Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
* * *
Behzod Toshkent shahrida bir-necha yil qattiq ishladi. Turli xil yo'nalishlarda o'zini sinab ko'rdi. Yigit kishini omadi bilan hazillashib bo'lmaydi deyishadi. Behzodga ham Allohim omad berdi. Shunday omad berdi-ki, bir umriga tatigulik bo'ldi! U Toshkent Xalqaro Airaportiga ishga kirdi. Bu yerda juda koʻp tadbirkor kishilar bilan tanishdi. Bir yaxshi inson bilan ish boshladi. Tez orada ishlari yurishib ketdi. U do'konma do'kon yurib o'zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini tarqatish bilan shugʻullana boshladi. Allohimni mehribonligi va rahmatidan 3 yil deganda oyoqqa turib oldi. Yaxshi bir uy sotib oldi, mashina oldi. Lekin hamon yolg'iz edi... Yoshi ham 33 ga yetdi. Onasi Soliha xola o'g'li uchun juda koʻp qizlarni ko'rsatdi. Lekin Behzod barchasini rad etardi. U kimnidir chindan sevib qolishni xohlardi. Oradan yana oqar suvdek 2 yil o'tib ketdi. Behzod yaxshi bir tadbirkorga aylandi. O'zining shaxsiy shirinlik firmasini ochdi.
Bir kuni tayyorlagan shirinliklarini ko'zdan kechirayotgan payti bir bolakay yugurib kelib unga urilib ketdi. Yerga yiqilib o'tirib qoldi. Chamasi 4-5 yoshlardagi yuzlari do'mboqqina, shiringina bolakay yiqilganini alamidan chinqirib yig'lab yubordi. Behzod darrov bolani turg'izni ust-boshini qoqti. Yuzlaridan oʻpdi. Opichlab ko'tarib oldi.
- Voy bu bolani shirinligini! Ismiz nima o'g'lim?!
Bolakay erkalanib javob berdi.
- Muqammad Rizo!
Behzod kuldi. Yana bolaning yuzidan o'pdi. Shu payt bir ayolning hayajonli ovozi eshitildi.
- Muhammad Rizo! O'g'lim!
Ayol yugurib kelib qarasa bola Behzodning qolida jilmayib turardi.
- Qayoqqa qochib ketding shumtaka?!
Ayol Behzodga yaqinlashib bolasini oldi. Minnatdorchilik yuzasidan shiringina jilmaydi. Behzod uning yuziga qaradi-yu, yuragi allanechuk qalqib ketdi. Bu ayol juda yoqimtoy edi. Ko'zlari... Uning ko'zlari odamni sehrlab olar darajada sirli...
- Rahmat... Juda qo'rqib ketdim! Bugun bog'chasidan dam ekan, shunga ishga olib kelishga majbur bo'lgandim...
Ayol hijolatli jilmaydi... Behzod bu qizni oldin sira ham ko'rmagan ekan! Nigohini uzolmay tikilib qarab qoldi.
- Hechqisi yoʻq singlim... Siz shu yerda ishlaysizmi, oldin ko'rmagan ekanman...
- Haa... Endi bir oy bo'ldi ishga kirganimga. Qadoqlashda ishlayapman... Aksiga olib bugun bog'chasi ishlamaskan... Uyda bir oʻzi qolmasin deb, olib kelgandim...
- Mayli... Mayli. Hech narsa qilmaydi. Bemalol ishlarizi qilavering.
- Xoʻp rahmat.
Qiz bolasini koʻtarganicha Behzoddan uzoqlashdi. Keyinchalik bilishicha bu qiz erining hiyonati sabab 2 yil oldin ajrashgan ekan. O'zi bolaligida ota mehriga zor bo'lib o'sgan, erdan ajragandan keyin onasidan ham ayrilgan emish. Ismi Zilola, yoshi 29 da... Behzod u haqidagi maʼlumotlar bilgach yuragidagi joʻshib borayotgan to'lqinlarni jilovlashga kuch topolmadi. Bu qiz uning yuragiga qip qizil cho'g' solib qo'ydi. U cho'g' borgan sari qizir, alanga olib vujudni yoqar edi! Alloh Behzodga shuncha yildan soʻng muhabbat hadya etgan edi...
Onasini sovchilikka yubordi. O'zi ham Zilolaning ko'nglini olishga tirishdi. Muhammad Rizoni o'z farzandidek qabul qilishga vaʼda berdi.
- Zilolaxon! Menga ishoning sizni baxtli qilish uchun men hamma narsa qilaman, o'g'lizni o'z bolamdek koʻraman... Faqat yoʻq demang. Men sizni chindan sevib qoldim.
Zilola indamadi. Boshini ko'tarib Behzodga qarab chiroyli jilmaydi.
- Rozimisiz?!
- Men bir bor sevib kuyganman. Erim boshqa ayol bilan yurib ketgach, bunga chidolmadim... Ajrashdim. Endi yana shunday hiyonatni ko'tarolmayman!
- Men sizga tushlarimda ham hiyonat qilmayman! Doim yonizda bo'laman... Hamisha... Har doim!
Zilola boshqa soʻz topolmadi. Noiloj roziligini bildirdi. Uning Chiroyli barmoqlariga uzuk taqildi...
* * *
Behzod shuncha qiyinchiliklardan so'ng, Vataniga qaytgach yana 5 yil o'tib o'zi orzu qilgan hayotga erishdi. Allohim uning 10 yillik sabriga, matonatiga, iymoniga javoban, unga tariflab boʻlmas bir shiringina baxt hadya etdi.
Erining ishdan kelishini intizorlik bilan kuta boshladi. Va nihoyat Mustafo kelib mashinasining signalini chaldi. Maftuna yugurib hovliga tushdi va darvozani ochdi.
- Assalomu alaykum, yaxshi kevoldizmi? Charchamadizmi?
- Rahmat asalim... Charchamadim. Faqat...
- Nima faqat?
- Sizni juda sog'indim...
Mustafo entikdi. Maftunaning bo'yniga lablarini tekkizdi. Maftuna nozik qo'llari bilan Mustafoning ko'ksidan asta, ehtiyotkorlik bilan itardi. Yoqimli zarda bilan gapirdi.
- Shilqim!
Mustafo kuldi.
- Nima gaplar? Tuzukmisiz gulim? Zerikmadizmi?
- Zerikdim. Meni to'rt devor ichiga qamadiz! Ishimni sog'indim Mustafo aka...
- Xoʻp... Ishlaysiz. Lekin hozirmas...
- Qachon?
- Jonim... Nima yetishmayapti sizga? Hamma sharoitizni qilib qo'ygan bo'lsam, qancha pul kerak bo'lsa beryapman... Nega tushunmaysiz, sizni judayam judayam qizg'onaman...
Maftuna sekin kelib Mustafoning yuzida o'pdi. So'ng boshini erining yelkasiga qo'ydi.
- Jonim...
- Labbay gulim?
- Bir iltimosim bor edi...
- Qanday iltimos ekan?
- Bir xolam borlar, Solihaxon ismlari... Anchadan beri hollaridan xabar ololmadim... Shularni ko'rib kelsakmikin degandim...
- Mayli... Lekin adashmasam sizni xolangiz yoʻq edi.
- Qarindosh emasmiz... Halegi... Tutingan xolam bo'ladilar.
- Qachon ko'rib kelaylik deysiz?
- Iloji bo'lsa ertaga!
- Meni ertaga ishim bor. Bir og'ir bemorimni operatsiya qilishim kerak... Yoshgina bolani mashina urib ketibdi. O'sha bolakay hozir ranimatisyada yotibdi. Biroz ertagacha kuch yigʻib olsa, operatsiya qilamiz...
- Voy... Alloh saqlasin! Ishqilib tuzalib ketsin-da!
- Ilohim, aytganiz kelsin...
- Unda meni tashlab qo'yib, o'ziz ishizga ketaverasiz, maylimi?
Mustafo Maftunaning yalinchoq nigohiga dosh berolmadi.
- Mayli asalim... Faqat koʻp qolib ketmaysiz... Uzog'i 2 soat. O'zim telefon qilib, sizni olib ketaman...
- Xoʻp jonim! Siz nima desangiz shu...
* * *
Maftuna shuncha payt Behzod bilan uchrashishni xohlamagandi. U bilan ko'rishib qolsam, ko'ziga qanday qilib qarayman derdi. Lekin uni bir umrga ketishi eshitgan, so'nggi bor ko'rib qolishni, biroz bo'lsada suhbatlashishni xohladi. Bu qilmoqchi bo'lgan ishi, vijdoni oldida gunohligini bilsada o'zini tiyib ololmadi. Mustafo erta bilan uni Soliha xolalarnikiga tashlab qo'ydida oʻzi ishiga jo'nab ketdi. Maftuna o'zi sotib olgan hovlining darvozasi tagida biroz ikkilanib turib qoldi. Bir ko'ngli "ortingga qayt! Bu yerda senga nima bor Maftuna?! Behzodni battar qiynaysan-ku?!"desa, bir ko'ngli "Ichkariga kir... Uni so'nggi bor ko'rib qol. Ovozini eshit... O'sha tim qora ko'zlariga bir muddat bo'lsada temul"deya qo'ymasdi. Oxiri bo'lmadi, darvoza yaqiniga kelib qo'ng'iroqni bosdi. Sal oʻtmay Soliha xolaning ovozi keldi. Xola darvoza zinjilini sharq etib tushurdi.
- Voy?! Asal qizim, keldizmi?
- Onajon! Assalomu alaykum...
Soliha xola salomga alik olgach, Maftunani ichkariga taklif qildi.
- Keling bolam... Kiravering.
Maftuna darvozaxona bo'ylab asta hovli o'rtasigacha yurib bordi. Gulzor oldida turgan Behzodni ko'rdi-yu, yuragi shig' etib ketdi. Qadamlari yerga mixlanib qolgandek joyida qotib qoldi. Yuray desa, oyoqlarida majol yoʻq... Chiroyli ko'zlarini uzmasdan Behzodga termuldi. Behzod qayrilib ortiga qaradi. U ham Maftunani ko'rdi, lekin ko'zlariga ishonmadi. Ancha vaqt shu xolda termulishib qoldilar.
- Ona... Men Maftunani unutishni xohlayman... Uning kulishlari, nigohlari, tabassumi hayolimdan chiqib ketmayapti... Bu uy esa takror-takror uni yodimga solib turibdi! Menga uni eslatyapti... Maftunani xuddi bu hovlining har bir burchagida turgandek his qilyapman ona! Bu uyni Nodir akaga qaytarib beraylikda, uzoqroqqa ketaylik onajon... Toshkentga ketamiz! Rizqimizni Alloh beradi, inshaalloh...
Behzodning alamni so'zlaridan Soliha xola ham bir oz o'ziga kelib, bir hisobda o'g'lining haq ekanligini his qildi... U haqiqatda azoblaanayotgan edi. Maftunaning erga tekkanini aytgan kunidan buyon o'g'li xomush yuribdi... Hech qovog'i ochilmaydi, hech kim yoʻq xonaga kirvolib indamay devorga tik qarab o'tiraveradi... Balki bu yerlardan ketishsa, o'g'li ham o'zini yaxshi his qilarmidi... Axir xalqda gap bor-ku: "Koʻzdan yiroq - Ko'ngildan yiroq" degan. Bu gap bejiz aytilmagandir.
- Mayli bolam... Shunga qaror qilibsan men sen bilanman...
- Onajonim... Meni tushunganingiz uchun rahmat! Siz hech ham o'ylanmang ona... Hali hammasi yaxshi bo'ladi!
- Inshaalloh o'g'lim... Inshalloh!
* * *
Mana Behzod Maftunaning mahallasida turibdi! Oldin bu ko'chalardan sevikligini, Maftunasini ko'rish uchungina o'tar edi... Lekin bugun unday emas! Behzod Maftuna olib bergan uy hujjatlarini so'mkasiga solib olgan, uni Nodir akaga topshirib o'zi ertasi kuni onasi bilan Toshkentga jo'nab ketmoqchi. Behzod yura-yura nihoyat Maftunalarning hashamdor uyiga yetib keldi. Uy 2 qavatli, anchayin kech hovli, ko'cha tarafga qarab turgan derazalar panjaralar bilan o'ralgan, Darvozaning yon tomonida chiroyli gulzor bor. Bir xil qilib kesilgan archalar uyning ko'rkiga ko'rk qo'shib turar edi. Darvoza oldida Nodir akaning o'sha mashhur qora BMW mashinasi turibdi. Demak ishdan vaqtliroq qaytgan yoki ishga bormagan. Behzod darvoza yaqiniga kelib qo'ng'iroqni bosdi. Uzoq chalingan qo'ng'iroq ovozidan soʻng ichkaridan kimningdir qadam tovushlari eshitildi. Soʻng mayin, yoqimli ovoz yangradi.
- Kim u?
Behzod bu ovoz egasini darrov tanidi. "Malika!"
- Kimsiz?
- Menman Malika!
Malika darvozani asta ochdi. Hayratdan ko'zlarini katta-katta ochganicha darvoza ostonasida qotib qoldi.
- Siz...
- Haa... Men. Yaxshimisiz Malikaxon?
- Behzod aka! Rostan o'zizmisiz?! Ko'zlarimga ishonmayapman!
Behzod yoqimli jilmaydi...
- Menman... Qaytib keldim...
Malika o'zini boshqarolmay qoldi. Opasinikiga o'xshash chiroyli ko'zlaridan yosh oqib ketdi.
- Hayriyat! Sog'-omon ekansiz!
Nima qilib turibsiz,aka... Kiring ichkariga... Dadam ham uydaydilar...
- Xoʻp...
Behzod asta uy ichiga kirdi. Malika ham uning ortidan bordi. Hovli o'rtasiga kelishganda hayajondan baqirdi.
- Dadajon! Oyijon! Qarang... Behzod aka kelibdilar!
Ichkaridan Nargiza opa chiqdi. Uning ortidan Nodir aka ham hovliga chiqdilar.
- Behzodjon? O'zizmisiz o'g'lim...?
- Assalomu alaykum... Yaxshimisizlar?
Ulfatijon...
replay team dan yangi video!
@Hikoyalar
Mahalladagi va boshqa joylardagi sahovatpesha insonlar yordami bilan Maxliyo xola barcha qarzlardan qutildilar. Bazi qarz bergan kishilar bergan pullaridan kechib yuborishdi. 5 yil deganda mana endi-endi Maxliyo xola erkin yashay boshlagan payti qo'qqisdan yolgʻizgina o'g'lining vafoti xabari uni butkul ezib tashladi. Endigina qarzlardan qutilib tiklangan gavdasi yana pastga egildi. Farzand dog'i juda yomon bo'larkan! Shuncha ta'ziq, shuncha tahdid, poʻpisa va haqoratlarga chidagan ayol, o'g'lining o'limiga chiday olmadi. U shuncha qiynalsada qalbida o'g'lim bir kun albatta qaytib keladi degan umid bor edi. Endi esa o'sha umid ham yoʻq! Inson umidini yoʻqotdimi tamom u uchun hayot go'yoki tugaydi. Hech narsa ahamiyatsiz, hech narsa qiziqarsiz va qadrsiz bo'lib qolgandek tuyuladi. Maxliyo xola 2 ta qizi uchungina oyoqda turibdi. Ularning kelajagi uchun ba'zor bu hayotda yashamoqda! Ular uchun kurashmoqda. Ichidan tugab o'chib borayotgan shamdek erib yoʻq boʻlib ketsada, shu bolalari sabab oxirgi uchquni qolgunicha umr o'tqazmoqda...
