hikoyalar | Неотсортированное

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Подписаться на канал

Hikoyalar (G&M)

Устозига ибрат бўлган Тедди

Бешинчи синф муаллимаси бир куни ўқувчи шогирдларига: «Мен сизларни ҳаммангизни яхши кўраман», деди-да, бир ўқувчининг исмини бу рўйхатга киритмади. У ўқувчи доим кийимлари кир, ўзлаштириши пассив, одамови бўлган Тедди исмли бола эди. Муаллиманинг яхши кўрадиганлар қаторига Теддини қўшмаслигининг сабаби, уни бир йил давомида кузатганлиги эди. Шу муддат ичида Тедди болалар билан ўйнамас, кийимлари кир, доим ҳаммомга эҳтиёж сезадиган ва тушкун кайфиятда юрарди.
Бир куни муаллимадан барча ўқувчилар ҳақида аввалги тўрт йил давомидаги устозлар томонидан билдирилган фикрлар қайдномасини кўриб чиқиш сўралди. Қайдномалар орасидаги Тедди ҳақида билдирилган фикрларни ўқиган муаллима даҳшатдан қотиб қолди. Чунки Тедди ҳақида ижобий фикрлар қайд этилган эди.
Жумладан, биринчи синф устози у ҳақида шундай қайд этган эди: «Тедди фавқулодда закий бола, у ишини ниҳоятда эътибор билан ва тартибли равишда бажаради».
Иккинчи синф устози у ҳақида шундай қайд этган эди: «Тедди ақлли, фаросатли, синфдошлари томонидан севилган ўқувчи, лекин онаси саратон касаллигига чалингани учун безовта».
Учинчи синф устози Тедди ҳақида шундай ёзган: «Онасининг вафоти унга қаттиқ таъсир қилди. У бор имкониятини ишга солди. Лекин отаси унинг онасини сақлай олмади... »
Тўртинчи синф устози у ҳақида шундай қайд этган: «Тедди одамови ўқувчи, ўқишга рағбати йўқ, дўстлари ҳам йўқ. Дарс пайтида ухлайди».
Муаллима Томпсон хоним Теддидаги муаммо нима эканлигини англаб етди ва ўзининг қилган ишидан уялди. Унинг Тедди ҳақидаги фикрлари шогирдлар билан дарсдан ташқари учрашувда яна ҳам яхши томонга ўзгарди.
Ўша куни ўқувчилар муаллимага чиройли, гулқоғоз билан қадоқланган совғалар олиб келдилар. Фақат Тедди ундай совға олиб келмади. У устозига кичик бир халтачага солинган ҳадя берди. Муаллима Томпсон хоним Теддининг ҳадясини очиб қараганда, юрак-бағри эзилди. Бошқа ўқувчилар эса у ҳадяни кўриб мазах қилиб кулдилар. Совға қилинган халтача ичида кўпи ишлатилиб оз миқдорда қолган атир ҳамда эски мунчоқ бор эди. Муаллима Теддининг совғаси ёққанлигини айтиб, ташаккур билдиргандагина ўқувчилар кулишдан тўхтадилар. Муаллима дарҳол мунчоқни бўйнига тақиб, бояги атирдан либосига сепиб олди. Ўша куни Тедди дарсдан сўнг уйига кетмай устозини чиқишини кутиб турди. Устози чиққач: «Сизнинг ҳидингиз бугун онамнинг ҳидларига ўхшаяпти», деди. У гапни эшитган устоз ҳўнграб йиғлаб юборди. Чунки Тедди унга онаси фойдаланган атирни ва тақиб юрган мунчоғини олиб келган эди. Шунинг учун ҳам у устозига «Сизнинг ҳидингиз бугун онамнинг ҳидларига ўхшаяпти» деб айтган эди.
Ўша кундан бошлаб, устози унга алоҳида эътибор қарата бошлади. Теддининг ўқишга бўлган иштиёқи жўшиб, аввалги фаоллиги яққол сезилди. Йил охирига бориб, Тедди синфдаги энг аълочи ўқувчи бўлди. Ўқув йили якунига етиб, дарслар тугаган кунларнинг бирида муаллима Томпсон хоним ўз хонаси эшигида бир қоғоз қистириб кетилганини кўрди. У қоғозни Тедди қолдириб кетган бўлиб, унда шундай жумлалар бор эди: «Сиз мен ҳаётимда учратган энг афзал устозсиз!»
Муаллима ушбу қоғоздаги мактубга қуйидагича жавоб ёзди: «Қандай қилиб яхши муаллима бўлишни менга ўргатган, сенсан!»
Орадан йиллар ўтиб, бир куни муаллима бир олийгоҳнинг тиббиёт факультетидан ўша йилги битирувчи талабаларнинг битирув оқшомига таклифнома қабул қилиб олди. Таклифноманинг остида «Ўғлингиз Тедди», деган имзо бор эди. Муаллима битирув кечасига ўша мунчоқни тақиб, ўша атирдан сепиб борди. Маросимда муаллиманинг либосидан Теддининг онасининг ҳиди таралиб турарди.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

-Lekin bitta narsaning, eng asosiysining narxi o‘zgarmasdan qoldi. -Nimaning? -Jurnalning mazmuni uchun sen to‘layotgan pullarning. O‘quvchilar sendan sotib olayotgan narsaning. Hikoyalarning. Syujet va qahramonlarning. Dialoglarning. So‘zlarning. Ular uchun sen bundan yigirma yil oldin qancha to‘lagan bo‘lsang, hozir ham shuncha to‘layapsan. Bu boradagi xarajatlaring bir sentga ham oshgani yo‘q. Juks ruchkasini olib aylantira boshladi. Trevaten o‘z xarajatlari haqida gapirdi: kommunal to‘lovlar, oziq-ovqat... U jim bo‘lgach, Juks so‘z qotdi. -Talab va taklif, Jim. -Nima, nima? -Talab va taklif deyapman. Men uchun jurnalga material topish qiyin deb o‘ylaysanmi? Mana bu qo‘lyozmalarni ko‘ryapsanmi? Bularning hammasi bugun kelgan. O‘ntadan to‘qqizta hikoya havaskorlar tomonidan yozilgan. Ular ijod namunasi jurnalda chiqishi uchun qalam haqidan voz kechishga tayyor. Qolgan o‘n foiz hikoya mahoratli qalamkashlarniki, ammo ular har bir so‘zi uchun besh sentdan to‘laganimga ham xursand bo‘lishadi. Qo‘lyozmalarini qaytarmaganimga shukr qilishadi. Sen esa, Jim, nima olib kelsang ham sotib olaman. Menga hikoyalaring yoqadi, ammo bu yagona sabab emas. Sen biz bilan yigirma yildan buyon ishlaysan, biz esa qadrdonlarimizni e’zozlaymiz. Sen narxni oshirishimni xohlayapsan, ammo buning iloji yo‘q. Biz hech kimga har bir so‘z uchun besh sentdan ortiq to‘lamaymiz. Birinchidan, xarajatni ko‘paytirishga yo‘l qo‘yolmaymiz, ikkinchidan mualliflarga ko‘p pul to‘lashga zarurat ham yo‘q. Narxni oshirgandan ko‘ra hikoyangni qaytarib berganim osonroq. Boshqa ilojim yo‘q. Trevaten jim qoldi. U yana bir nechta savol berishni o‘yladi. Masalan, muharrirning oyligi necha barobarga oshdi. Ammo foydasi yo‘q edi. Uning oldida ikkita yo‘l bor edi: har bir so‘zi uchun besh sentdan yozish yoki umuman yozmaslik. Juks munozaraga nuqta qo‘ydi. -Jim? Buxgalteriyaga hisob varag‘ini beraymi yo «Sirtmoqdagi jinoyatchi»ni qaytarib olib ketasanmi? -Olib ketib nima ham qilardim. Yo‘q, har bir so‘z uchun besh sentdan olaman. -Agar ko‘proq to‘lashga imkonim bo‘lganida edi... -Tushunaman. -Sizlar kasaba uyushmasi tashkil qilishingiz kerak. Birlashinglar. Yoki yana boshqa biror narsa yoz. Moliyaviy ahvolimiz yaxshimas, agar mualliflarga qalam haqini ko‘proq beradigan bo‘lsak, jurnal allaqachon yopilib ketgan bo‘lardi. Ko‘proq pul to‘lanadigan boshqa janrlar ham bor-ku. -Men yigirma yildan buyon detektiv hikoyalar yozaman, Uorren. Boshqasi qo‘limdan kelmaydi. O‘ziga yarasha obro‘im bor. -Albatta. Shuning uchun har safar hikoya olib kelganingda suyunaman. Bu jurnalda muharrir men ekanman, sening har bir hikoyangni sotib olaman. -Har bir so‘zini besh sentdan. -Endi... -Bilaman, hammasi senga bog‘liqmas, Uorren. Faqat, qadrimga achinaman. -Sen aytding, men tushuntirdim,-Juks o‘rnidan turdi.-Bu yog‘ini o‘zing bilasan. Uyingga borib biror narsa yoz. Men senga yana bitta chek yozib beraman. Daromadni ko‘paytirishning yo‘li bor. Mahsuldorlikni oshir. Ko‘proq ijod qil. -Yaxshi fikr,-bosh silkidi Trevaten. -Albatta. Balki boshqa janrda yozib ko‘rarsan? Faoliyat doirasini kengaytirishning kechi yo‘q. -Buniyam o‘ylab ko‘raman,-dedi Trevaten. «Bir so‘z uchun besh sentdan». Trevaten yozuv mashinkasi ro‘parasiga o‘tirdi va oppoq varaqqa qaradi. Bir o‘ram qog‘ozning narxi yiliga bir dollardan oshib borar, sifati esa yildan yilga yomonlashardi. U teradigan so‘zdan boshqa hamma narsaning narxi oshib borardi. Uning tergan har bir so‘zi uchun besh sentdan berishardi. Juks faoliyat doirasini kengaytirishni maslahat bergandi. Aytishga oson. U ilgari ham harakat qilib ko‘rgandi, ammo faqat detektiv hikoya yozish qo‘lidan kelardi, xolos. U roman yozishga urinib ko‘rdi, ammo yarmiga yetganda hafsalasi pir bo‘ldi. Uni faqat hikoyalari boqardi, lekin... U chekdan chekkacha yashashdan, hikoya ketidan hikoya yozishdan to‘ydi. Buning ustiga, bir so‘zi uchun besh sentdan ortiq pul ololmasligi haqidagi fikrdan uning ko‘ngli aynirdi. Unga qanchadan to‘lashlari kerak?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

«Ammo Dennison hali-beri o‘ladigan emas», o‘yladi Kraft. Har qalay, kasalxonada o‘lmasligi aniq. Dennison o‘zini juda yaxshi his qilyapti, ishlayapti va xatni yozgan odam bu haqda biladi. «Bir yarim ming dollar». Ammo qanday qilib? Uning to‘pponchasi yo‘q, qayerdan olishni ham bilmaydi. Pichoq? Klod Payrsni pichoqlab o‘ldirishgani uning yodiga tushdi. Pichoqni topish ham oson. Ammo... buni istamasdi. Unda qanday qilib? Avtomobil? Amalga oshirsa bo‘ladi. U Dennisonni xoliroq joyda poylashi va bosib ketishi mumkin. Lekin politsiya birpasda topadi. O‘lgan shaxsga tekkan bo‘yoq yuqidan, avtomobil bamperida qolgan qondan. U qanday qilib topishlarini aniq bilmasa-da, avtomobilda odam o‘ldirganlarning aksariyati panjara ortiga tushishini bilardi. «Bu fikrni miyangdan chiqar,-dedi u o‘ziga o‘zi.-Sen qotilmassan». Lekin bu fikrni miyasidan chiqarolmadi. Ikki kun boshqa narsalar haqida o‘ylashga urindi, ammo bo‘lmadi. Xayoli Dennison va va’da qilingan pulga ketaverdi. Bir yarim ming dollar. U qotillik qilish haqida o‘ylardi. «Bu kishi o‘lsa». U bir kuni ertalab turdi va Kedbyuri-avenyuga bordi. Leon Dennisonning uyini uzoq vaqt kuzatdi. Dennison uyidan chiqdi. U avtomobili oldiga borish uchun yo‘lni kesib o‘tayotganida Kraft oyog‘ini gaz tepkisiga qo‘ydi va Dennisonni mashinasiga qapishtirib tashlash uchun tepkini bosishiga sal qoldi. U vaqtida o‘zini to‘xtatdi va Dennisonning mashinaga o‘tirib ketishini kuzatib turdi. Keyin bu ishidan xursand bo‘ldi. Aytaylik, uni ushlab olishdi. Uning xat jo‘natayotgan odam bilan hech qanday bog‘liqlik joyi yo‘q. Hamma xatlarni yo‘q qilib tashlagan, xatlar bo‘lgan taqdirda ham ularni jo‘natgan odam kimligi noma’lum. «Bir yarim ming dollar». Payshanba kuni tushdan so‘ng u xotiniga qo‘ng‘iroq qildi va ishdan keyin to‘g‘ri Saratogga ketishini aytdi. Xotini odatdagidek norozilik bildirdi, ammo tortishmadi. Kraft Kedbyuri-avenyuga bordi. Eshikbon qahvaxonaga kirib ketishini kutib turdi va yugurib uyga kirdi. Leon Dennisonning xonadoni eshigini topib, qalamtarosh yordamida qulfni ochdi. U qulfni ochguncha xuddi politsiya kelib ushlab oladigandek terlab ketdi. Ammo hammasi xamirdan qil sug‘urgandek bo‘ldi, u ichkariga kirib, eshikni yopdi. U ostonadan ichkariga qadam qo‘yishi bilan unga nimadir bo‘lgandek bo‘ldi. Qo‘rquv, vahima, hayajon - hamma-hammasi g‘oyib bo‘ldi. Dennisonning xonadoniga xuddi boshqa Edgar Kraft kirgandek edi. «Hammasi aniq,-dedi u o‘ziga o‘zi.-Jozef G. Naymann hukm qilingandi. Raymond Andersen ham, Klod Payrs ham. Hammalari o‘lishdi. Endi Leon Dennison o‘limga mahkum va nima bo‘lmasin u ham o‘ladi». Hammasi aniq va tushunarli. U, Edgar Kraft katta bir o‘yinda bor-yo‘g‘i bir piyoda. U o‘ziga ajratilgan vazifani bajarishi lozim. Hammasi rejadagidek bo‘lishi shart. Hammasi rejadagidek bo‘ldi. U Leon Dennisonning kelishini uch soat kutdi. Eshik qulfi shiqirlaganda Kraft qo‘lida kamin uchun o‘tin yoradigan boltachani baland ko‘targancha oyoq uchida eshik ortiga bordi. Eshik ochilib, Dennison ichkariga kirdi. Boltacha zarb bilan tushdi. Leon Dennison ovoz chiqarishga ham ulgurmay quladi. Boltacha yana ikki marta uning boshiga tushdi. Leon Dennison na qimirladi va na ovoz chiqardi. Kraft eshik tutqichini, barmoq izlari qolishi mumkin bo‘lgan hamma joy va buyumlarni artib chiqdi. So‘ng uydan bildirmay chiqib ketdi. Uni hech kim ko‘rmadi. U tuni bilan vijdoni qiynalishini kutdi. Ammo vijdoni qiynalmaganidan hayron qoldi. U allaqachon, Andersenga o‘lim tilagan, Payrsning o‘limini rejalashtirgan paytdayoq qotilga aylanib bo‘lgandi. Xayolan qotillik qilishni amalda qo‘llash unga deyarli qiyin bo‘lmadi. Ertasiga xat kelmadi. Maktub oradan bir kun o‘tgach keldi. Xatjild anchagina qalin edi: ichidan o‘n besh dona yuz dollarlik pul va bir varaq qog‘oz chiqdi. Bu safar matn o‘zgargandi. Odatdagi «MINNATDORMAN» degan so‘zdan keyin quyidagi so‘zlar yozilgandi: «YANGI ISHINGIZ YOQDIMI?».

