hikoyalar | Неотсортированное

Telegram-канал hikoyalar - Hikoyalar (G&M)

10111

Eng zo'r, sara, tarbiyaviy va sevimli @Hikoyalar shu yerda 📜📚📖 @Hikoyalar kanaliga qo'shilish uchun 👇 https://t.me/joinchat/AAAAADuknkYHGVbghYjS1A 👆 ni bosing va OK. Bizni aslo tark etmang! Yaxshilari albatta bo'ladi. Biz izlanishdamiz!

Подписаться на канал

Hikoyalar (G&M)

Go'rkov qabristonning 4 ta burchagidan yer kavlab koʻrdi... Lekin ahvol oʻzgarmadi! Azizning jasadi oʻzidan yoqimsiz hid chiqara boshladi. Atrofdagi odamlar bundan norozi edilar. Baʼzilar uni suvga olib borib tashlashni taklif qilishdi, baʼzilar ochiq adirliklarga tashlab kelaylik deyishdi.
   - Yoʻq! Bu vaxshiylikku axir?! Azizni jasadini chiyaboʻrilarmi yoki yovvoyi itlar yeb ketishi mumkin... Biz insonmizku nahotki unga shu qismatni ravo koʻrsak?!
Odamlar gʻala gʻovir qildilar.
  - Ha unda nima qilaylik. Yer qabul qilmayapti-ku buni?! Koʻp odamlarni qargʻishini olgan bu... Qanchasini uyini quritgan! Hidiga chidab boʻlmayapti axir!
Mahalla kishilari ancha shu xususda tortishishdi. Axiyri bir qarorga keldilar. Azizning jasadini ustiga oʻtin-choʻp toʻplashdida, qabriston yaqinidagi ovloq joyda yoqib yuborishdi...
 
4-QISM TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 14.02.2025.            15:00

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Endi uning yonida qolishdan naf yoʻq! Endi Aziz ketishi kerak! Axir qishloqda onasi va xotini, yana 3 ta bolasi bor...
Aziz Samiradan bor budini tortib olgach, uni qon yigʻlatib, bir tiynsiz koʻchada qoldirib tashlab ketdi...
* * *
Karima xola ijara pulini soʻrab kelgan kunini ertasiga Samira shahar markazidagi uyiga bordi. Ne koʻz bilan koʻrsinki bu uyda begona bir oila yashayotgan ekan! Samiraning ogʻzi ochilib qoldi...
- Kechirasiz... Bu meni uyim edi.
- Opajon... Tushunmadim. Biz bir oy boʻldi bu uyni sotib olganimizga! Hijjatlari ham bor. Bu uy rasman bizniki!
Samiraning kapalagi uchib ketdi. Uyida yashayotgan ayoldan hujjatlarni olib chiqishini soʻradi. Ayol qoʻlida uy hujjatlari solingan papka bilan chiqib keldi.
- Mana opajon... Bu uy meni nomimda...
Samira hujjatlarga sinchiklab qaradi... Unga Aziz oʻz dastxatini qoʻygan edi. Bu oʻsha hujjat! 2 oy oldin oʻzi uyni Azizning nomiga rasmiylashtirgan hujjat! Samiraning boʻgʻziga nimadir kelib tiqildi. Hujjatni maxkam ushlab olagnicha ancha turib qoldi. Birdan hammasini tushundi. Aziz undan shunchaki foydalangan ekan! Hoʻngrab yigʻlab yubordi.
- Iflos! Nomard! Firibgar! Ablax!
Boyagi ayol Samiraning bu holatidan hayron boʻldi. Samira yigʻlashdan toʻxtay demasdi.
- Maraz!!! Men unga nima yomonlik qilgan edim?! Axir uni sevardim-ku?! U uchun hamma narsa qildim! U uchun qildim! Uni sevganim uchun qildim-ku?! U esa meni.....
Samira oʻtirib oldi. Yuzlarini berkitib olganicha piq-piq yigʻlardi. Ancha yigʻladi. Yigʻlayverib koʻz yoshlari qurib qoldi. Yigʻlashga ortiq kuchi qolmadi. Qoʻl va oyoqlaridan mador qochdi... Biroz shu holatda oʻtirdi. Keyin asta oʻrnidan turdi. Boyagi ayol qoʻlida bir stakan suv olib kelib qoldi.
- Opa... Mana ichib oling.
Samira stakanni asta qoʻliga oldi. Qoʻli titrab ketdi. Stakandagi suvning yarmi yerga toʻkildi. Samira yarimlab qolgan suvni asta simirdi... Biroz oʻziga kelgandek boʻldi. Boyagi ayolga gʻam toʻla koʻzlari bilan qaradi.
- Opa... Bu uy meniki edi. Uni erimga hadya qilib bergandim... Meni aldab ketibdi! Bor budimdan ayrildim, hechvaqosiz koʻchada qoldim...
Samira yana koʻz yosh toʻkdi. Lekin bu safar baqirib dodlamandi. Astagina koʻzidan sizib oqqan qatra achchiq yoshlarini artdi.
- Hali yoshiga yetmagan qizimiz bor edi... Endi nima qilaman?!
Samira "Qoʻshnimga qizimni tashlab kelgandim, tagʻin yigʻlab qolmasin" deya, ayol bilan xayrlashib oʻzi asta oʻsha eski kvartirasi tomon kela boshladi...
* * *
Mohinur eri oʻlgan kuni uylarni tozalash bilan mashgʻul edi. Qizlari unga yordamlashishar, oʻgʻli Kamron esa buvisi bilan qayoqqadir chiqib ketgan edi. Bugun bu oilada Azizdan boshqa hamma roʻza tutdi. Odina xola, Mohinur, Kamron va 5 yosharli egizak qizaloqlar ham tong saharda saharlikka turdilar. Chiroyli niyyatlar va duolar qilindi. Aziz doimgidek uyda emas edi. U endi yangi bir odat chiqargandi. Choyxonada to tong otguncha ulfatlari bilan ichib oʻtirar va baʼzan qarta oʻynab turar edi. Lekin bu qimor emasdi. Pul tikmasdan shunchaki vaqt oʻtkazish uchungina oʻynashar edi. Kamron va qizaloqlar roʻzani abedgacha tutishar edi. Albatta ular uchun bunda gunoh yoʻq. Mohinur ular oʻrgansin deya hech boʻlmasa abedgacha boʻlsa ham tutishsin deb har tong bolalarini ham uygʻotar edi. Odina xola kelinining oqila va farzandlariga juda chiroyli tarbiya berayotganini koʻrib koʻzi quvnadi. Baʼzan ichidan qirindi oʻtgandek boʻlardi. "Men ham Azizga yoshligidan shunde tarbiya berganimda balki hozir hammasi boshqacha boʻlarmidi?!"deya oʻylar, oʻylagani sari yuragi siqilardi. Nihoyat tong otdi. Mohinur koʻchalarni supurish uchun chiqdi. Supurib boʻlib ariq oqayotgan suvni paqirlab olganicha atrofga chiroyli qilib sepa boshladi. Mahalladan tuproqning yoqimli hidi koʻtarildi. Shu payt mahalla boshida yashovchi Norqobil aka hansiragancha yugurib keldi. U juda qoʻrqib ketganidan rangi boʻzdek oq, koʻzlari esa bejo edi. Mohinurning oldiga kelgach anchagacha oʻpkasini bosolmay hansirab qoldi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Juda yaxshi! Men sizga ertaga uyda oʻtirib ish qilsangiz boʻladigan ish topib beraman...
Samira juda quvonib ketdi. Koʻzlari jiqqa yoshga toʻldi! Robiya opa uning zulmat bosgan hayotida yarq etib paydo boʻlgan quyoshdek edi! Yigʻladi... Oʻksinib-oʻksinib yigʻladi.
- Asalim nega yigʻlaysiz...?
Robiya yumshoq yoqimli qoʻllari bilan Samiraning yosh sizib oqqan yuzlarini siladi. Samira hanuz yigʻlar, bu notanish ayoldan bunaqa mehribonchilik va samimiy munosabat koʻrayotganidan koʻngli toʻlib ketar edi. Robiya opa uni asta bagʻriga bosdi.
- Boʻldi... Yigʻlamang. Hammasi yaxshi boʻladi!
Robiya opa ishiga ketdi. Samira uxlab yotgan qizining oldiga kirdi. Unga ancha tikilib qoldi. Asta pichirlab gapirdi.
- Men sen uchungina yashayapman qizim... Bu dunyoda meni sendan boʻlak yaqinim yoʻq... Hali oʻqiysan... Barcha orzularingga erishasan! Men sen uchun erta-yu kech ishlayman... Dadang bir kun afsuslanadi...
Samiraning koʻzlari jiqqa yoshga toʻldi. Ohista egilib qizining peshonasidan oʻpdi. Ancha oʻyladi. Yana bir bor Azizga qoʻngʻiroq qilib koʻrsamikin?! Samira asta telefonini qoʻliga oldi... Azizning raqamini terdi. Qoʻngʻiroq tugmasini bosmay ancha oʻylanib turib qoldi. Keyin nomerni oʻchirdi... Yana terdi... Yana oʻchirdi... Yana terdi... U nimagadir ikkilanar, oʻzining koʻngli bilan oʻzi kelisholmayotgan edi. Oxiri bir qarorga keldi. "Bu oxirgi marta qoʻngʻiroq qilishim... " Qoʻngʻiroq tugmasini bosdi. Uzoq-uzoq signallar 3-4 marta qaytalandi. Nihoyat qoʻngʻiroqqa javob keldi.
- Alo...
Ayol kishining ovozi. Bu oʻsha qishloqdagi xotini boʻlsa kerak!
- Alo... Assalomu alaykum... Men Samiraman...
Mohinur sekingina "Haaa..."deb qoʻydi. Samira yana asta gapirdi.
- Aziz aka bilan oxirgi marta gaplashib olmoqchi edim.
- Samira...
Mohinur gʻayritabiiy tarzdan yigʻlab yubordi... Telefondan kelayotgan yigʻi ovozi Samirani betoqat qildi.
- Nima boʻldi... Nega yigʻlayapsiz?!
Mohinur hecham yigʻlashdan toʻxtamas, Samiraning savollariga javob qqaytarolmas edi.
- Nima boʻldi?! Qoʻrqityapsiz meni!
- Samira! Aziz akamni bugun ertalab pichoqlab ketishibdi! Mahallamiz boshidagi ariq ichida qonga belanib yotgan ekan! Kimlardir kechqurun pichoqlab, shu yerga tashlab ketishibdi!
Samiraning yuragida nimadur uzulib ketdi. Nima boʻlganda ham Aziz uning koʻz ochib koʻrgan eri edi! Farzandi Shirinaning dadasi edi! Ilk bor koʻngil qoʻygan yori edi u! Samira ham Mohinurga qoʻshilib yigʻlay boshladi... Alamli lekin juda dardli ovozda baqirdi.
- Qargʻamagandim! Uni yaxshi koʻrardim!
Mohinur bir soʻz demadi. Biroz yigʻisi pasaydi shekilli indayam qoldi. Samira esa hamon telefonni qulogʻiga tutganicha yum-yum yigʻlardi...
* * *
Mohinur bilan Samiraning farqi shu ediki, Mohinur akalarining tazyiq va qistovlari natijasida Azizga tushmushga chiqdi. Samira esa, oʻz xohishi bilan ixtiyorini Azizga topshirdi... Mohinur Azizni ilk koʻrgan kunidayoq undan nafratlandi, zarracha yoqtirmadi. Samira esa Azizni chindan sevib qolgandi. U uchun hatto uyidan, ishidan kechdi... Bu ikki kundoshlar ikki olamdek edilar goʻyo...
Aziz Samiraga Mohinurga qilganlarini 10 dan birini ham qilmadi. Unga juda yaxshi muomila qilardi. Shirin gaplar bilan erkalardi. Uni bir marta boʻlsin chertib ham qoʻymadi. Lekin Mohinur mana necha yildirki Azizning vaxshiylarcha kaltaklashlariga chidab yashadi. Aziz Mohinurni tinmay haqorat qilardi. Unga oʻtmishidagi oʻsha oʻqituvchi bilan boʻlgan gap soʻzlarni tinmay yuziga solib, dilini vayron qilar, qon yigʻlatib xoʻrlar edi. Samiraga esa, umuman boshqacha munosabat! Umuman boshqacha mehr! Erkak kishining koʻnglini tushunib boʻlmas ekan. Axir Aziz Samiraga emas, Mohinurga yaxshi koʻrib uylangan edi-ku?! Oʻzi sevib olgan xotinini yangi kelinligidanoq boshiga itni kunini soldi... Har kuni janjal qilar, har kuni ichib kelar va har gal bechora Mohinur ayovsiz kaltaklanar edi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

– Ассалому алайкум - деди бепарвогина даҳлизда туфлисини ечаётган эрига қарата.
– Ва алайкум. Хм, тинчликми?  Таъбинг ёмон.
– Тинчлик. Тобим йўқроқ, бироз дам олай - деди минг алам билан ҳаёлидагиларни қувишга интилиб. – Сомса пиширганман, ошхонада, столни устида турибди.
  Эр индамай меҳмонхонага ўтиб кетди.
Каромат қоронғи ётоқхонада унсиз йиғлади. Қанақа эр бу ўзи? Мен ундан бир дунё нарса сўрамадим. Шунга тегиб нима рўшнолик кўрдим.  Бемор онамга энг оғир дамларида ёрдам беролмасам. Аламдан бўғзи, пешона-ю чаккалари ачишиб кетгандек туюлди. Сал қолса дооод деб юборардию, бахтига телефон жиринглаб вазиятни бурди. Истамайгина гўшакни кўтарди, волидасининг овозини эшитиб юраги дукиллаб кетди.
– Қизим, яхшимисан? Иситманг тушдими?
Қанақа иситма? - ўйлади Каромат
– Боя барака топгур куёвим келганди яна. Бииир дунё нарса кўтариб келибдия яна. Ўтган сафар ҳам айтгандим бўлмаса, одамни бунақа уялтирманг , деб. Бечора, укангга ҳам пул ташлаб кетибди. Шартмас эди десамам ташлаб кетди. Сени сўрагандим, мазанг йўқлигини айтди. Яхши бўлиб қолдингми?
   Кароматнинг қўлидаги телефон ерга тушди...