Bir insonning taqdiri, unga yaqin boshqa insonlar taqdiriga ham bevosita bog'liqdir. Inson yashar ekan, faqat o'zi uchun emas, balki atrofidagi insonlari uchun ham yashaydi. Bir kimsaning qaysidir yomon ishi butun oilaga taʼsir qilgani kabi, yaxshi ishi ham yaqin insonlariga o'z ta'sini o'tqazadi. Bu yigitlarning hayot yo'llari ham tevarak atrofidagi yaqinlariga ta'sir qildi. Balki hayotning sirliligi va o'ziga xosligi shundadir...
Behzodning hayollari alg'ov-dalg'ov bo'lib chalkashib ketdi. Hayolida balki erga tekkan bo'lsa-chi?! degan o'yi bo'lsa-da, agar rostdan shunday bo'lsa men qanday yashayman degan havotiri ham yoʻq emas edi. Behzodning bu hayotda ikki yaqin insoni bor edi xolos! Biri onasi, ikkinchisi Maftuna. Bu ikkisi u uchun Oy va Quyoshdek edilar. U o'zining go'zal oyini yoʻqotdi... Endi u o'zgasining tunini yoritar... O'zgasining yoʻllarini nurga to'ldirar edi.
* * *
Maftuna Behzodning qaytganini bilgan, lekin borib ko'rishga jur'at qila olmadi. Qanday ham bora olsin?! Uni ko'rib yana o'sha eski hissiyoti qo'zg'alsa-chi?! Axir u endi oldingi Maftuna emas, u endi erli ayol! Airaportda Behzodning ko'zlariga tik qarab "Albatta kutaman!"degan lablari nikoh o'qiyotgan mahal Mustafo uchun "Bag'ishladim..."jumlasi bilan hiyonat qilmadimi?! Uning bu sirli, o'ychan ko'zlari bir paytlar faqat Behzodni ko'rmasmidi?! Endi esa har kuni Mustafoga qaraydi... Yuragi allaqachon uni sotib yubordi. Yoʻq! Yoʻq! Sotmadi! Balki uloqtirib tashladi! Endi qay yuz bilan uning qarshisidan chiqadi? Qay vijdon bilan unga namoyon bo'ladi?
Maftuna to'yidan keyin ishlamadi. Bunga Mustafo ko'nmadi. "Oyligim koʻp... Sizni bemalol taminlay olaman! Ko'cha ko'yda, ayniqsa nomahramlar bor joyda ishlashizni xohlamayman..."dedi. Maftuna ham tabiiyki bunga rozi boʻldi. Mana 4 oydirki uyda o'tiribdi... Uyda deyarli ish yoʻq... Kechagi kuni uyiga borganida onasi Malikani unashtirishganini aytdi. Bundan Maftuna juda quvondi. Singlisini to'yini ko'rishdan ham ortiq baxt bormi opa uchun?! Uydan qaytayotgan edi... Behos Behzodni ko'rib qoldi... Avvaliga tanimadi! Yaqinroq kelgach tanidi! Tanidiyu o'zini yashirishga urindi. Devor ortidan mo'ralab qarab qoldi. Behzod juda o'zgarib ketibdi. Oldingi kelishgan yigitdan asar ham qolmabdi. Lekin uning kulishi va ko'z qarashlari o'sha-o'sha edi. Maftuna unga qarab achinib ketdi... "Bechora rossa ezilgani shundoq bilinib turibdi!" Uni Behzod ko'rib qolmasidan oldin Tezgina bu yerdan ketdi...
Behzod Nodir akaning uyiga keldi. Darvoza oldida ancha vaqt qarab turib qoldi. Bir paytlar bu darvoza ortida u uchun juda qadrli biri yashar edi! Har kuni uning qahvarang ko'zlarini ko'rish uchun kelgan paytlari yodiga tushdi. Bir entikib ketdi. Yuragi qamdaydir orzuqdi... Lekin bu safar u Maftunaning ko'zlariga termulish uchun kelmadi. Bu safar uning maqsadi umuman boshqa edi...
8-QISM TUGADI.
✍ Usmonaliyeva Munira
⏰01.02.2025
9 qism bu kanalga qo'yilgan👇
/channel/Gaplarim_Sahifalar
/channel/hikoyalar
- Onajon uyga ketaylik... Bu yerda yaxshi uxlay olmadim. To'yib dam olvolishim kerak...
- Xoʻp bolajonim...
Behzod va Soliha xola narsalarni yig'ishtirishdida shifoxonadan chiqib ketishdi.
* * *
Behzod o'sha eski kvartiraga borsak kerak deb o'ylagan edi. Yoʻq... Onasi taksichiga boshqa manzilni aytdi. Juda qattiq toqliqqanidanmi yoki mashinada gapirishni xohlamagani uchunmi bu haqida so'rab o'tirmadi...
Maftunaning mahallasiga yaqin joydagi bu mo'jazgina hovli Behzodga yoqib qoldi. Uylari ham shinamgina ekan. Anchayin fayzli xonadon. Behzod hovlini ancha aylandi. Gulzordagi turli tuman gullarni ko'rib baxti dili ochilib ketdi. Kayfiyati ham ancha ko'tarildi.
- Onajon! Bu uyni qanday oldingiz?! Juda chiroyli hovli ekan...
- Men olmadim o'g'lim...
Behzod hayron bo'lib onasiga qaradi.
- Bu kimni uyi ona unda?
- Bizniki... Bilasanmi o'g'lim... Bu uyni Maftunaxon menga hadya qildilar...
Behzod Maftunaning ismini eshitgach yuragi bir qalqib ketdi.
- Rostanmi?
- Haaa... Bankda ishlab yiqqan puliga olgan ekan... Menga "Onajon mendan ko'ra bu uy sizga ko'proq kerak. Chin ko'ngildan sizga ilindim. Meni duo qilsangiz bo'ldi" deb qo'yarda qo'ymay nomimga o'tkazib berdi. Olmayman desam ham unamadi bolam!
Behzod bir hisobda bundan xursand bo'ldi. Onasi o'sha eski, sharoiti yoʻq kvartirada qiynalib yashagandan shu yerda yashagani yaxshi bo'libdi. Maftuna juda aqlli qiz-da! Alloh undan rozi boʻlsin. Behruz Maftunani eslab labiga tabassum yugurdi. "Juda sog'indim uni! Qiziq meni kelganimni eshitdimikin?! Yoʻq eshitmagan, eshitganida allaqachon oldimga kelgan bo'lardi." Behzod onasidan Maftuna haqida so'ramoqchi bo'ldi.
- Ona... Maftuna...
- O'g'lim... Xafa bo'lma, bir gap aytaman...
- Qanday gap?
- Maftuna turmush qurdi. Koʻp boʻlmadi... 3-4 oy bo'lib qoldi...
Behzodning ichidan bir narsa uzilib ketgandek bo'ldi. Hozirgina kulib turgan ko'zlarini birdan g'am qopladi. Uning bu holatini koʻrib Soliha xolaning yuragi ezilib ketdi.
- O'g'lim... Bechora qiz seni 5 yil kutdi. Dadasi ham baraka topsin ancha vaqt seni qidirdi. 7-8 ta davlatga sen haqingda maʼlumot jo'natib, yo'qolganing yuzasidan arizalar yozdi. Oxiri... Shu qarorga kelishdi...
Behzod indamadi. U hamon o'sha g'am ko'lankasida qolib ketdi. Turgan joyida qotib turaverdi.
- Maftunaxonda ayb yoʻq... U judayam oqkoʻngil qiz. Mendan tez-tez xabar olib turdi. Onajon dedi! Seni sog'inib yig'lagan kunlarim u ham menga qo'shilishib yig'ladi... Singlisini ham bo'yi yetib qolganigami... Ota-onasi sen bilan boʻlgan unashtiruvni bekor qilishdi.
Behzod asta boshini ko'tarib onasiga qaradi. Uning shu nigohida allaqanday tariflab bo'lmas og'riq bor edi. Bu og'riq yuragining tub-tubidan chiqib, ko'zlarida aks etgandek bo'ldi go'yo... Siniq ovozda gapirdi.
- Ona... Mayli... Baxtli bo'lsin.
U shunday deganicha hovlidan ichkari uy tomon kirib ketdi. Yerga yozib qo'yilgan ko'rpachaga o'zini tashladi. Yostiq bilan yuzlarini berkitganicha ovoz chiqarmay, unsizgina yig'ladi...
* * *
Bugun Nodir akaning uyiga yana sovchilar kelishdi. Malikani so'rab... Bu sovchilar o'sha 6 marta sovchi jo'natgan yigitdan edi. Malikaning ham u bolada ko'ngli bor. Buni Nargiza xola biladi, eriga ham aytgan... Malika opasi singari bank sohasiga qiziqmadi. U tabiat ijodkor qiz edi. Rasm chizishni va sheʼrlar yozishni yoqtiradi. Opasiga qaraganda anchayam romantikroq, hayolparast va yumshoq tabiat bu qiz o'qishda ancha-muncha yigitlarni hushini o'g'irlashga ulgurgandi. Lekin unga bu bola yoqar, botinib gaplashishmasada, nigohlar bilan bir-biriga yoqtirganlarini aytishar, bir so'z bilan aytganda hech kimga bildirmay bir-birlarini pinhona sevishar edi. Yigit shuncha sovchi jo'natsada Malika har safar rad javobini berdi. Avval opam oila qurib baxtli bo'lsinlar, dedi.
Бир ойдан бери курсаткич бармогим огриди. Огрик утиб кетмагани сабабли бугун Республика травматалогия марказига бордим. Шифокорнинг йулланмаси билан УЗИ хонасининг олдида навбат кутиб утирсам каталкада операциядан чиккан уч беморни бирин- кетин олиб келишди. . Уларнинг ахволи огир булганлиги учун навбатсиз киришларини хамшира айтиб утди. Беморларнинг бири кирк беш ешли эркак , иккинчиси йигирмага кирмаган киз онаси билан , учинчи бемор кичик жуссали еши саксондан ошган онахон эди.
Онахонни оркасидан туртта угли келган экан.
Ешлари олтмишдан ошган говдали , йугон ака- укаларнинг учтаси буш уриндикка бориб утирди. Кичиги булса онасининг енига бориб тузиб етган сочларини румол остига яшириб, икки юзидан эркалаб упиб куйди. Сунгра онахоннинг оегини секин укалай бошлади. " Ойи, кулим ботмаяптими" - деб охиста суради угил. Онахон етган жойида бошини охиста кимирлатиб куйди. Ха, уч бемор, уч хил ешда, беморларга уч хил муносабат :бири елгиз, иккинчиси онаси билан , учинчиси туртта угли билан. Шу ерда узимга савол бердим. Ота- она фарзандларини мехрибон, эьтиборли, иймонли булиши учун нима килиши керак? Саволимга жавоб бера олмадим. Бу саволни сиз кандай изохлаган булардингиз?
Муаллима хоним сахифасидан.
Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda
📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
- Biz uzbekchani oz-moz bilamiz...
- Menga nima bo'ldi? Bo'ri... Bo'ri koʻrgan edim...
- Volk... Ketdi... Biz seni shu yerga olib keldik...
- Rahmat...
Yigitlardan biri haqiqiy o'zbek ekan.
- Yigitcha omading bor ekan bo'lmasa oʻsha bo'ri seni omon qo'ymasdi.
- Siz o'zbekmisiz? Juda ravon gapiryapsiz?
- Da, da! U uzbek! Menga urgatgan uzbekchani...
- Ha... Asli sirdaryolikman...
- Nega bu yerda yashayapsiz?
- Meni u yerda kutib turgan hech kimim yoʻq uka! Ota-onam o'tib ketishgan... Xotinim va bolalarim shu yerda... Bu yerdan 8 km uzoqlikda bir shaharcha bor. Biz o'sha yerda oilalarimiz bilan yashaymiz. Bu yerga onda sonda ov qilish uchun kelib turamiz... Kecha ham ov qilamiz deb kelgan edik... Seni ko'rib qoldik! Bo'ri sal qolsa tashlanar edi. Uni urib quvdik, keyin seni shu yerga olib keldik, uka...
- Allohga shukr... Judayam minnatdorman.
- Aytgancha o'zimizni tanishtirmadik, men Azamatman, bu esa do'stim Artur!
Artur qo'lini Behzodga uzatib tirjaydi.
- Tanishganimdan xursandman.
Behzodning yelkasidagi jarohat og'riq berdi.
- Aaaxxxx!
- Tashvishlanma dori olib kelganmiz.
Behzod ustki kiyimini yechdi. Azamat uning ortiga o'tib olib kelgan malhamini ehtiyotkorlik bilan surta boshladi.
- Men O'zbekistonga qaytishim kerak aka! Yordam bera olasizmi?
- Albatta! Seni sotib yuborishganmi deyman... Ahvoling juda yomon, ko'rinishing ham...
- Shunday... Aldanib qoldim aka.
Behzod afsusdan bosh chayqadi. Ko'rgan qiyinchiliklari bir-bir ko'z oldidan o'tib ketdi. Ular Behzodni yig'latdi...
- O'g'il bola yig'laydimi uka! Bo'ldi qil, ko'z yoshingni art!
Behzod hijolat bo'lib ketti. Tezda yuzidagi yoshlarini artib oldi.
- Bu ham Xudoyimni bir sinovi ukam. Alloh faqat yaxshi ko'rgan bandalariga shunaqa qiyinchilik beradi.
- Endi qandaay qaytolaman?
- Avvalambor tuzalib ol, biroz o'zinggaa kel... Men o'zim yotdam beraman. Tashvishlanma...
Behzodning boshidan kechirganlari uni ruhan ancha ezib qo'ygandi. U endi oldingi Behzod emasdi. Qiyinchilik, g'am odamni o'zgartirarkan. Oldingi tez qaror qabul qiluvchi, qiziqqon yigitchadan asar ham qolmagandi. Endi u anchayin og'ir, vazmin bo'lib qoldi. Ortda qolgan 5 yil u uchun 5 asrdek uzoq kechdi. Bu yillar davomida necha marta onasini tushida ko'rdi?! Necha marotaba hayolan Maftuna bilan uchrashdi?! Endi mana nihoyat qora kunlari ortda qoldi. Endi jonajon uyiga qaytadi. Onasining qo'llarini, yuzlarini o'padi. Tizzasiga boshini qo'yganicha yum-yum yig'laydi. Keyin... Keyin Maftunani oldiga boradi... Maftuna! U uni o'ylaganida yuragi allanechuk achishib ketdi. U uni hali ham kutyaptimikin?! Yoki allaqachonlar oila qurib, hatto farzandli ham bo'lgandir?! Bilmaydi. Agar rostdan ham oila qurgan bo'lsa va baxtli bo'lsa, undan Behzod faqatgina xursand bo'ladi. Lekin agar hamon kutayotgan bo'lsa... Uni dunyodagi barchadan baxtliroq qilishga butun umrini sarflaydi! Behzod shunday hayollar bilan anchagacha o'ylanib yotdi. "Onam ning ahvoli mensiz nima kechdi ekan?! Sog'mikanlar?! Maftunachi?! " Miyyasiga urilayotgan ushbu savollarining javobi yoʻq edi. Lekin Behzod Allohga kun-u tun duo qilishdan to'xtamadi. Shu o'tgan 5 yilning har daqiqasida qalban Yaratganga duolar qildi. Allohdan bir soniya bo'lsin umidini uzmadi...
* * *
- Maftuna!
- Labbay...
Mustafo oshxonada kuymalanib yurgan Maftunaning yaqiniga keldi. Qo'lidan tortib belini quchib oldi.
- Nima qilyapsiz?! Qoching...
Maftuna uning ko'ksidan salgina itarib qo'ydi.
- Menga qahva tayyorlab bering...
- Xoʻp boʻladi... Bir daqiqa.