Ruschadan Dilshodbek Asqarov tarjimasi

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

U bu kishini tanimas, u haqda eshitmagan, unga o‘lim tilamasdi. Ammo baribir... Har kuni ertalab u gazeta sotib olar va darhol ta’ziyalar sahifasini ochib beixtiyor janob Raymond Andersenning ismini qidirardi. «Men unga yomonlik tilamayman», derdi u har safar ichida. Ammo yetti yuz ellik dollar... Agar janob Raymond Andersenga biror nima bo‘lganida edi, u pulli bo‘lib qolardi. Lekin Andersenga narigi dunyoga ravona bo‘lishiga yordam bermaydi. Yo‘q, yo‘q, faqat bu emas. Ammo unga biror nima bo‘lsa... «Biror nima» yuz berdi. Besh kundan so‘ng u tonggi gazetada uzoq kasallikdan so‘ng vafot etgan qariya Andersenga yozilgan ta’ziyanomani o‘qidi. Uning yuragi gupillab urib ketdi. U o‘zini aybdordek his qildi. Ammo nima uchun o‘zini ayblashi kerak? U hech qanday yomon ish qilgani yo‘q-ku. Andersendek qari, kasal chol og‘ir azoblardan qutulgani uchun o‘limidan faqat xursand bo‘lishi kerak. Lekin unga nima uchun kimdir yetti yuz ellik dollar to‘lashi kerak? Ammo to‘ladi. Maktub ertasiga ertalab, uyqusiz tundan so‘ng keldi. Kraft kechasi bilan xat kelish-kelmasligini o‘ylab uxlay olmasdan u yonidan bu yoniga ag‘darilib chiqdi. Yetti yuz ellik dollar pul va «MINNATDORMAN» degan tanish so‘z yozilgan xat keldi. Nima uchun? U aslo tushunmasdi. U xatni tortmaga tashlashdan oldin bir og‘iz so‘z yozilgan varaqqa uzoq tikilib turdi. «Tez-tez yozib turinglar», deb qo‘ydi ichida. Ikki hafta xat kelmadi. U «saxovatpesha notanish meni unutib qo‘ymadi» degan umidda har kuni pochta qutisini tekshirib ko‘rardi. Ba’zan yigirma-o‘ttiz daqiqa bo‘shliqqa tikilgancha pul va xat haqida o‘ylab o‘tirardi. U ish qilmoqchi bo‘lar, lekin xayoli sirli saxovatpesha tomon ketib qolardi. U yiliga besh ming dollar olar va bu pul uchun haftasiga qirq-ellik soat ter to‘kib ishlardi. Endi esa ikkita xat bilan barmog‘ini ham qimirlatmasdan bu pulning chorak qismini topgandi. Yetti yuz ellik dollar uni qarzlaridan batamom qutqarmagan bo‘lsa-da, ancha yordam berdi. Xotini kutilmaganda uyni ta’mirlatmoqchi bo‘ldi. Uy haqi, avtomobil uchun pul to‘lash vaqti keldi. Bir kuni poygada pul yutdi, oxir-oqibat bor yutug‘iga qo‘shib yana yigirma dollarni boy berdi. Shunda yerto‘la uchun havo tozalagich taklif qilingan va allaqanday xayriya jamg‘armasiga pul o‘tkazish iltimosi bo‘lgan xatlar bilan birga uchinchi xat keldi. Havo tozalagich va xayriya jamg‘armasi xatlari axlat chelakka ravona bo‘ldi, uchinchi xatni esa ochdi. Yana o‘shanday, faqat ism-sharif o‘zgargan. «JANOB KLOD PAYRS BU KISHI O‘LSA, SIZ MING DOLLAR OLASIZ». Xatni tortmaga solgan paytda Kraftning qo‘llari qaltirayotgandi. Ming dollar: to‘lanadigan pul miqdori boshni aylantiradigan darajaga yetgandi. Janob Klod Payrs. U birorta Klod Payrsni taniydimi? Tabiiyki, yo‘q. Kim u? Tuzalmas kasallikdan o‘layotgan qariyami? Kraft bunga judayam umid qilardi. U bunday bema’ni o‘ylari uchun o‘zidan nafratlanar, ammo o‘zini to‘xtatolmasdi. U Klod Payrsning o‘lishiga umid qilardi. Bu safar u ma’lumot to‘plashga kirishdi. Telefon ma’lumotnomasidan Xonideyl-drayv ko‘chasida yashovchi Klod Payrsni topdi. Ma’lumotnomani yopdi va ishini qilmoqchi bo‘ldi, ammo bo‘lmadi. Yana ma’lumotnomani ochdi, bu kishi nimadan vafot etishini taxmin qilib telefon raqamiga uzoq tikilib turdi. Kraftga uning o‘lishi muqarrardek tuyulayotgandi. Agar u biror insonning ism-sharifi yozilgan xat olsa, o‘sha kishi albatta o‘lar, Edgar Kraft esa pul olardi. Demak, Klod Payrsning hayoti ham qil uchida turibdi. U qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakni ayol kishi oldi. Kraft janob Payrsni so‘radi. -Janob Payrs kasalxonada,-deyishdi unga.-Kim so‘rayapti? -Rahmat,-deb Kraft go‘shakni qo‘ydi. «Albatta», o‘yladi u. Ular kasalxonada o‘lishi muqarrar bemorlarni topishadi va bemor vafot etishi bilan Edgar Kraftga pul to‘lashadi. Nima uchun pul to‘lashayotgani esa Kraftni tashvishlantirmasdi. Balki o‘sha odam televizorda hikoya qilishgan telbaga o‘xshar. O‘sha telba har hafta odamlarga million dollardan tarqatgan. Agar birortasi Kraftga pul jo‘natmoqchi ekan, Kraft bunga qarshilik qilmaydi. U o‘sha kuniyoq kasalxonaga qo‘ng‘iroq qildi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бир аёл қўшнисини ғийбат қилибди. Ғийбат гап тезда қишлоқ аҳолисига тарқабди.
Fийбат қилинган одам эса анча изтироб чекибди.

Маълум вақтдан кейин ҳалиги аёл қилган ишидан пушаймон бўлибди. Хатосини қандай тузатишни билмай, бир доно зотга мурожаат қилибди.

Донишманд унга шундай маслаҳат берибди:
-Бозорга бориб товуқ сотиб ол ва сўйдир. Кейин уйга қайтишда, патларини юлиб, йўл бўйи ерга сочиб кел.
Аёл бу ғалати насиҳатга ҳайрон бўлса-да, донишмандга ҳурмати туфайли, ишни айтилгандек
бажарибди.
Эртаси куни донишманд аёлга:
-Кеча ташлаб келган патларингни бугун териб кел,- деб буюрибди.
Аёл кечаги юрган йўлидан бориб, патларни тўпламоқчи бўлибди. Қараса, шамол барча патларни учириб кетган экан. Соатлаб излаш натижасида, бор- йўғи бир-иккита патни топибди.
Доно зот унга шундай дебди:
-Кўрдингми, уларни ерга ташлаш осон, аммо қайта тўплашнинг иложи йўқ. Fийбатни ҳам қилиш осон, бироқ асоратини кетказиш ниҳоятда мушкул...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

-Qaysar Frenkining oldiga qopda borishdan xavfliroq narsa bo‘lmasa kerak,-dedim.-Bu qanaqa hazil ekanligiga tushunmadim. -Nimasini tushunmaysan!-xitob qildi Jo.-Hazilim shuki, men qopda qo‘l-oyog‘im bog‘liq holda bo‘lmayman va ikkala qo‘limda to‘pponcha bo‘ladi. Qopni ochganida ro‘parasida to‘pponcha bilan men paydo bo‘lsam Frenki qanday ahvolga tushishini ko‘z oldingga keltirib ko‘r. Haqiqatan ham Jo ikkita to‘pponcha ushlab qaysar Frenkining oldida paydo bo‘lganida uning qanday taajjubga tushishini tasavvur qilsa bo‘ladi. -Aytgancha,-dedi Jo,-Roups Makgonigl ham har ehtimolga qarshi o‘sha yerda bo‘ladi. Jo ketdi, men bo‘lsam uning qop ichidan to‘pponcha bilan chiqishini tasavvur qilib iljaydim. Shundan keyin Jo bilan uchrashmadim, ammo bu voqea nima bilan tugaganini aytib berishdi. Roups keltirgan qopni qaysar Frenkining o‘zi yerto‘laga olib tushibdi. U yonidan to‘pponcha olib Jo yotgan qopni ochib o‘tirmasdan unga qarata oltita o‘q uzibdi. Aytishlaricha, yerto‘laga politsiyachilar bostirib kirib uni qotillikda ayblashganida Frenkining ko‘zi chanog‘idan chiqib ketay debdi. Ma’lum bo‘lishicha, Roupsdan Joning rejasi haqida ma’lumot olgan qaysar Frenki qopdagi qurbonini bir yoqli qilmoqchi bo‘lgan. Tabiiyki, Roups bu haqda Joga aytgan va u o‘zining hech kimda yo‘q hazilkashlik mahoratini ishga solgan. Qaysar Frenkiga olib borilgan qopga esa albatta Jo emas, balki oyoq-qo‘li bog‘langan, og‘ziga latta tiqilgan Roza solingan ekan.


Rus tilidan Dilshodbek Asqarov tarjimasi

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Hazilkash (hikoya)

Chap oyog‘imda kutilmaganda dahshatli og‘riqni his qilgan paytimda Brodveydagi Mindi restoranida edim. Og‘riqqa chidolmay o‘rnimdan sakrab turdim va boloxonador qilib so‘kindim. Menga «parovozcha» o‘rnatishganini va shu atrofda hazilkash Jo-turli hazillar ustasi turganligini sezdim. «Parovozcha» nimaligini bilmoqchimisiz? Restoranga kirgan odamning poyabzali ustiga gugurt chaqib qo‘yasiz. Shu zahoti hammani kuldiradigan voqea boshlanadi. Hazilkash Jo bu borada ustasi farang bo‘lib ketgan. U «qurboni» yoniga shunday sezdirmasdan keladiki, qasam ichib aytishim mumkin: Jo hatto sichqonning oyog‘iga ham «parovozcha» qo‘ya oladi, albatta sichqonning poyabzali bo‘lsa. Agar birortasi ortiqcha jahlga minsa ham u vaziyatdan chiqib keta oladi. Qimmatbaho poyabzal kiyganlar esa tez-tez u bilan jiqillashib turishadi. Ammo Joga kimning qanaqa poyabzalda kirganligining farqi yo‘q. Bir kuni u shaxsan qaysar Frenkiga «parovozcha» qo‘yganida ko‘pchilikning ko‘nglidan bir fikr o‘tdi: bu yaxshilikka olib kelmaydi. ...Qaysar Frenki Bruklinda yashaydi, u bu yerda anchagina hurmatli odam. Har qalay unga bunaqa hazillarni qilish to‘g‘ri kelmaydi. Buning ustiga Frenkida hazil tuyg‘usidan asar ham yo‘q, uning kulganini hali hech kim eshitmagan. Frenki Brodveyda bronkslik allaqanday kishilar bilan gaplashib turganida Jo unga «parovozcha» uyushtirdi. Albatta u kulgani yo‘q, aksincha, Joga qahr bilan tikildi va italyanchalab nimadir dedi. Qaysar Frenkining haqiqiy familiyasi italyancha, Ferochcho deganga o‘xshash bo‘lib, uni asli sitsiliyalik deb eshitgandim. U Bruklinda anchadan buyon yashaydi. Frenki ishni mayda sotuvchilikdan boshlagan bo‘lib, hozir yirik savdogarga aylangandi. Uning yoshi o‘ttizdan o‘tgan, sochlari qop-qora, nigohi kishiga o‘tkir boqardi. Hech kim u haqda bundan ortiq narsa bilmaydi. Jo unga hazil qilganida men g‘alati bo‘lib ketdim. Nazarimda, Frenki bu hazilni haqorat deb tushungan va butun Garlemdagilarga o‘chakishib qolgandi. Joga haddidan oshib ketganligini aytishganida esa u kulib qo‘ygandi, xolos. Frenkida hazil tuyg‘usining yo‘qligi Joning aybi emas ekan. U qulay payt kelsa bu hazilini yana takrorlashini ham qistirib o‘tgandi... Men haq bo‘lib chiqdim: yonimda hazilkash Jo turar va qornini changallagancha kulardi. Eng yomoni, unga qo‘shilib bir guruh bekorchilar ham kulishar, Jo atrofda hech kim yo‘qligida hazil qilmasdi. U bilan ko‘rishgani qo‘l uzatdim. Shu zahoti yana gumburlagan kulgi ovozlari yangradi, Joning men bilan so‘rashgan qo‘lida yumshoq va yopishqoq pishloq bo‘lagi bor ekan. O‘lganimning kunidan iljaydim. Jo qo‘lidagi pishloq qoldig‘ini restoran burchagida turgan mashina oynasiga artganida esa chin ko‘ngildan xoxoladim. Jodan akasi ikkoviga tegishli pivoxonada ishlar qanday ketayotganligini so‘radim. U ishlar joyida ekanligini aytdi. Keyin esa uning xotini va mening eski tanishim Roza haqida so‘radim: uni «Xot Boks» barida qo‘shiq aytgan paytidan beri bilardim. Roza haqidagi savolimni eshitgan Jo xitob qildi: -Bergan savolingni qara-yu! Eshitmadingmi? U meni tashlab qaysar Frenki bilan topishib olganiga ikki oy bo‘ldi. Hozir u Bruklinda, Frenkiga yaqin joyda yashayapti. Shu payt u qornini changallagancha kula boshladi. Nihoyat u kulgidan to‘xtadi va men undan buning nimasi kulgili ekanini so‘radim. -Nega kulgili bo‘lmasin,-dedi Jo.-Bu makaronchi Rozaga qancha pul sarflashi kerakligini bilganida qanaqa ahvolga tushishini tasavvur qilyapman. To‘g‘ri, Frenkining Bruklinda biznesi bor, ammo Roza uni tashlab ketmasligi uchun ancha pul sarflashiga to‘g‘ri keladi. U shunday vaziyatda ham hazil tuyg‘usini yo‘qotmaganligi meni hayron qoldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, qaysar Frenki Rozani u erga tegishidan oldin ham yaxshi tanigan. U tez-tez «Xot Boks» bariga kelib turgan va hatto Roza erga tekkanidan keyin ham u bilan ba’zan uchrashib turgan. Frenkining biznesdagi ishlari yurishib ketgach esa ular kunora ko‘risha boshlashgan. Jo albatta bu haqda bilmagan. Uning o‘sha paytlarda ishi orqaga ketgan va xotiniga u xohlagan hamma narsani sotib olib berishga qurbi yetmagan.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Odamlar yana nima deydi?

