Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!
📖 Кўприк
Муҳсин ота жума намозидан кеч қолди, боролмади. Ўзини койий-койий, ибодатни уйида адо этди. “Ҳамма бало йўлнинг тескарилигида! – ўйлади у. – Ана масжид, шундоқ кўриниб турибди. Кўприк борлигида бир қадамгина эди!”
Чолнинг куюнганича бор. Катта йўл билан уларнинг маҳалласини ўртадаги зовур тўсиб туради. Илгаридан қолган бир осма кўприк бор эди, ёшини яшаб, узилиб йўқ бўлди. Шундан бери одамлар оворайи сарсон. Бозоргаям, марказгаям зовурни айланиб ўтиб уловга чиқишади. Болаларнинг мактабга қатнаши ҳам қийинлашди.
Шу куни отага ғойибдан ғайрат келди. Дўпписини ёнига қўйиб ўйлади: “Кўприк қуриш шунчалик қийинми? Ўзи қурса-чи? Иккита паҳлавон ўғли бор, эл-юрт ҳам қараб турмас. Одамларнинг қанча оғири енгил бўларди! Ахир, тириклик бир умр ўз ўчоғига қўр тортиб яшаш дегани эмас-ку?”
Қариянинг аҳдига биров ишонди, биров ишонмади. Болалари “Шунчалик зарурми?” дейишганди, силтаб берди:
– Сенлар шунақасан! Сенларга ҳамма нарса тайёр бўлса!
– Жа-а унчаликмас, дада. Бунинг бошқа йўллари ҳам бор-ку, маҳаллага ариза ёзиб...
– Бас! – чўрт кесди ота. – Мен арз-дод қилиб юрадиганлардан эмасман. Қарс икки қўлдан чиқади. Аввал бошлаб, кейин кам-кўстига ёрдам сўрасак, бошқа гап.
Кампири тушмагур сергапгина-да, жим туролмади. Аммо бир оғизгина “ҳай, отаси...” деди-ю, айтари тилининг учида қолди. Муҳсин ота унга шундай қарадики, қаршисида етмиш довон ошиб, ҳилвираб қолган чол эмас, миқти вужудига шаҳди сиғмаётган эр киши турарди. “Бўпти”, деди шаштидан қайтиб ва секингина қистириб қўйди:
– Жудаям уринворманг-да...
Хуллас, ҳашар бошланди. Майда-чуйда тахта-ю ғўлалар ўзидан чиқди. Муҳсин ота эскитдан боғ парваришлайди, шох-шабба сероб. Фақат қувур топиш осон кечмади. Шу ерига келганда маҳалла йиғини ҳам қўзғалди. Фермер қўшниси уловдан қўллаб юборди. Уч кун чумолидай меҳнат қилишди. Ҳазилакам иш бўлмади, ўзиям. Аввалги эплама кўприк ўрнида машина ҳам бемалол юрадиган бинойидек йўл барпо қилинди. Ёғинли кунларда лой бўлмаслиги учун устидан майин шағал ҳам тўкиб қўйишди.
Иш битгач, чол ҳашарчиларни алқаб-алқаб дуо қилди. Жамоат мамнун тарқалди. Фақат Муҳсин ота кўприк устида узоқ қолиб кетди. Чангга беланган калиши билан кўприкнинг у ер-бу ерини нуқиб-нуқиб босиб, ўзича текшириб кўрди. “Ҳали тўйлар қиламиз, бу йўлдан гурас-гурас одамлар ўтади”, деб ўйлади ва кўксини тўлдириб нафас олди...
...Орадан ҳеч қанча вақт ўтмай, қишлоқда Муҳсин ота қазо қилибди, деган хабар тарқалди. Бу гап узоқ-узоқларга, қариянинг қадами тегмаган жойларгача етиб борди.
– Ким ўтибди?
– Кўприк қурган одам.
– Ие, кетдик бўлмаса!
Янги кўприк устидан гурас-гурас одам ўтди.
– Яхши одам эди, Аллоҳ раҳмат қилсин, – дейишди уни умрида бирон марта кўрмаганлар ҳам...
Гулчеҳра Асронова
- Onajon, bugun oylik olgandim... Yaxshi ishlaganim uchun boshlig'imiz qo'shimcha mukofot puli ham berdi. Mana oling... Hammasi sizga!
Soliha xola keskin bosh chayqadi.
- Yoʻq qizim... Ololmayman. Buncha pulni nima qilaman, bolam? Ham sizni boshizda ota-onangiz borlar, ularga berganiz maʼqul...
- Siz ham mening onamsiz!
Soliha xola Maftunaning gapidan titrab ketdi. "O'g'limni judayam yaxshi ko'rarkan, guldek qiz uni kutib umri o'tyapti..."
- Rahmat qizim... Mendan qaytmasa Xudodan qaytsin! Baxtli bo'ling, saodatli bo'ling... Sizni har namozimda, ibodatlarimda duo qilaman, bolam! Qizim yoʻq edi, Alloh menga sizdek mehribon qizni berdi. Sizni tarbiya qilgan onangizga ming rahmat bolam. Alloh rozi bo'lsin!
Maftuna Soliha xolaning oldidan g'alati kayfiyatda chiqdi. Soliha xola biron marta o'g'lini tilga olmadi. Hatto duo qilganda ham faqat Maftunani oʻzini duo qildi! Nahotki ona oʻz farzandidan umidini uzgan bo'lsa?! Yoki atayin shunday qildimikin?! Maftuna uchun, uning boshqasiga turmushga chiqishi uchun qildimikin?!
Mana hozir Maftunaning qo'lida yangi hovlining kaliti turibdi. Ota-onasiga bir og'iz aytib, maslahat solishi kerak. Uyga kelsa, oyisi, dadasi va singlisi - hamma uyda ekan. "Xayriyat... Dadam ham bugun ishdan vaxtli qaytibdilar..." Nargiza opa ham qizini kutib turgan shekilli, Maftuna ichkariga kirishi bilan yuzi birdan yorishib ketdi.
- Eson-omon keldingmi, qizim?
- Alhamdulillah, Assalomu alaykum oyijonim!
- Va alaykum assalom. Kel senda gapimiz bor, bolam.
- Oyijon meni ham sizlarda muhim gapim bor edi...
- Xoʻp kiyimlarimgni alishtirib chiq, bafurja gaplashamiz bolam.
Maftuna chiqdi. Sekin kelin oyisi va singlisini yoniga o'tirdi. Nargiza opa asta gap boshladi.
- Qizim... Bir yaxshi yigitdan sovchilar keldi. Yigit oliy maʼlumotli vrach ekan. Sendan atiga 2 yosh katta, aqlli, kelishgan yigit emish... Uylanmagan ekan, avval singillarimni uzataman deb ishlabdi. Singillarini uzatgacha mana endi navbat o'ziga kelibdi, bolam.
Maftuna indamadi. Nargiza opa qizining yuziga bir qarab oldida yana so'zida davom etdi.
- Seni bir ko'rishda yoqtirib qolibdi. Biz dadang bilan maslahatlashdik... Ertaga uchrashuvga chiqsang yaxshi bo'lardida bolam... Onasini ko'rsang, shunaqa oqila, samimiy ayol ekan, MaashaAllah! Menga ham, dadangga ham shu oila yoqdi. Sen nima deysan?
- To'g'ri qizim...
Nodir aka gapga aralashdi.
- Men yigitni obdon surishtirdim. Ichmas ekan, chekmas ekan, eng asosiysi tunda bemaʼni yurmas ekan! Ishga borarkan, to'g'ri uyiga qaytar ekan. Og'aynilari ham barchalari Allohni tanigan namozxon yigitlar ekan. Yigitni oʻzi ham 5 vaqt namozini kanda qilmay o'qirkan. Xullas qizim, iymonli eʼtiqodli yigit! Bir o'ylab ko'r!
Maftuna quyi solib olgan boshini asta ko'tardi. Avval dadasiga, keyin oyisiga qaradi.
- Mayli dadajon, oyijon... Uchrashuvga chiqaman...
Nargiza opa quvonganidan o'rnidan turib ketayozdi.
- Jonim qizim meni, aqlli qizim meni!
- Faqat bitta shartim bor...
Hozirgina quvonchdan kulgan yuzlar birdan o'ychan holga keldi.
- Qanday shart qizim?
Maftuna sotib olgan hovlisini kalitini stol ustiga qo'ydi. Dadasi kalitni qo'liga oldi.
- Bu qanday kalit Maftuna?
- Ishlab yiqqan pulimga, uyimizga yaqinroq joydan bir hovli sotib oldim.
Nargiza opa yana quvondi. Nodir aka ham qizining bu ishidan mamnun boʻldi.
- Malades qizim! Juda yaxshi-ku bu xabar, bolam...
- Haa... Shu uyni Soliha xolaga sovgʻa qilib bermoqchiman... Bechora... Juda qiynalyaptilar ekan... Behzod akam ham qaytmadi. Ular bir o'zlari yolgʻiz qolib kettilar. Agar ruxsat bersangiz bu uyni bersamda, ularga o'zim g'amxorlik qilsam... Ahvollaridan xabar olib tursam degandim...
Nodir aka qizining bu qadar mehribonligidan tasirlanib ketdi. Qanday oqko'ngil, oqila qiz o'stirganini ko'rib ko'zlariga quvonch yoshlari keldi.
-Xo'p....
- Mayli unda biz boraylik...
Qo'llar duo uchun ochildi.
- Ilohim mana shu xonadonda ham to'ylar bo'lsin, ikki yoshni yulduzi yulduziga to'g'ri kelib, o'ylagan ezgu niyatlarimizga yetaylik...
- Amiyn, Allohu Akbar!
- Allohu Akbar!
Sovchilar ketdilar. Nargiza opaga bu ayollar yoqib qoldi. Ochiqko'ngil, samimiy insonlar... Bunday oilada tarbiya topgan yigit yomon bo'lmas! Qani eri bilan qizi Maftuna ishdan qaytishsinchi, bafurja gaplashib olishadi... Alloh O'zi xayrli qilsin, ilohim!
* * *
Behzod va unga sherik bo'lib kelgan yigitlar bu xususiy zaytunzorda bir yildan ortiq ishladilar. Ishlagaariga haq berilmas, ularga go'yo bir quldek muomila qilishar edi. Bu yerdagi ba'zi ishlar noqonuniy ekan... Zaytunning ichida narkotik modda joylashtirib boshqa davlatlarga o'tkizisharkan! Bu modda qanchadan qancha yoshlarni zaharlashi, qanchadan qancha oilalarni buzishi, qanchadan qancha nogiron go'daklarni tug'ilishiga sababchi bo'lishi mumkin! Bunday jirkanch ishni qilgan kimsalar inson emas, hatto hayvon ham o'zining turidagi boshqa bir hayvonga bunday zarar bermaydi. Bunday ishlarni qilganlar hayvondan ham past darajadagi bir maxluqlardir! Bu zaytunzorning ostiga katta bir ombor qurilgan bo'lib u yerda narkotik moddalar ishlab chiqariladi, qandaydir yoʻllar bilan ustalik bilan berkitilib chet davlarlarga chiqarishadi... Behzod bu yerdagi jirkanch ishlarni ko'rib avvaliga esankirab qoldi, keyin ichidan ularga nisbatan kuchli nafrat uyg'ona boshladi. Ularning hujjatlari allaqachon yoqib yuborilgan edi. Bu yerda nazorat juda kuchli bo'lganligidan yigitlar hali hamon qochishga bir yo'l topa olishmadi...
- Sarvar?!
- Labbay akajon...
- Bu ablahlarda qochib qutulishni yo'lini qilishimiz kerak.
- To'g'ri aytasiz... Onam qay ahvolda ekan hozir... Bir yildan oshdi-ku?! Ovozlarini eshitmaganimga, ko'rmaganimga...
Behzod barcha yigitlarga ish yakunlanganidan so'ng xonalariga tez borishini shipshitib chiqdi. O'zi esa qochish rejasini tuza boshladi...
Va nihoyat kun nihoyalandi. Ish ham deyarli tugab qoldi. Yigitlar orasida Alisher turk tilini juda yaxshi bilar edi. Ularga taalluqli bir masalani eshitib qoldi va qo'rquvdan yuzlari dokadek oqarib ketdi. Xonaga kirsa barcha yigitlar uni kutib o'tirishgan ekan, Alisherning oqarib ketganini ko'rib Behzod havotirlandi.
- Nima bo'ldi, oshna?! Nimadan buncha qo'rqyapsan?!
- Bizni olib ketishar emish, ertaga tongda!
Behzod va yana 3 yigit baravariga hayqirib yubordilar.
- Qayerga?!
- Rossiyaning eng chekka hududida joylashgan o'rmonga olib borishar ekan. U yerda bizni itday ishlatisharmish!
Behzodning rangida rang qolmadi. Atrofidagi yigitlarga alanglab qaradi.
- Endi nima qilamiz Behzod aka?! Qanday qilib qochamiz?
Sarvar Behzodga umidli nigoh tashladi.
- Bilmadim... Boshim qotdi. Bularni ishi tugadi, endi boshqa zonaga ko'cbirishar ekandaa... Bir amallab bu yerdan albatta qochib ketamiz!
Hammaning umidi Behzoddan edi. U nima qilib bo'lmasin, o'zi va sheriklarini bu Jahannamdan olib chiqishga ahd qildi. Va hayoliga bir fikr keldi...
- Yigitlar... Ertaga tongda yo'lga chiqar ekanmiz, o'sha payti yo'lda ulardan qochamiz.
- Qanday qilib? Ular ko'pchilik bizni baribir tutib olishadi oshna!
- Tavakkal qilib ko'riahimiz kerak-ku, axir?! Umr bo'yi shu yerlarda qul bo'lib yashamaymiz-ku?!
Yigitlar xomush tortdilar. Ularning qalbidagi og'ir bir iztirob bo'g'izlariga tiqildi. Bahodir mayus bosh chayqadi.
- Sevara allaqachon erga tegib ketgandir... Uni orzularini deb kelgandim bu yerga...
- Balki seni kutayotgandir?
- Yoʻq...
Bahodir siniq ovozda so'zida davom etdi.
- Uni ko'zlarida sevgini ko'rmaganman. Uni men sevardim... U esa, nuqul boy bo'lish haqida, dabdaba haqida gapirar edi. Aniq bilaman u boshqasiga turmushga chiqqan...
Дўстлар!