Mustafo ichkari xonaga kirib televizorni yoqdi. Unda kechi axborot dasturi bo'layotgan ekan. Maftuna tayyorlagan qahvasini olib Mustafo o'tirgan xona yaqiniga keldi. Televizordagi xabar beixtiyor qulog'iga chalinib qoldi.
Singan yuraklar (Hikoya)
7-QISM
Toʻy. Ikki rishtani bog'laydigan marosimdir. Nafaqat ikki rishtani balki, ikki jonni, ikki ruhni, ikki tanani va ikki qalbni bog'laydigan masosim bu. Maftuna oppoq libosda yanayam ochilib ketdi. Boshida oq ro'moli, egnida oq libos, oyog'ida shunga mutanosib oppo tufli. U xuddi tiniq suvda suzib yurgan go'zal oqqushga o'xshardi. Oppoq, chiroyli yuzlari baxtdan yanada oqarib yorishib ketgandek bo'ldi. Labidan tabassum arimas, uni tabriklash uchun kelgan dugonalari bilan samimiy ko'rishar, atrofga xursand nigoh tashlar edi.
- Tabriklayman asalim! Va nihoyat uzoq kutilgan kun... Alloh baxtizni butun qilsin.
- Rahmat ilohim...
- Maftuna opa judayam ochilib ketibsiz! Sizga kelinlik shunday yarqshibdi-ki... Ko'zlarimni uzolmay qoldim!
- Rahmat jonim!
Maftuna qizlar bilan alohida yasatilgan xonaga kirdi. Rasmga tushishdi, suhbatlashishdi. Soat ham 2 ga yaqinlashib qoldi. Tez orada kuyov bir guruh yigitlar navkari bilan Maftunaning uyiga keladi. Uni ota uyidan olib chiqib ketadi. Maftuna dadasini, onasini ko'z oldiga keltirdi. Uyining qadrdon devorlariga ko'zlari to'lib boqdi. Judayam yig'lagisi keldi. Lekin atrofdagi qizlar uni holi qo'yishmas, tinimsiz kulishar, hazillashishar, Maftunani savollar bilan ko'mib tashlashar edi.
- Maftun... Kuyov bola o'zi qanaqa yigit?! Rasmini ham ko'rsatmading... Tariflab ber...
- Haaa... Maftuna opa iltimos, juda qiziqyapmiz.
Maftuna kuldi. Biroz uyaldi.
- Hozir kelib qoladilar. O'shanda ko'raverasizdaa!
- Yoʻq... Biz sendan eshitgimiz kelyapti. Aytaqolsangchi?!
- Mustafo akam... Juda kelishgan, samimiy inson... Bo'ldi. Shu...
- Bo'ldimi?! Kelishgan va simimiy, faqat shu xolosmi?!
Maftuna battar qizarindi.
- To'liqroq tariflab bering opa...
- Hijolat qilyapsizlar... Undan ko'ra rasmini ko'rsataman!
Maftuna telefonini endi olayotgandi. Sora degan dugonasi uni to'xtatdi.
- Biz sendan rasm so'ramadik. Eringni kelsa o'zimiz ham ko'rib olaveramiz. Tariflab ber deyapmiz. Buncha paysalga solmasang, Maftun?!
- Xoʻp! Kelishgan, aqlli, chiroyli bola... Oq sariqdan kelgan, ko'zlari ham sarg'ish, gavdali, o'rta bo'y... Bo'ldimi?!
Qizlar baravariga qiqirlab kulib yuborishdi.
- Bo'ldi! Bo'ldi!
Qizlarning bunaqangi antiqa hazillari Maftunani ham kuldirdi. Tashqaridan kimningdir baqirgan ovozi eshitildi.
- Kuyov navkarlar kelishdi!
Maftuna oyog'ining uchidan sochining tolasigacha titrab ketdi. Hayajondan badani junjikdi. Yana ozgina fursatdan soʻng u bu hovlidan chiqib ketadi! Endi u dadasining erka qizi bo'lib emas, balki mehmon bo'lib bu uyga keladi! Eshik ochilib Malika kirib keldi.
- Opalar! Hozir bu xonaga kuyovbola kiradi. Chiqib turasizlar, maylimi?
Qizlar birin-ketin xonadan chiqib ketdi. Xonada Maftuna va Malika qoldilar. Malika opasiga yaqin kelib ba'g'riga bosdi. Entikib-entikib yig'ladi.
- Opajonim... Sizni judayam yaxshi koʻraman! Ilohim baxtli bo'ling opa.
- Asal singlim meni! Men ham yaxshi koʻraman seni.
Opa-singil anchagacha quchoqlashib turdilar. Malika opasining kiyimlarini to'g'irladi. Tashqaridagilar kuyov kelganini ma'lum qilishdi. Malika opasining yoniga turib oldi. Mustafo yonida bir o'rtog'i bilan xonaga "Bismilloh..."ni aytib kirib keldi. Malika Maftunaga oppoq ro'molcha tutqazdi. Maftuna uni asta Mustafoga uzatdi. Mustafo juda sekin, lekin o'qdek qilib dedi.
- Rahmat...
Mustafo Maftunaning qo'lidan tutdi. Bazi bir ma'rosimlardan keyin asta xonadan chiqishdi. "Yor-yor" sadolari ostida hovli bo'ylab yura boshlashdi. Darvozaga yetganlarida, Maftunaning dadasi, onasi va boshqa qarindoshlari u bilan xayrlashgani saf tortishdi. Odatda qiz ota hovlidan chiqib ketayotgan mahal otani poyiga tiz cho'kib, yig'lab xayrlashadigan bir urf odat mavjud. Maftuna ham stulda o'tirgan dadasining poyiga cho'kdi. Yum-yum yig'laganicha dadasining qo'llaridan o'pdi. Nodir aka qizining ko'z yoshlarini artdi. Peshonasidan o'pib qo'ydi.
Yigitlar bir necha haftalik davolanishdan so'ng o'zlarini ancha o'nglab oldilar. Uchalovlari ham Sarvarning o'limi aytib yig'lashdi. Uning jasadi o'sha yoqlarda qayerdadir qolib ketganini aytishdi. Zudlik bilan bu habar Fargʻona viloyati Istiqlol ko'chasi yashovchi Mahliyoxon Omonovaga yetqazildi. Mahliyo xola dod solib mahallani boshiga ko'tardi. Yakka-yu yolg'iz o'g'liga aza ochdi...
- Behzod Karimov qayerda? Nega sizlar bilan emasdi?!
Tergovchining kasalxonada yotgan 3 nafar bu jabrdiyda yigitlarga bergan dastlabki savoli shu bo'ldi.
- Behzod... Bilmadik hozir qayerda... Lekin ahvoli judayam og'ir edi. To'shakka mixlanib yotib qolgan edi.. Keyin o'sha yerdagi kishilar uni mashinaga solib qayoqqadir olib kettidan. Shundan beri uni ko'rganimiz yoʻq.
- Balki o'rmonga tashlab kelishgan bo'lsa, yirtqich hayvonlar...
- Jim bo'l! Nimalar deyapsan Temur?! Do'stimiz tirik inshaalloh! Unaqa sovuq hayollarga borma...
- Men shunchaki tahmin qilmoqchidim xolos oshna. Men ham Behzodni tirik bo'lishini, onasini bag'riga qaytib kelishini xohlayman.
- Inshaalloh qaytadi. Mana biz qaytdikku, u ham albatta qaytadi.
Yigitlar Behzodning qaytishiga umid qilishdi. Tergovchi barcha maʼlumotlarni olgach xonadan chiqib ketdi...
6-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 30.01.2025
7 qism bu kanalga qo'yilgan👇
/channel/Gaplarim_Sahifalar
/channel/hikoyalar
Behzod sovuqdan va og'riqdan o'lishdan ko'ra, bo'rilarga yem bo'lib o'lishdan koʻproq qo'rqar, ko'zlari yumuq bo'lsada, quloqlari bilan bo'rining uvillashlarini eshitib yotar edi. Yaqin yarim soat ichi tong otadi. Osmondagi oy asta siljib-siljib bulutlar ortiga yashirindi. Bo'ri Behzodning qarshisiga kelib to'xtadi. U hansiragancha ro'parasida jon talash bo'lib yotgan Behzodga tik qarab qoldi. O'ljasini yamlamay yutib yuborishga tayyor bu bo'ri nimagadir joyidan qimir etmas edi. Behzod ko'zlarini bazoʻr ochdi. Qarasa, roʻparasida kulrang bo'ri hansiragan ko'yi unga qarab turardi. Behzodning peshonasidan sovuq ter chiqib ketdi. Bo'ri uni uyg'onganini koʻrib asta yoniga yaqin kela boshladi. Behzod qo'rqar, lekin joyidan hecham qimirlay olmasdi. Ko'zidan achchiq yosh chiqib ketdi. "Nahotki shunday o'lim topsam?! Nahotki onamni, Maftunani boshqa ko'rmasam?! Jasadim yerga ko'milish o'rniga, mana bu yirtqich hayvonning oshqozoniga tushadimi?! Yoʻq!!! Yoʻq!!! Yoʻq!!!" Behzod alanglagancha u yoq bu yoqqa boshini ura boshladi. Hayolidagi daxshatli fikrlar uni aqldan ozdirayozdi. Ko'zlarida qo'rqinch, alam, iztirob va tariflab bo'lmas tushkunlik aks etdi. Bo'ri hamon unga qarab kelar,onda-sonda tishlarini g'ichirlatib qo'yar edi. Vajohatdan qizargan qonxoʻr ko'zlari bilan Behzodga qarar, uni bir hamlada mavh etishiga ishonar edi. Behzod tinimsiz kalima o'gira boshladi. Bir necha daqiqadan keyin u bu dunyoda bo'lmaydi. Tilida kalima, dilida kalima...
- Laa ilaha illalloh, Laa ilaha illalloh, Laa ilaha illalloh...
Birdan bo'rining yuziga kimdir mash'ala otdi. Bo'ri g'azabdan o'kirib yubordi. Qayerdandir mash'ala ko'targan 2 yigit paydo boʻldi. Bo'rini birin-ketin qo'lidagi olovli tayoqlar bilan savalay boshlashdi. Bo'ri nara tortganicha ularga tashlanishga urindi, lekin yigitlar anchayin chaqqonlik bilan undan o'zlarini olib qochishar, yaqinlashdi deguncha tayoq bilan urishar edi. Bo'ri ingichka ovozda uvv-uvv qilganicha qochib ketdi. Behzod hushida emas edi. Ikki yigit Behzodning ikki qo'lidan ko'targanlaricha qayoqqadir olib kettilar...
* * *
Maftuna uchun ham quvonchli, ham qaygʻuli kun bugun. Unashtiruv kuni! Ikkinchi bor unashtirilyapti! Ikkinchi bor barmoqlariga uzuk taqmoqda! Birinchi galdagisida u qanday ham baxtli edi... O'zi sevgan insoni yonida, sevgidan sarmast emasmidi?! Bu safargi unashtiruvni oldingisidan nima farqi bor?! Oldingisi sevgan insoni bilan edi, bunisi esa... Bunisi... Qanaqa ekanligini hali oʻzi ham anglab yetmagan bir insoni bilan bo'lyapti. Mustafo judayam yaxshi inson... Maftunani yer-u ko'kka ishonmaydi. Jonidan ham ortiq sevadi. Lekin Maftunada unga nisbatan faqat hurmat tuygʻusi bor edi xolos... Balki yillar o'tib mana shu tuygʻu muhabbatga aylanar?! Balki Maftunani qalbida yana sevgi uchqunlari alanga olar?!... Buni vaqt ko'rsatadi albatta.
- Maftunam meni...
Mustafo Maftunaning go'zal yuzini barmoqlari bilan siladi. Qo'llaridan tutub ko'zlariga uzoq termuldi.
- Bugun qanchalar baxtli ekanimni bilsangiz edi...
Maftuna hech narsa demadi. Indamaygina Mustafoning pinjiga yaqinlashdi. Keng yelkasiga boshini qo'ydi. Shu holatda bir muddat ko'zlarini yumdi.
- Gulim...
- Labbay?
Maftuna Mustafoning quchog'idan chiqdi. Lovullab yonayotgan yuzlari qizardi. Ko'z qorachiqlari bir muncha kattalashdi.
- Baxtlimisiz?
Maftuna jilmaydi. Lablaridagi tabassum, ko'zlarida ham aks etdi. Yana Mustafoni quchoqladi. Yuragi tez-tez ura boshladi. Entikdi. Mustafodan keladigan yoqimli iforni tuydi. Uyalganidanmi yoki boshqa sababdan ko'zlarini chirt yumib oldi.
- Albatta baxtliman...
- Sizni bergan Robbimga hamdlar bo'lsin! Menga ishoning... Sizni baxtdan kulib yurishiz uchun men hamma narsa qilaman...
Maftuna ko'zlarini asta ochdi. O'ziga termulib turgan bir juft sarg'ish ko'zlarga boqdi. Yuragi boshqacha entikib ketdi.
Singan yuraklar (Hikoya)
6-QISM
Kuzda sarg'ish barglarini ko'tarolmay tashlab yuborgan daraxtlar, bahor kelishi bilan yana barg yoza boshladi. Qishda bo'shab qolgan tabiat, yashil, pushti, qizg'ish, sariq tusli liboslarini asta kiya boshladi. Aprel oyi juda ajib oy! Ba'zan yoqimli shabboda esadi, baʼzan mayin, kichkinagina yomg'ir tomchilar yer yuziga sayr qilgani tushishadi, ba'zida esa olis-olislardagi tog'lar ortidan quyosh balqib chiqadi... Bularning bari go'zal... Bari betakror!
Maftuna ishga ketayotgan mahali ob-havo birmuncha yaxshi edi. Havoda salqinlik bo'lsada, osmonda quyosh charaqlab turgandi. Ishdan chiqish vaqtiga kelib birdaniga yomg'ir sharros quyib yubordi. Haqiqatda aprel ajoyib oy!
Yomg'ir sira to'xtamas, Maftuna bank ostonasida ro'moli ho'l bo'lmasligi uchun boshiga so'mkasini qo'yib oldi. Endi mshinasi tomon yugurib bormoqchi boʻlib turganida bir tanish ovoz uni to'xrashga majbur qildi.
- Maftunaxon!
Maftuna o'girilib qaradi. Yon tomonida Mustafo yomg'irdan ho'l bo'lib ketgan ust-boshini qoqib turardi.
- Assalomu alaykum. Siz bu yerda nima qilyapsiz? Tag'in shu havoda?!
- Sizni ko'rgim keldi...
Maftuna uyalib ketdi. Ikki yuzi beixtiyor qizardi.
- Ustiz ham yupqa ekan. Shamollab qolasiz-ku?!
Mustafo ikki marta qattiq aksa urdi. Qo'llari sovuqdan qizarib ketibdi.
- Voy Xudoyim! Shamollabsiz tuppa-tuzuk!
- Haa biroz sovuq o'tdi shekilli...
Mustafo Maftunaga ohista yaqinlashdi.
- Biron joyda o'tirmaymizmi? Yana qahva ichardik... Yonida shirinligi ham bo'ladi!
Maftuna kuldi. Lablaridagi tabassum atrofdagi sovuq havoni nari surib, o'rniga iliqlik baxsh etgandek bo'ldi.
- Mayli...
- Maftunaxon, agar qarshi bo'lmasangiz meni mashinamda ketsak... Ichkaridagi stayankada turibdi. Men qiz bolani mashinasiga chiqishga ochiği uyalaman...
Maftunaning mashinasi ochiq osmon ostida qolib ketgan edi.
- Meni mashinam yomg'irda qolib ketaversinmi? Sizniki ichkarida ekan-ku... Yaxshisi menikida ketamiz...
- Qanday bo'larkin?
- Xoʻp... Unda mashinani siz haydaysiz, bo'ladimi?