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Mayron tayyor bo‘lgan bombani qog‘oz xaltaga soldi va «Tayms-skver» stansiyasining yuk saqlash kamerasidagi javonlardan biriga joyladi. Kalit solingan xatjildni «Blekmor» mehmonxonasiga qo‘ydi. Xonasiga qaytdi. Kunning ikkinchi yarmida uning qo‘li ishga bormadi. U janob Jordan uchun mo‘ljallangan sahifaga bugungi xarajatlarni shoshib-pishib yozarkan, ertadan boshlab bu sahifa butunlay yopilishini o‘ylab iljayib qo‘ydi. U o‘ylab topgan fikridan xursand edi. Bomba unga pand bermasligi aniq edi. Xettinger kimyoviy moddani ayamay solgandi. Bu modda nafaqat janob Jordanni, balki o‘n metr masofadagi barcha narsani parcha-parcha qilib tashlashga yetardi. Albatta, boshqa odamlar ham halok bo‘lishi mumkin. Bu ehtimoldan xoli emas. Masalan, shantajchi qutini metroda ochsa yoki gavjum joyda qo‘lidan tushirib yuborsa. Ammo Xettingerni janob Jordan o‘zi bilan birga yana necha kishini narigi dunyoga olib ketishi zarracha tashvishlantirmasdi. Boshqa erkaklar, ayollar, bolalarning halok bo‘lishi uni mutlaqo qiziqtirmasdi. U faqat bitta narsani bilardi: janob Jordanning o‘limi Mayron Xettingerning yashashini bildirardi. Qolgan barcha narsalar esa uning uchun sariq chaqaga ham arzimasdi. Soat beshlarda Xettinger o‘rnidan turdi. Xonadan chiqib pastga tushdi, yo‘lakda bir oz turib qoldi. Uyga borgisi kelmayotgandi. U yechimi yo‘q muammoni hal qildi. Bunday g‘alabani nishonlash kerak. Eleonor bilan o‘tadigan oqshom bayramga o‘xshamaydi. Bunaqa bayramni Sheyla bilan nishonlagan ma’qul. Ammo u o‘rnatilgan tartibni buzgisi kelmasdi. Odatda u Sheylaning uyiga dushanba va juma kunlari borardi. Qolgan kunlari uyiga ketardi. To‘g‘ri, bugun u tartibni bir marta buzdi: xaltaga pul o‘rniga bomba soldi. Bu yog‘i bo‘lganicha bo‘lar. U xotiniga qo‘ng‘iroq qildi: -Men shaharda bir necha soatga ushlanib qolaman. Judayam muhim ish chiqib qoldi. Eleonor qanday ishligi bilan qiziqmadi ham. Faqat uni sevishini aytdi. U ham xotiniga shunday javob qaytardi. Go‘shakni qo‘yib, taksi to‘xtatdi va haydovchiga G‘arbiy 73-ko‘chaga eltib qo‘yishni buyurdi. Sheyla to‘rt qavatli uyning uchinchi qavatida turardi. Xettinger zinalardan ko‘tarilib, eshikni taqillatdi. Hech qanday javob bo‘lmadi. Agar dushanba yoki juma kuni shunday bo‘lganida, Mayron Xettinger xafa bo‘lgan bo‘lardi. Ammo u payshanba kuni, hech qanday ogohlantirishsiz keldi, shuning uchun Sheylaning uyda yo‘qligi uni tashvishga solmadi. Tabiiyki, unda ham uyning kaliti bor edi. Xettinger eshikni ochdi va ichkariga kirdi. Viski shishasini ochib stakanga quydi. Dushanba va juma kunlari unga Sheyla viski quyib berardi. Kresloga yaxshilab joylashib oldi va Sheylani kuta boshladi. Xettinger yigirmata kam oltida kresloga o‘tirgandi. Soat yettidan yigirma daqiqa o‘tganida tashqarida avval qadam tovushlari, so‘ng eshikning ochilgani eshitildi. U «Salom» deyish uchun og‘iz juftladi, lekin so‘nggi lahzada og‘zini yumdi. U Sheylani hayron qoldirmoqchi edi. Ichkariga Sheyla Biks kirib keldi. O‘ynoqi qadamlar bilan, ko‘zlari chaqnagan holda. Qo‘llari esa ikki yoniga uzatilgandi. Muvozanat saqlash uchun. Chunki uning boshida qog‘oz xalta turardi. Xaltani tanish uchun Xettingerga soniyaning mingdan bir ulushi kifoya qildi. Sheylaga ham uni ko‘rish uchun shuncha vaqt yetarli bo‘ldi. Ikkalasi ham birdaniga harakat qilishdi. Xettinger hammasini birdaniga bajarishga urindi. Xonadan qochib chiqmoqchi, shuning barobarida xaltani yerga tushmay turib turgan joyida, ya’ni Sheylaning boshida tutib qolmoqchi bo‘ldi. Sheyla esa qo‘rquvdan o‘zini orqaga tashladi va xalta uning boshidan tushib ketdi. Xettinger g‘ayritabiiy tarzda o‘zini oldinga otdi. Yerga tushayotgan sigara qutisini tutib qolish uchun qo‘llarini uzatdi. Portlash tovushi Mayron Xettinger eshitgan oxirgi ovoz bo‘ldi.

Rus tilidan Dilshodbek Asqarov tarjimasi

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Auditorning qasosi (hikoya)

Birinchi xat unga seshanba kuni keldi. Mayron Xettinger darrov tushundi: qandaydir ishkallik bor. Gap shundaki, u seshanba kunlari ertalab umuman xat olmasdi. Juma kuni jo‘natilgan xatlar dushanba kuni yetib kelardi. Dushanbada jo‘natilganlari chorshanba kuni kelar, kamdan-kam hollarda seshanba kuni ish vaqti tugayotganda kelardi. Bu xatni esa kurer ertalab olib keldi. Xettinger xatni qo‘liga oldi, lekin ochmadi. Avval xatjildga nazar soldi. Uning manzili yozilgan. Oddiy yozuv mashinkasida. Pochta muhri yakshanba kuni qo‘yilgan. Xatjildga pochta boshqarmasi O‘rta G‘arbdagi mashhur kollejning yuz ellik yilligiga atab chiqargan to‘rt sentlik marka yopishtirilgan. Jo‘natuvchining manzili esa yozilmagan. U xatjildni ochdi. Uning ichidan xat emas, yarim yalang‘och ikki kishining fotosurati chiqdi. Yoshi ellikdan o‘tgan, to‘ladan kelgan, tepakal, burni uzun, labi ingichka erkak va uning qizi tengi, sohibjamol, jilmayayotgan mallasoch ayolning surati. Suratdagi erkak Mayron Xettingerning o‘zi, ayol esa Sheyla Biks edi. Xettinger fotosuratga uzoq tikilib qoldi. So‘ng uni stolga tashladi, o‘rnidan turib xonasi eshigini qulfladi. Yana stol yoniga qaytib o‘tirdi, xatjildda suratdan boshqa narsa yo‘qligiga ishonch hosil qildi. Keyin esa suratni mayda-mayda qilib yirtib kuldonga tashladi, xatjildni ham maydalab kuldonga tashladi va yondirgichni yoqib olovni qog‘oz parchalariga tutdi. Fotosurat tahdid emas, tahdidga ishora, olov borligini bildiruvchi tutun, xolos. Xonaga noxush hid tarqaldi. Kuldondagi olov o‘chgach, Xettinger konditsionerni yoqdi. *** Ikkinchi xatjild oradan ikki kun o‘tib, payshanba kuni ertalab keldi. Xettinger bu xat kelishini kutayotgandi. U xatjildni qalingina xatlar bog‘lami orasidan izlab topdi. Xuddi birinchisi kabi xatjild. Xuddi o‘sha yozuv mashinkasida yozilgan manzil, xuddi o‘shanday marka. Faqat muhr boshqa sananiki. Bu safar fotosurat o‘rniga mashinkada yozilgan qisqagina maktub bor edi: «Qog‘oz xaltaga o‘n va yigirma dollarliklardan 1000 dollar joylang va «Tayms-skver» stansiyasidagi yuk saqlash kamerasidagi javonlardan biriga qo‘ying. Quti kalitini xatjildga solib, xatjildni «Slokam» mehmonxonasining qaydxonasidagi stol ustiga «janob Jordan uchun» deb qo‘ying. Bugunoq aytganimni qilmasangiz, fotosurat xotiningizga jo‘natiladi. Politsiyaga murojaat qilmang. Xususiy izquvar yollamang. Xullas, ahmoqlik qilmang». Xat muallifi so‘nggi uchta ogohlantirishni yozishining hojati ham yo‘q edi. Xettinger politsiyaga murojaat qilmoqchi yoki xususiy izquvar yollamoqchi emasdi. Biror ahmoqlikka qo‘l urishi-ku aslo aqlga sig‘masdi. Xat kuldonda kulga aylanib, konditsioner havoni tozalab bo‘lgach, Xettinger deraza oldida Sharqiy 43-ko‘chaga qaragancha uzoq o‘ylandi. Xat uni suratga nisbatan ko‘proq hayajonga solgandi. Unda yaqqol tahdid bor edi. Bu uning osoyishta hayotiga bo‘lgan tahdid edi. Mayron Xettinger o‘z muvaffaqiyatlaridan haqli ravishda faxrlanishi mumkin edi. Ajoyib ish: oliy toifali auditor, har xil jismoniy va huquqiy shaxslarning soliqlari miqdorini kamaytirib berish hisobiga yaxshigina pul topardi. Ajoyib oila: o‘zidan ikki yosh kichik xotini Eleonor uyni saranjom-sarishta tutar, pazanda ayol bo‘lib, erining ishlariga burnini suqmasdi. Nihoyat, ajoyib ma’shuqa. O‘sha, fotosuratdagi ayol. Sheyla Biks. Bu ayol o‘zini judayam kamtarona tutar, ba’zida kiyim-kechak uchun kattaroq pul so‘rashini aytmasa, talab qiladigani uy haqi, mayda-chuyda xarajatlar uchun pul so‘rash edi. Endi esa manavi shantajchi, janob Jordan Mayron uchta tosh ustiga qurgan billur qasrni vayron qilmoqchi. Agar anavi la’nati surat Xettinger xonimning qo‘liga tushsa, u eri bilan ajrashadi. Bunga shubha yo‘q. Agar bu ajrashish janjalli tus olsa, biznesiga putur yetadi. Oxir-oqibat esa Sheyladan ham mosuvo bo‘ladi. Xettinger stol yoniga o‘tirib ko‘zlarini yumdi, stol yuzasini barmoqlari bilan cherta boshladi. U mijozlaridan ham, xotinidan ham, ma’shuqasidan ham ayrilishni istamasdi. Eleonor va Sheyla singari ishini ham juda yaxshi ko‘rardi. Nima qilmoq kerak?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Biz jasadlarni ko‘l bo‘yiga olib bordik va chuqur kavlab ko‘mdik. -Demak, siz bu sirni olti yil davomida saqlab kelgansiz,-dedi Kreyn.-Ammo bugun chidab bo‘lmaydigan darajadagi voqea yuz bergani uchun uni o‘ldirdingiz, shundaymi? -Ha. -Esher aytgan «harakat»… Sizni o‘ldirishini bildiruvchi tahdidmi? Felkoner bosh silkidi. -U meni bu yerdan tirik chiqarmasligini aytdi. -Olti yil jim yurganingizni hisobga oladigan bo‘lsak, bu g‘alati tahdid. -To‘g‘ri. Men ham shunday dedim. -U-chi? -U menga bor haqiqatni oshkor qildi,-dedi Felkoner. Men bosh irg‘adim. -Uning xotini va xotinining jazmani baxtsiz hodisa sababli o‘lmagan demoqchimisiz? -U ularni yotoqxonada qo‘lga tushirgan va g‘azabi qo‘zib ketgan. Filip Esher ularni hushidan ketguncha do‘pposlagan. Agar yaxshi e’tibor berib qaraganimda ularning ko‘kargan joylarini ko‘rgan bo‘lardim, ammo u paytda... Keyin esa ularni bo‘g‘ib o‘ldirgan, ammo men kelgunimcha murdalarni yashirishga ulgurmagan va nosoz gazli isitgich haqidagi gapni o‘ylab topgan. Agar o‘shanda unga ishonmaganimda va yordam berishga rozi bo‘lmaganimda, u meni ham o‘ldirmoqchi bo‘lganligini o‘zi tan oldi. -Demak, siz aytgan «iqror» mana shu ekan-da?-so‘radim men.-Siz keyingi olti yil davomida nafaqat qotilning qo‘lida ishlaganingiz, balki unga jinoyat izini yopishga yordam berganingizni bilganingizdan keyin, buning ustiga u sizni ham o‘ldirishini aytgach, o‘zingizni tutolmay bosh chanog‘ini olib uning miyasiga tushirgansiz. To‘g‘rimi? -Unchalikmas,-dedi Felkoner.-To‘g‘ri, uning iqrori meni gangitib qo‘ydi, chunki bu ishda men ham ishtirok etganman. Shundan keyin undan nafratlanib ketdim. Umuman olganda, men qo‘rqoqman, agar uning ikkinchi, asosiy iqrori bo‘lmaganida bu voqea yuz bermagan bo‘larmidi. Ammo... -Jin ursin, Felkoner!-dedi Kreyn.-Yana qanaqa iqror?! Uni nega o‘ldirdingiz?! -Chunki u bir ozdan keyin yana bir ish qilgan ekan. U bularning barini menga nima uchun aytganligini bilmadim, ammo u telba edi, bundaylardan esa hamma narsani kutish mumkin. Shunday emasmi? -Bo‘lishi mumkin,-dedi Kreyn. -Bilasizmi, Esher memento morini Meksikadan olib kelgan deb noto‘g‘ri o‘ylab yurar ekanman. U bu bosh chanog‘ini Pontreyn ko‘li bo‘yidagi chuqurdan kavlab olgan ekan. Shuning uchun uni o‘ldirishga qaror qilganimda bu ish uchun mos keladigan qurolni tanladim. Ayting-chi, agar siz pinhona va umidsizlik bilan sevib yurgan dunyodagi yagona ayolingizning bosh chanog‘i siz ishlaydigan xonada olti yil davomida har kuni sizga boqib turganini bilib qolganingizda nima qilgan bo‘lardingiz?

