chizilgan edi. Jon holatda yotgan joyimda baqirib yubordim.
- Ana u! Chap oyogʻizda...
Nozima ham shoshib qaradi.
- Kecha bu narsa yoʻq edi! Bugun paydo boʻp qolibdi!
Undagi belgi... Siyohrang tusda. Olovning rasmi edi.
- Siyohrang olov!
- Haa... Siyohrang olov... Uni rangigacha eslab qolishiz kerak! Birinchi belgini ham eslang!
Nozima menga yana oʻsha oʻtinchli nigoh bilan qaradi. Asta kiyina boshladi. Kiyinib boʻlgach yonimga kelib choʻkkalab oʻtirdi. Boshini egib yelkamga qoʻydi... Yuzimdan asta oʻpib qoʻydi. Ancha shu holatda oʻtirdi. Uning sochlaridan kelayotgan yoqimli ifor menga juda yoqardi. U yonimdaligi menga bir muncha tasalli berardi.
Nozima sekin oʻrnidan turdi.
- Qayoqqa?
- Bilasizku... Ketishim kerak. Kelaman... Lekin hozir ketmasam bo'lmaydi.
U eshik tomon asta yurdi. Bir narsa yodiga tushib qoldi shekilli tezgina ortiga qaytdi. Gʻaladonlarni titkilab ruchka bilan oq qogʻoz oldi. Unga bir narsalarni yoza boshladi. Keyin yelim bilan roʻparamdagi eshikka yopishtirdi. Unda shunday yozilgandi:
1. .............???.
2. Qizil hilol oy.
3. Siyohrang olov.
Yopishtirib boʻlib menga qaradi. Birinchi nuqta va soʻroqlar qoʻyilgan qatorni barmogʻi bilan koʻrsatdi.
- Eslashiz kerak. Eslang! Xotirahizni ishga soling.
- Xoʻp...
U endi ketmoqchi edi. Toʻxtatdim.
- Nozima...
- Labbay?
- Sizni sevaman... Negaligini bilmayman, lekin judayam yoqasiz menga...
Nozima shirin jilmaydi. Yuzi biroz qizargandek boʻldi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Aslida men uni sevolmadim! Bor gap shu!
Eshik qoʻngʻirogʻi bir marta jiringladi. Nozima keldi! Soatga qaradim tungi 2... Shu payt nega keldi ekan?! Nozima toʻgʻri oshxonaga kirdi. Bir narsalarning sharaq-shuruq qilgan ovozi eshitildi. U xonamning eshigini ochdi. Qoʻlida pichoq bor edi. Hammasini tushundim!
Nozima indamadi. Menga oʻtinchli jilmaydi... Devonim bosh tomoniga oʻtdi. Boʻgʻzimga pichoqni tiradi. Lablari qulogʻim oldiga kelganini sezdim. U asta pichirladi.
- Belgini eslashga harakat qiling... Qolgan 2 tasini ham toping.
Indamadim. U boʻgʻzimga qoʻygan pichogʻini shart tortib yubordi. Shu onda jonim uzildi...
* * *
Tanam kuya boshladi. Atrofda qaynab toshgan suvlar sachramoqda. Yotgan joyim Jahannamdek issiq. Oʻrnimdan turdim. Qoʻl va oyoqlarimni bemalol harakatlantirdim. Suyunib ketdim. 10 kundan buyon bir joyda yotib qolgan shol odam uchun tushda boʻlsa ham soppa sogʻ holda boʻlishi odamni boshqacha quvontirarkan. Lekin tushib qolgan joyim meni qaygʻuga sola boshladi. Atrof olov rang, qizil va jigarrang tusda... Bu uch xil rang birlashib, bir-biriga uygʻunlashib ketgan. Osmonga qaradim... Bulutlar titilib ketgan uvadalarga oʻxshab qolibdi. Och kulrang tusdagi parcha parcha boʻlib sochilib yotgan bulutlar ortida qon kabi qip qizil oy porlardi... Atrofdan har turdagi vahimali ovozlar yangradi. Bir payt bir kishini koʻrdim... Uning butun badani yonayotgandi. U bu azobdan chinqirib dod solib yigʻlar lekin uning dod faryodiga eʼtibor beradigan topilmasdi. Bir guruh tim qora tusli, butun badani qora tuklar bilan qoplangan, xuddi odamga oʻxshab ikki oyoqda yuradigan maxluqlar paydo boʻlishdi. Men choʻgʻ boʻlib qizarib yonayotgan katta bir toshning ortiga yashirindim. Choʻgʻning taftidan yuzlarim kuyib ketti. Kuyish shu darajada kuchaydiki boshimning terisi shilinib oqib tushayotganini his qildim... Oʻzimni olib qochdim...
Boyagi maxluqlar odamlarni turli xildagi qiynoqlarga sola boshladi. Hammayoq chinqiriq, dod faryod ovozlariga toʻlib toshdi. Ayollar, erkaklar... Hammalari qora libosda... Ustilaridagi liboslari juda yoqimsiz... U odamlarning yuzlariga koʻmir ishqab tashlangan...
Maxluqlar birin ketinlikda barchalarini ayovsiz azoblardi. Birining ogʻzi va koʻzlariga qizarib yonayotgan choʻgʻni soldilar. Uning ogʻzi va koʻzlari oqib tushdi... Sal oʻtib yana oʻz holiga qaytdi... Ular yana choʻgʻ soldilar, kishi dod solib baqirdi... Koʻzlari va ogʻzi yana yerga oqib tushdi... U odamga ortiq qarashga toqat qilolmadim. Yuzimni boshqa yoqqa burdim. Bir guruh ayollarga koʻzim tushdi. Ularning badanlaridan yiring oqib tushardi... Goʻshti yiringlab tushgach, quruq skaletlari qoldi... Qonli suyaklar... Bosh chanogʻidan koʻzi erib oqdi... Zum oʻtmay yana oʻz holatlariga qaytdilar... Yana badanlari irib, yiringlay boshladi... Tanasidagi goʻshtlari goʻyo ilon post tashlagani singari suyagidan ajralib yerga tushdi... Koʻrganlarimdan daxshatga tushgandim... Koʻzlarimdan yosh toʻxtamay oqardi. U tomondan ham koʻzimni uzdim. Mazkuqlar qayoqqadir yoʻq boʻlib qolganini sezgach asta joyimdan qoʻzgʻaldim. Osmondagi qizil oy meni kuzatayotgandek ortimdan asta yura boshladi. Men bir jarlikka kelib qoldim. Jarlik qon bilan yuvilgandek edi goʻyo. Atrofdan qon hidi kelib turar, koʻnglimga urilardi. Pastda toʻp-toʻp odamlar... Boyagi maxluqlar ularni barchalarini qon toʻlib toshib oqayotgan katta bir daryoga otib yubordilar. Odamlar qip qizil qonli daryoda suzishar, baqir-chaqir qilganlaricha vahimali koʻzlari bilan atrofga alang-jalang boqishardi. Yuragim sanchib ogʻriy boshladi. Ularning dod solishlarini koʻrganim sari boshim aylanar, hushimdan ayrilib yiqilib ketgudek boʻlardim. Jarlikdan asta orqaga tisarildim. Ajabki meni hech kim payqamadi. Asta yoʻlimda davom etdim. Olov boʻlib yonayotgan daraxtzorga kelib qoldim. U daraxtlardan juda ham jirkanch, oʻzidan nihoyatda badboʻy hid taratib turadigan bir shilimshiq suyuqliq oqib turarkan. Yaqinroq borib koʻrdim... Koʻrdimu koʻnglim aynib oʻqchidim... Hidining sassiqligidan boshim aylanib ketti. Rangi ham toʻq yashil tusda...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Achchiq...😢

Replay teamdan yangi qisqa film...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Yashil ko'rshapalak?! Bunaqasini sira ko'rmagandim.
- Bu belgi! 4-sandiqni ochadigan belgilardan biri. Uni eslab qoling...
Unga endi gapiraman deb tursam, boyagi ruh keldi va meni chaqirdi.
- Ketish vaqtingiz boʻldi!
Men asta ortimga qaytdim. Ketarkanman qafas ichida ko'zlarini mo'ltiratib qarab turgab Sabihaga 2-3 marta o'girilib qaradim. U menga ilinj bilan, umid bilan boqib turardi. Boyagi narvon bor jayga keldim. "Ehh, yana shuncha yoʻl bosib ortga tushamanmi?!" Hayolimdan shu gap o'tib qoldi. Birdan boyagi ruh menga qarab kuldi.
- Tezroq pastga tushishni istaysizmi?
Javob berib ulgurmasimdan orqamdan itarib yubordi. Men pastga yer tomon qulay boshladim! Baqirardim... Lekin ovozim havoda bo'linib-bo'linib ketadi! Uchib tusharkanman, judayam qattiq qo'rqardim. Bir gupp etib yiqilib tushdim!
Ko'zlarimni ochsam polda, gilam ustida yotibman. Divandan tushib ketibman! Negadir bosh og'rig'im yana kuchaydi... Mazam boʻlmas, o'zimni koʻtarolmay ancha yotdim... Menda gʻalati o'zgarishlar bo'layotganini his qilib turardim. Birdan eshik qo'ng'irog'i jiringladi. O'rnimdan zoʻrgʻa turdim. Oyoqlarim bir-biriga chalkashib keta boshladi. Boshim aylanar, atrof esa ko'zimga to'lqinlar singari lapanglab ketayotgandek ko'rinardi. Eshikni ochdim. Har doimgidek roʻparamda Nozima turardi. U ahvolimni koʻrib tashvishga tushdi.
- Sizga nima qildi? Ko'zlaringiz juda qizarib ketibdi-ku?!
- Nozima...
Nozima menga achinib qaradi. Oldin meni bunaqa holatda hecham ko'rmgan edi.
- Bu safar tush koʻrishim boshqacha bo'ldi. Qiziq holat!
U ichkariga kirdi... Oyoq kiyimi va ustidagi kastumini yechdi. Oshxonaga kirib ketdi. Men ham uning ortidan kirdim. U muzlatgichdan tuxun bilan kalbasani oldi. Gazni yoqib tovaga yogʻ quydi.
- Qornim rossa och! Sizniki ham ochdir?!
Haqiqatdan ham kechadan beri tuz totganim yoʻq edi. Holsizman. Butun tanamda og'riq zoʻrayib borardi. Ayniqsa boshim... Yorilib ketgudek boʻlib og'rirdi!
Nozima 5-6 daqiqa ichida oldimga ovqat olib keldi va oʻzi ham o'tirib ovqatlana boshladi. Oʻzim bilan boʻlib unga deyarli eʼtibor bermabman. U yana yosh holatda edi! Sochlarini juda chiroyli qilib turmaklandi. Egnida qizil futbolka... Ovqatlanib olgunimizcha ikkimiz ham bir soʻz demadik. Nozima lablarini va qo'llarini sochiqqa artarkan asta soʻz boshladi.
- Oʻzim ham hayronman! Nimadur o'zgardi... Meni jazolashayotgan joylarida... Nimadur yuz berdi va men yana yosh, kuchli, navqiron holimga qaytdim! Qudratim ham qaytarib berildi...
- Tushga kelmadiz!
- Aytyapmanku tushunolmay qoldim! Men 10 takam 12 da keldim. Sizni navbatdagi tushga joʻnatishim kerak edi. Kelsam yoʻq ekansiz!
Nozima menga ajablanib qaradi.
- Qayerga borsiz oʻzi?
- Xabaringiz yoʻqmi?
- Yoʻq...
- Osmondan narvon tushdi, yuqoriga koʻtarildim. Ruhlar shahriga bordim...
U menga qaradi. Uning hayrati yanada ortdi!
- Temur aka...
- Labbay?
Nozimaning koʻz yoshi oqib yuzidan asta yurib pastga tushdi. Menga yana achinib qaradi.
- Tinchlikmi Nozima?
- Temur aka... Siz o'lyapsizmi?!
- Buni qayerdan bildiz?
- Qancha umriz qoldi?
Men boshimni quyi soldim.
- 1 yo 2 oy...
Nozima yig'ladi. Men esa uning koʻz yoshlarini tomosha qilgancha o'tiraverdim.
- Men yuqorida sizni koʻrdim... Asl ko'rinishizni... Sabiha ekansiz.
Nozima yig'lashdan to'xtadi. Ko'zlari kuldi... Bu gapimdan xursand bo'lgani shundoq sezilib turardi.
- Qanday ekanman?
- Juda yosh... Juda...
- Haa...
- Va yana chiroyli ham...
Nozima kuldi. Koʻzlarida iztirob paydo boʻldi.
- Asl koʻrinishimni sog'indim... Ozod bo'lsamu o'z tanamga qaytsam deyman.
- U menga belgi koʻrsatdi. Uni eslab qoling dedi.
Nozima bu safar haqiqatda quvondi.
- Qanday belgi?!
U belgi haqida so'rashi bilan menda gʻalati asoratlar boshlandi... Miyyamdagi boyagi narsa battar kuchaydi. Qandaydur belgini sira ham eslay olmadim!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tushlar vodiysi (Mistik & Fantastik)