Maftuna mashinasining kalitini Mustafoga uzatdi. Mustafo biroz hijolat bo'ldi. Sekingina Maftunaning qo'lidan kalitni oldi.
- Unda mayli...
- Ertalab havo yaxshiligiga ochiq joyga qo'yib qo'yibman...
Birgalashib mashinaga chiqishdi. Maftunaning uyiga yaqinroq joydagi qahvaxonaga kirdilar. Bu yerning hidi juda yoqimli bo'ladi. Qaynoq qahva va shokolad isi butun kafeni tutib ketgan... Bu yerdagilarning ko'pchiligi talabalar bo'lgani uchun yonlarida bir necha kitoblarni qo'yib olgan holda dars tayyorlashib qahva ichishmoqda... Maftuna va Mustafo deraza yaqinidagi joyga kelib o'tirishdi.
- Mashinangiz juda zoʻr ekan. Bir tekis yurdi, qoyil! Hatto ovozi ham chiqmadi...
- Haa... O'zim ham yaxshi ko'rib haydayman. Dadam bu mashinani atayin men uchun Argentinadan buyurtma qilib olib kelganlar. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetiga yuqori o'rinda o'qishga o'tganim uchun sovg'a qilganlar. Dadam meni uzoqda o'qishimga unamadilar. Qiz bola narsa begona shaharda nima qiladi?! dedilar. O'qishimni Farg'onaga ko'chirtirdilar. O'sha paytlari dadam juda katta tadbirkor edilar. Bir qancha davlatlar bilan hamkorliklari bor edi... Lekin... Mana shu 2 yil dadam uchun juda og'ir kechdi...
- Nima bo'ldi?
- Hastalanib qoldilar... Oldingidek ishlolmayaptilar. Hozircha faqatgina bitta firmani yurg'izyaptilar xolos. Qolganlarini sotib yubordilar. Bir muddat davolandilar...
- Maylida bu ham Allohimning ishi-da... Hali yana oldingidek bo'ladilar inshaalloh...
- Haa... Inshaalloh!
Qo'lida menyu tutganicha ofitsiant keldi.
- Kechirasizlar, nimadur buyurasizlarmi?
Mustafo Maftunaga yuzlandi.
- Nima ichasiz turk choyi yoki kofe? Shokoladli shirinlik aytaymi yo mevali yoqadimi?
- Qahva bilan shokoladli shirinlik...
- Yana biroz qolsangiz bo'lardi...
- Yoʻq... Xafa bo'lmang.
- Mayli...
- Inshaalloh nasib yana ko'rishamiz.
Maftunaning bu gapidan Mustafoning ko'ngli ko'tarildi.
- So'z berasizmi?
- Inshaalloh...
* * *
Jinoyat qidiruv bo'limidagilar Behzod va sheriklarini sotib yuborgan kimsani topishganligi haqida ma'lum qildilar. O'zini yigitlarga "Otabek" deb tanishtirgan bu kimsa, asli tatar millatidan chiqqan, ismi Adiz ekan. Yosh-yosh qizlarni fohishalik uchun sotayotgan joyida qo'lga tushibdi. Bu xabar televidiniya va radioda e'lon qilindi. Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig'i Nodir akaga qo'ng'iroq qildi.
- Nodir aka!
- Assalomu alaykum...
- Va alaykum assalom. Meni tanidingizmi? Boshqarmadan Suxrob To'rayevman... Yoʻqolgan bir yigit haqida 3-4 marotaba ariza yozgan edingiz...
- Ha, ha!
Nodir aka o'tirgan o'rnida turib ketdi. Xonasi bo'ylab tez-tez yura boshladi.
- Biron yangilik bormi?
- Bor! Siz aytgan Behzod Karimov va yana unga sherik qilib yana 4 nafar yigitni sotib yuborgan kimsa topildi! Hozir u so'roq qilinyapti...
- Ablah! Odamfurush isqirt!
Nodir aka asabiy bosh chayqadi.
- Iblis! Bularni shaytondan farqi yoʻq!!!
Nodir aka joyiga o'tirdi. Biroz yengil nafas olib o'ziga kelib oldi.
- Uzr Suxrob aka... Biroz qizishib ketdim.
- Hechqisi yoʻq aka...
- Behzod Karimov topildimi?! U hozir qayerda?
- Bunisini hozircha bilolmadik... U odam yigitlarni Turkiyalik katta bir Zaytunzor egasiga sotgan ekan, u odam zaytun biznesidan tashqari noqonuniy narkotik sotish bilan shug'ullanar ekan. U ham Turkiya hukumati jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo'lga olindi. Uni ham so'roq qilishmoqda. Menimcha u odam yigitlarni boshqa bir davlatga sotib yuborgan!
Nodir aka bu xabardan anchayin esankirab qoldi. Yomonlar jazosini olsin, yigitlar ham topilib eson-omon ona Vatanlariga qaytib kelsinlar.
* * *
Maftuna uyga ajoyib bir kayfiyatda kirib keldi. Uni onasi qarshi oldi.
- Qizim... Uchrashuv qande bo'ldi? Yigit yoqdimi?
- Judayam samimiy inson ekan oyi...
- Demak yoqibdida! Allohga shukr! Xo'sh... Unga nima deding?
- Ozgina o'ylab olishim kerak dedim.
Nargiza opa qizining bu gapidan ko'ngli hira tortdi.
- Nimasini o'ylaysan bolam?! Tuppa-tuzuk yigit-ku?!
- Oyijon... Ko'rdim, uchrashdim, bildim... Lekin menga vaqt kerak. Tushuning iltimos!
Maftuna tezgina xonasiga kirib ketdi. O'zining bu holati anchayin tushunarsiz edi. Yigit unga yoqdi. Qandaydur unga nisbatan iliqlik sezdi. Lekin bir tomondan xuddiki o'zini Behzodga hiyonat qilayotgandek his qildi. Bundan bezovtalandi. Qalbida kuchli bir og'riq turdi. O'zini ikki o't orasiga tushib qolgandek his qildi...
5-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 29.01.2025
6 qism bu kanalga qo'yilgan👇
/channel/Gaplarim_Sahifalar
/channel/hikoyalar
- Hozir... Kim u?
- Menman onajon!
Eshik ochildi. Soliha xola yuziga tabassum yugurgancha Maftunani istiqboliga chiqdi.
- Voy asal qizim! Yaxshimisiz? Uydagilar Nargizaxon, singliz Malikaxon ham yaxshilarmi?
- Allohga shukr, hammalari yaxshilar, salom aytishdi.
- Qani tashqarida turmay, ichkariga kiring qizim...
Birgalashib ichkari xonaga kirdilar. Maftuna gapni nimadan boshlashni bilmay anchagacha ikkilanib qoldi.
- Qizim, biram yaxshisiz-ki... Kechasi bilan sizni duo qilib chiqdim bolam! Bergan pullarizga uy to'lovlarini to'ladim... Ancha ko'nglim yorishdi. Ilohim baxtli bo'ling, tani joniz sog' bo'lsin!
- Onajon... Sizga bir sovgʻam bor edi...
- Voy... Sizni o'ziz Allohimning eng go'zal sovg'asisiz menga qizim...
Maftuna mamnun jilmaydi. Ko'zlarida allaqanday mehr balqdi. So'mkasidan sotib olgan o'sha mo'jazgina hovlining kalitini olib Soliha xolaning yaqiniga qo'ydi.
- Bu nima qizim?
- Bu sizning uyingizni kaliti onajon!
- Qanaqasiga? Tushunmadim qizim...
Maftuna yana o'shanday shirin jilmaydi.
- Mendan sizga hadya onajon! Shahardan o'zimizni uyimizga yaqinroq joydan bir kichkinagina hovli sotib olgandim... Bu o'sha hovlini kalitlari.
Soliha xola o'zlarini tutib turolmadi. Ko'z yoshlari quyilib oqaverdi.
- Yoʻq... Bolam... Ololmayman buni. Hali farzandli bo'lsangiz kerak bo'lib qoladi bolam...
- Ungacha yana ishlab bemalol ololaman... Bu chin ko'ngildan sizga... Men... Men...
Maftuna gapirolmay biroz qiynaldi.
- Behzod akamni kutdim... Ularni qaytishlariga umid qildim. Hali ham umidimni so'ndirganim yoʻq... Lekin... Uyimdagi vaziyat...
Soliha xola barchasini tushundi. Maftunaning hijolat chekib o'tirishini ko'rib yuragi ezilib ketdi.
- Bolajonim... Menga birni beribsiz, Allohim sizga mingni bersin. Meni shunday xursand qildingizki, buni tariflab berolmayman, qizim. Alloh sizdan va sizni tarbiya qilgan ota-onangizdan rozi boʻlsin!
Maftuna piqqillab yig'lab yubordi. Soliha xola ham yuzini yuvgan ko'z yoshlarini darsro'moli bilan artdi. Maftunani qo'llaridan tutdi.
- Sizni tushunaman bolam... Hammasidan xabarim bor... Uyizdagilarni norozi qilmang, oila quring... Ko'p farzandlaringiz bo'lsin ilohim... O'g'lim hali keladimi, yoʻqmi Alloh biladi... Siz umrizni o'tqizmang, qizim. Orqayizda singliz ham bor... Ota-onangizni qiynamang...
Maftuna indamaygina yuzini qo'llari bilan berkitganicha ancha yig'lab o'tirib qoldi...
* * *
Soliha xola yangi hovlisini ko'rib ichiga sig'may ketdi. Juda bejirim, fayzli ekan... O'rtasida chiroyli gulzori ham bor! Maftuna Soliha xolani va kvartirasidagi barcha narsalarni ko'chirib olib keldi. Narsalarni joylashtirdi. Uy hujjatlarini allaqachon Soliha xola nomiga rasmiylashtirib qo'ygan edi. Ularni xolaga tutqazdi.
- Onajon! Mendan rozi bo'ling... Tez-tez sizdan xabar olib turaman, singlimga ham aytaman, kelib turadi.
- Jonim qizim...!
Soliha xola yana yig'ladi. Maftunaning peshonasidan o'pdi.
- Baxtli bo'ling qizim...
Maftuna endi ketishi kerak. Uchrashuv vaqti ham kelib qoldi. Soliha xolaning mehr to'la ko'zlariga boqdi.
- Men endi boray... Bo'lmasam kechikaman.
- Qizim... Men sizdan aslo xafa emasman. O'g'limni 5 yil kutdiz... O'rnizda boshqasi bo'lganida allaqachon oila qurib ketgan bo'lardi... Qizim... Sizdan mingdan ming roziman. Boraqoling! Yaxshi yigit bo'lsa, o'sha inson bilan turmush quring... Sizni duo qilib o'tiraman bolam.
Maftuna ketdi. Soliha xola uning ortidan dard to'la ko'zlarini uzmay tikilib qarab qoldi.
* * *
- Assalomu alaykum...
Kichkina bir kafeda o'tirgan gabdali yigit Maftunaning ovozini eshitib xushyor tortdi. O'tirgan o'rnidan turganicha, mayin tabassum qildi.
- Va alaykum assalom... Maftunaxon. Yaxshi kevoldizmi? Charchamadizmi?
Yigit bir ko'rishda yoqimli va anchayin kelishgan edi. Turklarga o'xshatib soqol qo'yib olgan, o'rta bo'y... Ko'zlari biroz sarg'ishroq, sochlari ham tillarangga moyil...
Singan yuraklar (Hikoya)
5-QISM
Quyoshning zarrin nurlari yana yer yuziga sochildi. Kechasi sovuqdan dirdiragan atrofga yana iliqlik yugurdi. Bahorning havosi o'zi shunday bo'ladi... Quyoshning chiqishi odamlar qalbini shod qiladi. Havo biroz mo'tadil. Odamlar bahor payti ancha lanj va holsiz holda bo'lishadi. Bunga sabab qishda uxlagan tabiatning asta uyg'onishi va quyoshning elas - elas sochgan nurlari bo'lishi mumkin.
Rossiyadagi katta bir o'rmon. Hammayoq baland-baland daraxtlar bilan qoplangan... Havo anchayin sovuq. Bahzod va sheriklari tinimsiz ishlashmoqda. Daraxtlarni bir munchasini kesishdi... Og'irdan og'ir xodalarni bir necha yuz metn masofaga toshishdi. U yerdagi sex qurilish uchun yog'ochlar tayyorlar edi. Xullas ish judayam og'ir, tinim yoʻq...
Turkiyadagi ish yakunlangach bu yerga kelishdan oldin qochishni rejalashtirishgan edi, buni uddalay olishmadi. Qochishga uringanlari uchun hammasi itday do'pposlandi. Behzodning 3 ta tishi sindi, yuziga qarab bo'lmaydi, hammayog'i ko'karib ketgan... Boshqa yigitlarning ahvoli ham juda og'ir edi.
- Behzod aka...
Sarvar sochlarini paypaslagancha Behzodga yuzlandi.
- Aka... Qarang sochlarimni... To'kilib tushyapti-ku?!
Behzod qarasa haqiqatdan ham Sarvarning tepa va orqa qismidagi sochlari to'kilib ketibdi.
- Yaxshi ovqatlanmayapmiz... Sochga ham ozuqa kerakda ukajon.
- Aka bu azoblardan qachon qutulamiz?!
Behzod indamadi. Chunki bu savolning javobini o'zi ham bilmaydi. Lekin Alloh bor ekan, ularni aslo yolg'iz tashlab qo'ymasligiga ishonadi.
- Sarvar ukam... Xudoyim ko'rib turibdi-ku?! Inshaalloh bu yerlardan ketamiz.
- Inshaalloh aka... Inshaalloh!
Yana 2 yil o'tdi. Bu yillar davomida yigitlar shu o'rmon yaqinidagi yashirin sexda ishlashdi. Ularning holati juda og'ir va achinarli edi. Alisherning o'pkasi zaharlandi. Tinimsiz yo'tal tutib qoladi. Ba'zan yo'tal shunde kuchayib ketadi-ki, og'zidan qon keladi. Sarvarning sochlari butkul to'kilib ketdi. Yomon muhit, yomon sharoit va zaharli moddalar yosh, navqiron yigitlarni harob qildi!
- Bu ifloslarga qachongacha chidaymiz?! Men hoziroq bu yerdan ketaman! Jonimdan to'ydim aka! To'yib ketdim!
- O'zingni qo'lga ol, ukam! Hali qochamiz bu yerlardan...
- Qachon aka? Qachon?!
- Ozgina sabrli bo'l!
- Bu yerda mana bu isqirtlarga qullik qilgandan ko'ra, o'lib ketganim yaxshi!
- Esingni yedingmi, bola?! O'ldirvorishadi seni!
- Menga endi baribir!
Sarvar ishlayotgan joyidan 10 qadam uzoqlikda karta o'ynab o'tirgan rus yigitlarni oldiga bordi. Qo'lida otvyorka. Yigitlarning birini yelkasiga zarb bilan qo'lidagi otvyorkani botirdi. Gavdali rus yigitning bo'yni aralash yelkasi qip-qizil qon bilan belandi. Tezda atrofga odamlar to'planishdi.
- Aaaaaxxxxx! Durak! Svolich!
Rus yigitlar Sarvarni o'rtaga olib urishar, tepkilashardi. Behzod va qolgan yigitlar ham yugurib yetib kelishdi. Behzod Sarvarni urayotgan yigitni boshiga karta oldida turgan aroq shishasi bilan urdi. Shisha bo'laklari har tarafga sochilib ketdi. Yigitlar endi, Sarvar qolib Behzodni savalay boshlashdi. Bir rus yigiti pestalyotida 3 marta o'q otdi. Hamma o'q ovozini eshitgach urishdan to'xtadi. Uchala o'q ham Sarvarga qarab otilgan edi. Sarvar ko'ksini changallagancha shilq etib yerga yiqildi. Yigitlar baravariga Sarvarning tepasiga kelib yugurishdi.