Руқия Бегим Улуғхўжаева

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Mohinur mana shu taxlit bu uyda mana 10 yildan beri yashayapti. Ota uyiga qaytib borolmasligini juda yaxshi bilardi. Borsa tabiiyki 2 akasi uni uyga kirgizishmasdi, Mohinur birinchi farzandli boʻlgan yili onasi vafot etdi. Ikkala akasi va kennoyilari unga uncha munosabatda boʻlishmas, uyiga aylanib kelgan paytlari, hali kelib oʻtirib ulgurmasidanoq! Qachon erini uyiga qaytib ketishini surishtirib qolishardi... Tabiiyki Mohinur onasidan keyin, oʻz ota uyiga sigʻmay qoldi. Akalarini va jiyanlarini sogʻinib borgan kunlari, kennoyilarni qovogʻi ochilmas, unga kesatiq va piching gaplar yomgʻirini yogʻdirishardi. Mohinur onasidan keyin ota uyida biron kun yotib qolmadi. Boradi, 2-3 soat jiyanlarini oʻynatib oʻtiradi keyin esa yana erini uyiga qaytadi! 10 yil shunday oʻtdi! Orada Mohinur 3 nafar farzandli boʻldi. Bir oʻgʻil va 2 egizak qizlari dunyoga keldi. Oʻgʻlining ismi Kamron, ikki egizak qizlarining ismlari - Gulnoza va Gulnora qoʻyildi. Odina xola nevaralarini bagʻriga bosib oʻtirar, ularga turli xil ertaklar aytib berar, koʻchalarda aylantirib kelar edi. Shu bolalar tufayli Aziz ham bir muncha oʻzgardi. Oldingidek koʻp ichmay qoʻydi. Mohinurni ham mana 3 yildirki urmaydi, soʻkmaydi. Mohinur ham, Odina xola ham Azizning sal boʻlsa-da odam siyohiga kirib qolganidan xursand edilar.
Aziz oʻgʻli maktabga chiqqan yili shaharga ishlab kelaman deb ketganicha yoʻq boʻlib ketdi. Bir yil oʻtdi hamki undan darak boʻlmadi. Onda-sonda telefon qilib turar, unda ham juda tez gaplashar, oʻzi haqida deyarli malumot bermasdi. Oradan bir yil oʻtib ketdi. Azizning oʻgʻli Kamron 8 yosh, qizlari esa 5 yosh boʻlishdi. Mohinur shu yerdagi xususiy Bolalar bogʻchasida ishga kirdi. Farzandlarini kelajagi uchun ulanri yaxshilab oʻqitmoqchi, ziyoli shaxs qilib tarbiyalamoqchi! Lekin Aziz... U otalik mas'uliyatini deyarli his qilmadi. Hamon firibharlik, qalloblik bilan pul topishda davom etdi. Kunlardan bir kun Aziz uyga soʻmkasini yelkasiga osib olganicha kirib keldi. Uni koʻrib qizlari "Dadajon!"deb yugurishdi. Aziz ham qizlarini engashib bagʻriga bosdi. Oshxonadan avval Mohinur, keyin Odina xola chiqdilar.
- Voy Aziz bolam! Keldingmi?! Nega buncha yoʻq boʻlib ketding oʻgʻlim, bir yildan oshdi-ku, bollaring ham rosa sogʻinishdi seni!
Odina xola kuyunib gapirganicha oʻgʻli tomon talpindi. Aziz ham onasini yengilgina bagʻriga bosdi.
- Haa... Ishlab yurdimda ona! Mana keldim-ku?!
Aziz xotiniga koʻz qirini tashladi. Mohinur shoshilib gap boshladi.
- Yaxshi keldizmi dadasi? Sogʻ omonmisiz?
Aziz sovuqqina qilib javob berdi.
- Yaxshiman. Juda charchadim. Biroz dam olmoqchiman!
Aziz soʻmkasini koʻtarganicha xonasiga kirib ketdi. Yoʻl toliqtirgan shekilli, ancha uxladi...
* * *
Samira eri Aziz ketganidan keyin yuragi boʻm boʻsh boʻlib qoldi... U hayotida ilk bor kimgadir ishongandi, suyangandi... U ishonib boshini qoʻygan yelkalar unga vafo qilmadi. "Seni sevaman!"deya hitob qilgan lablar uni aldadi. Unga samimiy tikilib turadigan sargʻish bir juft koʻz unga pand berdi. Endi u nima qilsin?! Qayerga borsin?! Boshini qaysi toshga ursin?! Karima xola 2 soat oʻtib qaytib keldi. Na Samiraga, na uning jajji qizalogʻiga achindi. Uyni kalitini oldida, ona-bolani koʻchaga haydadi. Yozning oxirgi kunlar... Atrof issiq, quyosh badanni kuydirar darajada qizdirmoqda... Samira qoʻlida jajji farishtasi - Shirinani quchoqlab koʻtarib olgan... Bir qoʻlida narsalari solingan chamadon! Qayerga ketayotganini oʻzi ham bilmaydi. Bir payt Shirina uygʻonib qoldi. Issiqdan termadi shekilli boshini u yoq bu yoqqa qilib besaramjon boʻldi. Keyin birdaniga chinqirib yigʻlab yubordi. Samira bolasini ovutish uchun yoʻlning bir chekkasiga oʻtdi... Hech kim yoʻqligiga ishonch hosil qilgach bolasini emizib oldi. Shirina tamshanib - tamshanib yana uyquga ketdi... Samira qoʻlida uxlab yotgan, hali yoshiga yetmagan, yuzlari oppoqqina, lablari va burni angishvonadek kichik qizalogʻiga mehr bilan qarab qoldi. Keyin yuragi toʻlib ketdi... Yuragidagi ogʻriq koʻziga oʻtdi. Undan marjon-marjon yoshlar toʻkildi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Mana bu nima qanjiq?! Shimni shunaqa qilib dazmol qiladimi?! Chizigʻi 2 ta boʻlib qolibdi! Men shuni kiyib koʻchaga chiqamanmi?!
- Keling unda boshqatdan qilib beraman...
Aziz qoʻlidagi shimni otib yubordi. Mohinurni qoʻlidan maxkam ushlaganicha, uy ichiga tortqiladi. Eshikni ichkaridan qulflab qoʻydi. Shimining kamarini yechdi... Mohinurning badaniga ketma-ket kamar bilan ura boshladi. Mohinur dodlaganicha undan qochishga intilar, lekin ilojini qilolmas, Azizga sira ham kuchi yetmas edi... Aziz har urganida kamardan "Shit! Shit!"degan ovoz chiqar... Mohinurning oppoq badanida qizgʻish izlar qoldirardi. Mohinur dodlab baqirdi.
- Oyijoooooon! Oyijon! Qutqaring! Urmang! Urmang jon Aziz aka! Urmang iltimos!!!
Aziz toʻxtamas, hansiragancha Mohinurni ayamay urardi. Oxiri charchadi. Kamarni devor tagiga otib yubordi. Yengini shimardi. Endi qoʻllari bilan Mohinurning sochlaridan tortib ura boshladi. Mohinur yanada balandroq baqirishga tushdi.
- Urma! Aaaaa!!! Oyijoooon! Qayerdasiz?!
Odina xola qoʻshninikiga sut olgani chiqib ketgan edi. Darvozadan qoʻlida 1 litrlik bankada sut olib kirdi. Shovqin ovozini eshitib qoʻrqib ketdi. Mohinur dodlab baqirar edi. Odina xola yugurganicha Azizning xonasiga qarab yugura boshladi.Yoʻlda qoqinib yiqilib tushdi. Qoʻlidagi banka yerga tushib chil-chil sindi. Oppoq sut atrofga sochildi... Shisha siniqlari Odina xolaning qoʻllarini kesib ketdi. Xolaning qoʻli bilagigacha qip-qizil qon bilan belandi. Aziz esa, hamon xotinini doʻpposlardi. Odina xola ogʻriqqa ham, qoʻlidagi qonga ham qaramay, yugurib xona yaqiniga keldi. Eshikni ochmoqchi boʻlgandi, eshik qulf ekan... Eshik oynalarini taraqlatib ura boshladi.
- Aziz oʻgʻlim! Oʻzingni bos bolam! Urma uni jon bolam! Unda nima ayb?! Urma deyapman, Aziz!
Eshik oynalari qonga belandi. Aziz endi rosmanakasiga charchadi. Qoʻllari ogʻrigan shekilli, bir-ikki qattiq-qattiq siltab oldi. Mohinur oʻzi koʻtarolmas, hammayogʻi koʻkarib ketgan! Butun badani qaqshab ogʻrir, turgani umuman holi yoʻq edi. Aziz eshikni ochdi. Onasining qoʻlini koʻrdi, lekin zarracha parvo qilmadi. Shaxt bilan yurib darvoza hatlab koʻchaga chiqib ketdi. Odina xola yugurib ichkariga kirdi. Kelinini ahvolini koʻrib qoʻrqib ketdi. Mohinurning yuzlari ishib ketibdi, boʻyni aralash ikki yelkasidan uzun-uzun koʻkimtir izlar koʻrindi. Sochlari toʻzgʻib ketgan... Koʻzlarini umuman ocholmaydi.
- Jonim qizim... Allohim nega bunchalar zolim farzandni menga ravo koʻrding... Sizni oʻrnizga meni ursa boʻlmasmidi, oʻlib qutulardim! Juda jonimdan toʻydim!
Odina xola kelinining tepasida oʻtirganicha rossa yigʻladi. Koʻz yoshlari daryo kabi oqdi. Mohinur hamon indamay yotar, baʼzan ogʻriqdan yuzini burishtiribgina qoʻyardi xolos. Odina xola qonab yotgan qoʻliga qaradi. Kelinini qoʻyib ichkari xonaga kirdi. Yod bilan qonni toʻxtatdi. Doka olib qoʻlini bogʻladi. Yana Mohinurning oldiga qaytib keldi.
- Qizim... Men hozir tez yordam chaqiraman... Siz bu holatda yotishizga jim qarab turolmayman! Axmoq bola!
Odina shunday deganicha oʻrnidan turdi. Telefonini olib tez yordamga qoʻngʻiroq qildi...
Hamshiralar Mohinurga tibbiy yordam koʻrsatishdi. Mohinur 3 haftalik homilador ekan... Allohning moʻjizasi haq! Shuncha doʻpposlansa ham bolaga zarar yetmabdi. Lekin Mohinurning ahvoli chindan ham ogʻir edi.
- Xolajon... Oʻgʻlizni ustidan jinoiy ish ochishimiz mumkin. Shunchalik ham uradimi ayol kishini! Tavba qildim! Oʻgʻliz manyakmi nima balo?!
Odina xola iztirobli nigohda roʻparasidagi doʻmboqqina hamshiraga qaradi.
- Bu Allohni menga bergan sinovimi yoki jazosi... Bolam bu darajada zulmkor insonga aylanib qoladi deb sira oʻylamagandim...
-Xolajon... Keliningiz homilador. Unga tinchlik kerak, mehr, e'tibor kerak... Bunaqa janjallar, bunaqa kaltaklashlar onaga ham, bolaga ham yomon taʼsir qiladi...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Shu kunlar ham bormidi boshimga?! Allohim mushkulimni oson qil! Meni va qizimni rahmatingdan yiroqlashtirma!
  "Zingggg" "Zingggg"  eshik qoʻngʻirogʻining ovozi yangradi. Samira tezgina borib eshikni ochdi. Qarasa Karima xola! Ogʻzidagi saqichni qars-qurs qilib chaynaganicha Samiraga chaqchayib tikilib qoldi. Oppoq semizgina bilaklarida tilla bilaguzuklar yiltiraydi. Boʻynida baxosi ancha qimmat boʻlgan chiroyli zanjir... Semiz-semiz barmoqlarida olmos koʻzli uzuklar... Karima xola azal-azaldan oʻziga qarab yuradigan ayol boʻlgan. Odamlar toʻy-xashamga yoki biron bir oʻtirish, ziyofatlarga taqadigan taqinchoqlarini u hamisha uyda ham, koʻchada ham taqib yurishga odatlangan edi. Karima xola yolgʻiz yashar, oʻgʻli chet elga oʻqiyman deb ketganicha, mana 8 yildan oshdi hamki qaytib kelgani yoʻq edi. Bu ayolning feʼli koʻpchilikka yoqmas, hatto oʻgʻli ham undan zirillab turardi. Eri yumshoq tabiat bir kishi boʻlgani uchun bu ayolning zugʻmlariga chiday olmadi. Osonlik bilan jon berib qoʻyaqoldi...
  - Hayriyat! Ocharkansizaa siz ham eshigizni?! Qanchadan beri turibman, oyoqlarim ogʻrib ketti-ku?!
Samira yuzini yerga qaratdi. Ozgʻin, nozikkina qoʻllarini bir-biriga ishqalaganicha bir soʻz demasdi. Karima xola uning bunday bejoligidan battar tutaqdi.
  - Salom qani?! Hozirgi yoshlarga ham hayronsan, salom berishniyam bilmaydi...
Samira hijolatli bosh chayqadi... Yuzlari lovullab ketdi.
  - Assalomu alaykum...
  - Va alaykum!
Karima xola Samiraga boshdan oyoq nazar soldi. Yana qoʻli quruq qaytishini sezib hafsalasi pir boʻldi.
  - Bu deyman... Pul yoʻq shekilli a?
  - Xolajon... Erim kelmadi. Endi kelmasayam kerak! Meni yogʻiz bolam bilan tashlab ketdi! Bir yetim qiz boʻlsam, jon xolajon... Qayerga boraman?! Kimnikiga sigʻaman?!
  - Diydiyoyingni yigʻishtir!
Karima xola gʻazabdan chaqchayganicha Samiraga oʻdagʻaylab ketdi.
  - Sendaqalarni juda koʻpini koʻrdim, bildingmi?! Bor pullarni olib chiq! 3 oylik ijara puli shunde turibdi, bir tiyn ham bermadilaring!
Samira nima qilarini bilmay ostonada anchagacha kalovlanib turib qoldi. Karima xolaning batta qoni qaynab ketdi.
  - Hey qiz... Pulni opchiq dedim!
  - Xolajon... Pul topolmadim... Ishoning uyda deyarli hech narsamiz yoʻq... Hatto yeyishga bir boʻlak non ham topolmaysiz! Meni xor qilib tashlab ketdi xola!
Samira eshikka suyanganicha xoʻngrab yigʻlab yubordi. U shunday qattiq yigʻlardiki, domning zinalarida aks sado berardi. Karima xola unga zarracha ham achinmadi.
  - Puling yoʻq boʻlsa, hoziroq uyimni boʻshatib qoʻy!
  - Bu nima deganiz xolajon?! Qayoqqa boraman?! Kichkina bolam bor axir! Menga rahmiz kelmasayam shu bolamga rahmiz kelsin, iltimos!!!
  - Eeee, menga nima?! Oʻlib ketmaysanlarmi?! Agar bilsang, 3 oylik ijara puli bermaganing uchun seni sudga berib qamatvorishim ham mumkin edi... Yanayam rahm qildim. Yaxshilikcha uyimni boʻshatib qoʻy. Men ertaga bu yerga boshqa ijarachilarni qoʻyaman!
  - Shunchalik bemehrmisiz?! Siz ham ayolsizku?! Siz ham onasiz! Nahot, menga achinmaysiz?! Hali yurishni ham bilmaydigan shugina qizimga achinmaysiz?!
  - Achinmayman! Gapni koʻpaytirma... 1 soatda kelaman... Lash-lushingni yigʻishtirib tur. Uyni kalitini berib, bu yerdan yaxshilikcha ketasan!
Karima xola shunday deganicha, shart yuzini burib, zinalardan asta tushib keta boshladi. Samira unga ostonadan jimgina, koʻz oldiga toʻlib qolgan limmo-lim koʻz yoshlari bilan qarab qoldi...