5-TUSH. RUHLAR SHAHRI

Boshimda kuchli og'riq paydo bo'ldi. Bu og'riq borgan sari kuchayib borar, aqlimni, vujudimni kemirayotgandek bo'lardi. Baʼzan chidolmay qolardim va ikki qo'llarim bilan boshimni maxkam changallagancha uzoq o'tirardim. Har qanaqa dorilarni ichib koʻrdim. Foyda bermadi. Jasur holatimdan havotirga tushdi.
- Temur... Doktorga ko'rinsang bo'lardi... 2 kundan beri boshim, boshim deysan. Bir ko'rinib qo'y.
Jasur haq edi. Bu og'riq kuchaysa kuchayyaptiki aslo kamaymayotgandi. Doktorga bormasam bo'lmasdi. Ertansi kuni ertalabda shahar markazidagi shifoxonaga bordim. Biroz vaqtdan soʻng doktorning oldiga kirdim.
- Assalomu alaykum.
- Va alaykum assalom. Keling...
Ichkariga kirdim va doktor ko'rsatgan joyga asta o'tirdim.
- Nima shikoyatingiz bor?
- Boshim juda kuchli og'riyapti.
Doktor oldimga o'tdi. Davlenamni o'lchadi. Yurak urushimni eshitib ko'rdi. Chiroqchasi bilan ko'zlarimni tekshirgan bo'ldi.
- Yurak urishiz va davleniyayiz meʼyorida. Og'riq qanaqa boʻlyapti? Yaʼni sanchib og'riyaptimi yoki sekin bosh aylashishiga o'xshabmi?
- Juda qattiq og'riq bo'lyapti. Xuddi boshimni ichiga nimadir kirib olganda, uni ichidan kemirib tashlayotgandek azob beryapti...
- Unda bir tekshirib koʻramiz.
Doktor qamdaydur apparatga meni yotqizdi va boshimni kampiyuter orqali ko'rib tekshira boshladi. Miyyamning suratlari tushirilgan plastik qog'zoga uzoq tikilib qoldi.
- Nima boʻldi doktor?
- Yaqinlaringiz bormi?
- Yoʻq... Yolg'izman.
- Xmm demak oʻzizga aytishimga to'g'ri keladi. Ukam...
Doktor bejo edi. Uni bu holati meni havotirga solardi.
- Rostini aytishim kerak. Miyyangizda juda chuqur joyida o'simta paydo boʻlgan va u borgan sari kattalashyapti... Bu holat juda yomon va asoratlari og'ir bo'ladi.
Doktorning gaplaridan yuragimda titroq turdi. Mung bilan, balki umid bilan tikilgancha soʻradim.
- Davosi bormi?
Doktor boshini quyi soldi. Koʻzlarini mendan olib qochdi.
- Afsuski buni davosi yoʻq... Operatsiya qilish mumkin lekin 90 ga 10. Yaʼni yashab ketishizga 10 foizgina umid bor xolos... Operatsiyadan qaytib chiqmasligiz ehtimoli juda katta! Ham bu operatsiya ancha qimmat. Bu yerdagi shifokorlar qilolishmaydi. Chet davlatdan jarroh chaqirtirishimizga toʻgʻri keladi. Harajati juda katta boʻladi.
Oddiy kompaniyaning, oddiy bir hodimiman. Oyligim 3 yarim million! Undan har oy kvartiramni ijara pulini toʻlayman... Yordam bera oladigan boyvachcha tanishim ham yoʻq. Balki qismatim shudir!
- Doktor, qancha umrim qoldi? Ochiq aytavering...
- Koʻp emas... 1 oy yoki 2 oy. Ungacha sizda har xil asoratlar boshlanadi. Yani xotira sustlashishi mumkin, hatto ovqat yedizmi yemadizmi, sanalar, oy nomlari uyizga boradigan yoʻlni ham unutib qo'yishingiz mumkin... Shunga tayyor turing.
Xotiram sustlashadi! Men butkul tushkunlikda edim. Aqlimga sigʻmas yoʻq joydan qanday bu dard menga yopishdi ekan?! Umrimda shifoxonada kasal boʻlib yotgan emasdim. Sog'lom, baquvvat yigit edim...
Shifoxonadan chiqib tog'ri uyimga bordim. Divanga choʻzilib yotgancha oʻtgan hayotimni oʻyladim. Men 27 ga kirib nimaga erishdim o'zi?! Ota-onam orzu qilgandek boʻla oldimmikin?! Na oilam bor, na sevgan ayolim bor, na farzandlarim! Men kimsasiz orolda tushib qolgan kishi kabi yolg'izman!
Koʻzlarimdan oʻz oʻzidan yosh oqa boshladi. Yuragimda istirob og'rig'i turdi. Yashagim kelardi, lekin...
Soat ham 12 ga yaqinlashib qoldi. Hozir qayerdandir Nozima paydo bo'ladi... Mening ahvolim og'ir edi. Chuqur qayg'uga botgan holda shiftga qarab yotardim.
Birdan shift oʻz o'zidan qo'zg'ala boshladi. Shitir shitir ovozlar chiqib uyimning shifti ikkiga ajraldi. Oppoq osmon ko'rinar, xonam yorishib ketgandi. Men domda turardim va mendan yuqorida yana 2 qavat bor! Shunda bildimki men tushga kiribman. Lekin o'lmadimku?! Nozima ham kelmadi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Камбағаллар психологияси!

Хитойлик миллиардер Жек Ма камбағал инсонлар психологияси ҳақида жуда ажойиб фикрларни билдирган, агар яхшилаб ўйлаб кўрсангиз, бу фикрлар жуда ҳақиқатга яқин эканлигини биласиз.

Камбағал кишиларнинг талабини бажариш жуда мушкул.

• “Камбағал кишиларни талабини бажариш жуда мушкул. Уларга ниманидир текинга берсанг, бу қопқон деб ўйлайдилар.
• Уларга бу кичик инвестиция десангиз — кўп маблағ ишлаб топиш мумкин емас, дейишади.
• Уларга йирик миқдорда молия киритиш таклифини берсангиз, пуллари йўқлигини рўкач қилишади.
• Янги мавзулар таклиф этилса — тажрибалари йўқлигидан хавотирланишади.
• Уларга бу анъанавий бизнес эканлигини айтмангиз, бу оғир дейдилар.
• Уларга бу янги бизнес модел десангиз – пирамида дейишади.
• Уларга дўкон очиш ҳақида гапирсангиз – эркинлик йўқ дейишади.
• Ўз бизнесларини бошлаш ҳақида гап очсангиз, янги бизнес ривожланишига ҳеч қандай исбот йўқлигини айтишади.
• Улар кўплаб умумий хусусиятларга эга: “Google”дан фойдаланишни, худди ўзлари каби омадсиз дўстларига қулоқ тутишни.
• Улар университет профессорларидан ҳам кўпроқ ўйга толишади ва кўзи ожиз кишилардан ҳам камроқ нарсалар қилишади.
• Улардан нима қилишлари мумкинлиги ҳақида сўранг. Улар сизга жавоб бера олмайди.
• Менинг хулосам: юракдан тезроқ уришни талаб қилишни ўрнига, ўзингиз тезроқ ҳаракат қилсангиз нима бўлади?
• Хаёлларга берилиш ўрнига, фикрингиздаги нарсани амалга оширишингизга нима ҳалал беради?
• Камбағал инсонлар битта хусусиятлари сабаб омадсизликка юз тутишади: Уларнинг умри кутиш билан ўтади.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Qolganlarini qanday eslayman?! Juda shoshilib ko'rgandim.
- Harakat qiling...
Nozima o'rnidan turdi. Mening oldimga asta kelib qaynoq kaftini yuzimga bosdi.
- Sizga ishonaman...
U shunday deganicha eshik oldiga bordi, bir narsa yodiga tushdi shekilli ortiga o'girildi.
- Shkafda issiq kiyimlar bor, keyin miltiq ham qo'yib qo'yganman, oʻziz bilan ovoling... Bu yerda yirtqich hayvonlar juda koʻp.
Nozima eshik oldida tizzalab o'tirdi. Qo'llarini polga tiradi... Badanidan oppoq mayin tuklar o'sib, butun tanasini qopladi. U bir necha soniya ichida kattagina oq ayiqqa aylanib olgandi. Bu safar qo'rqmadim. Ajabki yuragimdagi barcha qo'rquvlarim tarqab ketgandek bo'ldi. Nozima oq ayiq qiyofasida eshikdan tashqariga chiqib ko'zdan g'oyib bo'ldi. U aytganidek issiq kiyinib oldim. Yelkamga miltiqni ildim... Sandiqchani topish uchun tashqariga chiqdim.
* * *
Qancha yurdim bilmayman, lekin barglari va shoxlari qalin qor bilan qoplangan o'rmonga kelib qoldim. Hammayoq tizza bo'yi qor! Atrofda hech zogʻ ko'rinmaydi. Daraxtlar panasida odam suyaklari ko'rinib turar, ularni bo'rilar va boshqa shunga o'xshash yirtqich hayvonlar g'ajib tashlagani shundoq bilinib turardi. Ortimdan qanaqadur ovoz chiqqanini sezdim, shart burildim ro'paramda oq bo'ri turardi. Uning tishlaridan qizil qon oqar... Ko'zlari g'azabdan olayib ketgandi. U menga qarab yugurdi. Men yelkamdagi miltiqni unga o'qtarib tepkini bosdim. O'q to'g'ri borib bo'rining peshonasiga tegdi. Men yetishiga 5-6 qadam qolganida tappa yiqildi. Oppoq qor bo'rining qoni bilan qizarib ketdi. Men yana yo'limda davom etdim. Muzlab yotgan ko'l bo'yiga keldim. Ko'lning yuqorisi muzlagan, ostida esa suv bor va unda turli baliqlar suzib yurardi. Ko'lning u yog'ida balant qoya bor edi. Men o'sha qoyaga chiqmoqchi bo'ldim va muz ustida asta yura boshladim. Ko'lning o'rtasiga kelgandim hamki muz qars etib yorilib ketdi. Butun tanam bilan suvga tushib ketdim. Suv nihoyatda muzdek edi. Tanam yana uvishib og'riy boshladi. Suvdan chiqmoqchi boʻlib yuqoriga talpindim. Bir payt o'tkir tishlari bor yuzlab baliqlar men tomonga suzib kela boshladilar. Ularning ko'rinishlari juda vahimali edi. Men jon holatda sinib ketgan muz bo'lagi tomon suza boshladim, lekin baliqlar juda tez harakatlanishardi. Ular menga yetib olishdi va duch kelgan joyimdan tishlab tashladilar. Suvga qip qizil qonim tushib, suvning rangini pushtisifat tusga keltirdi. Og'riq va muzdek suvdan holsizlana boshladim. Baliqlar meni bir soniya ham tinch qo'yishmas, biri yelkamdan, biri oyoqlarimdan, boshqasi belimdan tishlab uzib azob berardi. Men cho'ka boshladim, ko'z oldim asta qorong'ulashdi... Suv ostigacha tushdim... Baliqlar ham mendan uzoqlashishdi. Suvning tubida nafas ololmay o'pkamda kuchli og'riq turdi. Ko'zlarimni bazoʻr ochdim. Birdan marvaridlar bilan bezatilgan kichkina sandiqchaga koʻzim tushib qoldi! Quvonib ketdim. Tanamdagi og'riqni ham bir zum unutayozdim. Havo yoʻq! O'pkam ishib ketgandek tuyuldi. Lekin bir amallab quticha tomon sudrala boshladim. U qulfsiz edi... Asta ochdim. Ichidagi 3-kitobni qo'limga oldim. Lekin ochib ko'ra olmadim. Nafasim qayta boshladi... Kitobni tishimga qistirgancha bor kuchim bilan yuqoriga qarab suza boshladim. Boyagi yirtqich baliqlar qaytib qolmasin deya qo'l-oyoqlarimni shunday tez harakatlantirardimki... Jon holatda suzardim... Ko'zim tobora yumilib ketar, tanamda madorim qolmagandi. Nihoyat muz yorilgan joyga yetdim. Boshimni suvdan chiqarib to'yib-to'yib nafas oldim. O'pkamdagi og'riq pasaydi. Keyin tanamni suvdan chiqardim. Atrofda qorli izg'irin sovuq kezib yurardi. Havo nihoyatda sovuq... Suvga tushib ho'l bo'lgan kiyimlarim asta muzlashni boshladi. Men o'tirgan joyimda kitobni varaqlay boshladim. Oʻsha g'ayrioddiy belgini qidira boshladim. Kitobning so'nggi sahifasiga yetdim, belimchaga muzlab bo'lgandim. O'rnimdan siljiy olmadim... Oyoqlarim o'tirgan o'rnimda muzlab yopishib qolgandi. Men shoshgancha kitobga qaradim. Unda yana bir surat chizilgan, yuzi noaniq qiz...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

* * *
Muzdek havodan tanam sovuq qota boshladi. Atrofda g'uvv-g'uvv etib shamol ko'tarildi. Meni esa ko'zlarim yumuq edi. Hamon o'lik holda yotardim. Oyoqlarim va qo'llarim muzlab qolgan... Ustimdan oppoq qor parchalari yog'a boshladi. O'zim ham qor ustida yotardim. Chamasi 1 soatcha shu alfozda yotdim. Muzdek tanamni asta qimirlata boshladim. Ulardan qirs-qirs etgan tovushlar chiqa boshladi. Barmoqlarim muzlab qotib qolgan ekan, ularni sira ham egib ololmadim. Men Sibir singari qorli, izg'irinli joyda bitta futbolka va yupqa jensi shimda, oyoqyalang holda turardim. Tanam dir-dir qaltirar, sovuq havo badanimdan o'tib ichki aʼzolarimgacha muzlatib tashlardi. Asta asta boshimni ko'tarib tevarakka qaradim. Uzoqdan bir uychaga ko'zim tushdi. Uyning mo'risidan tutun chiqib turardi. Demak kimdir bu yerda yashaydi va uning uyi issiqqina! Hayolimdagi fikrdan quvonim ketdim. Xuddi robotlar singari bazoʻr qadam tashlab yura boshladim. Tanam sovuqdan ko'karib ketdi. Yuzimga urilgan izg'irin shabboda ko'zlarimni og'ritdi. Ularni chirt yumib olgancha yo'limda davom etdim. 2 soat yurdimmi yoki 3 soat anig'ini bilmayman, lekin uyning eshigi yoniga yetib kelgandim. Jon holatda uni taqillatishga tushdim. Eshik ochildi. U ichi issiq ekan, badanim asta eriy boshladi. Yuzimga pechkadagi olovning tafti urilib tanam yayray boshladi. Uy egasiga qaramabman ekan... O'zimga kelib olgach boshimni ko'tardim. Tepamda Nozima turardi! U tush ichiga hecham kirmasdi-ku?! Nozima oppoq jemper kiyib olgan, sochlari tekkis qilib dazmollangan, yuzida tabassum bilan menga qarab turardi.
- Siz?! Axir bu tush emasmi?! Siz meni tushimda nima qilyapsiz?!
Nozima kuldi. U shunday qah-qah otib kuldiki uy ichi bir qalqib ketgandek bo'ldi.
- Sizni tushlar vodiysiga jo'natgan odam, tushizga kirolmaydimi?!
U haq edi. Ahmaqona savolimdan uyalib ketdim.
- Xoʻp... Oldin hech kirmagandiz, doim tush tugagach ko'rishardikku, shunga so'ragandim...
- Havotir olmang, bu yerga siz uchun keldim... Aslida menga bunday qilish mumkin emas, agar bilib qolishsa, meni qiynab azoblashadi.
- Kim azoblaydi, nega azoblaydi! Axir siz o'lib bo'lgansizku?!
- Toʻgʻri... O'lim nima siz uchun? O'lgan odamning faqatgina tanasi o'ladi! Go'shti, suyaklari chiriydi... Lekin uning ruhi hech qachon o'lmaydi... Men ruhman! Va menga mana shu tanani berdilar... Nima uchun bilasizmi?! Ular mening qalbimni kishanladilar va menga turli topshiriqlar bera boshlashdi. Men kunduzi tirik,kechasi esa o'lik edim! Baʼzan kunduzi oʻlik, kechasi tirikka aylanaman... Qisqasi ular qaysi payti meni xohlashsa o'sha payti paydo bo'laman...
- Nega?
Nozima pechkasi ochib, ichiga bir qancha o'tin soldi. Olov yanada kuchaydi.
- Men ularni hizmatini qilsam, ular meni qayta hayotga qaytarishga vada berishdi. Va men bilan shartnoma tuzdilar. Men baʼzan sharpa holida, baʼzan esa inson holida yura boshladim. Ular menga bir jinning qudratini berdilar. Men u qudrat bilan xohlagan paytim xohlagan jonzotimga aylana olardim. Koʻp odamlarni ularga topshirganman... Mingtadan ortiq desa ham bo'ladi. Siz birinchisi emassiz!
- Tushunmadim. Sizni o'lganizga 3 oy bo'lgan bo'lsa, qanday qilib 1000 tadan ortiq kishini ularga topshirasiz...
Nozima yana kuldi.
- Men siz o'ylayotgan qiz emasman! Bu tana meniki emas. U qiz yigiti bilan avtohalokatga uchrab o'ldi. Meni esa o'lganimga 500 yil bo'ldi.
Eshitib esim chiqib ketayozdi.
- 500 yil?! Siz...
- Ha. Men 16 yoshlardagi beg'ubor bir qazaloq edim. Dadam bilan yashardik... Onam kichikligimda vabodan o'lgan ekan. Biz vabo tarqalgan joydan ketdik. Dadam ikkimiz qir-adirlarda birovlarning qo'y, echkilarini boqib berib shuni evaziga to'lanadigan pulga tirikchilik qilardik. Tog'da qo'ylarni o'tlatib yurib ancha toliqdim va ko'zim ilinibdi... Shu uxlaganimcha qayta uyg'onmadim. Meni uxlab yotgan joyimda ilon chaqib o'ldirgan edi. Lekin men yashashni istardim. Ruhim bilan tinmay "Men yashashni istayman!"deya baqiraverdim... Meni olovli zarjirlar bilan bog'lab tashladilar. Keyin oldimga ikkita sharpaga o'xshash hilqat keldi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tushlar vodiysi (Mistik & Horror)