- Sarvaaaaaar! Ukajon! Ukajon ko'zingni och!
Sarvar bazoʻr ko'zini ochdi. Hansirardi, ko'zlari suzilib ketar, nafas olishi tobora qiyinlashardi.
- Akalar...
Sarvar yotgan joyida bir qalqib ketdi.
- Akalar...
- Ha Sarvar?! Ukajonim...
- Bu yerdan... Bu yerdan qocholsangiz, onajonimdan xabar olinglar! Men... Men ularni judayam sog'inganimni aytinglar...
Behzod ham yigitlar ham yig'lashdi. Bu yoshgina yigitchaning hali hayotdan umidlari ko'p edi.
- Akalar... Men Farg'ona shahri, Istiqlol ko'chasida turaman... Onamni ismlari Mahliyoxon... Jon aka!
Behzod ham, Maftuna ham bir og'iz gapirishga o'zlarida kuch topa olishmadi. Ularning o'rniga ko'zlari suhbatlashishar, qalblari so'zlashar edi... Shu payt Soliha xola ichkari uydan shoshilib chiqdi.
- Ichkariga kiring qizim... Keling.
- Yoʻq xolajon... Shu yerda o'tiraqolaman... Sizni ovora qilgim yoʻq.
Maftuna hovli chetidagi so'riga borib omonatgina o'tirdi. Lekin ko'zlari hamon Behzodda edi. Soliha xola mayli degancha Maftunaning oldiga kelib o'tirdi. Uzundan uzoq duo qildi.
- Men choy qo'ygandim, shunga qarab kelay qizim...
- Xolajon hecham ovora bo'lmang iltimos...
- Ovorasi yoʻq qizim. Men hozir...
Soliha xola oshxonaga kirib ketgach, Behzod asta Maftunaning oldiga yaqinlashdi. Ro'parasiga kelib o'tirdi.
- Yaxshimisiz Maftunaxon?
- Shukr... Eson-omon kelibsiz...
- Haa... Alhamdulillah. Keldim.
- Meni kechiring...
Maftunaning ovozi titrab ketdi. Lablarini asta tishladi... Ko'zlarini Behzoddan uzdi... Yig'lab yubormaslik uchun olis-olislardagi bulutlarga qaradi.
- Kutaman deb... Kutolmadim. Ahdimizga vafo qilolmadim...
Behzod asta jilmaydi. U jilmayardi-yu lekin yuragidan qon sizib oqayotgandek vujudi azoblanayotgandi. Maftuna undan atigi 2 qadamcha narida, ro'parasida o'tiribdi! Uzatsa qo'li yetadi! Lekin endi unga barmog'ining uchini ham tekkizolmaydi. Yuzlarini, yanoqlarini silab erkalolmaydi. Bag'riga bosolmaydi... U endi unga butkul begona, u endi boshqasining yori... U uchun endi Maftuna bir nomahram ayol xolos...
- Sizdan xafamasman... Alloh sizdan hamisha rozi boʻlsin. Onamga o'z onangizdek g'amxorlik qilibsiz. Men uchun bundan ortiq baxt yoʻq...
- Nega ketyapsiz? Men tufaylimi?!
- Shunday qilish kerak... Men bu yerda ortiq yasholmayman, nafaqat bu uyda, balki bu joylarda, bu shaharda yasholmayman! Endi ko'rishmasligimizni Allohdan so'rayman. Ilohim yo'llarimiz boshqa kesishmasin...
Maftuna Behzodning ancha o'zgarganini sezdi. U oldingi Behzod emasdi. Hayot zarbalari unga ancha tasir qilgan, uni ancha mulohazali kishiga aylantirib qo'ygan edi.
- Qayerga ketmoqchisiz?
- Bilmadim... Balki Toshkentga, balki Samarqandga...
- Haa...
Oshxona eshigi ochilib qo'lida choynak ko'targanicha Soliha xola yetib keldilar.
- Qizim sog'-omonmisiz? Uydagilar hammalari yaxshimi?
- Shukr... Yaxshilar. Salom aytishdi.
- Salomat bo'lishsin!
Maftuna endi ketishi kerak edi. Mana Behzod bilan ko'rishdi. Qiziq... Juda ajib holat! Behzodga nisbatan hech narsani his qilmadi! Oldin uni ko'rsa yuragi juda tez urar, qalbida yoqimli tuyg'ular uyg'onar edi. Yoʻq! Bu safar unday bo'lmadi! Maftuna tushundi. Allaqachon Behzoddan ko'ngli sovib bo'lgan ekan!
- Endi men boray... Safarga chiqyapsizlar ekan onajon... Safarlaring bexatar bo'lsin. O'g'lizni ham ishlari yurishib ketsin, yaxshi kelin oling...
Maftuna turdi. Soliha xola bilan quyuq xayrlashdi. Biroz yig'i-sig'i qilib oldilar.
- Sizga ham xayr... Duo qilaman, yaxshi qiz topib uylaning. Baxtli bo'ling...
- Siz ham... Ilohim.
Maftuna darvoza hatlab tashqariga chiqdi. Telefonini olib eriga qo'ng'iroq qildi.
- Alooo, eshitaman!
- Jonim!
- Labbay gulim... Gapiravering!
- Meni olib ketasizmi, yoki o'zim ketaveraymi?
- Iyii, darrov qaytyapsizmi, hali 1 soat ham bo'lmadi-ku?!
- Bo'ldi. Ko'rdim, gaplashdim... Yaxshikanlar. Olib ketasizmi dedim?
- Jonim... Hozir kecha aytgan bolani operatsiyaga tayyorlashyapti. Uzog'i 2 soatda bo'shasam kerak. O'ziz ketavering.
- Allohim shifosini bersin! Xoʻp hayotim, biroz do'kon aylanmoqchiydim...
- Xoʻp bemalol... Unaqa uzoq ko'chada yurmang, kerakli narsalarni olingda uyga boring... Puliz bormi? Yo tashlab qo'yaymi?
- Bor jonim... Bemalol ishizni qilavering!
- Xoʻp...
Maftuna ancha yengil tortdi. Shahar markaziga kelib biroz do'kon aylandi. O'zida bir nechta ro'mol sotib oldi. Kosmetikalar oldi. Kitob oldi...
- Va alaykum assalom...
Nodir aka Behzodni bag'riga bosdi. Beixtiyor ko'zlariga yosh keldi.
- Qani, kiring ichkariga.
Birgalashib hammalari ichkariga kirdilar. Behzod anchagacha gapni nimadan boshlashni bilolmay qoldi. Nodir aka ham, Nargiza opa ham, Malika ham jim edilar. Hamma o'z ko'nglicha nimalarnidir o'ylay ketdi. Nargiza opa "Hozir Maftunani so'rasa, nima deb javob beramiz...?"deya o'ylar, qandaydur ichki hijolatchilik yuzida namoyon bo'lar edi. Nihoyat uzoq choʻzilgan sukutni Malika buzdi.
- Aka... Ancha qiyinchilik ko'ribsiz... Vatanga qaytishingiz ham oson bo'lmagandir?
- Haa... Yaratgan bizni tashlab qo'ymadi, alhamdulillah... Biz ham hech vaqt undan umidimizni uzmadik. Qilgan sabrlarimiz, Allohga xush keldi... Uning sinovi og'ir bo'ldi, biz shu 5 yil ichi juda koʻp qadrli narsalarimizni yoʻqotdik... Sog'ligimizni, yoshligimizni, orzularimizni... Lekin bu bilan hayot to'xtab qolmadi. Biz Allohning izni va karami ila qaytdik! Onamizning diydoriga to'ydik! Yaqinlarimiz bag'rini to'ldirdik!
Behzodning gaplari hammani yig'latdi. Behzod bir oz nafas rostlagach yana gapida davom etdi.
- Eshitdim.... Maftuna... Yo'g'ee, Maftunaxonni turmushga beribsizlar, ilohim baxtli bo'lsin... Tanlagan insoni bilan uzoq yil shod xurramlikda yashasin!
Nargiza xola ham, Nodir aka ham biroz o'ng'aysizlandi.
- O'g'lim... Sizni qaytishizni rossa kutdik. Shaxsan o'zim nechta joydan izladim... Keyin... Keyin odamlarning gap so'zlari urchib ketdi. Shunga majbur bo'ldik.
- Mayli... Alloh peshonamizga yozmagan narsa bizniki bo'lmaydi hech qachon. Maftunaxon menga, men esa unga nasib qilmagan ekanmiz, na chora?! Taqdirga tan berishdan boshqa iloj yoʻq. O'zingizni ayblamang, iltimos. Axir aytiahadi-yu Bandasini ming yugurgani - Allohni bir buyurgani deb. Biz qancha harakat qilmaylik, baribir Allohimning aytgani bo'ladi.
- To'g'ri aytasiz o'g'lim. Sizdek aqlli, tushungan yigitni tarbiya qilgan onangizga rahmat!
Behzod jilmaydi. Uning lablari jilmayardi-yu, lekin ko'zlari kulmasdi. Ko'zlaridagi iztirob yaqqol ko'rinib turar edi.
- Onajon...
Behzod Nargiza opaga yuzlandi. So'mkasidan uy hujjatlarini oldi.
- Bu qizingiz oyimga sovgʻa qilgan uyni hujjatlari. Olib qo'ying...
Nargiza opa keskin bosh chayqadi. Nodir aka ham Behzodning bu ishidan ranjidi.
- Nimalar qilyapsiz o'g'lim?! Axir bu hadya-ku?! U qaytarib olinmaydi!
- Onajon... Iltimos oling... Men bu uyda yasholmayman... Bu uy menga azobli sevgimni doim eslatib turadi... Qizingiz, Alloh undan rozi bo'lsin! Onamni hecham yolg'izlatib qo'ymabdi. Doim hollaridan xabar olibdi. Oylab ishlab pul yigʻib olgan uyini onamga beribdi.
Behzod shu gapni gapirib yig'lab yubordi. Nodir aka va Nargiza opadan uyalganidan yuzini yerga qaratdi. Lekin ko'z yoshlarini hech ham to'xtatolmadi.
- Maftunadan ham, sizlardan ham xafamasman. Barchalaring samimiy, ochiqkoʻngil insonsizlar... Lekin bu uyni qabul qilolmayman. Men va onam boshqa joyga ko'chib ketmoqchimiz, bu yerlardan uzoqroqqa ketamiz...
- Lekin qiynalib qolasizlarda o'g'lim...
- Alloh suygan bandasiga qiyinchilik beradi... Mayli qiynalsak ham, bir amallaymiz. Inshalloh qiyinchilikni bergan Alloh, yengillikni ham beradi!
Nargiza opa bazo'r uy hujjatlarini oldi. Behzod ketish uchun asta o'rnidan qo'zg'aldi.
- Men endi boray... Uyda qilinadigan bir qancha ishlar bor. Narsalarimizni hozirlayapmiz... Erta-indin ketamiz. Ketayotib uy kalitini albatta tashlab ketaman!
- Xoʻp o'g'lim. Qayerda bo'lsangiz ham Allohimni panohida boʻling.
- Rahmat ilohim...
* * *
Maftuna Behzodning uyni qaytarib berganini va tez kunda bu yerlardan uzoqqa bir umrga ketishini eshitib yuragini changallab qoldi. Xuddiki kimdir o'tkir tig'li pichoqni ko'ksiga qayta-qayta zarb bilan botirib olayotgandek joni azoblandi. So'nggi bor bo'lsada uni yaqindan ko'rsaydi! So'nggi bor ovozini eshitsaydi! Lekin... Qanday boradi?! Qanday u bilan gaplashadi?! "Bir yoʻlini topishim kerak... U bilan gaplashib olishim shart!" Maftuna o'ylay-o'ylay bir ilojini topgandek bo'ldi.
Singan yuraklar (Hikoya)
9-QISM. FINAL
Elas-elas esayotgan shabboda Behzod yotgan xonaga kirdi. Derazalar ochib qo'yilgan, mayin shabboda og'ushida uy ichidagi yupqa pardalar asta raqs tushayotgandek hilpiradi. Behzod yostiqdan boshini ko'tardi. Soat 10 ga yaqinlashib qolibdi. Hovlida onasi nimadurlar qilib kuymalanib yuribdi. Behzod keng yelkalarini ochib kerishdi. Yotgan o'rniga, xona ichiga sinchiklab qaradi. Biroz shu holatda o'tirdi. So'ng uyqusi biroz ochilgach, hovliga tushdi... Hovlini kuzatdi. Ichida qandaydur g'alayon uyg'ondi. O'zini ojiz va juda faqir his qildi. Maftuna qiz bola boshi bilan ishlab uy olibdi, Behzodchi?! Shuncha yil yashab nimaga erishdi o'zi?! Na uyi bor, na mashinasi, na bir tayinli ishi...
Behzoddagi kuchli oriyat yana qo'zg'aldi. Bu hovlida yashay olmasligini tushundi. "Men erkakman! Onamni o'zim taʼminlashim kerak... O'zim ishlab uy olishim, o'zimni o'zim eplashim kerak! Qalban Maftunadan minnatdorman, shuncha yil umid qilib kutibdi-ku?! Onamga ham g'amxo'rlik qilibdi... Allohim baxtini butun qilsin! Lekin u olib bergan bu hovlida yasholmayman! Erkak bo'la turib ayol kishini uy-joyida yashashga or qilaman! Keyin... Bu hovli menga uni eslatadi..." Behzod shu xil o'y-hayollar bilan hovlida ancha vaqtgacha turib qoldi. Onasi Soliha xola oshxonadan chiqib o'g'lini chaqirdi.
- O'g'lim! Behzodjon...
- Labbay ona!
- Kelaqol bolam, ovqat tayyor! Suzyapman...
- Xoʻp ona hozir boraman...
Behzod asta uyga kirdi. Onasi allaqachon dasturxonni tayyorlab qo'ygan ekan.
- Kel bolam...
Behzod kelib stulga o'tirdi. Onasi choy quyib uzatdi.
- Ona... Ovqatlanib bo'lgach menga uyni hujjatlarini olib chiqib bersangiz...
Soliha xola o'g'lining gapidan hayron qoldi. "Nima qilmoqchi o'zi bu bola? Uyni sotib yubormoqchimikin?!"
- Nimaga o'g'lim...?
- Onajonim... Faqat meni to'g'ri tushuning, bu hovlida yasholmaymiz.
- Tushunmadim bolam... Nega unday deyapsan?!
- Ona. Bu hovlini Maftuna bergan dediz. Meni bu hovlida yashashga oriyatim yoʻl qo'ymayapti... Axir erkakman, ayol kishini uyida qanday yashayman?!
Soliha xolaga o'g'lining mana shu qaysarligi sira yoqmaydi. Mana shu qaysar feʼli, g'ururi sabab Maftunaning taklifiga ko'nmay chetga chiqib ketgan edi. O'shanda qaynotasini yordamini qabul qilganida edi, hozir Maftuna bilan birga bo'lmasmidi?! Qo'sha-qo'sha farzandlar ko'rmasmidi?! Bu bolaning oriyati shuncha qiyinchilikka uchrasada sinmagan edi.
- Bu sovg'a o'g'lim... Keyin bu uyni Maftunaxon senga emas, menga hadya qilgan bolam! Hozir bu uyni qaytarsang, biz qayerda yashaymiz... Yana uy olaman deb chetga chiqib ketasanmi?!
- Onajon tushunmayapsiz meni... Men o'zim ishlab olaman inshaalloh! Ungacha ijarada turib turamiz...
- Nima?! Sen bola esingni yeb qo'yibsan! Mana shu g'ururliliging bir kun boshingga yetadi bilib qo'y! Axir shuncha azob yutib kelding-ku bolam... Yoshing ham 30 ga yaqinlashib qoldi. Sen uy olaman deb ishlasang yana umring o'tadi-ku?! Seni uylantirib baxtingni ko'ramanmikin degandim...