Rus tilidan Dilshodbek Asqarov tarjimasi

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Iqror (hikoya)

Politsiyada o‘tgan yigirma yillik faoliyatim davomida turli xil qotillik qurollarini ko‘rganman. Ularni sanab sanog‘iga yetish qiyin. Ammo Filip Esherni o‘ldirishgan quroldan ortiqroq dahshatli buyumni hali ko‘rmagandim. Bu inson bosh chanog‘i edi! Biz Ed Kreyn bilan uni jasad yonidan topdik. Bir yoki ikki zarbadan so‘ng u xuddi tuxumdek yorilib ketgan, lekin Esherning bosh chanog‘i ham yorilishiga shuning o‘zi yetarli bo‘lgandi. Esherning boshidagi jarohatga qaraganda, zarba judayam kuchli bo‘lganligi aniq edi. Men sigaret chekkancha uchta devori shiftgacha javonlar bilan qoplangan keng xonani ko‘zdan kechirdim. Ikkita javon charm muqovalari o‘ngib ketgan jild-jild kitoblarga to‘la bo‘lib, unchalik qiziqish uyg‘otmasdi. Uchinchi javon esa Meksika va Markaziy Amerika xalqlari san’atiga bag‘ishlangandi: idishlar, sopol va yog‘och haykalchalar, qurollar... Javon yonida katta yozuv stoli joylashgan bo‘lib, Esherga tegishli turli xil ma’lumotnomalar betartib yotar, ro‘parada yana bitta stol bo‘lib, uning ustida yozuv mashinkasi va diktofondan boshqa hech narsa yo‘q edi. Agar vaziyat boshqacha bo‘lganida men xonadagi qadimiy buyumlarni astoydil tomosha qilgan bo‘lardim, ammo ayni paytda menda bunday fikr yo‘q edi. Har qalay, boshi majaqlangan jasad va qonga belangan bosh chanog‘i – mudhish manzara. -Agar o‘z ko‘zim bilan ko‘rmaganimda bunga ishonmagan bo‘lardim,-ming‘irladi Kreyn. -Men ham. Biz xonadan Markaziy Amerika xalqlari muzeyining bo‘limini eslatadigan mehmonxonaga chiqdik. Eshik oldida bir politsiyachi tibbiyot eksperti va sherifni kutib turar, yana bir politsiyachi esa xona burchagidagi divan yonida u yoqdan bu yoqqa borib-kelardi. Divanda esa tizzalarini quchgancha Duglas Felkoner – kulrang shim va to‘q ko‘k rangli ko‘ylak kiygan ozg‘in, qirq yoshlardagi kishi o‘tirardi. U to‘g‘riga qaragancha shishalari qalin ko‘zoynagi ostidagi ko‘zlarini pirpiratar va ko‘rinishi beozor edi. Ammo yarim soat oldin aynan u politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, Filip Esherni o‘ldirganini aytgandi. Uning gapiga shubha qilishga hojat yo‘q edi, chunki o‘ng kafti va ko‘ylagi yengida qon dog‘lari qotib qolgandi. U marhumning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlar va shaharning eng nufuzli hududlaridan birida joylashgan ispancha uslubdagi Esherning mana shu hashamatli villasida turardi. Uning aytishicha, qotillik g‘azab sababli yuz bergan, ammo nima uchun qotillik quroli sifatida g‘ayritabiiy buyumdan foydalanilganiga tushunolmay turardik. Felkoner bo‘shliqqa mavhum nigohini tikkancha o‘tirardi. Men uning yoniga kelib engashishim bilan u cho‘chib tushdi va menga qaradi. Ammo uning ko‘zlari hali ham ma’nosiz boqardi. -Xo‘sh, janob Felkoner,-so‘z boshladim men,-huquqlaringizni aytib o‘tdik, agar istasangiz, advokat chaqirishimiz mumkin. Hammasi qanday sodir bo‘lganini aytib berasizmi? -Hammasini aytib bo‘ldim.-U xotirjam edi.-Esherni men o‘ldirdim. Avvaliga bu ishni o‘g‘ri sodir qilgandek qilmoqchi bo‘ldim, lekin bundan hech narsa chiqmasligini tushundim. Vaqtim yetarli edi, ammo yolg‘on gapirishga o‘rganmaganman. Bundan tashqari... menga baribir bo‘lib qoldi. Detektiv, men charchadim. -Nega bunday qildingiz?-so‘radi Kreyn. Felkoner asta boshini chayqadi, biroq bu uning javob berishdan bosh tortayotganini anglatmasdi, bu harakati bilan u o‘zini qo‘lga olishga urinayotgani ko‘rinib turardi. Biz ertami-kechmi u hammasini aytib berishini bilardik, uni shoshirishning hojati yo‘q edi. Ammo baribir sabrim chidamadi: -Nimaga uni bosh chanog‘i bilan o‘ldirdingiz? Aytgancha, buni qayerdan oldingiz? U ko‘zlarini chirt yumdi, ammo darhol ochdi. -Esherning stoli ortidagi javondan. Uni urgan paytimda Esher stolda o‘tirgandi. -U o‘z xonasida inson bosh chanog‘ini saqlarmidi?-so‘radi Kreyn.-Nima uchun? -Unda o‘ziga xos hazil tuyg‘usi bor edi. Unga tashrif buyuruvchilarning o‘zini qanday tutishini ko‘rish yoqardi. Bu birinchidan. Ikkinchidan esa Esher bu uning uchun memento mori ekanligini ta’kidlardi. -Tushunmadim? -Bu lotincha,-izoh berdi Felkoner.-«O‘limni yodda tut».

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Oxirgi daqiqalarda sizning buyurtmangizni bajarishimiz aniq bo‘ldi. -Xursandman,-ovozi eshitildi xotinining.-Bugun kunduzi firmangizda ishlaydigan janob French bilan suhbatlashgandim. Endi esa kechirasizlar. Ovqat tayyor, hozir mehmon kutyapman. Avtomobil joyidan siljidi, Fergyuson qichqirishga urindi, ammo og‘zi bog‘langan qopdan ovozi chiqmadi. U ko‘zidan yosh oqqancha o‘ziga savol berardi: «U qanaqa mehmonni kutyapti? Nimaga men hech narsani sezmadim?!»

Ruschadan Dilshodbek Asqarov tarjimasi

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Yo'q qilish xizmati (hikoya)

Tashrif buyuruvchini qabulxonadan ichkariga kiritmaslik kerak edi, zero janob Fergyuson kelganlarni oldindan kelishgan holda qabul qilar, o‘ta muhim ish bilan kelganlargina bundan mustasno edi. Fergyuson vaqtning qadriga yetadiganlar toifasidan edi. Ammo janob Fergyusonning kotibasi miss Deyl yosh va ta’sirchan edi. Tashrif buyuruvchi yoshi ulug‘ bo‘lib, salobatli, qimmatbaho kostyum kiygan, qo‘lida hassa tutib olgan kishi edi. Miss Deyl uni muhim shaxslardan deb hisoblab, to‘g‘ri janob Fergyusonning xonasiga boshlab kirdi. -Salom, ser,-dedi tashrif buyuruvchi, miss Deyl eshikni yopib chiqib ketishi bilan.-Mening ismim Esmond. Yo‘q qilish xizmatidanman.-U Fergyusonga tashrif qog‘ozini uzatdi. -Tushunarli,-dedi Fergyuson, miss Deylning qilig‘idan jahli chiqqanini yashirmay.-Yo‘q qilish xizmati? Kechirasizu, menda yo‘q qiladigan narsaning o‘zi yo‘q.-U suhbatga yakun yasash uchun o‘rnidan turdi. -Hech narsangiz yo‘qmi? -Mutlaqo. Kelganingiz uchun tashakkur. Yo‘q qiladigan qog‘ozim yo‘q. -U holda siz atrofingizdagi odamlar bilan yaxshi munosabatdasiz desak bo‘ladi, shundaymi? -Nima? Buning sizga qanday aloqasi bor? -Bilasizmi, janob Fergyuson, yo‘q qilish xizmati aynan shu ish bilan shug‘ullanadi. -Ustimdan kulmang,-dedi Fergyuson. -Kulayotganim yo‘q,-javob qaytardi janob Esmond. -Siz aytmoqchisizki,-dedi Fergyuson jilmaygancha,-odamlarni yo‘q qilasiz? -Ha. Men hech qanday yozma dalil keltira olmayman: biz iloji boricha reklamadan qochamiz. Ammo ishontirib aytamanki, bizning firmamiz ishonchli. Fergyuson tashrif buyuruvchidan ko‘zini uzmay qarab turardi. U eshitganiga ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmayotgandi. Bu albatta hazil. Ahmoqqa ham ayon. Bu hazil bo‘lmasligi mumkin emas. -Yo‘q qiladigan odamlaringizni nima qilasizlar?-so‘radi Fergyuson. -Bu yog‘i bizning ishimiz,-dedi janob Esmond.-Muhimi, ular g‘oyib bo‘lishadi. -Tushunarli, janob Esmond. Aslida menda qanday ishingiz bor edi? -Aytdim-ku,-dedi Esmond. -Bas qiling. Bu jiddiy gap emas. Agar sizni jiddiy gapiryapti deb o‘ylaganimda politsiyani chaqirgan bo‘lardim. Janob Esmond uf tortgancha o‘rnidan turdi. -U holda siz bizning xizmatimizga muhtoj emas ekansiz. Sizning do‘stlaringiz, qarindosh va qo‘shnilaringiz, xotiningiz bilan munosabatingiz yaxshi ekan. -Xotinim bilan? Xotinim haqida nima bilasiz? -Hech narsa, janob Fergyuson. -Qo‘shnilarim bilan gaplashdingizmi? Mayda-chuyda janjallar hech narsani anglatmaydi. -Men sizning oilangiz haqida hech qanday ma’lumotga ega emasman, janob Fergyuson,-dedi Esmond yana kresloga o‘tirarkan. -Unda nimaga xotinim haqida eslatdingiz? -Bizning hisob-kitoblarimizga qaraganda, asosiy daromadimiz er-xotinlar munosabatidan kelar ekan. -Menda hammasi joyida. Xotinim bilan munosabatimiz a’lo darajada. -Demak, sizga yo‘q qilish xizmatining keragi yo‘q ekan,-dedi janob Esmond hassasini qo‘ltig‘iga qistirib. -Bir daqiqa,-Fergyuson qo‘lini orqasiga qilgancha xona bo‘ylab yura boshladi.-Bilasizmi, sizning gaplaringizga ishonmayman. Birortasiga ham. Ammo aytaylik, gapingiz rost. U holda agar men... istasam... -Sizning og‘zaki roziligingiz kifoya,-dedi janob Esmond. -To‘lov-chi? -Ish bajarilganidan keyin. -Menga farqi yo‘q,-shoshib dedi Fergyuson.-Men shunchaki qiziqyapman. Xotinim bilan munosabatimiz yaxshi. Turmush qurganimizga o‘n yetti yil bo‘ldi. To‘g‘ri, turmushda har xil janjallar bo‘lib turadi. Janob Esmond unga jimgina quloq solib o‘tirardi. -Istasang-istamasang, murosa qilishga to‘g‘ri keladi,-dedi Fergyuson.-Men sevgi-muhabbat yoshidan o‘tganman, xotinimni yo‘q qilish maqsadim bo‘lgani... -Sizni tushunaman,-so‘z qotdi janob Esmond. -Mana, nima demoqchiman,-gapida davom etdi Fergyuson.-Ba’zida xotinim bilan yashagim kelmay qoladi. U shallaqi. Asabimni buzadi. Egovlaydi. Bundan xabardormisiz? -Yo‘q,-dedi janob Esmond. -Bo‘lishi mumkin emas! Unda nega he yo‘q-be yo‘q oldimga keldingiz? Janob Esmond yelkasini qisdi. -Nima bo‘lgan taqdirda ham,-dedi Fergyuson,-hayotimni boshqatdan qurishni xohlaydigan yoshdan o‘tganman. Aytaylik, men uylanmaganman.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

#Жирканч_ҳиёнат

—Дадам ҳали ҳам қайтмадимикан? -дадасини хонаси олдидан ўтаркан. Оёқ кийимга кўзи тушмагач ҳайрон бўлди. Манзурадан ҳавотир ҳам олди. Ҳомиладорлигида чўчиб кетмасин деб.
—Дадамни оёқ кийими? У бу ерда нима қиляпти? -ўз уйи айвонида турган. Бир ҳафта олдин дадасига олиб келган тапичкасини кўриб ҳайрон бўлди. —Раҳимжон ўйнаб олиб келган бўлса керак.
Ўзига-ўзи гапирар экан. Хоналаридан ғўнғир-ғўнғир овозлар келди.
—Ҳали ҳам ухламабдимикан? Раҳимжон эркалиб қилаётган бўлса керак.
Иссиқ ҳаво...
Эшик-деразалар очиқ. Аммо пардалари тўсилган хона.
Расул аста хонасига қадам босди...
Не кўз билан кўрсинки....