4-TUSH. CHEKSIZLIK

Nozima uchun ham, men uchun ham qiyin kunlar boshlandi. Bu 3 kun, 3 yildek uzoq tuyuldi menga. Shu 3 kun ichida Nozima ishdan bo'shadi... Endi uni ishda ko'ra olmasdim. Sababi nima ekan deb soʻramadim, u ham aytmadi. Birdan g'oyib bo'lib qoldi. Telefoni o'chirilgan, smslarim esa javobsiz edi. Borib holidan xabar olay desam uyini bilmasdim. Ishga kelib uni surishtira boshladim uy manzilini ishga kirish anketasiga yozgan bo'lishi kerak!
- Jasur...
- Ha o'rtoq?
- Nozima nega birdan ishdan ketdi ekan? Hali bir oy ham bo'lmagandiku?!
- Bilmasam, hammamiz hayron qoldik.
Men u yozgan arizani va to'ldirgan anketasini arxivdan oldim. Sekin asta varaqlay boshladim...
- Dilmuhammedova Nozima. 1997-yil 8-avgustda tug'ilgan. Manzili : Farg'ona shahri, Guliston koʻchasi 33-uy. Telefon raqami.............
Manzilini bilgach ishdan chiqdimda to'g'ri uni uyiga bordim. Bir kichikkina mahalla ekan... Ko'chalari tor. Uy nomerlariga qarab ketarkanman 33-uyni qidirar edim. Nihoyat topdim. Uy unchalik ham sarishta emasdi. Uy atrofidagi gulzorda yovvoyi o'tlar o'sib ketgandi. Ko'cha umuman tozalanmagan... "Nozima uyini shu darajada yomon tutadimi?!" Aqlimga ishonmasdim. Sekin darvozaga yaqinlashdim... Taqillatib ura boshladim. Ichkaridan erkak kishining ovozi eshitildi.
- Kim u?!
Indamadim yana bir-ikki taqillatdim. Darvoza ochildi. Qarshimda soch soqoli o'sib ketgan bir yigit turardi. Uni ko'zlari nihoyatda bejo edi. Qizarib turardi. Bir ko'rgan odam bu bolani nashavant yoki narkamant deb o'ylashi aniq edi. Qo'limni uzatib so'rashgan bo'ldim.
- Assalomu alaykum... Aka yaxshimisiz?
- Va alaykum assalom. Kimsiz? Sizga kim kerak?
Yigit juda dag'al, asabiy ovozda tez-tez gapirardi. Bir muddat shoshib qoldim.
- Menga Nozimaxon kerak edilar. Bizni ishxonada ishlayotgandilar, kecha bo'shab ketdi. Telefon qilsam raqami oʻchirilgan beryapti. Qandaydir havotir olib, habar olgani kelgandim.
- Nozima?! Qaysi Nozima kerak sizga tushunmadim...
- Singlingiz bo'ladilar menimcha...
- U o'lgan!
Badanimdan muzdek ter chiqib ketdi. "Axir qanaqasiga o'lgan bo'ladi? U bilan gaplashdim, uni quchoqladim, ko'zidan oqqan yoshlari ham haqiqiy edi... Bo'lishi mumkin emas!"
- Yoʻq aka... U bizni ishxonada ishlardi. Kecha bo'shab ketdi.
- Men oʻz qo'llarim bilan singlimni ko'mganman... Nozima 3 oy oldin avtohalokatda o'lgan.
- Aka... Agar iloji bo'lsa o'sha singlizni rasmini ko'rsatsangiz... Balki men aytayotgan qiz boshqa Nozimadir.
- Mayli...
Yigit cho'ntagini kovlab telefonini chiqardi. Singlisini rasmini topgan meni qo'limga tutqazdi.
- Mana shu singlim bo'ladi.
Ekrandagi rasmni ko'rib esxonam chiqib ketay dedi. Rasmdagi qiz haqiqatdan ham Nozima edi! O'sha chiroyli ko'zlar, nim pushti lablar! Ko'zlarimga ishonolmasdim...
Telefonni qaytarib berdim. Nozimaning akasi darvozani berkitib uyiga kirib ketdi. Men esa hamon ostinada turgancha, Nozima haqida o'ylardim. "Qanaqasiga o'ladi axir?! Aqlim yetmayapti!"
To uyimga yetguncha shu savolga javob topishga urinardim... Uyimga kelganimda quyosh allaqachon botgandi. Ovqat ham yegim kelmadi. O'rnimga yotgancha ko'zlarimni chirt yumib oldim...
Tong otdi. Doimgidek ishimga otlandim. Kuni bo'yi bir dunyo hujjatlarni ko'rib chiqdim. Hisobotlar tayyorladim... Lekin ko'nglim sira yorishmas edi.
- Nima bo'ldi Temur? Hayoling parishon...
- Bilmasam... Charchadim shekilli.
- Uyingga bor oshna. Ishingni men o'zim qilib qo'yaman. Yaxshilab damingli ol...
Rostan miyyam zo'riqib qolgani uchunmi Jasurning taklifini rad qilmadim.
- Rahmat oshna...
- Bor, boraqol... Bosh og'riq dori ichib ol. Uxlolmasang uyqu dori ich...
- Xoʻp rahmat.
* * *
Bugun juda kech uxlashga yotdim. Soat tungi 12 dan oshdi. Telefonimni chuqullab anchagacha uxlolmay chiqdim. Chamasi bir soatlardan soʻng ko'zim ilinib qolibdi. Eshikning jiringlaganidan choʻchib uygʻonib ketdim. Yarim kechasi kim kelgan bo'lishi mumkin?! Erinibgina o'rnimdan turdim. Eshikni ochdim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Teri shilinib odam goʻshti va suyagi alohida boʻlib qolgach, suyaklarni barchasini yigʻishib boyagi men bazoʻr chiqib kelgan jarlikka olib borib sochib yuborishardi. Odam goʻshti nim pushti tusda boʻlarkan! Atrofda minglab odamning shilingan terilari va boshlar qalashib yotardi... Koʻnglim aynib boshimda nihoyatda kuchli ogʻriq turdi. Ular bu odamlarni oʻldirmasdan tiriklayin chinqirtirib terilarini shilayotgandi. Togʻlar kishilarning baqir chaqirlari dod voylari bilan akslanib boʻlayotgan manzarani yanada daxshatli tasvirlardi. Meni qoʻrquvdan titroq bosa boshladi. Ichimda yana kalima oʻgira boshladim...
Hammayoq qon isi bilan toʻldi. Mazam boʻlmay ketardi. Koʻz oldim qorongʻulashgancha tanamda umuman mador qolmaganini his qildim. Boyagi maxluqlardan bir qanchasi shilingan terilarni va goʻshtlarni olishib mesarobkaga oʻxshagan katta bir oʻtkir pichoqlar bilan toʻlib toshgan idishga solishdi... Bu manzara meni butkul tamom qildi. Ortiq bunga qarashga botinolmay qoldim. U yerdan sezdirmay keta boshladim.Yana Yuqoriga koʻtarildim. Koʻprikka chiqmoqchi boʻldim. Togʻning choʻqqisiga yetguncha oyoqlarim shilinib ketti. Oyogʻim ostidagi yerlar qirrali toshlar bilan toʻlib toshgandi. Bazoʻr ularni bosardim. Oyoqlarim qonab ketar, yuragim sari butun tanamga ogʻrir berardi. Qancha yurdim, bilmayman... Nihoyat togʻning tepa qismiga yetib keldim. U yerda juda uzun koʻprik bor edi. Bu koʻprik olisdagi oppoq togʻ bilan men turgan togʻni bir biriga bogʻlab turardi. U juda... nihoyatda uzun edi. Kengligi kishi qarichi bilan oʻlchanganda 3 qarich kelardi. Undan faqatgina bir odam oʻta olar, koʻprikning yogʻochlari ancha chirib eskirib qolgandi. Ichimda Allohning nomi bilan Bismillahni aytdim. Avval oʻng oyogʻimni koʻprikka qoʻydim, soʻng sekin sekin yura boshladim. Pastdagi odam suyaklari yuqoridan juda vahimali koʻrina boshladi. Boshim aylanib ketdi. Hali hech qancha yurmadim, lekin oyoqlarim oʻz oʻzidan titrab ketaverdi... Koʻprik ostidan odamlarning chinqirganlari, qichqirib dod solib yigʻlayotgan ovozlari jaranglab eshitilib turardi. Yuragim oʻynab ketar, qoʻrquvdan peshonamdan ter emas, goʻyoki suv oqib ketardi. Yurishda davom etdim, qadamlarim oʻzimga boʻysunmas, iloji boricha pastga qaramslikka tirishardim. Burnimga oʻrnashib qolgan qon hidi koʻnglimni aynita boshladi... Men butkul aqldan ozgan kimsadek har tarafga alanglagancha boshimni muttasil sarak-sarak qila boshladim. Koʻprik hali juda uzun... Yoʻlim nihoyatda olis edi. Bir amallab shu joydan oʻtib olishim kerakligini ich-ichimdan his etib turardim...
Uzoq yoʻl yurdim. Necha qadam bosganimni bilmayman... Go'yo bir yil yoki yarim yil yoʻl bosgandek edim. Vaqt nihoyatda sekin oʻtardi. Men endigina koʻprik yarmiga yetdim. Oyoqlarimda umuman mador qolmadi. Tinmay suv ichgim kelardi.Biroz oʻtirdim. Boyatdan beri esib turgan muzdek shabboda birdan toʻxtab qoldi. Osmoncha yarq etib qon kabi qip qizil quyosh balqib chiqdi. U xuddi tandirda yoqilgan olov singari atrofni qizita boshladi. Endi faqat peshonamdan emas, balki butun badanimda ter oqar, badanim suv boʻlib ketgandi. Tomogʻim battar qurushdi. Bir tomchi suv ichishga zor boʻlib kettim... Bu haqiqiy azob edi...
Atrof qizigandan qizidi. Men esa hamon koʻprik ustidaman. Birdan oyogʻim ostidagi yog'och qars etib sinib ketti. Bazoʻr koʻprikni ushlab oldim, tanam osilib qolgan edi. Pastimda suyaklar ostidan menga tillarini chiqarib vishshillab qarab turgan millionlab ilonlar menga tek qarab turishardi. Men bor kuchim bilan yana koʻprikka chiqib olishga tirishdim. Tepamni qizdirayotgan quyosh, badanimdan chakkillab oqayotgan ter meni qiynar, butun kuchimni xuddi zulukdek soʻrib olayotgandi. Bazoʻr koʻprik ustiga chiqdim. Manzilimga yetishimga oz qoldi. Ichimda "Laa havla vala quvvata..."deya tinimsiz takrorlardim...
Oppoq marvaridli tog'ga yetib keldim... Bu juda mashaqqatli yoʻl boʻldi... Tog' yonbag'rini biroz aylangan boʻldim... Tanam zoʻriqib og'riy boshladi. Soʻng koʻzim oppoq qutichaga tushdi. Oldin koʻrgan tushimdagi olmosli qutichaga oʻxshash quticha! Uning ham qulfi yoʻq edi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Shunday... Onam men uchun judayam qadrli edilar. Ulardan boshqa hech kimim yoʻq edi. Xotinim jizzaki chiqdi. Sal narsaga arazlab olar, arzimagan narsalardan janjal chiqarardi. Deyarli har kuni u bilan janjallashardik. Yosh boʻlganimiz uchunmi, yoki onam boshimizda boʻlmaganliklarigami u menga umuman itoat qilmasdi. Meni hurmat qilmas, mendan besoʻroq koʻchaga chiqar, xohlagan payti onasinikiga, xohlasa dugonasinikiga ketib qolardi. Bu hol meni qiynay boshladi. U bilan chiqish olmadik. U meni, men esa uni sevmasdim. Xullas muhabbat yoʻq edi oramizda. Shu bilan toʻyimizga bir yil boʻlmay turib ajrashib kettik.
- Essiz...
Nozima qahvasini simirib ichdi. Menga mehr bilan qaradi.
- Keyin uylanmadizmi?
- Yoʻq... Bir marta kuydim. Endi shoshilmasligim kerak dedim. Ham koʻnglimga yoqadigan qiz uchramadi.
Nozima biroz oʻylanib qoldi. Koʻzlarida qandaydir mung bor edi. Allaqanday hissiyotlar ikkimizni chulgʻab olgandek boʻldi. U ham, men ham bir muddat soʻzsiz qoldik...
Birdan Nozimaning menga chiroyli koʻzlarini katta-katta ochganicha oʻqdek qaradi. Koʻzlaridagi boyagi mehr, munglilik yoʻqolib ketdi. Uning koʻzlarida mislsiz qoʻrquvni koʻrdim. Nozimaning yuzlari qordek oqarib ketdi. Labidagi pushtilik asta koʻkimtir tusga kirdi. Uning bu holati meni vahimaga sola boshladi. Yuragim uvushib ketdi. Nozima oʻtirgan oʻrnidan turdi. Qoʻllari qaltiray boshladi. Unga nimadur taʼsir qilayotgani aniq edi, lekin u buni xohlamas oʻzining tanasiga kuchi yetmasdi. Koʻzlaridan bir tomchi yosh chiqib labining yonigacha oqib tushdi.
- Vaqt boʻldi...
Qoʻrqib ketdim. Axir bir hafta tugagandiku bugun! Nozima nega bunday holga tushganini endi tushundim. Mening ham rangim oqarishni boshladi. Tomogʻim qurib qoldi. Tinmay suv ichgim kelardi...
Nozima butun tanasi titray boshladi. Yuzi yanayam oqardi... Xuddi roʻparamda oʻlikning tanasi turgandek edi.