Soliha xola yig'ladi. Ro'molining cheti bilan ko'z yoshlarini artdi.
- Bu ketishda qachon uylanasan? Qachon men ham nabiralarimni jajji qo'lchalaridan tutib o'ynatarkinman...?
- Onajon... Xafa bo'lmang iltimos. Mana ko'rasiz hammasi bo'ladi Xudo xohlasa. Uylanaman ham, bir shiringina oilamiz bo'ladi. O'zimizning uyimiz bo'ladi! Hammamiz baxtli yashaymiz... Yigit kishining omadi yo'lda bo'ladi deyishadi. Menga ham Allohimni atab qo'ygan ajrlari bordir. Inshalloh albatta yorugʻ kunlarimiz keladi. Faqat... Faqat avval shu uyni o'z egalariga topshirishimiz kerak ona... Meni tushunishga harakat qiling, iltimos...
Behzod ipriklarini tez-tez pirpiratganicha yonib-kuyib gapirar edi. Keyin biroz gapirishdan to'xtadida, boshini quyi soldi. Hasta, siniq va judayam og'ir bir dard bilan gapirdi.
Malikaning ota-onasi bu safar kelgan sovchilarni quruq qaytarishmadi. Bir haftadan keyin unashtiruv bo'lishi ma'lum qilindi.
* * *
Sotilgan yigitlarning barchalari oilasining bag'riga qaytdilar. Bahodirning sevgan qizi allaqachon oila qurib 2 nafar farzandning onasiga aylanibdi. Bahodir Sevaraning uni kutolmasligini allaqachon taxmin qilib bunday zarbaga avvaldan o'zini tayyorlagani uchunmi uncha hayron bo'lmadi. Toʻgʻri bir hisobda xafa bo'ldi lekin tushkunlikka tushmadi. Behzod esa Maftunaning turmush qurganini eshitgan kunidan beri o'zini yo'qotib qoʻydi. Anchayin odamovi bo'lib qoldi. Birov bilan gaplashgisi ham kelmaydi... Temur uyiga kelsa kelinoyisi va jiyanlari uni yig'lab qarshilashdi. Akasi bundan uch yilcha oldin vafot etib ketganini eshitgan Temur qabristonga borib akasining qabri ustida dod solib yig'ladi.
- Jonim akam! Meni kechiring! Kechiring akajon! Men ahmoq aldanib qolmaganimda edi, siz uchun pul joʻnatolganimda edi, siz o'lmagan bo'lardiz aka!
Uni kuzatib turgan kelinoyisi asta yaqinlashdi. Tiz choʻkib o'zini ayblagan ko'yi yig'lab o'tirgan Temurning yelkasini ushladi.
- Temurbek... Akangizni o'limida sizni aybingiz yoʻq... Bu Xudoyimni ishida! Nima ham qila olardik! O'zizni ayblab ich-etizni yeganiz bilan akangiz qaytib kelarmidi?!
- Kennoyi! Akam men uchun ham ota, ham ona bo'ldilar! Ularni qanday yaxshi koʻrardim! Men agar kallamni ishlatib ishonchli yoʻl bilan ishlagani ketganimda edi, bunday bo'lmasdi-ku?!
- Bo'ldi qiling... Bu Allohning taqdiri axir! Unga isyon qilmang. Baribir vaqtni orqaga qaytarolmaymiz. Bunaqa yig'lab akangizni ruhini chirqiratmang! Undan koʻra haqlariga duo qiling...
Temur biroz o'zini o'nglab olgach, Mulk surasini o'qidi. So'ng qo'llarini duoga ochdim.
- Allohim akamni yotgan qabrlarini nurga to'ldirgin. Borgan joylarini Jannatdan qilgin. Qiyomatda diydor ko'rishishni nasib etgin!
Alisher kelib huvillab yotgan uy birdan to'lib qolgandek bo'ldi. Advakatlikni orzu qilgan bu yigit salkam 30 yoshga kirdi. Ota-onasi, qon-qarindoshlari uni ko'rib suyunishdi. Alisher ko'rgan kechirganlarini yaqinlariga aytib berdi. Uning begona yurtda kechgan qullikdagi hayoti hammani yig'latdi. Endigi masala unga yaxshi bir qiz topish va uylantirib qo'yish edi...
Faqatgina bir xonadondagi ona farzandini diydoriga yetmadi, hatto murdasini ham ko'rmadi. Maxliyo xola o'g'li Sarvar uchun aza ochgan, egniga qora libos kiyib o'g'lining haqqiga yigʻlab duolar qildi. Sarvar ketgan payti endigina 19 ga kirgan edi. Hali hayotdan umidlari juda koʻp edi. "Onajon bir yaxshilab ishlab kelay, dadamning barcha qarzlaridan qutulamiz, keyin kelib tinmay o'qiyman... Keyin singillarimni ham o'qitaman!"degandi. Dadasi ichkilikka berilib ketdi. Juda koʻpchilikda shu zaqqumni ichaman deya qarzlar oldi. Oxiri bu zahar boshiga yetdi. Jigari butkul ishdan chiqib qiynalib-qiynalib jon berdi. Bu odam tirikligida ichib kelib janjallar qilib oilasini kuydirgan boʻlsa, o'lganidan keyin qarz bergan odamlar kelib bu oilani qon qaqshatishdi. Keyinchalik bilishsa, bu odam ichkilikdan tashqari qimor ham o'ynar ekan. Qimor uchun ham bir katta sutxordan qarz olgan va yutqazib qo'ygan... Xullas tarbiyasiz, loqayd bir otaning qilmishlari sabab Mahliyo opa va farzandlari azobda qoldilar. Dadasi o'lganida Sarvar 17 yoshda edi. Avvalgi bir yilga yaqin qarz bergan kishilar kelishmadi. Keyingi yildan ketma-ket pullarini so'rab kelaverib Maxliyo xolaning halovati buzdilar. Oxiri Sarvar chetda ishlab dadasining qarzlarini yoqmoqchi bo'lgan edi... Aldanib qoldi. U yoʻq payti Maxliyo xolaga kuchli taziqlar qilishdi. Qarz bergan kishilar nima qilib bo'lmasin pul undirish maqsadida Maxliyo xolaga tahdidlar qildilar. Oxiri Maxliyo xola politsiya hodimlariga oʻzining ahvoli haqida ma'lumot berib, yordam ko'rsatishlarini so'radi. Mana shu 5 yil Maxliyo xola uchun nihoyatda sinovli va azobli kechdi. Bechora ayol beva boshi bilan tong sahardan mardikorlikka qilgani chiqib ketar, shomga yaqin belida bel qolmay, qo'l oyoqlari qaqshab og'riganicha uyga kirib kelar edi...
Singan yuraklar (Hikoya)
8-QISM
Kunning issiq taftidan hammayoq qizib ketdi. Odamlar endi o'zlariga soya salqin joylarni axtara boshlaydigan paytlar keldi. Behzod haqidagi xabar Jinoyat qidiruv boʻlimiga yetib kelgach, uni hujjatlari tiklandi va O'zbekistonga qaytarib olib kelindi. Uni ham do'stlari joylashgan shifoxonaga o'zini bir muncha o'nglab olishi uchun yotqizdilar. So'roq-savollar boshlandi. Tergov ishlari nihoyalangach, bu yigitlarni sotib yuborgan Otabek (Adiz) ga nisbatan sud ishi ko'rildi va 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Soliha xola o'g'lining qaytganini eshitgan kuniyoq yuragi hapqirganicha uning diydorini ko'rish, bo'ylarini tuyish uchun yetib keldi. Behzod o'z palatasida derazaga qaragan ko'yi nimalarnidir hayol qilib o'tirar edi. Soliha xola uni ko'rdiyu ko'zidan daryodek yosh oqib ketdi. Joni hiqildog'iga kelganicha hasrat, dard, alam, sog'inch kabi hislarini jamlagan holda bor ovozda baqirib yubordi.
- O'g'liiiiiiiim! Behzodim! Jonim bolam!
Behzod ortiga o'girilib qaradi. Onasi ko'rdiyu ko'zlariga ishonolmagandek tikilib qarab qoldi. Soliha xola yugurib kelib o'g'lining bo'yniga osildi. Yig'laganicha Behzodning yuzlaridan, ko'zlaridan o'pa boshladi.
- Jonim bolam keldingmi?! Seni kutaverib ko'zlarim toʻrt bo'lib ketti-ku! Sog'indim...
Behzod yig'lamsiragan ko'yi hiqilladi.
- Men ham judayam sog'indim ona!
Ona-bola anchagacha quchoqlashib turdilar. Soliha xola o'g'lining yuzlariga, qop qora koʻzlariga mungli qaradi.
- Ozib ketibsanku bolajonim! Rangingda rang qolmabdi... Sochlaring ham... Ehh bolajonima! Rossa qiynalgandirsan?!
Behzod o'zini tutib turolmadi. Shuncha yillik azoblari, ko'rgan kechirgan kunlari alamidan yig'lab yubordi.
- Ona! Itni kunini solishdi boshimizga! Haftalab bir to'g'ram non yemagan kunlarimiz boʻldi.
Behzod hiqillab ancha yig'ladi. O'ziga kelib, yengillab olganidan so'ng yana gapini davom ettirdi.
- Ko'rmagan kunimiz, yemagan tayog'imiz qolmadi. Lekin Allohga shukr... Mana diydorlashdik ona! O'sha yoqlarda o'lib ketganimda nima bo'lardi?!
- Alhamdulillah! Seni menga qaytarib bergan Robbimga hamdlar bo'lsin!
- Alhamdulillah... Men sizni har kuni esladim, har kuni sog'indim... Allohga tinimsiz duolar qilardim. Mana nihoyat duolarim ijobat bo'lib qarshingizda turibman.
- Ming shukr bolam, ming shukr!
Behzod onasini asta bag'riga bosdi. Ko'zlarini yumdi...
- Behzod o'g'lim?
- Labbay onajon...
- Senga bir gapni aytishim kerak...
- Qanday gap bemalol aytavering onajon?
Soliha xola Maftunaning turmush qurganini aytaman deb endi og'iz juftlagandi hamki eshik ochilib shifoxona bosh vrachi kirib keldi. Behzod uni ko'rib salom berdi.
- Va alaykum assalom... Behzodjon ahvolingiz ancha yaxshi... Yelkangizdagi jarohat bitib qolibdi. Ruhiy tomonlama ham menimcha birmuncha o'zingizni o'nglab oldingiz?
- Haa... Ancha yaxshiman doktor.
- Yaxshi. Uyingizga javob beramiz. Bugun ketishingiz mumkin. Jarohatingiz uchun balzam yozib beraman yana bir-ikkita hotirjamligingiz uchun asabga oid vitaminlar yozaman. Albatta ichishingiz kerak.
- Xoʻp bo'ladi.
Doktor bu safar Soliha xolaga yuzlandi.
- Opajon... Hozircha Behzodjonga faqat parhez taomlari tayyorlab bering. Sababi zaharli moddalar ichki organlarini zaharlagan... O'pkasi va buyragida hetishmovchilik aniqlangan. Biz barcha muolajalarni qildik, qo'limizdan kelgan yordamni ko'rsatdik. Bir oy faqat parhez qilsinlar keyin yana meni oldimga kelasizlar. Har oy tekshiruvdan o'tib turishi kerak...
- Xoʻp doktor. Albatta kelamiz. Aytganingizdek qilaman.
- Yaxshi.
Doktor qo'lidagi daftarchaga nimalarnidir yozdi. Shirt etib varoqni yirtib oldi va Soliha xolaning qo'liga tutqazdi.
- Mana bu barcha kerakli dori darmonlar.
- Xoʻp rahmat...
- Salomat bo'linglar!
Doktor chiqib ketgach, Behzod onasiga charchagan nihohlarini qaratdi.
- Rossiya davlatiga sotib yuborilgan 5 nafar fuqarolarning 3 tasi Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan topilib Vatanimizga qaytarildilar. 1 nafar shaxs Fargʻona shahrida yashovchi Sarvar Omonov o'sha yerda vafot etdi, marhumning murdasi hali topilmadi. Uning vafoti haqida sheriklari ma'lumot berdilar. Behzod Karimov ismli yigit esa, izsiz yo'qolgani ma'lum bo'ldi...
Maftuna qo'lidagi chashkani tushirib yubordi. Qaynoq qahva oyog'iga to'kildi. Mustafo o'rnidan tezgina turib Maftunani oldiga yugurdi.
- Jonim nima bo'ldi?! Oyog'iz yomon kuymadimi?
- Yoʻq...
Maftuna engashib oyog'ini siladi.
- Qo'limdan tushib ketdi... Hozir boshqa tayyorlab kelaman.
- Yoʻq kerakmas! Keling...
Maftunaning xushi o'zida emas edi. Hozirgina eshitgan xabari uni ganghitib qo'ydi. Fikrlari chalkashib ketdi. "Nahotki bu Behzod bo'lsa?! Izsiz yo'qoldi dedimi?"
- Maftuna...
Mustafoning ovozi Maftunaning o'ylarini uchirib yubordi.
- Tuzukmisiz gulim? Rangiz oqarib ketdi...
- Yaxshiman tashvishlanmang... Bugun biroz charchadim shekilli...
- Mayli. Unda siz kirib damizni oling xoʻpmi? Men biroz televizor ko'rib keyin kiraman.
- Xoʻp.
Maftuna asta o'rnidan turib yotoqxona tomon kirib ketdi. Anchagacha o'ylanib uxlolmadi. Ichida pichirlab duo qildi... "Allohim uni o'zing asra! Eson-omon qaytib kelsinlar!"
* * *
- Behzod... Siz haqingizda O'zbekiston elchixonasiga xabar berdik. Sizni anchadan buyon qidirishayotgan ekanlar. Inshaalloh ertaga Vatanda bo'lasiz!
Azamat akaning bu xabari Behzod uchun bahorgi quyosh singari yoqimli bo'ldi. Yelkasidagi jarohat ham ancha bitib qoldi. Alhamdulillah! Endi uyiga qaytadi! Endi onasining diydorini ko'radi! Behzod xursandchiligidan beixtiyor ko'zlariga yosh keldi. Yigitlardan uyalganidanmi ikki kafti bilan yuzini yopganicha to'lib-to'lib yig'ladi...
7-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira
⏰31.01.2025
8 qism bu kanalga qo'yilgan👇
/channel/Gaplarim_Sahifalar
/channel/hikoyalar
- Baxting butun bo'lsin bolam! Umr yoʻldoshing bilan saodatli bo'l. Serfarzand, serdavlat bo'linglar ilohim!
Duo uchun ochilgan qo'llar fotiha tortdilar. Maftuna onasi Nargiza opa bilan uzoq quchoqlashib xayrlashdi. Nargiza opa qizining ortidan yig'lab qoldi...
* * *
Nodir aka qizining to'yidan keyin yana Jinoyat qidiruv bo'limi boshqarmasiga bordi. Biron yangilik bo'lib qolgandir deya, surishtirish uchun kelgandi. Soliha xola Maftunaning to'yiga kelganida, unga Behzod haqida aytgan edi. Soliha xolaning yuzlarini ko'z yoshi yuvdi.
- Aka... O'g'lim topilarmikin?! Sheriklarini topishibdi-ku?!
- Solihaxon... Men bu bilan shaxsan o'zim shug'ullanyapman. Albatta tez orada uni topamiz...
Nodir aka boshqarmada ancha vaqt o'tirib qoldi. Va nihoyat Boshqarma boshlig'i Suxrob To'rayevman kirib keldi.
- Suxrob aka... Tinchmisiz? Ertalabdan buyon kutib o'tiribman.