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Agar bir so‘ziga yigirma sentdan to‘laganlarida, u qalam haqiga bundan yigirma yil oldin nechta shokolad sotib olgan bo‘lsa, hozir ham shuncha sotib olgan bo‘lardi. Yigirma yillik ijodkor sifatida u bundan ko‘proq pul olishga arziydi. Aytaylik, bir dollardan. Ammo miqdori olti xonali raqam bilan yoziladigan qalam haqi oladigan yozuvchilar ham bor. Bir so‘zga ming dollardan. Bu fikr uning miyasida yashindek chaqnadi va barmoqlari beixtiyor shu so‘zlarni terdi. U varaqdagi so‘zlarga tikilib qoldi. «Bir so‘zga ming dollardan». Nimaga u bir so‘zi uchun ming dollardan ololmaydi? Nima uchun o‘zini boshqa sohada sinab ko‘rmasligi kerak? Nima uchun? U varaqni mashinkadan chiqarib oldi, g‘ijimlab, axlat chelakka tashladi. Oppoq varaq qo‘yib, unga uzoq tikilib turdi, o‘ylandi. Nihoyat, yozishni boshladi. Trevaten hikoyalarini kamdan-kam hollarda qayta yozardi. Bir so‘zi uchun besh sentdan olgani uchun bunga ulgurmasdi. Bundan tashqari, muharrirni ilk qoralama ham qoniqtirardi. Ammo hozir u boshqacha holatda edi. Bir nechta so‘z yozilgan varaqlar birin-ketin axlat chelakka tashlandi. To‘rtinchi yoki beshinchi marta yozganini o‘qib ko‘rgach, u qog‘ozni mashinkadan chiqarib, yana bir marta o‘qidi. «Juda soz,-dedi u ichida.-Ortiqcha so‘z yo‘q». U telefonni olib, Juksning raqamini terdi. -Uorren? Maslahatingga amal qildim. -Yana bitta hikoya yozdingmi? Xursandman. -Yo‘q. O‘zimni boshqa sohada sinab ko‘rmoqchiman. -Barakalla. Menimcha, bu sening qo‘lingdan keladi. Kattaroq narsaga qo‘l urdingmi? Romanmi? -Yo‘q, judayam qisqa. -Yaxshi to‘lashadimi? -Albatta. Har bir so‘zimga ming dollardan olishni mo‘ljallayapman. -Ming…-Uorren xoxolab kuldi.-Nima demoqchiligingni tushunmadim, lekin omad tilayman. Hazil tuyg‘usini yo‘qotmaganingdan xursandman. Trevaten yana qog‘ozdagi matnga qaradi. «Yonimda to‘pponcha bor. Marhamat qilib, mana bu xaltaga o‘n, yigirma va ellik dollarlik pullardan jami o‘ttiz ming dollarni joylang. Aks holda peshonangizdan darcha ochib qo‘yishimga to‘g‘ri keladi. Men hazillashayotganim yo‘q». -Ha, hazil tuyg‘usini yo‘qotganim yo‘q,-dedi u o‘ziga o‘zi.-Nima qilmoqchiligimni bilasanmi, Uorren? Bankka yetib borgunimcha kulaman.

Ruschadan Dilshodbek Asqarov tarjimasi

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bir so'zga ming dollardan (hikoya)

Muharrirning ism-sharifi Uorren Juks edi. Bo‘yi baland, barmoqlari uzun, boqishlari jiddiy. Chakka sochlari oqara boshlagan. U odatdagidek stol ortida, urf bo‘lgan kostyum-shimda o‘tirardi. Trevaten uning oldida xuddi hozirgina inidan chiqqan ayiqdek ko‘rinardi. -O‘tir, Jim,-iljaydi Juks.-Seni ko‘rishdan doimo xursandman. Faqat «yangi hikoya olib keldim» dema. Senga hayron qolaman. Hikoyani xuddi daraxtni silkitib terib olayotgandek juda tez olib kelasan. G’oyani qaerdan olasan? Menimcha, bunaqa savollarga javob beraverib charchagan bo‘lsang ham kerak. Trevaten haqiqatan ham charchagandi, lekin bir xil savolga javob beraverishdan emas. -Yo‘q, Uorren. Yangi hikoya yozmadim. -Nahotki? -Sen bilan oxirgisi haqida gaplashgani keldim. -Kecha bu haqda gaplashgandik-ku,-Juksning yuzida hayrat ifodasi paydo bo‘ldi.-Telefonda. Hikoyang yoqqanini, jurnalimizda bosishimizni aytdim. Nomi nima edi? Qandaydir so‘z o‘yini edi, esimdan chiqib qolibdi. -«Sirtmoqdagi jinoyatchi»,-eslatdi Trevaten. -Ha-ha. Ajoyib sarlavha, yaxshi syujet va mohirona ifoda. Muammo nimada? -Pulda,-dedi Trevaten. -Pul kerak bo‘lib qoldimi?-jilmaydi muharrir.-Yaxshi, bugunoq hisob yozib beraman. Kelasi haftaning boshida chekni olasan. Afsuski, bundan ortiq yordam berolmayman. -Men pulning qachon to‘lanishini aytmayapman,-dedi Trevaten.-Miqdorini aytmoqchiman. Hikoyam uchun qanchadan to‘laysan, Uorren? -Har doimgidek. Unda nechta so‘z bor? Uch mingtami? -Uch yarim mingta. -Demak, besh sentdan uch yarim mingta... Bir yuz yetmish besh bo‘ladi, shundaymi? -Ha. -Kelasi haftaning boshida shuncha pul uchun chek olasan. Agar istasang, chekni menga keltirib berishlari bilan senga qo‘ng‘iroq qilib qo‘yaman. Pochta uyingga olib borib berishini ikki kunlab kutib o‘tirmaysan. -Bu kam. -Tushunmadim. -Narxini aytyapman,-Trevatenning og‘zidan bu so‘zlar zo‘rg‘a chiqdi. Juksning xonasiga kelguncha u suhbatlari qanday tarzda bo‘lishini xayolan pishitib olgan, o‘shanda so‘zlar og‘zidan osonlik bilan chiqqandi.-Menga ko‘proq to‘lashing kerak. Bitta so‘z uchun besh sent... Axir bu arzimagan chaqa-ku. -Biz shunchadan to‘laymiz, Jim. Doim shunaqa to‘laganmiz. -To‘g‘ri. -Unda nimadan norozi bo‘lyapsan? -Sizlarga qanchadan beri yozaman, Uorren? -Bir necha yildan beri. -Yigirma yildan beri, Uorren. -Nahotki? -O‘tgan oyda senga birinchi hikoyamni sotganimga yigirma yil bo‘ldi. Ikki ming ikki yuzta so‘z bor edi. Menga bir yuz o‘n dollar to‘lagansan. -Nima, yomonmi? -Men yigirma yildan beri yozaman va o‘sha paytda qancha olgan bo‘lsam, hozir ham shuncha olaman. Hamma narsaning narxi oshyapti, mening daromadim esa o‘zgarishsiz qolyapti. Birinchi hikoyamni yozganimda bitta so‘zim uchun olgan besh sentga shokolad sotib olishim mumkin edi. Sen shokolad sotib olmaganingga ancha bo‘libdi, shekilli, Uorren? Juks qorniga ishora qildi. -Agar shokolad yesam semirib ketaman. -Hozir shokolad qirq sent turadi. O‘ttiz besh sentlilari ham bor. Men esa hali ham bitta so‘zimga besh sent olyapman. Shokoladni qo‘ya turaylik. -Mayli. -Kel, jurnal haqida gaplashamiz. Yigirma yil oldin jurnal gazeta do‘konida necha pul turardi? -Adashmasam, o‘ttiz besh sent. -Adashyapsan. Yigirma ikki sent. O‘ttiz besh sentga olti oydan keyin chiqqan. Keyin ellik, oltmish, yetmish besh bo‘ldi. Hozir qancha turadi? -Bir dollar. -Sen esa muallifingga hali ham bir so‘z uchun besh sentdan to‘layapsan. Senda vijdon bormi, Uorren? Juks og‘ir uf tortdi, stolga tirsagini tirab, kaftlarini birlashtirdi. -Jim, sen bir narsani unutib qo‘yyapsan. Jurnal hozir bundan yigirma yil oldingichalik daromad keltirmayapti. Rostini aytsam, undan ham oz. Sen qog‘ozning narxi qanchalik ko‘tarilib ketganini bilasanmi? Qog‘oz bilan shokoladni solishtiradigan bo‘lsak, ularning narxi o‘zgarmagan deyish mumkin. Bosmaxona xarajatlari-chi? Tarqatish xarajatlari? Senga eshitish qiziqarsiz bo‘lgan boshqa chiqimlar. Sen bir dona jurnal bir dollar ekanligini ko‘rib bizni pulga ko‘milib ketishyapti deb o‘ylaysan, aslida unday emas. Yigirma yil oldin bizga yaxshiroq edi. Daromad zo‘r edi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Klod Payrs ikki kun ilgari operatsiya qilinganini aytishdi. Operatsiya yaxshi o‘tgan, bemor o‘zini yaxshi his qilyapti. «Bu vaqtinchalik», o‘yladi Kraft. Payrs o‘limga mahkum. U Payrsga achindi, keyin esa kechki poygani o‘ylay boshladi. Unga Malla Yulduz laqabli ot yoqqandi. Bu otni u anchadan beri kuzatayotgandi, balki bugun yutar. Kraft ippodromga bordi. Malla Yulduz uning ishonchini oqlamadi. Ertalab u gazetadan Payrsga atalgan ta’ziyanomani topolmadi. Kasalxonadagilar bemorning ancha tuzalib qolganini aytishdi. «Bunday bo‘lishi mumkin emas», o‘yladi Kraft. Klod Payrs uch hafta kasalxonada yotdi va bu vaqt davomida uni davolovchi shifokordan ko‘ra Edgar Kraft uning sog‘ligiga ko‘proq qiziqdi. Bir kuni Payrsning salomatligi to‘satdan yomonlashdi va u hushidan ketib qoldi. Hamshiraning ovozida qayg‘u sezildi va Kraft taqdirdan minnatdor bo‘ldi. Ammo ertasiga Payrs o‘ziga keldi. Hamshira bu haqda quvonch bilan ma’lum qildi, Kraft esa g‘azabga mindi. Shu kundan boshlab Payrsning sog‘ligi yaxshi tomonga o‘zgara boshladi. U kasalxonadan chiqdi. Kraft qanaqasiga bunday bo‘lganini hech tushunolmasdi. Hammasi chappasiga aylanib ketgandi. Payrsning o‘limidan so‘ng u ming dollar olishi kerak edi. Payrs kasal bo‘ldi, Payrs hayot va o‘lim chegarasiga bordi va kutilmaganda Kraftni ming dollardan mahrum qilgancha o‘lim changalidan qutuldi. Kraft keyingi maktubni kutardi. Ammo maktub kelmadi. U uy haqini to‘laydigan muddatdan ikki hafta o‘tib ketdi. Avtomobil uchun to‘lov ham kech qoldi, unga yana «Superfinans» uyushmasi xodimi qo‘ng‘iroq qila boshladi. Kraftning boshi qotib qoldi. «Bu kishi o‘lsa», deb yozilgandi xatda. Axir, Payrs abadiy yasholmaydi-ku. Hech kim yasholmaydi. Payrs o‘lishi bilan Kraft ming dollarga ega bo‘ladi. Aytaylik, Payrs bilan biror noxushlik yuz beradi... U beixtiyor qayta-qayta shu fikrga kelardi. «Muammo bo‘lmaydi», o‘zini tinchlantirardi u. U Klod Payrsga qiziqayotganini hech kim bilmaydi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rsa, hammasi silliq kechadi. Politsiya hech qachon undan shubhalanmaydi. Axir u Payrs bilan tanish emas-ku... Shunday ekan... «Qo‘limdan kelmaydi,-dedi Kraft o‘ziga o‘zi.-Bunday qilolmayman. Begunoh bir insonni o‘ldirish... Aslo». U o‘sha ming dollarsiz ham kun ko‘rishga qaror qildi. Oldin shu pulsiz ham yashagan-ku. Ha, shu pullar bo‘lsa yomon bo‘lmasdi. Qanday sarflashni yaxshi bilardi. Ammo na iloj. Ertasiga ertalab Klod Payrsning ismi gazetalarning birinchi sahifasida bosilib chiqdi. Tunda kimdir uning Xonideyl-drayvdagi uyiga kirgan va uxlayotgan joyida bo‘g‘izlab ketgandi. Qotil kimligi aniqlanmagandi. Qotillikka nima sabab bo‘lganini ham hech kim aytolmasdi. Kraft bu xabarni o‘qirkan, o‘qchigisi keldi. U Payrsni xuddi o‘zi o‘ldirgandek o‘zini aybdor his qilardi. U hech qanday yomon ish qilmaganini, hech kimni o‘ldirmaganini yaxshi bilardi. Ammo bu haqda o‘ylagan, Payrsga o‘lim tilagandi. Pul ertasiga keldi. Yuz dollarlik o‘n dona - jami ming dollar pul. Va bittagina so‘z yozilgan bir varaq qog‘oz: «MINNATDORMAN». «Menga minnatdorchilik bildirishning keragi yo‘q,-o‘yladi Kraft pullarni mahkam siqimlagancha.-Minnatdorchilikning keragi yo‘q». *** «JANOB LEON DENNISON BU KISHI O‘LSA, SIZ BIR YARIM MING DOLLAR OLASIZ». Kraft bu xatni o‘qirkan, yuragi qinidan chiqib ketgudek urardi. U xatni ikki marta o‘qib chiqdi, so‘ng xatjildga solib, mayda-mayda qilib yirtdi va axlat chelakka tashladi. Kraftning boshi og‘rib qoldi. U dori ichdi, ammo bosh og‘rig‘i qolmadi. Tushgacha u ishxonada hech narsa qilmasdan o‘tirdi. Tushlik paytida qahvaxonaga kirdi, ovqat ta’mini sezmasdan ovqatlandi. Ishga qaytgach, kechki payt Saratogda bo‘ladigan poyga haqida o‘ylamoqchi bo‘ldi. Ammo xatdagi satrlar uning ko‘z oldidan ketmasdi. U ishdan ertaroq chiqdi va ko‘chani aylanib yurdi. «Janob Leon Dennison». Dennison Kedbyuri-avenyudagi uyda yashardi. Go‘shakni hech kim ko‘tarmadi. Dennison advokat bo‘lib, telefon ma’lumotnomasida ishxonasining raqami ham bor edi. Kraft qo‘ng‘iroq qilib ko‘rdi, kotiba janob Dennison yig‘ilishga ketganligini aytdi. «Bu kishi o‘lsa».