2-QISM TUGADI.

✍Usmonaliyeva Munira.
⏰10.02.2025.            15:22

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Nurxon alamidan yuzi qizardi. Said aka kulib-kulib undan uzoqlashdi. Qani endi shu tobda yer yorilsa-yu, shu yerni qariga kirib ketsa-da, qaytib chiqmasa! Ikki akaning el oldida boshi egilib qoldi. Nurxonning ukasi - Mansur, Toshkentda Jahon tillarining ingliz tili va adabiyoti fakultetida oʻqiydi. Bu yigitcha akasiga qaraganda ancha ogʻir-bosiq, vazmin yigit. Kelajakda orzulari koʻp: Taniqli tarjimon boʻlmoqchi. Mana necha haftadirki singlisi hayolidan chiqmaydi. Oʻqishga kelib ham sira koʻngli yorishmadi. Oilasiga tushgan bu dogʻdan qanday qutulish mumkinligini oʻylar edi...
Aziz Nurxon bilan gaplashdi. Unga anchadan beri Mohinurda koʻngli borligini va uylanmoqchiligini aytdi. Nurxon bu yuzqoraliklardan tezgina qutulish uchun, oʻylab ham oʻtirmay! Azizni surishtirmasdan! Singlisini kelajagini oʻylamasdan! Azizning taklifiga rozi boʻldi.
- Ukam... Ertaga sovchilaringni joʻnat. Birula... Non sindirib unashtiramiz.
- Havotir olmang aka, singlizni toʻy qilib olaman! Unga qonuniy uylanaman. Hamma urf-odatlar qilinadi... Hammasi risoladagidek boʻladi.
Nurxonning yuzi yorishdi. Hayriyat! Singlisi ham oq libos kiyim, yorugʻ yuz bilan turmush qurarkan. Nurxon Azizga minnatdor qiyofada qaradi. Uning koʻzlariga Aziz xuddi bir avliyodek koʻrinib ketdi.
- Rahmat ukam...
- Mayli ertaga ayam boradilar sovchilikka... Hamma rasm-rusmlar qilinadi. Lekin... Bitta gap...
- Qanday muammo ukam?
- Yoʻq... Muammo yoʻq... Shu singliz bilan bir koʻrishib gaplashib olmadikda!
- Haa... Mayli unda ertaga uchrashib gaplashib olasizlar. Biz bu yoqda kattalar bilan kelishib olamiz.
- Ma'qul...
* * *
Mohinurning hayoti butkul barbod boʻlish arafasida edi. Mohinur Aziz bilan koʻrishganida uni ustiga piva sochib yuborgan oʻsha bola ekanini bildi. Ochigʻi Mohinur Aziz haqida uncha-muncha gap-soʻzlardan xabardor... Uning ichkilik ichishini va koʻchalarda bezorilik qilishini koʻp eshitgan edi. Ham Azizning qoʻpol muomalasi unga umuman yoqmadi. Aziz olifta, oʻziga bino qoʻygan va manmansiragan bir yigit ediki, bunday yigitlarni qizlar deyarli yoqtirishmasdi. Mohinur ham shular safida... Azizga zarracha boʻlsin koʻngli isimadi. Uchrashuvdan soʻng uyiga qaytdi. Onasini baʼriga oʻzini otdi. Yum-yum yigʻladi.
- Oyijon... U judayam yomon bola! Iltimos meni unga bermanglar! Jallodga oʻxshaydi turishiyam oyi! Meni baxtli qilmaydi u. Baxtiqaro qiladiku?! Jon onajon, akalarimga ayting... Unday qilishmasin...
Mohira xola indamaygina tizzasiga boshini qoʻyib yigʻlab oʻtirgan qizi - Mohinurning sochlarini siladi. Koʻzidagi marvariddek tomchilar yuzidan oqib tushdi...
- Qizim... Akang qarorim qatʼiy deyapti... Men lafz qilib qoʻydim deydi! Nima ham qilolardim jon bolam! Sen haqingda 7 mahallada gap-soʻz boʻlib yotgan boʻlsa... Nima ham qila olaman?!
- Oyijon... Xudo haqqi qasam ichaman, xohlasangiz Qurʼonga qoʻlimni qoʻyib qasam ichaman! Men... Men yuzlaringni yerga qaratadigan hech bir ish qilmadim! Shunchaki koʻproq bilim olmoqchi edim xolos! Aybim shumi onajon?! Nega bunday boʻldi? Nega meni gap-soʻz qilib yuborishdi?
- Jonim qizimaaa! Men senga ishonaman bolam! Sen pok, oqila qizsan... Lekin odamlarni bunga qanday ishontiramiz bolam?!
Mohinur oʻzining achchiq qismatidan yigʻlar, Mohira xola esa, qizi uchun, uning qora kelajagi uchun yosh toʻkar edi...
Mohinur ikki oʻgʻildan keyin tugʻilgani uchunmi, uni dadasi judayam yaxshi koʻrardi. Doim "Ona qizim... Asal qizim" deya erkalatib yelkalarida koʻtarib koʻchalarni aylantirardi. Onasi ham qiziga deyarli qattiq gapirmas, yumshoq muomila bilan erkalatardi. Akalariga esa bu negadir yoqmas, Mohinur ayb ish qilsa uni darrov ota-onalariga yetqizishar, oz boʻlsada singlisiga jazo berishlarini xohlashar edi. Dadasi Kozim aka oʻgʻillarini oldiga chaqirib tez-tez pand nasihat qilib turardi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Dastxat (Qismli Hikoya)

2-QISM

Azizning hayotiga bexos kirib kelgan ishq shabbodasi, uni ozgina muddatga oʻzgarishiga turtki boʻldi. Yana oʻsha kafedagi qizni uchratararmikinman?!,deya oʻziga savol berar, bu savoli havoda muallaaq qolgan boʻshliq singari javobi ham noma'lum edi. Aziz otasidan keyin onasiga butkul bemehr boʻldi. Uyga kelmas, kelsa-da juda kech, baʼzan bomdodga yaqin kirib kelar edi. Shunda ham joʻn kelmas... Ichib, gʻirt mast ahvolda boʻlardi doim. Mushtipar opa! Oʻgʻlining bu qiliqlari uni allaqachon yuragini oʻpirib, yuziga ajinlarni salmoqli qilib soldirdi. Tundan qora, uzungina, chiroyli sochlar... Toʻkildi... Oqardi... Bu ayolni biron bir kasallik emas, balki eri bilan shu notavon oʻgʻli qaritti!
Aziz onasini ichib kelgan mahali ismini aytib sensirab behurmat qiladigan odat chiqardi...
- Azizjon, bolam keldingmi?! Buncha hayallamasang! Havotirdan oʻlayozdim-ku, oʻgʻlim?! Nega menga rahming kelmaydi?! Oʻz onangga zarracha achinmaysanmi bolam?!
- Hey... Odina! Meni tergama sen! Tergalaydigan yoshdan oʻtganman! Nima ishing bor?! Nima ishing bor men bilan?!
Odina xola oʻgʻlining bu nomaqulligini koʻz yoshlari bilan ichiga yutdi. Qalbida chuqur bir yara paydo boʻldiki, har bir tomchi yosh oʻsha yara ustiga tushib battar achishtirgandek ogʻriy boshladi. Uning umid bilan oʻstirgani, yakka-yu yolg'iz farzandi shumi?! Qilgan orzulari qayoqda qoldi?! Nimalarni umid qilgandi, nimalarga erishdi...?!
Odina xola oʻgʻlini oyoqda turolmaydigan darajada mast boʻlib kelganini bildi. Oʻgʻli onasini nimadurlar deb tinmay haqoratlab javrar, koʻzlarini ocholmasdan shirakayf ahvolda oʻz xonasiga qarab kirib ketdi. Ortidan Odina xola yoshli koʻzlarini tikkanicha hovli oʻrtasida yigʻlab anchagacha turib qoldi.
- Bola ham shunchalik onasiga bemehr boʻladimi?! Allohim! Qaysi gunohim uchun meni bunday qiynayapsan?! Oʻgʻlimdan shunday achchiq soʻzlarni eshitgandan koʻra, oʻlib ketganim yaxshimasmidi?!
Odina xola shunday deganicha asta uy ichiga kirdi. Uy sovuq... Odina xolaning nazarida devorlar ham sovuq, yotgan oʻrni ham sovuq... Toʻgʻrida! Bu uyda qachon iliqlik boʻlgan oʻzi?! Qachon Odina xola yaqinlarining mehri taftidan entikib yashagan?! Yoʻq! U umr boʻyi shu eri va bolasini deb jonini jabborga berib ishladi... Yoshligini bagʻishladi... Evaziga olgani esa, sovuq oʻgʻil! Sovuq uy! Sovuq oʻrin!
* * *
Mohinur bu yili maktabdi bitirdi. Shu tumandagi yaxshi bir kasb-hunar kollejiga hujjat topshirdi. Sohasi ham yomon emas, kompyuter savodxonligi! Mohinur yoshligidan texnikalarga juda qiziqadi. Kompyuterdagi juda koʻp dasturlardan bemalol, qiyinchiliksiz foydalana oladi. Hisobotlar, hujjatlar tayyorlaydi, Paint dasturi yordamida chiroyli kartinkalar va videolar yasay oladi. Undagi dasturchilikka qiziqish tez orada oʻqituvchisining e'tiboriga tushdi. Oʻqituvchisi yosh bir yigit, yaqindagina uylangan boʻlsa-da, koʻpchilik qizlar uni yoqtirar edi. Sababi bu yosh oʻqituvchi yigit juda kelishgan va xushmuomala edi! Ayniqsa qizlarni oldida oʻzini jentelmen qilib koʻrsatishni xush koʻrar edi. Uni hamma Xudoyorxon deb chaqirardi. Xudoyor va Mohinur darsdan keyin ham oʻzlari alohida shugʻullana boshlashdi. Xudoyorning maqsadi qizga koʻproq bilim berish, uni nufuzli musobaqalarda qatnashtirish edi... Lekin odamlar... Ha! Odamlar bu ikkisining, yani yaqindagina uylangan Xudoyor va Mohinurni ishqiy munosabatlar qilishadi deya gap tarqatib yuborishdi. Bu gap shunchalik urchib ketti-ki, el ogʻzidan Xudoyor va Mohinur tushmay qoldi. Bunday gap soʻzlar, aylanib-aylanib Xudoyorning xotini - Lobarning qulogʻiga yetdi. Lobar Mohinurni mahallasiga borib beayb bir qizni yer bilan yakson qilib sharmandasini chiqarib keldi. Eri bilan ajrashaman deya qoʻrqitib uni ishdan boʻshatib oldi. Ayol-qizlar yoʻq joyda ishlaysiz deb shart qoʻydi. Mohinurning esa, yuzi qoraligicha qolib ketdi. Endi odamlar koʻcha-koʻyda Mohinurni koʻrsalar orqasidan "Buzuqi!" "Foxisha", "Oilali erkakka osilgan isqirt" deya pichirlab gapira boshladilar. Mohinur ham, oilasidagilari ham bu nomusdan koʻchaga chiqolmay qoldilar.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Tifllar toshiki
Tifllar toshiki, jismim qildi sartosar qora,
Bo‘ldi savdog‘a savodi a’zam andin har qora.
 