- Assalomu alaykum Nodir aka! Meni yuqoriga chaqirib qolishgandi. Uzr kuttirib qo'ydim.
- Ha mayli, hechqisi yoʻq... Behzod haqida biron yangilik bormi? Shuni bilgani kelgan edim.
- Bir necha rus yigitlari boshlig'ining buyrug'i bilan, Behzod hastalanganidan keyin, ishga yaroqsiz bo'lib qolgani uchun o'rmon chetiga yovvoyi hayvonlar yeb ketishi uchun tashlab kelingan ekan. Qidiruv guruhidagilar Behzodni na o'zini, na murdasini topisholmabdi. Menimcha u tirik! Qayergadir yashiringan yoki uni kimdir qutqargan ham bo'lishi mumkin. Xudo xohlasa tez orada yangilik bo'lib qoladi.
Nodir aka ancha yengil tortdi. Demak u tirik bo'lishi mumkin. Bechora onasi uni ko'rib judayam quvonsa kerak?! Behzod ham bu yovuzlarni qo'lida qay azoblarga chidadi ekan?! Qanday kunlar boshiga tushdi ekan?! Balki och qolib ketgandir? Balki sovuqdan badani muzlagandir. Sochlari, tishlari to'kilgandir... Alp qomat gavdasi bukilib ozib-to'zib ketgandir?! Nodir aka Behzodning ahvolini hayolida o'ylay ketdi. "Yoshgina yigit boshiga shuncha azob ko'rdi bu bola... Ishqilib endi Allohim unga ham baxt ato qilsin. Avvalosi, eson omon topilsin. Yurtimizga qaytib kelsin..." Shu topda Nodir akaning hayoliga boshqa o'ylar kela boshladi. "Behzod qaytib kelsa va Maftunaning turmush qurganini bilsa qay ahvolga tusharkin?! Ular bir-birlarini qanchayin sevishardi, axir!" Nodir aka qiziga Behzod haqida va bo'lgan voqealar haqida (Ularni sotib yuborgan shaxs topilgani, sheriklari qaytarib olib kelingani, Behzod izsiz yo'qolgani haqida) bir og'iz ham gapirmadi. Qizi yana Behzoddan umid qilib qolmasin dedi. To'yni to'xtatishini istamadi. Maftuna nima boʻlganda ham hozir baxtli! Mustafo uni juda hurmat qiladi, yaxshi koʻradi... Mana to'ylariga ham 1 oydan oshdi, Maftuna ancha o'zgargan... Ko'zlari baxtdan porlab turibdi. Behzodga ham Alloh baxt beradi inshaalloh!
* * *
Atrof anchayin issiq. Qandaydur yog'och uy... Behzodning tanasi asta isib, vujudiga jon qaytgandek bo'ldi. Ko'zlarini asta ochdi. Avvaliga qayerda yotganini faxmlay olmadi. Ko'zi suzilib ketaverdi... Boshi aylana boshladi. Havo harorati badaniga yoqqanidanmi yana uxlab qoldi.
Eshik ochilib ikka yigit kirib keldilar. Ularning qo'llaridan miltiq va to'rlar, temir tishli qopqonlar bor edi. Ular shu o'rmondagi ovchilar ekan. Xonada kiyikning shoxlari, tulki va silovsin po'stlari va boshqa shunga oʻxshash g'alatiroq narsalar juda koʻp edi.Yigitlar qo'aridagi narsalarni stol ustiga sekin qo'yishdi. Behzod uyg'onib ketmasin deya sekin pichirlashib gaplasha boshlashdi. Ular rus tilida so'zlashar, baʼzan ohanglari ko'tarikib ketar edi. Oxiri bittasi juda qizishib ketdi. Ovozi balant qo'yib ruschalab shang'illay boshladi. Behzod ularning ovozidan uyg'onib keldi. Yigitlar Behzodning o'ziga kelganini ko'rib quvonib kettilar.
- Men qayerdaman, sizlar kim sizlar?
- Ti uzbek?!
Behzod "Ha" degandek boshini silkitdi.
БУНДАН КЕЙИН СЕНИ ҲЕЧ ҚАЧОН ТАРК ҚИЛМАЙМАН
У қиз айтади:
“Тўй бўлишимга бир ҳафта қолганида бувим бетоб бўлиб қолдилар. У кишини шифохонага ётқизишди. Мен у кишини кўргани бордим. Борсам бувам жонлантириш хонасининг эшиги олдида эканлар. Йиғлаб ўтирибдилар. Бунақа аҳволни биринчи марта кўришим эди.
Шунинг учун бувамга: “Буважон йиғлаяпсизми?!”, дедим.
Бувам кўз ёшларини артиб туриб дедилар: “Бувинг жуда қийналаяпти, у менинг қалбимнинг бир парчасига айланган!”.
Мен бувамнинг гапларидан ажабландим. Билишимча бувам олдинлари жуда жиддий, мусибатларга тоғдай туриб бера оладиган кучли эдилар. Бугун эса бу қадар романтик!
Мен яна сўрадим: “Неча марта жанжал қилгансизлар? Бир-бирингизни қандай яхши кўрасизлар?”.
Бувам дедилар: “Кўп марталаб жанжал қилганмиз. Аммо бир-биримизга бўлган эҳтиромимизни ҳаётда бу камайтирмаган”.
Шунда мен ҳар нарсада мени айблайдиган, ҳатто кўринишимни гапирадиган ва бунинг натижасида унга бўлган эҳтиромимни камайтириб юборган мен фотиҳа қилинган куёвни эсладим.
Шунда бирдан хонадан шифокор чиқиб келди.
Бувам ўрниларидан туриб ҳаяжон ила сўрадилар: “Доктор! Унинг аҳволи қандай?”.
Шифокор деди: “Алҳамдулиллаҳ яхши. Кириб кўришингиз мумкин”.
Шунда бувам онасини кўришга ошиққан гўдак каби энтикиб хонага кирдилар. Мен у кишининг орқаларидан кирдим. Бундан ҳам гўзали бувимнинг бувамга бўлган муҳаббатли қарашлари бўлди. Мен бунақа қарашни ҳеч қаерда кўрмаганман.
Бувам бувимнинг қўлларидан ушлаб туриб дедилар: “Эй қалбимнинг бўлаги! Бемор бўлиб мени ёлғиз ташлаб кетаверасанми?!”.
Бувим кулдилар ва бувамнинг қўлларини қисиб дедилар: “Сиз ҳам олдинроқ амалиёт қилинганингизда мени ташлаб кетгандингиз! Энди сизни ташлаб кетмайман!”.
Узоқ вақт ажабланиб юрдим. Қандай қилиб шунақанги қийин шароитларга қарамасдан бунақанги алоқа бувам ва бувим ўрталарида эллик тўрт йил давом этди экан?!
Шу пайт куёв телефон қилиб қолди. У киши эрталабдан бери жавоб қилмаганимдан жуда ғазабланган эди. Телефонни кўтардим.
Нариги томондан баланд овозда: “Қаерда эдинг пасткаш!”-деган овоз эшитилди.
Бунақанги ҳолларда мен одатда керакли гаплар билан жавоб қайтарар эдим. Аммо бувамнинг гапларини эсладим: “Эр-хотиннинг ўртасидаги эҳтиром ҳаётдаги энг муҳим нарсадир!”. Мен унга дедим: “Менинг ҳаққимда хато қилманг!”.
У деди: “Қачондан бери ҳурматга сазовор бўлиб қолдинг?!”.
Мен қаттиқ ғазабланиб телефонни ўчириб қўйдим. Ўн дақиқа орасида ундан 100 дан ортиқ ҳақорат ва сўкишлар ёзилган хабар келди. Шу орада бувамга қараб қўйдим. У киши бувимнинг қўлларидан тутиб бир қўллари билан бошларини силар эдилар. Уларнинг олдидан кўзларимдан ёшлар оққан ҳолда чиқдим.
Ўзимдан сўрадим: “Муҳаббат нима ўзи? У менга унуштирилган йигитнинг муҳаббатими? Аммо унинг қиладиган ишлари муҳаббатга ҳеч ҳам далолат қилмас эди. Ёки муҳаббат деганлари бувамнинг бувимга қарашларими?! У кишидан ташвишланишларими? Улар қандай қилиб эҳтиромла ҳаёт ўтказишди?!”.
Эрталаб туриб оиламдагиларга мен у йигитга турмушга чиқмаслигимни айтдим. Ҳамманинг ҳуши бошидан учди. Улар менга қарши чиқишди. Аммо мен аҳдимдан қайтмадим. Фотиҳа бекор қилинди. Ҳаётимда илк бор тўғри қарор чиқарганимдан хурсанд эдим.
Мана бугун турмуш ўртоғимнинг ҳузурида ўтирибман.
Қизчам келиб менга: “Ойижон ! Мен сизни яхши кўраман”, деди.
Мен дедим: “Мен ҳам сени яхши кўраман. Нега бундай деяпсан?!”.
Қизчам деди: “Дадажоним ҳар доим сизни яхши кўришларини менга айтадилар. Шунинг учун сиз ҳам у кишини яхши кўрар экансиз. Мен ҳам мени яхши кўришингиз учун сизни яхши кўраман!”.
Эр-хотин ўрасида муҳаббат, эҳтиром нега кераклигини яна бир бор англадим. Катталарнинг гапларини эсладим:
“Фарзандларингга ҳар ишда ўрнак бўладиган, қалбингни жароҳатлаб қўйишдан қўрқадиган, болаларинг олдида сени беҳурмат қилмайдиган киши ила турмуш қургин!”.
Доктор Ҳассон Шамсий Пошо
- Sizga ishonaman...
Bu onlar, takrorlanmas lahzalar edi. Maftuna shuncha vaqt davomida Behzoddan boshqa yigitga qayrilib ham qaramadi. Unga hayolida bo'lsada hiyonat qilmadi. Kutdi. Butun vujudi bilan bir kun qaytib keladi deya ishondi. Umidini aslo so'ndirmadi. Lekin bari Allohning izmida emasmi?! Alloh xohlamasa gul ochilmaydi, quyosh chiqmaydi, suvlar oqmaydi, yomg'ir yog'maydi, qushlar sayramaydi... Dunyodagi hech bir ish Allohning xohishi va iznisiz bo'lmaydi!
Koʻngil Allohning mulkidir. Unga kimning muhabbatini solishini O'zi biladi. Maftuna hech ham o'ylamagan edi, bir kun kelib bir begona insonni quchog'ida bo'laman deb... U rostdan ham Behzodni sevar edi. Undan boshqasini umr yoʻldoshi sifatida tasavvur qilolmasdi. Lekin... Nima bo'ldiki bu yigitni yoqtirib qoldi... O'zi ham tushunmay qoldi. Behzodni hamon sevadi, biroq Mustafodan ham endi uzoqlasholmaydi. Bu ikki sohilning o'rtasida qolib ketgan kimsasiz kemaning holatiga o'xshaydi. Bir sohilda yuragi bo'lsa, narigisida esa o'zi ham bilmaydigan qandaydur hissiyoti turadi. Qay tomonga bormasin joni azoblanadi, qay sohilni tanlamasin hayoti kemtik boʻlib qolgandek tuyuladi...
* * *
- To'yni tezlashtirsak degandim...
- O'zi bir oy qoldi-ku?!
- Yanayam tezroq bo'lsachi?!
Maftuna kuldi. Mustafo uning shodon kulgusini tomosha qilib zavqlandi.
- Nega shoshasiz? Qochib ketayotganim yoʻq-ku?!
- Fikrizdan qaytib qolmang deymanda! Tezroq sizni o'zimniki qilib olsam deyman...
Maftunaning kulgusi to'xtadi. Nozik qo'llari bilan Mustafoning sochlarini siladi.
- Men shundoq ham siznikiman!
- Meni sevasizmi?
- Bilmadim...
Maftunaning javobi Mustafoga yoqmadi. "To'yimizga bir oy qoldi. U esa hamon o'shani o'ylaydi!" Mustafo Maftunani hatto hayollaridan ham rashk qila boshladi. Bundan alami keldi. Qovogʻini solib oldi.
- Nima gap? Nega kayfiyatiz tushib ketdi?
- Kayfiyatim yaxshi. Charchadim shekilli...
- Mendan jahliz chiqdimi? Rostini aytavering.
- Yoʻq... Sizdan jahlim chiqmaydi...
- Aldayapsiz...
Mustafo jim bo'ldi. Maftuna ham ortiq bir so'z demadi. Biroz shu holatda yonma-yon o'tirdilar... Endi tillar emas, qalblar so'zlashayotgandek edi go'yo. Maftuna Mustafoni anchayin rashkchi inson ekanligini allaqachon sezgan. Va uning bu rashkchiligi bir hisobda Maftunaning o'ziga ham yoqar, o'zini kimgadir kerakli, qadrli ekanligini his qilar edi.
- Mustafo aka... U o'tmishda qoldi. Men sizni tanladim. Va bu qarorimni aslo o'zgartirmayman...
- Men sizni o'zimni soyamdan ham qizg'onaman tushunyapsizmi? O'shani hayolizda ham o'ylashiz meni ichimni yemiryapti! Bu narsa meni qonimni qaynatib yuboradi... Siz ko'zlarimga qarab siznikiman deyapsizu, lekin... Ichizda...
Mustafo asabiy bosh chayqadi. Gapini yakunlolmadi. Bo'g'ziga nimadur tiqilib qolgandek bo'ldi.
- Axir boshida boshqasini yaxshi ko'rishimni bilgansiz-ku?! Bilib turib sovchi jo'natgansiz, bilib turib men bilan uchrashuvga chiqdiz. Menga nima degandiz yodizdami?! O'tmishiz menga muhimmas, muhimi kelajagimiz demaganmidiz?! Endi esa o'sha o'tmishimni yuzimga solyapsiz!
Maftuna yig'lab yubordi. Mustafo uni xafa qilib qo'yganidan afsuslandi. Darrov ovutishga urindi.
- Kechiring gulim... Unday demoqchimasdim... Sizni xafa qilmoqchimasdim ishoning! Sizni yaxshi ko'raman.
- Vaʼda bering... Boshqa menga u haqida gapirmaysiz! Yuzimga solmaysiz!
- Soʻz beraman jonim... Bo'ldi yig'lamang.
Mustafo Maftunaning ko'z yoshlarini asta artib qo'ydi. Qo'lidan tutib o'ziga tortdi. Bag'riga bosdi...
* * *
Nodir akaga bugun yana boshqarmadan qo'ng'iroq qilishdi. Turkiyalik shaxs yigitlarni kimga sotib yuborganini ma'lum qilibdi. 3 nafar o'zbek yigiti : Alisher Safarov, Bahodir Yoʻldoshev va Temur Murodovlar topilib O'zbekistonga olib kelinibdi. Ularning ahvoli uncha yaxshi emas. Alisherning o'pkasidagi zahar kuchayib tinmay qon tuflar, nafasi bo'g'ilib-bo'g'ilib qolardi. Bahodir ham 5 yillik azoblar oqibatida ancha qaddi bukulib qolgan, ranggida rang qolmagan edi. Temurning ham ahvoli sheriklarinikidan qolishmaydi.
- Menga ham shundan olib kelasiz...
Ofitsiant biroz o'tib aytilgan narsalarni olib keldi. Mustafo anchagacha gapni boshlolmay ikkilandi.
- Sizga nomerimni bergandim?
- Haa olib qo'yganman.
- Men uni bir chetga olib qo'yishiz uchun bermagandim...
Mustafo bir-ikki tomoq qirib oldi. Yana qo'llarini asabiy ishqalashni boshladi.
- Bir haftadan oshdi. Telefon qilasizmikan deb rossa kutdim...
Maftuna indamadi. Ko'zlarini iloji boricha Mustafodan olib qochishga urindi.