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bu kishi o'lsa... (hikoya)

Kechki payt Edgar Kraft Saratogdagi to‘rtinchi yo‘lda ishtirok etayotgan Chipor Tasma laqabli otga ikki yuz dollar tikdi. Sheyla laqabli ot g‘olib bo‘lishi taxmin qilingandi, ammo u birinchi burilishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi va Chipor Tasma marraga yaqinlasha boshladi. Kraft endigina yutgan pulini hisob-kitob qilmoqchi edi, ammo Chipor Tasma sakrab chopishga o‘tdi va u marraga yetib kelganidan so‘ng poygadan chetlatildi. Kraft bor pulidan ayrilib uyiga qaytdi. Tabiiyki, ertalab uning kayfiyati juda yomon edi. Kutilmaganda shu maktub kelib qoldi. U hammasi bo‘lib oltita xat olgandi. Dastlabki beshtasi u hali-beri to‘lay olmaydigan to‘lov talabnomalari edi. Shuning uchun ularni boshqa talabnomalar turgan tortmaga tashladi. Oltinchi xatjilddan esa uning baxtiga talabnoma ham, kreditga olingan avtomobili va mebelini musodara qilish haqidagi ogohlantirish ham chiqmadi. U o‘rtasida bir nechta so‘z yozilgan varaqni o‘qidi. Unda dastlab kimningdir ism-sharifi yozilgandi: «janob JOZEF G. NAYMANN». Pastda esa quyidagi so‘zlar bor edi: «BU KISHI O‘LSA, SIZ BESH YUZ DOLLAR OLASIZ». U hozir hazil ko‘taradigan ahvolda emasdi. Butun poyga davomida oldinda borgan ot marraga yetay deganda sakrab chopsa odamning kayfiyati albatta tushadi. U varaqning orqa tomoniga qaradi. Ikkinchi tarafida hech narsa yozilmagandi. U xatni yana bir marta o‘qidi. Xatjildni oldi. Faqat uning ism-sharifi va manzili bilan mahalliy pochta bo‘limining muhri bor xolos. Kraft ahmoqona hazil qilgan notanishni bo‘ralab so‘kdi va xatjildni burda-burda qilib axlat chelakka tashladi. Keyingi hafta davomida u bu g‘alati maktub haqida eslamadi ham. O‘zining muammolari yetarli edi. U hech qanday Jozef G. Naymanni tanimas, shuning uchun uning o‘limidan keyin besh yuz dollar olishiga umid qilmasdi. U bu maktub haqida xotiniga indamadi. Bunday kutilmagan meros haqida qarzni so‘rab qo‘ng‘iroq qilgan «Superfinans» uyushmasi xodimiga ham lom-mim demadi. U oylik maoshi xarajatlariga yetmasligi haqida o‘y surgancha ishga borib-kelishda davom etdi. Ikki marta poygaga bordi. Bir marta o‘ttiz dollar yutdi, ikkinchisida yigirma uch dollar yutqazdi. U Jozef G. Naymanni butunlay unutib yubordi. Shunda ikkinchi maktub keldi. U shoshib-pishib xatjildni ochdi. Buklangan varaqni oldi. Stol ustiga ellik dollarlik o‘n dona pul tushdi. Varaqda esa shunday so‘z yozilgandi: «MINNNATDORMAN». Edgar Kraft ikki xat orasidagi bog‘liqlikni darrov anglab yetmadi. U besh yuz dollar jo‘natishgani u yoqda tursin, qaysi qilgan ishi uchun undan minnatdor bo‘lishayotgani haqida uzoq o‘yladi. Shu payt esiga birinchi xat tushib qolib ko‘chaga yugurdi, tonggi gazeta sotib oldi va ta’ziyalar sahifasiga ko‘z yugurtirdi. Rostdan ham bir kun oldin, uzoq kasallikdan so‘ng Park-Pleysdagi 413-uyda yashagan Jozef Genri Naymann oltmish yetti yoshida okrug kasalxonasida vafot etgandi. Undan bir beva, uch farzand va to‘rt nabira qolgandi. Kraft uch yuz dollarni bankka qo‘ydi, ikki yuzini hamyoniga joyladi. Avtomobil uchun navbatdagi to‘lovni, uy haqini, mayda-chuyda qarzlarini to‘ladi. To‘g‘ri, uning qarzlari hali ham bor edi, lekin Jozef Genri Naymanning o‘limi sharofati bilan u erkinroq nafas olish imkoniga ega bo‘lgandi. «Superfinans» uyushmasi xodimi qarzning ma’lum qismi qaytarilganidan qanoatlandi va uni birmuncha vaqt bezovta qilmadi. O‘sha oqshom Kraft ippodromga xotini bilan bordi. Hatto xotiniga ham istagan otiga pul tikishiga ijozat berdi. U qirq dollar yutqazdi, ammo aslo qayg‘urmadi. U keyingi maktubni ochmadi. Xatjild ustidagi bosma harflardanoq u xat jo‘natuvchi kim ekanligini bildi va bir necha daqiqa ochmasdan ushlab turdi. U saxiy notanish nimadir so‘rashi va olgan besh yuz dollari evaziga biror nima qilib berishidan xavotirda edi. Nihoyat xatjildni ochdi. Hech qanday iltimos bitilmagandi. Boshqa ism-sharif yozilgan oddiy varaq. «JANOB RAYMOND ANDERSEN». Pastroqda quyidagi yozuv: «BU KISHI O‘LSA, SIZ YETTI YUZ ELLIK DOLLAR OLASIZ». Keyingi bir necha kun davomida Edgar Kraft janob Raymond Andersenga hech qanday yomonlik tilamayotganiga o‘zini ishontirib yurdi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Жума куни 30 ёшли йигит жумага келиб, онасини сотишини айтиб бақира бошлади. Одамлар йигитдан нега бундай қилмоқчилигини сўрашганда, йигитнинг айтган жавоби ҳаммани шокка солди‼️

Жума куни одатдагидек жумага бордим. Жума тугагач, бир йигит: “Онамни сотаман, оладиган борми?” дея бақира бошлади. Атрофдаги ҳамма “Бу жинни бўлганми?” дея сўка бошлади. Бир ёши улуғ инсон “Нега бундай қиляпсан?” деб йигитдан сўраганда, йигитнинг кўзида ёш билан айтган жавоби ҳаммани шокка солди.

Йигит гап бошлади: “Бугун жумадан кейин тазия бор. Бу инсон менинг иккинчи онам. Мен оддий таксичиман. Кундузи таксида ишлайман, кечаси боғчада қоровулчилик қиламан.

Кундузи уйга келиб, онам билан овқатланаман, кейин яна ишга чиқаман. Онам эса туни билан мен учун дуо қилади. Тонгда уйга қайтсам, у мени кутиб олади, кейин ўз ўрнига ётиб ухлайди. Ҳар кунимиз шу тартибда ўтарди.

Бир кун одатдагидек онамнинг дуосини олиб, ишга кетдим. Таксига буюртма келди — бой хонадон. Эшик олдида 4–5 та иномарка турарди.

Шундай катта уйдан бир муштипар она чиқиб келди. Устида юпун либос. Машинага ўтираркан, кўз ёшларини тўхтата олмасди. Сўрадим:
— Она, нега йиғлаяпсиз?

Она жавоб берди: “Ўғлим, мени учта ўғлим бор. Ҳаммасини ёлғиз бошим билан ўқитдим. Ҳаммаси олий маълумотли, ўз уй-жойлари бор. Бу — кенжа ўғлимнинг уйи. Акалариники бундан ҳам зўр. Лекин ўғилларимни бирорта машинасига ҳам чиқмадим. Чиқаришмади, таклиф қилишмади.

Ахир ўғилларингизда машиналар бор-ку! Нега чиқаришмайди?

Она қаттиқ йиғлаб юборди:
— Мен фарзандларим камлик кўрмасин деб ишдан-ишга юравердим. Аммо уларга тарбия беришга вақт ажратмадим. Энди ўша уйларда менга жой йўқ. Шу хонадонда, ўғлимнинг қоровулхонасида яшайман. Бу кундалик меҳнатим — мактабда тозаловчи бўлиб ишлайман. Ўзимни ўзим боқаман.

Қаттиқ йиғлаб юбордим.
— Она, юринг мен билан. Менинг онам борлар шерик бўласиз. Менда энди икки она бўлади, дедим.

Она эса жимгина жавоб берди:
— Йўқ, болам. Менга ўғил эмас, менга мени сотиб оладиган инсон керак…

— Қандай қилиб сотиб оламан? — дедим.

— Бир донагина шойи рўмол билан, — дедилар.

Ўзим тозаловчилик қиламан. Маошим кам. Ойлик олсам, невараларимга нарсалар оламан. Шу шойи рўмолни болаларим оберишини жуда-жуда хоҳлайман. Лекин бу менга бу дунёда насиб қилмайдими дейман.

Биз онахонни онам билан бирга тозалаб, кийиндирдик. Бир дона эмас, бир нечта янги рўмол олиб бердим. Қўлларини очиб, юракдан дуо қилдилар:
— “Болам, камлик кўрмагин…”

Тун кирди. У киши янги рўмолларини чиройли қилиб ўраб, эски рўмолларини бағирларига босган ҳолда омонатини топширдилар…

Бугун мен шу онахоннинг жасадини ўғилларига сотмоқчиман. Сўнгги манзилга ўзлари кузатсинлар!”

Бу сўзлардан сўнг, одамлар орасидаги секингина шивир-шивир тўхтади. Лекин бу оломон ичида ўғиллар йўқ эди. Воқеани эшитиб, гап ким ҳақида эканини билган қўшнилар онанинг фарзандларига телефон қилдилар. Жума тугагунча уч ака-ука етиб келишди ва тобутга қараб ўзларини ташлашди. Улар йиғлар, «Она!» деб бақирар эдилар…

