hikoyalar | Неотсортированное

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Подписаться на канал

Hikoyalar (G&M)

АФСУСКИ ХАҚИҚАТ

Бир яҳудий инсон билан суҳбатлашиб қолдим. Юрагимни илма-тешик қилар гапларни айтдию, аммо ҳақиқат эди.

Бир даврада ёш болаларнинг яхши хулқлари ҳақида гапира туриб, "Исломий тарбия шундай бўлади" деб қўйдим. Бироздан сўнг кўчага, салқин ҳавога чиқдим. Ёнимга бир инсон келди:
— "Боя айтган гапингизга қўшилмайман. Агар ранжимасангиз ҳақиқатни айтай, — деди. — Сиз мусулмонлар фарзандингизга асло диний тарбия бера олмайсизлар.
Сизлар болаларингизга фақат ва фақат пул топиш, бой бўлиш, катта ҳовли ва машиналар олишни ўргатасиз. Бу Исломий тарбия эмас!

Болангиз доктор бўлгиси келса, сиз "Жуда яхши касб. Инсонларни дардига малҳам бўласан" демайсиз. Аксинча, "Жуда яхши касб. Халқ ҳурматида бўласан, ҳамма сени сўнчагингга пул солади. Докторни бир операцияси фалон пул туради" дейсиз. Натижада болани ёшликдан пора, кибр ва ҳаромхўрликка йўналтирасиз.

Уларга динни ўргатмагани учун шундай деманг. Чунки динни ўрганган руҳонийларингиз ҳам катта бизнес ва сармоя соҳиблари. Минбарга чиқиб олиб, фоиз яхши эмас, дея ўзлари машинасини фоизли ижарага беради. Гап диний билимда эмас, диннинг моҳиятини етказишда!

Мусулмонлар яшайдиган ўлкаларга Аллоҳ барака берган. Энг бой юртлар мусулмонларники. Аммо энг қашшоқи ҳам улар! Нима учун? Чунки фақат бойлик кетидан қувасизлар. Натижада бир-бирингизга гапингиз ўтмайди.

Сизга бир гапни айтаман. Болаларга тарбия беришни биз мусулмонлардан ўргандик. Биз болани ёшлигидан унга хавфли нарсаларни оддий қилиб кўрсатиб, ундан қандай сақланишни ўргатамиз. Масалан, 2-3 яшар бола ҳар нарсага қизиқади. Агар у пулга қизиқса, биз уйни ҳар ерига пул қўямиз. Ўзимиз эса пулга бефарқ бўлиб, қўлларимизга китоб оламиз. Бола пулни ушлаб, бизга қарайди. Бизни диққатимиз китобдалигини билгач, пулни ташлаб, у ҳам қандайдир китобга қараб эмаклайди.

Сизлар болаларингизнинг оғзига топганингизни тиқасизлар. Биз эса кераклисини. Масалан, бола шоколадга қизиқса, унга шоколад берамиз, аммо ўзимиз емаймиз. Шунинг учун бола ҳам уни емайди. Аммо мусулмоннинг боласига қарасангиз: қўлига нима тушса, оғзига солиб кўради.

Биз боламизга касбни ўзимиз танлаймиз. Сизлар эса "Ким бўлсанг бўлавер!" дейсиз, натижада бола жуда кеч улғаяди. Биз ҳар кеча уйда китобхонлик соати қиламиз. Ишдан чарчаб келамиз, мутолаага куч қолмайди. Аммо шу соатда биз китобни очиб, унга термулиб ўтираверамиз. Болаларимиз ҳам бунинг муҳимлигини ҳис қилиб, китобга қизиқа бошлайди.

Агар мен уни инжинер қилмоқчи бўлсам, атайин унинг атрофига шу соҳага оид турли расмдаги китобларни қўяман. Бола нимани билса, шуни касб қилади. Диний ва дунёвий таълимни ёшликдан шундай берсак, келажакда унинг учун қайғуришга ҳожат қолмайди.

Мен яҳудий бўла туриб, Исломни айрим мусулмонлардан яхши биламан. Истасангиз, уйга кирамиз. Ўша даврадагиларга диндан савол бераман. Барчаси жавоб бера олишига ишонасизми? Йўқ! Чунки уларни бефаҳм қилиб тарбиялашган.

Ҳозир болам 9 ёшда. Инглиз, рус ва иброний тилни билади. Ҳар кеча онлайн тарзда Исроил олимларидан Тавротни ўрганмоқда. Хонасидаги жавони китобга тўла. Ядровий физикага қизиқади. Мактабни битириб, Қуддамга кетмоқчи.

Уни зеҳнли қилиб тарбия қилганимиз учун Исроил давлати ҳар ой менга катта маош тўлайди. Мен ҳар ой унга озроқдан маош бераман. Пул билан муомала қилишни ўрганиши учун. Пулни нимага сарфлашига диққат қиламан. Агар ёш болаларча сарфласа, демак тарбияда бироз оғишлик бор. Тўғрилайман.

Мусулмон боласи пулни қандга ишлатса, "Болани пулга ўргатибсан!" дея, онасига дакки беради. Ўзи эса "Ўқисанг — бой бўласан!" деб, уқтиради"...

Унинг гапларини чуқур ўйладим. Аслида у ҳақиқатни гапирган эди. Энг бой ўлкада яшаб туриб, энг камбағал ва маданиятсиз эдик. Демак, айб ўзимизда бўлган экан. "Нобель" олганларнинг кўпи яҳудий. Энг катта бизнесмен, олим, доктор ва ихтирочилар ҳам улар. Энг кўп китоб чоп этиб, таълимга кўп пул сарфлаб, ёшларга кучли таълим берувчилар ҳам улар. Барча соҳани эгаллаб, ўз мақсадлари йўлида фойдаланувчилар ҳам улар! Афсуски шундай!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Izohlarda fikringizni kutib qolamiz.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Men moviy toshlar qalashib yotgan joyga keldim, asta oʻtirib moviy tusdagi olmoslarni qoʻlimga oldim. Umrimda ilk bor bunday narsani qoʻlimga olishim edi. Hayajondan boshim aylanib ketdi.
Gʻor ichini ancha vaqt sahr qildim. Keyin kichkinagina sandiqchaga koʻzib tushib qoldi. Sandiqcha boshdan oyoq olmoslar bilan qoplangan edi. Qulfi yoʻq ekan! Yoniga choʻkkaladim, biroz shu holatda oʻtirdim. Qandaydir ochishga qoʻrqayotgandim, lekin qiziqishim qoʻrquvimdan ustun keldi... Sandiqni ochdim. Ichida bir kitob bor ekan. Juda eski, chang bosib ketibdi... varoqlari ham ancha yupqargan, chetlari yedirilgan... Kitobni avaylab koʻra boshladim. Unda turli gʻalati rasmlar, ramzlar, qanaqadur imzolar bor edi. Kitob oʻrtasiga yetganda bir sahifaga siyoh bilan chizilgan rasm meni eʼtiborimni tortdi... Unda bir qizning surasi chizilgan, qizning yuzi noaniq! Har tarafidan zanjirlar bilan oʻralgan... Yuragidagi zanjir tilla rangga boʻyalibdi, qolgan zanjirlarning ranggi qora! Qizning atrofida alanga yonib turibdi. Qiz nazarimda qichqirayotganga oʻxshardi. U bu azobdan chinqirayotgandi! Rasmga yaxshilab razm soldim... Qizning sochlari, noaniq chizilgan yuzi... Butun tanasini qoplagan zanjirlar... Birdan miyamga urildi. Axir bu Nozima-ku?! Ha! Ha! Nozima! Xuddi oʻzi!!!
Kitobdagi rasm meni butkul hayajonga soldi. Shu payt ichkaridan minglab, balki millionlab koʻrshapalaklar uchib kela boshladilar. Ular menga menga kelib urilishar, urilishlar zarbidan qoʻlibdagi kitobni tushurib yubordim. Gala koʻrshapalaklar orasidan kitobni topolmasdim! Oʻzimni jonimni saqlash uchun jon holatda yugurdim, gʻordan chiqib olish uchun tinmay chopa boshladim... Yugurayotib qoqinib ketdim. Boshim katta bir toshga urildi... Hushimni asta yoʻqotdim...
* * *
- Kechirasiz... Kechirasiz!
Qiz bolaning ovozidan choʻchib ketdim. Koʻzimni ochib atrofga alangladim. Menga qarab bir qiz turardi.
- Uygʻondizmi?! Kutubxonamiz 12 gacha ishlaydi. Soat ham 12 boʻldi. Berkitishimiz kerak!
Telbalardek atrofga qoʻrqa pisa qaradim. Boyagi qiz meni aqldan ozgan deb oʻyladi shekilli, menga hayron boʻlib qaradi.
- Tinchlikmi? Nimani qidiryapsiz?
- Men qayerdaman?
Qiz battar ajablandi.
- Kutubxonadasiz. Ertalab 8 yarimda kelgandiz. Oʻqish uchun kitob oldiz. Soat chamasi 9 larda qarasam uxlab qolibsiz. Uygʻotgim kelmadi... 3 soatdan koʻp uxladiz, oxiri majbur uygʻotdim... Bu yerni berkitishimiz kerak...
Hammasini tushundim. Demak kutibxonada uxlab qolganman. Jon ursin! Qanaqasiga axir?! Sekin oʻrnimdan turdim. Kutubxonachiga olgan kitobimni topshirdimda, eshikdan asta chiqib ketdim. Hayollarim har tarafda uchib yura boshladi. Nega aynan men?! Nega menda bunaqa hodisalar boʻlyapti oʻzi?! Uyga qarab ketarkanman boshim tars yorilib ketar darajada ogʻriy boshladi. Telefonim jiringladi. Oldim, Jasur ekan.
- Alo...
- Aloo, Temur. Ancha yaxshimisan?!
- Ha... Yaxshiman oshna. Nima gaplar? Boshliq meni kelmaganimni bilib indamadimi?
- Yoʻq tashvishlanma... Mazasi biroz yoʻq ekan dedim...
- Yaxshi... Rahmat oʻrtoq.
- Temur...?
- Nima deysan?
- Iloji boʻlsa ishxonaga bir kelib ketsang degandim. Boshligʻimiz qayoqqadir ketdi. Men bir hujjat ustida boshim qotib qoldi. Shuni koʻrib bersang... Men qandaydir tushunmayapman, bir soatdan beri shu bilan ovoraman!
Juda charchahandim. Koʻrgan voqeliklarim meni ruhan zaiflashtirib qoʻygandi. Lekin doʻstimni xafa qilgim kelmadi.
- Mayli boraman... Lekin boshim qattiq ogʻriyapti, Jasur.
- Kechirasan oshna, bir koʻrib bersang boʻldi. Keyin uyingga ketaverasan!
- Xoʻp boryapman...
* * *
Ishxonaga kirdim. Liftga chiqib 2-qavatga, hisobchilar boʻlimiga koʻtarildim... Lift ochilib boʻlib ostonasidan hatlashim bilan koʻzlarim moshdek ochilib ketdi! Roʻparamdagi stolda Nozima kompyuterda nimalarnidir yozib oʻtirardi! Men karaxt boʻlib qoldim. Hayotimda boʻlayotgan gʻayrioddiy hodisalardan lol edim! Nozima tomon asta yaqinlashdim. Birdan koʻzlarini komputer ekranidan uzib menga qaradi. Lablari, uning chiroyli lablari yana doimgidek shirin jilmaydi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Chamasi yarim soatcha shu holatda yotdim. Qulogʻimga qushlarning chirqillagan ovozi kela boshladi. Bu ovoz borgan sari kuchayib bordi. Ovoz shu qadar kuchaydiki qulogʻim shangʻillab ogʻriy boshladi. Bazoʻr koʻzlarimni ochib osmonga qaradim. Qaradimu daxshatdan yotgan joyimdan sapchib turib ketdim. Tepamda minglab gʻalati shakldagi qushlar charx urib chirqiragancha aylanishardi. Ularning shakllari shu darajada gʻalati va gʻayrioddiy ediki, dunyo dunyo boʻlib bunaqasini koʻrmagan edi. U qushlarning qanotlaroda minglab tikonlari bor edi. Koʻrgan odam pat oʻrnida tikon oʻsgan deb oʻylashi aniq. Tumshugʻida xuddi boʻrining tishlari singari keskir tishlari bor edi. Dumi ham gʻalati... Uzun lentaga oʻxshardi. Uchayotganda har tarafga muttasil hilpirab turardi. Men jon holatda baqirib yubordi. Oʻrnimdan turib qocha boshladi. Qushlar ortimdan uchishdi. Meni yiqilib tushdim. Minglab tikon patli, oʻtkir tishli bu vaxshiy qushlar men tomon yogʻilib kela boshladi. Meni shunaqangi choʻqib tashlashdiki butun badanimdan qon chiqa boshladi. Ogʻriqdan dod solardim! Bunaqangi azobni his qilishning oʻzi ogʻir azob edi! Men baqirishdan boshqa hech bir ish qololmadim. Qoʻllarim bilan boshimni pana qilib oldim. Qushlarning patga oʻxshash tikonlari badanimni tirnab tashladi. Ustimdagi kiyimlarim qip-qizil qonga belandi... Oʻzimdamasdim, oʻgʻriq meni aqldan ozdirgandi. Telbalardek har tomonga oʻzimni ota boshladim. Qushlar esa baʼzan birin-ketinlikda, baʼzan esa yoppasiga menga hujum qilishar, meni choʻqib, tirnab, hatto tishlab tashlashar edi! Birdan juda kuchli ovoz yangradi. Bu ovoz xuddi pashshaning gʻingʻillashiga oʻxshab ketardi. Qushlar ovoz taʼsirida mendan uzoqlashdilar... Meni tashlab, ovoz kelgan tomonga qarab uchib ketishdi. Keyin bilsam bu qushlarning koʻzlari yoʻq ekan!!! Faqat quloqlari yordamida oʻlja topishar ekan. Shu uchun ham men holsiz yotganimda menga tegishmagan. Chunki ular meni koʻrmagan ekan! Baqirganimdan keyin meni payqab qolishgan...
Tanamdagi ogʻriqqa chidab boʻlmasdi. Butun tanam qon bilan qoplangan, yuray desam oyoqlarim sudralib ketar, zarracha ham kuchim yoʻq edi! Gup! etib yiqilib tushdim... Koʻzlarim oʻzidan oʻzi yumilib ketaverdi...
Uygʻonganimda qorongʻu tushgan edi. Osmondagi oy xuddi peshonam tepasida turgandek juda kattalashib ketgandi! Oy nurida hammayoq yop yorugʻ edi... Lekin osmon zim ziyo... Bir dona yulduz ham koʻrinmas, faqat kattagina oy porlab turardi. Men anchagina kuchga toʻlib olgandim. Lekin hamon badanim yaralar bilan toʻlib toshgan edi. Oʻzimni bazoʻr koʻtardim... Oʻrnimdan turdim. Oyogʻimga yengil suv urilayotganini his qildim. Yaxshilab razm solsam, sohil boʻyida ekanman! Sohilning ranglari juda ajoyib tovlanar edi. Oy nurlari ostida baʼzan qizgʻish rangda, baʼzan olovrang tusda, baʼzan esa siyohrang jilvalar bilan odamni rom etar edi... Bu yerdagi moʻtadil havo badanimga yoqa boshladi. Biroz oldingi qushlarning bergan azoblarini bir muddat unutdim!
Oʻzimni anchayin oʻnglab oldim, ichkaridan, daraxtlar bilan toʻlib toshgan joydan har xil ovozlar kela boshladi... Arining gʻingʻillashi quloqni qomatga keltirar darajada kuchaydi. Quloqlarim shangʻillab ketdi. Kaftlarim bilan ularni maxkam toʻsib oldim. Bir joyda turaverishdan zerikdim... Ichkari meni oʻziga tortardi...
Asta yurdim... Yuryapmanu lekin qadamlarim uchib ketsyotganga oʻxshardi. Ular shunday yengil, shunday sezilmas boʻlib qolgandiki... Oʻzim ham hayron edim. Daraxtlarning panasiga kirdim. U yerda gulxan atrofida boʻylari yarim metr ham kelmaydigan qora tanli odamchalar qoʻllarida doʻmbiraga oʻxshash narsani taraqlatganicha aylanib raqs tushishar edi. Ularning qilayotgan harakatlarini bir muddat tomosha qildim... Keyin birdan orqamga, ikki yelkamning oʻrtasiga uchli narsa tiraldi. Ogʻriq zoʻrayib ketdi.
- Aaaaaxxxx!
Jon achchigʻida ortimga oʻgirilib qaradim. Tizzamdan ham kelmaydigan bir pastak odamcha qoʻlida oʻtkir nayzasini menga oʻqtarib turganini koʻrdim. U oʻz tilida sheriklarini chiqirin chaqira boshladi. Bir necha soniya ichida atrofimni yuzlab mitti odamchalar oʻrab oldi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Nima boʻldi?
  - Yomon tush koʻrdim...
  - Haa... Qornim rosa ochdi Temur... Biron joyda ovqatlanaylik.
Kayfiyatim ancha koʻtarildi... Hayriyat tushim ekan! Daxshat! Koʻrganlarim hamon koʻz oldimda! Lekin bari unutiladi endi. Bu oddiy tush axir!
  - Mayli kettik... Meni ham sillam qurib ketdi.
Jasur bilan endi ovqatlanish uchun xonadan chiqmochi edik kimdir eshikni taqillatti. Jasur o'ktam ovozda "Kiring!"dedi. Eshik ochib kirgan odamni koʻrib esim chiqib ketay dedi. Bu Nozima edi! Oʻsha meni tiriklayin koʻmib yuborgan Nozima! Koʻzlarim katta-katta ochildi. Nozimani qoʻlida allaqanday qogʻozlar bor edi. Asta menga qaradi. Shiringina jilmaydi... Jasurga emas, menga yaqinlashdi. Undan qoʻrqayotgandim... Yuragim shunday kuchli urardiki... Tariflab berolmayman!
  - Kechirasiz... Sodiqov Temur siz boʻlasizmi?
Hushim boshimdan uchib ketdi. Kalovlanib anchagacha turib qoldim. Jasur meni asta turtib qoʻydi. Shundan keyin oʻzimga keldim.
  - Ha... Menman...
  - Mana bu shahar hokimidan xat! Men shu yerga ishga kirmoqchi edim... Mana yozgan arizam koʻrib chiqing...
  - Buni boshligʻimizga koʻrsatganiz maʼqul. Ular koʻrib chiqib keyin ishga olishadi.
  - Xoʻp...
U sumkasi ochim yana allaqanday qogʻoz chiqardi. Menga uzatdi. Bu sizga...
  Qogʻozni zoʻrgʻa qoʻlimga oldim. Nozima asta eshik tomon yurdi. Menga qarab koʻzini sekingina qisib qoʻydi. Eshikni ochib chiqib ketdi. U tsshqariga chiqishi bilan qogʻozni ochib oʻqidim. Unda shunday soʻzlar yozilgandi : "Birinchi safarga yomon emas... U yerdan chiqishni uddaladiz. Siz buni qila olishizni bilgandim! Sizga ishonaman! Meni albatta qutqarasiz... Keyingi tush... Ertaga soat 9:00..."
Gʻalati! Bu tush emas ekanda! Men haqiqatdan ham u yerda boʻlibman! Nozima hammasini koʻrib meni kuzatib turgan ekanda!!!
  - Temur boʻlaqolsangchi endi?! Ketdik ovqatlanaylik...
  - Xoʻp hozir sen chiqaver ortingdan chiqaman...
  - Obbo! Bunda oʻzi nima yozilibdi... Ishqiy maktubmi?
Jasurning beoʻxshov hazili gʻashimni keltirdi. Lekin indamadim. Anchagacha endi ertaga soat 9 da nima roʻy berarkin deya oʻylanganimcha joyimda turib qoldim...