Бир куни ўғил уйланиш мақсадида тўй бошлабди, тўйга тайёргарлик кўрар экан ишлари кўпайиб кетибди. Ҳолдан тойган ўғил отасига илтимос қилибди:
— Отажон, илтимос, мана дўстларимнинг телефон рақамлари уларга телефон қилиб тўйга таклиф қилинг, — дебди.
— Яхши ўғлим, албатта, қўнғироқ қиламан, — жавоб берибди ота.
Тўй куни куёвнинг бор-йўғи икки дўсти келибди. Ўғилнинг жаҳли чиқиб:
— Ота сизга барча ўртоқларимга қўнғироқ қилишни сўраган эдим-ку, — дебди. Шунда ота:
— Ўғлим, мен сен айтгандай қилдим, лекин уларга сен катта бир муаммога ўралашиб қолганингни, айнан бугун шу соатда шу жойга ёрдамга етиб келишларини сўрадим. Кўриб турибмизки, барча ДЎСТЛАРИНГ шуерда, қолганлари бегоналар. Биз ҳам уларга бегонамиз, — дея жавоб берибди
Инсон умри давомида бир ёки икки нафар ҳақиқий дўст топади. Агар шундай дўстларингиз бўлса, сиз бахтли инсонсиз. Ҳозироқ улардан хабар олинг ва ушбу ҳикояни улар билан ҳам ўртоқлашинг, токи улар ҳам сизнинг борлигингизни сезиб туришсин
- Bor edi. Olib qoʻyishdi. Telefon ishlashimizdan chalgʻitar ekan... Mumkinmas emish...
Behzod hayron qoldi. Sherigiga ajablanib qaradi.
- Ber desa indamay berdingmi? Nega taqiqlanadi. Axir uydagilar bilan gaplashib turishimiz kerak-ku?!
- Bermasam boʻlmasdida. Buyruqqa boʻy sunmaganlarga ish berilmas ekan. Men bu yerga ishlagani kelganman, Behzod.
Behzod indamadi. Endi nima qiladi? Onasi, Maftuna havotir olib oʻtirgandir?! Nima qilib boʻlmasin ularga xabar berib qoʻyishi kerak! Behzod ishini tugatib boʻlgach, ularni olib kelgan Otabek ismli kishining oldiga bordi.
- Kechirasiz aka?
- Xoʻsh... Nima deysiz?
- Telefon kerak edi. Uyda onam yolgʻiz qolgan... Xabar olib qoʻymoqchiman.
- Hech qanaqa telefon berilmaydi! Ishlang undan koʻra!
- Bu nima deganiz?! Nega berilmaydi?! Men onam bilan gaplashishim kerak! Telefon bering menga onam bilan gaplashaman!
- Onang bilan gaplashasanmi?!
Otabek aka koʻzlarini olaytirganicha Behzod tomonga asta yura boshladi.
- Hozir men senga onangni koʻrsataman!
Behzodning yuziga gurzidek musht kelib tushdi. Koʻzidan oʻt chaqnab ketdi. Gʻazabdan baqirib yubordi.
- Iflos! Bizni qayerga olib kelding, it!
Otabek akaga Behzodning "It!"deb haqorat qilgani yoqmadi. Yoniga bir nechta barzangi turk yigitlarini chaqirdi. Oʻrtaga olishib Behzodni oʻlasi qilib kaltaklashdi. Yuzlari koʻkarib ketdi... Har musht tekkanida ogʻzidan qon sachrab ketardi. Yigitlar biri olib, biri qoʻyib Behzodni ayamay doʻpposlashdi. Behzodning yuzlari qip-qizil qonga belandi. Qoʻl-oyoqlari zirqirab ogʻriy boshladi. Butun tanasi qotib qolgandek, qimirlata olmas, yotgan joyida hansirab nafas olar edi. Boyagi Otabek aka kelib holsiz yotgan Behzodning qorniga tepdi. Behzod ogʻriqdan dodlab yubordi. U yanayam qattiqroq tepdi.
- Aaaaaaaxxxx! Sen ham odammisan?! Sen ham oʻzbekmisan?!
Otabek aka xiringlab kuldi. Behzod oyoqda turolmas, qornini changallagancha qonga belanib yotardi. Otabek aka boyagi yigitlarning ikkitasiga Behzodni koʻtarishni buyurdi. Ikkita barzangi yigit Behzodni qoʻltiqlab ichkari xona tomon olib kirib ketdilar.
Behzod bazoʻr koʻzini ochdi. Atrof gʻira-shira boʻlib koʻrinar, qoʻllari, oyoqlari ogʻriqdan zirqirar edi. Shu edimi u kutgan, u umid qilgan ish?! Endi ortga qanday qaytadi?! Bu yerdagi har kun shunday oʻtadimi?! Eshik ochilib sheriklari kirib kelishdi. Ularning ham ahvoli yaxshi emas edi.
- Behzod... Tuzukmisan oshna?
Behzod bir soʻz demadi, deyolmadi...
Alisher yigʻlab yubordi. Ogʻzini qoʻli bilan yopib olib xoʻng-xoʻng yigʻladi. Boshqa yigitlar ham yigʻlamoqdan beri boʻlib oʻtirar edi. Alisher yana gap boshladi.
- Behzod... Bizni aldashibdi oshna... Bizni...
Alisher boshqa gapirolmadi. Yonida Sarvar degan yoshgina endigina 19 ga kirgan yigitcha yigʻlamsirab gap boshladi.
- Akalar... Onamni yuraklari kasal edi. Men bitta oʻgʻilman, 3 ta singillarim bor, ular hali kichkina... Onamni davolatishga pul ishlash uchun kelgandim akalar! Endi nima qilaman?! Endi qanday qilib qaytamiz?! Bizni sotib yuborishibdi-ku?!
Sarvar oʻkirib yigʻladi.
- Onajonimni sogʻindim! Ularni bagʻrimga bosgim kelyapti judayam!
Sarvarga qoʻshilib qolgan yigitlar ham yigʻlashdi. Hammasining oʻz dardi bor, bu yerga ishlash, oila boqish umidida kelgan edilar... Alisher oʻqiyman deb 3 yil yuridikaga hujjat topshirib oʻtolmadi. Oilasini sharoiti yaxshi emas, qoʻllari kaltalik qiladi. Alisher bolalihidan sudya boʻlishni orzu qilardi. Shu orzusiga yetish ilinjida koʻp pul topib, xususiy universitetda boʻlsa ham pul toʻlab oʻqib olaman degan maqsadda ishlash uchun kelgan edi. Bahodirni sevgan qizi toʻyimizni dabdabali qilamiz deb holi joniga qoʻymadi. Mashhur sanʼatkorlar aytamiz, eng qimmat kelin koʻylak, eng qimmat mashina gaplashamiz, eng zoʻr restaranda toʻy qilamiz deb quloq miyyasini yedi. Axiyri oʻsha qizni orzu havaslarini deb shu yoqlarga ishlagani kelgan edi. Yana bir yigit, yoshi Behzod bilan teng, ismi Temur. Akasining jigari kasal. Hindistonga olib borib operatsiya qildirish kerak emish. Ota-onasi oʻtib ketishgan, akasining shu Temurdan boshqa suyanchigʻi yoʻq.
- Xoʻp dadasi, albatta gaplashaman.
Nargiza opa erini ishga joʻnatgach, qizining taqdiri haqida oʻylay boshladi. "Dadasi haq! Qachongacha kutish mumkin axir?! Qizim shunday yuraveradimi? Bu hayot! Maftuna 26 ga kirdi. Unashtirilganiga 5 yil boʻldi! Endi bas! Bu yoqda Malika 22 yosh, tinimsiz sovchilar kelishyapti... Koʻnglini soʻraman... Avval opam, keyin men deydi. Opasi Behzodni kutib umri oʻtorsa, bu yoqda Malika ham... "
Nargiza opa bir qarorga keldi. Qizi ishdan kelsa albatta u bilan gaplashadi. Tushuntiradi.
* * *
- Assalomu alaykum oyijonim!
- Va alaykum assalom. Goʻzal qizim keldingmi?
- Haa Xudoga shukr...
- Qizim... Sen bilan bir masalada gaplashib olmoqchi edim...
Maftuna onasiga beparvogina qaradi.
- Tinchlikmi oyi? Nima boʻldi?
- Borib kiyimlaringni almashtirib chiq... Bafurja gaplashamiz.
Nargiza opaning parishon oʻtirgani Maftunani hayron qoldirdi. Xonasiga kirib kiyimlarini alishtirdi. Oyisining oldiga kelib oʻtirdi. Nargiza opa hali hanuz oʻychan oʻtirar edi.
- Tinchlikmi oyijon? Nega bunday oʻtiribsiz?
- Qizim... Umr oqar daryo ekan, sen tegilarni bolalari "Oyijon! Oyijon!" deb atrofida girdikapalak boʻldi. Sen shunaqa yuraverasanmi, bolam?! Orzu-havasing yoʻqmi seni? Nahotki shiringina oilang boʻlishini xohlamasang, qizim?!
Maftunaning boʻgʻziga bir narsa tiqilib qolgandek boʻldi. Koʻzi jiqqa yoshga toʻldi. U xohlamaydimi?! U orzu qilmaydimi?! Albatta xohlaydi... Shiringina qizalogʻi boʻlishini... Oʻgʻilchasini qoʻllaridan tutib yurishni oʻrgatishni xohlaydi... Lekin kim bilan bu orzularga yetmoqchi edi?! Behzod bilan emasmi?! Axir uni sevdi, unga yuragini berdi, ishondi... Oradan shuncha vaqt oʻtdi... Bu vaqtning har bir oni, har bir soniyasi, har bir daqiqasi Maftuna uchun qanchalik ogʻir boʻldi, qanchalik azobli boʻldi bu faqat Allohga ayon! Har kuni uning koʻzlarini sogʻinib yigʻladi, uning iforini tuyish xohladi... Yana bagʻriga bosishini, erkalashini, Maftun! Deya chaqirishini sogʻindi... Oʻsha kungi boʻsa tami hamon lablaridan ketmadi... Qoʻllarini tutgan qaynoq qoʻlining tafti, hamon bilaklarini yondirdi... Qanday qilib uni unutadi?! Qanday boshqasiga yor boʻladi?!
Maftuna yosh toʻla koʻzlari bilan oʻziga tikilib qarab oʻtirgan onasiga qaradi.
- Oyijon... Behzod akam...
- Yana Behzod deydi-ya! Qachongacha kutasan uni?! Qachongacha shunday yurasan?! Dadangni ham, meni ham, hammamizni qiynab yubording-ku?! Dadang koʻchada bosh koʻtarib yurolmay qoldi. Umringni eng gullagan paytini yolgʻizlikda oʻtqazyapsan-ku, bolam...
Maftuna yigʻladi. Ikki kafti bilan yuzlarini berkitdi. Yuragidagi dard-alamlari koʻziga jo boʻlib, achchiq yoshga aylandi.
- Bu yoqda singlingni ham boʻyi yetib qoldi, qizim... Hech boʻlmasa uni oʻyla. Yaxshi joydan sovchilar kelishsa, yoʻq dema... Yaxshilab oʻylab koʻr bolam. Seni hammamiz yaxshi koʻramiz... Baxtli boʻlishingni xohlaymiz!
Nargiza opa gapini tugatgach oʻz xonasiga qarab kirib ketdi. Maftuna oʻtirgan joyida yum-yum yigʻlaganicha oʻtirar, yuragi ogʻrir edi. Ichkari uydan yigʻi ovozini eshitib Malika chiqib keldi.
- Opalarning eng yaxshisi, eng mehriboni... Nega yigʻlab oʻtiribdi?
Maftuna kaftlarini yuzidan oldi. Yigʻlagan koʻzlari biroz qizaribdi. Singlisiga qaradi. Malika opanising yoniga oʻtirdi. Qoʻllarini qoʻllariga oldi.
- Opajonim... Nega xafasiz? Kim xafa qildi sizni?
Maftuna koʻz yoshini artganicha singlisiga kulib qaradi.
- Hech kim, asalim. Hech kim xafa qilmadi...
- Unda nimaga xafasiz, opa? Yoki pochchamni sogʻindizmi? Siqilmang opajon, ular albatta qaytib keladilar... Hali hammadan ham baxtli boʻlasiz!
- Asalim meni... Qani edi shunday boʻlsa... Qani edi Behzod akam kelsalar...
- Albatta keladilar... Faqat siz yigʻlamang jon opa. Yigʻlash sizga umuman yarashmaydi, xunuk boʻlib qolasiz!
Singan yuraklar (Hikoya)
3-QISM
Behzod bir soʻzli, oʻjar boʻlgani bilan anchayin sodda edi. Uni birinchi marta mashinada urib ketishganda bunga jimgina koʻz yumdi. Surishtirib ularni topmadi, qonun oldida javobga torttirmadi. Kassadan pul oʻgʻirlanishi ham xuddi shu voqeadek oʻtdi ketdi. Qoʻshtirnoq ichidagi "Yuqoridagilar" bu ishni Behzodga agʻdarib oʻzlari suvdan quruq chiqdilar. Behzod yosh va tez qaror qabul qilar edi. Qamalishdan qoʻrqib otasidan qolgan hovlini sotdi. Onasi bechora bu hovliga anchagina oʻrganib qolgan edi. Ham bu hovli rahmatli turmush oʻrtogʻini eslatib turar edi. Yolgʻiz farzandining istiqboli uchun bariga koʻndi. Lekin hovlining puli kamomatni qoplashga yetmadi. Behzod 3 yil deganda ishlab, pul yigʻib olgan mashinasini ham sotishga majbur boʻldi. Onasi bilan eski kvartiraga ijaraga koʻchib oʻtdilar. Bu yerning sharoitlari judayam yomon edi. Lift ishlamaydi, issiq suv ham muammo... Behzod onasining mehrli koʻzlariga boqdi.
- Onajon... Meni kechiring, ishonchizni oqlolmadim. Sizga munosib farzand boʻlolmadim... Sizni mana shunday haroba joyga olib keldim... Sizni qiynadim, ona!
Soliha xola oʻgʻlining sochlarini siladi. Ijoli boricha yigʻlab yubormaslikka harakat qildi.