- Meni kechiring... Lekin shunga majburman! Siz topgan kitobdan yana 3 ta bor. Ularni ham toping... Meni bu azobdan qutqaring...
Bir soʻz deyishga ham ulgurmay qoldim. Nozima birdan shiftgacha oʻsib ketdi... Tanasi butkul suyak bilan qoplandi. Koʻzlarida olov, kiyimlari oʻziga sigʻmay qoldi, parcha parcha boʻlib titilib ketdi. Men daxshatdan qotib qoldim. Bor kuchimni toʻplab eshik tomonga yugurdim. Ajabo! Eshik qulflangan edi! Sira ocholmadim. Nozima aylanib qolgan maxluq meni bir qoʻli bilan dast koʻtarib devorga qarata otib yubordi. Devorga osilgan televizor chil-chil sindi. U meni yana koʻtardi... Shu qadar kuch bilan otdiki dumalab hammimning eshigiga urildim. Eshikning oynaklari sinib yuzimga tushdi. Boshimdan qon otilib chiqa boshladi. Hammayogʻim ogʻrirdi. U yana menga yaqinlashdi. Chap oyogʻimdan maxkam ushladi. Xuddi gilam qoqayotgan kishidek meni devorga ketma-ket 4-5 martalab urdi. Devor qip-qizil qon bilan belandi. Qattiq chinqirib baqirardim. Lekin meni hech kim eshitmasdi. Devor tagida butun badanim qon boʻlgan holatda hansirab yotardim. U yana keldi. Qoʻlida oʻtkir bolta bor edi. Jon holatda koʻtarib menga qarab soldi. Men bir yumaladim lekin bolta toʻppa togʻri oʻng qoʻlimga kelib tushdi. Qoʻlim tirsagimdan boʻlinib ketdi. Qon daryo boʻlib oqdi. Koʻzimdagi yoshim ham shashqator toʻkildi. Ogʻriqdan boʻkirib yubordim. Kesilgan qoʻlimga qaraganim sari rangimda rang qolmayotgandi... U yana boltani yuqori koʻtardi. Bolta bu saafar toʻgʻri boʻynimga tushdi... Jonim yerdan shartta sugʻurib olingan daraxt ildizidek tanamda yulqib olinganini his qildim. Bu nihoyat darajada azobli boʻldi...
* * *
Jonsiz holda qancha yotdim bilmayman... Koʻzlarimni pirpiratib asta ocha boshladim. Boshim ustida egilib turgan odam bosh chanogʻiga koʻzim tushib oʻtakam yorilib ketdi. Koʻzlarimni hayratdan katta-katta ochgancha atrofimga alanglab qaradim. Hammayoq odam suyaklari bilan toʻlib toshgan edi. Bir payt qoʻlib esimga tushib qolib shart oʻng qoʻlimni yuqoriga koʻtardim... Moʻjiza! Qoʻlim bus butun edi. Xursandligimdan yigʻlab yuboray dedim. Bir ikki qadam tashlashga harakat qilib asta yursa boshladim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Butun tanasi xuddi quyosh nur sochgani kabi nur sochdi! Nur shu darajada kuchaydiki men koʻzlarimni ocholmay qoldim. Orqaga tisarildim. Nozimaning jismi yerdan koʻtarildi... Birdan portlab ketdi! Atrofga moviy nur xuddi dengiz toshqini singari tarqaldi. Qarasam u yoʻq boʻlib qolibdi. Atrofda qora zanjirlar va bitta oltin zanjir boʻsh yotardi! Shu payt boyagi sharpalar uchib kelishdi. Meni boyagidek ketma ket azoblay boshladilar. Ular ichimga kirishar, har kirganlaridan ichim toʻkilib, titilib ketgandek boʻlardi. Xushimni yoʻqotdim va yerga gupp etib yiqilib tushdim...
* * *
Telefon qoʻngʻirogʻidan uygʻonib ketdim. U tinmay jiringlardi. Baribir ololmayman-ku?! Qoʻlimni qimirlatolmasam! Telefon tinmay jiringlayverdi... Men ham tek yotaverdim... "Nozima qayoqda qoldi ekan?!" Axiyri boʻlmadi... Ajab! Qoʻllarim qimirladi! Dast oʻrnimdan turdim! Koʻzlarimga ishonmasdim... Oyoqlarimni seza boshladim! Men soppa sogʻ holda uygʻongan edim! Koʻzlarimdan yoshlar quyulib oqa boshladi. Men nihoyatda baxtiyor edim! Axir bu haqiqiy mojiza! Allohning mojizasi! Kichkina boladek hoʻngrab yigʻlab yubordim. Telefon yana jiringladi. Tezgina borib oldim. Jasur ekan!
- Aloo...
- Alyo! Temur ogʻayni turdingmi?! Shunday ulugʻ kunda ham uxlaydimi odam! Tavba qildim. Boʻl tez shkafda tayyorlab qoʻygan kiyimingni kiyib chiq! Boʻlaqol! Kutib qoldik seni!
- Qanaqa kiyim? Qanaqa ulugʻ kun?! Nimalar deyapsan Jasur! Men sogʻaydim ogʻayni! Oyoqda turibman! Bemalol harakatlanyapman!
- Yomon tush koʻrdingni nima balo Temur! Oʻzi soppa sogʻsanku?!
Hayron qoldim. Bu nimalar deyapti. U yana shangʻillashda davom etdi.
- Oshna! Boʻl endi. Kelin bolani kuttirish yaxshimas, aytib qoʻyay...
- Kelin bola?! Qanaqa kelin? Nima haqida gapiryapsan?!
- Iyaaaaa, nega oʻzingni jinnilikka solasan?! Bugun toʻying-ku tentak?!
- Toʻyim?! Meni toʻyim?!
- Haa... Buni tomi ketib qopti. Oʻzini toʻyini unutgan odamni endi koʻrib turibman.
Telefon oʻchdi. Boshimda mingta oʻy! Bu nimasi?! Qanaqa toʻy?!
Sekin borib shkafni ochdim... Ajabo! Yangi kastum-shim! Uni tomosha qilib ancha turib qoldi. Hayolimda ming xil oʻy... Men boshqa dunyoga tushib qoldimmi? Hayratdan lol edim. Jasur aytganidek qilib yuvilib, taranib kastum shimni kiydim... Uyimdan chiqsam bir xil qora rangli 10 tacha mashinada barcha yaqinlarim meni kutib turishgan ekan! Jasur va ishxonamdagi hamkasblarim, qishloqdagi doʻstlarim, sinfdoshlarim, institutda birga oʻqigan kursdoshlarim! Barchalarini yana koʻrayotganimdan shod edim. Ularning har biri bilan bittama bitta salomlashib chiqdim. Keyin kelin-kuyov uchun tayyorlab qoʻyilgan qora Jipga chiqdim. Yonimga Jasur oʻtirdi.
- Oshna! Lekin malades! 8 yil deganda baxting ochildi... Alloh butun qilib bergani chin boʻlsin ilohim!
Qattiq hayajonda edim. Men oʻzi kimga uylanyapman?!
- Jasur... Kelin bola deganing kim oʻzi?
Jasur bergan savolimdan ajablandi. Meni hazil qilyapti deb oʻyladi va qah-qah otib kuldi.
- Iye oshna, hazillashyapsanmi?! Olaydigan xotiningni kimligini bilmaysanmi hali?! Yarim yildan beri sevishib yurgan qizinga uylanyapsanku?!
Yarim yildan beri?! Meni sevishib yurgan qizim bormikin?! Tagʻin yarim yil aaa?! Hech narsaga tushunmasdim... Boʻlayotgan hodisalardan aqlim shoshib qolgandi.
Nihoyat bir chiroyli xonadonga keldik. Fayzli, ozoda... Jasur qoʻlimga qip qizil atirgul bilan toʻldirilgan buket tutqazdi.
- Qani... Kuyovbola! Ichkari kirsinlar...
Ikki yuzim qizargancha atrofga alangladim... Asta qadam bosib xonadon darvozasidan oʻtdim. Ichkarida bizni bir guruh ayollar, yuzidan nur yogʻilib turgan kishilar ochiq chehra bilan qarshi olishdi. Ziyofat berildi. Oʻyin - kulgu, bazm juda chiroyli oʻtdi. Meni kelinning xonasiga chaqirishdi. Oyogʻimgacha qaltirab ketdim! Xona eshigi oldida biroz oʻylanib turib qoldim. Bu holimni bir yoshgina ayol koʻrib qoldi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Koʻzimni elas-elas ochdim... Atrof xira... Hammayoq tuman bilan qoplangan. Bir qadam masofa ham koʻrinmaydi. Xuddi koʻr odamdek qoʻllarimni atrofga paypaslagancha asta yura boshladim. Oyogʻim osti tep-tekis yer. Hech narsaga turtinmasdan asta keta boshladim. Hech narsani koʻrolmadim, tuman judayam qalin edi...
Ortimdan nimadir kelib boshim ustiga chiqib oldim. Qoʻrquvdan qattiq chinqirdim... Telbalarcha boshimga qoʻllarim bilan ura ketdim. Unda bir jajji hayvon bor edi. U kaftimdek kelardi va sochlarimdan maxkam ushlab olgandi. Qancha ursam ham ularni qoʻyib yubormadi. Birdan boshimda nihoyatda kuchli ogʻriqni sezdim. U oʻtkir tishlari bilan boshimni kemira boshladi. Dod soldim. Yana va yana qoʻllarim bilan uni urdim. U ham taslim boʻlmas, sochimni changallab olgan panjalarini noʻshatmas edi. Yiqilib tushdim... Boshimdan chakkillab qon oqa boshladi. Ogʻriq kuchaygandan kuchaydi. Qoʻllarimni olib koʻrsam qonga belanib qip qizarib ketibdi. Bor kuchimni jamladimda ikki qoʻlimni boshim uzra olib bordim. U jajji vampirni dasd ushladim. U chiyyy chiyyy qilganicha boshini u yoq, bu yoqqa aylantira boshladi. Barmoqlarimdan tushlashga tushdi. U panjalarini sochimdan olgan zahoti uni zarb bilan otib yubordim. Ancha qon oqdi. Holsizlanib qoldim. Tanamga kuchli titroq turdi. Atrof esa hamon tuman...
Yoʻl yuraverdim... Bir payt charaqlab quyosh chiqib ketdi. Tuman shu onda yiqoriga koʻtarilib bulutlarga qoʻshilib ketdi. Tevaragimga nazar soldim. Atrofda na bir daraxt, na togʻ, na adirlik bor edi. Men qup qurur tekkis yuzada turardim. Bu meni ancha qoʻrqitdi... Chunki bu yerda, bu cheksiz tekislik ustida bitta oʻzim turardim. Qoʻrquvimni ichki dunyoyimda yengishga urindim, sal hovurim bosilgach sekin yoʻlimda davom etdim... Quyosh shunaqangi qizdirardiki butun tanamdan suv boʻlib ter oqardi. Peshonamdan tomchilab oqayotgan ter butun badanimni hoʻl qilar, ustimdagi kiyimlarim jiqqa hoʻl boʻlib ketgandi. Qayerga ketayotganimni ham bilmayman. Sababi atrofda hech narsa yoʻq. Faqat tep tekis yer, gʻalati shakldagi turli bulutlar, tepamda nurini ayamay sochayotgan quyosh va ularning oʻrtasida azoblanayotgan men!
Bir payt oyogʻim ostidagi yer yotilib-yorilib keta boshladi. U xuddi yerga tushib chil-chil sinib ketgan likopcha sizgari boʻlinib-boʻlinib keratdi. Oyogʻim ostidan darz ketdi. Hozirgina tekkis turgab yerda vahimali ovozlar chiqib yotgan jarliklar paydo boʻldi. Pastga qaradim... Tubsiz jarlik... Oxiri koʻrinmaydi. Qora va lava kabi ariqlarda oqayotgan olov! Ichida minglab odamlar! Ularning qichqiriqlari pastdan chiqib butun olamni jaranglatib yuborganday boʻldi. Biroz oldin oʻta sokin boʻlgan bu hudud bir pasda turli xil odamlarning turli xil baqir chaqirlariga toʻldi. Bunaqa shovqinni oldin sira eshitmagandim. Aqlim, ruhim, butun badanim qaqshab ogʻriy boshladi. Shu payt oyogʻim ostidagi yer yorilib boʻlinib ketdi. Men pastga, oʻsha vahimali ovozlar chiqib yotgan jarga qulay boshladim. Pastga qulayapman lekin bu jarlikni oxiri bormikin?! Tanam yer ostidagi issiqlik taftidan kuya boshladi. Hayoda uchib tusharkanman kiyimlarim choʻgʻ boʻldi va birdan yonib ketdi. Men yonayotgan holatda dod solgancha baqira boshladim. Badanimdagi kiyimlarimni tipirchilagan koʻyi yechib otdim...
Jarlikning tubidaman. Egnimda hech narsa yoʻq... Kiyimlarim yonib ketganini esladim. Yalangʻoch turish menga yoqmas, bu holatim menga noqulaylik tugʻdira boshladi. U yoq bu yoqqa yurib alanglagancha badanimni yopishga arziydigan biror parcha mato axtara boshladim. Olovli hududning oʻtrasida bir daraxtga koʻzim tushdi. U qop qora tusda. Barglari ham katta katta va ularning ham ranggi tun kabi qora edi. Bu daraxt olovda yonmas, va soʻlib qolmasdi. U tik va anchayam baquvvat koʻrinardi. Oyoqlarimni ehtiyotlagancha sekin daraxt oldiga yaqinlashdim. Undan begimning pastini yopish uchun 5-6 ta bargni uzib oldim. Shoshilgancha barglarni bir-biriga uladim...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tushlar vodiysi (Mistik & Fantastik)

7-TUSH. RUH VA JON. (FINAL QISM)