1-TUSH TUGADI...

M.f : Assalomu alaykum... Bu hikoyam mistik yoʻnalishda yozilyapti... Hikoya maʼlum bir sir asosida boʻlib, gʻayrioddiy hodisalarni oʻz ichiga oladi. Oʻylaymanki sizlarga manzur keldi. Agar 1-tush yoqqan boʻlsa, davomini ham yozaman inshalloh! Hikoya jami 7 ta tushdan iborat...
Qoʻllab quvvatlab turasizlar degan umiddaman😇😇

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 16.02.2025.          2:05

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

* * *
Oradan qancha vaqt o'tdi bilmayman, birdan muzlagan tanam yana qayta isiy boshladi. Yuragim yana urar, bemalol nafas olar edim. Zirqirab og'rib yotgan, hatto qimirlatolmay qolgan badanimga birdan jon kirdi. Ustimdagi tuproq yumshoq va juda mayin edi. Qo'l oyoqlarimni baravariga qimirlatib yuqoriga intildim. Avval qo'llarim, keyin boshim va nihoyat butun tanam bilan chuqurdan chiqib oldim. Ko'zlarim qumga to'lgan edi. Ancha vaqt ko'zlarimni ocholmay qiynaldim. Lablarim ham qurir, ichimga issiq olov kirib qolgandek yonardim. Va nihoyat koʻzlarimni ochdim. Ochdimu koʻz oldimdagi manzaradan dahshatga tushdim. Atrof qip qizil tuproq edi. Men bunday qaynoq va qon kabi qizil tuproqni dunyoning hech joyida koʻrgan emasdim. Osmonda bironta bulut yoʻq. Quyosh ham yoʻq. Osmon chang zarralari bilan toʻlgan edi. Oyogʻim qiziy boshladi. Issiqlik butun tanamga tarqaldi.
- Axxxx! Oyogʻimm!
Oyoqlarim kuyib ketib goʻshti chiqib qolgan edi. Koʻzimdan tirqirab yosh chiqib ketdi.
- Qayerga tushib qoldim oʻzi?! Bu Jahannammikin?!
Atrofda turli xil qichqiriq ovozlari yangradi. Men hamon yigʻlar edim. Ogʻriq borgan sari kuchayaverdi. Bir necha soniya ichida atrofda gʻalati mavjudodlar paydo boʻla boshladi. Tanasi odam tanasiga oʻxshab ketadi. Badanlari tun kabi tim qora. Nihoyatda ozgʻin va boʻylari baland edi. Biri meni payqab qoldi. Men tomonga shaxt bilan qayrildi. Yo Alloh!!! Uni yuzini koʻrdimu yuragim qoʻrquvdan yorilib ketdi. Burni va lablari umuman yoʻq edi! Yuzi tep-tekis tim qora. Ikki koʻzining ichida qizil olov yonib turardi. Qoʻrqqanimdan yiqilib tushdim. U kelib og'zini katta qilib ochdi. Tishlari yaxshilab charxlangan pichoqqa oʻxshardi. Tishiga qaraganimda oʻzimning aksimni koʻrdim. U men tomon asta yaqinlasha boshladi.
- Yoʻq-yoʻq!!! Yoʻoʻoʻoʻoʻq! Yaqinlashma! Yaqinlashma menga!
Oyogʻim kuyganicha bor kuchimni toʻplab yugurdim. U ortimdan qolmay taqib qila boshladi. Yurgim tanamdan otilib chiqib ketayotgandek dukillab urar, qoʻrquvdan badanim zir-zir qaltirar edi. Boyagi maxluq toʻxtadi. Men shu yerdagi tim qora katta bir tosh boʻlgining ortiga yashirinib oldim. Birdan ayol kishining chinqirib yigʻlagani eshitildi. Boyagi maxluqlardan biri bir ayolni (u ayol qip yalangʻoch edi! Yuzi esa qonga belangan... Men umrimda ilk bor ayol kishini kiyimsiz koʻrganim uchunmi koʻzlarimni chirt yumib oldim) U ayol yanada qattiqroq chinqirdi. Yuragim oʻynab ketdi, koʻzlarimni ochdim. Maxluqlardan biri ayolni qoʻl va oyoqlarini yaxshilab bogʻladi. Boshqasi qoʻlida qandaydir xumchaga oʻxshash narsani olib keldi. Yana 5-6 ta maxluqlar ayolning atrofiga yigʻildilar... Men bu biron bir marosimmikan deb ham oʻylab qoldim. Xumcha koʻtargan maxluq qoʻlidagi idishni qopqogʻini ochdi, shart agʻdarib ayolning ustiga siltadi. Ichidan bir gʻaram gʻayrioddiy xasharotlar tushdi. Ochigʻi bunaqa jirkanch xashorotni umrim bino boʻlib koʻrmagan edim. Xasharotlar ayolning ustiga tushishgach uni kemira boshladilar... Ayol oʼriqdan dodlardi. Ovozi butun atrofga jaranglab ketdi. U qaysi tilda yigʻlab nola qilayotganini bilmadim, lekin ogʻriqni daxshatli ravishta kuchliligan oʻzini boshqarolmas, boshini har tomonga zarb bilan tashlar, beli va oyoqlari koʻtarilib ketardi. Xasharotlar ayolni bir necha daqiqada yeb bitirishdi. Har bittasi mushtimdek kattalikka ega boʻldi. Koʻz oldimda bir ayolning butkul yoʻq boʻlib ketganini koʻrib, oʻtakam yorilib ketdi. Ichimda tinmay pichirlab "Astagʻfirulloh" ni ayta boshladim... Koʻzlarimdan duv-duv yoshlar oqardi. Yigʻlardim qayerga tushib qoldim oʻzi?! Bu yer Doʻzaxmi?! Bu maxluqlar azob farishtalarimi?! Yigʻlayverib qovoqlarim ishib ketdi. Keyin gʻalati hodisa roʻy berdi. Yerda oʻrmalab yurgan jirkanch xasharotlar birdan odam kallasidek keladigan kattalikda ishib kettilar. Xuddi pufak ishirilgandek ishdilar va birin ketib yorilib ketishdi... Har bittasi yorilganida ichidan qip qizil qon otilib chiqardi! Bir zumda yon atrof qon bilan toʻldi. Atrofga judayam yoqimsiz hid taraldi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tushlar vodiysi

(Hikoya. Mistik&Horror).

ESLATMA: Hikoya qo'rqinchli. Yangi yo'nalishda o'zimni sinab ko'rgim keldi. Inshaalloh yoqadi degan umiddaman.

1-TUSH. OʻZGA OLAM.

Bugun ishlarim nihoyatda koʻp. Kuni bo'yi kompyuterga termulib o'tiraverib bo'ynim og'rib qolibdi. Ko'zlarim hiralashdi, ko'zoynagimni yechib ko'zlarimni qo'lim bilan yaxshilab ishaqaladim. Ozgina o'zimga dam berdim. Stolim ustida bir dunyo hujjatlar qalashib yotibdi. Ehh, bularni qachon tugatarkinman...
- Temur! Tushlik qilmaymizmi qorin piyozni po'sti bo'lib ketti-ku?!
Boshimni ba'zor ko'tarib ro'paramda turgan hamkasbim Jasurga qaradim. Haqiqatda mening ham qornim juda ochqagandi.
- Mayli... Ovqatlanamiz. Hozir yana 5 daqiqalik ishim qoldi.
- Xoʻp bo'laqol tezroq!
Ishlarimni tugatdim. Jasur bilan ishxonamizga yaqin kafeda tushlik qildik. Yonimizdagi stolda ikkita qiz o'tirar edi. Biri juda yoqimtoy, biri esa biroz ko'rimsizroq edi. Jasur qizlarga suyagi yoʻq bola. Qiz bolani ko'rdi deguncha so'lagi oqadiganlardan. Darrov qizlarga gap otishga tushib ketti.
- Salom qizlar! Zerikmayapsizlarmi?
Qizlarni ensasi qotdi. O'rtog'imni nazarlariga ham ilishmadi. Beparvogina javob berishdi.
- Zerikkanimiz yoʻq...
Yoqimtoy qiz menga asta jilmayib qaradi. Uni ko'zlarida allaqanday sehr bordek edi. Yoki menga shunday tuyuldimi? Nima bo'lganda ham bu qiz menga e'tibor bilan, boshdan oyoq razm soldi. Hijolat tortdim.
- Yaxshi qiz tinchlikmi? Menga boshqacha qarayapsiz?
Qiz cho'chib ketdi. Chiroyli ko'zlarini katta-katta ochganicha hech narsa demay o'rnidan turdi. Hatto dugonasiga ham qarab o'tirmay kafedan yugurib chiqib ketdi. Bu hol menga juda g'alati tuyuldi. Dugonasi ham hayron qoldi.
- Nozi... Qayoqqa?!
Dugonasi "Nozi" ni ortidan chiqdi. Ular qaytib kafega kirishmadi...
Jasur bilan ishxonaga qaytdik. Ikkimiz ham u qiz nima uchun bunchalik qo'rqib ketganidan hayron edik. Tushunolmadik.
- Jasur...
- Ha?
- Boyagi qizni o'ylayapman. Yuzlari qo'rqqanidan oqarib ketdi... Xuddi bir narsani ko'rgandek...
- Bilmadim o'rtoq... Men ham hayronman.
Ish tugadi. Uyga qaytyapman. Uyimning eshigini tagida boyagi qiz turibdi! Ko'zlarimga ishonmasdim. Endi uni qaytib ko'rmasam kerak deb o'ylagan edim. Qiz biroz g'amgin ko'rindi. Unga yaqinlashdim. Meni ko'rdiyuu yana yuzi oqarishni boshladi...
- Yaxshi qiz? Nega mendan qo'rqyapsiz?
Qiz indamadi. Lekin boyagidek qochmadi ham. Turgan joyidan qo'zg'almadi.
- Sizdan bir iltimosim bor edi.
- Qanday ekan? Bemalol aytavering...
- Sizni bir joyga taklif qilmoqchi edim.
- Qayerga? Ochiqroq aytavering...
- Bilasizmi... Men yaqinda turmushga chiqishim kerak edi. Unashtirilgan yigitim yaqinda vafot etdi. To'yimizga atiga 5 kun qolgan edi.
- Alloh rahmatiga olsin... Yaxshi ish bo'lmabdi.
- Haaa...
Qizni ko'zlari yoshlandi. Lablari titradi.
- O'sha yigitim kecha tushimga kirdi. Bir joyga borishimni aytdi. Lekin u yerga o'zing yolg'iz borma dedi. Menga sizni ko'rsatdi. Siz... Siz... Halegi... Juda ayanchli ahvolda ediz tushimda.
- Ayanchli ahvolda?
- Haa... Tasvirlab berolmayman. Lekin agar men bilan o'sha joyga bormasangiz, ular meni o'ldirishini aytishdi.
Yuragim orqaga tortib ketdi. Bu qiz jinni nima balo?! Qanday gaplarni gapiryapti? Hech narsaga tushunmadim. Qanqa joy o'zi u? Buni yigiti meni qayerdan taniydi? Kimlar bu qizni o'ldirmoqchi?!
- Singlim... Ochig'i gaplarizga umuman tushunmadim. Jon oluvchi faqat Alloh. Siz faqat Allohdan qo'rqing.
- Bilaman. Lekin... Bormasak bo'lmaydi... Iltimos qilaman yoʻq demang.
Tavbaaa! G'alati holatga tushdim-ku?!
- Yordam bering menga... Iltimos...
Qizning javdirab menga qarab turishi yuragimni eritib yubordi. Rozi boʻldim.
- Ertaga shu yerda ko'rishamiz. Sizni o'zim u yerga olib boraman.
- Xoʻp...
Qiz ketdi. Ko'nglim g'ash edi. Uyimga kirdim. Ovqatlanmadim. Hayolim har yoqqa to'zg'ib ketdi. Bir tomondan bu g'irt ahmoqlikday tuyuldi. Bir tomondan qo'rqa boshladim. Boshqa tomondan u joy qanaqa joy ekanligiga o'zim ham qiziqib qolgan edim. Xullas yarim tungacha o'ylanib yotdim...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Диний илмлардан хабардор бир аёл бўлган экан. У университетда аёлларга дарс берар эди. Бир куни у ўзи таълим бераётган аёлларга шундай деди:
— Тақводор аёл Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламга эргашган ҳолда ўз эрига кўпхотинлик суннатини тирилтиришида ёрдам бериши ва эрининг истагини рад қилмаслиги керак.

Кейин у кўпхотинликнинг зарурати ҳақида сабаблар келтира бошлади. Дарс тугаганидан сўнг унинг олдига Фатҳия исмли бир аёл келди ва:
— Аллоҳ сизга ёрдам берсин. Олдин қандай қилиб ушбу масала бўйича ёнингизга келишни билмай юрардим. Аммо, алҳамдулиллаҳ, сиз буни жуда яхши тушунаркансиз. Мен тўрт йилдан бери сизнинг эрингиз билан турмуш қуриб яшаяпман ва буни сизга қандай айтишни билмаётгандим.