- Oʻgʻlim... Nega unday deysan?! Men sen bilan faxrlanaman bolam! Sendek oʻgʻilni bergan Allohimga hamdlar boʻlsin! Unday gaplarni gapirmagin bolam, Allohni taqdiriga isyon qilma... Alloh xohlabdi, shunday boʻldi. Yigit kishini omadi yerda boʻladi, bolam. Hali omading kulib ishlaring yurishib ketadi... Faqat sen siqlimagin...
Behzod boshini onasing tizzasiga qoʻyganicha koʻzlarini ohista yumdi. Jimgina uyquga ketdi. Soliha xola anchagacha oʻgʻlining sochlarini silab oʻtirar, hayolida ming xil oʻylar charx urib aylanar edi. "Oʻgʻlim bechora toʻyiga ozgina qolganida, mana shunday sinovga uchradi... Bor-budidan ayrildi. Ehh, soddagina oʻgʻlim! Tuhmat qilganlar bilan sudlashgin desam, unamadi... Baribir meni chopib tashladi, dedi... Endi nima boʻlarkin?! Allohim farzandim, yogʻizginamni oʻzing panohingda saqla! Mushkillarini oson qil!" Behosdan Behzodning telefoni jiringlab ketdi. Qarasa Maftuna ekan. Bu 10 marta qoʻngʻiroq qilishi. Behzod yana koʻtarmadi. Onasi Soliha xola oʻgʻlining nega bunday qilganidan hayron boʻlib qoldi.
- Oʻgʻlim kelinimni nega xafa qilyapsan?! Yuragi ezilib ketgandir... Koʻtarsang boʻlmaydimi, bolam?!
- Oyijon... Hozir yuragimga hech narsa sigʻmayapti... Biroz oʻzimga kelib olishim kerak. Maftuna boshimga tushgan ishlarni eshitib qay ahvolga tushadi?! Yaxshisi unga aytmaganim ma'qul...
- Esing bormi sen bolani?! Qanaqasiga aytmaysan? Axir toʻylaringga hech qancha vaqt qolmadi-ku bolam?!
- Aytaman ona... Faqat hozir emas. Hozir nima qilishni oʻylashim kerak. Balki toʻyni ham surarmiz... Biror yil chet elda ishlab kelmasam boʻlmaydi...
- Musofirlik osonmas bolam. Shu yerda ishlab yursang ham boʻladi-ku... Ketishing shartmi?
- Ona... Ikki smenlab ishlasam ham yetarli pul topolmayapman... Bunaqada qachon uy olamiz, qachon mashinali boʻlamiz. Men bu kvartiraga kelinizni olib kelolmayman, u boyni qizi bilasiz, bu yerni sharoiti juda yomon...
Soliha xola oʻgʻlini tushindi. Haqiqatdan ham boʻlajak kelini juda yaxshi qiz, lekin boy xonadonda oʻsgan... Qiyinchilik koʻrmagan... Ayol kishi yoʻqchilikka chidolmaydi... Ayol kishini yoʻqchilik bilan, erkan kishini toʻqchilik bilan sinar ekan Alloh taolo.
- Mayli oʻgʻlim... Oʻzing bilasan, men faqat seni duo qilolaman xolos bolam...
- Men uchun eng katta ish shu duoyingiz onajon! Inshalloh hali ishlarim yurishib ketadi mana koʻrasiz!
Soliha xola oʻgʻliga koʻzlari toʻlib qaradi. Yuragidagi joʻshib yotgan toʻlqinlar mavjlandi. Oʻgʻlining peshonasidan asta oʻpib qoʻydi.
* * *
Behzodga ish taklif qilgan ferma, Tukiyaning chekka hududida joylashgan katta bir Zaytunzor ekan. U yerdagi zaytunlarlardan asosan yogʻ ishlab chiqarishar, mevasini saralab sotish bilan shugʻullanishar ekan.
Nargiza opa qiziga nima deyishini bilmay qoldi. Endi nima boʻladi?!
- Qizim... Oʻzingni qoʻlga ol bolam...
- Nima boʻldi oyijon?
- Behzodjon hatto onasi bilan ham bogʻlanmabdi. Izsiz yoʻq emish.
- Nima?! Boʻlishi mumkin emas! Nega yoʻq boʻladi?! Nega?!
Maftuna koʻzi jiqqa yoshga toʻlgan holda yerga oʻtirib qoldi. Ogʻzini kafti bilan yopganicha oʻksinib yigʻladi.
- Jon bolam... Unaqa siqlimagin. Duo qilaylik topilib qolar, inshaalloh...
- Oyijon! Nega unday boʻladi?! Qayerga yo'qoladilar?!
- Uni aldashibdi, qizim! Aldab Turkiyaga chaqirishib boshqa davlatga sotib yuborishibdi. Politsiya hodimlari qidirishyapti ekan...
Maftuna battar yigʻlashga tushdi. Koʻzlari hayrattan katta-katta ochilib ketdi.
- Nima?! Sotib yuborishgan deysizmi oyi?! Nega unday boʻladi?! Qanday aldanib qoldi ekan?!
- Ular ish uchun juda katta haq vada qilishgan ekan... Shu koʻp pul topay deya ularga ishonib qolibdidaaa, bechora...
Maftuna oʻziga kelolmadi. Telbalar singari atrofga alangladi. Behzod hozir qanday ahvolda ekan? Sogʻmikan? Maftuna tuni boʻyi uni oʻylab chiqdi. Koʻzlariga zarracha ham uyqu kelmadi. Hayot koʻziga juda-juda qorongʻu boʻlib koʻrinib ketti. Bu sinovli kunlarda faqatgina Allohga yuzlandi. Unga tinimsiz duolar qildi... Behzodning qaytishini soʻradi, baxtini, iqbolini soʻradi... Yoshgina qizning orzulari, muhabbati armon boʻlmasaydi?! Gʻururli yigitning qismati qanday yakun toparkin?! Allohim, barchasiga qodir Zot! Sovuq qishdan soʻng iliq kunlar kelib, bahor boshlanganidek Maftunaning hayotida ham iliq yoqimli kunlar albatta boshlanadi. Faqat bunchacha sabr kerak...
2-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira
⏰25.01.2025
/channel/hikoyalar
Maftuna kun-u tun telefonini yonidan qoʻymas, Behzod qoʻngʻiroq qilib qolar deya kutar edi. Lekin... U kutgan qoʻngʻiroq boʻlmadi. Maftuna battar havotirga tushdi. Axir yarim yil! Yarim yil boʻldi ketganiga...
- Maftuna! Qizim chiqaqol! Ovqatlanamiz...
Nargiza opa kechki ovqatni tayyorladi, Malika ham onasiga qarashar edi. Maftuna xonasidan asta chiqib, oshxona tomon odimladi.
- Dadam kelmadilarmi?
- Yoʻq... Bugun ishxonada qolar ekanlar... Muhim ishlari chiqib qolibdi.
Maftunaning kayfiyatsiz oʻtirganini koʻrib Nargiza opa tashvishlandi.
- Nima boʻldi qizim, mazang yaxshimi? Biron joying ogʻrimayaptimi bolam?
- Yuragim ogʻriyapti, oyi...
Nargiza opa ham Malika ham Maftunaga achinib qaradilar.
- Nima gap qizim?
- Bilmaysizmi oyi nima gapligini? Behzod akamni ketganiga yarim yil boʻldi. Daragi yoʻq-ku?! Na telefon qiladi, na sms yozadi, na Telegramdan xabar joʻnatadi! Toqatim toq boʻldi!
Maftuna qattiq yigʻlab yubordi. Dasturxon ustida oʻksinib-oʻksinib yigʻladi.
- Qizim, jon qizim... Yigʻlamagin. Ertagayoq Behzodjonni onasinikiga boraman, nima gapligini soʻrab kelaman bolam... Hijolat boʻlib bormay turgandim. Seni bu holing meni qoʻrqityapti bolam. Ertagayoq boraman!
Maftuna onasiga umidli qaradi. Haqiqatdan ham, Behzodning onasi shu yerda-ku, hech boʻlmasa onasiga qoʻngʻiroq qilib turgandir!
Maftuna koʻz yoshlarini artdi. Ancha yengil tortdi.
- Oling opa... Ovqatni men qildim bugun.
Maftuna singlisiga kulib qaradi.
- Asal singlim! Juda mazali boʻlibdi. Qoʻling dard koʻrmasin...
- Rahmat opajon.
* * *
Erta bilan Nargiza opa boʻlajak qudasinikiga borishga shaylandi. Nodir aka ayolining tadorigini koʻrib soʻradi.
- Ertalabdan qayerga ketyapsiz, onasi?
- Soliha opanikiga borib kelaychi...
Nodir aka ayoliga qaradi.
- Qaysi Soliha...? Iyyy, Qudanikigami?
- Ha.
- Nega? Sabab?
- Nega boʻlardi dadasi... Qizizni ahvolini koʻrmayapsizmi?! Bu yigit ketganidan beri biron marta qizizga qoʻngʻiroq qilmabdi. Havotir olyapti qiziz. Bilib kelaychi tinchlikmikan...
Nodir aka ham Behzodning birdan yoʻq boʻlib ketganidan tashvishda edi. Yarim yil boʻldi axir!
- Toʻgʻri aytasan onasi. Bir soʻrab koʻrchi...
- Ha shunday qilaman.
Nargiza opa boʻlajak qudasi Soliha xolaning uyiga keldi. Eski bir gʻishtin bino. Atrof ivirsib yotibdi. Nargiza opa asta bino ichiga kirdi. 3-qavatga koʻtarildi. Mana Soliha opaning eshigi, ohistalik bilan eshikni taqillatdi. "Taq... Taq... Taq!" Ichkaridan yoshgina qizning ovozi yangradi.
- Kim u?!
Soliha opa eshikni yana bir maromda taqqillatdi. Nihoyat qiz kelib eshik zinjilini tushirdi.
- Assalomu alaykum xolajon!
- Va alaykum assalom
Nargiza opa bu qizaloqni uncha tanimadi. Behzodning singlisi yoʻq edi. U onasining yolgʻiz farzandi edi. Unda bu qiz kim boʻldi ekan?!
- Solihaxon kerak edilar menga...
Qiz mayus bosh chayqadi.
- Xolamning ancha mazalari yoʻq... Yotib qolganlar...
Nargiza opa bunaqa gapni sira kutmagan edi. Hayron boʻlib qoldi. Boʻlajak qudasining sogʻligʻi yaxshi edi-ku?! Nega bunday boʻldi ekan?
Boyagi qiz Nargiza opani uyga taklif qildi. Soliha xola yotgan uy tomon boshlab bordi. Kichkinagina xonaning bir chetida Soliha xola osmonga qaragancha nimalarnidir hayol qilib yotardi.
- Xolajon! Maftuna opani oyilari kelibdi!
Soliha xola bazoʻr boshini burdi. Nargiza opa uni koʻrgach, yuragi qoʻrquvdan bir qalqib ketdi. Soliha xolaning yuzini ranggi shunchalar oqarib ketgan ediki, tariflashga til ojizlik qiladi. Lablari nim pushtirang, koʻzlari juda charchagan...
- Nima boʻldi opa? Axir tuzuk edingiz-ku?!
Nargiza opa Soliha xolaning qoʻllaridan tutdi. Soliha xola lablarini tishlagancha ovoz chiqarmay unsizgina koʻz yosh toʻkdi.
- Oʻgʻlim... Behzodjon...
- Tinchlikmi opa?
- Nargizaxon... Sizni singlim deganman... Sizga xabar bera olmadim vaqtida...
Singan yuraklar (Hikoya)
2-QISM
Maftuna uyiga yigʻlab qaytdi. Uning bu holati onasini tashvishga soldi.
- Nima boʻldi, qizim?! Nega yigʻlayapsan?
Maftuna javob berish oʻrniga battar tutaqib yigʻlar, koʻz yoshlari yuzini yuvar edi. Nargiza opaning toqati toq boʻldi.
- Nega gapirmaysan, axir?! Havotirga qoʻyma meni jon qizim!
- Oyi...
Maftuna yosh toʻla koʻzlari bilan onasiga mungli qaradi.
- Oyi...
- Ha ona qizim... Nima boʻldi senga?
Nargiza opa qizining oldiga o'tirdi. Yumshoq, mehrli qoʻllari bilan qizining oppoq bilaklaridan tutdi.
- Aytaqolsang-chi bolam?
- Behzod akam... Ketyaptilar.
Nargiza opa hayron qoldi. Toʻyga bir oy qolgan boʻlsa, hamma narsa taxt boʻlsa, barcha qarindosh-urugʻlarga xabar berib qoʻyilgan! Bu bola qayerga ketishi mumkin?! Yoki toʻyni toʻxtatmoqchimi?!
- Tushunmadim qizim, bu qanday gap boʻldi? Toʻyga hech qancha vaqt qolmadi-ku?! Qayoqqa ketadi?
- Oyijon... Boshiga ogʻir ish tushibdi. Tuhmat qilishibdi Behzod akamga. Uyini sotganmish... 2 xonali kvartirada onasi bilan ijarada turibdi ekan...
Maftuna yana oʻsha nigoh bilan onasiga qaradi. Alam bilan gapirdi.
- Toʻyni bir yilga suraylik deyaptilar! Turkiyaga ketarmish...
- Nima?! Esi joyidami uni? Taklifnomalargacha tayyorlab qoʻyilgandi-ku?! Qanday toʻyni toʻxtatamiz?
- Bilmadim, oyijon... Bilmadim... Ishlab kelay deyaptilar, uy olaman deyaptilar, hozir senga uylanganim bilan seniyam, oʻzimniyam qiynab qoʻyaman deyaptilar...
- Tavbaaa... Nega uyini sotibdi oʻzi? Nega biz behabarmiz bundan?
- Ishxonasida katta pul oʻgʻirlanibdi. Kamomat ancha ekan. Shuni Behzod akamni boʻyniga qoʻyishibdi. Qamalib ketmay deya uyini, yaqinda olgan mashinasini ham sotibdi.
- Yo Alloh! Bechora-yaa...
Nargiza opa anchagacha qizining qoshida xomush tortib oʻtirdi. Maftuna ham boshini quyi solib olgan, koʻzlari bir nuqtada qotib qolganicha, nimalarnidir hayol qilar edi.
- Qizim... Balki dadangga aytarmiz. Dadang bir uy olib beradi. Toʻyni ham oʻzimiz qilaveramiz, nima deysan shunga qizim?
- Aytdim... Yoʻq dedilar. Oriyatim yoʻl qoʻymaydi dedilar. Seni oʻz pulimga toʻy qilib, oʻz uyimga kelin qilib olib kelmoqchiman dedilar...