Koʻzlarimni ochdim, eshikka yopishtirilgan qogʻozga qarayman, Ruhlar shahridagi qiz kaftiga chizilgan suratni eslashga urinaman. Bugun payshanbami yoki juma bilmayman... Hatto sanalarni ham adashtirib qoʻyyapman. Sezib turibman. Umrim juda oz qoldi... Xuddi sham misol erib boryapman. Hayotimning oxirgi onlarini toʻshakka mixlangan holda oʻtqazaman deb oʻylamagandim. Men ham oila qurib, farzandli boʻlishni xohlardim... Lekin na iloj! Taqdirim shu ekan! Qismat shu ekan!
Nozima keladi... Ketadi... Har kuni shoshilib qayoqqa boradi, bilmayman. Soʻramayman ham. Bilmadim nega, qiziqsam ham soʻragim kelmaydi. Uch kundan oshdi... Tush koʻrmayman. Uy ichi xuddiki yutib yuboray deydi. Eng ogʻir ish, hech narsa qilmay bir joyda yotish ekan! Ishi ogʻir odamlar, ishim qiyin juda charchayman deydi. Vaholanki, haqiqiy charchoq yotgan odamda boʻlarkan!
Eshik taqilladi. Nozima keldi.
- Assalomu alaykum. Yaxshimisiz?
- Va alaykum assalom...
Nozima hammomga oʻtib yuvindi... Kiyimlarini alishtirdi. Sochlarini chiroyli qilib turmakladi.
- Qayoqqa?
- Bir joyga...
U hech qachon qayoqqa ketayotganini aytmaydi. Bilmadim nega, lekin aytmaydi.
- Yaxshi borib keling...
- Hech narsa kerakmasmi?
- Yoʻq... Faqat..
- Nima faqat?
- Tezroq qayting... Juda zerikyapman.
- Xoʻp...
Nozima ketdi. Yana yolgʻizman... Charchadim! Hammasidan charchadim! Tezroq bari tugasa deyman! Yotaverish... Azob ekan. Ha! Bu haqiqiy azob! Koʻzlarim oʻz oʻzidan yumildi... Asta uyquga ketdim. Birdan hammayoq yorishib ketdi. Uy ichi oppoq nurga toʻldi. Nurning kuchidan koʻzlarim ogʻriy boshladi. Ularni chirt yumib olsamda baribir taʼsir qilayotgandi. Keyin nur pasaygandek boʻldi. Bir odam yelkamdan asta ushladi. Seskanib ketdim. Koʻzlarimni ochdim. Tepamda bir yoshgina yigit turardi. U oppoq libosda... Qoshlari, sochlar va soqoli tim qora rangda... Yuzi kulib turibdi. Biroz qoʻrqdim, lekin uni yuzidagi nim tabassumni koʻrgach koʻnglim joyiga tushdi.
- Turing oʻrnizdan... Ketishimiz kerak!
- Men turolmayman! Sholman...
Yigit tabassum qildi. Yana soʻzini qaytardi.
- Turing...
Men asta qoʻzgʻalishga harakat qila boshladim... Ajabo! Qoʻllarim ham oyoqlarim ham ishlayotgandi! Koʻzimga yosh keldi... Xuddi yosh boladek quvonib yigʻlay boshladim. Yigitga boqdim, u hamon tabassum qilganicha nurli yuzi bilan menga termulib turibdi. Oʻrnimdan turdim... Yigit oʻng qolini uzatdi. Uni asta ushladim. Shu onda oyoqlarim yerdan koʻtarildi. Men havoda muallaq holda turib qoldim. Yigit ham asta koʻtarildi. Birgalashib osmonga qarab uchib chiqa boshladik. Bulutlarni yorib oʻtdik... Ancha uchdik, juda koʻp olamlarni koʻrdim. Cheksiz fazoda edik... Millionlab yulduzlarni kezdik... Millionlab galaktikalar boʻylab uchib oʻtdik... Koinot tugadi... Keyin oppoq boʻshliq boshlandi. U yer nihoyatda oppoq edi. Koʻzlarim qamashib ketdi. Juda goʻzal joyga keldik... Yam-yashil vodiy... Osmoni nihoyatda sof, musaffo! Hidi... U yerning hidi mushk hididanda yoqimliroq... Meni hushim boshimdan uchdi. Koʻz oldimdagi manzarani oldin hech koʻrmagan edim. Hatto tasavvurlarimda ham bunday joy bor deya hayol qilolmasdim... Oyogʻim ostidagi barra, yam yashil oʻtlar... Alvon-alvon lolalar, millionlab turli navdagi yoqimli va juda chiroyli gullar bu vodiyni yanada afsonaviy qilib koʻrsatardi. Men huddi oʻzimni ertakka tushib qolgandek his etardim. Sekin asta yura boshladik... Oltin va zumradlardan qilingan uylarga yetdik. Bu uylar shunday hashamatli va nihoyat darajada goʻzal ediki uni koʻrgan kishining aqli shoshib qoladi! Bu yerda meni olib kelgan yigitga oʻxshash kishilar juda koʻp ekan! Asta meni boshlab ketayotgan yigitga qaradim.
- Bu yer Jannatmi?
- Yoʻq... Jannat darvozalari Qiyomatdan soʻng ochiladi...
- Unda bu yer...?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Nega bu gaplarni aytyapsiz? Nega aynan hozir, Temur aka?
  - Nozima... Agar oʻlsam... Aytolmay qolishim mumkin. Bilmadim, ichimda qolib ketishini xohlamadim.
Nozima yana yonimga keldi. Egilib pastga, gilam ustiga oʻtirdi. Qoʻllarimni koʻtarib kaftimni yuziga bosdi. Men yigʻlab yubordim. Sababi uning yuzini kaftim his qilmayotgandi. Uning koʻz yoshlari qoʻlimga oqdi... Men koʻrib turibman xolos, lekin koʻzidagi yoshning taftini sezmasdim.
  - Men ham sevaman sizni... Qani edi birga boʻlolsak... Lekin siz boshqa zamonning odamisiz, men esa boshqa...
  - Iloji yoʻqmi?
  - Bilmadim... Avval shu balodan qutulaylik... Balki Alloh Qiyomatda bizni birlashtirar.
  - Inshaalloh...
  - Keyingi tush qachonligini bilmayman. Lekin agar qutulishni uddalay olsak, u oxirgi soʻnggi tush boʻladi! Tushlar vodiysi qaytib bormaymiz. Mening ruhim ham, sizniki ham arosatdagi ruhlar roʻyxatidan chiqariladi. Jaannatiylarning ruhlari borib qoʻshiladi!
  - Ilohim... Keyin doim birga boʻlamiz, Nozima...
Nozima kaftimdan oʻpdi.
  - Albatta... Xudo xohlasa!
Nozima ketdi. Men esa yana oʻsha qadrdon shiftimga qarab jimgina yota boshladim...

6-TUSH TUGADI.

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 02.03.2025.                 14:15

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ichida yoqimsiz zarrachalari bor... Boyagi maxluqlardan biri daraxtdagi shu jirkanch narsani qoʻlidagi idishga sidirib oldi... Uni piyolaga oʻxshash temir idishchalarga quydi. Odamlar toʻlanib yigʻilib oʻtirgan joyga olib bordida barchalarining qoʻliga tutqazdi. Boyagi odamlar juda chanqab ketgan shekilli hammalari shosha pisha oʻsha narsani ichib yuborishdi... Hech qancha vaqt oʻtmay hammalarining ogʻzi va quloqlaridan qon otilib chiqa boshladi... Bu manzara nihoyatda qoʻrqinchli edi. Odamlarning tanasidan xuddi fantan singari qon otilib chiqishi... Bu haqiqiy daxshat!
Bir pasda hamma yoq qon bilan belandi... Odamlar holsizlanib yiqildi. Boyagi maxluqlar ularni olovli qamchisi bilan ura boshladi. Odamlar yana qayta oʻrnilaridan turdilar va maxluq qayoqqa boshlasa oʻsha yoq tomon boshlarini quyi solganlaricha keta boshlashdi...
* * *
Bu yer Jahannam ekanligini va bu azoblanayotgan odam gunohkorlar ekanini bildim... Ularning ahvoli va olayotgan jazolar juda ogʻir va juda daxshatli edi. Men bu holni koʻrib yigʻlay boshladim... Allohdan meni bu joydan chiqarishini soʻradim. Yonayotgan daraxtlar oldidan oʻtib ketaverdim. Bir payt koʻzim bir qizga tushdi. U shu daraxtlarning biriga oyogʻidan osilgan holatda turardi. Uning sochlari yerda sochilib yotgan bir qancha choʻgʻ boʻlaklari ustiga tegim oʻt olib yonar va qizning boshini daxshatli ravishda qizdirar edi. Qiz chinqirib yigʻlardi. Sochlari tamoman yonib boʻlgach, qizning boshidan yana oʻsa boshladi va yerga yetgunicha oʻsdi... Yerga yetgach ular yana yerdagi choʻgʻlarga tegdi. Soch bir zumda oʻt olib alanga kabi yona boshladi. Bu holatni qayerda koʻrgandim deya ancha oʻylanib qoldim. Xotiram pand berayotgandi... Qizga va qayta-qayta yonayotgan sochlariga tikilib qoldim. "Bu qizni qayerdadir koʻrganman!" Asta oldiga bordim. Yuzi qarab turgan tomonga yurdim... Tanidim! Men kitoblardan birida koʻrgan rasmdagi qiz! Ha bu oʻsha! Bu Nozima! Ha uni asl hilqati Sabiha bu!
- Sabiha!
Qiz choʻchib menga qaradi. Koʻzlari yoshlangan... Ogʻriqdan yuzi burishib, qip qizarib ketibdi. Sochi asta yana oʻsa boshladi.
- Keldizmi?! Qancha kutdim sizni?! Iltimos meni qutqaring! Iltimossss!
Sochlari yonib ketdi. Sabiha dod solib chinqirib yigʻladi. Uning chinqirigʻi shu darajada kuchli ediki quloqlarimni qoʻllarim bilan qattiq berkitib oldim. Sabihani tanasida umuman kuch qolmagandi. Uning sochlari yana oʻsa boshladi.
- Bu Qiyomat soati kelguncha davom etadi! Men Oʻsha kungacha shu ahvolda azoblanaman!
Unga juda achindim... Koʻzlarimga yosh keldi. Sabiha shosha pisha koʻylagini yirta boshladi. Koʻkrak qismidagi oʻyib chizilgan belgini koʻrsatdi. Uning ranggi qizgʻish edi... Hilol oyning surati! Ha, qizil rangli hilol oy!
- Eslab qoling... Endi esa keting!
Men undan uzoqlashdim. U ayovsiz jazolanar, qichqirib baqirardi. Uning ovozi anchagacha qulogʻimdan ketmadi...
Atrof vahimaga toʻla... Koʻzlar qoʻrquvdan katta katta ochilgan... Badanlar olovlar va choʻgʻlar taftidan kuyib, erib, yiringlab tushar, tevarak qon hidiga toʻla, hammayoq qizil, olovrang, jigarrang va qora ranglardan iborat! Men ancha vaqt oʻzimga kelolmay yigʻladim. Shunchalik koʻp yigʻlaganimdan ovozim chiqmay qoldi... Yuzimni koʻz yoshlarim yuvib tushdi. Qattiq iztirobga tushdim. Mobodo haqiqatdan ham oʻlsam, Alloh meni shu Janmhannamning bir boʻlagi boʻlhan joyga tashlasachi?! Men bunday azoblarga chidarmikinman?! Tanam qaynoq choʻgʻda eritilsa, koʻzlarim olov taftida oqib tushsa... Oyogʻimdan, qoʻllarimdan yiring oqsa... Ey Alloh! Meni bu yerga aslo joʻnatma! Qilgan gunohlarimni oʻzing kechir!
* * *
Bu yerni va odamlarning qiynoqlarini koʻrib ketarkanman ichimdan turli gaplar, turli hil ogʻriqlar oʻtdi... Oyogʻim kuyib ketdi. Qarasam suyakning oʻzi qolibdi... Badanimdagi goʻsht oqib tushgan ekan! Yurolmay qoldim! Yiqildim... Boshim yerda yotgan choʻgʻga tegdi. Sochlarim tutab, yona boshladi. Butun tanam yonib ketdi... Yuragim asta urishdan to'xtadi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tushlar vodiysi (Mistik & Fantastik)