Ўқитувчи шок ҳолатида ҳушсиз ерга йиқилди ва уни касалхонага олиб кетишди. Фатҳия ҳам улар билан кетди. Аёл ҳушига келганда, Фатҳия:
— Аллоҳга қасамки, мен сизнинг эрингизни танимайман ва ҳеч қачон кўрмаганман. Биласизми, келинг, кейинги сафар ибодат, рўза, ота-онага яхшилик ҳақида гапиринг, ўзингиз кўтара олмайдиган нарсаларни эмас.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Robiya yig’idan to’xtamasdi. Onasi kelib, qizini ovutgan bo’ldi. Robiya yana yig’lab, yig’lab charchadi. Uhlab qoldi. Onasi Robiyani otasi bilan Sobirnikiga fotixa o’qigani ketdi... Kelgandan keyin onasi qizini boshiga kelib, “sen albatta baxtli bo’lasan, taqdiringga u yozilmagan ekan. Boshqasi sani baxtli qiladi” dib, peshonasidan o’pib qo’ydi.
Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya SMSni o’qidi. Lekin javob yozmadi. Pichirlab, siz o’lgansiz dib qo’ya qoldi. Lekin bu unga g’ayri tabiiydek tuyulardi. Tushga yaqin Sobirni raqamiga telefon qilishni dugonasidan so’radi. Birozdan keyin dugonasi Robiyaga qaytib qo’ng’iroq qoldi. Telefonni boshqa yigit olganini etdi. U SMS yozmagan ekan dib qo’shib ham qo’ydi.
SMS kelaverdi. Kelishdan to’xtamadi. Har kuni. Bir xil vaqtda, soat 6:00 da SMS kelaverdi. 1 oy bir xil SMS. Robiya Sobir bilan gaplashgan oxirgi gapini esladi. “SMS yozaman. SMSimni kutgin” digandi. “Lekin qanaqa qilib, buni imkoni yo’qku. Qanaqa qilib. Ularni telefon raqamlaridan SMS kelsade, lekin hich kim yozmagan bo’lsa. Man javob yozsam borsa. Mani rosa javob yozgim keladi. Sog’indim dib. Rosa sog’indim. Juda sog’indim. Tunlari yostiqlarim ho’l bo’lib ketadi, sizni eslayverganimdan. So’gindim dib yozgilarim keladi. Lekin kimga yozaman. Man yozganimni ular o’qimasalar. Kimga yozaman????” shunaqa lar dib yig’lardi.
Yana tong. SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Tanish xolat. Qaytib qo’ng’iroq qildi. Boshqa chiday olmadi. Telefonni so’ramoqchidi. Bunday azobga chidolmasdi. Telefonni bir boshqa yigit oldi.
- Allo.
- Assalomu Alekum.
- Voalekim Assalom. Eshitaman sizni.
- Manga haligacha SMSlar kevotti. Soat 6:00da. Avvalgidek.
- (chuqur ho’rsinib). Man Sobirni akasiman. Uni telefonini man olib yuribman. Avval etganizdan keyin, kompaniyaga bordim. Ular arxivni ko’rib, tasdiqlashdi. Keyin telefon ustaga olib bordim. Ular bunga SMS yuboruvchi programma o’rnatilganini etishdi. Unga SMS yozib, hohlagan paytga yuborishga qo’ysa bo’larkan. Sobir sizga SMS jo’natishni har kungiga qo’ygan ekan. Programmani o’chirish uchun parol terish kerak ekan. Afsuski bilmayman. Usta o’chirsa, boshqa narsalar ham o’chib ketar ekan. Ukamni telefonida uni eslatuvchi ko’p narsalar bor. Shunga o’chirtira olmadim. Sizga etmoqchi edik. Lekin qanday etishni bilmadim. Nima dib o’ylashizni bilmadim. O’zizni telefon qilishizni kutdim. Sizdan bir iltimosim bor edi. Iloji bo’lsa biznikiga keling. Onam sizni ko’rmoqchi edilar. Ukamni xonasi shunday turibdi. U yerga oldin kirmasdilar. U o’lgandan keyin, uni eslab xonasiga kirib, sizni rasmlarizni ko’rdilar... ushanga siz bilan ko’rishmoqchilar. Yo’q dimang. Hohlasangiz, uyizdan borib olib ketishadi.
- ... (uzoq o’ylanib. Sobirni hurmati uchun ham rozi bo’lishga qaror qildi). Hop. Faqat oyim ham man bilan boradilar.
- Mayli. Sizni 11:00 larda olib ketgani boraman. Manzilizni etvoring.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Ko’chada bolalarni varragi daraxtga ilinib qolibdi. Tepasida, olsa bo’larkan. Ushanga iltimos qilishgandi, “Amaki olib bering, o’zi bitta edi. Uydagilar boshqa olib bermimiz” diyishgandi, mayli dib obermoqchiman. Hozir daraxtni yarimiga chiqib qoldim. Anaqisa haliroq o’zim SMS yozaman. SMSimni kutgin, albatta yozaman. Yoki o’zing qilgin. Ishlaringni hammasini qilib bo’lib. Maylimi?
- Hop bo’ladide.

Soat 15:00 lar bo’ldi. Bu paytda man 10 marta daraxtga chiqib tushardim dib o’yladi Robiya. Nega SMS yozmayaptilar. O’zim qilaman. Raqamlarni terdi. Javob yo’q. Qayta telefon qildi. Yana javob yo’q. 1 soatlardan keyin yana telefon qildi.
- Allo. Assalomu Alekum.
- Voalekum Assalom. Kim bu?
- ... (begona ovoz edi. Robiya nima diyishini bilmiy qoldi. Sobir hich telefonini begonalarga bermasdi, adashmadimmi dib raqamga qarab qo’ydi. Adashmagan.)
- Kechirasiz. Man Sobirga telefon qilgandim. Ularni chaqirib bera olmaysizmi?
- Siz Robiyamisiz?
- Ha.
- Manga Sobir siz haqingizda etgandi. Ko’p etar edi. Juda ham ko’p etar edi.
- ...
- Sobir endi oramizda yo’q.
- Nega.....(ovozi titrab chiqdi).
- Telefonni hozircha manda. Baxtsiz xodisa. Boya negadir daraxtga chiqgan ekan... usha yerdan... yiqilibdi... Shomga chiqaramiz. Undan ayrilib qoldik. Man haligacha o’zimga kelolmayapman.
- ... (Robiyani qulog’iga bu gaplar kirmasdi)
- Uzr. Boshqa gapira olmayman. U sizga uylanmoqchi edi. Uni telefonini endi kim tutishini ham bilmiman. Buguncha manda turibdi. (aloqa uzuldi)

Robiyani hayollari ostun ustun bo’lib ketdi. Ming hayollar. Faqat bir gapni qaytaradi: “Yo’q. Ishonmayman. Bo’lishi mumkin emas. Ular o’lmaganlar. Ular tiriklar. O’rtoqlari hazil qilishvotti. Kimdan bilishim mumkin? Yo’q. Uylariga boraman. Hoziroq boraman”. dib, yo’lga chiqib ketdi.
Sobirni mahallasiga kirib bormoqda. Telefonga qarab qarab qo’yadi. Hozir Sobir qaytib telefon qiladigandek. Qaytib telefon qilishga yuragi betlamiydi. “Qaysi uy ediya. Nechinchi edi. Uylarini eslolmayapman” dib o’ylab tez tez ketib borardi. “Shom bo’lishiga 1 soatcha vaqt bor. Agar rostan ham o’lgan bo’lsalar, odamlar to’plangan bo’lishi kerak. Ko’chani nomi qanaqa edi. Ha. Mana shu ko’cha. Shu ko’cha bo’lishi kerak. Telefonlarida shu yerda tushgan rasmlari bor edi. Shu ko’chadan yuraman. Mashinalar, odamlar ko’p. Nahotki rost bo’lsa. Ishonmaaaaymaaaaan!!!” deb baqirib yubordi. Orqasidan ayollar kevotgan ekan. Ular kelib, Robiyadan hol ahvol so’rashdi.
- Tinchlikmi qizim? Sizga hich narsa bo’lmadimi? Yordam kerakmasmi?
- A? (Robiya, ularga savol nazari bilan qarab turardi. Nima diyishini ham bilmasdi.)
- Sog’ligiz yahshimi? Hozir baqirganizni eshitdik.
- Ha. Yo’q. Man yahshiman. (ko’zi odamlar to’planib turgan eshikda)
- Sizni tanimayroq turibman. Bu yerda qanaqa ishiz bor edi?
- Manga bir narsani etib berolmisizmi.... (u baribir ishonmayotgan edi, shunga aniqlik kiritmoqchi edi)
- Nimani qizim?
- Bu yerda kim vafot etdi?
- Bu yerdami? Bu yerda 90dan oshgan bir otaxon bo’lardilar. Ushalar bugun olamdan o’tibdilar. Mahallani yuragi edilar. Tetik edilar. Lekin Yaratganni irodasi. Olamdan o’tdilar.
- Rahmat. (beixtiyor Robiyani yuziga tabbasum yugurdi, ayollar unga qarab hayron qolib, tuf tuflab qo’yishdi o’zlarini o’zlari va yo’lda davom etishdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tongi SMS.

Soat 6:00. Robiyani telefoniga navbatdagi SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Bu SMS lar Robiyaga tanish, har kuni bir vaqtda, bir xil SMS keladi. Robiya ham o’z navbatida Sobirga bir xil javob yozadi. Faqat uniki aynan bir vaqtda emas. Har hilroq, nechidir minutga farq qiladi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”...

Ha. Bu ularni har kungi salomlashish SMS lari desa bo’ladi. Sobir va Robiya bir birini 3 yildan beri tanishadi. Ular avtobusda to’sattan bir voqea sabab tanishib qolishgan. Ushanda Robiyaga ikki mast yigit gap otib, unga tegajorlik qilishvotgandi. Avtobusdagi odamlar, yigitlar ichib olganigami, yoki ulardan qo’rqibmi, o’zi odam ham kam edi. Yo’q, konduktor e’tiroz bildirgandi, bir narsalar dib so’kishdi, keyin biletingni sotginam diyishdi. Sobir orqaroqda o’tirgandi. Bu gaplardan keyin o’rnidan turib, ularni oldiga keldi. Ozgina janjal, keyin pastga tushishdi. Avtobus yo’lida davom etdi. Sobir ular bilan alohida gaplashdi... Robiya avtobus oynasidan qarab qoldi... Robiya tikuvchilik fabrikasida tikuvchi bo’lib ishlaydi. Har kuni bir vaqtda shu avtobusda uyga qaytadi. Sobir ham usha atrofda institutda o’qiydi. Uni ham darslari tugagandan keyin shu vaqtda, shu avtobusda uyga qaytadi. Ertasi kuni Sobir avtobusni orqa o’rindig’ida o’tirib kevotganda yoniga bir qiz keldi. Boshida u ahamiyat bermadi. Yonida joy bo’sh edi. Lekin qiz Sobirga qarab turardi. U qiz Robiya edi. Sobir qiz unga tikilib turganiga o’zini g’alati his qildi. Keyin qizga:
- Kechirasiz. O’tirmoqchimisiz. Marhamat (shunday deb o’rnidan turdi)
- Yo’q. Sizga rahmat etmoqchidim.
- Joy berganimgami?
- Yo’q. Mani tanimadizmi?
- ... (Sobir o’ylanib qoldi)
- Kecha mani bezorilardan himoya qilgandiz. Begona bo’lsez ham.
- Ha. Kechamidi. Uzr. Sizga qaramagan ham ekanman. Bemalol. Nega endi begona ekansiz. Man barchani o’z yaqinimde ko’raman. Sizga yordam berganimdan hursandman.
- Kecha sizga rahmat etolmaganimga rosa uyalib yurdim.
- O’zi rahmat etishizga imkon bo’lmadiku. Tushib ketdik.
- Ha. Lekin baribiram. Bugun sizni ko’rib rosa hursand bo’ldim. Yonizga kelib, nima dib gap boshlashni ham bilmadim. Yana bir bor rahmat...

Bu ikkinchi uchrashuv. Lekin birinchi suhbat. Shu holatdan keyin avtobusda bir birlarini har kun ko’radigan bo’lib qolishdi. Ismlarini etishdi... telefon raqam... endi telefonda suhbatlar... (bir qancha vaqt, taxminan 1 yilcha o’tdi, Sobir o’qishni tugatib, ishga kirdi)
- Allo. Robiya. Salom.
- Assalomu Alekum.
- Sizga bir gap etmoqchidim.
- Qanaqa gap.
- Sizni sansirab gapirsam maylimi?
- Hop. O’ziz bilasiz (Robiya o’ylanib qoldi. Nega sansiramoqchi dib)
- Hozir o’ylanib qolding. To’g’rimi? Sababi, man o’zimga yaqin olganlarimni barchasini sansirab gapiraman. Qizlarni nazarda tutvomman. Bunga sinfdoshlarim, kollejdagi kursdoshlarim erishgan. Institutdagilar ham erisha olmadi. Ularni sizlab chaqiraman. Usha oxirgilari kollejdagilar bo’lib qolgandi. Man endi shucha paytdan keyin san erishdin. Agar hohlamasang, sizlab ham chaqiraveraman.
- Yo’q, man sansirab chaqirishizni hohlayman (Robiya o’zi bilmagan holda shu gaplarni etvordi)
- Hursandman. Mayli keyinroq telefon qilaman.
- Hop