Yoshdin angla yuzum, gar siymgundur, gar qizil,
Toshdin angla tanimni gar ko‘k o‘lmish, gar qora.
Dema ko‘nglung lavhig‘a yozg‘il xirad oyinini,
Baski qo‘yding dog‘i ishq ul safhadir askar qora.
Panjayi hurshidni go‘yo qora etmish kusuf,
To qiliptur ilgin ul huri paripaykar qora
Panjayi hurshidni go‘yo qora etmish kusuf,
To qiliptur ilgin ul huri paripaykar qora.
Dudi ohimdin, demaykim, zor jismim so‘zidin,
Kulki bo‘lmish o‘t tushib kuygan kabi bistar qora.
 
Umr yo‘q juz tiyralik, isyondakim, hayvon suyi,
Istamakdan ro‘zg‘orin topti Iskandar qora.
Chun Navoiy ishq aro komillig‘in sabt ettilar,
Bo‘ldi baskim, ahli ishq ot yozdilar mahzar qora.
 

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Azizning hayotiga bir oy kirib keldi... U menda yurak yoʻq deya oʻylar edi... Lekin bir hodisa boʻldiki, uning yuragi oʻzining bor ekanligini bildirdi... Allaqanday yoqimli hislar uni oʻrab oldi. U sevib qolgan edi! Ha, ha... Chindan ham sevib qolgan edi! Bu voqea shunday sodir boʻldi...
                  *       *      *
Aziz doʻstlari bilan kafeda oʻtirib suhbatlasha boshlashdi. Ovqatlanish uchun u-bu narsa buyurdilar... Biroz piva ham ichib olishdi. Yigitlar qattiq-qattiq gapirishar, hiringlab yoqimsiz tovushlar chiqarib kulishar edi. Bu atrofdagi kishilarning anchayam halovatini buzgan edi. Aziz qoʻlidagi piva toʻla stakanini sochib yubordi. U behosdan shu yerdan oʻtib ketayotgan bir qizning yuziga sachrab ketdi.
   - Heeey! Jinnimisan sen?! Bu nima qilganing?!
Aziz unga gʻazab bilan qarab turgan qizni koʻrdi. Qiz achchiqlanganicha choʻntagidan roʻmolchasini oldi. Yuzini va kiyimlarini arta boshladi.
  - Esi past! Axmoq! Befarosat! Ust-boshimni qara... Rasvo qilding!
Qiz hamon asabiylashar, lablari tinimsiz titrar, Azizni soʻkishdan sira toʻxtamas edi.
  - Uuuufff buni hidini! Kiyimga oʻrnashib qoldi-ku?! Bugun birinchi ish kunim edi! Endi nima qilaman?!
Qizning gʻazabdan chaqchaygan koʻzlari birdan yoshga toʻldi. Aziz qizning yigʻlayotganini koʻrib unga rahmi keldi... Birinchi marta! Umrida birinchi marta qilgan ishidan uyaldi!
  - Meni kechiring... Atay sochmadim...
Qiz koʻz yoshlarini artdi... Unga termulib turgan Azizga bir qarab oldida yana roʻmolchasi bilan kiyimini arta boshladi.
   - Boʻlar ish boʻldi... Mayli, shunaqa boʻlishi peshonamga yozilgan ekan.
  - Xohlasangiz kiyimizni pulini toʻlayman...
  - Kerakmas puliz!
Qiz shunday deganicha kafedan chiqib ketayotgandi hamki kimdir uni ismini aytib chaqirib qoldi.
   - Mohinur! Mohinur!
Qiz qayrilib qaradi. Dugonasi yugurgilab uning oldiga bordi. Mehr bilan quchoqladi.
  - Voy Mohi... Dugonajon yaxshimisan? Bormisan? Koʻrinmay ketding!
  - Haa... Yaxshiman rahmat. Oʻzing tuzukmisan?
  - Rahmat shukr...
Dugonasi nimanidir sezgandek yuzini burishtirdi.
  - Voyvoo Mohi... Nimani xidi kelyapti sendan!?
  - Qoʻy... Soʻrama. Bitta axmoq piva sochvordi...
  - Ustidan shikoyat qilmadingmi? Kim ekan u? Befarosat!
Aziz qizlarning suhbatini jimgina oʻtirganicha eshitib oʻtirar edi. Hijolat boʻldi. Qandaydir qizlarga qaray olmadi... Yuzini yerga tutib oldi.
  - Mayli qoʻyaver... Bunaqalarga gap uvol, soʻz uvol... Uyga borib kiyimimni almashtirib kelaman endi... Ishga kirgandim bugun Birinchi ish kunim!
   - Ooo tabriklayman asalim!
  - Ha. Rahmat... Qara... Birinchi kundan shu koʻyga tushib oʻtiribman.
  - Mayli... Hali vaxliku... Tezgina borib kiyimingni alishtirib kelasanda endi.
Qizlar kafedan suhbatlashishganicha chiqib ketdilar... Azizning hayoli oʻsha qizda qolib ketgandek edi... Oʻrtoqlariga eshittirmay asta pichirladi.
   - Mohinur... Buncha chiroyli ism ekan. Mohi...

1-QISM TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰06.02.2025
     16:06

@Gaplarim_Sahifalar

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Samira eshikni asta yoqti. Devorga suyanib o'tirganicha ancha yig'ladi. Endi nima qiladi?! Shuncha pulni bir kunda qayerdan topadi?! Nomard eri tashlab ketgan bo'lsa?! "Ablax! Qizini ham o'ylamadi-ya! Sen ham erkakmisan?! Sen ham odammisan!" Samira anchadan keyin o'rnidan turdi. Qo'liga telefonini olib yana eriga qo'ng'iroq qildi. Qayta-qayta... 5-martasida qo'ng'irog'iga javob bo'ldi.
- Alo, Aziz aka!
- Tushunmadim, kim bu?
Azizning telefonini uning qishloqdagi ayoli - Mohinur ko'targan edi.
- Men Aziz akamning ayollari bo'laman.
- Qaysi ayollari?! Men Aziz akamning qonuniy xotiniman.
Samira esankirab qoldi. "Bu ayol nima deyapti?! Axir menman-ku Aziz akamni xotini?!"
- Men shahardan Samiraman.
Mohinur uni endi esladi. Bu o'sha erini qo'yniga kirib olgan ilonvachcha kundoshi edi. Har holda Mohinur Samirani shunday tasavvur qilardi. Bilmaydiki Samirani hech qanday aybi yoʻq, erini boshini aylantirmagan balki Azizning o'zi qabih maqsadlari yo'lida Samiradan shu tarzda foydalanganligini. Lekin ayol baribir ayolda... Mohinur ham kundoshini ayolligiga borib jahl ustida achchiq-achchiq gaplar bilan uzib oldi.
- Senga o'xshagan xotini, oilasi bor erkaklarga osiladigan manjalaqilarni deb, qanchadan-qancha oilalar buzilyapti, bolalar yetim qolyapti. Senga oxirgi gapim erim aslo seni oldinga qaytib bormaydi! Uqdingmi?! Erimni tinch qoʻy!
Samira yalinchoq ovozda Mohinurga gap ochdi.
- Opa... To'g'risi siz haqizda bilmasdim. Aziz aka uylanmaganman degandilar. Qishloqda onam og'ir kasal, qarindoshlarimiz bilan uncha aloqa qilmaymiz deb hech kimni to'yimizga aytmaganlar. Zagsdan keyinroq o'tamiz onam tuzalvosinlar, degandilar. Opa hali 2 ga ham kirmagan go'dak qizchamiz bor... Ijarada turardik. Bizni tashlab ketdilar. Men hech qayerda ishlolmasam bolam hali kichkina. Uy egasi bir kun muhlat berdi. Pulni to'lamasak bolam bilan meni ko'chaga quvib soladi. Menga rahmiz kelmasa ham shu norasta qizimga rahmiz kelsin. Meni Aziz akadan boshqa hech kimim yoʻq. Ota-onam ham, qarindoshlarim ham yoʻq. Yetimxonada o'sganman. Yosh bolam bilan qayerga boraman?
Samira yig'lab yubordi. Mohinur Samiradan bunaqa muomila kutmagandi ochig'i. Bobillab javrasa kerak, shallaqilik qilib er talashsa kerak deb o'ylagandi.Hayron qoldi. Samirani gaplari juda samimiy edi. Qanday javob berishni ham bilmay qoldi. Samira hamon telefon qulog'ida piq-piq yig'lardi.
- Opa, jon opa! Men kimnidir baxtsiz qilib baxtli bo'lolmayman. Faqat hozir juda chorasizman.
Mohinur astoydil Samiraga achindi. Erining yomon insonligini biladi. Koʻpchilikni qon qaqshatgan. Qanchadan-qancha odamlarni pulini harom yoʻl bilan o'zlashtirib olardi. Mohinur bunga qarshi uzoq, juda uzoq kurashdi. Erini to'g'ri yo'lga solishga rossa urindi. "Bolalarimizga harom luqma yedirmaylik, dadasi. Birovning haqqi buyurmaydi baribir", "Aziz aka, bu ishlarizni yig'ishtiring, qachongacha odamlarni aldaysiz?!" Shunga o'xshash gaplar bilan Azizni insofga chaqirishga urindi. Bari befoyda bo'ldi. Aytishdiku "Bukrini go'r tuzatadi" deb. Aziz hech yaxshi tomonga o'zgarmadi. Mohinur eriga 3 ta qorako'z bolalar haqqi chidab yashab yuribdi. Shu bolalarim yetim bo'lib qolmasin, deb. Lekin bunisi... Bir bechora, yetim qizni aldab nikohlanib, so'ng bor budini sottirib, so'ng pulsiz, chorasiz tashlab ketgani... Ochigʻi g'irt ablaxlik edi. Mohinur erining qilmishlaridan, hiyonatlaridan juda to'ygandi.
- Samira, men erim bilan gaplashib ko'raman.
- Rahmat...
Telefon o'chdi. Mohinur yosh to'la ko'zlarini artdi. Ichkari uyda Aziz bir shisha aroqni yoniga qo'yvolib ichib o'tirardi. Mohinurga eri xuddiki bir balo-qazoday ko'rinib ketdi.
- Siz ham odammisiz?! Bu yoqda meni xo'rlaysiz, u yoqda hech kimi yoʻq bir yetim qizni... Bu dunyoda har narsaning javobi bor!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Dastxat

(Qismli Hikoya)

1-QISM

"Quyosh botib, olamni qorongʻu zulmat qoplasa, aslo mahzun bo'lma! Unutmaginki, har botayotgan quyosh ortidan yangi kun, yangi hayot, yangi bir imkon keladi..." (M.f)