6-TUSH. QIZIL OY

Joyimga tek yotibman. Koʻzlarim shiftda... Umrim poyoniga yetib borar, tanam va aqlimdagi noqis oʻzgarishlar meni yeb bitirayotgandek edi... Tanam oʻzimga boʻysinmay qoldi. Boshimni qimirlatayotgan edim... Uni ham bazoʻr qimirlatyapman... Faqat koʻzlarim qimirlaydi. Atrofga alanglab qaraydi. Boʻgʻzimdan soʻzlar bazoʻr va unsin chiqadi... Hatto baʼzan oʻzimning ovozimni oʻzim eshitmay qolaman. Ahvolim kun sayin yomonlasha boshladi.
Mana bir haftadan oshib ketdi, hamon tush koʻrmayapman... Bu hol meni bazan hayron qoldirsa, baʼzida tashvishlantirardi. Nozima... U deyarli har kuni men bilan. Menga chaqaloq bolani parvarish qilgandek qaray boshladi. Baʼzan uyalib ketaman! Lekin undan boshqa kimim bor meni?! Jasur keldi... Faqat 2 marotaba, keldiyu ikki ogʻiz gapirib yana ketdi. Qishloqdagi qarindoshlarim meni allaqachonlar unutib ham boʻlishgan, onamni vafotidan keyin ancha rishtalar uzilib ketgandi. Nozima kasalga qarayapti rost... Lekin u menga baribir nomahram edi. Garchi jasadi oʻlgan ruh boʻlsada undan iymanardim. Kiyimlarimni almashtirsa beixtiyor koʻzlarimni chirt yumib olaman. Bu hol menga qattiq azob berardi. Axiyri boʻlmadi... U bilan nikoh oʻqitib olishni xohladim. Bu ikkimiz uchun ham yaxshi edi. Shundagina men hijolat chekishdek ogʻir yukdan halos boʻlardim. Doimgidek eshik qoʻngʻirogʻi bir marta jiringladi... Bu bizning parolimiz! Nozima kelganini shunday bildirib qoʻyardi. Keyin eshik ochildi. Qadam tovushlari eshitildi... Shol boʻlib toʻshakka mixlanib qolganimdan soʻng, qulogʻim juda yaxshi eshitadigan boʻlib qoldi. Tiq etgan tovushni ham ilgʻayman... Nozima keldi. Qoʻlida bir qancha paketlar bor edi.
- Temur aka... Sizga qaynoqqina shoʻrva olib keldim. Yana yangi futbolka... Mayka... Tish choʻtkasi...
U olgan narsalarini bir bir menga koʻrsatdi. Keyin idishda olib kelgan ovqatini olib oshxonaga kirib ketdi. Sal turib kosada yarim chinni shoʻrva bilan oldimga keldi. Meni yotgan oʻrnimdan turgʻizim boʻynimga yostiq qoʻydi. Asta qoshiqlab ovqatni ichkiza boshladi... Avholimdan uyalardim! Hatto oʻz taomimni oʻz qoʻlim bilan yeya olmayotganim qalbimga ogʻir azob berardi. Bu juda, juda ogʻir azob!
Nozima qoshiqdagi shoʻrva suvini asta pufladi. Menga qaradi. Tabassum qildi. U tabassum qilardi, ammo koʻzlari kulmasdi...
- Temur aka... Bugun ancha yaxshisiz! Qarang kecha icholmagandiz... Bugun shoʻrva tugadi...
Ogʻzimni asta ochib bazoʻr gapirdim.
- Nozima...
- Labbay...
- Nikoh oʻqitaylik...
Nozima gaplarimdan hayratga tushdi.
- Axir qanaqasiga... Men ruhmanku?! Tirik odam emasman!
- Bilaman... Lekin yelkamda ogʻir yuk bor. Sizdan uyalyapman... Meni shu hijolatchilikdan chiqaring, iltimos...
Nozima indamadi. Men yana soʻzimda davom etdim.
- Nozima... Meniyam tushuning. Siz menga goʻdakka qaragandek gʻamxoʻrlik qilyapsiz. Kiyimlarimgacha alishtirib qoʻyasiz... Juda hijolat boʻlyapman.
Nozima koʻndi. Uydan chiqib chamasi ikki soatlardan keyin mahallamiz boshidagi masjidning domlasini olib keldi... Nikoh oʻqildi. Qandaydir yengil boʻlib qoldim. Yelkamdagi yuk agʻdarildi goʻyo. Nozimadan uyalib chekayotgan hijolatchiligim kamaygandek boʻldi. Oʻsha kecha uyqum kelmadi. Nozima allaqachon qayoqqadir chiqib ketgan... Tepamdagi shiftga jimgina termulib yotibman. Bir koʻzimdan achchiq yosh chiqib ketdi... Yuragim ogʻriy boshladi. Navqiron yoshimda hatto barmogʻimni ham qimirlatolmay bir joyga mixlanib qolganim alam qilardi. Ichimda "Nega aynan men?!"derdim. Lekin vijdonim "Allohga isyon qilma... Bu Uning xohishi"deyayotgandek boʻlardi. Anchagacha oʻzim bilan oʻzim hayolan suhbatlashib yotdim. Oʻtmishimni esladim... Bolaligimni... Onamni... Dadamni... Xotinim Gavharni. Qiziq u bilan ajrashganimdan keyin biron marta ham eslamagandim uni. Ochigʻi eslashni xohlamasdim ham, tasodifan hayolimga kelib qolsa ham darrov fikrimni chalgʻitishga urinardim. Hozir esa uni eslayapman... Xotinim yaxshi qiz edi. Lekin biz chiqisha olmadik. Uning oʻz dunyosi bor edi, mening oʻz dunyoyim... Balki uni tushunishni xohlamagandirman, kam eʼtibor berdimmi yoki...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Qanday belgi ko'rsatdi, Temur aka?! Bilasiz, bu juda muhim!
  - Eslolmayapman... Qush edi... Yoʻq... Qush emas, kapalak. Ha kapalakka o'xshardi...
Men boshimni changallab oldim. Eslashga qattiq harakat qila boshladim. Nozima bu holatimdan battar tashvishga tushdi.
  - Nima boʻldi?! Nega eslolmaysiz axir?!
  - Doktor aytgandi, shunaqa asoratlar boshlanadi degandi... Xotira sustlashishi... Esdan og'ish!
Nozima qo'rqa boshladi. Ham meni holatimdan havotirda edi... Men oyoq qo'llarim muzlagancha qimirlatolmay qoldim. Umuman tanamni boshqarolmay qoldim! O'tirgan joyimdan yiqilib tushdim. Nozima meni koʻrib chinqirib yubordi. Meni tepamga keldi. Yuzlarimdan silay boshladi.
  - Temur aka! Temur aka! Sizga nima bo'ldi?!
  - Oyoqlarimni sezmayapman Nozima! Nozima! Nozima! Qo'llarimni ham umuman his qilmayapman!!! Tanamni boshqarolmayapman!
Men jon holatda baqirardim. Yig'lardim. Nozima meni dast ko'tarib oldi. Yotoqxonamga olib kirdi va o'rnimga ehtiyotkorlik bilan yotqizdi. Boshimni nozik qoʻllari bilan silaganicha tepamda ancha vaqt yig'lab o'tirdi. U nima uchun yig'layapti oʻzi?! Belgini eslolmasam u hech qachon ozod bo'lolmaydi, shuni oʻylab yig'layaptimi yoki menga achinib yig'layaptimi?! Bilolmadim! Nozima asta boshim tomon engashdi. Peshonamdan oʻpdi... Ko'zlarimdan ham asta bo'sa oldi.
  - Temur aka... Nima sababdan meni qutqarish uchun sizni tanlaganimni bilasizmi?
  - Xoʻsh nega?
  - Chunki sizni yoqtirib qolgandim! Shu sabab sizga ishondim... Ikkalamizni qutqarolsak, ruhimiz birga bo'lishini xohlagandim.
Uning soʻzlari yuragimni o'rtab yubordi. Chunki men ham uni juda yoqtirardim... Nozima yig'lashdan to'xtamas, ikkimizni qutqara oladigan yoʻlni axtarardi.
  - Temur aka... Yaxshilab o'ylab ko'ring... Balki esingizga tushar. Harakat qiling... Vaqtimiz oz qoldi...
  - Xoʻp... Nozima...
  - Labbay?
  - Men shol boʻlib qoldim, shundaymi?
Nozima afsus toʻla yoshli koʻzlari bilan menga termuldi. "Ha" maʼnosida boshini asta silkitdi. 
  Keyin asta o'rnidan turdi.
  - Men ketishim kerak...
Uni ketishini hech ham xohlamasdim. Bu toʻrt devor ichida harakatsiz bir joyda yolgʻiz oʻzim yotishni o'ylasam, yuragim orqaga tortib ketardi.
  - Nozima! Ketmang! Iltimos qilaman, yonimda qoling...
Nozima yonimga asta o'tirdi. Sochlarimdan siladi.
  - Ketishim kerak... Yana kelaman! Tezroq qaytishga harakat qilaman, xoʻp? Doʻstiz Jasur akaga xabar berib qo'yaman, albatta kelib turadi.
  - Keyingi tush qachon?
Nozima lablarini tishladi. Dam yerga, dam menga qaragancha asta javob berdi.
  - Bilmayman! Hammasi o'zgarib ketdi...
Nozima ketdi. Men esa oʻz xonamda, qo'l-oyoqlarimni qimirlatolmay, shiftga qarab termulib yotardim.

5-TUSH TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 28.02.2025.                12:13

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Shu payt osmondan uzun narvon tushdi. Men o'rnimdan turdim. Narvon bo'ylab yuqoriga harakatlana boshladim. Ishonish qiyin... Samogacha ko'tarildim! Men Kosmosda edim! Yulduzlar, sayyoralarning yonidan o'tdim. Yanada yuqoriga chiqaverdim. Narvon tugay demasdi. Ko'tarilyapman pastga boqdim. Yerimiz jimmittek bo'lib ko'rinardi... Ko'tarilaverdim... Ko'tarilaverdim... Bir bo'shliqqa kelib qoldim. Bu yer kulrang bulutlar bilan qoplangan edi. Narvonni oxiriga yetdim. Bulutlar ustida asta yura boshladim... O'zimni juda g'alati his qilayotgandim...
Atrof kulrang va qora ranglardan iborat edi. Xuddi eski zamonni foto rasmlari singari ko'rinardi. Bulutlar ortida bir g'ayrioddiy shaharchaga yetdim. Bu yerning binolar juda gʻalati ko'rinishda edi. Aqlim bovar qilmasdi! Millionlab oyog'i yerdan uzilib uchib yurgan sharpalar atrofda kezib yurardi. Men nima qilishimni bilmay anchagacha ko'rgan narsalarimdan hayratlarib turib qoldim. Meni bir sharpa sezib qoldi va oldimga uchib kela boshladi. Uning yuzi, qollari va liboslari oppoq edi. Men qoʻrqmadim va joyimda qotib turaverdim!
U oldimga keldi va menga boshdan oyoq razm sola boshladi...
- Haa... Men seni taniyman. Sen yaqinda bizni safimizga qo'shiladiganlardansan!
U gaprishni bilarkan! Hayron qoldim. Unga hayratlanib qaradim. Bir soʻz deyolmay qoldim. Tilim kalimaga kelmay qoldi.
- Xmm... Seni umrimg oz qoldi. Nega vaqtidan oldin bu yerga kelding oʻzi?
Bazoʻr gap boshladim.
- Menga osmondan narvon tushirishdi.
- Ha... Demak tanlanganlardansan!
U oldimdan uchib ketdi va zum o'tmay qaytdi.
- Biz ruhlarmiz! Bu yer bizning shahrimiz. To Qiyomatgacha shu yerda yashaymiz.
- Sizlar yaxshi insonmisizlar?
- Ha! Bu yer yerda savob amallar qilib, oʻzidan yaxshi nom qoldirgan kishilarning ruhlari joylashgan shahar...
- Ajabo!
Koʻz oldimdagi manzaradan ko'zlarim yoshlandi... Nahot oʻlsak shunday joyga kelamiz deya o'yladim va ko'nglim bir oz taskinlandi...
- Lekin sen arosatdagilar ro'yxatida ekansan!
- Bu qanaqa roʻyxat?
- Arosatdagi ruhlar ro'yxati! Ular dam yerda, dam jahannamda, bazan esa bu yerda ham paydo bo'lishadi. Ularning aniq qayerga joylashishi nomaʼlum va bu narsa faqat Qiyomat soati yetganda aniq boʻladi!
Tushunarli! Demak men arosatda ekanmanda. Boyagi ruh menga qaradi va "Ortimdan yuring"dedi. Aytganini qilib uning ortidan yurdim. U oyogʻi yerdan 3-4 qarich uzilgan holda uchib borar, men esa yalang oyoqlarim bilan bulutlarni bosib yurardim. Bir payt u toʻxtadi va "Hozir qaytaman"deya qayoqqadir uchib ketdi. Men atrofni asta kuzata boshaldim va koʻzim bir qafasga tushdi. Bu qafas qushning qafasi singari edi. Tilladan qilingandi. Eshigida katta tilla qulf osilib turardi. Ichida esa bir qizaloq o'tirar, u juda, juda yosh edi! Bu manzara men xuddi tushimda koʻrgan siyohda chizilgan qafasdagi noaniq yuzli qizning o'zginasi edi! Lekin uning yuzlari menga aniq koʻrinib turardi. U och bug'doyrang tusli, qop qora ko'zli yoshi chamasi 14-15 lar atrofidagi qiz edi. Oldiga asta yaqinlashdim. U meni koʻrdi va hayratdanmi yoki xursandligidanmi ko'zlarini katta katta ochganicha o'rnidan turib ketdi. Men qafas oldigacha bordim. U ham yaqin keldi. U menga termulib qarar, koʻzlariga ishonolmas edi!
- Nozima...
U kuldi. Uning beg'ubor yuzi qizarindi. Koʻzlaridan yosh oqdi.
- Sabiha... Mening asl ismim Sabiha. Mening asl ko'rinishim ham shunday edi.
- Juda yosh ekansiz!
- Haa... Yosh edim.
U qafas panjarasidan qo'lini chiqqarib qaynoq kaftini yuzimga bosdi. Allaqamday iliqlikni his etdim. Etim titrab ketgandek boʻldi.
- Sizni sog'inibman...
- Bu yerda nima qilyapsiz?
- Men arosatdagi ruhman. Bu yerda qafasda yashayman! Jahannam va yerda ham joyim bor.
U asta kaftini menga qaratdi. Uning kaftiga yashil rang bilan chizilgan ko'rshapalak surati tushirilgan edi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Энг тўғри савол

Болакай ўзининг учоёқли велосипедида айланиб юрган эди. Ўриндиқлардан бирида ўксиниб йиғлаётган ёш аёлга ҳайрон қараб қолди. Кейин ёнига бориб, секингина сўради: 
– Холажон, сизга нима бўлди? Нега йиғлаяпсиз? 
Аёлнинг кўзлари қизариб кетган эди. Оғир “уҳ” тортганча: 
– Сен ҳали бу нарсаларни тушунишга кичкиналик қиласан, – деди ва аввалгидан ҳам баттар йиғлаб юборди. Боланинг ҳайронлиги ортди, шошилиб савол берди: 
– Бирор жойингиз оғрияптими, холажон? Агар сизга велосипедимни берсам, йиғламайсизми? 
Жажжи болакайнинг меҳрибонлигидан аёл янаям ўксиниб кетди, алам билан деди: 
– Болам-а, мени бу дунёда ҳеч ким яхши кўрмайди. Ҳеч кимга керак эмасман, ҳеч кимга! 
Бола бирдан жиддий тортди: 
– Сизга буни одамларнинг ўзи айтдими? Сиз хаммадан сўрадингизми? 
Бу сўроқдан аёл бир неча сониядаёқ ўзига келди. Соддалик билан берган саволида боланинг ўзи ҳам англамаган ҳақиқат бор эди. Ахир, ҳаёт фақатгина бир кишининг севгиси, муносабатидан иборат эмас-ку! Умрига мазмун бағишлаган, фариштадек беғубор фарзандлари уни жону дилдан яхши кўришлари ёлғонми? Жуфт кабутардай бир-бирига суяниб қолган ота-онасининг севгиси яна кимда ва қаерда бор? Атрофидаги шунча неъматни кўрмай, бир орсиз учун қадрини тўкиб, йиғлаб ўтирганидан уялиб кетди. Кўзёшларини артди, майин жилмайиб боланинг бошини силар экан: 
– Тўғри айтдинг, ўғлим, – деди. – Ҳаммадан сўрашни унутибман, раҳмат сенга. 
Бола “ғалати хола”нинг нима учун раҳмат айтгани, нимага йиғлагани-ю нима учун кулганининг ҳам маъносини тушунмади. Бир муддат ўйланиб турди, кейин ўйнаётган ўртоқларининг ёнига кетди.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Oyog'idan daraxt shoxiga osilgan, uzun sochlari daraxt tagiga yoqilgan olovdan yonayotgandi... Ko'ksimgacha muzladim... Kitobni yana qayta ko'rib chiqmoqchi edim, lekin qo'llarimni umuman qimirlatolmadim... Bo'ynim ham muzlab qoldi... Tanam asta o'chayotgan shamdek pirpiray boshladi. Butun tanam muzlab qoldi... Nafas ololmay qoldim. Yuragim o'z o'zidan urishdan to'xtadi...
                      *      *     *
   Yuzimga tushgan quyosh nurlaridan uyg'onib ketdim. Ko'zimni ochdim, o'z uyimda, o'zimni divanimda yotibman... Soat 7:30. Ishga borishim kerak. Yuz-qo'limni yuvdim... Nonushta qilgim kelmadi. Kiyinib ishimga ketdim. Ishda ham ko'nglim joyiga tushmadi. Sababi Nozimadan xabar yoʻq edi. Doim tush tugagach paydo bo'lardi, lekin bu safar kelmadi... Ularga qarshi chiqqani uchun uni qiynashayotgan bo'lishsachi?! Bechora! Kech bo'ldi. Ishdan uyga qaytyapman, lekin Nozima hamon ko'rinish bermadi. Keyingi tush qachon bo'lishini u menga aytib ketardi... Endi buni qanday bilarkinman?! Hayollarim parishon... Fikri yodim Nozimada qoldi. Qanday bo'lmasin uni qutqarishim kerak! Uning chiroyli koʻzlaridagi yalinchoq ifoda hayolimdan chiqmay qoldi. Yuragim uvusha boshladi... Qo'llarim bilan ko'ksimni changallab oldim. Mazam bo'lmay qoldi. Asta o'rnimga yotdim... Uxlolmadim... Uyda siqilib ketdim. Toʻrt devor go'yo yutib yuboray derdi. Oyogʻimga krasovkamni kiydim, ko'chada biroz sayr qilmoqchi bo'ldim.
  Ko'cha bo'ylab keta boshladim... Yo'l chetida o'tirgan tilanchi ayolga eʼtiborim tushdi. Uning qo'llari tirnalgan muttasil titrab turardi. Terisining burishib yotganidan uni qari kampir ekanligini anglash qiyin emasdi. Kampir qo'llarini choʻzgancha odamlardan sadaqa umid qilardi. Boshiga tashlab olgan eski ro'moli sabab, yuzi ko'rinmay qolgandi. Beixtiyor cho'ntaklarimni kavlashga tushdim. Bitta 10 mingtalik pulim bor ekan. Engashib pulni kampirning qutichasiga tashlamoqchi bo'lib endi qo'limni uzatgandim, kampir birdan bilagimdan maxkam ushlab oldi. Qoʻrqib ketdim. Yuziga qaradim. Bu Nozima edi! Yuzi toʻla chandiq! Sochlari oqarib ketibdi. Peshonasidagi ajirlar ham nihoyatda xunuk... Ko'z ostlari ko'kargan... Sekin oldiga choʻkkaladim. U burushib qaqshab ketgan lablarini titratib sekin pichirlagan koʻyi gapira boshladi.
   - Kitobni topdizmi?
Men ham pichirlab javob qaytardim.
  - Topdim... Sizni nima qilishdi?
Uning ko'zlaridan achchiq yosh oqdi. Koʻzimga mungli termuldi.
  - Ayovsiz azoblashdi!
Yuragim achidi. Etim seskanib ketganini his qildim. Uning ahvoli og'ir va juda achinarli edi.
  - Kitobni koʻrib chiqdim, lekin hech qanday ishora topolmadim nazarimda...
  - Unday emas, ko'zingiz tushgan bo'lishi kerak... Yaxshilab eslashga harakat qiling... Iltimos... U kitoblar sizga qayta ko'rsatilmaydi.
Men hech narsa deyolmadim. U qo'llarimdan ushladi. Uning qo'llari juda ham yengil bo'lib qolgandek edi.
  - Keyingi tush... 5 kundan keyin bo'ladi. Ungacha oʻzizni tayyorlang. Oxirgi kitob qoldi va uni koʻrishiz uchun  koʻrgan 3 ta kitobizdagi belgilarni eslashiz kerak! Harakat qiling, aqlizni ishlating...
  - Xoʻp harakat qilaman...
Nozima chuqur uhh tortdi. Koʻzlaridan qattiq charchaganini va oldingidek quvvati yoʻqligini payqadim. U ancha zaiflashib qolgandi.
  - 5 kun... 12:00 da...
U shu gapni aytgach o'rnidan qo'zg'aldi. Qo'liga sadaqa qutichasini oldi va asta mayda qadam bosib oqsoqlana oqsoqlana keta boshladi...