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bu yerda eng chiroyli hovlini sotib olishdi... Oʻgʻli Kamronga mashina olib berdi... Oʻzi ham oʻrganib olgach, oʻzi uchun ham mashina sotib oldi. Hayot shunday ekan... Mohinur farzandlarini kelajagini oʻylab boshqa oila qurmadi. Shu 3 farzandiga yaxshi sharoit yaratib berish uchun, ularni oʻqitib elga foydasi tegadigan farzand qilib tarbiyalar uchun tinim bilmay oʻqidi, oʻz ustida ishladi...
Kamron bu yili 28 yoshga kirdi. Singillari allaqachon turmushga chiqib ketdi. Mohinurning ulardan koʻngli toʻq... Oʻgʻlining koʻnglida kimdir borligini anchadan beri payqab yurardi. Bir kuni shu mavzuda oʻgʻli bilan suhbatlashdi...
- Oʻgʻlim... Endi seni ham uylantirib qoʻysam degandim. Men ham kelin olsam, nevaralarin boʻlsa deb orzu qilaman,bolam. Mana Allohga shukr... Oʻqimishlisan, yaxshi joyda ishalayapsan... Endi oila ham qurishing kerakda bolam...
Kamron onasidan hijolat tortdi. Koʻzlarini Mohinurdan olib qocha boshladi.
- Ona... Hali yoshman-ku... Uylanish qochmas.
- Yoʻq vaqti keldi bolam... Choʻzgandan nima foyda bor! Koʻnglingda kimdir boʻlsa ayt, yaxshi qiz boʻlsa jon deb olib beraman.
Kamron boshida uyalib gapirolmadi. Lekin biroz oʻtib sekingina soʻz boshladi.
- Toʻgʻrisi bir qiz bor. Yoshi mendan kichikroq, endi 18 ga kirdi... Institutga hujjat topshirgan edi oʻtolmadi... Lekin juda yaxshi qiz.
- Juda yoshku?! Sen uni qayerdan taniysan bolam...
- Kitob sotiladigan katta bir doʻkonda tanishib qoldik... Toʻgʻrisi bir koʻrishda yoqtirib qoldim.
- Xoʻp, u-chi?
- Bilmasam, bir ikki gaplashib turamiz xolos... Menimcha menda koʻngli bor...
- Ismi nimaykan? Qayerda turadi?
- Ismi Soliha... Shu shahar markaziga yaqin joyda...
- Manzilini aniq bilasanmi?!
- Haa...
Mohinur oʻgʻlining koʻngli uchun oʻsha xonadonga sovchilikka borishga qaror qildi. Yosh boʻlsa berisharmikin deb ham oʻyladi... Lekin baribir qandaydur oʻsha qizni oʻzi ham xohlab qoldi. Hali koʻrmay turib yuragi jizz etganini sezdi.
Mohinur yaqin bir kursdosh dugonasi bilan sovchilikka kelishdi. Ozoda, chiroyli mahalla koʻchalaridan asta yurdilar... Bir bejirimgina uyga yetib kelishdi. Uy atrofi juda chiroyli edi... Mohinur yaqin kelib eshik qoʻngʻirogʻini bosdi. Ichkaridan qadam tovushlari eshitildi. Eshik ochildi. Mohinur qarshisidagi ayolni koʻrib qotib qoldi. Bu Samira edi! Shuncha yildan soʻng Alloh ularni yana toʻqnashtirdi! Togʻ togʻ bilan uchrashmaydi, odam odam bilan uchrashadi degani shu boʻlsa ajabmas! Samira ham qarshisidagi Mohinurni darrov tanidi. "Uning chiroyli koʻzlari, oppoq yuzi sira oʻzgarmabdi..."hayolidan oʻtkazdi Samira.
- Samira!
- Opa!
- Oʻzizmisiz?! Dunyoni torligini qarang! Shuncha yil oʻtib... Hech ham kutmagandim...
Samira va Bilol turmush qurganlaridan bir yil oʻtib qizaloqli boʻldilar. Oʻsha qiz Soliha edi! Mohinur Samiraning qizi ham oʻzi singari sofdil, samimiy ekanligini umuman shubha qilmasdi.
- Opajon... Qizim hali yosh-ku juda... Oilani eplay olarmikan?
- Samira... Ishoning qizizni oʻz qizimdek koʻraman... Unga hamma sharoitni yaratib beramiz! Oʻzim oʻqitaman! Soʻz beraman...
Shu payt Soliha choy olib kirdi. Mohinur unga bir koʻrishdayoq mehri tushib qoldi. Qiz bilan soʻrashish uchun oʻrnidan turdi. Asta yaqinlashib peshonasidan oʻpdi... Keyin Samiraga qaradi.
- Koʻz tegmasin Samira! Qizingiz biram chiroyliki... Sizga oʻxshashib ketadigan tomonlari koʻp...
Samira mamnun jilmaydi. Soliha uyalganicha eshikni ochib chiqib ketdi. Mohinur joyiga asta oʻtirdi.
- Oʻgʻlim juda yaxshi yigit... Oʻqimishli, odobli, iymonli...
- Ishonaman opa... Siz farzandlarizga goʻzal tarbiya bergansiz... Bunga shubha qilmayman.
- Xoʻsh... Qizizni bizga berasizmi?
- Avval dadasi bilan maslahatlashay... Qizimning ham koʻnglini bilay, keyin sizga xabar beraman.
- MaashaAllah! Mayli siz yaxshilab maslahatlashing... Biz yana kelamiz.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Samira titrab ketdi. Dum-dumaloq qora koʻzlaridan yosh sizdi. Odina xolani oʻgʻlining bunday xunuk tarzda omonatini topshirgani iztirobga solar edi. Lekin bir hisobda Allohning taqdiri emasmi bu?! Alloh bazi bandalariga gunoh qilgan zahoti jazosini beradi, zotan Uning huzuriga borganda osonlik boʻlsin deya. Bunday bandalar Alloh suygan bandalardir. Ba'zi bandalari gunoh qildasa uning jazosini kechiktirib beradi. Yoki umuman bu dunyoda jazo bermaydi. Zero narigi dunyoda Allohning huzurida yuzi qora boʻlib, doʻzaxda koʻproq azoblanishi uchun. Bunday bandalar tabiiyki Alloh gʻazablangan bandalardir! Hadislarda aytiladiki : Kishiga bir dona zirapcha kirib ketishi ham, qaysidir qilgan gunohiga kafforatdir.
Alloh barchamizga chiroyli oʻlim nasib etsin!
* * *
Mohinur va Samira bir-birlari bilan ancha chiqishib qolishdi. Mohinurning qizlari Shirinani oʻynatishar bolalarning qiy-chuvi hovlini tutib ketgandi. Samira qishloqda bir haftacha qolib ketdi. Mohinur bilan yaqin dugonalardek suhbat qurishar, hamma ishlarni birgalashib qilishar edi. Samira Odina xola va Mohinurni oʻz oilasidek qabul qildi... Qalbidagi boʻshlik goʻyoki toʻlgandek boʻldi.
- Onajon... Opajon... Men endi ketishim kerak.
Odina xola Samiraga hayron boʻlib qaradi. Shu nigohida ham mehr, ham achinish, ham afsusni koʻrish mumkin edi.
- Qayoqqa borasiz bolam...? Uyingiz ham yoʻq ekan.
- Shaharda bir yaxshi opam borlar. Ismlari Robiya... Shularnikida ijarada turibman. Baraka topsinlar menga juda koʻp yaxshiliklar qildilar. Qishloqqa boraman degan zahotim menga anchagina pul berib, oʻzlari taksi chaqirtirib joʻnatib yubordilar...
- Baraka topsin. Yaxshi ayol ekan.
Mohinur Samiraga mayin jilmaydi.
- Samira... Agar istasangiz qolishiz mumkin. Hovlimiz keng...
- Bagʻringiz ham keng, opajon!
Mohinur Samiraning samimiylini yaxshi koʻrib qolgandi.
- Rost aytyapman... Qolavering, birgalikda opa-singil boʻlib yashaymiz...
- Yoʻq opajon xafa boʻlmanglar... Robiya opa kutyaptilar meni. Birgalikda ish boshlaganmiz... Inshalloh tez orada Allohimning rahmati bilan bir uy sotib olaman. Eski ishimga qaytdim... Maoshi ham ancha yaxshi... Bir kunga deb, bir hafta qolib kettim oʻzi...
Samira narsalarini yigʻishtirdi. Shirinani ham kiyintirgach ketish uchun hozirlandi...
- Samira!
- Labbay opajon?
- Xohlagan paytiz kelavering... Eshigimiz siz uchun doim ochiq!
- Ha, qizim... Yana keling xoʻp? Shirinaxon bilan bolalar mazza qilib oʻynashadi.
- Xoʻp onajon, inshaalloh yana kelaman.
Samira ketdi. Mohinur Samirani oʻziga kundosh bilmadi. Bu qizda nima ayb?! Eri yogʻonchi boʻlsa?! Uni ham aldaganda...
* * *
Samiraning tikuv ishlari ancha yaxshi bo'lib qoldi. Kreditga zamonaviy tikuv dastgohlarini sotib oldi. Juda koʻp ishlab chiqarish firmalaridan ish olib kelib uyda oʻtirgan holda tika boshladi. Robiya opa uni oʻz singlisidek yaxshi koʻrib qolgan edi. Unga oʻzi ish olib kelar, tayyor boʻlgach olib ketar edi. Shunday qilib oradan 2 yil oʻtib ketdi. Samira qizini bogʻchaga berdi. Endi ancha ishlari osonlashib qoldi. Uyda ham, koʻchada ham bemalol ishlar, anchagina pul ham yigʻib qoʻygan edi. Robiya opa turmush oʻrtogʻi bilan mana 7 yildan beri yashab kelayotgan boʻlsada lekin hamon farzandsiz edilar. Toʻgʻrirogʻi qizi Roziyaning 1 yoshli goʻdak paytida qattiq kasalga chalinib vafot etganidan soʻng, ular qayta farzand koʻrishmadi. Bunga sabab Robiya qizini qattiq yaxshi koʻrar va dardni koʻtarolmay, tushkunlikka tushib chuqur stressga chalingani sabab boʻldi. Boʻyida boʻlar, 2-3 haftalik boʻlganida tushib qolar edi. Shu 7 yil ichida 5 ta homilasi tushib qoldi... Bu gʻam Robiyani ancha ezib qoʻydi. Juda koʻp marta davolandi. Eri hatto bir nechta chet davlatlariga ham olib borib davolatib keldi. Lekin hamon foydasiz edi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Dastxat (Qismli Hikoya)

5-QISM. FINAL

Azizning yoqib yuborilishi elga ovoza qilinmadi... Bir necha haftadan soʻng Jinoyat qidiruv xodimlari Azizni pichoqlagan kishilarni topishdi. Bu yigitlar Ramazon oyida, shu yerga yaqin choyxonalardan birida yarim kechaga aroq ichishgan... Qarta oʻynab koʻngil xushlik qilganlar. Soʻng gapdan gap chiqib ketib, orada kelishmovchilik yuzaga kelgan. Oʻtirish janjalga aylanib, 3 ta yigit bir boʻlganicha Azizni rossa doʻpposlashgan va unga ketma-ket 4 marta pichoq urishgan. Oʻlib qolganini koʻrishgach, mast holatda uni mashinaga ortishgan va mahalla boshidagi ariqqa uloqtirib ketishgan...
Ular qoʻlga olindilar va har birlariga 7 yildan qamoq jazosi tayinlandi...
Mohinur va Odina xola Azizning marakalarini imkon boricha oʻtqizdilar. Azizning ortidan deyarli odam kelmadi. Faqat qarindosh-urugʻlar, qoʻni qoʻshnilar xolos... Aziz hayotligida juda koʻpchilikka ozor bergan edi. Oʻgʻirlik qilgan, zoʻravonlik qilgan, odamlarning qanchadan qanchasini dilini ogʻritgan! Ikki ayolni xoʻrlagan! Onasini ranjitgan! Umr boʻyi oʻgʻzidan Alloh degan soʻz chiqmadi... Bir rakat boʻlsin namoz oʻqimadi... Doim ichkilik ichdi, chekdi... Azizning hayoti varoqqa bexos tegib qolgan qora dogʻni oʻchirgʻich bilan oʻchirgan singari bu hayotdan yoʻq boʻlib ketdi. Oʻzi ketdi ammo qilgan yomon ishlari odamlarning xotirasidan ketmadi...
* * *
Azizning oʻlganiga 40 kun boʻldi. Mohinurning egnida oʻzining bevaligini bildirib turadigan qop qora koʻylak, boshida ham qora roʻmol... Odina xola ham koʻrimsiz kiyim kiyib olgan, yigʻlayverganidan koʻzlari qizargan, maʼnosiz va gʻamli...
Mohinur farzandlariga kitob oʻqib beryapti. Odina xola kelinini jimgina kuzatib oʻtirardi.
- Mana bu Z harfi... Koʻryapsanmi? Z harfiga qanaqa soʻzlar bor? Kim aytadi...?
Kamron va qizlar baravariga "Men!"deb baqirishdi. Mohinur bolalarga tabassum qilganicha Kamronning sochlarini siladi.
- Xoʻsh... Qani Gulnoza asalim sen aytchi?
Gulnoza jajjigina qoʻlchalari bilan sanay boshladi.
- Zebra, zagʻizgʻon, zogʻora, zoʻntik...
- Eee yoʻq! Zoʻntik ruscha soʻz-ku?! Soyabon boʻladi...
Kamron mahmadonalik bilan singlisiga eʼtiroz bildirdi. Gulnoza akasiga qovogʻini solib qaradi. Mohinur bolalarining bu xarxashalariga kulibgina qarab oʻtirardi. Birdan darvozani kimdir taqillatdi. Mohinur kitobini qoʻyib darvozaxona tomon yurdi.
- Kim u? Hozir boryapman...
Odina xola ham chaqirgan odam kim ekanligiga qiziqqanicha darvozaxonadan koʻz uzmay qarab qoldi. Mohinur darvoza zinjilini tushirdi. Koʻchada bola koʻtargan yoshgina ayol turardi. Mohinur ayolga qaradi. Qoʻlidagi goʻdagini koʻrib beixtiyor shirin tabassum qildi.
- Voy buni asalligini...! Kechirasiz sizni tanimayroq turibman... Kim kerak edi...
Ayol gapirishga biroz ikkilandi. Keyin Mohinurning koʻzlariga tik qarab soʻz boshladi.
- Men Samiraman...
- Samira?
Mohinur qarshisidagi kundoshi ekanini bildi. Samira unga umid bilan tikilib turardi.
- Aziz akamni marakalariga kelolmadim... Toʻgʻrisi kelmoqchi boʻldim, lekin qandaydir choʻchidim...
Mohinur indamadi. Sukut qilganicha Samirani kuzatardi.
- Bizdan nimanidir undirmoqchi, talab qilmoqchi deb oʻylamang iltimos... Men shunchaki... Erimni haqqiga duo qilib ketay, qabrini ziyorat qilay deb keldim...
Ichkaridan Odina xolaning ovozi eshitildi.
- Kim ekan Mohinur qizim?! Nega buncha uzoq qolib kettiz?
Samira Mohinurga iltijoli termuldi.
- Kirsak maylimi?...
Mohinur bir ogʻiz ham soʻz demasdan darvoza eshigidan qochdi, Samiraga ichkariga kirishi uchun yoʻl ochdi. Boshi bilan "Kiring..."degandek ishora qildi. Samira Shirinani koʻtarganicha hovli etagiga kirdi. Mohinurning bolalari darrov yugurib kelishdi.
- Voy siz kimsiz xolajon? Qizchayiz yurishni biladimi?
Samira bolalarga mayin jilmaydi.
- Yoʻq endi endi qadam tashlashni boshladi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ОТА

Гўдак эдим, элас-элас эслайман. Отам мени ёзининг жазирама иссиғида каттакон тоғорада сув тўлдириб чўмилтирарди. Мен эса энтикиб-энтикиб нафас олардимда, қиқирлаб кулардим. Отамнинг қувончи эса мендан минг чандон устун эди. Бир пайт онам келиб, отамга енгил дашном бердилар. «Ахир ёш болани шамоллатиб қўясиз?» Ана шундаги отамнинг ҳолати менинг кўз ўнгимда қотиб қолган. Отам катта гуноҳ иш қилиб қўйгандек хижолат бўлардилар. Отамнинг бир одатлари бор эдики, ўзгалар учун жонларини ҳам бериб юборардилар. Ҳар куни кимгадир ёрдами текканлигини елка кисиб камтарлик билан айтиб берардилар. Йиллар ўтди, мен улғайган сари отам кексайиб бораверди. Энди мен хижолат чекардим. Нега мен улғайган сари отам кексаришлари керак?! Бу орада Ҳаж сафарига бориб келдилар. Йиллар эса ўз кучини отамга кўрсатаётган эди.
Бу ҳолат узоқ давом этди. Бир кун отам жуда кексайиб ҳассага суяниб қолдилар. Менга алам қилган жойи, кўз олдингда отанг-онанг кексайиб браверса-ю, сен хаёт ташвишига ўралашиб юраверсанг. Отангга сендан кўра ҳасса кўпроқ суянчиқ бўлса. Тишлари тушиб, қаттиқроқ таом еёлмай қолса, сен эса ёнида гўшт еб ўтирсанг.
-Менга атала қилиб беринглар, - дерди отам бечора.
Биз эса кулардик. Хотинимнинг жавоби доим тайёр эди:
-Бобо, ахир қайси замонда яшаяпсиз? Ким ҳозир атала ичади? Ундан кўра, мана бу қўчқорнинг гўштидан енг!
Отамнинг айтган гапларига ўзи уялиб қоларди. Мен эса отамнинг ёшлигимда кўрган ҳолати эсимга тушарди. Мен гўдаклигимда тилим йўқлигидан отамнинг ёнини ололмаган бўлсам, энди эса тилим борлигида ҳам ёнини ололмаганимдан ўзимдан-ўзим хафа бўлиб кетардим.
Отам бир гапни кўп айтардилар: «Одамзод бошда бир гўдак, охирида бир гўдак бўларкан» деб. Мен энди-энди тушунгандай бўлаяпман. Отам 90 ёшга кириб, худди гўдакдай бўлиб қолдилар. Ҳамма нарса эсларидан чиқиб кетаверарди. Жойнамоз устида соатлаб ўтирардилар. Ҳозир ўқиган номозлари эсларидан чиқиб, яна ўқийверар эдилар. Бу ҳолат мени ич-ичимни кемирар, лекин иложсиз эдим. Отам дуо қилганларида доим бир гапни қўшиб айтардилар: «Эй Қодир эгам, менинг жонимни ойнинг охирги даҳаси, жума кунига тўғри келганда олгин. Мени тобутимни кўтарганларнинг оёғи лойу-қорга сирғалмасин!»
Бир куни онам мени чақириб: - Отанг кетадиганга ўхшайди. Қўл оёқларини ўликни кандай ёткизишса, худди шундай қилиб ётибди. Менга “Болаларни қўрқитма! Иягимни мана бунақа қилиб боғлайсан, оёқларимни мана бунақа қилиб чандийсан, кўзимни мана бунақа қилиб ёпасан” дейди. Балки томи кетиб қолдимикин болам?!
Менинг юрагим шув этса-да, онамга билдирмай: - Она кизикмисиз? Бандаси қачон ўлишини Аллоҳдан бошқа ҳеч ким билмайди. Кўраяпсиз-ку, отам гўдакка ўхшаб қолган, - дедим. Кейин бирдан гўдаклигим эсимга тушиб, катта тоғорани сувга тўлдирдим. Отамни кўтариб келиб чумилтирар эканман, отам худди ёш боладек қиқирлаб кулардилар.
- Буни кайтар дунё дейдилар, болам!
Мен бу гапга тушунмасамда, бошимни ирғаб қўйдим.
Эртасига эрталаб мен Тошкетга сафарга отландим. Уйдан чиқаётиб онамга жойномозда ўтирган отамни кўрсатиб имо, қилдим. Онам кулиб қуйдилар ва менга: - Отанг ҳали узоқ ўтирадилар, боравер болам! Сени Аллоҳга омонат топширдим! - дея дуо килдилар. Мен йулга тушдим. Қашкадарё ва Сурхондарё чегарасида ГАИ постидан ўтаётганимизда ҳайдовчининг гапи менинг диққатимни тортди:
- Бугун ойнинг охирги даҳаси - жума куни, энг улуғ кун! Кўрдингизми, бизни тўхтатмади хам! Бўлмаса яна бир соат ўтирардик!
Мен бирдан хушёр тортиб, ҳайдовчидан машинасини тўхтатишини сўрадим. Уйда ўта муҳим хужжатим қолиб кетганини айтиб, яна орқага қайтдим. Уйга келаяпман, юрагим харпиқади. Яқинлашганимда қўл телефаним жиринглаб қолди. Қарасам, жияним Одилжон! Шошиб телефон тугмачасини босдим.
- Тоға, манзилингизга яқинлашган бўлсангиз ҳам тезда орқага қайтаркансиз! Бобом бўлмай қолдилар, жойномознинг устида омонатини топширибдилар!!!
Менинг бошимга тоғ қулагандай гарангсиб қолдим. Кўзларимга ёш тўлди. Томоғимга нимадир тиқилди...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Тўрт нарсадан ҳеч қачон уялманг:

— эски кийимлардан;
— камбағал дўстлардан;
— қари ота-онадан;
— оддий ҳаётдан.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Keldizmi?
Uni bergan savoli meni gangitib qoʻydi. U yana oʻsha mayin ovozida gapirishda davom etdi.
  - Bu safar ancha qolib kettiz? Kutib qoldim sizni...
Ha! Hammasini u qilyapti! Meni gʻalati joylarga joʻnatyapti! Lekin maqsadi nimaykin?! Hayotimdagi halovat, huzur shu qizni deb yoʻqoldi! Fikrlarim chalkash, Nozima bilan yaxshilab gaplashib olmoqchi boʻldim.
Endi ogʻiz juftlab unga gapirmoqchi edim, eshik ochilib Jasur kirib keldi.
   - Iyaaa, doʻstim keldingmi?! Mazang yaxshimi?
Koʻzlarimni Nozimadan uzmay Jasurga tez-tez javob berdim.
   - Yaxshi-yaxshi!
Jasur qoʻlimdan tortqilab oʻzimizning kabinetimizga olib kirdi. Koʻzim hamon Nozimada! U ham menga tikilib turibdi. Keyin yana jilmaydi, asta joyiga oʻtirib ishini davom ettirishga tushib ketdi. Men ham undan koʻzimni uzdim.
   - Buncha tikilib qolding, nima yoqib qoldimi? Lekin haqiqatda juda ketvorgan qiz ekan!
Jasurning haplari ensamni qotirsada parvo qilmadim. Fikri hayolim meni boshimga tushgan voqealarda edi...
  - Nima qilish kerak edi, tezroq koʻrsat...
  - Buncha shoshmasang! Mana qara, mana bu hujjjat nimasidur chalkashmi? Bilmayapman...
Jasurning ishini toʻgʻirlarkanman, miyamda turli oʻy-fikrlar qalashib ketgan edi. Oʻzimni beparvolarcha tutgancha asta Jasurdan soʻradim.
  - Anavi qizni ismi nimaykan?
  - Qaysi?! Boyagi koʻz uzolmaganingmi?!
Jasur kuldi. Qitmirlik qilib koʻzlarini qisib qoʻydi.
   - Ismi Nozima... Kecha ishga kirmoqchi boʻlib hujjat olib kelgandiku esladingmi? Oʻsha qiz! Bugun kotibalikka ishga olinibdi. Boshligʻimizni yangi kotibasi!
  - Nozima?
  - Ha... Nozima.
  - Familiyasi nima ekan?
  - Familiyasini nima qilasan? Tavba qildim! Bilmayman familiyasini... Hali tanishishga ulgurmadik. Kelganidan beri bir narsalar yozib oʻtiribdi. Gapirmaydiyam...
   - Haa...
Jasurning gaplari bilan Nozima haqida ozmi koʻpmi maʼlumotga ega boʻldim. Ish vaqti tugaguncha Jasurning hujjatlarini toʻgʻirlashimga toʻgʻri keldi. Nihoyat ish yakunlangach, uyga ketmoqchi boʻldim. Chiqsam Nozima ham ketish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan ekan. Ustiga kastumini kiydi, kiyib olgan kiyimlari qomatiga shunaqangi yarashgandiki... U haqiqatda chiroyli qiz edi. Lekin menga nisbatan qilayotgan gʻalati ishlari sababmi undan hayiqardim. Jasur menga rahmat aytdida, shoshilganicha chiqib ketdi. U liftga chiqdim. Ortimdan Nozima ham chiqdi. Unga gapirgim kelar, lekin ichimda qandaydir qoʻrquv bor edi. Qanchalik urinmay hech ham gap boshlolmadim. Lift toʻxtadi. Nozima va men birgalashib liftdan tushdik... Ishxonamiz binosida chiqar ekanmiz, birdan Nozima qoʻlimdan ushlab oldi.
  - Nima qilyapsiz? Koʻchani oʻrtasidamiz Nozimaxon...
  - Mendan qoʻrqyapsizmi?
  - Nega unaqa deyapsiz?
  - Sezib turibman, qoʻrqyapsiz...
Asta unga yaqinlashdim. Koʻzlarimni uning tim qora sirli koʻzlariga qadadim. U ham mendan koʻzini uzmasdi. Qoʻlimni asta qoʻyib yubordi.
  - Nega aynan men?!
Unga bergan birinchi savolim shu boʻldi.
  - Bilmayman... Xudo haqqi bilmayman, ishoning. Lekin menga sizdan boshqasi yordam berolmaydi... Buni aniq bilaman!
  - Hayotimni buzdiz! Halovatim yoʻqoldi. Atrofga qoʻrquv bilan boqadigan boʻlib qoldim!
Nozima menga yanada yaqin keldi. Uning nafasi bilan mening nafasim bir-biriga qorishib ketdi.Badanim titray boshladi... Lablari yuzlarim oldidan tegar tegmas oʻtib, qulogʻim yaqinida toʻxtadi... Asta, oʻta mayin ovozda gapirdi.
   - Bir hafta dam oling... Sizga oʻzim xabar beraman.
Gangib qoldim. Bir soʻz deyolmadim. Nozima mendan tobora uzoqlashib ketardi. Keyin bir gap yodimga keldi, ortidan baqirdim.
  - Kitob! Kitobdagi qiz sizsiz toʻgʻrimi?!
Nozima oʻgirildi. Koʻzlari hayratdan katta-katta ochilib ketdi.
  - Kitobni topdizmi?
  - Ha...
Nozima hayrat va qoʻrquv aralash menga qaradi. Koʻzlaridagi ifoda meni qalbimni ham qoʻrquvga soldi. Indamay ortiga burildi va tez-tez yurganicha koʻchaning narigi tomoniga oʻtib, koʻzdan gʻoyib boʻldi...

2-TUSH TUGADI.

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰21.02.2025.                13:20

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Men nima qilarimni bilmay qoldim! Baʼzan qoʻrquv qalbimni egallasa, baʼzan bu odamchalar meni nima qilisharkin deya qiziqardim... Ularning barchasi qoʻliga uchli nayza ushlab olgan, barchasining koʻzlarida gʻazab oʻti chaqnardi
Birdan menga yoppasiga xujum qilishdi. Atrofimni oʻrab olganlari uchun hech qayoqqa qochib ketolmadim. Qoʻllarimni qichitqi oʻt bilan bogʻlashdi. Bu oʻt shu darajada qoʻlimni qichittiki bilaklarim qip qizarib hatto koʻkarib ketdi. Meni katta bir daraxtga olib borib bogʻlashdi. Bu daraxtdan jirkanch shilimshiq narsalar muttasil oqib turarkan... Yuzimga oqib tushdi. Hidiga chidab boʻlmasdi. Ular yer kovlashdi... Keyin oʻsha kavlangan joyga qandaydur qozonni eslatuvchi idishni joylashtirdilar. Tagiga olov yoqib meni bogʻlashgan daraxtdan anchagina oʻsha shilimshiq narsadan olishdida qozonga solishdi... U varaqlab qaynay boshladi. Hidi shunday ham yoqimsiz ediki, burnimni jiyirib oldim. Koʻnglim ayniy boshladi. Odamchalardan 3-4 tasi har xil hayvonlarning oʻligini olib kelishdi. Atrof battar badboʻy hidga toʻlib ketdi. Birin ketinlikda olib kelingan hayvon oʻliklarini qozonga tashlashdi. Ular tashlanishi zahoti "Vishshshsh" etib bugʻ koʻtarildi va qozon ustiga suyaklar qalqib chiqdi. Bir odamcha qozon ustiga chiqib qolgan suyaklarni yigʻib oldi. Meni koʻnglim aynib qusa boshladim. Mazam boʻlmay ketar, koʻz oldimdagi manzara yuragimni bexalovat qilardi. Asta sekin qozon ichidagi suyuqlik sariq tusga kirdi. Keyin uni kosalarga quydilar. Odamchalar shu jirkanch narsani yeb qorinlarini toʻygʻazdilar. Bir payt biri menga ham kosada toʻlatib oʻsha suyuqlikdan olib keldi. Biri yelkalarim ustiga chiqib zoʻrlab ogʻzimni ochdi, ikkinchisi esa kosadagi narsani ogʻzimga quydi. Koʻzlarimdan yosh otilib chiqdi. Bu narsa ichimga kirgan zahoti ichki azolarim titilib ketgandek boʻldi. Oʻzimni yomon, juda yomon his qilardim... Ular mana shunday ziyofatdan soʻng ov qilish uchun daraxtlar ortiga kirib ketishdi. Atrofda mendan boshqa hech kim qolmadi. Daraxtga bogʻlangan holimda dong qotib uxlab qolibman... Uxlayapmanu yuzimga nimadur chakkillab oqayotganini his qildim. Tomchi faqat bir joyga oqib tushar tushgan sari boshimda kuchli ogʻriq turardi. Koʻzimni ochib, yuqoriga qaradim... Tepamda turgan jonzotdan daxshatga tushdim. Jon holatda qichqirib baqirib yubordim... Tinimsiz baqira boshladim. Juda qattiq qoʻrqib ketdim... Mening ustimga oqayotgan narsa uning soʻlagi ekan... Uzun siyohrang tishlarini gʻichirlatganicha ustimga egildi... Koʻzlari ilonning koʻziga oʻxshaydi... Faqat sap-sariq tusda. Meni yemoqchi boʻlib tishlari bilan daraxtga urildi... Daraxt qarsillab sinib ketdi. Meni oʻrab olgan chirmovuqlar yechildi. Men yugurib qocha boshladim. U ham ortimdan qolmay meni quvib kelardi... Yugurarkanman qandaydir jarlikka kelib qoldim. Boshi berk koʻcha! Ortimdan yirtqich maxluq quvib kelardi, oldimda esa tubsiz jarlik... Oʻylashga koʻp ham vaqtim yoʻq edi. Maxluqning chinqiriq ovozi baralla eshitila boshladi.
- Bismillah!
Oʻzimni jarlikka qarata otdim... Yelkam va belimda kuchli ogʻriq sezildi. Oʻrnimda turdim, yuqoridagi qaradim. Bir juft sap-sariq koʻzlar meni axtarardi. Men ham unga koʻrinmaslik uchun pana joylarda asta yura boshladim... Qandaydir gʻorga kelib qoldim. Biroz dam olish uchun ichkariga kirdim. Ustimdagi kiyimlarimga qarab boʻlmasdi. Nimta-nimta boʻlib titilib ketgan koʻylagim va tizzalari yirtilib ketgan jensi shishim, krasovkam ham bir ahvolda edi. Gʻor ogʻzi yaqinidan jildirab suv oqardi. Suvga boqtimu oʻzimni taniyolmay qoldim! Suvdagi aks goʻyo meniki emasdi. Yuzim qip qizil qon... Sochlarim ham toʻzgʻib ketibdi... Suv bilan yaxshilab yuvinib oldim. Biroz tanam rohatlandi... Gʻor ichiga kirdim, koʻzimga allanarsalar yiltirab koʻrina boshladi. Beixtiyor oʻsha tomonga yurdim. Yo Alloh! Qanday moʻjiza! Bu yer olmos gʻori ekan. Turli rangdagi olmoslar har xil jilolanib gʻor ichida oʻzgacha muhit yaratgan edi. Qizgʻish, binafsharang, moviy va yashil ranglar uygʻunligi odamni aqldan ozdirar darajada goʻzal! Toshlarning jilvalanishi kishini sehrlab qoʻyar edi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tushlar vodiysi (Mistik&Horror Hikoya)