- Haa...
Nargiza opa umidsiz bosh chayqadi. U boʻlajak kuyovining fe'lini yaxshigina bilib olgan edi. Choʻrtkesar, bitta soʻzli yigit. Onasi ham sovchi boʻlib kelganida, qizingizdan bir dona igna ham olmaymiz, mebel, parda, gilamlarni, idish-tovoqlarni hammasini oʻzimiz qilamiz deb koʻp bora qaytargan edi. "Oʻgʻlim juda oriyatli bola. Xotinim olib kelgan devanda yotmayman, xotinim olib kelgan gilamni ustida yurmayman. Hammasini oʻzim ishlab qilaman" degan edi. Hozir shu fikrlar Nargiza opaning hayolidan bir-bir oʻta boshladi. "Kuyovim aytganini qilaydigan mard bola..." Ichida oʻyladi Nargiza opa.
- Mayli qizim, koʻp siqilma... Bunda ham bir xayr bor. Allohim hech bir ishni behikmat qilmaydi, jon bolam. Bunaqa qilib yigʻlab oʻzingni siqmagin. Hali dadang ishdan kelsalar bafurja maslahatlashamiz...
- Xoʻp oyijon...
Maftuna asta oʻrnidan turib xonasiga chiqib ketdi. Yostiqqa oʻzini tashlab to kech tushgunicha yum-yum yigʻladi...
* * *
Nodir aka Behzodning boshiga tushgan ishdan koʻngli hijil boʻldi. Toʻyni surilishi albatta unga yoqmadi. Ertaga Behzod uchib ketadi. Undan oldin u bilan yuzma-yuz gaplashib olishi kerak. Telefon qilib Behzodni chaqirtirdi. Behzod boʻlajak qaynotasining ofisiga keldi.
- Assalomu alaykum...
- Va alaykum assalom, oʻgʻlim xush kelibsiz!
- Xushvaqt boʻling! Chaqirtiribsiz...?
- Haa... Oʻgʻlim... Keling oʻtiring, gaplashib olamiz.
Nodir aka chashkasidagi achchiq qora qahvani simirib-simirib ichdi. Behzod stul ustiga omonatgina oʻtirib oldi.
- Endi oʻgʻlim... Bu hayot. Hayotda shunaqa koʻrgiliklar, sinovli kunlar boʻlishi tabiiy. Siz qaror qabul qilishga shoshilmang. Mana men oʻzim sizga uy olib beraman. Toʻyni toʻxtatmaylik...
📖 Бир куни саховати билан танилган Умар ибн Убайдуллох йўлда кетаётиб, бир боғнинг ёнидан ўтди. Боғнинг девори ёнида бир қул бола овқат еб ўтирар эди. Шу пайт унинг ёнига бир ит келди. Бола ўзи бир луқма еса, итга хам бир луқма берар эди.
Буни кўрган Умар ибн Убайдуллох: “Бу сенинг итингми?” деди. Бола: “Йўқ”, деди. Умар: “Унда нега овқатингга уни шерик қиляпсан?” деган эди, бола: “Ўзим еб, унга бермаётганим кўриб қолишларидан уяламан”, деди. Боланинг жавобидан лол қолган Умар: “Сен хурмисан ёки қулми?” деди. Бола: “Мен шу боғ эгасининг қулиман”, деди. Умар жўнаб кетиб, бироздан кейин қайтиб келди-да, “Суюнчи бер, Аллох сени озод қилди. Бу боғ энди сеники бўлди”, деди. Бола хурсанд бўлиб, “Гувох бўлинг, бу боғнинг хосилини шу шахардаги камбағалларга атадим”, деди. Боланинг химматига қойил қолган Умар: “Мени хайрон қолдирдинг. Ўзинг мухтож, камбағал бўла туриб, шундай қиласанми?” деди. Шунда бола иймон ва ишонч билан: “Аллох менга сахийлик қилиб турганда мен бахиллик қилишдан уяламан” деб жавоб берди.
Ана сизга саховатнинг, розилик ва қаноатнинг чўққиси!
Hammayoq koʻz ochib yumguncha oppoq libos kiydi. Atrofga yoqimli iliqlik tarqaldi. Maftuna paltosini kiyib koʻcha tomon yoʻnaldi. Onasi - Nargiza opa shosha-pisha qizining ortidan yugurdi.
- Voy qizim...! Shu sovuqda nima bor koʻchada?! Uyda oʻtirsangchi!
- Oyi siqilib kettim uyda... Mashinam bor-ku... Biroz atrofni aylanib qaytaman. Keyin...
- Nima keyin?
- Behzod akam bilan anchadan beri koʻrishganim yoʻq. Telefon qilsam koʻtarmayaptilar. Ulardan ham bir xabar olib qaytaman.
- Mayli bolam ehtiyot boʻlginda... Allohimni panohida boʻl.
- Xoʻp oyijon, xoʻp!
Maftuna mashinasiga oʻtirdi. Toʻgʻri Behzod akaning ishxonasiga bordi. U yerga borgach boʻlib oʻtgan ishlardan xabar topti. Behzod uyini sotib qamoqdan qutilib qolgan edi. Maftunaning yuzlarini gʻam qopladi.
- Nega menga bir ogʻiz aytmadi?
- Sizdan hijolat boʻlganda. Bahzod juda gʻururli bola!
- Ular hozir qayerdalar?
- Men hozir sizga ishlayotgan manzilini beraman.
Manzil boʻyicha keldi. Behzod kichkinagina oshxonada ofitsiant boʻlib ishlab yurardi. Maftunani koʻrib koʻzi chiqib ketay dedi.
- Tinchlikmi Maftun? Nega kelding?
- Bu nima deganiz? Nega qoʻngʻiroqlarimga javob bermayapsiz? Biz unashtirilganmiz axir?! Sizni juda sogʻindim...
- Maftun, jonim... Meniyam tushun. Hozir biroz ishlarim orqaga ketib qoldi. Balki toʻyni ham...
- Nima?! Toʻxtatamiz demoqchimisiz?!
Maftuna qattiq yigʻladi.
- Yigʻlamagin jonim... Yoʻq... Toʻxtatmaymiz... Birozginaga kechiktirsak ham boʻladi-ku toʻgʻrimi? Men ishlab uy olishim kerak... Oyim bilan ijarada turibmiz hozir... Seni qaysi uyga olib kelaman? Bizor ishlab pul qivolishim kerak...
- Kerakmas! Eshityapsizmi?! Menga uy kerakmas! Menga siz keraksiz...
- Uylanmayman demayapmanku jinnivoy?! Menga sendan boshqasi kerakmas.
Maftuna yigʻidan tindi. Behzod uning koʻzlariga mehr bilan boqdi.
- Bu yerda yaxshi pul topolmayapman. Ikki smenlab ishlayapman. Kechqurun kafe barlarda ham ishlayapman... Lekin...
- Nima lekin...?
- Pul yigʻilmayapti sira... Shunga chetga chiqmoqchiman. Biror yil qattiq ishlasam uy ham olaman, senga ham uylanaman...
- Keragi yoʻq... Meni tashlab ketasizmi? Dadamga aytaman... Yordam qiladilar!
Behzodning jahli chiqib ketdi.
- Meni kim deb oʻylayapsan?! Senga puling uchun uylanmoqchimasman! Men or qilaman eshityapsanmi, or qilaman dadangdan pul olgani...
- Bu nima deganiz? Dadam bizga begonami? Xoʻp qarz deb olasiz... Keyin qaytarasizda
- Esing joyidami? Boʻlajak qaynotamdan qarzga pul olamanmi? Boʻlmaydi. Meni gʻururim bunga yoʻl qoʻymaydi, Maftun.
Oʻrtaga jimlik choʻkti. Bu sukunat juda ogʻriqli edi.
- Asalim... Bir yil nima degan gap kiprik qoqquningcha oʻtib ketadi. Men ham shunaqa boʻlsin debmidim axir?! Ishlab albatta qaytaman. Muhimi seni sevaman... Sen uchun, seni quvonching uchun hamma narsa qilaman...
- Yana ketib qolasizmi? Men sizni hatto ismizni ham bilmayman. Keling tanishib olaylik...
Maftuna boshi bilan "Mayli" ishorasini qildi.
- Meni ismim Behzod. Katta bir supermarketda kassada ishlayman. Shu yerlikman. Oilaviy sharoit sababli institutni tashlaganman.
- Voy? Oʻqishdan ketganmisiz?
- Haa... Sharoit toʻgʻri kelmay qolganda. Endi hozir Alhamdulillah hammasi yaxshi. Ishlab ancha oyoqqa turib oldim.
- Haa... Bu ham Allohni sinovida.
- Albatta. Oʻzizni tanishtirmadiz?
- Meni ismim Maftuna. Shu oliygohda oʻqiyman. 2-kursman.
- Juda yaxshida. Tanishganimdan xursandman.
- Men ham...
* * *
Maftuna va Behzodning munosabatlari ancha chuqurlashgan edi. Behzod 3-4 marotaba Maftunaga sovchi qoʻydi. Lekin Maftunaning uyidagilari u yuborgan sovchilarni qaytarishar edi. Maftuna ota-onasiga yurak yutib, "U bolada koʻnglim bor"deya olmasdi. Behzod ham taslim boʻlmoqchi emas. Maftunaning ota-onasi tinmay rad javobini bersa-da, u yana va yana sovchilarini yuborishdan charchamas edi.
- Behzod aka... Uyimizdegilar meni boshqasiga uzatishmoqchi ekan...
- Kimga?
- Bilmadim... Dadamning yaqin kishisini oʻgʻli emish.
Behzod chuqur uhh tortdi. Koʻzlari afsusdan xiralashib qolgandek edi.
- Endi nima qilamiz? Men uyimdagilarga aytolmayapman... Qoʻrqyapman... Lekin sizdan boshqasini umr yoʻldoshi sifatida tasavvur qilolmayman. Qiynalib kettim...
Maftuna yigʻladi. Koʻzidan oqqan yoshlari chiroyli lablari ustida qoldi. Behzod uning yoshlarini asta artib qoʻydi.
- Maftun... Yigʻlamagin iltimos. Men oʻzim dadang bilan gaplashaman. Ularni koʻndiraman, ishon menga.
- Rostanmi?
- Rostan. Faqat sen yigʻlamagin xoʻpmi?
- Xoʻp. Lekin dadam sizni xafa qilib qoʻymasmikan?
- Bu yogʻi endi peshonamdan. Muhimi sen yonimda bo'lsang bas.
Maftuna indamadi. Behzod ham ortiq bir soʻz demadi.
* * *
Behzod Maftunaning dadasi - Nodir akaning oldiga keldi. Nodir aka katta bir korxona boshligʻi edi.
- Uzr sizga kim kerak edi?
- Nodir aka Maxkamovich kerak edilar?
Kotiba qiz Behzodga boshdan oyoq razm soldi.
- Xozir xabar beraychi?
Kotiba telefon goʻshagini qulogʻiga tutdi.
- Nodir Maxkamovich oldizga bir yigit kelibdi.
Kotiba Behzodga qaradi.
- Kechirasiz kimsiz va nima masalada keldingiz?
- Behzodman. Shaxsiy masala edi.
Kotiba yana telefon goʻshagini qulogʻiga qoʻydi.
- Ismlari Behzod ekan. Shaxsiy masala deyapti.
Kotiba qiz jilmaydi.
- Marhamat kirishingiz mumkin...
- Rahmat.
Behzod asta eshikni chertdi. Ichkaridan "kiravering" degan oʻktam ovoz yangradi.
- Kechirasiz...
- Marhamat keling oʻtiring.
- Men qizizga sovchi qoʻygan yigitman.
- Qaysi yigit? Qizimga sovchi qoʻyganlar koʻp.
- Men Behzodman. Supermarketda ishlaydigan... Qizizga 4 marta sovchi joʻnatgandim. Har safar rad qildilaring.
- Haaa... Esladim. Endi oʻgʻlim meni yaxshilab eshiting. Men javobimni aytganman allaqachon va u oʻzgarmaydi.
- Javobizni bilaman. Shuning uchun ham yonizga keldim. Men qizizni yaxshi koʻraman. Uni ham menda koʻngli bor. Toʻgʻri biroz kambagʻalroqman, lekin hali omadim keladi, ishoning... Qizizni albatta baxtli qilaman.
- Gap sizni kambagʻalligizda emas uka... Men ham sizdek edim. Sekin-sekin,avvalosi Xudo, keyin mehnatlarim evaziga mana shu darajaga erishdim. Men odamlarni kambagʻal, boyga ajratmayman. Insoniy fazilatlar men uchun birinchi oʻrinda turadi.
Behzod quyi solingan boshini asta koʻtardi.
- Unda nega sovchilarimni qaytardiz?
- Meni qizim juda erka, ham roʻzgʻor yumushlariga anchayam noʻnoq. Sizni xonadonizdagi muhit unga toʻgʻri kelmaydi. Qiynaladi qizim... Shuni oʻylab yoʻq degandim.
- Buni oʻylamang. Men Maftunani qiynalishiga yoʻl qoʻyib qoʻymayman. Siz beraman... Yigit va'dam! Uni baxtli qilaman.
Singan yuraklar
(Hikoya)
Maftuna universitet talabasi. Yosh, chiroyli... Iqtidori ham, aqli ham boshqalarga qaraganda koʻproq edi. Tez-tez turli xil musobaqa va konkurslarda qatnashib turar, oʻzini ustida tinmay ishlashdan charchamasdi. Qisqa qilib aytganda sodda, begʻubor va tirishqoq qizaloq. Ancha vaqt kurslarda tayyorlanib birinchi yiliyoq Grand asosida oʻqishga kirdi. Bundan uyidagilarining boshi osmonga yetdi. Soddadil va mehribon bu qiz institutda ham oʻqituvchilarining e'tiboriga tushib ulgurdi.
- Maftuna?
- Labbay domla?
- Oʻzlashtirishiz negadir bu oy ancha pastladi... Baholariz ham qoniqarli... Nega? Nima boʻldi?
Maftuna labini tishladi. Oyogʻi bilan yer chizgan boʻldi.
- Uzr domla...
- Siz eng oldi talabalarimizdansiz. Koʻproq oʻqing, koʻproq oʻzizni ustizda ishlang.
- Xoʻp boʻladi.