Афсус, энди кеч


@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Roza esa o‘zi istagan narsani olib bermagan erkaklarga toqat qilolmaydi. Jo qaysar Frenkiga qo‘pol hazil qiladi, Frenki esa Rozani Bruklinga olib ketadi. -Nima ham derdim,-dedim uning hikoyasini eshitib bo‘lgach,-bunaqa gaplarni eshitish yoqimsiz. Senga achinaman... -Yaxshisi, qaysar Frenkiga achin,-quvnoqlik bilan javob qaytardi Jo.-Agar bu senga kamlik qilsa, Rozaga ham achin. Nihoyat Jo uyiga ketishga taraddudlandi, ammo avval tamaki do‘konidagi telefondan Mindi restoraniga qo‘ng‘iroq qildi. U ayollar ovozi bilan Peggi Joys ekanligini, qaysidir bir manzilga to‘y marosimi uchun olti yuz dona buterbrodga buyurtma bermoqchiligini aytdi. Albatta, unday manzilning o‘zi yo‘q, bo‘lgan taqdirda ham hech kim uncha buterbrodga pul to‘lashni istamaydi. Keyin Jo mashinasiga o‘tirdi va uyiga jo‘nadi. Bir necha kundan keyin Bruklinda Joning pivoxonasida ishlaydigan ikki yigitning qopga solingan jasadi topilganini gazetada o‘qib qoldim. Politsiyadagilar ular qaysar Frenkining biznesiga xalaqit berishga urinishganini aytishardi. Ammo birorta ham politsiyachi ularni Frenki o‘ldirganini ta’kidlay olmasdi. Chunki bunga hech qanday dalil yo‘q edi. Qop bilan bog‘liq voqea shunchaki ish emas, bunga mahorat kerak. Odamni qopga tiqish uchun avval uni uxlatish kerak, axir qaysi ahmoq qopga o‘zi tushadi. Buning uchun uyqu dori berish kerak deyishadi, ammo haqiqiy mutaxassislarning fikricha, qopga solmoqchi bo‘lgan odamingning boshiga to‘qmoq bilan yaxshilab tushirish kifoya. Xullas, odamning bo‘yniga sirtmoq solishadi va arqonning bir uchini tizzalari orqasidan o‘tkazib bog‘lashadi. Uni shu holatda qopga tiqishadi va biror joyga tashlab ketishadi. Bechora o‘ziga kelgach, qopdan chiqishga urinadi. U bukilgan tizzalarini to‘g‘rilamoqchi bo‘ladi va bo‘ynidagi sirtmoq tortilib, bir ozdan keyin bo‘g‘ilib o‘ladi. Ikki kundan keyin Klinton-stritda sayr qilib yurgan ikki bruklinlikni noma’lum shaxslar bo‘g‘ib o‘ldirishganini eshitdim. Aytishlaricha, o‘lganlar qaysar Frenkining do‘stlari, ularni o‘ldirganlar esa garlemliklar ekan. Tez orada Bruklinda g‘alati voqealar yuz berayotganini tushundim. Bir haftadan keyin u yerda qopga solingan yana bir jasad topildi. Bu safargi qurbon hazilkash Joning akasi Freddi edi. Ish shunga borib yetdiki, bruklinliklar kartoshka solingan qopni o‘zlari ochgani qo‘rqib qolishdi va buning uchun politsiya chaqiradigan bo‘lishdi. Bir kuni kechqurun hazilkash Joni ko‘rib qoldim. Bu safar u yolg‘iz o‘zi o‘tirardi va uning nimadandir tashvishda ekanligini ko‘rib xalaqit bergim kelmadi. Uning yonidan o‘tib ketmoqchi edim, qo‘limdan tutib to‘xtatdi. Unga akasining o‘limi sababli ta’ziya bildirdim. -Nima deyishmasin, Freddi ahmoqlik qildi,-dedi Jo.-Roza uni Bruklinga taklif qilgan. U Freddidan meni Roza bilan rasman ajrashishga unatishni so‘ramoqchi bo‘lgan. Bechora akam Roza ikkimizni yarashtirmoqchi bo‘lgandi, buning o‘rniga qopga solindi. Uni Rozanikidan qaytayotganida ushlashgan. Bunda Rozaning ham qo‘li bor deyolmayman, ammo akam uning aybi bilan o‘ldi. Jo kuldi, ammo uning kulgisi menga g‘alati tuyuldi. Jo gapini davom ettirdi: -Men qaysar Frenkiga zo‘r hazil qilmoqchiman. -Yo‘q, Jo,-dedim men.-Yaxshisi, uni unut. Unda hazil tuyg‘usi yo‘q. -E yo‘q,-e’tiroz bildirdi Jo,-mendan Rozani tortib olishga hazil tuyg‘usi bo‘ldi-yu. Eshitishimcha, u Rozani qattiq sevarkan. Men zo‘r hazil tayyorlab qo‘yganman-Frenkining oldiga qopda o‘zim boraman. Uning nimani mo‘ljallaganini tushunmadim. -Sent-luislik og‘aynim qaysar Frenkining qoplar bilan bog‘liq buyurtmalarini bajaradi. Uning ismi Roups Makgonigl. U Freddi mening akam ekanligini eshitib g‘azabga mindi va Frenkiga hazil qilishimda yordam bermoqchi. Kecha Frenki Roupsni uyiga chaqirgan va meni qopga solib uning oldiga olib kelishini so‘ragan. U Rozadan akamning nima deganini eshitgan. Men akamga u bilan hech qachon ajrashmasligimni aytgandim. Xullas, Roups menga hamma gapni aytib berdi va men uni yana Frenkining oldiga jo‘natib yubordim. Men ertaga kechqurun Bruklinda bo‘laman va Roups meni qiynalmasdan qopga joylaydi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Сен тонгда уйғондинг. Газга қўйдинг чой.
Бу меҳр мен учун эмас, ҳойнаҳой.
Сен оппоқ кўйлакка урасан дазмол.
Бу ишни мен учун қилмоғинг — маҳол.
Уйни супирасан, поклайсан чангдан.
Супириб отмайсан мени бу ғамдан.
Овқат пиширасан. Мўл-кўл дастурхон…
Овқатингни мақтар ўзга бир инсон.
Болангнинг кўзига боқиб тўймайсан.
Сен менинг боламни ўпиб қўймайсан.
Аммо ёлғиз қолсанг эгилар бошинг —
Кўзингдан сўрамай оқади ёшинг.
Мени соғиндингми? Куйдингми?.. Раҳмат!..
Кўз ёшинг меники, кўз ёшинг фақат…

Усмон Азим

@Hikoyalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Dr. Pratik Joshi oxirgi olti yildirki Londonda yashab kelayotgandi. Uning orzusi – ayoli va uch farzandi bilan birga chet elda yaxshiroq hayot qurish edi. Nihoyat, orzu ro‘yobga chiqay deb turganida ...

Ikki kun oldin kasbi shifokor rafiqasi Hindistondagi ishidan bo‘shadi. Hammasi tayyor: sumkalar yig‘ilgan, yaqinlar bilan xayrlashilgan, kelajak kutib turardi.

Bugun ertalab, umid va quvonch bilan to‘la bu beshovlon Air India’ning 12-iyundagi “171-reysi”da Londonga uchar mahali selfi tushib, qarindoshlarga yuborishdi. Bu — yangi hayotga boshlanish bo‘lishi kerak edi.

Ammo samolyot ko’tarilishi bilan halokatga uchradi. Hech biri tirik qolmadi.

Bir necha lahzada yillik orzular kulga aylandi. Hayot naqadar nozik va beqaror ekanining achchiq sabog‘i. Barpo qilganing, kutganing, sevganing – barchasi ipdek ingichka rishtaga bog‘liq. Shuning uchun, imkoningiz borida yashang, seving va baxtni keyinga qoldirmang.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Bu savolning javobi esa juda oddiy edi. Tush payti Xettinger xonasidan chiqib bankka bordi, hisob raqamidan ming dollar oldi, pulni sigaradan bo‘shagan qutiga joylab «Tayms-skver» stansiyasidagi yuk saqlash kameralaridan biriga qo‘ydi. Saqlash kamerasi kalitini janob Jordanga atalgan xatjildga solib, «Slokam» mehmonxonasidagi qaydxona xizmatchisiga berdi va tushlik ham qilishga ulgurmasdan ishga qaytdi. Kechki payt janob Jordan sabablimi yoki tushlik qilmagani uchunmi, Mayron Xettingerning oshqozoni og‘rib qoldi. *** Uchinchi xat oradan bir hafta o‘tgach keldi. Keyin esa surunkasiga to‘rt hafta davomida har payshanba xuddi shunday xat keldi. Xatlarning mazmuni bir xil, so‘ralgan pul miqdori va uni berish tartibi ham o‘zgarmagan, faqat janob Jordan kalit solingan xatjildni oladigan mehmonxona nomi o‘zgarardi. Mayron Xettinger o‘z vazifasini aniq bajarardi: bankka borar, u yerdan yuk saqlash kamerasiga, so‘ng aytilgan mehmonxonaga, undan keyin ishiga qaytardi. Har safar tushlik qilolmas, oqibatda kechki payt oshqozoni bezovta qilardi. Bu narsa unga odat bo‘lib qoldi. Umuman olganda, Xettinger odatga qarshi emasdi. Odat qandaydir voqealar yoki harakatlarning qat’iy bir tartibini anglatar, Mayron Xettinger esa tartibni qadrlardi. U o‘zining shaxsiy xarajatlar kitobida janob Jordan uchun alohida sahifa ochgan, har payshanba kuni chiqim qilingan ming dollarni qayd qilib borardi. Bunga ikkita sabab bor edi. Birinchisi va eng asosiysi, Xettinger ko‘zda tutilmagan chiqimlarga yo‘l qo‘ymasdi. Uning hisob-kitob daftarida chiqim va kirim doimo qayd qilinardi. Ikkinchidan, u janob Jordanga ketayotgan xarajatlarni qoplash yo‘lini topishiga chin ko‘ngildan umid qilardi. Payshanba kungi yo‘l yurishlarni hisobga olmaganda, Xettingerning hayoti hech o‘zgarishsiz davom etardi. Mijozlarning buyurtmalari o‘z muddatida aniq va sifatli bajarilar, haftaning ikki oqshomini Sheyla bilan, qolgan beshtasini xotini bilan o‘tkazardi. Xotiniga u albatta shantajchi haqida lom-mim demadi. Ahmoq ham bunday qilmasdi. Shuningdek, Sheylaga ham indamadi. Mayron Xettinger shaxsiy muammolarini hech kimga doston qilmasdi. Janob Jordandan pul talab qilingan oltinchi maktub kelgach, Xettinger eshikni ichidan qulflab olib xatni yoqib tashladi va kresloga yastangancha uzoq o‘y surdi. Shu ko‘yi u bir soat o‘tirdi. Uni har hafta ming dollardan ayrilish aslo qoniqtirmasdi. Mayron Xettingerning chamasida bu kattagina pul edi. Ish shu tarzda ketadigan bo‘lsa, bir yilda ellik ming dollardan ortiq pul havoga sovurilishini hisoblash uchun auditorlik diplomi shart emasdi. Bu chiqimga chek qo‘yish kerak. Xettinger bu muammoni ikkita yo‘l bilan hal qilishi mumkin edi. Shantajchining anavi la’nati suratni Xettinger xonimga jo‘natishiga yo‘l qo‘yish yoki shantajga barham berish. Birinchi yo‘l noxush oqibatlarga olib kelishi aniq edi. Ikkinchisi... lekin buni qanday amalga oshirish mumkin? Xettinger janob Jordanga xat jo‘natib uni insofga chaqirishi ham mumkin edi. Ammo bundan hech qanday naf chiqmasligini juda yaxshi anglab turardi. To‘g‘ri-da, shantajchida insof bo‘ladimi? U janob Jordanni o‘ldirishi kerak. Shantajchini to‘xtatishning yagona yo‘li faqat shu edi. Faqat buni qanday amalga oshirish mumkin? Mayron Xettinger mehmonxonada janob Jordanning kalit solingan xatjildni olib ketish uchun kelishini kutib o‘tirolmasdi: shantajchi uni tanirdi. Yuk saqlash kamerasi oldida turishdan ham foyda yo‘q edi. Umringda ko‘rmagan odamingni qanday o‘ldirsa bo‘ladi? Shu payt Xettingerning miyasiga bir fikr urildi. U jilmayib qo‘ydi. O‘ta murakkab vaziyatdan chiqish yo‘lini topgan odamgina shunday jilmayadi. *** O‘sha kuni Xettinger tush payti xonasidan chiqdi. Bankka bormadi. Buning o‘rniga kimyoviy moddalar sotiladigan do‘konga bordi, bir nechta dorixonalarga bosh suqdi. U hojatxonaga kirib bomba yasadi. Sigara qutisiga kimyoviy moddalarni joyladi. Xettinger bombani quti ochilishi bilan yoki bo‘lmasa yerga tushib ketganda portlaydigan qilib tayyorladi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

БИР ҚУЛТУМ СУВ

Халифа Ҳорун Ар-Рашид ўзининг энг яхши маслаҳатгўйи, буюк олим Шайх ибн Саммок билан суҳбатлашиб ўтириб, хизматкорига ичишга бир коса сув беришни буюрди.
Хизматкор сув келтириб, косани шоҳга узатар экан, халифа Ҳорун Ар-Рашид:
—Эй Шайх! Менга ваъз-насиҳат қилинг!,-деб сувни ичиш учун кўтарган вақтида Шайх:
-Тўхтанг! Ичманг!,-деди.
Халифа шайхга ҳайрон қараб турган эди, шайх:
-Агар шу бир қултум сув сиздан тўсиб қўйилса, уни ниманинг эвазига ичган бўлар эдингиз?,-деди.
Халифа Хорун ар-Рашид:
-Барча бойлигимни берган бўлардим!
-Эй, подшоҳим, энди ичинг! Аллоҳ қондирсин!,-деди.

Халифа сувни ичиб, косани хизматкорга узатган эди, Шайх:

-Эй подшоҳим! Энди шу ичган сувингиз танангиздан чиқмай қолса, уни ниманинг эвазига чиқарган бўлар эдингиз?

—Салтанатимнинг ҳаммасини берган бўлардим!
Шунда Шайх ибн Саммок:

—Эй подшоҳим! Қадри бир қултум сувча бўлган бу салтанатингиз билан ғурурланманг. Аллоҳдан қўрқинг!,- деди.
Бу сўзларни эшитган халифа чўкка тушиб ҳўнграб йиғлаб юборди.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Biz hammamiz oddiy banda ekanligimizni va bir kun kelib o‘lishimizni bildiradi. -Judayam noxush emasmi sizningcha? -Filip Esher juda sovuqqon odam edi va hech narsadan qo‘rqmasdi. Hattoki o‘limdan ham. Qaysidir ma’noda o‘lim uning hayoti edi, chunki u yo‘qolib ketgan sivilizatsiyalarni o‘rganardi. Kreyn ikkimiz bir-birimizga qaradik. -Batafsilroq gapirib bering,-dedim men. -U yangicha ish olib boradigan antropolog edi, ya’ni kashfiyotlari orqali pul ishlardi. Kolumbgacha bo‘lgan Markaziy Amerika xalqlari madaniyati haqida bir nechta risola chop etgach, ko‘plab universitetlar uni ma’ruza o‘qigani chaqirishdi. Bu esa yaxshi pul degani. -Siz uning kotibi bo‘lib ishlardingizmi? -Ha, tadqiqotlarida yordam berardim, Meksikaning turli hududlariga uyushtirgan safarlarida birga bo‘lganman, yozganlarini tahrir qilardim, qo‘lyozmalarini oqqa ko‘chirardim. -Qanchadan beri? -Sakkiz yildan beri. -Shu yerda yashaysizmi? -Ha. -Uyda yana boshqa odamlar ham yashaydimi? -Yo‘q. Esherning xotini bir necha yil oldin ketib qolgan, boshqa qarindoshlari esa yo‘q. -Siz boshlig‘ingizni o‘ldirishni ancha oldin rejalashtirganmidingiz?-so‘radi Kreyn. -Shu kungacha uni o‘ldirish xayolimga ham kelmagan. -Janjallashib qoldinglarmi? -Yo‘q. -Unda sizni qotillik qilishga nima majbur qildi?-hayron bo‘ldim men. Felkoner yana boshini chayqadi, so‘ng divan suyanchig‘iga o‘zini tashlagancha achchiq iljaydi. -Iqror. Ha... Esherning iqrorlaridan biri. -Marhamat, davom eting. U og‘ir xo‘rsindi. -Kecha men taniqli antropologlarning biridan xat olgandim. U yaxshigina maosh evaziga menga o‘z kotibi bo‘lib ishlashni taklif qilgandi. Men hammasini obdon o‘ylab ko‘rdim va ertalab «bunday omaddan yuz o‘girish ahmoqlik» degan fikrga keldim. Ammo o‘z qarorim haqida Esherga aytganimda u ishdan bo‘shashimga keskin qarshi chiqdi. U agar ishdan ketsam, tilimni tiyib yurishimga ishonolmasligini aytdi. Keyin esa agar bu yerda qolmaydigan bo‘lsam u «ma’lum bir harakat» qilishini aytib tahdid qildi. -To‘xtang,-dedim men.-Nima uchun tilingizni tiyib yurishingiz kerak edi? -Olti yil oldingi voqea uchun. -Olti yil oldin nima bo‘lgan? Felkoner bir necha soniya jim o‘tirib qoldi, keyin bir yutinib olib ming‘irladi: -Uning xotini va xotinining jazmani o‘lgan... Esherning Pontreyn ko‘li yonidagi yozgi villasida. -Ammo ikki daqiqa oldin uning xotini ketib qolganini aytgandingiz-ku!-dedi Kreyn. -Nahotki? Bo‘lishi mumkin. Olti yildan beri shu gapni qaytaraverib o‘rganib qolibman. Aslida Mildred va uning jazmani Pontreyn ko‘li yaqinida o‘lgan. -Xo‘sh-xo‘sh... Bu qanday yuz bergan? -Ular gazdan zaharlanishgan. Bu voqea sentabrda bo‘lgan. O‘sha kuni ertalab Esher kutilmaganda villaga bormoqchi bo‘ldi, o‘sha paytda yozishni boshlagan kitobini hech yozolmayotgani uchun dam olib kelmoqchi ekan. U ertalab sakkizda ketdi, men esa qiladigan ishlarim borligi uchun bir soat keyin ketdim. Borsam, Esher ikkita murdaning tepasida turgan ekan. Ular-qo‘shni shtatda bo‘lishi kerak bo‘lgan Mildred va notanish erkak-yotoqxonada yarim-yalang‘och holda yotishardi. Esher ularni o‘lik holda topganini aytdi. Uning aytishicha, xona gaz hidiga to‘lib ketgan ekan, shuning uchun xonani shamollatibdi. Gazli isitgich nosozligi sababli bu fojia yuz bergan. -Siz bu gapga ishondingizmi? -Ha, men karaxt bo‘lib qolgandim. Mildred eriga xiyonat qiladi deb hech qachon o‘ylamagandim. U yosh va go‘zal edi, ammo judayam kamtar... -Esher-chi? U o‘zini qanday tutdi? -Juda bosiq. Ammo politsiyaga qo‘ng‘iroq qilish kerakligini aytganimda, u meni eshitishni ham istamadi. Gazetada bu voqea haqida xabar bosiladigan bo‘lsa uning obro‘si va ilmiy faoliyatiga putur yetarkan. Shunda men u holda nima qilishimiz kerakligini so‘radim. U xotirjamlik bilan jasadlarni ko‘l yaqiniga ko‘mishimizni aytdi. Keyin Mildredning ketib qolgani haqida biror narsa o‘ylab topadigan bo‘ldi. -Siz rozi bo‘ldingizmi? -Boshqa nima qilishim mumkin edi?-yelkasini qisdi Felkoner.-Men qat’iy fe’lli emasman, buning ustiga o‘sha paytda Esherning gaplariga ishongandim. Ha, unga yordam berishga rozi bo‘ldim.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Biznes olamidagi shov-shuvli,o'qimishli va jiddiy yigit Damir uylanishga kelganda tabiatdan injiq,o'qimagan va erka qizga uylanishiga to'g'ri keladi.
Uni o'zgartirishga qatiq kirishadi.
Ammo u bilmaydiki....