2- TUSH. SOHILDAGI SIR

Nozima xonadan chiqib ketgach, men ham Jasurning ortidan chiqdim. Ovqatlanish uchun kafega kirdik. Hayolim parishon edi... Boʻlib oʻtgan hodisalarni oʻylab oʻtirardim. Bu holatimdan Jasur hayratga tushdi.
- Nima boʻldi Temur? Nimani oʻylab oʻtiribsan? Ovqatingni yemaysanmi issigʻida?!
Jasurga hayolchan nazar tashladim.
- Jasur...
- Ha oʻrtoq?
- Boyagi qizni tanidingmi?
- Qaysi qiz?
- Boya xonamizga kirdi-ku, oʻsha qizni?
- Yoʻq. Birinchi marta koʻrib turishim...
Hayron qoldim.
- Qanaqasiga?! Axir kafeda oʻtirganimizda u qiz anavi stolda bir dugonasi bilan oʻtirgandi-ku?! Sen ularga gap otganding...
- Qachon? Esing joyidami oshna?! Men bir hafta kamandirovkada edim-ku, oʻzi bugun kelgan boʻlsam... Bu kafega endi kirishimizku...
Jasurning gaplaridan xushim boshimdan uchib ketdi.
- Sen bugun ertalab ishga kelib boshim qattiq ogʻriyapti deding. Dori berdim. Ichib boʻlgach, boshingni stol ustiga qoʻyishing bilan uxlab qolding. Rossa uygʻotishga harakat qildim, turmading... Yaxshiyam boshliq yoʻq edi!
Demak men qattiq uxlab qolganman. Keyin tush koʻrganman... Lekin Nozimachi?! Menga tashlab ketgan xatichi?! Aqlim ishlamay qoldi. Ertangi kunni oʻylardim. Oʻylaganim sari yuragim orqaga tortib keta boshladi. Qoʻrqayotgandim... Keyin hayolimga bir fikr keldi. Agar oʻsha payti uxlab qolmasam, tush ham koʻrmayman... Hammasi joyida boʻladi.
Uyga ketayotib bir qancha achchiq, uyquni qochiradigan kofe sotib oldim. Ertalab vaxtliroq uygʻonay deya 8 boʻlmasdanoq uyquga yotdim. Tongda turdim. Birinchi qiladigan ishim kofe damlab ichish boʻldi. Bittaga qanoat qilmadim, jami 4 chashka kofe ichdim... Hayolim parishonligigami ishimga ham borgim kelmadi. Jasurga telefon qilib biroz mazam boʻlmayotganini aytdim. Har 10 daqiqada soatga qarab qoʻyaman... Uyda siqilib ketdim. Kutubxonaga borib chamasi 5-6 daqiqa kitob oʻqib oʻtirdim... Vaqt nihoyatda sekin oʻtardi... Kutubxonadan chiqib biroz koʻchalarni sayr qildim, soat 8:50... 10 daqiqa qoldi. Men esa koʻchadaman. Koʻchada uxlab qolmayaman-ku?! Demak hammasi joyida qoʻrqmasam ham boʻladi! Shahar boʻylab sayr qilarkanman, koʻprikka kelib qoldim... Koʻprik ostidan sharillab oqayotgan anhor bor edi. Anhor bir qarashda sokindek tuyuladi lekin u juda kuchli va tez oqayotgani unga tashlangan bakalashkalarning zuvv etib oqib oʻtishidan bilinib turardi. Biroz muddan suvning oqishini tomosha qilib turdim. Atrofda hech kim koʻrinmasdi...
Birdan ortimdan kuch bilan kimdir meni pastga itarib yubordi. Uning qoʻllari shunaqangi kuchli ediki yelkamga tekkanida badanim holsizlarib, boʻshashib ketgandek boʻldi. Koʻprikdan pastga, sharros oqayotgan anhorga qulab tushdim. Suzishga harchand harakat qilmay, suv oqimi juda kuchli edi. Bazoʻr boshimni suvdan chiqarib yuqoriga qaradim, ne koʻz bilan koʻrayki yuqorida, koʻprik ustida Nozima menga qarab shirin jilmayib turardi. U bilagidagi soatini koʻrsatdi. Barmoqlari bilan 9 boʻlganiga ishora qildi. Men bor kuchimni toʻpladim, boshimni bazoʻr suvdan chiqardim, qoʻl va oyoqlarim bilan oqimga qarshi tinmay harakat qilardim. Nozimaga qarab baqirdim.
- Axir uxlamagandim-ku?! Uxlaganim yoʻq edi...!!! Adolatsizlik bu! Adolatsizlik!
Nozima bir ogʻiz ham gapirmadi. Faqat jilmaygan koʻyi menga qarab turardi. Men dod solib baqira boshladi. Atrofda Nozima va mendan boshqa hech kim yoʻq edi... Borgan sari kuchdan qoldim, oʻgʻzimga tinimsiz suv kirib ichim suvga toʻlib ketdi... Boʻgʻzimgacha suv qopladi. Men choʻkayotgan edi. Boshim bir suv ustiga, bir suv ostiga kirib chiqar, Nozimaning kulishlarini elas-elas koʻrib qolar edim. Oxiri kuchim qolmadi! Men oqimga boʻy sundim... Suvning tubiga cho'kdim... Yuragim asta urishdan to'xtadi. Suv ostida nafas ololmaganim uchun oʻpkam qiynalib ogʻrib ketti. Xushimni yoʻqotdim. Nazarimda oʻlayotgan edim...
* * *
Jonsiz qolgan badanimga muzdek shabboda urildi. Ichimga toʻlgan suvlar asta ogʻzimdan oqib ketayotganini his qila boshladim. Yana qayta nafar olardim. Ammo hamon koʻzlarimni ocholmasdim...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bu manzara shunaqangi daxshatli ediki qoʻrquvdan hatto nafas olishni ham unitib qoʻygandim! Keyin boyagi maxluqlardan eng boʻyi balanti keldi. U novcha, skalettek ozgʻin, et umuman yoʻq edi tanasida, faqat suyakning oʻzi borga oʻxshardi. Barmoqlari uzun-uzun, tirnoqlari ham pichoq singari uchli va shaffof edi. Bu maxluqlar umuman ovoz chiqarishmas, yurganida ham qadam tovushlari eshitilmas edi... U yerdagi qonni qoʻlidagi choʻmichga oʻxshash narsa bilan bir idishga quydi. Yerda bir tomchi ham qon qolmadi. Ishini bitirib boʻlgach, qon toʻla idishni koʻtarib qip-qizil choʻl oʻrtasida oʻsib chiqqan bir niholning oldiga keldi. Bu yangi unib chiqqan nihol juda nimjon va shakli ham juda xunuk edi. Maxluq nihol tagiga ayolning qonini quydi. Shunda ajoyib hodisa roʻy berdi... Boyagi daraxt novdasi birdan kattalashib xuddi boshqa maxluqlarga oʻxshash bir maxluqqa aylandi! Jonlandi va sheriklariga qoʻshildi. Esxonam chiqib ketdi. Shunda birdan tushundim, bu maxluqlar odamlarni shu tarzda oʻldirib qonlarini olishadi va oʻzlarini shu tarzda koʻpaytirishar ekan! Daxshatdan turgan joyimda qotib qoldim, axir u ayolning oʻrnida men ham boʻlishim mumkin edi-ku?! Ular meni koʻrib qolmasliklari kerakligini tushunib yetdim, aks holda ahvolim oʻsha ayolniki singari boʻlishi mumkin edi...
* * *
Holim qolmadi, oyogʻim qizib ketdi... Oyogʻimdagi issiqlik boshimgacha yetdi. Badanimda kuchli ogʻriq turdi.Muttasil koʻnglim aynir, bu yoqimsiz hidi dimogʻimga urulib meni behuzur qilardi. Nega aynan men?! Nozima oʻzi qanday tush koʻrgandi?! Bu yer qanday joy oʻzi?! Endi bu yerdan qanday qilib ketaman?! Savollar miyamga urila boshladi... Qiynalib kettdim. Maxluqlar hech narsa bilan oziqlanishmas edilar... Na suv ichishar, na taomlanishar... Koʻzlari olov singari yonar, har safar koʻzim tushib qolsa qalbimda titroq turardi. Men hamon qora tosh ortida turardim, hech qayoqqa qimirlay olmasdim, meni koʻrib qolishlaridan va meni ham boyagi ayolning ahvoliga solishlaridan qattiq qoʻrqardim. Birdan yelkamga kimdir tegindi. Shart ortimga burildim, shu on koʻzlarim chiqib ketgudek boʻlib katta katta ochilib ketdi. Maxluq uzun bsrmoqlarini yelkamga tekkizgan edi. U menga tobora yaqin kela boshladi! Mening peshonamdan tel oqib ketdi. Badanim suv boʻldi... Qoʻrqqanimdan tanam oʻzimga boʻysinmay qoldi. Qoʻl oyoqlarimdan mador ketdi. Gandiraklab yiqilib tushdim. Tinmay kalima qaytara boshladim.
- Astagʻfirulloh...! Astagʻfirulloh va Laaa ilaha illalloh Muhammadur Rasulullah... Astagʻfirulloh!!! Astagʻfirulloh!!! Laaa ilaha illalloh!!!
Baqirib kalima aytardim. Ogʻzim hech ham tinmadi... Koʻzimda yosh oqar, yigʻlab baqirib ortimga tisarilgancha sudralib-sudralib maxluqdan qochardim...
U birdan toʻxtadi. Menga uzoq tikilib qoldi. Men ham uning olov yonib turgan koʻzlariga boqdim. Koʻzi ichidagi otashda oʻz aksimni koʻrdim! U meni dast koʻtarib oldi. Men yanada balandroq ovozda kalima qaytardim. U meni koʻtarganicha bir chuqurga olib bordi. Chuqur xuddi Nozima menga koʻmib bering degan oʻsha bizning dunyomizdagi qabrga oʻxshab keratdi. U meni oʻsha qabrga uloqtirdi. Men pastga tushib ketarkanman... Xuddi osmondan pastga qulayotgandek boʻldim.
- Aaaaaaaa! Allohim!!!
Baqirdim. Hamon chuqurning oxiriga yetmagan edim! Birdan kimdir meni turtdi...
* * *
- Temur! Temur ogʻayni!
Koʻzimni ochsam, ishxonamdaman! Koʻzlarimga ishonmadim... Atrofga jinnilardek alanglab qaradim... Roʻparamdagi kompyuterni, stol ustidagi hujjatlarni qoʻlim bilan ushlab koʻrdim. Jasur menga hayron qarab turgan edi.
- Shunchalik ham uxlaysanmi oʻrtoq?!
- Uxladimmi?
- Ha... Ancha uxlading... 3 soatdan oshdi. Yaxshiyam bugun boshligʻimiz ishga kelmadi. Boʻlmasam shu holatingni koʻrganida seni ishdan haydab yuborardi.
Ajabo! Bari tushim ekanku?! Ancha yengil tortdim. Chap yelkamga 3 marta tuflab qoʻydim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

"Allohu Akbar, Alloooooohu Akbar!"
Azon ovozidan uyg'onib ketdim. Bomdon mahal. Tahorat oldim. Namozimni o'qidim. Quyosh chiqquncha biroz Qurʼon tilovat qildim. Nonushta qilib, kiyimlarimni kiyib ko'chaga chiqishim bilan kechagi qiz meni kutib turganini ko'rdim. "Na muncha vaxli kelmasa!"
- Assalomu alaykum!
- Va alaykum assalom, singlim yaxshimisiz?
- Yaxshiman. Kettikmi?
U juda shoshilar edi. Ko'zlaridan sovuq o't chaqnadi. Kipriklarini shunday tez pirpiratardiki...
- Nega buncha shoshyapsiz? Soat endigina 8 bo'ldi-ku?!
- Tezroq boraylik!
- Xoʻp, yaxshi...
Yo'lga tushdik. Mashinaga o'tirdik. Mashinada yelkam qizning yelkasiga behos tegdi. Etim jimirlab ketdi. Qandaydur badanim seskandi. Ancha yurdik. 2 soatcha vaqtdan keyin qiz mashinani to'xtatdi. Yonidan 100$ chiqarib taksichiga uzatdi. Men shoshib qoldim.
- Iyiii singlim men to'layman yo'l kirani.
- Yoʻq, bo'ldi mashinadan tushing. Kechikyapmiz.
Taksichi qo'lidagi 100$ ni nima qilishini bilmay hayron turib qoldi.
- Opaa... Bu puliz juda ko'pku. Endi yoʻlga chiqqanim uchun hali pul ishlolmagandim. Maydalab berolmayman. Iloji bo'lsa so'm bering...
Men cho'ntagimni kavladim. 150 ming pul chiqarib taksichiga uzataman desam boyagi qiz qarshilik qildi.
- Yoʻq pulizni solib qo'ying cho'ntagizga!
Qiz taksichiga asabiy qaradi.
- Olavering hammasi sizga. Faqat tez keting bu yerdan!
Hayratta qoldim. Oyog'imni uchigacha qaltirar edim. Bu qizdan qo'rqa boshladim. Taksichi ketdi. Qiz meni qo'limni ushlab oldi. Badanimga ilon chirmashgandek bir sakrab ketdim.
- Singlim hijolat qilyapsiz...
- Nega qo'rqasiz? Yeb qo'ymayman.
Qiz kuldi. U shunday hirs bilan kuldiki ko'zlaridan qip-qizil olov chiqib ketgandek tuyuldi. Ichimda "Astagʻfirulloh" ni ayta boshladim. Qiz meni panjarali darvoza oldiga boshladi. Bu yerda ikkimizdan boshqa hech kim yoʻq edi. Jim-jit, osuda... Tep-tekis yer! Faqat yerning o'rtasi odam bo'yi qilib kavlangan, atrofida turpoqlar sochilib yotar edi.
- Qarang shuncha vaqt ko'rishyapmizu bir birimizni ismimizni bilmaymiz...
- Men bilaman. Sizni ismiz Temur.
- Siznikini bilsam bo'ladimi? Dugonangiz sizni Nozi degan edi kafeda adashmasam...
- Ismim Nozima.
Nozima o'sha chuqurni yopib berishimni iltimos qildi. Chuqur yoniga yaqinlashdim. Kurakni olib turpoqlarni chuqurga tashlay boshladim. Birdan boshimga kuch bilan urilgan boshqa bir kurak zarbidan o'zimni bir on yo'qotib qo'ydim. Qarasam Nozima! Qo'lida kurak yuzi shunaqangi qo'rqichli ediki. U umuman boshqa bir maxluqqa aylanib qolgan edi. Qiz meni tinimsiz qo'lidagi kurak bilan urar edi. Yuzlarim qonga to'ldi. Jag'imga tekkan kurak zarbidan tishlarim sinib ketti. U juda kuchli edi. Hecham bas kela olmas edim.
- Esiz joyidami?! Nima qilyapsiz?!
Qiz javob bermadi. U vaxshiy qotillardek ayovsiz badanimga urar edi. Men sira qarshilik qilolmasdim. Faqat og'riqdan baqirar edim.
- Aaaaaaaa! Bo'ldi qil! Nega uryapsan meni!
Men chuqurga yiqilib tushdim. Chiqaman desam Nozima bunga yoʻl qo'ymas edi. Ketmonni olib yuqoridan boshimga tinmay ura boshladi. Hamma yoq qon bo'lib ketdi. Men qo'llarim bilan o'zimni himoya qilishga harchand urinmay, temir zarbi juda kuchli edi. Oxiri holdan toyib yiqildim. Chuqur ichida hammayog'im qonga belangan ko'yi, butun badanim og'rir, qo'l oyoqlarimni qimirlatolmay qoldim. Birdan yuzimga turpoq tusha boshladi. Nozima meni tiriklayin ko'mib tashlayotgan edi. Ovozim chiqmas unsiz dodlar edim. Nozima esa to'xtamas yuqoridan meni ustimga tinimsiz turpoq tashlar edi. Turpoq badanimni butkul qopladi. Bo'ynim, yuzlarim va ko'zim tuproqqa to'ldi... Nafas olishim qiyinlasha boshladi. Nozimaning shaytoniy kulgulari eshitildi. U juda xursand edi. Meni ko'mib bo'lgach qiqirlab kulganicha keta boshladi. Uning ovozi asta pasayib yoʻq bo'lib qoldi. Men hamon tirik edim. Badanim asta muzladi. Qo'llarim qonga belangan. Balki suyaklarim sinib ketgandir ham! Umuman qimirlolmadim. Nafasim qaytdi... Yuragim asta urishdan to'xtadi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

«БУ ШАҲАРДА КИМЛАР ЯШАЙДИ?»

   Кунлардан бирида оппоқ соқоли кўксига тушган, яктак кийган бир чол яқин шарққа олиб борувчи йўл ёқасида дам олиб ўтирганида, унинг олдига ёш йигит келиб, сўради: 
- Мен бу ўлкага биринчи марта келяпман. Бу ўлканинг одамлари ҳақида гапириб беринг.   
Чол йигитнинг саволига савол билан жавоб берди:
- Сенинг ўлкангдаги одамларчи? Улар қандай одамлар?
- О, улар ўта кетган худбин, кўнгли қора одамлар, шунинг учун  у ерни тарк этиб, бу воҳага яшаш учун келяпман.
Чол соқолини силаб, йигитга сўз қотди:
- Афсус, сен яна янглишибсан. Бу ўлкада ҳам  сен таърифлаган, ёмон хислатлари кўп одамлар яшайди.
Йигит чолдан керакли жавобни олгач, изига бурилди ва бу ердан узоқлашди. Кўп ўтмай, яна бир йигит пайдо бўлди. У ҳам ўзидан олдинги мусофир сингари чолга савол берди. Чол ҳам аввалгидек бу йигитга ҳам саволга савол билан жавоб қайтарди.
Йигит чолнинг саволига жавоб берди:
- Шаҳримдаги одамларнингн бари яхши одамлар. Улар меҳмондўст, бағрикенг. Афсус, она шаҳримдан кетишга мажбур бўлдим, иложим йўқ эди.
- Қайғурма, чироғим, бу шаҳарда ҳам шаҳрингдаги каби яхши одамлар кўп. Сени ҳеч ким кўксингдан итармайди. Ҳамма меҳмондўст, одамшинаванда.
  Мусофир йигит чолнинг гапидан мамнун бўлиб, йўлида давом этди.
  Чолдан сал нарида бир аттор ўз маҳсулотларини сотиб ўтирарди. У бўлиб ўтган воқеага шоҳид эди.  Иккинчи мусофир йигит узоқлашган он, ўз таажжубини аён қилиб, чолга юзланди:
- Сизни тушунолмай қолдим, отахон. Ахир икки мусофирнинг бир мазмунда берган саволига нега икки хил жавоб қайтардингиз? Бирини ранжитиб, изига қайтариб юбордингиз, иккинчисини эса шоду хуррам қилиб, шаҳарга киришга изн бердингиз. Нега?
  Чол атторнинг гапини бўлмай, уни жим эшитди-да, сўнг салмоқлаб сўзлай кетди:
  - Ўғлим, ҳар бир одамнинг кўнглида ўз дунёси бор. Биринчи мусофир йигит қайси ўлкадан келган бўлса ҳам ўз шаҳрида ҳеч нарсага эришмабдими, бу ерда ҳам шундайлигича қоларди. Иккинчиси эса она шаҳрида дўст орттирибди, ошна-оғайнилари, биродарлари ҳам кўп экан. Аминманки, шу оқкўнгиллиги билан бу ерда ҳам аввалги муваффақиятларига эришади.  Одамни кўнгли ўз эгасига йўл кўрсатади.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Robiya manzilini etdi. Keyin onasiga etdi. Onasi boshini egib, mayli ishorasini qildi.
Sobirni akasini ularni uyidan olib ketdi. Uyda Sobirni onasi Xadichaxon opa ularni yig’lab kutib oldi. Yig’i orasida, “o’glim yeta olmagan kelinim kelibdi” digan so’zlari ham bor edi. Ular Robiyani quchoqlab, rosa yig’ladilar... Sobirni akasi o’zini bolasini quchoqlab, homush o’tirardi...
Robiya onasi bilan qaytib olib ketvotganda, akasi gap boshlab qoldi: “Man ukamni yahshi bilmas ekanman. Siz haqingizda ko’p gapirardi. Sovchi ham yubormoqchi edi. Afsuski... Telefonini man olib yuribman. Ishlatishgamas. Shunchaki uni tanishlari, kimdir telefon qilsa man gaplashaman. Ko’plar uni olamdan o’tganini bilishmidi. Tushuntiraman. Ko’plarni kayfiyati juda tushib ketadi. Manga ham qiyin. Har telefonda uni eslab, uni tanishlariga javob berish. Uni o’lganini eshitgan tanishlari, u ko’p yahshilik qilganini etib berishadi. Shu mani ukammidi dib o’zimdan so’rab qolaman. Hich qaysinisini man bilmasdim. Tarixga yozilgulik ishlar qilgan ekan. Undan qovotganini bizani eslashimizamas. Uni qigan yahshiliklari ekan. Ushanga faqat yahshilik qilish kerak ekan. Uni birorta odam yomonlamadi. Faqat afsus diyishadi. Ko’pchilik akasidan o’rnak oladi. Havas qiladi. Manda teskarisi. Ukamga havas qilish. Undan o’rnak olish... Sizga yana bir gap. Sizga Sobirni unuting dimayman. Lekin endi o’zizni hayotingizni qurishiz kerak. Xotiralar bilan yashab bo’lmaydi. Uni unutsez biza hafa bo’lmimiza. U endi yo’q. Hich narsani o’zgartirolmimiz. Yana sizga boradigan SMSlar. Hohlasangiz uni o’chirtirishim mumkin. Kerak narsalarini ko’chirtirib oldim. Shuni o’zizdan so’ramoqchidim?” dib etib qoldi. Robiya, indamadi. Faqatgina, qolaversin dib etdi...
Ertasi kuni tong. Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya smsni yoddan bilsa ham, baribir o’qidi. Keyin: “Aldoqchi, uyqichi. Har doim manga o’ziz yubormas ekansiz. Man aniq bir vaqtda eslab yuboradilar dib o’ylardim. Sizga ishonardim. Yolg’onchi. Sizdan nafratlanamaaaan, mani tashab ketdiz” deb telefonini devorga otib sindirdi. SIM kartasini olib, uni ham sindirib tashladi. U endi Sobirni unitmoqchi edi. Boshqa telefon ishlatmoqchi ham emasdi...
Bir necha yillar o’tib, taxminan 4 yillar. SIM karta ishlatilmagi uchun shu raqam qayta sotuvga chiqdi. Ancha oldin sotuvga chiqdi. Chiroyli raqam bo’lmagani uchunmi, yoki nimadir sabab bu raqam sotilmadi. Kompaniyadan bir kishi bu raqamni sotib oldi. Uyga kech keldi. Sumkasidan yangi telefon olib, uni joyladi. Va uhlab yotgan xotinini yoniga qo’yib qo’yib, xotinini yuzidan o’pib qo’ydi.
Erta tong. Soat 6:00. Yangi telefonga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Ayol cho’chib uyg’onib ketdi. Yonida telefon turibdi. Telofon bantik bilan o’ralib, qog’oz yopishtirilgandi. Unga “Robiya tug’ilgan kuning bilan tabriklayman. Endi sanda ham telefon bor. Oddiy raqam oldim. Turmush o’rtog’ing Sanjar” dib yozilgandi. SMS ni qayta o’qidi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”...
Robiya pichirlab: “Sog’indim, lekin oldingilaridam ham ko’proq”.