Maftuna darslari tugagach uyga ketish uchun shoshildi. Endi darvozadan chiqqandi hamki bir yigitni mashina turtib ketdi. Aksiga olib koʻchada Maftunadan boshqa hech kim yoʻq edi. Yigitni urib yuborgan mashina esa, allaqachon qochib qolishga ulgurgan edi.
- Ixxx, oyogʻim...!
Yigitning bir oyogʻi qonab ketgan edi. Maftuna qoʻrqib ketdi. Koʻcha chetida yotgan yigitning oldiga yugurib bordi.
- Tuzukmisiz? Yaramas! Sizni urib oʻzi qochib qoldi...
Maftuna yigitga achinib qaradi. Yigit oyogʻini changallagancha ogʻriqdan oh chekib oʻtirar edi.
- Oyogʻim sindimikan? Qimirlatolmayapmankuuu...
Maftuna yigitning qoʻliga va qondan qizarib ketgan jensiysiga qaradi.
- Yomon qonabdi-ku... Ishqilib sinmagan boʻlsinda!
Yigit boshini koʻtarib tepasida qarab turgan qizga qaradi. Ahvolidan hijolat tortdi.
- Voy... Ogʻriqdan e'tibor bermabman. Kechirasiz...
Yigit bazoʻr oʻrnidan turdi. Chap qoʻli bilan qonagan tizzasini ushladi. Chayqalib-chayqalib yura boshladi.
- Voy shu ahvolda qayoqqa ketasiz?! Oyogʻizni qareng... Qonab yotibdi. Keling men yordamlashaman.
- Yoʻgʻee... Qoʻyavering. Oʻzim bir amallayman.
- Siz doktorga borishiz kerak. Mashinam bor. Oʼzim olib boraman.
Yigit qizni mashinasi borligini eshitin battar qizarindi.
- Yoʻgʻee... Men qiz bolani mashinasiga chiqmayman.
- Voy nega hijolat boʻlasiz? Bu ahvolda qiynalasiz-ku... Yuring olib boray.
Yigit qat'iy bosh chayqadi.
- Yoʻq. Yaxshi qiz rahmat, mehribon ekansiz. Lekin... Men taksi chaqiraman. Taksida doktorga boraman.
- Aniqmi?
Qizning katta-katta ochilgan chiroyli koʻzlari yigitni dovdiratib qoʻydi. Oʻzining holidan hijolat boʻlib jilmaydi.
- Haa, aniq. Toʻgʻri doktorga koʻrinaman. Siz havotirlanmang.
Qiz ham jilmaydi. "Mayli boʻlmasam" deb oʻzining mashinasi tomon yurdi. Yigit bu notanish lekin juda mehribon va soddadil qizning ortidan jim qarab qoldi.
* * *
Maftunaning eng gullagan yoshlik davrlari juda goʻzal oʻtmoqda edi. Talabalik - oltin davr. Yoshlik - joʻshqinlik. Uyidagilari uni hali-beri uzatishmoqchi emas, sababi hali yosh ham roʻzgʻor yumushlariga noʻnoqroq edi. Oilani eplab ketolmaydi deya qoʻrqishar edi. Ham Maftunaning dadasi katta tadbirkor va obroʻli odam. Lekin din-diyonatdan chiqmagan, insonni boyligi uchun emas, insoniyligi uchun hurmat qiladigan kishilardan edi. Maftunaning onasi ham oqila ayol, oldinlari bogʻchada tarbiyachi boʻlib ishlagan, hozirda hech qayerda ishlamas edi.
Maftuna uyga kirdi. Kirsa mehmonxonada onasi va singlisi tuzatilgan dasturxonni yigʻishtirish bilan ovora edilar.
- Assalomu alaykum oyijonim!
- Va alaykum assalom, qizim keldingmi?
- Voyvooo... Mehmon kutdilaringmi?
- Haa...
- Kim keldi?
- Sovchilarda kim boʻlardi?
Maftuna quvlik qilib singlisiga qaradi.
- Puchugʻoyizga sovchi keldimi?
Malika opasiga ensasi qotib qaradi.
- Voy men hali maktabda oʻqiymanku opa?!
- Ha unda kimga keldi sovchilar?
- Menga keldi!
Maftunaning oyisining zardasini tushundi.
Nargiza opa ham qizining bu qaroridan quvondi.
- Mayli bolam, shuni lozim topibsan biz seni hamisha qo'llab quvvatlaymiz! Ham bu ulkan savob bo'ladi Inshaalloh!
- Rahmat dadajon!
Maftuna kalitni olib xonasiga kirib ketdi. Endi ertagayoq Soliha xolaga uyni kalitini berib ularni xursand qiladi, keyin esa... Oʻsha notanish yigit bilan uchrashadi...
Balki bu ham yaxshilikkadir, balki rostan ham u yigit yaxshi insondir? Maftunani baxtli qalar? Lekin negadir Maftuna uni o'ylagani sari yuragida og'riq kuchaydi... Ko'z oldiga Airaportda "Meni kutasan-a?!" Deya umidli boqib turgan Behzod kelaverdi. O'shanda u nima degan edi? Albatta kutaman, demaganmidi?! Behzod bag'riga bosgan payti, sizdan boshqasini turmush o'rtoq sifatida tasavvur qilolmayman, degan u emasmidi?! U edi! Va'da bergan ham u edi! Maftuna bir-bir o'tmishini hayolidan o'tkazdi. Behzod bilan birinchi tanishgan kunini esladi. Mashina turtib ketgan yoshgina, chiroyli yigit! Ko'zlari, qoshlari tim qora... Kipriklari qizlarnikidek uzuk, ovozi... Uning ovozi yurakni yondiradigan darajada yoqimli edi! Keyingi uchrashuvlar... Sof sevgi izhorlari... Behzodning Maftunani qo'lini so'rashi... Birinchi marta Behzoddan sovchilar kelganda his qilgan allaqanday hayajoni... Uzoq kutilgan unashtiruv kuni... Barmog'iga taqilgan tilla uzuk... Behzodning qo'qqisdan beparvo bo'lib qolishi va oxiri ayrilish kuni! Maftuna o'tmishi bilan hisoblashib anchagacha uxlolmadi, ertangi uchrashuv qanday o'tarkin? Hayoti qanday davom etarkin endi? Bu yog'i endi Allohimni iznida!
4-QISM TUGADI
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰27.01.2025
/channel/hikoyalar
Behzod Bahodirning so'zlarini tingladi. Ichida bir g'alayon ko'tarildi. Ko'ziga achchiq yosh qadaldi. Uning Maftunasi-chi?! Uni kutyaptimikin?! Uni sog'inyaptimikin?! Yoki... Axir bu yerlarga kelganiga bir yildan oshdi. Bir yilda qaytaman deb va'da bergan edi... Qani edi qaytolsa?! Qani edi uning go'zal yuziga to'yib qarasa?! Ko'zlarining tub-tubiga cho'kib ketsa?! Qo'rquvdan titragan lablaridan yana o'psa?!
Qiziq Maftuna haqiqatda uni sevarmidi? Unga va o'rtadagi ahd-u paymonga vafo qildimikin? Lekin Behzod Maftunani baxtli bo'lishini xohlaydi. Agarda u boshqasini tanlasa va baxtga erishsa, bundan faqat quvonadi. To'g'ri ko'ngli og'rishi mumkin, qalbi vayron bo'lar, balki hayot u uchun ma'nosiz bo'lib qolar, lekin eng asosiysi jonidan ortiq sevgani shodlikka, xursanchilikka va baxtga ko'milib yashashidir. Behzod shularni hayolidan o'tqazdi. Bahodir ham anchagacha o'ychan holda o'tirdi. O'rtada sokinlik hukm surdi. Tillar so'zlardan to'xtadi. Endi bu yog'iga faqat dillar gapirar, ko'zlar izohlar, nigohlar tasdiqlar edi...
- Akam sog'mikan?!
Asta gap boshladi Temur.
- Jigar serrozi... Oxirgi bosqichi edi. Operatsiya qildirish kerak edi... Bu dunyoda akamdan boshqa hech kimim yoʻq... Ular menga ham onalik, ham otalik qilganlar... Nahotki?! Endi akamni ko'rmayman!
Hamma o'zining kiminidir hayol qilib ketdi. Sog'indi, o'yladi, o'rtandi! Sog'inch masofada yanada kuchayadi. Sevgi masofada sinaladi. Masofa qancha uzoq bo'lsa, shuncha yurakka azob beradi. Behzod asta osmonga qaradi. Ko'zlarini yumdi... Asta pichirladi...
- Inshaalloh ertaga bu yerdan qochamiz... Va hammamiz bizni sog'ingan va biz sog'ingan insonlar oldiga qaytamiz. Onajonim...! Maftunam...! Sizlarni shunday sog'indim-ki!
* * *
Maftuna bankda hisobchi bo'lib ish boshlaganiga mana 1 yarim yil bo'lib qoldi. Shu yil ichida tayyorlagan hisobotlari boshliqlarga yoqib u yerdagi obroʻsi ham, oylik maoshi ham anchayin oshdi. O'zi ishlab yiqqan puliga bir shinamgina hovli sotib oldi. Maftuna bu hovlini Behzodning onasiga berishni judayam xohladi. Bechora ona! Shu 5 yil ichida ancha sog'lig'ini yo'qotdi. Sharoiti yoʻq bir katalakday kvartirada qiynalib yashayapti. Kuni kecha Maftuna Soliha xolani bozor yaqinida manti sotayotganini ko'rib qoldi. Havo sovuq... Soliha xola barmoqlari qizarib ketganicha uyida pishirib kelgan mantilarini odamlarga sotar edi. Ko'zlari hecham kulmay qo'yibdi. Maftuna Soliha xonaning oldiga yugurib bordi.
- Onajon nima qilyapsiz?! Bu nima qilganingiz axir?!
Soliha xola Maftunani ko'rib hijolatli jilmaydi.
- Uyda bekor o'tirgandan ko'ra, shularni pishirib sotsam, ham chalg'iyman, ham pul bo'lardi degandimda, qizim...
- Ehhh, onajonim! Meni kechiring oxirgi paytlar o'zim bilan bo'lib sizdan xabar ololmadim!
Maftuna yig'lab yubordi. Soliha xola Maftunani yuzlaridan siladi.
- Bir og'iz telefon qilmaysizmi, ona! Pul kerak bo'lsa, men berardim-ku?!
- O'tgan safar ham ancha pul tashlab ketgan ediz, qizim... Juda hijolat bo'ldim. U pulni ijaraga berdim... Dori darmonlarimni oldim... Endi mana yana oy oxirlayapti, uyda baribir bekorchi bo'lsam, harna pul topay degandimda...
- Nega hijolat bo'lasiz? Men sizni qizingiz emasmanmi?! Ona o'z qizidan hijolat bo'ladimi?! Puliz tugabdikan, aytganizda yana tashlab ketardim. Sovuqda bunaqa qiynalishizga aslo yo'l qo'ymayman!
Maftuna Soliha xonani narsalarini yigʻishtirdi. Mashinasiga joyladi.
- Yuring ketamiz... Sovuqda yurmang, onajon.
Soliha xola mashinaga asta o'tirdi. Unsizgina jim yig'lab ketdi. Maftuna ham ko'z yoshlari tutib turolmadi. "Bechora ona! Behzod akamni kutib adoyi tamom bo'libdilar. Sochlari judayam oqarib ketibdi! Yuzlarida ham ajin ko'paygan! G'am odamni mana shunday qaritib tashlar ekan. Ko'zlari ma'nosiz..." Maftuna Soliha xolaga qarar ekan, hayolidan shunday gaplar o'tdi. Soliha xolani va narsalarni uyga olib kirdi. So'mkasini ochib hamyonini oldi.
Singan yuraklar (Hikoya)
4-QISM
Osmondagi bulutlar erta tongdan qovog'ini solib olishdi. Nimadandir jahli chiqqandek, nimadandir achchiqlaangandek qorayib, bo'zarib kettilar. Oradan hech qancha vaqt o'tmay sharros yomg'ir quyib yubordi. Yomg'ir tomchilaring shitirlagan ovozi har tarafni egallab oldi. Olamda faqatgina ikki narsa qoldi : Yomg'ir va tabiat. Ular ikkalasi bir-birlari bilan nimadurlarni gaplashgan kabi, qandaydir bir masalani hal qilolmay bahslashishayotgandek tinimsiz pichir-pichir qilishar edi. Ularning bu muzokaralari anchagacha cho'zildi...
Maftuna kechasi bilan yig'lab chiqdi. Oxiri charchab uxlab qolibdi. Momoqaldiroqning g'azab bilan guldurashidan cho'chib uyg'onib ketdi. Soat 8 dan oshgan, lekin atrof g'ira-shira qorong'u edi. Maftunaga kecha sovchilar kelishdi. Yigit uylanib ajrashgan ekan, bitta o'g'ilchasi bor... Mana bir haftadirki, Maftunani so'rab keluvchilar ko'paydi. Lekin ularning aksariyati uylanib ajrashganlar va yoshi katta insonlar bo'lishdi. Maftuna o'zining bu qadar baxtiqaroligidan o'kinib yig'ladi. "Qaniydi, Behzod akam qaytib kelganlarida..." Maftunaning turmushga chiqish qarori singlisiga yoqmadi.
- Opajon... Nega bunday qilyapsiz, axir? Behzod akaga sizni kutaman, deb so'z bergan edizku?!
Malika chiroyli ko'zlari bilan opasiga iltijoli qaradi.
- Opaa... Agar meni deb shu qarorga kelgan bo'lsangiz, unday qilmang... Men qachonki sizni baxtli ko'rsamgina undan keyin oila quraman. Meni baxtli bo'lsin deb unaqa shoshilib qaror qilmang opajon!
- Sen uchun emas... Toʻgʻri, balki bir hisobda sen uchun hamdir... Lekin, shunday qilishim kerak. Umrim o'tib ketyapti... Behzod akam kelishlarini erta-yu kech kutdim, Allohga yiğlab duolar qildim...
Maftuna yig'lab yubordi. Lekin tezda ko'z yoshlarini artdi. Singlisiga emas, devorga ilingan chiroyli suratga qarab so'zida davom etdi.
- Muhabbat nima o'zi? Men Behzod akamni aslo unutmayman, uni qalbimda saqlayman... Bir kun kelib qaytsalar va boshqa bir qizga uylansalar men bundan xafa bo'lmayman... Balki allaqachon uylanib, oilali ham bo'lgandirlar... Bilmadim... Balki endi diydor Qiyomatga qolgandir, bunisini ham bilmayman...