4-TUSH TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 26.02.2025.                 12:20

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ular menga : "Yana qayta hayotga qaytishni va sevimli dadajoning bilan yashashni xohlaysanmi?"dedilar. Men ikkilanmay "Ha!"dedim. Ular menga shartnoma taklif qildilar, uni qoning bilan imzola dedilar. "Biz seni qalbingni o'zimizga olamiz va ruhingni yanada kuchli qilamiz. Sen esa biz aytgan topshiriqlarni so'zsiz va xatosiz bajarsang, seni yana o'z dunyoyingga, o'z hayotingga, dadangning bag'riga qaytaramiz"dedilar. Men hali juda yosh edim va dadamni nihoyatda yaxshi ko'rardim. Yana yashagim, dadam bilan diydor ko'rishgim kelardi. Ularni taklifini qabul qildim. Ular ko'ksimdan qalbimni sug'urib oldilar va menga bir jinning qqudratini pufladilar...
Nozima biroz oʻylanib qoldi. Ko'zlaridagi afsus yaqqol ko'rinib turardi.
- Men o'shanda Shayton bilan bitim tuzganimni bilmagan edim! Ular meni aldashdi. Qalbimni kishanladilar va ruhimni qul qildilar! Mana 500 yildan buyon ular aytgan ishlarni bajarib kelaman. Ular soʻzlarida turishmadi men ortga qaytmadim, qayta tirilmadim va dadamni ko'rolmadim. Dadam vafot etdilar va ruhlari Jannatiylarning ruhlariga qo'shilib ketdi. Mening ruhim esa pastda... Jahannamning tub tubida! Zanjirlar bilan bog'langan holatda...
- Ajabo!
Men lol edim. Uning so'zlari meni hayajonga solgandi. U yana so'zida davom etdi.
- Paygʻambar Rasuli Akram Sollallohu alayhi vasallam odamlar haqida nima deganlar bilasizmi?
- Yoʻq...
- Har 1000 ta odamning 999 tasi Do'zaxga va 1 donasi Jannatga kiradi, bu Allohning haq vaʼdasi deganlar. Doʻzaxga kimlar tushadi, men kabi adashganlar, shaytonga askarlik qilayotgan qullar va biz adashtirgan koʻplab kishilar! Ular bizni tinglashadi, namozdan, ibodatdan, zikrdan to'siladilar va gunohga botishadi. Biz ularga asosan tushlar orqali taʼsir o'tkazamiz. Aytishadiki, yomon tush shaytondandir! Siz ko'rayotgan bu tushlarning barchasi shaytoniy tushlardir. Ularni biz kishilar ongiga joylaymiz... Bu bizga yuklatilgan vazifadir.
- Maqsadingiz nima o'zi? Meni ham o'zizga o'xshagan qul qilishmi?
- Avval boshida shunday edi. Ularga iloji boricha ko'proq odamning aldanishini, vasvasaga berilib o'z joniga qasd qilishini va barchalari Doʻzax ahllaridan bo'lishini istashadi. Lekin men... Men tavba qilmoqchiman! Alloh to Qiyomatgacha Tavba eshiklarini yopmaydi deb eshitganman, Uning rahmatidan, shafqatidan umidvorman! Sizga yordam berib, o'zimni ham qutqarmoqchiman. Biz bir-birimizga yordam berishimiz kerak.
- Agar yoʻq desamchi? Siz meni aldadiz.
- Yoʻq desangiz ham ulardan qochib ketolmaysiz. Meni o'rnimga boshqa bir qulni jo'natishadi... Ularga sizni ruhingiz kerak... Uni olmagunlaricha tinchishmaydi.
Nozima kipriklarini pirpiratib biroz o'yga toldi. Ko'zlari menda lekin hayollari boshqa joylarda edi.
- Men ozod bo'lishni xohlayman. Istaymanki qalbim orom olsa, ruhim o'z tanamga qaytsa, Alloh shafqat qilib meni ota-onam ruhlari bilan ko'rishtirsa...
Uning soʻzlari yuragimni ezib yubordi. Unga vaʼda bergandim. Oxirigacha boraman degandim. Endi soʻzimdan qaytishim yaxshi emas.
- Xoʻp... Men nima qilishim kerak?
- Sizga bu gaplarni aytganim va qoidalarni buzganim uchun meni qamab qo'yishlari mumkin. Endi ko'risha olmasak ham kerak...
Nozima menga iltijoli qaradi. Uning ko'zlaridagi yalinchoq qiyofa yuragimga nashtardek botdi.
- Kitoblarda yashirin belgilar bor. Jami 4 ta sandiqcha va har birini ichida kitob joylangan. 3 ta sandiqchada qulf yoʻq. Oxirgi sandiqcha qulflangan. Uni qulfi ko'rgan 3 ta kitobiz ichidagi o'sha belgilar yordamida ochiladi.
- Men 2 tasini ko'rib bo'ldim-ku?! U yetsa gʻalati yozuvlar juda koʻp edi. Aynan qaysinisiligini qanday bilaman...
- Bilmadim... Men ham bilmayman. Lekin bir marta koʻrgan kitobizni qayta ko'rolmaysiz... Xotirangizni ishga soling, ko'zingiz tushgan bo'lishi kerak! Hozir qulfsiz sandiqchadan bir dona qoldi, uni toping va belgini aniqlab eslab qoling.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ochdimu rangim ohak singari oqarib ketganini, yuzimdagi qon ketib qolganini sezdim. Yuragim taka-puka urganicha qo'rquvdan dir-dir qaltirardim. Ro'paramda Nozima turardi. Kiyimlari bir ahvolda... Bazi joylari yirtilgan, sochlari biroz tartibsiz, bo'yni va ko'ksi aralash yelkasida ko'kimtir shishlar bor edi. Uning holati juda achinarli va anchayam havotirli ko'rinardi. Men bir soʻz ham deyolmay qoldim. Aqlim ishlashdan to'xtab qolgandek edi... Fikrlolmay qoldim. Nozima mening jim va hayron ekanimni ko'rib lablarini titratganicha juda sekin gapirdi.
- Mendan qo'rqyapsizmi?
Men javob bermadim. Tilim aylanmay qoldi.
- Axir endi sizdan qo'rqmayman demaganmidiz?! Nega jimsiz?!
Nozima xushini yo'qotdi. Mening ustimga o'zini tashladi. Men uni dast ko'tarib uyim ichiga olib kirdim. Uni divanga asta yotqizdim... Qo'rqa-pisa yuzlaridan silab ko'rdim... Sochlaridan ushladim. Burni oldiga barmog'imni tutdim. U nafas olayotgandi. U tirik edi! Nega unda akasi uni o'ldiga chiqardi?! Yoki bu qiz sehrgarmikin?! Yo men aqldan ozib qoldimmikin?! Unga tikilgancha tepasida o'tirdim. Yosh bola kabi beg'ubor bo'lib uxlab yotganini ko'rib qalbim to'lqinlanib ketdi. O'zimni boshqarolmay qoldim. Asta egilib yuzidan o'pdim. U cho'chib uyg'onib ketdi. Qarshisida meni ko'rgach o'ziga keldi. Devorga suyangancha o'tirib oldi. Ko'zlaridan quyilib yosh oqa boshladi. Hiqillaganicha gapira ketdi.
- Kecha unashtirilgan yigitimni tug'ilgan kuni edi... Uni haqqiga duo qilish uchun bugun qabri boshiga borgandim. Ancha vaqt qolib ketibman... Hammayoq zimiston bo'lib ketdi. Qorong'uda qabriston oldidagi jarga yiqilib tushdim. Kiyimlarim yirlitib, o'zim ham bir ahvol bo'lib qolibman.
Nozima menga yoshli ko'zlari bilan kulib qaradi.
- Meni kechiring... Juda hijolatdaman. Bunaqa bemahalda kelib sizni bezovta qildim.
Men hamon jim edim. Gapiravermaganim uchun Nozimaning jahli chiqdi. Mendan arazlagan koʻyi zarda qilib gapirdi.
- Nega men bilan gaplashmayapsiz?!
O'zimni qo'lga olib, meni qiynayotgan savollarni unga birma bir bera boshladim.
- Akangiz sizni o'lgan dedi...
Nozima ko'zlarimga qattiq tikilib qoldi.
- Akam...
Uning yuzi nafratdan qiyshayib ketganini ko'rdim. Ko'zlaridan olov chaqnab ketgandek bo'ldi.
- Balki men adashgandirman deya, undan rasm olib chiqishini so'radim, ne koʻz bilan ko'rayki... Unda sizni rasmingiz edi!
Nozima asta pichirladi. Ko'zlaridan yosh oqdi.
- Uyimga borishingiz kerak emasdi...
- Demak rost ekan-da, siz o'lganmisiz?
Nozima o'rnidan turdi. Yonimga kelib o'tirdi. Qo'llarimdan ushladi... Uni qo'li muz kabi sovuq edi. Etim junjukib ketdi.
- Men sizga yoqamanmi?
Uning bemavrid berilgan savolidan hayratga tushdim.
- Bu qanaqa savol bo'ldi? Men sizdan akangizni gapi rostmi yo yolgʻon deya so'radim...
Nozima keskin javob berdi. Uni bergan javobidan battar hayratim ortdi.
- Rost!
- Rost?
- Ha... Akam toʻgʻri aytibdi... Meni o'z qoʻli bilan ko'mgani ham rost... Lekin u bir gapida yolgʻon aytdi.
- Men sizga hali akangizni gaplarini aytmadimku?
- Aytishingiz shart emas... Men hammasini bilaman. Uning yolg'oni shuki men avtohalokat sabab o'lmaganman...
Men unga yana bir qancha savollar bermoqchi bo'lgandim, lekin u shartta o'rnidan turdi. Menga asabiy, juda asabiy qiyofada qaradi.
- Vaqt bo'ldi!
Shoshilib soatga qaradim. 3:30 edi! U bo'ynini bir egib, bir ko'tarardi. Tanasidan mayin kulrang tuklar o'sib chiqa boshladi. Ko'zlari kattalashdi, og'zi va tishlari ham o'zgardi. Nozik qo'llari tirnoqlari o'tkir panjaga aylandi. U ko'z oldimda katta bir bo'riga aylanib qolgandi. Men o'zimga qarab tishlarini g'ichirlatib kelayotgan bo'rini ko'rib qo'rquvdan tanamda kuchli titroq turganini sezdim. Bo'ri bir hamlada menga tashlandi. Qo'llarim, yelkalarimdan tishlab tashladi. Badanimda bo'rining o'tkir tish izlari qoldi. Hamma joyim qon bilan belandi. Kiyimlarim ilma teshik bo'lib ketdi. Chinqirib baqirardimuu lekin buni bari foydasiz ekanini bilib turardim. Bo'ri bo'ynimga yopishdi... Shu onda jonim tanamdan otilib chiqib ketganini his qildim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Asta borib qutini ochdim va oldingiga oʻxshash kitibchani qoʻlimga oldim. Shunda Nozimaning soʻzlari yodimga tushdi. "Yana shunaqa kitobdan 3 ta bor. Ularni toping. Meni bu azobdan qutqaring!" Kitobni asta ochdim, birin ketinlikda varaqlay boshladim... Oxiriga yetdim. Koʻzim soyoh bilan chizilgan yana bir suratga tushdi. Unda yana oʻsha yuzi noaniq chizilgan qiz turardi. Bu safar u qushlar qafasini eslatuvchi bir qafasda... Qolllarini sochlariga qo'yib olgan... Nazarimda u telba boʻlib qolganga o'xshardi. Qafasda ulkan qulf osilib turardi...
   Kitobni koʻrib tursam ortimdan kimdir gurzi bilan boshimga tushirdi. U ketma ket meni ura boshladi. Gurzi zarbidan dumalab tushdim. Qarasam boyagi tanasi toshdan iborat boʻlgan maxluq turardi. U meni tosh qoʻllari bilan urdi. Tishlarim sinib og'zimdan otilib ketti. Xushimni yoʻqotib yiqildim...
                   *      *     *
   "Tit...tit...tit...tit..." Bir narsaning tinimsiz tittillashi asabimni buzdi. Ko'zlarimni asta ochdim. Uyimning shiftiga koʻzim tushdi. Yotog'imdan sapchib turdim. Tittillayotgan narsa soatning budilnigi ekan. Soatga qaradim 10 dan 10 daqiqa oʻtibdi. Budilnikni o'chirdim. Ko'rgan tushimni tasiridan hali chiqib ulgurmagandim. Tanam hali hamon qaltirashda davom etardi. Yuzlarimni yaxshilab ishqalab yubordim. Anchagacha devan ustida o'ylanib o'tirdim. Birdan telefonimga sms keldi. Ochib koʻrsam sms Nozimadan ekan. Ochishga biroz choʻchidim... Biroz telefonni qoʻlimga tutgancha o'ylanib qoldim. Oxiri smsni ochdim. Unda shunday deyilgan edi. " Temur aka, pastga tushing... Sizni kutyapman." Yuragim sanchib ogʻrishni boshladi. O'rnimdan asta turdim. Egnimga fulbolkamni kiydim. Yuzimni yuvish uchun hammomga kirdim. Keyin Nozimaning oldiga tushdim. U bolalar maydonchasi oldiga o'rnatilgan skameykada bolalarni tomosha qilib o'tirardi. Asta yoniga bordim, oldiga oʻtirdim. U birdan gapirib qoldi.
   - Anavi arg'imchoq uchayotgan qizchani ko'ryapsizmi?
Men "ha"degandek boshimni irg'ab qo'ydim. U so'zlashda davom etdi.
  - Meni ham shunaqa shirin qizim bo'lishini orzu qilaman...
U bu gapni shunday samimiy aytdiki yuragim entikib ketdi. U menga asta qaradi. Ko'zlarida anglab bo'lmas bir hisni ko'rdim.
   - Temur aka...
Nozima asta qo'lim ustiga nozik qo'lini qo'ydi... Uning qo'li qaynoq edi.
   - Men yashashni xohlayman...
Unga achinib ketdim. U ularga asir edi. Ularning qandaydir gʻalati topshiriqlarini bajarishga majbur edi... Asta sochlarini siladim... Ko'zlaridan oqayotgan yoshlarni barmoqlarim bilan artdim. Birdan Nozima meni quchog'imga o'zini otdi. Bo'ynimga uning issiq koʻz yoshlari tomdi. Men ham uni quchoqladim... Men uni haqiqatdan sevib qolganimni tushundim... Bu gʻalati his edi. Nozima boshqa qizlarga umuman o'xshamas edi. Undagi sirlilik, g'ayrioddiylik kishini o'yga solar, baʼzan qo'rqitar, baʼzan seskantirar, baʼzan esa o'ziga ohangrabodek tortardi.
   U oʻziga keldi. Quchog'imdan asta chiqdi. Menga jilmayib qaradi.
   - Ancha ko'nikibsiz... Mendan endi qo'rqmayapsiz...
Men uning yuzlariga kaftimni bosdim. Lablariga barmoqlarimni tekkazdim...
  - Qo'rqmayman endi.
  - Kitobni topdizmi?
  - Haa...
  - Nimani koʻrdiz?
  - Sizni... Qafas ichida ediz.
  - Shunday...
U afsusdan boshini egdi.
  - Yana 2 ta qoldi... U ko'zlarini menga qadadi. O'tinchli ovozda dedi.
  - Oxirigacha borasiz aaa? Meni ozod qilasiz, to'g'rimi?
  - Albatta... Menga ishoning.
U tabassum qildi. Skameyka ustidagi so'mkasini oldi.
  - Ketishim kerak... Yana 3 kun... Soat 3:30 da...
U ketdi. Meni esa hayolim parishon holda maydonchada o'ynayotgan bolalarni kuzatib turardim...