@Hikoyalar
Mualif: G'iyos (2013 yil yanvar.)

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Robiya ichidan buni yolg’on ekanini hursand bo’lsada, tashqi tarafdan uni aldashgani nafrati yuzini burishtirib turardi. “shunaqa narsa bilan ham hazil qiladimi, man ularga ko’rsatib qo’yaman hali. Kim bo’lsa ham ta’zirini beraman. Aldoqchilar. Agar Sobirni ham bunda qo’llari bo’lsa, ularni hich qachon kechirmiman. Yana maraka borligini bilib etishgan. Mani sinamoqchi bo’lishdimi? Ko’rsataman ularga hali. Mayli, muhimi sog’ bo’lsalar ham” dib orqaga qarab yurdi. Baribir sevgisi kuchlide. Nafratni ham yenga oldi. Yana hayoliga bir narsa kelib, telefonini oldi. Sobirga telefon qilmoqchi bo’ldi. O’lmaganini biladi endi. Sobirni yod bo’lib ketgan raqamlarini terdi. Qulog’iga tutdi. Yonidan yana ayollar o’tib ketishvotgandi. Ularni gaplari qulog’iga chalindi; “Eshitilarmi qo’shni, Xadichaxonni o’g’li Sobir ham bugun olamdan o’tibdi. Daraxtdan yiqilibdi. – Voy eshitmagandim. Xudo rahmat qilsin. Hali yosh bola ediyu, nega daraxtga chiqibdi? – Bolalarni varragi ilingan ekan. Ushani olib beraman dibdi. Tepasi qurigan shox ekan. Usha sinib, yerga yiqilibdi. Shoxni biri qorniga kirib ketganmish. Yuragiga ham kiribdimiye. Shunaqa diyishdi. – Voy, yoshgina ediya. Manga ham qancha yordam berardi. Hich qahcon yo’q dimasdi. Ko’chada ko’rib qolsa ham salomini kanda qimasdi. Xadichaxonga qiyin bo’libdiya. – Nimasini etasiz. Bu yil uylantiraman digandilar. – Unda tezroq yuringlar. U yoqga ham chiqishimiz kerak. – Buni qaranglar, bitta mahalladan ikki ko’chada bir kunda maraka bo’lsaya.” dib bir birlari bilan gaplashib o’tib ketishdi. Robiya telefonni ushlagancha joyida qotdi. Unda telefonda hazillashishmagandi. Orqaga qaytib, boshqa ko’chaga yurdi. Qayrildi. Bu ko’cha ham tanish, rasmini ko’rgan. To’g’ridagi eshik yonida ham odamlar to’planib turishibdi... Robiya yo’l chetidagi daraxt tagiga turib, piqilib yig’lab yubordi. Buni kutmagandi. Juda og’ir zarba bo’ldi. Yerga o’tirib qoldi. Bir qancha vaqt o’tirdi. Behol... Yonidan odamlar ikki tobutni olib o’tib ketishdi. Ikki xil tobut. Biri yoshniki, qizil duxoba o’ralgan, biri qariyalarniki oq surup o’ralgan. Odamlar tobutni qo’lma qo’l qilib ketishvoti. Robiya asta tobutga qarab qo’ydi. Nima diyishni ham bilmadi... Kun qoraygach, kimdir uni turg’azib, manzilini so’rab, uyiga kuzatib qo’ydi. Bu manimcha usha Sobirni telefonida gaplashgan yigit edi.
Robiya uyida yig’lashga ham holi qolmagandi. O’ksib, o’ksib qo’yardi. Onasi uni yonida nima qilishni bilmasdan yurardi. Birga olib kelgan yigit unga nima bo’lganini etib berdi. Onani ko’zlari yoshlandi. Qizini sirdoshi edi. Nima yordam qilishni ham bilmasdi. Tez yordam chaqirdi. Doctor Robiyaga tinchlantiruvchi ukol qilib ketdi. Robiya uhlab qoldi...
Soat 6:00. Robiyani telefoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya SMS ovozidan uyg’onib ketib, telefonini oldi. SMS ni o’qidi. Kulib qo’ydi. Va har doimgi javobini yozdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”
Yuborgandan keyin, telefoniga qarab kulib qo’ydi. Oz kulib turib, yuzi tezda o’zgardi. Axir qanaqa qilib????? Hich narsaga tushunmasdi. Qanaqa qilib SMS keldi. Telefonini qo’liga olishi bilan, jiringlab qoldi. Sobir telefon qivotti. Hayron bo’ldi. Qanaqasiga. Nahotki adashdi. Kecha uni kimdir olib keldiku. Telefonni oldi.
- Allo. Assalomu Alekum.
- Allo. Voalekum Assalom. Siz Robiyamisiz. Hozir SMS ni siz yozdingizmi? (kechagi yigitni ovozi)
- Ha. Manga SMS keldi. Har kuni yozadigan SMSlari. Javob yozdim.
- Kechirasiz. Telefon hali ham manda turibdi. Sizga hich kim SMS yozmadi. Sizdan SMS kelganiga, o’qib hayron bo’lib, telefon qildim.
- Mana manga SMS keldiku. Keyin yozdim. Yozganimdan keyin esimga tushib, hayron bo’lib turgandim. Siz telefon qilib qoldingiz... (Sobir vafot etganiga so’ngi bor ishonib, dodlab yig’lab yubordi.)
- Robiya. Afsusdaman. Og’irroq bo’ling. Yig’idan foyda yo’q.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yana 2 yil o’tdi. Sobir har kuni soat 6:00 da SMS yozadigan bo’ldi. Bir hillarida kechroq ham yozardi. Uhlab qolishi, yana boshqa sabablar... lekin ko’proq 6:00 da. Lekin so’ngi paytlar, yengi telefon olganidan keyin roppa rosa 6:00da kelardi. Yuboradigan SMSi:
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
3 yil ichida ularni orasida qalin munosabat uyg’ongandi. Lekin ular buni sevgimas dib o’ylirdi. Aslida sevgidan boshqa nima bo’lishi mumkin? SMSda sog’inch haqida yozilvoti. Qiziq. Rostan ham bir birini sog’inisharmidi bir uyquda. Bu savol Sobir va Robiyaga ham qiziq edi. Sobir unga SMS yozdi.
”Robiya. Yaqinginam. Sandan bir narsa so’rayman, rostini et. Man sanga shuncha SMS yozaman. Sog’inmadingmi dib. San zarracha diysan. Rostan ham zarracha sog’inasanmi? Shu manga qiziqde.”
Robiya javob yozdi:
“Bilasizmi? Siz bilan uhlashimdan oldin gaplashib bo’lganimdayoq sog’inishni boshlayman. Shuning uchun, sog’inchimni oz bo’lsa ham jilovlash uchun, tushlarimda ham sizni ko’rishga harakat qilaman.Zarracha deganim, har narsa zarrachalardan tashkil topgan. Zararachalar bo’lmaganda ulkan narsalar ham bo’lmasdi. Siz ham mani sog’inasizmi? Doimo o’ziz so’riysiz, lekin hich sani sog’indim dimiysiz”.
Sobir javob yozdi:
“Sanchalik sog’ina olmasakanman. Sani sog’inching zarrachadek bo’lsa, maniki shunaqangi yuqoridaki, uni hich kim hali his qilmagan ekan. Mandan boshqa. Lekin uhlavotganimda sani sog’inib uyg’onib ketganimda, ko’rishim uchun xonamni har devoriga sani rasmningni osib chiqganman. Qaysi tomonga qarasam ham, sani ko’raman. Faqat sani”.

Mana bu sog’inch. Ta’rifga so’zlar ojiz. Bunday sog’ichlilar bir birini sevmidi dib etib bo’ladimi? Baribir ichidagisini etishi kerak. Sobir birinchilardan chiday olmadi. Va uchrashuvga taklif qildi. Sovg’a didi. Uzuk ham sotib oldi. Uchrashuvni bitta kafega belgiladi. Sevgi izhorni ham orginal qilmadi. Uzukni olib, Robiyani barmog’iga taqib qo’ya qoldi. Robiya tushunmay ham qoldi. Sobir: “Man sani sevaman, manga turmushga chiq” dib, suhbatni tugatib qo’ya qoldi. Manimcha bunga ham ancha kuch va iroda to’plagandir.... osonmas etish. Robiya bir og’iz javob qaytara olmadi. Uzukni olib qolgani, bu qabul qilganide. Sobir ham shunday o’yladi.
Kafedan chiqib, bekatga borishdi. U yerda bir qari kampir turgandi. Qo’lida og’ir sumka. Bozordan kevotganga o’xshiydi. U Sobirdan uni uyigacha olib borishini iltimos qildi. Sobir yo’q diya olmadi. Kampir uni bu yerdan uncha uzoq emas ekanini etib o’tdi. Robiya ham ular bilan birga ketdi. Yo’lda kampirni tilidan duo tushmadi. Rostan ham uzoq emas ekan. 5 daqiqada yetib borishdi. Kampirni bir pioyola choyga taklifni rad etishdi, kech qovomiza dib, bahona qilib ketishdi. Kampir yana duo qilib qoldi.
Bahor oyi keldi. Har kungidek bugun ham Robiyani telfoniga SMS keldi.
“Salom. Xayirli tong! Yahshi yotib turdingmi? Mani uyg’onib, sog’inib qolmadingmi? Mana bugun ham usha vaqtda SMS yozdim))”.
Robiya ham usha javobni jo’natdi.
“Assalomu Alekum. Sizga ham Xayirli tong! Rahmat juda zo’r uhladim. Sog’inchim, zarracha!))”
Sobirdan yana keldi:
“Yaqin kunlar uyinga onam bilan ammamni yuboraman”.
Bu gapga Robiyadan javob kelmadi. Nima dib ham yozardi.
Soat 10:00larda Sobir Robiyaga telefon qildi. Nimadir etmoqchidi. Lekin Robiya “keyinroq o’zim telefon qilaman. Hozir ishlarimni qivoliy” didi. Manimcha yana sovchilar haqida gap ketadi dib o’ylagandir. 2 soatdan keyin va’da bergani uchun qaytib qo’ng’iroq qildi.
- Allo. Assalomu Alekum. Yahshimisiz.
- Voalekum Assalom. Ha zo’r. Ishlarinigni qilib bo’ldingmi?
- Ha. Hozircha qilib bo’ldim. Hali yana bor.
- Man hozir daraxtga chiqvotudim.
- Nega?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Qoʻllar fotiha uchun ochildi. Chiroyli duolardan soʻng Mohinur dugonasi bilan Samiraning xonadonidan chiqishdi...
                  *       *       *
Allohning taqdiri ekanki Samira va Mohinur quda boʻldilar. Kamron Samiraning qizi Solihaga uylandi... Toʻy juda fayzli boʻldi.
   Hayot bizga nimalarnidir oʻrgatadi, tarbiyalaydi, tajribali insonga aylantiradi... Yomonlar hechvaqt jazosiz qoldirilmaydi. Ularni Eng Odil Zot boʻlgan Allohu taolo qilmishlariga yarasha jazolarini ham beradi. Bu dunyoda boʻlmasa, albatta u dunyoda ortigʻi bilan amallarining badalini toʻlaydilar. Yaxshi insonlarning mukofoti esa bu dunyoda huzr-halovatda yashash va narigi dunyoda abadiy Jannatdir! Mohinur va Samira salkam 15 yil deganda halovatga erishdilar... Qilgan sabr va qiyinchiliklarni yengib oʻtganlarining mukofotini Alloh bu dunyoda ziyodasi bilan berdi. Inshalloh narigi dunyoda ham olishadi...
  Samirani bir paytlar haydab solgan Karima xola oʻzining kvartirasida yurak hurujidan vafot etdi. U hammaga qoʻpol muomilada boʻlganligi sabab u bilan hech kim oqibat qilmas, bordi keldilar yoʻq edi. Qoʻni qoʻshnilarining ham u bilan ishi boʻlmasdi... Karima xolaning murdasi bir haftadan oshiq xonasida qolib ketdi. Undan badboʻy hid chiqa boshladi. Agar soliqdan hodimlar kelib qolishmaganida kim biladi uni jasadi yana necha kun qolib ketgan boʻlardi!  Hodimlar kelib uyni taqillatishdi. Hech kim javob bermadi. Keyin eshikni turtishganida u ochilib ketdi. Soliq hodimlari uy ichiga kirib koʻngillari agʻdarilib tushay dedi... Karima xolaning jasadidan chiqayotgan badboʻy hid uyni tutib ketgan edi. Xonaning jasadini olib chiqishdi va oʻlikxonaga joʻnatishdi...
  Allohning gʻazabi ham, karami ham haqdir!

TAMOM.

M.F : Hikoya nihoyasiga yetdi... Oʻylaymanki sizlarga manzur boʻldi🥹
Xato va kamchiliklari uchun uzr soʻrayman! Oʻqigan koʻzlaringga Alloh dard bermasin, ilohim... Meni qoʻllab quvvatlab turgan barchadan minnatdorman. Alloh barchangizdan rozi boʻlsin...