Maftuna singlisiga qaradi. Mayin tabassum qildi.
- Dadamning boshlari egilmasin, onam ham nabiralarini o'ynatsinlar, sen ham sevgingga yet... Alloh hech bir ishni behikmat qilmaydi, singlim. Demakki, Behzod akam bilan birga bo'lishimiz taqdirimizga yozilmagan ekan... Men ham oilam bo'lishini, farzandlarim bo'lishini xohlayman!
Malika indamadi. Opasini bunaqa holatda oldin sira ko'rmagan edi. Ko'ngli hijil bo'ldi. Maftunaga ich-ichidan achinib ketdi. Maftuna barmog'idan sira yechmaydigan o'sha uzuk, Behzod unashtiruv kuni taqib qo'ygan uzukni asta yechdi... Bo'ynidagi zanjiriga o'tkazib taqib oldi.
- Bu uzuk doim yuragim yaqinida turadi endi...
Malika ham, Maftuna ham jimgina so'zsiz qoldilar.
* * *
Bugun Maftunaga yaxshi bir yigitdan sovchilar kelishdi. Yigit kelishgan, o'qimishli ekan. Yoshi ham uncha katta emas, Maftunada 2 yosh farqi bor, xolos... Eng asosiysi uylanmagan. Ikki taraf ham yoshlarni uchrashtirish fikriga tushishdi.
- Nargizaxon... O'g'lim vrach! Katta bir shifoxonada ishlaydi. Ichmaydi, chekmaydi, notoʻgʻri yoʻlda yurmaydi... Qizingizni ko'riboq yoqtirib qolibdi. Endi shu ikki yosh, avvalo uchrashib ko'rishsa, oz bo'lsada bir-birlariga ko'ngli tushsa, keyin biz kattalar maslahatni bir joyga qo'ysak, shunga nima deysiz?
Nargiza opa kelgan sovchilarga nim tabassum bilan qaradi.
- Albatta... Dadasi bilan bir maslahatlashamiz, qizimning ham oldidan bir o'tib qo'yishim kerak.
Sovchilar Nargiza opaning gaplaridan ko'ngillari yorishganicha, Bir-birlariga ma'noli qarab oldilar.
- Mayli aylanay... Siz yaxshilab maslahatlashing, keyin bizga qo'ng'iroq qilib javobini aytsangiz, shunga qarab ish qilamizda!
U akasining sogʻayishi uchun pul ishlagani kelgan edi. Behzodning holati esa...
Xullas bu 5 yigit taqdiri oʻxshash, dardi bir boʻldi. Endi ular ortga qaytolarmikin?! Ularni vatanda zor intizor kutib turgan ota-onalari, aka-ukalari, sevgan yorlari diydorlariga toʻyisharmikin?! Alisher, Sarvar, Temur, Bahodir va Behzod... Bu yigitlarning hayot kechinmalari juda chigallashib ketdi. Lekin aslo Yaratgandan umidlarini uzishmadi!
* * *
Hayot asli falsafa. Hayot asli murabbiy! Bizga nimanidir oʻrgatmoqchi boʻladi, nimandir anglatgisi keladi! Behzodning oʻjarligi va soddadilligini, uning hayot zarbalariga qanchalik chidamli ekanligini va Maftunaning sevgisiga boʻlgan sadoqatini, irodasini taqdir mana shu yoʻsinda sinab koʻrmoqchimikin?! Bahor oʻtadi, gullar soʻladi... Quyoshning issiq tigʻi olamga yoyiladi, atrofga yam-yashil libos kiydiradi... Barglar sargʻayadi, yer bilan bir boʻlib toʻkiladi... Sovuq shamol nafasi har tarafni toʻzgʻitadi... Tabiat yalangʻochlanadi... Qup-quruq yerlarga oqqoq qor parchalari asta qoʻnadi... Atrofga elangan un singari yoyiladi... Uning ketidan yana hayot boshlandi... Tabiat uygʻonadi... Gullar ochiladi!
Hayot shunday bir tekisda aylanaveradi... Aylanaveradi... lekin toʻxtab qolmaydi. Umr ham oʻtadi, vaqt ham oʻtadi. Hamma narsa oʻtadi... Bir kun kelib barcha insonlar yer ostiga kiradi... Boy-badavlati ham, kambagʻali ham, yolgʻonchisi ham, tuhmatchisi ham, sotqini ham... Barchasi bu dunyoda qilgan amallari uchun hisob qilinishadi. Zero Alloh bandalarni imtixon uchun yaratgandir!
3-QISM TUGADI.
✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰26.01.2025
/channel/hikoyalar
Maftuna singlisining gapidan kulib yubordi. Hozirgina yigʻidan qizargan koʻzlar jonlandi, oʻt boʻlib porlab ketdi.
- Xoʻp yigʻlamayman...
- Mana bu boshqa gap. Meni chiroyli opam!
Maftuna singlisiga uzoq tikilib qoldi. Singlisi mana bu yil 2-kurs boʻldi. Husniga husn qoʻshilibdi, yuzlari, qahvarang koʻzlari, nim pushti lablari... Bunga mutanosib chap yanogʻidagi jajjigina qora holi... Singlisi shu 5 yil ichida ancha oʻzgardi. Nazokati ham, aqli ham oʻsdi. Ayni oila quradigan vaqti keldi! Singlisining koʻzlarida yoshlik, joʻshqinlik, sevgi - barchasi porlab turar, ovozidagi yoqimli ohang ulgʻayganini bildirib turar edi.
- Opa... Nega tikilib qoldiz?! Nima meni oldin koʻrmaganmidiz?!
Malika qiqirlab kuldi. Maftuna ham kuldi. Lablariga oʻzgacha tabassum yugurdi.
- Sevganing bormi?!
Malika opasining toʻsatdan bergan savolidan biroz esankirab qoldi.
- Nega soʻrayapsiz?
- Qiziqdim...
- Oldin hech ham bunaqa savol bermagandiz...
- Koʻzing yonib turibdi... Hayolimga shu savol keldi.
Malika uyalib yerga qaradi. Yuzi biroz qizargandek boʻldi.
- Aytaver... Axir opangman.
- Xmm, bor...
Maftuna tabassum qildi. Singlisini bilagidan ushladi.
- Kim u?
- Kursdoshim... Mendan 2 yosh katta. Sevishmaymiz, lekin u aytgan yoqtiraman sizni degan.
- Xoʻsh... Senchi?
- Men... Men... Yoʻq, aytmaganman, undan oʻzimni olib qochaman doim.
- Nega?! Bilmadim... Uyalsam kerak...
Maftuna kuldi. Singlisi haqiqatda juda uyatchan qiz. Ham kamgaproq, doim hayol surib yuradi...
- Sovchi joʻnatganmi?
Malika opasiga qaradi. Nima deyishini bilmay, lablarini tishlab qoldi.
- Gapirsang-chi?!
- Haaa... 6 marta sovchisi keldi.
- 6 marta?!
- Haa... Hammasini qaytardim.
- Nega qaytarding?
Malika javob bermadi. Maftuna bergan savolidan oʻzi gʻalati boʻlib ketdi. Nega boʻlardi, axir oldida opasi turibdi-ku?! Qanday qilib undan oldin erga tegadi?! Maftuna oʻylanib qoldi. Malika sekin oʻrnidan turib xonasiga kirib ketdi. "Haqiqatdan ham singlimni baxtini bogʻlab qoʻydim... U baxtli boʻlishga haqli qiz! Sevganiga yetishsin... Men toʻgʻanoq boʻlmay..." Maftuna ham xonasiga kirib yotdi. Koʻziga uyqu kelmadi. Bir tomonda Behzodni hali ham sevadi... Uni kerak boʻlsa umrining oxirigacha kutishga tayyor! Lekin singlisi-chi?! U opasini deb baxtsiz qolsa-chi?! Unda Maftuna baxtli boʻla olarmidi?! Yoʻq! U singlisini judayam yaxshi koʻradi. Uning baxti uchun oʻz baxtidan ham kecha oladi!
To tonggacha Maftuna uxlay olmadi. Singlisi uchun qaror qabul qildi. Oila qurishga ahd qildi. Lekin oʻzining koʻngli-chi?! Bundan keyingi hayoti-chi?! Allohga tavakkal! Axir hamma ham sevib oila quravermaydi-ku? Balki oila qursa, rangsiz hayotiga rang kirarmidi?! Mazmunsiz oʻtayotgan umrida oz boʻlsada ma'no boʻlarmidi?! Hayoti oʻzgararmidi?!
* * *
- Behzod Karimov! Behzod Karimov!
- Bu men!
- Hujjatlaringizni topshiring! Sizni roʻyxatga kiritib qoʻyamiz. Shu roʻyxat asosida ishlaysiz, qoʻshimcha mablagʻ ham olishingiz mumkin.
- Xoʻp mana, hozir...
Behzod soʻmkasidan hujjatlarini uzatdi. Unga sherik boʻlib kelgan yana 4 nafar yigit ham oʻz hujjatlarini topshirdi. Ularni Turkiyaning eng chekka hududiga olib bordilar, bu yerda daraxtlar nihoyatda koʻp edi. Balant togʻ ortida dengiz suvlari mavj urib oqar edi. Behzod va uning sheriklari ishni boshlab yubordilar. Daraxtlardan zaytun terib ularni saralashar va maxsus qutilarga joylashar edi. Quyosh tikka kelgunicha salkam 60 tadan ortiq qutilarni zaytun bilan toʻldirishdi. Bogʻ egasi ulardan judayam mamnun edi. Turkchalab yigitlarni olib kelgan oʻzbek hamkoriga qarab bir-narsalar deb kular, onda-sonda Behzod va sheriklariga koʻz qiri bilan qarab qoʻyar edi. Behzod yonidagi sherigiga qaradi.
- Alisher! Alisher...
- Ha Behzod?
- Telefoning bormi? Uyga qoʻngʻiroq qilib olmoqchi edim... Kelganimizga 3 kun boʻldi. Hali xabar berolmagandim.
Ish uncha ogʻir emas, boshlanishiga daraxtlardan zaytun terish, keyin uni saralash, yashiklarga joylashtirish, ishlab chiqarish fermalariga joʻnatish. Qancha koʻp ishlasa, oyligi shuncha oshar ekan. Boshlanishiga oyiga 800 $ taklif qilishdi. Behzod ham bajonidil taklifga rozi boʻldi. Bir yilga shartnoma imzolandi.
Onasi bilan kvartirada xayrlashishdi. Soliha xola oʻgʻlini anchagacha bagʻriga bosib turdi. Oʻgʻlining boylarini toʻyib-toʻyib hidladi.
- Jonim bolam... Seni judayam sogʻinaman... Oy borib, omon qaytgin oʻgʻlim... Allohimni panohida boʻl.
- Onajonim... Yigʻlamang. Bir yil tez oʻtib ketadi mana koʻrasiz. Oʻgʻlingiz koʻp pul topib qaytadi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay ishlaydi! Halol rizq topadi. Uy olamiz, mashina olamiz, toʻy ham qilamiz! Faqat baxtimga siz sogʻ boʻlsangiz bas, onajon!
Soliha xola koʻz yoshlarini tutib turolmadi. Oʻgʻlini qayta-qayta quchoqladi. Koʻz yoshi tushib hoʻl boʻlib ketgan lablari bilan oʻgʻlining yuzlaridan oʻpdi. Behzod onasining koʻz yoshlarini artdi. Chiroyli, tim qora koʻzlari bilan onasiga qaradi.
- Onajon duo qiling... Men endi boray, samalyotdan kech qolaman...
- Mayli oʻgʻlim... Allohim seni saqlasin, ishlaringni rivojini bersin! Doim sogʻ-salomat boʻlgin... Bagʻrimga eson-omon qaytib kelgin bolam! Amiyn, Allohu Akbar!
Behzod toʻgʻri Airaport tomon yoʻl oldi. U yerda uni Maftuna kutib turardi. U juda chiroyli kiyinib olibdi, boshidagi roʻmoli ham did bilan oʻralgan, chiroyli, nozik qoʻllarida Behzod bergan uzuk... Maftunaning oy kabi goʻzal husni, oppoq yuzlari... Oʻsha kungi olingan boʻsaning ta'mi... bir umrga Behzodning qalbida muhrlanib qoldi.
* * *
Maftunaning ahvoli kun sayin yomonlashib borar, kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar oʻtaverar, lekin hamon Behzoddan darak yoʻq edi. Yana 2 yil oʻtdi! 2 yil! Maftuna universitetni tamomladi. Yoshi ham 26 ga yetdi. Maftunaning dadasi Behzodni ancha vaqt qidirdi. Turkiya va unga qoʻshni mamlakatlar elchixonalariga Behzodning yoʻqolganini va uni topishlarini soʻrab ariza yubordi. Lekin barcha urinishlar befoyda ketdi. Behzod sahrodagi birgina qum zarrasi singari yoʻq boʻlgan edi. Oxiri Nodir akaning ham sabr kosasi toʻldi. Boʻlajak kuyovini tirikligiga shubha qila boshladi. Odamlarning gap soʻzlari tobora ortib borar, Maftunaning umri Behzodni kutib oʻtib ketayotgani el ogʻziga tushgan edi.
- Boʻldi! Sabr kosam toʻldi! Koʻchada bosh koʻtarib yurolmay qoldim, axir! Qachongacha kutish mumkin?! Axir ketganiga yaqinda 5 yil boʻladi.
Nargiza opa erini tinchlantirishga urindi.
- Jon dadasi... Mening ham yuragim ezilib ketdi. Qiziz bechora guldek soʻlib qolyapti... Lekin koʻngli hamon oʻsha yigitda...
- Koʻngli bilan ishim yoʻq endi! Qizing yaqinda 30 ga kiradi! Bir umr oʻshanisini kutib toq oʻtib ketmoqchimi?! Kerakmas! Unashtiruv bekor, men Maftunani shu oy uzatib yuboraman!
Nargiza qoʻrqib ketdi. Qizi bunga aslo koʻnmaydi. Axir erta-yu kech Behzodni kutyapti. Lekin bir tomondan erini ham tushunadi... Qizini bunday oʻtirishi yaxshi emas. Umri oʻtib ketyapti. Qizi tengilar allaqachon 2, 3 ta farzandli boʻlishdi...