U qiz Damirni o'zini butkul o'zgartirib yuborib,uni shu injiq fe'li bilan sevib qolishini...

Asar nomi:Sukut va Nafrat
M:Venera

Asarni o'qish uchun:/channel/+WndOgZ0YGE1kNzQy

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Aytaylik, men miss Deyl bilan ishqiy aloqadaman. U holda yoqimli bo‘lardi. -Gapingiz to‘g‘ri. Miss Deyl yoqimtoy qiz. Buni hech kim inkor etmaydi. Janob Esmond o‘rnidan turib, eshik tomon yo‘naldi. -Siz bilan qanday bog‘lansam bo‘ladi?-beixtiyor so‘radi Fergyuson. -Sizda tashrif qog‘ozim bor. Soat beshgacha qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Lekin bugun shu soatdan kech qolmasdan qaror qabul qilishingiz kerak. Vaqt-pul, biz ish jadvaliga qat’iy rioya qilamiz. -Albatta,-dedi Fergyuson va jilmayib qo‘ydi.-Men sizning gaplaringizga ishonmayman. Sizlarning shartlaringizniyam bilmayman. -Sizning moddiy holatingizda bizning shartlarimiz arzimas bo‘lib ko‘rinadi. -Keyinchalik men siz bilan gaplashmaganimni, sizni hech qachon ko‘rmaganligimni aytishim mumkinmi? -Albatta. -Agar sizga qo‘ng‘iroq qilsam, albatta javob qaytarasizmi? -Soat beshgacha. Yaxshi qoling, janob Fergyuson. Esmond ketgach, Fergyuson qo‘llari qaltirayotganini sezdi. Suhbatdan u qattiq hayajonlangandi va u bugungi suhbatni miyasidan chiqarib yuborishga qaror qildi. Ammo bu oson emasdi. U ishga qanchalik jiddiy sho‘ng‘imasin, Esmondning har bitta so‘zi miyasida jaranglardi. Qandaydir yo‘l bilan yo‘q qilish xizmati uning xotini haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. Fergyuson esa xotinining qanday ekanligini tan oldi. U yana ishga berildi. Ammo shu payt miss Deyl qog‘oz ko‘tarib kirib qoldi va Fergyuson beixtiyor uning nihoyatda go‘zalligini ichida tan oldi. -Yana biror topshirig‘ingiz bormi, janob Fergyuson?-so‘radi miss Deyl. -Nima? Ha, hozircha yo‘q,-dedi Fergyuson. Qiz chiqib ketgach, u eshikka anchagacha qarab o‘tirdi. Endi ishlashdan ma’ni yo‘q edi. U uyga ketishga qaror qildi. -Miss Deyl,-dedi u yelkasiga paltosini ilarkan,-meni chaqirib qolishdi... ish ko‘payib ketyapti. Biror kun kechki payt birga ishlasak rozimisiz? -Albatta, janob Fergyuson,-dedi qiz. U ishxonasidan chiqdi. Uyda xotini endigina kirlarni yuvib bo‘lgan ekan. Missis Fergyuson past bo‘yli, xunukkina ayol edi. U erini ko‘rib hayron bo‘ldi. -Bugun erta qaytibsan,-dedi u. -Ha, mumkinmasmi erta qaytish?-dedi Fergyuson bu gapidan o‘zi ham hayron bo‘lib. -Albatta yo‘q... -Nima, senga ishxonada o‘lib ketishim kerakmi? -Yo‘g‘-e... -Meni egovlama. -Egovlamadim!-qichqirdi xotini. -Men dam olaman,-dedi Fergyuson. U zina bo‘ylab yuqoriga ko‘tarildi va telefon oldida to‘xtadi. U soatga qaradi va chorak soat kam besh bo‘lganligini ko‘rdi. Fergyuson u yoqdan-bu yoqqa yura boshladi. U Esmondning tashrif qog‘oziga tikildi va ko‘z oldida go‘zal miss Deylning chehrasi namoyon bo‘ldi. U shoshib go‘shakni qo‘liga oldi. -Yo‘q qilish xizmatimi? Fergyuson gapiryapti. -Esmond eshitadi. Nima qarorga keldingiz, ser? -Men...-Fergyuson go‘shakni mahkam qisdi. «Shunday qilishga haqqim bor», dedi u o‘ziga o‘zi. Ular turmush qurishganiga o‘n yetti yil bo‘ldi. O‘n yetti yil! Ular hayotlaridagi nafaqat noxush damlarni, balki eng shirin damlarni ham birga o‘tkazishgan. Bu adolatdanmi? -Nima qarorga keldingiz, janob Fergyuson?-qaytardi Esmond. -Men... men... yo‘q! Menga sizlarning xizmatingiz kerakmas!-qichqirdi Fergyuson. -Ishonchingiz komilmi, janob Fergyuson? -Ha, ishonchim komil. Sizni panjara ortiga tiqish kerak. Xayr, ser! U go‘shakni ildi va yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. U pastga shoshildi. Xotini u yomon ko‘radigan go‘sht qovurma tayyorlayotgandi. Lekin buning ahamiyati yo‘q. U mayda-chuyda noxushliklarga ko‘z yumishga tayyor edi. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. -Ha, kirxonadan bo‘lishsa kerak,-dedi missis Fergyuson salat tayyorlarkan.-Eshikka qarab qo‘yasanmi? -Ha.-Fergyuson eshikni ochdi. Ostonada bir xil kiyingan ikki kishi katta qop ushlagancha turishardi. -Kirxonadanmisizlar?-so‘radi Fergyuson. -Yo‘q qilish xizmatidan,-dedi tashrif buyuruvchilardan biri. -Lekin men... Ular uni qo‘llarini qayirishdi va ustalik bilan qop ichiga solishdi. -Haqqingiz yo‘q!-chinqirdi Fergyuson. Fergyusonni bog‘ yo‘lagi bo‘ylab sudrab ketishdi. Avtomashina eshigi ochildi va qopni mashina ichiga solishdi. -Hammasi joyidami?-u xotinining ovozini eshitdi. -Ha, xonim. Ish jadvalimiz o‘zgardi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Ҳаёт ва қаҳва пиёласи

Обрўли бир олий ўқув юртини тамомлаган, ҳозир яхши жойларда ишлайдиган бир гуруҳ собиқ талабалар устозларини йўқлаб келишди. Суҳбат асносида гап ишга кўчди ва улар қийинчиликлар кўплигидан, турли муаммолардан шикоят қилишди.
Профессор меҳмонларга қаҳва таклиф қилди, розиликларини олгач, ошхонага йўналди ва бироздан сўнг патнис кўтариб чиқди. Унга турли хил – чинни, шиша, пластик ва биллур пиёлалар терилган эди. Айримлари оддий, айримлари қимматбаҳо эди.
Шогирдлари пиёлаларни олиб бўлгач, профессор уларга юзланиб деди:
– Эътибор беринглар, ҳаммаларинг қимматбаҳо ва зеб-зийнатли пиёлаларни олдинглар. Оддий ва арзонлари патнисда қолди. Бу аслида сиз учун меъёрдаги ҳолат – энг яхшисини истайсиз. Бироқ шу билан бирга бу кайфият барча муаммоларингиз ва ташвишларингизнинг илдизи ҳамдир. Ёдингизда бўлсин, пиёла ҳеч қачон қаҳванинг таъмини ўзгартириб, яхшилаб қўймайди. Қимматбаҳо пиёлалар баъзида ичидаги қаҳванинг асл кўринишини яширади ҳам. Ҳаммаларинг истаган нарса аслида қаҳва эди, пиёла эмас. Лекин сизлар онгли равишда чиройли идишларни танладинглар, кейин кимга қанақаси тушдийкан деб бир-бирларингнинг пиёлаларингга эътибор қаратдинглар.
Тасаввур қилинг, ҳаёт бу – қаҳва; иш, пул, вазият, жамият кабилар эса – пиёладир. Улар тирикчиликни таъминлаш воситалари, холос. Қандай пиёлага эга бўлишимиз ҳаётимизнинг моҳияти ва асл сифатини ўзгартирмайди. Баъзида, фақат пиёлаларга эътибор бериб, қаҳванинг таъмидан лаззатланишни унутиб қўямиз.

Ориф Толиб

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Мурод ҳайрон. Полициячи адашиб, бошқа самолётга чиққани учун уни туширмоқчи бўлдими? Ундай деса, адашгани йўқ. Чиптаси шу самолётга. Ҳар хил гумон-шубҳалар ичида қолди. Уни қаёққа олиб боришмоқчи? Нега? Юмшоқ, самимий муомалаларига қараганда, ташвиш тортадиган жойи йўқ.

Полициячининг чоққина хонасига киришди. Хона ўртасидаги стол устида чамадон турибди. Мурод чамадонини таниди.

– Сизникими? – деб сўрашди.

– Ҳа, меники, – деди.

– Очинг.

Мурод чамадонини очди. Кийим-бошлари, сотиб олган у-бу нарсалари. Бошқа ҳеч нарса йўқ. Полициячи кийимларнинг ичидан Мурод кеча Фудзиямадан рўмолчасига тугиб олган тупроқни кўрсатиб, “Бу нима?”, деб сўради.

– Тупроқ, Фудзияманинг тупроғи, – деди Мурод ўйламай-нетмай.

– Мумкин эмас, – деди полициячи тупроқни селлофан пакетга солар экан. Кейин ёнидаги ходимларига “Самолётни ушламай, йўловчини тезроқ салонга олиб боринглар”, деди.

Тупроқни олиб қолишганини айтмаса, Муродга ҳеч ким бошқа бир сўз ҳам демади, нега мумкин эмаслигини тушунтиришмади ҳам. Стюардесса ҳамроҳлигида самолётга қайтиб келиб, ўрнига ўтирди. Нима гаплигини билмаган йўловчилар унга олазарак нигоҳ билан қарашди.

Самолёт ҳавога кўтарилди.

Иллюминатордан орол кўринди. Улуғ баҳри уммон ўртасидаги япон ороли. Ёнидаги аёл оролга ифтихор билан қараётгани унинг юз-кўзидан кўриниб турарди. Мурод ҳам кўздан тобора узоқлашиб бораётган оролга тикилди, чуқур хаёлга чўмди. Ёнидаги аёлга ўгирилиб, “Мен Фудзияма тупроғидан бир сиқим олиб кетаётган эдим, шуни олиб қолишди”, деди. Аёл аввалига ҳеч нима демади, сўнг унга маъноли нигоҳ ташлаб, “Япон тупроғи муқаддас бойлигимиз, биз унинг бир чимдимини ҳам четга чиқармаймиз”, деди.

* * *

Самолёт баландлаб борарди. Муроднинг ёдига Басёнинг уч қатор шеъри тушди:

Гуллаган олчага тенг келолмай
Ўчди булутнинг овози.
Ой уялиб кетди…

Самолёт янада баландлаб уча бошлади. Улуғ баҳри уммоннинг ўртасида онасининг бир томчи кўз ёшидай япон ороли ястаниб ётар эди…

Қирғиз тилидан Аҳмаджон Мелибоев таржимаси

«Ўзбекистон адабиёти ва санъати» газетаси, 2023 йил 12-сон

@Hikoyalar da ko'proq hikoyalar o'qing)

Читать полностью…
Подписаться на канал