- Dadasi shoshmang! Qayerga ketyapsiz bizni tashlab?!
Samira yosh toʻla koʻzlari bilan erining ortidan yurardi. Aziz shkafdan kiyimlarini oldi, barcha zaruriy narsalarini yigʻishtirdi. U ancha asabiy, koʻzlari ham xorgʻin koʻrinar, Samiraning yigʻlab siqtashlariga umuman parvo qilmas, shoshilganicha narsalarini olib eshik tomon yurdi.
- Qayerga ketyapsiz deyapman!
- Bas!!!
Aziz vajohat bilan Samiraga shunday baqirdiki, uy ichi bir qalqib ketgandek boʻldi.
- Boʻldi qilasanmi yoʻqmi?! Meni oʻz holimga qoʻyasanmi yoʻqmi?! Sendan koʻnglim qolgan, nega tushunmaysan shuni?
Samira erining qarshisiga yigʻlagan koʻyi tiz choʻkib oʻtirib qoldi.
- Jon Aziz aka! Mayli meni oʻylamsayiz ham, qizimizni oʻylang. U hali goʻdak-ku! Qizimiz uchun bunday qilmang, bizni tashlab ketmang!
Aziz ayoliga qaramaygina asta gapirdi.
- Samira! Bilaman yaxshi ayolsan, yaxshi onasan, lekin yaxshi turmush oʻrtoq boʻlolmading, men orzu qilgandek ayol boʻlolmading. Xayr. Qizimizga yaxshi qara.
Aziz shunday dedi-yu eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. Samira oʻtirgan joyida anchagacha yigʻlab qoldi. Aziz juda oʻzgarib ketdi. Ular ilk bor tanishganlarida qanday yigit edi?! Shirinsoʻz, mehribon, juda eʼtiborli... Endichi?! Erkak kishining koʻnglini bilib boʻlmas ekan. Birdan Shirina yigʻlab qoldi. Samira koʻz yoshlarini artib qizalogʻini yoniga bordi, uni ovutib yana uxlatib qoʻydi. "Mayli aylanib-aylanib qaytib keladilar" oʻyladi Samira. Hech narsa boʻlmagandek uylarni yigʻishtirdi, kir yuvdi, kechga eri yaxshi koʻrgan mantini pishirdi. Kechgi ovqat payti keldi hamki Azizdan darak yoʻq. Bir soat, ikki soat, toʻrt soat... Oxiri boʻlmadi eriga qoʻngʻiroq qildi. "Tuuuut-tuuuuut!" Ketma-ket chalingan uzun gudoklar... Aziz telefonini koʻtaray demasdi.Samiraning yuragi siqildi. Erining bu qadar befarq boʻlib ketgani uni hayron qoldirar, oralariga qanday qilib sovuqchilik tushganiga hech aqli bovar qilmasdi. Biroz vaqt oʻtib yana qoʻngʻiroq qilishga tushdi. Yana 2 ta chaqiruv va nihoyat eri javob berdi
- Alooo, ha nima deysan?!
- Juda kech boʻlib ketti-ku, uyga kelasizmi degandim.
- Men senga uyga boraman deb aytdimmi?! Qaytib qoʻngʻiroq qilma!
Samiraning koʻzidan achchiq yosh chiqdi. Nahotki u sevgan inson shunchalar oʻzgardi? Juda qoʻpol, qoʻrs odamga aylanib ketdi... Axir turmush qurganlariga endi 3 yil boʻladi, hozir hayotlarining eng shirin davri boʻlsa!
* * *
Oradan 4 kun oʻtdi. Azizdan haligacha darak yoʻq. Samira nima qilarini bilmay qoldi. Bu yoqda oy tugayapti... Ijaraga, gazga, suvga, svetga pul toʻlash kerak. Roʻzgʻorning ham tagi koʻrinib qoldi. Qizi Shirina hali kichkina. Unga ham taglik, kiyim-kechaklar zarur. Eriga ming marta qoʻngʻiroq qildi, qani javob bersa! Sms lar yozdi, barcha tanish-bilishlaridan erini surishtirdi... Qiziq, erini kimdan soʻrasa " Bilmayman... Xabarim yoʻq" degan javobni oldi.
- Nomard! Noinsof! Meni goʻdak bolam bir yolgʻiz tashlab ketdi-ya!
Samira oʻksinib-oʻksinib yigʻlar, yetim boshiga shuncha koʻrgilik kelganidan qattiq siqilardi. "Qani endi ota-onam boʻlganida, ularnikiga borardim. Bolam bilan kimni uyiga sigʻaman? Hali yoshiga toʻlmagan qizim boʻlsa, bu holimda meni kim ham ishga olardi?!" Samira yetimxonada oʻsgan. Na ota-onasi, na qarindosh urugʻi bor. Yoshligidan mehr koʻrmagan Samira Azizni uchratganida "Shu inson meni baxtli qiladi" deb qattiq ishongandi. Oʻqishni tamomlagach yaxshi bir maktabda oʻqituvchilik qildi. Davlat tomonidan unga 2 xonali uy berildi. Oʻzini ancha yoʻlga qoʻyib olgandi hamki Azizni uchratdi. Uchrardi-yu bor budidan ayrildi. Yosh, sodda Samira Azizning barcha yolgʻonlariga chippa-chin ishondi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Aloo, Assalomu alaykum, bu ehsonchi akani telefonlarimi?
- Vaaleykum assalomu, labbay singlim, nima xizmat?
- Shu nomerni berishuvdi...
- Juda yaxshida, nima muammo bor, aytavering.!?
- Shu desangiz uchta yosh bolam 4 kundan beri faqatgina non bilan choy ichishayapti xolos...
- Ha, tushunaman, xo‘jayiniz ham ishsiz qolgandirlarda a?
- Bir yil bo‘ldi, xo‘jayinim avtoxalokat sabab vafot etdilar...
- Tushindim, Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin singlim, bugun kech bo‘lib qoldi, manzilingizni ayting, yozib olaman, ertaga inshaalloh peshin vaqtigacha imkon qilishga harakat qilaman.

- Xo‘p bo‘ladi, ammo yana bir bor bezovta qilganim uchun uzr aka.( shu oxirgi so‘zlar yig‘i aralash arang gapirilgan edi)...

Ey Alloh o‘zing guvohsan, ehson kartamda 28 so‘m pulim bor xolos. O‘zing boylik bergan bandalaringni qalbiga solgin, ertaga meni shu mushtipar onaning oldida yolg‘onchi qilib qo‘ymagin.

Xuftonni shu duolar bilan ado etib ertani kutdim.

Bomdod.

Kartaga qaragani yuragim chopmadi,

Soat 10 larda ne ko‘z bilan qarayki, kartada 490 mingdan oshiqroq pul bo‘libdi.

Alxamdulillax, Allohu Akbar.

Tezda qo‘ng‘iroq qildim.

Telefondan yosh bolaning shirin ovozi keldi:
- Onajon , ehsonchi aka telefon qilayaptilar, urreye, bizga bugun tuxum qovurib berasiz a, urreye...

Shu holatda gapira olmasligini o‘zim sezdimda, besh minutda telefon qilaman deb telefonni qo‘ydim.

Manzilga yetib borib omonatni topshirish uchun telefon qildim
Uchta go‘dak onasini to‘xta deyishiga qaramay men tomonga o‘qday uchib yugurishardi, qo‘limdagi pulni ko‘rib o‘rtanchasi shoshib, "amaki bu pullarni bizga dadam berib yubordilarmi, o‘zlari qachon kelarkanlar, aytb qo‘ying, biz ularni juda sog‘indik"- dedi...

Besh qadamcha narida onaizorni ko‘zlari jiqqa yosh bilan daraxtga suyanib qolganini ko‘rdimu... bolajonga pulni berib, bolajonim men dadangga aytaman, tez kunlarda keladi, faqatgina sizlar onajonizni qiynamay o‘tiringlar, dedimda ko‘z yoshlarimni yashirish uchun tezda ortga qaytdim...

Eh bolajonlar, sizning otangiz bir yil avval avtohalokat sabab Robbimning xuzuriga ketganini qanday aytaman...

Sizda shunday holatlar bo'lganmi? Yordam bera olganmisiz?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Бошланғич синфда ўқирдим. Бўйим бироз чўзилиб қолган бўлса керак, биринчи синфда кийган кийимларим тўғри келмай қолди. Бу ҳам етмаганидек, онам шимимнинг қаеригадир ямоқ солиб берса, икки кун ўтмай, бошқа жойидан ситилиб кетаверди. Қишда катта опамнинг қизил пальтосини кийгандим. Акамнинг эски оёқ кийими билан синфни зўрға тугатдим. Хуллас, ота-онам янги кийим олиб берадиган бўлишди. Бозорга отландик...
Бозор. Улуғлар айтганидек, қорни оч одам бозорга борса, тўяди. Емасаям тўяди. Жиллақурса, бозор кўриб юрган одамнинг кўзи тўқ бўлади. Отам билан кийим-кечак сотиладиган томонни қарийб ярим кун айландик. Ҳар бир харидор ёнидан узоқлашарканмиз, отам таассуф билан бош чайқарди. Кўзимга қарамасликка уринарди. Хуллас, менга “тўғри келадиган” кийим топилди. Қизиғи, отам олиб берган шим ва кўйлак, оёқ кийим ҳам анча катта келди. Отам “Икки-уч йил бемалол киясан”, деб қўйди. Ўзимда йўқ хурсанд бўлдим. Эрта-индин мактабга бориб, синфдошларимга мақтанишни дилимга тугиб қўйдим.
Кийим бозоридан чиқарканмиз, димоғимга “гуп” этиб таомларнинг ҳиди урилди. Айниқса, кабоб кўзимга оловдек кўринди.
– “Шашлик” олиб беринг,– отамнинг нигоҳини қўра томонга бурмоқчи бўлдим.
– ...
Қаранг, ота, менгаям олиб беринг, оч қолдим.
Бу сўзни ҳеч бир ота “кўтара олмайди” назаримда, жуда оғир гап қилгандим. Отамнинг бир қўлида менинг янги кийимларим, иккинчи қўли эса чўнтагида эди... Нималарнидир чамалади, шекилли, беихтиёр тамаддихона томон бурилди.
– Юр ўғлим, бир сени “шашлик”ка тўйдирай,– балки кенжа фарзанд бўлганим учундир отам бирор марта илтимосимни ерда қолдирмаган. Ошпаз амаки битта шапати нон ва икки дона сихда кабоб олиб келди. Ликопчада пиёз ҳам қўйди. Мен дастлаб ҳеч нарсага эътибор қилмай, олдимга қўйилган таомни шошилганча еб бошладим. Битта сихини тугатгач, бироз нафсим қонди, шекилли, отамга юзландим:
– Сиз емайсизми?
– Сен еявер, ўғлим, менинг қорним тўқ, – отам шапати нон билан пиёз чайнаб ўтирарди.
Кабобни охиригача тугатдим, отам эса аччиқ пиёзни нонга қўшиб едилар...
Йиллар ўтса-да, бу воқеани негадир эсимдан чиқара олмадим. Отам билан боғлиқ ўша вовеани юрагим эзилиб эслайман. Чунки у пайтларда отамнинг менга ҳар йили янги кийим олишга пули йўқ эди.
Бугун болаларимни истаганча кабобга  тўйдира оламан. Хоҳлаган кийимларини кийишади. Чўнтагимда пулим тугайди, деган хавотирим йўқ. Отам ҳам тирик. Яқинда ўша болалик изтиробларимни эслаб, отамга кабоб олиб бермоқчи бўлдим. Ўйламанг, бу билан менинг қарзим узилади, деган фикрдан мутлақо йироқман. Аммо инсонда шундай хислар бўладики, уларга изоҳ бериб бўлмайди. Шунчаки, юрак буни амр этади.
Замонавий ресторанда отам иккимиз ўтирдик. Дастурхонни уч-тўрт хил кабоб билан тўлдирдим. Энг ноёб таомларга буюртма бердим. Отам битта сихини қўлига олди-да, анча вақт тикилиб қолди. Бир чимдим еган бўлди.
Ўзимча ўйладим, отам ҳам ўша воқеани эслаётганмикан?
– Олинг, ота.
– Болам, буларингни ейишга тишим йўқ-да, ундан кўра аччиққина кўк чой айтсанг-чи...