- Onasi... Meniyam tushun... Koʻchaga chiqsam odamlar gapiryapti, qiziz oʻtirib qolyapti, qachongacha boshlaringga yostiq qilasizlar deyishyapti. Bu yoqda Malika ham 2-kurs boʻldi. Opasi qolib tinimsiz unga sovchilar kelyapti. Opamdan oldin erga tegmiman deb sovchilarni hammasini qaytarib yuboryapti, oʻzing koʻrib turibsan... Bu qizing... Singlisini ham baxtini bogʻlab oʻtiribdi!
- Haqsiz dadasi... Men ham anchadan beri shuni oʻylab yurgandim. Balki Behzodjon tirik yurgandir, balki qaytib ham kelar... Lekin qachon?! Balki hech qachon qaytib kelmas... Bilmadim.
- Onasi... Qizing bilan gaplash. Yotigʻi bilan tushuntir. Singlisini ham oʻylasin, bizni qiynamasin. Hamma ham sevib oila quravermaydi-ku, oilada eng asosiysi oʻzaro hurmat! Bir yaxshi inson chiqsa, oʻylab koʻrsin...
Бир чолу кампир бор экан. Уларнинг ҳаёти болдек ширин, жуда намунали кўринар экан.
Чолдан бунинг сирини сўрашганида у шундай жавоб берибди:
– Мен доим хотинимнинг гапини тескарисини қиламан. У “ўнгга юрайлик” деса, мен “чапга юрамиз”, дейман, “чапга юрайлик” деса, мен “ўнгга юрамиз”, дейман.
– Нега ундай қиласиз, отахон — сўрашибди яна ундан.
— Кеманинг раҳбари битта бўлиши лозим, акс ҳолда у чўкиб кетади. Сўнг сўзни, сўнг қарорни эркак бериши керак, тамом! — деб жавоб берибди чол.
Кейин эса ширин ҳаётнинг сабабини кампирдан сўрашибди, унинг жавоби шундай бўлибди:
— Мен турмушга чиққанимдаёқ чолимнинг қайсар, муросасиз эканини билганман. Шуни ҳисобга олиб, қачон ўнга юришни истасам, чапга юришни, чапга юришни истасам, ўнга юришни сўрайман…
Шундай қилиб, чол умри давомида ўзини раҳбар деб ўйлаган, кемани ўзим бошқараман, деб ишонган. Аслида эса хотини хотиржам бўлиб, қийинчиликларсиз хоҳишларини амалга ошириб келган.
Ҳой аёллар, доно бўлинг!)😉
Ҳой эркаклар, хушёр бўлинг!)😅
- Nima gap oʻzi? opa qoʻrqitmang meni...
- Oʻgʻlim yoʻqoldi Nargizaxon! Togʻdek oʻgʻlim dom daraksiz yoʻqoldi!Uni aldab sotib yuborishgan ekan... Hali ham topilgani yoʻq...
Nargiza xonaling xushi boshidan uchib ketdi. Qoʻrquv va hayrattan koʻzlari katta-katta ochildi. Soliha opa entikib-entikib soʻzlashda davom etdi.
- Ketganiga bir oydan oshgach... Havotir oldim... Chunki telefon qilmadi. Men erta-yu kech kutardim... Oxiri boʻlmadi. Maxkamaga bordim... Ariza yozdim... Oradan yana 2 oy oʻtib ketdi. Oʻgʻlimdan hamon darak boʻlmadi. Keyin tezkor qidiruv boʻlimidagilar qoʻngʻiroq qilishdi...
Soliha opa qattiq yigʻlab yubordi. Holsiz boʻlgani uchun lablari qurib ketti, entikib-entikib nafas olganidan koʻksi koʻtarilib ketar, qoʻllari qaltirar edi.
- Oʻgʻlingiz odam savdosi qurboni boʻlganga oʻxshaydi deyishdi! Uni Turkiyaning hech bir Zaytunzoridan topisholmabdilar. Uni Turkiyadan boshqa davlatga olib chiqib sotib yuborishibdi. Hozircha qaysi davlatga sotishgan, kimlar bu iflos ishni qilgan aniq emas emish... Qidiruv ishlari davom etyapti deyishdi...
Soliha xola yigʻlab-yigʻlab oʻz gapini tugatdi. Nargiza opa eshitganlariga ishongisi kelmas, qizi bu xabarni eshitsa qanday ahvolga tushishini faraz qilib, yuragi orqaga tortib ketar edi.
- Bu xabar... Menga juda yomon tasir qildi. Mazam qochib taqa-taq yotib qoldim...
Nargiza opa boʻlajak qudasiga achinib ketdi. Endi nima boʻladi?! Behzod topilarmikin?! Agar hozir qizini boshqasiga uzatib yuborsa bu ayol bu gapni koʻtarolmay oʻlib qolsachi?! Ishqilib Behzod tezroq topilsin...
* * *
Nargiza opa uyiga boʻshashib qaytib keldi. Uni uyda Maftuna koʻzlari toʻrt boʻlib kutib oʻtirar edi. Nargiza opa eshikni ochib uyga kirishi bilan Maftuna va Malika xonalaridan yugurib chiqishdi.
- Nima boʻldi opajon?! Gaplashdizmi? Sogʻmikanlar ishqilib? Nega yoʻq boʻlib ketibdi?
Bir tomonda Malika, bir tomonda Maftuna ketma-ket savollar yomgʻirini boshlashdi. Nargiza opa ularning hech bir savoliga javob bermas, indamay ustki kiyimini yechib qoʻyib ichkari xona tomon yura boshladi. Opa-singillar onasining bu holidan ajablanishdi. Maftunaning yuragiga yana gʻul-gʻula tushdi. Onasining ortidan u ham ichkari xona tomon yoʻnaldi. Onasi kresloda boshini orqaga tashlagancha koʻzlarini yumib oʻtirar edi. Maftuna onasining oldiga kelib asta oʻtirdi.
- Oyijon... Tuzukmisiz?
Nargiza opa indamadi. Hatto koʻzini ham ochmadi.
- Oyijon... Meni qiynamang. Nima boʻldi oʻzi?
Nargiza opaning yumiq koʻzlaridan ikki tomchi achchiq yosh sizib chiqdi. Maftuna battar havotirga tushdi.
- Oyijon ayting... Ayting...! Behzod akamga biron narsa boʻlibdimi?!
Behzodning tahmini toʻgʻri chiqdi. Nodir akaning taklifidan gʻashi keldi. Gʻururi yerga urilgandek his qildi.
- Men qizizga bu maqsadda uylanmoqchimasman. Men uni sevaman. Lekin hozirgi holatimda uni baxtli qilolmayman. Oiladagi barcha janjallar yoʻqchilikdan kelib chiqadi. Erkak kishini toʻqchilik, ayol kishini yoʻqchilik buzarkan! Men boʻlajak ayolim qiynalib yashashini, nimadurlarga muhtojlik sezishini xohlamayman! Buning uchun bilagimda kuchim bor ekan, kerak boʻlsa tinim bilmay ishlayman... Lekin... Lekin, sizdan hech narsa ololmayman. Bu meni gʻururimga tegadi, uzr soʻrayman...
Nodir aka biroz jim boʻlib qoldi. Bir tarafdan kuyovini ham tushunadi. Oriyati kuchli yigit. Lekin boshqa tarafdan qizining holiga ichi achiydi.
- Oʻgʻlim... Tushunaman, siz haqlisiz. Erkak kishi oilasini mutlaq oʻzi, halol rizq topib boqishi, taminlay olishi kerak. Men bunga 100 foiz qoʻshilaman.Ammo hozirgi vaziyat biroz boshqacha, men sizga qarzga beraman u uyni. Toʻyni ham oʻrtada qilaveramiz, keyin sekin sekin toʻlayverasiz. Men qizimni oʻylayapman...
- Boʻlmaydi... Qarz deb ham sizdan biron narsa ololmayman... Meni toʻgʻri tushuninglar iltimos. Bir yilga shartnoma tuzdim. Juda yaxshi haq toʻlashar ekan. Bir yil ichi qattiq ishlab, uy ham olaman, toʻyni ham risoladagidek qilib oʻtqizamiz inshaalloh...
Nodir aka taqdirga tan berdi. Kuyovi oʻlgudek oʻjar chiqdi. Mardligiga qoyil qolmay iloj yoʻq lekin... Ha mayli, nima boʻlganida ham Allohni panohida boʻlsin.
- Mayli oʻgʻlim... Qaror qabul qilib boʻlibsiz. Toʻyni yanagi yilga suramiz. Siz eson-omon borib keling, yoʻllaringiz yotugʻ boʻlsin, ishlarizni rivojini bersin!
- Amiyn! Ilohim aytganiz kelsin!
* * *
Maftuna Behzodni kuzatish uchun Airaportga keldi. Yana oʻsha sehrli nigoh, yana oʻsha yosh toʻla koʻzlar... Maftunaning barmogʻida Behzod bergan uzuk milt-milt qilib yiltiraydi... Lablarda titroq kuchaydi, yuraklar urishi tezlashdi...
- Nega yana yigʻlaydiyaaa bu qiz?
Behzod Maftunaning burnidan ohista chimib qoʻydi.
- Jinni qiz...
Maftuna biroz jilmaygan boʻldi, lekin baribir koʻngli yorishmas edi. Behzod asta uning yoniga yaqinlashdi. Kuchli, qaynoq kafti bilan Maftunaning qizargan yuzlarini siladi.
- Jonim... Boʻldi qil, yigʻlamagin.
- Men ham siz bilan ketsam-chi?!
- Oʻrtada hali nikohimiz boʻlmasa, boʻlmaydi... Uni ustiga oʻqishing bor-ku?! Qanday seni olib ketaman. U yoqda men bilan qiynalib qolasan...
Maftuna mayin ovozda dedi.
- Toʻgʻri... Lekin... Sizni juda sogʻinaman-ku?
- Men ham sogʻinaman. Seni sevaman, meni kutgin xoʻp? Bir yilda koʻp pul ishlab qaytaman. Oʻzingni ehtiyot qilgin...
Behzod u yoq, bu yoqqa tezgina qarab oldida, asta yaqinlashib Maftunaning lablaridan oʻpib oldi.
- Nima qilyapsiz?! Gunoh-ku bu?
Maftuna labini kafti bilan yopib oldi. Behzodning kutilmaganda olgan boʻsasi unga yoqqan boʻlsada, buni sezdirmaslik uchun qovogʻini solib oldi.
- Hali nikohimiz yoʻq boʻlsa... Bunaqa narsalar toʻydan keyin boʻlishi kerak...
Behzod qilgan ishidan hijolat boʻldi.
- Uzr... Oʻzimni boshqarolmay qoldim. Kechir...
Maftuna indamadi. Labini berkitib olgan kaftini tushirdi. Asta jilmaydi.
- Allohimga omonatsiz... Yaxshi borib keling...
- Xoʻp gulim...
Behzod ketdi. Maftuna uchib ketayotgan samalyotga tikilganicha barmoqlari bilan lablarini asta siladi. Umrida birinchi marta yigit kishi oʻpganigami yuragi juda behalovat urar va bu behalovatlik Maftunada oʻzgacha hislar uygʻotar edi.
* * *
Hijronli kunlar boshlandi. Behzod ketganiga 2 oydan oshdi, lekin hamon qoʻngʻiroq qilmas edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham xabarlashishmas, bu hol Maftunani bir hayron qoldirsa, bir havotirga solar edi. "Nahotki, meni sogʻinmasa?! Axir ketganidan beri gaplashmadik. Ishqilib ahvoli yaxshimikin? Qiynalmayaptimikin?"
Одамларга ишониш керак!
Ишдан қайтишда нон олмоқчи бўлиб, бир нечта новвойхоналардан ўтиб келдим. Ногоҳ йўл четида турган "Нон" ёзувини кўриб тўхтадим. Коляскада усти ўралган нон, 4000 деган ёзув бор. Аммо сотувчи йўқ. Шу атрофдаги тўрт бешта дарвозани тақиллатдим, ҳеч ким чиқмади, чиққаниям бизга тегишли эмас, дейишди. Нима қилишни билмай турсам, бир йигит: "ака нонни олиб, пулни қўйиб кетаверинг" деди. Нон ўралган адёлни кўтардим, димоғимга гуп этиб иссиқ нон тафти урилди. Боз устига ўзим яхши кўрадиган чапчак нон эканлиги учун гарчи эҳтиёж 4 та бўлса ҳам 10 та олиб, пулини адёл тагида қолдирдим. 10 та ноннинг пули устига яна ўн минг қўшиб ҳам қўйдим. Уйга келиб энди кийим алмаштираман деганимда, бир дўстим телефон қилиб чақириб қолди. Зарур иш деди. Тезда етиб бордим, иш битгач яна ўша нон турган жойдан ўтишга тўғри келди. Қарасам, бир ўсмир йигитча турган экан. Нон тугаган. Мен унга ярим соат олдин нон олмоқчи бўлганимни, аммо ҳеч ким йўқлиги учун кетиб қолганимни айтиб, нега шу ерда турмайсан, дедим. Нонни биров индамай кўтариб кетса, нима қилардинг, дея танбеҳ ҳам берган бўлдим. У эса новвойхонада ўзи ва акаси ишлашини, нонни қўриқлаб ўтиришга вақти йўқлигини, ҳали шу пайтгача ноннинг пули ҳеч кам чиқмаганлигини айтаркан, одамларга ишониш керак, деди.
Нонни сотиб бўпсан, нега кетмаяпсан, десам, э, ака, кимдир ўн минг ортиқча пул ташлаб кетибди, адашиб бергани эсига тушса, қайтиб келар, деб турибман, деди...
Ёш боланинг тоза қалби, ишончи, беғуборлигини кўриб, шубҳа гумонларга борганимдан, уни синамоқчи бўлганимдан уялиб кетдим. Аста мошина томон юрарканман, дунёнинг бузилиб кетишига йўл қўймайдиган бу йигитчанинг гаплари миямни, вужудимни эгаллаб олган эди:
"ОДАМЛАРГА ИШОНИШ КЕРАК!"
Maftuna ancha vaqt yigʻladi. Chiroyli koʻzlari qizarib ketdi. Koʻz oldi qorongʻulashdi, endigina baxtga yetdim deganida bu ishlar sodir boʻldi. Behzod uning nozik qoʻllaridan asta tutdi.