- Maftunaxon... Men romantik emasman. Men bir to'pori odamman. Ba'zilarga o'xshab gul olib, yumshoq o'yinchoqlar bilan yana shunga o'xshash narsalar qilib qizlarni ko'nglini olishga ustamasman ochig'i. Bunaqa narsalarga nono'qroqman... Lekin ishoning sizni chindan yoqtiraman.
- Yoʻq... Gap bunda emas... Men qo'ng'iroq qilmoqchi bo'ldim... Koʻp bor urindim. Lekin... Nimadur bunga yoʻl qo'ymadi.
Mustafo xomush tortdi. Maftunaga o'ychan ko'zlarini qadadi.
- Uni shunchalik yaxshi ko'rarmidiz?
Maftuna javob bermadi.
- Men tushunaman. Sizga qiyin... Agar menga ko'ngliz bo'lmayotgan bo'lsa, sizni majburlamayman... O'zimni yo'limdan ketaveraman.
Mustafo o'rnidan turish uchun qo'zg'aldi.
- Shoshmang, qayoqqa ketyapsiz?
- Menga imkon bermas ekansiz... Sizni ham o'zimni ham qiynashni istamayman, Maftunaxon.
- Men imkon bermayman demadim-ku?!
Mustafo asta o'rniga o'tirdi. Sekinlik bilan Maftunaning qo'lidan ushladi. Maftuna bir seskanib ketdi, lekin qo'lini tortib olmadi. Mustafoning qaynoq kafti, Maftunaning qo'lini kuydirdi. Bu issiqlik taftidan yanoqlari qizardi.
- Maftuna... Sizni sevaman gulim!
Maftuna sekin, lekin o'tinchli ohangda dedi.
- Doim yonimda bo'lasiz-aaa...? Meni tashlab ketmaysiz, to'g'rimi...?
- Gulim... Bir umr yonizda bo'laman.
* * *
Behzod yelkasidan qattiq jarohatlandi. Ustiga og'ir xoda tushib ketdi. Bir necha kun o'rnidan turolmay yotib qoldi. Uning hastalangani tabiiyki bu yerdagilarga yoqmadi. Hastalik tobora tanasini egallab borar, ko'z oldiga goh onasi, goh Maftuna kelar, badani cho'g'dek qizir edi. U yarim jon holda elas-elas tushlar ko'ra boshlari, goho uyqusi ichi baqirib, yigʻlab alahsiraydigan bo'lib qoldi. Oxiri uning bu holati boshliqni joniga tegdi. Uning buyrugʻi bilan bir guruh rus yigitlari Behzodni hasta tanasini opichlagancha mashinaga soldilar va o'rmonning eng chekka hududiga olib borib tashladilar. Bu yer u ishlayotgan sexdan ancha uzoq edi. Behzod o'zini ko'tarolmasdan yotar, atrof g'ira-shira qorong'u... Og'riq borgan sari kuchaydi. Birdan ko'zlari qamashdi. Tevaraklar yorishib ketdi. Keyin onasini ko'rdi. Yuzlarini, qo'llarini ajin bosib ketibdi, sochlari bo'ralab yoqqan qordek oppoq... U xomush emish, ko'zlari jiqqa yosh holida Behzodga bir og'iz ham so'z demadi. Behzod bor kuchini toʻpladi, tanasidagi kuch tiliga jo bo'ldi.
- Onajonim... Qayoqqa ketyapsiz... Meni yolg'iz tashlab ketmang... Ona!
Ko'zi yumuldi. Hozirgina ko'ziga ko'ringan yoriq ro'yo g'oyib bo'ldi. Behzod tinimsiz yo'tala boshladi. U sovuq qotar, badani muzlab ko'karishni boshladi. Birdan bo'rining vahimali ovozi yangrab ketdi.
- Aaaaaaaavuuuuu!
Tepada to'lin oy Behzodni bamaylihotir tomosha qilib turardi. Bo'rining ovozi bu safar balandroq jarangladi.
- Aaavuuuuu!
Replay team dan yana bir super video!
Ko'rishni tavsiya qilamiz!
@Hikoyalar
- Alhamdulillah yaxshi rahmat...
- Keling o'tiring... Siz kelguningizcha qahva buyurtma qilgandim, hozir tayyorlab olib kelishadi.
Yigit biroz hijolatli ahvolda Maftunaga kulib qaradi.
- Ishqilib qahva yoqarmidi sizga? Yoki boshqa narsa aytaymi?
- Yoʻq ovora bo'lmang... Qahvani yoqtiraman.
Ofitsiant kelib ikkita qora qahva va shirinliklar qo'yib ketti.
- Marhamat oling...
Yigit tez-tez qo'llarini bir-biriga ishqaladi... Qattiq hayajonlanayotgani shundoq bilinib turar edi.
- Maftunaxon... Xoh ishoning, xoh ishonmang birinchi marta uchrashuvga chiqishim... Yolg'on gapirishni yomon ko'raman, qizlar bilan gaplashganman, endi yigitchilikda bilasizku, bo'lib turadi... Lekin...
Yigit Maftunaga qaradi, uning chashkasidagi qahva ranggiga o'xshash ko'zlariga bir muddat tikilib qoldi.
- Lekin... Sizni ko'rdimu, chindan yoqtirib qoldim. Boshqa qizlar men uchun qiziqarli bo'lmay qoldi...
Maftuna bir og'iz ham gapirmay qoshiqchasi bilan chashkadagi qahvasini asta aralashtira boshladi.
- Aytgancha, meni ismim Mustafo. Markaziy shifoxonada vrach bo'lib ishlayman, asosan bolalarni davolayman... Sizchi?
Maftuna o'ziga qarab turgan yigitga bir qarab oldi. Unga emas, stol ustiga chiroyli qilib bezatib qo'yilgan gullarga qarab gapirdi.
- Juda yaxshi kasb tanlabsiz... Men bankda ishlayman. Yaqinda lavozimim oshdi. Hisobchi edim, kredit bo'limi boshlig'i etib tayinlashdi.
- Siz uchun xursandman...
Biroz muddat so'zsiz qoldilar. Maftuna ham, Mustafo ham nimalarnidir o'ylashar edi. Sukutni Maftuna buzdi.
- 29 ga kiribsiz... Nega shuncha vaqtgacha uylanmagansiz?
- Haa... 2 ta singlim bor. Onam borlar. Dadam rahmatli bolaligimizda qazo qildilar. Barcha oila yuki oyimni bo'yniga tushdi. Onam turli xil zavodlarda ishlab bizni boqardilar. Men ham o'qishdan bo'sh vaqtim ularga yordamlashdim. Allohni bizga qilgan mehribonchiligi sabab birinchi yiliyoq Andijondagi Med institutga garant asosida o'qishga o'tdim. Tinmay o'qidim... 3-kursga o'tganimda menga ish taklif qilishdi. O'shandan beri ishlab kelyapman. Avval singillarimni uzatay dedim, ularni egalariga topshirib keyin o'zim uylanaman dedim. Uyni remont qildim, mashina oldim, singillarimni uzatdim, orada onamni davolatdim... Mana qarabsizki yoshim 30 ga yaqinlashib qolganini sezmay ham qolibman...
Maftunaga bu yigitni ochiqko'ngilligi va soddaligi yoqib qoldi. "Rostdan ham oilaparvar yigit ekan... Gap so'zlarida kibrning zarrasi ham yoʻq. Katta shifoxonada vrach bo'lib ishlasada juda oddiy kiyinibdi... Aslida asl go'zallik bu oddiylikdir!"
- Nega mendan so'ramayapsiz?
- Nimani so'rashim kerak?
- Nega shu paytgacha turmushga chiqmaganimni-da!
- Maftunaxon... Meni hammasidan xabarim bor. Bilaman... Boshqasini sevgansiz... Uni shuncha payt kutibsiz... Meni seva olasizmi yoʻqmi bunisi ham nomaʼlum...
Mustafo biroz gapdan to'xtadi.
- Menga sizni o'tmishingiz muhim emas... Menga kelajagimiz muhim. Sizni sevdim... Umrimda ilk bor sevib qoldim. Allohdan umid qilib so'rayman-ki, bir kun meni ham yoqtirib qolasiz... Uni unutasiz! Men sizni aslo majburlamayman, ixtiyoriz o'zizda... Lekin... Menga birgina imkon bersangiz, sizni baxtli qilish uchun qo'limdan kelganicha harakat qilgan bo'lardim.
Maftuna Mustafoni oldida birinchi marotaba tabassum qildi. Mustafo uning go'zal yuziga, shirin tabassumiga va jon oluvchi ko'zlariga mahliyo bo'lib qoldi.
- Maftunaxon... Menga turmushga chiqasizmi?
- Menga biroz vaqt bera olasizmi? Biroz o'zimga kelib olishim kerak...
- Mayli... Qancha vaqt kerak bo'lsa, kutaman...
- Rahmat... Judayam samimiy inson ekansiz...
- Xohlasangiz o'zim kuzatib qo'yaman.
- Yoʻq rahmat... Mashinam bor. O'zim ketaman.
Sarvar Behzodga o'tinchli nigoh bilan qaradi. Ko'zlarida "Hali juda yosh edim-ku?!" degan ma'no bor edi.
- Akajon... Sizga ishonaman... Onamdan xabar oling...
Behzodning ko'z yoshlari yuziga sizdi. Sarvarni qattiq bag'riga bosdi.
- Onajonim...
Sarvarning oxirgi so'zi shu bo'ldi. Hayotga to'ymagan 22 yosh yigitchaning ko'zlari osmonga termulgancha qotib qoldi. Behzod xo'ngrab yig'ladi.
- Sarvaaaaaar! Sarvar! Ukajonimmmm!
Rus yigitlar ho'jayinlarini chaqirib kelishdi. Ho'jayin Behzod va yigitlariga qarab ruschalab so'kindi. Sarvarni quchoqlab o'tirgan Behzodni yelkasiga bir tepdi. Behzod tepki zarbidan qo'lidan Sarvarni tushirib yubordi. Sarvarning sovuq jasadi yerga gup etib tushdi. Rus yigitlari Behzod, Alisher, Bahodir va Temurni turtkilay-turtkilay ish o'rnilariga olib borishdi. Sarvarning jasadini sudragancha qayergadir olib ketdilar...
* * *
Uxlolmay kechasi bilan to'lg'onib chiqqan Maftunaning bomdodga yaqin ko'zi ilindi. Tush ko'ribdi. Hammayoq oppoq emish... Shunchalik oqki, hatto ko'zlar qamashib ketadi... Yo'l o'rtasida bir yigit turibdi. Maftunaga orqa o'girib olgan emish. Yigitning kiyimlari ivirsib ketibdi. Qo'llaridan tomchilar qon oqar emish... Maftuna yigitning yoniga yaqinlashdi. Yigit o'girilib qaradi. Uning yuzlariga qora ko'mir surkab tashlangan edi. Avvaliga Maftuna uni taniyolmaydi. Keyin ko'zlariga qaradi. O'sha tim qora ko'zlar... Bor ovozi bilan baqirdi...
- Behzod akaaaaa!
O'zining ovozidan cho'chib uyg'onib ketdi. Peshonasidan dona-dona ter oqdi. Ko'rgan tushidan qo'rqdi shekilli yuzi birdan oqarib ketdi, nafas olishishi tezlashdi. Sharaq etib eshik ochildi. Maftunaning onasi qizining ahvolini ko'rib havotirga tushdi.
- Nima bo'ldi qizim? Buncha oqarib ketibsan?! Mazang yaxshimi bolam?
- Yaxshiman oyi... Yomon tush ko'ribman...
- Voy Xudoyimeee... Yomon tush birovga aytilmedi bolam... Darrov sadaqa berib yubor, baloni daf qiladi.
- Xoʻp oyijon...
- Turaqol endi, soat 8 dan o'tdi. Bugun uchrashuving bor esingdami?
Maftuna "Esimda"degandek boshini qimirlatib qo'ydi.
- Tur, yuz-qo'lingni yuv, choyingni ich... O'zingga qara!
- Xoʻp oyijonim, xoʻp... Siz chiqavering... Men hozir...
- Bo'laqol bolam...
Nargiza opa qizining xonasidan chiqib ketdi. Nargiza anchagacha o'rnidan turmay ko'zgan tushini o'ylab yotdi."Anchadan beri tush ko'rmay qo'ygandim... Behzod akamni ahvoli qanday ekan? Oyim haq. Biror yordamga muhtoj odamga ehson qilib yuborsam, balki Alloh xayrli qilar..." Maftuna o'rnidan qo'zg'aldi. Ko'zgu oldida uzoq o'tirdi. Bugun u begona bir yigit bilan uchrashuvga chiqadi... Begona yigit bilan...
Maftuna biroz o'ziga qaragan bo'ldi. Iloji boricha ko'zga tashlanmaydigan oddiy kiyimlarini kiydi. Onasi allaqachon u uchun nonushta tayyorlab qo'ygan ekan. Qizini ko'rib ta'bi xira bo'ldi.
- Bu nima ahvol qizim? Sal chiroyliroq kiyimlaringni kiysang bo'lmaydimi? Bahordayam odam jigarrang ko'ylak kiyadimi?! Bor tuzukroq kiyinib chiq, pushtimi, moviymi yoki gulli ko'ylaging bor-ku o'shani kiy!
- Yoʻq shu yaxshi oyijon. Ranggi ko'zimni ranggiga mos ekan... Ham o'sha yigit tashqi ko'rinishimga qarab baho berishini xohlamayman.
- Xudoyim O'zing sabr ber menga. Bu qiz meni yondirib kul qiladi!
Maftuna indamay kelib onasi tayyorlab qo'ygan qahvani ichdi. U-bu narsadan olib yegan bo'ldi. Lekin ko'ngli sira yorishmasdi. Qalbini qandaydir tuman qoplab olgan edi.
- Mayli oyijon men boray... Biroz ishlarim bor. Soliha xolani yangi hovliga olib boraman.
- Yaxshi... Qilgan ehsoningni Alloh qabul qilsin bolam. Uchrashuvga ham kechikmay borgin. Yigit kutib o'tirmasin seni!
- Xoʻp oyijon bilaman, esimda...
- Yaxshi... Eson-omon borib kel bolam... Allohimni panohida bo'l.
Maftuna oyisining yuzidan o'pib xayrlashdi. To'g'ri Soliha xolaning kavrtirasi tomon yoʻl oldi. Zinalardan 3-qavatga ko'tarildi. Esikni asta taqillatdi.
Ассаламу алайкум хурматли хам юртлар ва хам кишлоклирлар куриб турган норасида гудагимиз,Нишонбоева Хадичахон Актамжон кизи Риштон тумани Кипчок килоги Янги бог кучаси 17 уйда яшайди тугма юрак пароги билан тугилган хозирда 2 ( икки) ойлик.Шу сабаб сиз яхшиларни ёрдамига мухтож, жарохлик амалиётига 40 ( кирик миллион ) маблаг сарифланидиган булиб турибди,учдан бир кисмини давлат томонидан ордер оркали туланадиган булди, ушбу оила хозирда колган маблаг туплашга кодир эмас, сиз соховат пеша хамюрлардан ушбу кизалогимизни бу ёрук дунёда яшаб колишида булса моддий булмаса дуоларингиз билан эхсон килинг.
Билинки биргина эхсон 70-та балони даф килади.
Кимлардир айтади бойиб кетсам ,албатта эхсон киламан деб.
Эй дустим эхсон килиш учун бой булиш шарт эмас,эхсонни катта кичиги булмайди.
Аллохим килган эхсонингизни бехисоб килиб тулдирсин.
HUMO: 9860 0803 8657 5262
Актамжон Ахмедов
Тел: 90-562-79-01
/channel/Dilshodjonga_yordam