Юрагим узилиб кетди. Отам ўшандаям аччиққина пиёз билан қорин тўйғазганди!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Kelin... Kelin...
Norqobil aka shu soʻzni kamida 6 martacha takrorladi. Har gal Mohinurga "Kelin..."deb murojaat qilganida Mohinur "Labbay amaki?"der javob berarmikin deya ogʻzini poylar, yuragi taka-puka boʻlib qarab turardi. Nihoyat Norqobil aka hovuridan tushdi.
- Kelin... Koʻchani boshidagi ariqda... Ariqda... Halegi...
- Amaki gapirsangizchi, yuragim oʻynab ketyapti! Nima boʻldi oʻzi?!
- Aziz... Azizni oʻldirib ketishibdi!
Mohinur qoʻrqib ketdi. Lablari darrov yupqardi. Qoʻlidagi supurgisini tashlagancha koʻcha boshiga qarab yugurib ketdi. Yugurganida boshidagi roʻmoli shabbodada xuddi bayroq singani xilpiradi. Ariq boʻyida qonga belangan koʻyi Aziz yotardi. Mohinur chinqirib yubordi.
- Aziz akaaaaaaaa! Qon shunchalik koʻp oqqan ediki ariqdagi toza, musaffo suv bulgʻanib qizgʻish tusga kirganicha mahalla koʻchalari tomon oqib borardi. Mohinur hushini yoʻqotdi. 2 ta yosh yigitcha uni sudrab koʻtarganicha uyiga olib kelishdi. Odina xola kelinining bunaqa ahvolini koʻrib ranggi oqarib ketdi. Yugirganicha kelining tepasiga keldi. Roʻzador boʻlgani uchun qiynalib hushini yoʻqottimikan deb oʻyladi...
- Voy bolajonimaaa! Immunitetiz past sal oʻzizga kevoling, yanagi yili tutarsiz desam, unamagandiz...
Mohinurni opichlab olib kelgan yigitlar bir-birlariga ma'noli qarab oldilar. Odina xola kelinining sochlarini siladi. Unga mehr bilan termulib qoldi. Yigitlardan biri chidab turolmadi. Boʻlgan voqeani Odina xolaga soʻzlab berdi.
- Xolajon... Mohinur kelinoyim roʻza boʻlganliklari uchun xushlarini yoʻqotmadilar.
- Unda nima uchun bolam?!
- Xolajon... Kelinoyim Aziz akani jasadini koʻrib qoʻrqib kettilar!
Odina xolaning xushi boshidan uchib ketdi. Baribir ham farzandi axir?! Qaysi ona oʻz farzandini oʻlimini xohlaydi?! Odina xolaning koʻzlari kosasidan chiqqudek boʻlib kattalashdi. Quloqlariga ishonmadi.
- Nimalar deyapsiz oʻgʻlim...?! Qanaqa jasad?! Qanaqa jasad?!
Odina xola telbalarcha harakatlar qila boshladi. Ikkala qoʻli bilan tizzalarini qattiq-qattiq urardi.
- Aziz akamni kimdir pichoqlab, koʻcha boshidagi ariqqa tashlab ketibdi. Hamma hozir oʻsha yerga toʻplangan xolajon...
Odina xola kelini qoʻyib, oyigʻiga kalishini ham kiymasdan! Koʻcha tomonga yugurib ketdi. Oyogʻi kelinlar sochgan suvdan loy boʻldi...Lekin Odina xola umuman bunga parvo qilmadi. Koʻcha boshida oʻgʻlining murdasi tepasida toʻplangan mahalladagi kishilarni koʻrib qattiq baqirdi.
- Aziz! Azizjooooooon!
Odina xola yugurib kelib oʻgʻlini bagʻriga bosdi. Qonga belangan Azizni quchoqlaganicha yum-yum yigʻlay boshladi. Boshidagi roʻmolini yulqib otdi. Koʻksiga tinmay mushtlaganicha oʻzini ayblab ich-etini yeb,baqirar edi.
- Men aybdorman! Men senga yaxshi ona boʻlolmadim bolam!!! Senga yaxshi tarbiya berolmadim!!! Men aybdorman! Sen oʻlguncha mengina oʻlib ketsam boʻlmasmidi bolam?! Senga sanchilgan pichoq meni badanimga kirsa boʻlmasmidi?!
Odina xola telbalarcha oʻzini u yoqdan bu yoqqa tashlay boshladi. Koʻzlaridan shashqator yoshlari quyilganicha atrofidagi odamlarga umuman etibor qilmay dod solib yigʻlardi...
Azizning jasadi jinoyat qidiruv boʻlimidagi kishilar tomonidan yaxshilab oʻrganildi. Uni kim yoki kimlar pichoqlaganligi toʻgʻrisida jinoiy ish ochildi. Aybdorlarni topish va ularni jazolash kerak albatta! Azizni yuvishdi, kafanlashdi... Qabristonga olib borib koʻmdilar... Lekin ajib holat roʻy berdi. Ertansi kuni Azizning jasadi yer ustiga chiqib qolgan edi! Uni yana qaytadan koʻmib qoʻydilar... Bir necha kun oʻtib yana qabrning oʻpilib qolganini koʻrishdi. Kelib koʻrishsa yana oʻsha ahvol... Azizning jasadining yarmisi koʻrinib yotar edi. Bu safar kafaanining bir qismi titilib ketibdi... Hamma bu holdan ajablandi. Baʼzilar qattiq qoʻrqdilar. Azizni qabriston goʻrkovi qayta koʻmishga unamadi. Oxiri jasadni olib boshqa qabristonga olib bordilar... Goʻrkov naqt 7 soat yer koʻvladi lekin ozginagina joyni kavlay oldi xolos. Yerdan tinmay katta katta toshlar chiqar va bu holat go'rkovning ishini qiyinlashtirayotgan edi. Bir kun oʻtdi hamki qabr tayyor boʻlmadi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Aziz shaharga kelgach bu yerda ancha qiynalib qoldi. Bir ikki mardikorlikka ham chiqishiga toʻgʻri keldi. Lekin qon baribir oʻsha eski firibgarlik bilan pul topishga undardi. Qanday qilib boʻlmasin koʻp pul topsayu, mazza qilib umr oʻtqazsa?! Shunday kunlarning birida u Samirani uchratdi. Samira unchalik ham chiroyli qiz emas edi. Biroz bugʻdoyrang, boʻyi past, yuzi toʻlishganroq edi. Keyin juda oddiy kiyinar, oʻziga unchalik ham qaramasdi. Samirani kichikligida yetimxonaga tashlab ketishgan. Oʻshanda u 4 yoshda edi... Oradan 20 yil oʻtdi. Samira voyaga yetdi... Juda koʻp yutuqlarga erishdi. Fan olimpiadalarida shahar bosqichigacha chiqib oliy oʻrinlarni egalladi. U kitob oʻqishni sevardi. Ichida oʻzining bir olami bor edi. Samira bolaligidan uyatchan va hayolparast edi. Hech kim bilan gaplashmas, qogʻoz va qalamlar olib nimalarnidir suratini chizib oʻtirishni xush koʻrardi.Unga davlat tomonidan 3 xonali berildi. Yaxshi bir ishga joylashti. Oyligi ham yomon emas edi. Samira ancha oʻzini eplab, mustaqil boʻlgandi. Hayoti bir tekis, maromida ketayotgan mahal u Azizni koʻrdi. Ular savdo rastalarida uchrashib qolishdi. Avvaliga doʻstona suhbatlar boshlandi. Bora-bora bir-birlariga oʻrganib qolishdi. Keyin esa sevgi keldi! Bu sevgi faqat Samiraga kelgan edi! Azizning esa, undan xohlagani faqatgina shahar markazida joylashgan 3 xonali uyi edi xolos! Samirani shirin soʻzlari bilan avradi. Unga hufyona nikoh oʻqitib uylanib oldi. Samira 4 oy deganda homilador boʻldi. Bu holat Azizga yoqmasdi. Samiraga turli bahonalarni vaj qilib bolani oldirishga harakat qilib koʻrdi, boʻlmadi! Samira "Vujudimdagi tirik jonni oʻldirmayman!"deb oyoq tirab turib oldi. Aziz tezgina Samiraning nomiga katta kredit rasmiylashtirdi. Pulni oʻzi olib koʻcha koʻyda maishat qilishga sarfladi. Kreditni esa homilador holida ishlatib Samiraga toʻlattirdi. Samira Azizni ysxshi koʻrardi. Bir kuni oʻzgarishiga umid qilar, aql kirib qolar deya kutardi... Aziz esa uni sevmas, Samiradan faqatgina foydalanardi xolos!
Nihoyat jajji chaqaloq dunyoga keldi. Ismini Samiraning oʻzi Shirina deb qoʻydi. Unga qarash uchun ishga bormay qoʻydi. Uyda qolib qiziga qarashni afzal bildi. Uning bu qarori Azizga umuman yoqmadi. U tekin tomoq boʻlib yashashga oʻrganib qolgan edi.
- Sen ishlamasang kim ishlaydi, Samira?!
Samira qop qora koʻzlarini katta-katta ochdi. U hayratta edi.
- Aziz aka... Bir oylik chaqalogʻimni tashlab qanday qilib ishlayman, oʻylayapsizmi?! Ham bilasizku tugʻruq oson kechmadi... Zoʻrgʻa oyoqda yuribman... Shu holatimda qanday ishlayman axir?!
- Uyda pul yoʻq! Bugun choyxonaga borishim kerak, pulni qayerdan olaman?!
Aziz baqirdi. Samira Azizning borgan sari oʻzgarib qolayotganidan havotirga tushdi.
- Men senga boshida aytgandim, shu bola tugʻilmasin degandim! Men bu bolaga qarshiman degandim!
- Axir bu sizniyam bolayizku Aziz aka... Oldin bunaqamasdiz...
Aziz asabiy bosh chayqadi.
- Axir erkak kishisizku... Ishlang... Men ham farzandimiz sal katta boʻlsa, bogʻchaga beramanda, ishimga qaytaman!
Aziz indamadi. Bundan bir oycha oldin 3 xonali uyim bor, onangizni kasaliga sotib davolating degandi. Lekin uy bazi sabablarga koʻra sotilmadi. Uy hamon Samiraning nomida edi. Aziz va Samira shaharning chetrogʻidagi bir kvartirada ijarada yashashar edi. Chunki bu yer Aziz uchun xavfsiz edi. Shahar markazida uni ancha-muncha odam tanib qolishi va hatto qamatib ham yuborishi mumkin boʻlgani uchun Samiraning uyida yashashni xohlamadi. Samira sababini soʻraganida esa, butkul oʻzgacha javob qaytardi.
- Bilasanmi, men erkak kishiman... Oʻzim pul topib, uy olishim kerak! Ayol kishining uyida yashash menga toʻgʻri kelmaydi. Oriyatim bunga yoʻl qoʻymaydi...
Azizda oriyat bormikin?! Qiziq... Samiraga oʻzini farishta qilib koʻrsatar va undan oʻsha uyni oʻz nomiga rasmiylashtirib berishini tez-tez gap orasida qistirib oʻtar edi. Nihoyat Shirina 10 oylik boʻlganida, Samira oʻzi uchun davlat tomonidan berilgan oʻsha 3 xonali uyni Azizning nomiga oʻtkazib berdi. Aziz ikki yil deganda Samiradan ancha-muncha narsani undirib olgandi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Dastxat (Qismli Hikoya)