Usmonaliyeva Munira
17.02.2025.               11:30

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Robiya opa Shirinani judayam yaxshi koʻrardi. Samira yolgʻiz ona... Hech kimi yoʻq bir yetim qiz... Robiya opa shularni oʻylab savob boʻlar, Alloh ajrini berar deya Samiradan ijara puli olmadi. Mana 2 yildirki Samira Robiya opaning uyida ijara pulini toʻlamay yashab kelyapti. Bundan juda hijolat boʻlar baʼzan Robiya opaga pul berishga urinib, uni olishga qistar edi.
- Opajon oling... Men juda hijolat boʻlyapman.
- Yoʻq asalim kerakmas. Siz meni singlimdek boʻlib qoldiz. Qanday qilib men oʻz singlimdan pul olay?! Bu pullarizni yigʻing, inshaalloh oʻzizga tegishli yangi bir uy sotib olasiz...
Samira yigʻlab yubordi. Bu ayol unga juda katta yaxshiliklar qildi.
- Opajon... Meni siyladingiz, Alloh sizni ham siylasin... Hamisha duo qilaman. Umrimni oxirigacha sizdan qarzdorman, opa!
- Unday demang asalim... Chin koʻngildan aytyapman!
Oradan vaqt oʻtdi... Samira Robiya opa yashab turgan uyi yaqinidan bir kichkinagina hovli sotib oldi. Shirina 5 yoshga kirdi. Tili ancha ravon edi. Zehni ham juda oʻtkir!
Allohning marhamati haq! Alloh Robiya opani Samiraga qilgan ehsonlarining ajrini berdi! Robiya opaga 2 egizak oʻgʻil farzandlar ato qildi. 9 yil deganda Alloh yana farzand neʼmatini hadya qildi... Ularga Muhammad Amin va Muhammad Amir deb ism qoʻydilar...
* * *
Samirani bir yaxshi yigit yoqtirib qoldi. Avvaliga Samira u yigitdan oʻzini olib qochib yurdi. Bir marta tili kuygan odam, qatiqni ham puflab ichadi deganlaridek, Samira ham bu safar bundan munosabatlarda shoshilmadi. Lekim yigit Samiraga uni chindan yaxshi koʻrishini isbotlab berdi...
- Samiraxon! Avval uylanib ajrashganman... Ayolim boy xonadonni qizi edi... Men bilan sevishib oila qurgach, oilaviy sharoitimga moslasholmadi... Injiqliklari, koʻp narsalarni talab qilishlari oqibatida ajrashib ketdik. Oʻrtada farzand ham boʻlmadi. U boshqasiga erga tegib ketdi... Men esa... Men Alloh menga oʻzimga munosib yor berishini soʻrardim har kuni...
Bilol Samiraga koʻzlari toʻlib qaradi. Bir muddat gapirishdan toʻxtab qoldi.
- Sizni koʻrdimu oʻsha men har kuni Xudoga yolvorib soʻragan insonim ekanizni his qildim! Samira men Shirinani oʻz qizimdek koʻraman, soʻz beraman! Menga turmushga chiqing...
Bilolning ota-onasi juda yaxshi odamlar ekan, Samirani yetimligiga ham qarab oʻtirishmadi.
- Yetimlik aybmi?! Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham yetib boʻlganlar! Oʻgʻlim oʻsha qizni xohlabsan, baxtli saodatli boʻlgin... Ertagayoq uyiga sovchilikka boramiz.
Bilol onasining qaroridan juda xursand boʻldi.Samira oʻz baxtini topgan edi. Endi uning ham oʻz oilasi bor! Qiziga ota boʻla oladigan bir yelkadoshi bor! Qizim deb erkalab chaqiradigan onasi bor! Samiraning yangi hayoti juda chiroyli kechardi. Turmush oʻrtogʻing'ining bagʻrida yayrab-yashnab, sevib-sevilib yashay boshladi...
* * *
Azizning vafotidan 6 oy oʻtib Odina xola vafot etdi. Mohinur yigʻlab ado boʻldi. Bu ayol u uchun qancha yaxshiliklar qildi, qizim deb boshini siladi, mehr berdi... Oʻgʻlidan zulm koʻrsa, darrov yupatdi, koʻz yoshlarini artdi, dardiga dardkash boʻldi... Janozaga Samira ham yetib keldi. Odina xolaning barcha marakalari oʻtgach, ortiga qaytib ketdi... Shu voqeadan keyin Mohinur va Samira qaytib koʻrishishmadi...
Mohinur hayhottek hovlida 3 ta bolasi bilan qoldi. Qaynonanising, oʻzining rahmatli onasini va erini haqqiga har kuni Qur'on oʻqib duo qilar edi. Qoʻllarini duo uchun ocharkan koʻzlaridagi yoshi toʻxtamas edi... U oʻzini judayam yolgʻizlanib qolgandek his qilardi... Vaqt har narsaga davo ekan! Mohinur IT yoʻnalishi boʻyicha oʻqiy boshladi. Hatta Axborot texnalogiyalari universitetiga online hujjat topshirdi. Birinchi yili oʻqishga oʻtolmadi. Ikkinchi yili ham... Lekin 3-yili imtiyoz bilan oʻqishga qabul qilindi. Marketing sohasi boʻyicha bir nechta loyihalar tuzdi. Tenderlarga joʻnatdi... Uning tayyorlagan loyihalari katta-katta kompaniyalarda qiziqish uygʻotdi. Mohinur 12 yil deganda katta biznesladyga (Tadbirkor ayol) ga aylandi. Qishloqdagi hovlini sotib, farzandlari bilan shaharga koʻchib keldilar.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Gulnoza va Gulnora baravariga gapirdilar.
- Xolajon qizchayizni bering, oʻynatamiz!
Samira ehtiyotkorlik bilan Shirinani qizlarga berdi.
- Ismi nima?
- Shirina!
- Vayyy Shirina... Juda chiroyli ism ekan.
Shirina jilmaydi. Engashib Gulnoza va Gulnoraning yuzlaridan oʻpdi.
- Shirinaga yaxshi qaranglar, ehtiyot boʻlinglar...
Qizlar baravariga xoʻp deyishganicha Shirinani oʻzlarining oʻyinchoqlar toʻla xonasiga olib kirib ketishdi.
Odina xola kelgan mehmon kim ekan deya Samiraga tikilib turardi. Samiraning koʻzi Odina xolaga tushdi. Hijolat qilganicha yuzini yerga egdi. Asta soʻz boshladi.
- Assalomu alaykum... Onajon... Men...
Odina xola qarshisidagi qizni hijolat chekayotganini sezdi. Unga yengillik berish uchun muloyimlik bilan muomila qildi.
- Gapiravering qizim... Sizni taniy olmadim.
- Onajon! Men Aziz akamni 2-ayollariman...
Odina xola mum tishlab qoldi. Bu oʻsha odamlar aytgan shaharlik qiz ekanda?! Odina xola oʻgʻlining shaharga ishlagani ketyapman deb bir qizga ilakishib u bilan yashirincha nikoh oʻqitganini eshitgan edi. Keyin bunga qarshi qattiq qarshilik qildi. Oʻgʻlining bu qiligʻi hammasidan ham oʻtib tushgan edi. 3 ta qorakoʻz nabiralarini yetim boʻlib qolishini xohlamadi. Mohinur Samira bilan gaplashgani haqida qaynonasiga aytmagan edi. Odina xola anchaga oʻylanib qoldi. Samira hovli oʻrtasida tik oyoqda turganicha bir Odina xolaga, bir Mohinurga ilinj bilan qarardi.
- Oʻgʻlim endi bu dunyoda yoʻq... Siz bizdan nima xohlaysiz?
Samira yigʻladi. Hiqillaganicha bazoʻr tili soʻzga keldi.
- Onajon... Men bu yerga nimadandir umid qilib kelmadim. Aslida sizni qalban judayam yaxshi koʻraman. Meni ota onam yoʻq... Qarindoshlarim ham yoʻq. Gʻirt yetimman...
Samira boshidan oʻtgan barcha voqealarni yigʻlab-yigʻlab gapirib berdi. Aziz bilan qanday tanishib qolishgani, Azizning oʻzi va oilasi haqidagi yogʻon-yashiq gaplari, uni aldab undirgan pullarini, kriditni yopaman deb homilador holida 2 smenlab ishlaganlarini, uyini nomiga oʻtkizib olganini, koʻchada qoldirib hech vaqosiz tashlab ketganini... Hamma hammasini oqizmay-tomizmay aytib berdi. Azizning qizi Shirinadan qutulmoqchi boʻlib qilgan harakatlarini gapira turib koʻzi jiqqa yoshga toʻldi. Yuzlari yigʻlayverib hoʻl boʻlib ketdi. Odina xola ham, Mohinur ham Samiraga ich-ichlaridan achinishdi. Odina xola u haqida oʻylagan yomon oʻy-hayollaridan oʻzlari ham uyalib ketdilar.
- Mayli qizim... Xafa boʻlmang. Buni sizga berilgan sinov deb biling. Oʻgʻlimni kechiring... U hozir nargi dunyoda, Yaratganning oldida qanday ahvolda ekan?!
Odina xola koʻz yoshlarini etagiga artdi.
- Onajon. Men Aziz akamdan xafamasman. Nima boʻlganda ham ular bir yostiqqa bosh qoʻygan umr yoʻldoshim edilar. Alloh rahmatiga olsin. Hech qachon qargʻamagandim. Ular qizimning otasi...
Samira biroz gapirishdan toʻxtadi. Ozgina nafasini rostlab olgach yana davom ettirdi.
- Men bu yerga erimni duo qilib ketgani keldim. Qabrini koʻrsam degandim...
- Oʻgʻlimning qabri yoʻq!
Samira hayron boʻlib Mohinurga qaradi. U ham qaynonasining gapini tasdiqlab bosh irgʻab qoʻydi.
- Qanaqasiga qabri boʻlmaydi?!
- Uni yer qabul qilmadi. Odamlar yoqib yuborishdi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Жанозада тумонот одам йиғилди. Хамма энг азиз инсонини йўқотгандек эди гуё. Деярли хамма менга далда берарди. «Бандачилик, отани йўқотиш дунёни йўқотиш билан тенг. Аллох сабр берсин! Факат илтимос, хожи отанинг бирор рўмолчаси бўлса ҳам қуриқ қолмайлик!». Менга қанча сабр тилганлари сайин, менинг сабрим шунча тугаб борарди.
Ниҳоят, тобут ердан кўтарилди. Отам ўлимидан аввал қанча бизга «мен ўлсам ҳеч ким йигламасин» деб тайинлаган бўлса ҳам сингилларим барибир уввос солиб йиғлашди. Бу ҳолатда йиғлаган ҳам, йиғламаган ҳам қўшилиб йиғлади. Қабристонга яқинлашганимизда тепамизда гала-гала кушлар пайдо булди. Шунда қишлоқ имоми: - Эътибор килманглар. Бу хожи отани жаннатга кузатиб бораётган қушлар.- деди. Отамни қабрга қуйишди. Гуё менинг жонимни ҳам бирга қўшиб қўйишгандек бўлди.
Тиловатлар қилиниб, ҳамма ортга қайтди. Уч-турт қариндошлар қолиб, яна озгина дуои фотиҳа қилишди. Уйга қайтиб келганимда онам мени отам гўдаклигимда чўмилтирганда кийган кўйлагини қўлимга тутказиб: - Болам отангнинг кийимлари жуда кўп экан. Хаммасини одамлар талашиб олдилар, ҳатто эски калишигача қолмади. Сенга шуни олиб колдим.- деди. Отамнинг эски кўйлагини ҳидлаб онамни багримга босдим. - Онажон ўлимнинг ҳам яхшиси бўладими? Ҳали қабристонда қишлоқ имоми: “Ҳожи ота «Гўзал ўлим» топдилар!” деди. Онам менинг кўз ёшларимни аритиб: - Болам бу дунёда ҳамма нарса гўзал, ҳамманинг кўнглига йўл топаолган кишининг ўлими ҳам гўзал бўлади. Менга ҳам шунақа ўлим ато қилсин!- дея дуо қилдилар. Мен бир жойда қотиб қолгандим. Бирор гап айтишга тилим айланмасди.

(с)

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

"АХЛАТОЛОГИЯ" ЁҲУД ЯПОНЧА ФАРЗАНД ТАРБИЯСИ

• Бугун сизларга айтиб бeрмоқчи бўлган воқeам aхлат ташлаш одоби ҳақида. Японияга кeлган кўпчиликни биринчи бўлиб дуч кeладиган ҳодисаларидан биттаси ахлат ташлаш маданияти бўлса ажабмас. Ҳаттоки, ҳорижлик талабаларга дастлабки дарсларда қандай қилиб ахлат тўкиш, ҳафтани  қайси кунлари қандай турдаги ахлатни тўкиш, ахлатларни турларга ажратиб тўкиш, умуман ахлат ҳақида тушунтириш ишлари қатъий олиб борилади. Бир сўз  билан айтганда, бизга болалигимизда ўтилган “Маьнавият асослари” дeган фанга ўхшаган, “Ахлат тўкиш асослари” дeган фан. Балким, шунинг учун Япония ниҳоятда тоза ва озодадир.
• Ҳуллас, ишхонадагилар билан бир байрамга боришимизга тўғри кeлиб қолди. Дирeктор ўринбосарига ўхшаб кeтадиган лавозимдаги одам, машинасида бирга кeтайлик дeб таклиф киритди. Бирга йўлга чиқдик ва байрамга кeтишдан олдин иккита фарзанди боғчадалигини, уларни боғчадан олиб уйга ташлаб ўтиб кeтишимизни илтимос қилди. Болаларни боғчадан олиб, уйи томон отландик. Йўлда биз у одам билан гаплашиб кeтардик, болалар ўзлари орқа ўриндиқда бир-бири билан ўйнаб, гаплашиб кeтишарди. Тўсатдан, иккита ёш бола бир-бири билан ўйнаб, биттаси қўлидаги ичилиб бўлинган бўш баклашкани машина ойнасидан кўчага улоқтирди. Биз ўзимизда нафақат болалар кап катта одамлар қиладиган “одатий ҳол“ бўлганлиги учун, унчалик эътибор қилмадим. Катта йўл, тўхташни иложи йўқ. Яқин орада машина қайрилиб олиб, орқага қайтиш учун буриладиган жой йўқ. У инсон тўхташга бир амаллаб жой топди-да, тўхтаб, ўша баклашкани машина ойнасидан улоқтирган боласини олиб 1-1,5 чақирим орқада қолиб кeтган жойга пиёда кeтди ва ўша баклашкани олиб кeлди.
• Манзилга етиб боргунча, болаларига урушмай, сўкмай, қаттиқ гапирмай тушунтириб кeтди:
— Қулоқ сол, ҳозир қилган ишинг бу — қонунбузарлик. Сен жиноятчи бўлдинг. Ҳозир сен битта ахлат ташласанг, кeйин бошқаси ташласа, ҳаммаёқ ахлат бўлиб кeтади. Япония ахлатхонага айланиб кeтса, хоҳлайсанми шунақа жойда яшашни? Буни устига кўчаларни қийналиб тозалаётган одамларни мeҳнатига ачинмайсанми? Ёқадими кимдир сани чиройли кийиминга нимадир ифлос нарса отиб юборса? Бу баклашкани кўрсатилган жойга ташласанг, қайта ишлаб чиқаради. Кўрдингми битта шу ишинг билан қанча жойга зарар етказдинг. Бундан кeйин бошқа бундай қилманглар ҳўпми?
— Ҳўп бўлади, ота.
— Якусоку? ( Ваьда бeрасанми?)
— Ҳаи, якусоку.
• Болаларни уйига ташлаб, байрамга кeтдик. Лeкин мана бир нeча кундирки ҳаёлимдан кeтмайди. У инсон у гаплари билан, у ҳатти-ҳаракатлари билан нафақат болаларига тарбия бeрди, балким, манга ҳам. Бола-ку бола, энди ман ҳам ахлат тўкиш асослари фанига яхшилаб эьтибор қаратаман. Ана Японча тарбия, ана Японча тозалик, ана Японча тартиб интизом. Япония ўзидан ўзи бундай мамлакатга айланиб қолмаганлигини яна бир кичик исботи. Бекорга Япон футбол ишқибозлари бутун дунё медиясини ларзага келтирмади.
• Умуман Японларда ахлат тўкиш санъат даражасига чиққан десам муболаға бўлмайди. Оддийгина бир идишга ҳамма ахлатни ташлаш эмас. Ахлатларни ёнадиган, ёнмайдиган, овқатларни қолдиғи, Катта ахлатлар каби ўнлаб турларга бўлиб, алоҳида-алоҳида идишларга ташлашади. Болаларга боғча давридан ўргатилади. Бизни фарзандимиз ҳам нимадир ширинлик ейдими, мева ейдими ахлатини ахлат идишга ташлаб келади.
• Ҳулоса ўрнида, бугунданоқ, ҳозирданоқ, шу мақолага кўзингиз тушиши биланоқ, фарзандларингизга ахлатни маҳсус жойларга ташлашни ўргатинг! Болани тарбиялашни энг яхши усули ўзингизни тарбиялашингиздур дейишади машойихлар.

Баҳодир Искандаров

Читать полностью…
Подписаться на канал