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 25.02.2025.                2:20

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Oyogʻim ostidagi suyaklar qars-qurs qilib ovoz chiqara boshladi. Boshimni koʻtarib teppaga qaradim. Boshim ustida uzun bir koʻpriq turardi. Men ikki togʻ oʻrtasidagi jarlikka tushib qolgandim...
Asta suyaklarni bosib oʻtib yurib borarkanman qulogʻimga "Vissss" degan tovushlar eshitildi. Tezgina ortimga oʻgirildim. Odam bosh chanogʻining koʻz qismilari ichidan ranggi tundan ham qora boʻlgan uzun argʻamchiga oʻxshash ilonlab chiqib kelardi. Ular borgan sari koʻpayib keta boshlari. Barchasi menga qarab ayri tillarini chiqargancha ishtaha bilan sudralib kelishardi. Oyogʻimni qoʻlimga olib yugurgancha qocha boshladim. Ular ham ortimdan qolishmasdi. Bittasi sapchib boʻynimga chirmashib oldi. Meni tanasi bilan boʻgʻa boshladi. Men jon holatda ikki qoʻllab uni boʻynimdan yulqib olib uzoqlarga otib yubordim. Yana yugurib qochishda davom etdim. Va nihoyat suyaklar toʻlib toshgan jarlikdan chiqib oldim... Ilonlar ham meni ortimdan yetib kelishdi. Lekin nimagadir ortlariga qaytishdi... Menga qarab vishillab tillarini osiltirganlaricha sudralib sudralib keta boshladilar. Peshonamdan oqib tushgan sovuq terni artdim. Tushib qolgan joyimni koʻzdan kechira boshladim... Butun vodiy vakant togʻlar bilan qoplangan... Bu togʻlar shunday gʻalati ediki uchli qirrali joylari nihoyatda koʻp edi. Ranggi ham oʻzgacha... Qora! Bu oddiy qora emasdi... Balki shaffof qora tusdagi togʻlar edi. U oʻzidan zarrin mayda mayda nurchalar sochib oʻzgacha jilolanardi.
Shu payt olisdan kishilarning dodlab baqirib yigʻlayotgani quloqlarim ostida jaranglab ketdi. Beixtiyor ovoz kelayotgan tomonga yurdim. Oʻta gavdali boshi va qoʻllari toshdan boʻlgan maxluq bir kishini oyogʻidan sudragancha ketib borar, uning ortidan yana bir shunga oʻxshashi esa olovdan boʻlgan qamchisi bilan boyagi kishini tinmay savalar edi. Qamchining har zarbi kishi badaniga tushgan payti u bechora ogʻriqqa chidolmay dodlardi. Koʻzlaridan duv-duv yoshlar oqardi. Men panaroq joyga yashiringancha unga qarab qoldim. Boyagi ikki maxluq uni bir kursiga oʻtirgizdi. Qoʻllarini va oyoqlarini maxkam bogʻladilar. Soʻng biri tim qora chayonlar bilan toʻla shisha idish olib keldi. Chayonlarning kattamigi jimjiloq barmogʻimdek kelardi. Dumi dikillab turar, ranggi zimistont tundek oʻta qora edi. Boyagilarning biri odamning ogʻzini osmonga qaratib katta ochib turdi. Nargisi shisha idishning qopqogʻini ochdida boyagi chayonlarni uning ogʻziga toʻkdi. Chayonlar boyagi kishining ogʻzidan kirib boʻyin qismidan oʻta yotgani shunday sezilib turardi. Odam hech narsa qolmas, faqat qattiq qattiq hansirardi xolos... Chayonlarning barchasi kirib boʻlgach, boyagi maxluqlar orqaroqqa tisarilishdi. Men koʻrganlarimdan daxshatga tushgancha turgan joyimdan qimirlolmay churq etmay oʻtirardim. Boyagi odamning qorni birdan ishib keta boshladi. U shunchalik ishdiki pufak misoli dum dumaloq holga keldi. Borgan sari terisi shishirilgan koptokdek taranglashib ketdi. Meni qoʻrquvdan koʻzlarim qinidan chiqib ketay dedi. Qoʻllarim bilan ogʻzimni maxkam yopib oldim. Baqirib yuborsam ular meni payqab qolishlari mumkin edi-da. Birdan boyagi kishining qorni "Paqqqq!"etib yorilib ketdi. Tanasi ikkiga ajralib ikki tarafga otildi. Atrofga qon sachradi... Chayonlar ikki barobarga koʻpayishib ketganini koʻrdim. Ular juda ham koʻp edi. Boyagi maxluqlarning biri ularni bitta qoʻymay terib oldi... Meni badanim muzlab ketdi. Boshimdan muttasil ter oqib tushardi. Lablarim quruqshab yorilib ketdi... Halegi ikki maxluq ketishgach men ham asta joyimdan qoʻzgʻaldim iloji boricha mayda qadamlar bilan yurib ovoz chiqarmaslikka tirishardim. Oʻzimni xuddiki vertual oʻyinga tushib qolgandek his qildim. Darhaqiqat bu haqiqiy oʻyin edi! Lekin juda daxshatli va azobli oʻyin!
Men asta yurar va meni payqashmasliklari uchun juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilardim. Bir joyga kelib qoldimki bu yerdagi daxshat oldida men oldin koʻrgan daxshatlar hech nima emas edi. Ular ( ulkan gavdali, tanasi toshlar bilan qoplangan maxluqlar) odamlarni tiriklayin terilarini shilib olishayotganda.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tushlar vodiysi (Mistik & Horror)

3-TUSH. KOʻPRIK

Bir hafta mobaynida har doimgidek ishimga borib kelib yurdim. Nozima ham ishga kelardi, lekin umuman gapirmas, hech kim bilan muomila qilmas, faqat ish bilan shugʻullanar, kompyuterdan koʻzlarini uzmasdi. Onda-sonda menga qarar, har koʻzi tushganda jilmayibgina qoʻyardi xolos. Uning goʻzal yuzi, nim pushti lablari, koʻzlaridagi oʻzgacha sehri odamni rom qilardi. Har kuni har xil kiyinib kelar, sochlarini ham kiygan kiyimlariga moslab turmaklardi. Unga ishxonamizdagi yigitlarning yarmi oshiq boʻlib qoldi. Jasur tinmay gap otar, uni koʻnglini olishga harakat qilardi. Lekin bari foydasiz ketdi. Nozima atrofidagi hech bir yigitga qiyo boqmasdi. Ularni unga umuman qizigʻi yoʻq edi. Ajabki uni rashk qila boshladim... Unga gap otishsa gʻashim kelardi. U esa gapirmay oʻz ishini qilib oʻtirganini koʻrib suyunib ketardim. Oʻzimga oʻzim tushunolmay qoldim. Bu qizni ilk bor oʻsha kafeda koʻrganimdayoq (garchi u voqea tushimda sodir boʻlgan boʻlsada) yoqtirib qolgandim. Keyin esa undan qoʻrqa boshladim... Uni koʻrsam oyogʻimgacha muzlab ketardim. Lekin hozir... Qandaydur Nozimaga nisbatan qalbimda boshqacha narsa paydo boʻlganini his qildim...
* * *
Bir hafta ariqdan suv shildirab oqib ketgandek tez oʻtdi. Yakshanba... Men odatda bu kuni ancha uxlayman. Uzogʻi 10 hatto 11 ga yaqin uyqudan uygʻonaman. Sababi hafta mobaynida ishdan orttirgan charchoqlarim chiqib ketsin deyman. Uxlab yotgandim. Kimdir eshigim qoʻnlirogʻini chaldi... Bir marta, ikki marta, uch marta... Men koʻzlarimni ocholmay uxlardimuu lekin qoʻngʻiroqning ovozini eshitib yotgandim. Oʻrnimdan sira ham turgim kelmasdi. Keyin esa eshik qattiq taqillay boshladi. Bazoʻr koʻzlarimni ochdim. Soatga qaradim endigina 7 boʻlgandi. Oʻrnimdan turib ustimga futbolkamni kiydim. Uyqusirab eshikni ochdim. Bir zum qotib qoldim. Roʻparamda Nozima turardi.
- Xayrli tong! Tuppa tuzuk uyquchikansizku?!
Nozima tabassum qildi. Koʻzlari ham quvonchdan porlab turardi. Bir zum soʻz deyolmay unga tikilib qoldi. U esa hamon kulib turibdi. Quvnoq ohangda dedi:
- Ichkariga taklif qilmaysizmi?!
Oʻzimga keldim. Men ham unga kulib qaradim.
- Keling... Yaxshimisiz?
- Shukr...
Nozima uyim ichiga kirdi. Javondagi rasmlarga, kitoblar va devorlarga sinchiklab qaray boshladi. U berilib uyimni tomosha qilardi.
- U-bu narsa ichasizmi? Xohlasangiz kofe damlab beraman, sharbat ham bor...
- Ertalabda kofe ichgan yaxshi. Uyquni ochib tetiklashtiradi...
- Xoʻp... Bir daqiqa.
Avval yuzimni yuvish uchun hammomga kirdim. Keyin u yerdan chiqib toʻgʻri oshxonaga oʻtdim. Gazga biroz suv qoʻydim. Ikkita chashka olib ichiga kofe solib tursam Nomiza keldi.
- Meniki shakarsiz boʻlsin...
- Xoʻp.
- Bir oʻziz yashaysizmi?
Men uni savoliga hayron boʻlib qaradim.
- Ya'ni yolgʻizmisiz?
- Haa...
- Nega? Yosh emassiz. Yaqinda 30 ga kirasizku... Nimaga shu paytgacha oila qurmagansiz?
Kofeni damlab boʻlgach stol ustiga qoʻydim. Mendan javob kutib turgan Nozimaga qaradim.
- Keling oʻtiring... Bafurja gapirib beraman.
Nozima mamnun jilmaydi. Roʻparamdagi stulga oʻtirdi.
- Men oldin uylangandim... Bundan 8 yil oldin. 20 yoshda edim oʻshanda. Juda yosh edim. Onam qattiq betob edilar. Mendan boshqa farzandlari yoʻq edi. Meni tezroq uylantirib toʻyimni koʻrishni istardilar. Qarindoshlarimiz meni oʻrtaga olishib qoʻshni mahalladagi bir qizga uylantirib qoʻyishdi. U qiz mendan bir yosh kichik edi. Uylanganidan keyin 2 oy oʻtib onam qazo qildilar. Onamni kasalxonada jon berayotganini oʻz koʻzim bilan koʻrib turardim. Dod solib yigʻlaganim hali hamon esimda...
Nozima jimgina soʻzlarimni tinglardi. Nozik qoʻllariga tutib turgan qahvasini ichishni ham unutgandi goʻyo.
- Sizga qiyin boʻlgan ekan?! Judolik nima ekanini juda yaxshi bilaman...

Читать полностью…
Подписаться на канал