4-QISM

Ariqlardan shildirab sof, musaffo suv oqib kelar, iliq havo odamlarning tanalariga yoqar, atrof bahorning goʻzal tarovatidan oʻzgacha holatga kelgan edi. Aprel oyi - Ramazon oyiga toʻgʻri keldi. Koʻpchilik Allohning rizoligi uchun, oʻz nafslaridan kechib ochlikni, tashnalikni boʻynilariga olib roʻza tuta boshladi. Rosa faqat yemaslik va ichmaslikdan iboratmi?! Albatta unday emas! Roʻza oyi odamlar gʻiybatdan, yolgʻondan, birovga tuhmat qilishdan va behuda soʻzlarni gapirishdan ham tiyilishi kerak. Koʻzlarini, tillarini, quloqlarini va qoʻllarini zinodan saqlashlari lozim. Bu oy shunday oyki, inson bolasi pokiza qalb bilan 1 oy yashashi kerak boʻlgan oy! Oʻzi asli inson faqat Ramazonda emas, boshqa oylarda ham gunoh amallardan tiyilmogʻi lozim... Iloji boricha, Alloh qodir qilganicha...
Samira talaba yigitlar yordamida bir yaxshi joyga ijaraga joylashdi. Bu uyning egasi Karima xolaga zarracha oʻxshamas edi. Ochiqkoʻngil, namozxon, taqvoli ayolligi yuzidagi balqib turgan nurdan yaqqol namoyon boʻlib turardi. Bu ayol juda oqila boʻlib, koʻp kitob oʻqir, oʻzini ustida ishlashdan charchamas, doim rivojlanishga, oldinga qarab ildamlashga harakat qilar edi.
Samira mana yangi uyga koʻchib oʻtganiga ham bir haftacha boʻlib qoldi. Ijarachi ayol nimasidir qolib ketgan shekilli tong sahardan uy qoʻngʻirogʻini chaldi. Samira eshik zinjilini tushirdi.
- Assalomu alaykum opa...
- Va alaykum assalom... Samiraxon yaxshimisiz singlim? Qiynalmayapsizmi?
Bu ayol buncha dilkash boʻlmasa?! Karima xolaning dagʻal muomilasi qanaqa ediyu, bu ayolning shirin muomilasi qanday ham ajoyib?!
- Alhamdulillah yaxshimiz, Robiya opa... Allohim sizdan rozi boʻlsin...
- Uyda ishxonamdagi tortmani kaliti qolib ketgan ekan shekilli, qarab koʻrsam degamdim?
Samira hijolatli jilmaydi.
- Nega soʻraysiz? Bu uy sizniki-ku, opa...?!
Robiya opa kuldi. "Bismillahir rohmanir rohiym..."deya uy eshigidan hatlab kirdi. Bir necha joyni qarab, titkilagan boʻldi. Samira esa jimgina uni kuzatib turar edi. Qoʻshni xonadan Shirinaning injiqlanib yigʻlagan ovozi eshitildi. Samira uning oldiga yugurdi. Robiya opa ham oʻsha xona tomon asta yurdi. Eshik oldida toʻxtadi, Samira va uning qoʻlida yana asta koʻzlarini yumayotgan Shirinaga tikilib qoldi. Yuragi allanechuk qalqib ketdi. Uning ham xuddi Shirinadek qizalogʻi bor edi... Xuddi uning yoshida, xuddi u kabi yigʻlar... U kabi jajji qoʻlchalarini maxkam mushtlab olardi. Robiya opaning koʻksi toʻlib ketdi. Koʻziga yosh keldi, lekin yigʻlamadi... Ona boladan uzoqlashib yana kalitini qidirishga tushib ketdi.
Yana bir necha daqiqadan soʻng Samira Shirina yotgan xonaning eshigini asta yopib Robiya opaning oldiga keldi.
- Uxlatib qoʻydim... Ba'zan shunaqa injiqlik qilib uygʻonadi...
- Biram shirin qizingiz bor...!
Robiya opa entikdi. Yuragida ogʻriq turganini his qildi. Buni bildirmaslik uchun gapni boshqa yoqqa burdi.
- Endi nima qilmoqchisiz Samira?
- Qizim endi 1 yoshdan oʻtdi... Bogʻchaga berolmayman, hali sutdan chiqarmadim... Shunga boshim qotgan opa... Yaqinda bir oy boʻlib qolsa, pulni qayerdan toparkinman deb oʻylayapman. Ishlamasam boʻlmaydi! Lekin boshim qotdi...
Robiya kitoblari turgan shkaf oldidan kalitini oldi. "Hayriyat shu yerda ekan"deb uni soʻmkasiga avaylab solib qoʻydi. Keyin Samiraga yuzlandi.
- Samira... Bu hayot asalim. Har kimni Allohim har xil sinar ekan. Meni ham ancha ishlar oʻtgan. Lekin oʻzimni yoʻqotib oʻymadim, kurashdim, yiqilsam yana oʻrnimdan turdim, taslim boʻlmadim! Izlagan imkon topadi! Oʻlimdan boshqa har narsaning ilojisi borligini tushunib yetdim.
Samira Robiya opani jon qulogʻi bilan tinglar edi.
- Nima ish qoʻlizdan keladi Samira?
- Hamma narsa qilolaman. Tikishni bilaman, pishiriqlar, turli salat, taomlar pishirib turaman...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Shugina bolasiniyam oʻylaamadi-ya?! Qanday bizni taqillatib tashlab ketdi?! Men uni sevgandim-ku?!
Samira oʻksonib yigʻlar, har gapirganida oʻpkasi toʻlib ketar edi. Bir pasta kun kechga yaqinlashdi. Quyosh olamdan berkinishga shoshildi. Sargʻaydi... Qizardi... Samira avtobus bekatiga bordi. U yer bir muncha yopiqroq joy ekan. Bir burchagiga oʻtirdi. Shirinani ham avaylab yotqizdi. Ustiga egnidagi kastumini yechib yopdi. Shirina hamon uxlar ekan edi. U ixlayotib baʼzan jilmayib qoʻyar... Baʼzan choʻchib ketar... Baʼzan yigʻlamsirab injiqlik qilar koʻz edi. Samiraning koʻzlari charchadi, nafaqat koʻzlari balki qalbi ham, ruhi ham charchagan edi. Kipriklari asta yumildi. Oʻtirgan joyinda uxlab qoldi...
   Qancha uxladi bilmaydi... Birdan uni kimdir turtib uygʻotdi. Shirina dod solib yogʻayotgan edi. Qattiq charchaganidan bolasining ovozini ham eshitmagan edi! Samira xushyor tortdi. Qizini shart koʻtarib erkalab, alla ayta boshladi. Uni turtib uygʻotgan odam yosh bir yigitcha ekan... Samiraga ogʻzi ochilib qarab qoldi. Samira u boladan haqiqatda hijolat boʻldi. Balki shungadir... Iloji boricha unga qaramaslikka harakat qilardi. Nihoyat yigit tilga kirdi.
   - Opa... Havo ham ancha salqinlab qoldi... Qizaloqning yuzlari muzlab ketibdi.
Samira bazoʻr javob qildi.
   - Rahmat sizga... Juda charchagandim... Yigʻlaganini eshitmay qolibman.
   - Haaa... Men talabaman. Viloyatdan kelganman... Shu yaqin oʻrtada 3-4 ta kursdoshlarim bilan ijarada turamiz... Qaniydi imkonim boʻlsa sizlarni olib ketardim...
Samira bu gʻirt begona yigitchaning gaplaridan taʼsirlandi. Koʻzlari yoshlandi. "Hatto yetti yot begona ham menga achindi... Aziz aka esa... Bizni shunday ogʻir ahvolda tashlab ketdi!" Hayolidan oʻtkazdi Samira.
  - Rahmat... Alloh rozi boʻlsin sizdan...
  - Biron joyda yashaysizlarmi opa... Xohlasangiz oʻzim olib borib qoʻyaman.
  - Koʻchada qoldik...
Samira bu gapini shunaqangi dard bilan aytdiki... Boyagi yigitning badani titrab ketdi. "Men hozir..."dedida oʻrnidan turib qayoqqadir ketib qoldi. Samira hamon qizchasini bagʻriga bosgancha asta pichirlab alla aytardi. Biroz vaqt oʻtib boyagi yigit koʻrindi. Qoʻlidagi issiqqina lavash va mevali ichimligini Samira oʻtirgan joyga avaylabgina qoʻydi. Shirina uxlab qolgan edi.
   - Oling opa... Sovumasidan yeb oling, qorniz ham ochib ketgandir...
Haqiqatdan ham Samira ertalabdan beri hech nsrsa yegani yoʻq edi. Yigitchani oldida juda hijolat boʻldi. Uyatdan yuzi qizardi. Oʻzining ahvolidan yigʻladi... Yum-yum yigʻladi.
  - Ovora boʻlibsiz... Siz studentsiz... Oʻqish osonmas uka. Ham bu yerlik emas ekansiz!
  - Opa, hijolat boʻlmang...
Yigit choʻntagini kavladi, 150 mingcha pul chiqarib Samiraga uzatdi.
  - Mana bu pulni ham olib qoʻying opa... Kerak boʻladi.
  - Yoʻgʻe keragi yoʻq uka! Oʻzizga ishlating!
Yigit quloq solmadi. Pulni qoʻyib oʻzi sekin orqasiga burilib keta boshladi. Bir necha qadam uzoqlashgach yana ortiga oʻgirildi.
  - Opa... Ertaga inshaalloh doʻstlarim bilan sizga yordam beramiz. Iloji boʻlsa shu yerda mehmonxona bor. Bir kecha tunash 120 ming oʻsha yerda dam olvoling iltimos. Anavini issigʻida yeng... Men ketishim kerak, Allohga omonatsiz!
Samira bu notanish, lekin juda dilkash, mehribon yigitchaga mehr bilan tikilib qoldi. Asta pichirlab javob qaytardi.
  - Sizdan Allohim rozi boʻlsin ukajon...

3-QISM TUGADI

✍ Usmonaliyeva Munira.
⏰13.02.2025.             00:24

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Toʻgʻri aytasiz qizim... Men Mohinurxonni onasinikiga joʻnatib yuboraman... Oʻsha yerda turgani yaxshiroq boʻlar...
- Mayli xolajon... Mana bu dorilarni ichib tursinlar... Yana vitaminlar ham yozdim. Bolani rivojlanishiga foyda beradi.
- Xoʻp qizim... Bugunoq dorixonadan olib kelib beraman...
Doktorlar ketishdi. Odina xola uxlab yotgan kelinining yoniga asta oʻtirdi. Mohinurning yuziga qaradi... Uning yuzidagi koʻkargan joylariga, koʻzi ostidagi shishga, labining chetidagi yoriqqa qarab yuragi zil ketdi. Qalbida kuchli bir gʻalayon koʻtarildi. Boʻgʻziga bir narsalar tiqildi. Asta pichirladi.
- Men odam tugʻmabman... Men bir maxluqni dunyoga keltiribman. Shoʻrlik qiz!
Odina xola roʻmolining cheti bilan yuziga tomgan yosh tomchilarini artdi. Sekin oʻrnidan turib kelinining xonasiga kirdi. Katta bir chamadon tayyorladi. Unga kelinining kiyimlarini taxlab joylashtirdi. Yaqinda olgan nafaqasidan 400 mingcha pul qolgan edi. Hammasini olib chiqib chamadonga avaylab solib qoʻydi. "Mohinur ketishi kerak... Boʻlmasa oʻziga ham, tugʻilajak nevaramga ham zarar yetadi... Bu zolim hali yana qanday hunarlar koʻrsatadi Alloh biladi! Men bu mushtipar qizni bunchalar xoʻrlanishini jim kuzatib turolmayman... Oʻzim birga borib onasiga, akalariga yaxshilab tushuntiraman... Bola tugʻulgunicha Mohinur oʻsha yerda yashab turgani maʼqul". Odina xola hayolidan oʻtkazgan fikrlari qanchalik toʻgʻri ekanligini qalbi bilan his qildi. Anchagacha kiyimlar va pul solingan chamadonga tikilib qoldi. Qoʻshni xonadan Mohinurning ingragan ovozi eshitildi.
- Oyi... Oyijon...
Odina xola kelinining tepasiga keldi.
-Nima boʻldi jonim bolam...? Mazayiz yaxshimi?
- Hammayogʻim ogʻriyapti...
- Jonim qizim... Alloh sizdan rozi boʻlsin... Sizdaqa oqkoʻngil, samimiy farzandni tarbiyalargan ota-onangizga ming rahmat bolam! Men bolamni tarbiya qilolmadim...
Odina xola yigʻladi. Gapirayotib lablari titradi, ovozi ham juda gʻamgin edi.
- Otasi ham xuddi oʻgʻlimdek zolim edi... Ota-onam yoshligimda oʻlib ketishgan... Meni boradigan joyim, boshimni silaydigan insonim yoʻq edi! Hech qayoqqa ketolmasdim. Tishimni tishimga qoʻyib erimni zulmlariga chidadim. Ichib kelib yuzimga tupurib yuborgan kunlari boʻlgan hatto! Xoʻrlanardim!
Odina xolaning koʻz yoshlari yuzlarini yuvdi. Mohinur ham yotgan joyida yum-yum yigʻlardi.
- Dadasi oʻlgach, oʻgʻlim ham xuddi unga oʻxshab qolganini sezdim... Bola boʻlib biron marta "Onajon!"deb yuzimdan oʻpmadi, biron marta menga achinmadi... Mohinur qizim, sizni onangiz bor, akalariz bor... Homiladorsiz, agar bu yerda qolsangiz oʻzizgayam, bolangizga ham qiyin boʻladi! Men kiyimlarizni tayyorlab qoʻydim...
Odina xola eshik oldiga qoʻyilgan chamadonga ishora qildi. Mohinur boshini sal burib qaynonasi koʻrsatgan tomonga asta qaradi.
- Ketishiz kerak qizim... Men chamadonga pul ham solib qoʻydim. Oʻzizni ehtiyot qiling, Allohimni panohida boʻling bolam! Mendan havotir olmang, men oʻgʻlimni qiliqlariga ko'nikib ketganman. Men taksi chaqiraman, birga boraman, onangizga oʻzim tushuntiraman...
Odina xola telefonini olish uchun qoʻzgʻalayotgan edi, Mohinur uning bilagidan ushlab toʻxtatdi.
- Yoʻq... Oyijon... Hech qayoqqa ketmayman. Siz bilan qolaman! Men sizni bu odamni oldida yolgʻiz qoldirib ketolmayman. Oʻgʻliz peshonamga yozilgan qismatim ekan, nimayam qilardim! Allohim qilgan sabrlarimga mukofot beradi, inshaalloh! Sizning ham mukofotingiz abadiy Jannatdir, inshaalloh! Nima boʻlsa boʻlsin men shu yerda qolaman oyi...
Mohinur yosh toʻla koʻzlarini unga mehr bilan boqib turgan qaynonasiga qadadi.
- Jonim qizim... Qiynalib qolasiz bu yerda!
- Mayli! Peshonamdan! Alloh osonlik beradi, inshaalloh! Lekin sizni tashlab ketmayman!
Odina xola ich-ichidan juda quvondi. Alloh unga 10 ta farzandni oʻrnini bosadigan bir kelin ato qilgandi. Lekin bir tomondan oʻgʻlidan hayiqar, Mohinurga nimadir qilib qoʻymasmikan deb qoʻrqardi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Dastxat (Qismli Hikoya)