- Maftun... Gulim... Men Turkiyaga ketyapman. Katta bir Zaytunzor bor ekan. Oʻsha yerdan yaxshi bir ish taklif qilishyapti. Lekin shartnoma bir yil uchun tuzilar ekan. Men hammasini hal qilib qoʻyganman... 4 kundan keyin ketyapman.
Maftuna indamadi. Faqat unsizgina yigʻlardi xolos.
- Bir yilgina xolos... Yaxshilab pul ishlab qaytaman. Ungacha oʻzingni ehtiyot qilib turgin xoʻpmi?
Maftuna yigʻi aralash bazoʻr gapirdi.
- Xoʻp... Duo qilaman, tezroq qayting.
- Albatta. Vaqt juda tez oʻtib ketadi. Alloh nasib albatta birga boʻlamiz!
Maftuna xomush tortdi. Qalbida kuchli ogʻriq turdi. Hayollari chalkash, fikrlari telba teskari... Behzodning ham holati yaxshi emasdi, lekin iloji boricha qizga sezdirmaslikka tirishib unga jilmayib qarab turardi...
1-QISM TUGADI
✍Usmonaliyeva Munira
⏰22.01.2025
/channel/hikoyalar
Nodir aka biroz oʻylanib qoldi. Qizining koʻngli shu yigitda. Turishidan yomon bolaga oʻxshamaydi. Taqvoli, ochiqkoʻnglilligi yuzidan bilinib turibdi.
- Mayli oʻgʻlim... Biz yana bir oʻylashib koʻramiz.
Behzod ich-ichidan quvonib ketdi. Ochigʻi Maftunaning dadasini kalandimogʻ, boyligidan kibrga botgan bir shaxs sifatida tasavvur qilardi, lekin bu inson u oʻylaganidan butkul boshqacha boʻlib chiqdi.
- Rahmat... Alloh rozi boʻlsin.
- Xoʻp oʻgʻlim... Xush kelibsiz.
Bahzod Nodir akaning ofisidan chiqar ekan koʻksi sevinchdan toʻlib ketdi. Endi uning sevgisi armon boʻlib qolmaydi. U kurashdi, baxti uchun kurashdi, muhabbati uchun kurashdi va mana nihoyat gʻalaba uniki boʻldi! Hayot ham asli kurashlardan iborat emasmi? Inson tugʻilibdiki nima uchundir va balki nimalar uchundir kurashadi. Yashash uchun kurashadi, ota-onasi uchun kurashadi, obroʻ qozonish uchun kurashadi, sevgi uchun kurashadi, oilasi uchun kurashadi, farzandlari uchun kurashadi va hakozo... Va hakozo... Kurashlar davom etaveradi. Bir kurash tugasa ketidan ikkinchisi boshlanadi. Bu hayot qonuni asli. Bu hayotning beshafqat qonuni!
* * *
Behzodning sovchilari bu safar iliq qarshilandi. Maftuna ham bugun uyda qoldi. Behzoddan sovchilar kelishini eshitib uylarni oʻzi yigʻishtirdi, oynalarni artdi. Mehmonxonani ham oʻzi tuzadi. Qalbida allaqanday his, allaqanday gʻalayon koʻtarildi. Yuragi tez-tez urar, oyogʻidan oʻt chaqnardi goʻyo. Hamma rasm-rusmlar oʻtdi. Non sindirildi. Ikki yosh unashtirilishdi. Bu qutlugʻ kun Maftunaning eng baxtli kunlaridan biri edi. Behzod shu kuni kechki payt kelib uning barmogʻiga bejirim, juda chiroyli uzuk taqdi. Maftuna uzukni anchagacha tomosha qilib qoldi.
- Nima yoqadimi?
- Yoʻgʻee... Nega yoqmaydi Behzod aka? Juda goʻzal ekan... Didingiz juda yaxshida.
- Albatta! Didim yaxshiligi uchun ham sizni tanlaganmanda...
Maftuna uyalib yerga qaradi. Lablarida yoqimli tabassum bor edi.
- Hech kutmagandim oilamdagilar rozi boʻlishadi deb...
- Men hech qachon Allohdan umidimni uzmagandim.
- Men ham... Lekin dadam rozi boʻlmaydilar degan oʻy hayolimdan ketmasdida. Endi bularning bari ortda qoldi... Ancha yengil tortdim.
- Men ham.
* * *
Toʻyga 3 oy vaqt qoldi. Behzodning ishxonasida katta miqdorda pul oʻgʻirlanganligi aniqlandi. Behzod kassa nazoratchisi boʻlganligi uchun bor ayb uning boʻyniga agʻdarildi.
- 500 million pul yoʻqolgan, shundan xabaringiz bormi?
- Bor... Bugun eshitdim men ham.
- Qanaqasiga bugun eshitasiz Behzod. Axir pullar 3 kun oldin oʻgʻirlangan va siz oʻsha kuni ishda boʻlgansiz!
Tergovchi Behzodga tikilib qaradi.
- Toʻgʻrisini ayting. Pullarini siz oldingizmi yo yoʻqmi?
- Rost aytayapman. Men bugun eshitdim bu voqeani! Bilmayman! Nega tushunmaysiz?!
- Ustingizdan shikoyat arizasi yozilgan. Qamalib ketishingiz mumkin...
- Yoʻq... Men oʻgʻrimasman! Men olmadim! Bilmayman axir!
Tergovchi Behzodga sinchiklab qaradi. Kinoyali kuldi.
- Eshitishimcha yaqinda uylanayotgan ekansiz... Qiz oʻta boy xonadondan emish... Siz esa oddiy oiladan. Albatta toʻy qilishga ancha muncha pul ketsa kerak...? Nima deysiz?
- Toʻyimni bunga umuman aloqasi yoʻq! Men halol yigitman! Men birovni ninasini besoʻroq olmaganman hatto!
Tergovchi xona boʻylab asabiy yura boshladi.
- Meni qamaysizlarmi?
- Agar kamomat toʻlanmasa, albatta qamalasiz...
Behzodning boshi qotdi. Endigina baxtga yetishaman deganida Alloh mana shunday sinovni berdi.
- Kamomatni toʻlayman.
- Qanday toʻlaysiz...?
- Uyimni sotaman.
Tergovchi indamadi. Behzod ikki kafti bilan yuzlarini yopti. U uchun sinovli kunlar boshlangan edi.
* * *
Maftuna bugun juda ham chiroyli. Qishning sovuq nafasi uning husniga zarracha ozor bera olmas, balki chiroyiga yana ham chiroy qoʻshar edi goʻyo. Birdan osmondan bir-birlariga sira ham oʻxshamaydigan millionlab qor parchalari bir-birlari bilan quvlashmachoq oʻyinashayotgandek birin ketinlikda yer yuziga tusha boshladi. Qor - ezgulik ramzi.
- Nega oʻzingni jinnilikka solasan, kap katta qiz?!
Malika qiqirlab kulib yubordi.
- Senga kelganda sovchi! Dadang kelsin... Maslahatlashamiz.
Maftuna bir oyisiga, bir singlisiga qaradi.
- Qanaqa maslahat oyi? Hali yoshman-ku...
- Juda yaxshi oila ekan, qizim. Bizga har tomonlama mos. Menga yoqdi. Yigit ham yaxshi joyda ishlar ekan...
Maftuna oyisining boʻyniga osildi.
- Jon oyijon... Dadamga indamang. Men hali turmush qurishga tayyormasman... Bilasiz-ku.
- Kap-katta qiz erkalanasan-aa, tavba qildim.
- Oʻsha sovchilarga aytmadizmi, qizimiz hali yosh, hech narsani bilmaydi, gʻirt bola hali... 5-6 yildan keyin kelilar, oʻshanda gaplashamiz demadizmi?
Maftunaning bu gapidan oyisi ham singlisi ham kulib yubordi.
- Jinni qiz! 5-6 yildan keyinmishaa? Hamma narsani vaqti soati bor qizim. Hozir seni oila quradigan vaqting.
Maftuna indamadi.
- Mayli boraqol... Kiyimlarimgni almashtirib chiq.
- Xoʻp oyi...
Maftuna xonasiga kirib ketdi. Ortidan onasi qarab qoldi.
- Ehh, qachon katta boʻladi bu qiz?
* * *
Maftunaning bugungi darslari tugamasidan boshiga kuchli oʼgʻriq kirdi. Domlasi uni koʻrib hol soʻradi.
- Tinchlikmi Maftuna? Mazang boʻlmayaptimi?
- Boshim... Sanchib ogʻrib qoldi.
- Mayli... Uyingga boraqol. Ketish oldidan hamshiramizga uchrab ket.
Maftuna sekin oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Narsalarini yigʻishtirib dars xonasidan chiqib ketdi. Hamshiraga koʻrindi.
- Biroz davlenayiz tushib ketibdi. Havo ham gʻalati boʻlyapti oʻzi...
- Haa...
- Mana bu dorini ichib oling. Uyizga borib biroz dam olsangiz oʻtib ketadi, Xudo xohlasa.
- Rahmat Muhabbat opa.
- Arzimaydi asalim.
Maftuna oʻqishdan chiqdi. Qarasa boyagi kuni mashina urib yuborgan yigit turardi. Qoʻlida chiroyli buket. Oldidan oʻtib ketayotsa yoʻlini toʻsdi.
- Yaxshimisiz? Meni tanidizmi?
- Haa... Oʻziz yaxshimi? Oyogʻiz yaxshi boʻlib qoldimi?
- Shukr boʻladi. Sinmabdikan... Biroz lat yebdi.
- Haa... Yaxshi unda. Oʻsha urib yuborganni topdizmi?
- Qidirganim ham yoʻq... Mayli bu ham yaxshilikkada...
- Nimasi yaxshilikka? Axir sizni joniz ogʻridi oyogʻiz qonab zoʻrgʻa yurgandiz oʻsha kuni...
- Qalb ogʻrigʻini oldida bu ogʻriq hech narsamas...
Maftuna tushunmadi, yoki tushunsa ham oʻzini tushunmaganlikka soldi.
- Tushunmadim... Bu nima deganiz?
- Agar oʻsha odam meni urib ketmaganda, men sizdek goʻzal qizni koʻrmagan boʻlardim.
Maftuna uyatdan yuzi qizarib ketdi.
- Bu gullar sizga!
Yigit qoʻlidagi buketni qizga uzatdi.
- Yoʻq... Men bularni ololmayman...
- Nega endi?
- Begona yigitdan gul ololmayman... Salomat boʻling.
Maftuna tez-tez yurganicha yigitdan uzoqlashdi. Lekin uning qalbida bu bolaga nisbatan allaqanday iliqlik uygʻongan edi.
* * *
Maftunaning oshiqlari juda koʻp. Unga ishqiboz boʻlib ortidan yurganlar son-sanoqsiz edi. Lekin qiz qalban bola boʻlganidan bunday hislar unga anchayin begona va kulguli tuyulardi. Lekin bu safar u kulmadi. Bu safar bu his unga oʻzgacha taʼsir koʻrsatdi. Oʻsha gʻirt begona yigitni qumsar, hatto ismini ham bilmasada qalban uni sogʻina boshladi. Hayoliga tez-tez kelar, oʻylagani sari lablariga tabassum yugurar edi. Kunlar shu zaylda oʻtaverdi. Yana bir kuni Maftuna oʻsha yigitni institutidan chiqaverishdagi skameyka yonida koʻrdi. Yigitning qoʻlida yana chiroyli buket turar edi.
- Yaxshimisiz?
- Assalomu alaykum...
- Va alaykum assalom.
Anchagacha jim qoldilar. Yigit ikkilanganicha qoʻlidagi guldastani Maftunaga uzatdi.
- Sizga deb olgandim...
Maftuna bu safar gullarni oldi. Yigit mamnun jilmaydi.
- Gulimni yana olmaysiz deb oʻylagandim.
Maftuna indamadi. Ochigʻi nima deyishini bilmasdi.
- Chiroyli gul tanlabsiz... Rahmat. Haa... Oyogʻingiz?
- Ancha yaxshiman.
- Yaxshi boʻling... Mayli men boray... Uyga borishim kerak, kech qolsam oyim urishadilar.
Siz yoshlik paytingizda katta bo’lganingizda nima kasb yoki kim bo’lishni orzu qilgansiz orzuyingizga erishdingizmi yoki boshqa kasbdamisiz ?
Imkon qadar izohlarda buni yozib ketsangiz albatta mamnun bo’lar edik 👍
@Hikoyalar
Чикагода яшайдиган танишимга қўнғироқ қилдим:
-Аеропортдаман, Ҳиндистонга учяпман, бориб алоқага чиқаман деди.
Манзилига етиб олганидан сўнг, нега Ҳиндистонга боргани ҳақида қизиқдим:
-Ота-онамни амалиёт қилдиргани олиб келдим, ўзим бош қош бўлиб тураман деб, ўзим ҳам келдим деб таъсуротлари билан ўртоқлашди.
Айтишига қараганда, ўша ерда ҳам, "уддабурон" ўзбеклар, ёки бошқа таржимонлар, ҳар бир муолажани катта-кичиклигига қараб, 20% дан 50% гача "доля"га ўтиришар экан. Муолажа пулини 20-50% таржимонларга, ўша "уддабурон"ларга кетар экан.
Дори дармонни, такси ҳизмати ва бошқа қўшимча ҳар қандай ҳизмат устидан "соққа" қилишга ўтиб кетишган деб куюниб гапирди.
Тил билганга минг танга дейди халқимиз.
Тўғри, тил билади пулини олсин, лекин касални устидан пул ейиш, у бечора қарз ҳавола қилиб борган бўлса ундан фойдаланиб қолиш, арзимаган хизматлари учун 2-3 баробар пул олиб, "соққа" қилиш энди ўта кетган пасткашлик бўлса керак.
Нега пасткашлик? Чунки у ерга борганлар, саёҳатга бормаган аҳир, даво учун борганлар ҳам ўз ёнидан бормаган, у пулни топгунча қанча инсонларни эшигини тагида сарғайган бўлиши фақат Яратганга аён...
Негадир шунақа ишларда асл юзимиз кўриниб қолади, манфаатлар тўқнаш келганда иймонни четга суриб қўядиган бўлдик...
Ҳолис Аллоҳ учун ёрдам бериш, деган ҳислатлар кундан-кунга бегонадек бўлиб бормоқда...
Аллоҳ ҳолимизни ислоҳ қилсин...
#facebookdan
Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda
📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇
https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A
👆 ni bosing va OK.
Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!