3-QISM

Mohinurning peshonasiga yozilgan qismat yuki juda ogʻir keldi. Aziz toʻydan keyin ham zarracha oʻzgarmadi. Endi u onasiga qilgan betayinliklarini 10 barobar orttirib xotiniga qila boshladi. Yarim kechasi ichib kelar, yoshgina kelinchak - Mohinurni ayamay doʻpposlardi. Mohinur kelin boʻlib tushganining birinchi oyidanoq Azizni qanchalar hayvonsifat inson ekanligini koʻrdi. Bu bilan qanday qilib butun umr yashayman deya oʻylab qoldi. Odina xola boshina Mohinur haqidagi gap-soʻzlar tufaylimi, uni uncha xushlamadi... Lekin keyin... Mohinur qalbi pok, begʻubor bir qiz ekanligini tushundi. Uni oʻz qizidek yaxshi koʻrib qoldi. "Allohim menga sizdek farzandni berdi" deya Mohinurga koʻp aytar, peshonasidan oʻpayotib mungli koʻzlari jiqqa yoshga toʻlardi. Mohinurning kelinlik hayoti shu tariqa boshlandi. Bir kun Aziz umuman kayfiyatsiz bir holatda uyga keldi. Hali soat endigina 8 ga yaqinlashib qolgan edi. Oʻgʻlining bunaqa barvaqt kelishi ona uchun yangilik edi. Mohinur ham birinchi marta erini ichmasdan hushi joyida holatda ishdan kelganini koʻrdi. Erini kutib olish uchun eshik tomonga yurdi.
- Assalomu alaykum... Aziz aka yaxshi kevoldizmi?
Aziz xotiniga emas, uy ichida oʻtirgan onasiga qarab baqirdi.
- Ona! Ona!
Odina xola yugurib oʻgʻlining oldiga chiqdi.
- Ha... oʻgʻlim tinchlikmi?!
- Uyda nimayiki qimmatliroq narsalaring boʻlsa olib chiqinglar, tez!
Odina xola ham, Mohinur ham hech narsaga tushunishmadi. Shuning uchun boʻlsa kerak, turgan joylarida qotib qoldilar. Azizning vajohati yanada ortdi.
- Boʻlinglar! Tezlashinglar!
- Nimaga oʻgʻlim? Biron narsa boʻldimi?
Aziz "Yana gapiradi-ya?!" deya boshini asabiy silkitdi. Odina xola oʻgʻlining nimadan bunchalik jahli chiqqaniga hayron edi. Lekin shunday boʻlsa ham, uni aytganini qildi. Xonasiga kirib 2 ta tilla uzuk, bitta kumush zirak va 500 mingcha pul olib chiqdi. Oʻgʻliga asta berdi. Koʻzlar Azizning ogʻzida... Biron narsani tushuntirib berarmikan deb jim qarab turardi.
- Bu kam!...
Aziz endi Mohinurga yuzlandi.
- Senda u-bu narsa bormi?! Tez olib chiq! Ishim juda zarur!
Mohinur ham xonasiga kirib ketdi. Sal oʻtib 1 ta tilla uzuk va tilla zanjir olib chiqdi.
- Shular bor xolos menda. Keyin qoʻlimdagi nikoh uzugi...
- Qoʻlizdagi tursin, qizim... Nikoh uzugiku bu?!
Odina xola oʻgʻliga iltijoli qaradi. Aziz ham biroz hovuridan tushdi.
- Mayli... Qoʻlingdagini yechma... Shu yetib qolar. Pa'dariga ming la'nat! Qimor mengamas ekan! Endi oʻynamayman!
Aziz shunday deganicha uydan otilib chiqib ketdi. Azizning gaplaridan ma'lum boʻldiki, u umrida birinchi marta qimor oʻynagan va anchagina pulni yutqazgan, ustiga ustak qarz ham boʻlib qolgan! Odina xola oʻgʻlining bu qilmishidan oʻzini yoʻqotib qoʻydi. Oʻtirvolganicha ikkila qoʻli bilan tizzalarini urib dod solib yigʻlay boshladi.
- Bu bola bizni kafangado qiladi! Bu kimga tortdi oʻzi?! Men Xudodan shunday oʻgʻil soʻraganmidim?! Meni kuydirdi bu bola! Ado-yu tamom qildi!
Odina xola yum-yum yigʻlar Mohinur ham koʻz yoshlarini tutib turolmasdan qaynonasining oldiga choʻkkaladi.
- Qoʻying, oyijon yigʻlamang... Odam boʻlib qolarlar bir kun! Sogʻligiz ketadi, bunaqa siqilmang...
- Sogʻlik qoptimi menda bolam?! Bazoʻr bu dunyoda yashab yuribman...
- Unaqa demang, hali hammasi yaxshi boʻladi. Yorugʻ kunlarimiz oldinda!
* * *
Azizning doʻpposlashlari ortsa ortdiki, lekin kamaymadi. Arzimagan bahona topib uyda katta janjal koʻtarar, nafaqat oʻz oilasini balki mahalladagi barcha qoʻshnilarni halovatini buzar edi.
- Mohinur! Mohinur deyapman!
Mohinur yugurib keldi. Azizning qolida kecha yangi sotib olgan shim turardi.
- Labbay...
Qoʻrqa-pisa javob qildi Mohinur.
- Bu nima?!
- Shimiz...
- Koʻrib turibman! Bu nima deyapman?!
Mohinur hech narsaga tushunmadi. Eriga moʻltirab tikilib qoldi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Bollarim, sizlar oʻgʻil bolasizlar! Oʻgʻil bola mard boʻladi! Oʻgʻil bola oilasidagi zaifalarni doimo himoya qilishi kerak...
Mansur gapni boʻlib savol berdi..u hali biroz kichik, 10-11 yoshlardagi bolakay edi...
- Dadajon... "Zaifa" nima degani?
Kozim aka Mansurni boshini siladi. Mehr bilan qaradi.
- Zaifa, oʻgʻlim... Zaifa... Bu oiladagi ayollardir. Nafaqat oiladagi balki butun dunyodagi barcha ayol-qizlar zaifadirlar bolam.
- Nega ulani bunday deyishadi oʻzi?
Yana savol berdi Mansur.
- Chunki bolam, zaifa yani ojiza... Ular doim kimgadir suyanib yashaydilar, bazi ishlarni bajarishga ularning kuchlari yetmaydi... Baʼzi dardlarni, ogʻir kunlarni yengishga ojizlik qilishadi... Ularni dardini tushunadigan, koʻz yoshlarini artadigan, xafa boʻlsa shirin soʻz aytib ularni koʻnglini koʻtaradigan bir yelkadoshga muhtoj boʻlishadi...
- Haaa... Tushunarli. Oyim ham kecha oʻtin qilaman deb qoʻllarini qattiq jarohatlabnoldilar, zaifa boʻlganliklari uchun uddalay olmadilar toʻgʻrimi dadajon?!
Kozim aka ham, Nurxon ham Mansurning gaplaridan kulib yuborishdi. Kozim aka kulgudan toʻxtab Mansurning peshonasidan oʻpdi.
- Barakalla oʻgʻlim! Xuddi shunday! Zaifa boʻlganlari uchun bunday ogʻir ishlarni erkaklar bajarishi kerak... Oying va singling oilamizning zaifalaridir, bolam!
Mansun dadasi rahmatlining shu soʻzlarini juda koʻp eslaydi. Doim oʻqishdan uyga qaytganida onasi qilolmaydigan barcha ogʻir ishlarni oʻzi bajaradi. Iloji boricha dadasining nasihstlariga quloq solishga tirishadi. Nurxon lekin unday emas... Nurxonning feʼli shundayki, u avval bajarib, keyin oʻylaydiganlar hilidan! Shoshilib qaror qabul qiladida, keyin qilgan qarori xato boʻlsa, afsus chekib oʻtiraveradi..."Ehh... Shu ishni mana bunday qilsam boʻlarkan..."deya oʻylaydi. Lekin unda ancha kech boʻlgan boʻladi. Mohinurning taqdirini ham, hech kim bilan maslahatlashmay, shoshilib hal qildi qoʻydi. Na onasi Mohira xolaga, na ukasi Mansurga bu haqida aytmadi. Dabdurustdan kelgan sovchilarni shaxsan oʻzi chiqib kutib oldi. Onasini qoʻyarda qoʻymay, shu yigitga singlisini berishga koʻndirdi.
- Xudoga shukr! Endi yuzimiz yorugʻ boʻladigan boʻldi, oyi! Aziz qizingizni toʻy qilib olmoqchi!
Nurxonning shodligi ichiga sigʻmas, bu qilgan ishidan oʻzicha mamnun edi. Mansur akasining shoshqaloqligidan biroz norozi boʻldi.
- Aka! Bekor shoshildizda... U yigitni tuzukroq surushtirib ham koʻrmadik. Odamlar gapirib-gapirib bir kuni unutishadi! Qarorizni yana bir oʻylab koʻring aka... Keyin pushaymon boʻlib qolmaymizmikin?!
Mansurning gaplari Mohira xolaga ham yoqib tushdi.
- Ha oʻgʻlim... Mansurjon haq! Yana bir oʻgʻlab koʻr... Hech... Shu bolaga koʻnglim isimayapti.
Nurxon ukasiga yovqarash nigoh tashladi. Ichida "Oʻzi mushtakkina boʻla turib, meni qarorimni muhokama qilishni kim qoʻyibdi unga?!" "Bir kami endi oʻz ukamga hisob berishim qolgan edi?!" oʻyladi Nurxon. Mansur soʻzida sekin davom etdi.
- Ham... Mohinur hali yosh aka... Endi 18 ga kiradi... Oilani eplolmedi.
- Boʻldi qil!
Nurxonning ovozi shunday keskin chiqdiki, hatto onasi indolmay labini tishlab qoldi.
- Men lafz qildim deyapman! Lafz! Lafz nimaligini bilasanmi sen?! Agar erkakni lafzi boʻlmasa, u erkan hisoblanmaydi. Men oʻsha bolaga singlimni senga beraman deb lafz qilganman... Va bu fikrimdan qaytmiman!
Boʻldi. Hamma jim. Nurxonning qaror tasdiqlandi. U singlisini aroqxo'r, nomard, firibgar bir kimsaga qoʻsh qollab uzatib yuboryapti! U hozirgi gap-soʻzlardan uyalib shu qarorga keldiyu, lekin singlisi bu odam bilan qanday yashashi mumkinligini oʻylamadi...
* * *
Quyosh chiqdi. Kamon oʻqi singari uzun, sargʻish nurlar har tomonga otildi. Belanchakda Shirini chinqirib yigʻlab qoldi. Samira bolaning oldiga yugurib keldi. Qornini toʻygʻazdi... Birozdan soʻng jajji koʻzchalarini yumib yana uyquga ketdi. Samira bu shiringina qiziga qarab koʻksi toʻlib ketdi. Boʻgʻziga nimadur kelib tiqildi. Keyin birdan ikki kafti bilan yuzini berkitganicha piq-piq yigʻlab yubordi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Mohinurning 2 ta akasi bu isnodni koʻtara olmadilar. Singlisini ikki aka oʻrtaga olib rossa doʻpposladi. Mohinurning yuzlari tanib boʻlmas holga keldi.
- Voy shoʻrim!!! Boshimda shu kunlar ham bormidi?! Nega urasan?! Yolgʻizgina singling boʻlsa oʻzi!
- Ona! Yolgʻiz qizim deb erkalatib yubordiz! Boshimizga chiqdi! Bizni el-yurt oldidagi obroʻyimizni bir pul qildiku?! Bu qizizi aslida tiriklayin koʻmib tashlashimiz kerak edi! Bizni sharmanda qildi. Koʻchada bosh koʻtarib yurolmay qoldik-ku ona?!
Bu ikki aka-ukalar tezda singlisidan qutulishnigina oʻylashar edi. Singlisining kelajakdagi taqdiri esa, ular uchun anchayin ahamiyatsiz boʻlib qolgandi. Mohinurning boshiga haqiqatda qora kunlar kelishni boshladi. Uni soʻrab sovchilar deyarli kelmay qoʻydi. Kelganlari ham qoʻni-qoʻshnilardan surishtirishar u haqidagi mish-mishlarlarga chippa-chin ishonishganicha ortlariga qaytib ketishardi. Aziz Mohinurga uylanmoqchi edi. Shuning uchun ham u haqidagi gap-soʻzlarga unchalik ham eʼtibor qilmadi.
- Eeee Aziz! U yaxshi qizmas! Kollejdagi domlacha bilan darsdan keyin qolib... Nimalar qilgan Xudo biladi!
- Oʻzi u haqidagi mish-mishlarlar haqiqatmi?
- Bilmadim... Balki rostdir, balki bu odamlarning gap-soʻzlaridir! Lekin baribiram bu qiz el ogʻziga tushdida oʻrtoq!
Aziz juda koʻp oʻyladi. Oʻylay-oʻylay axiyri bir qarorga keldi. Va bu qarorini ichidan oʻtkan fikrlari bilan yanada chuqurroq tasdiqladi. "Oʻzim Farishtamidim?! Bir oʻgʻri kazzob boʻlsam! Buzuqimi, boshqami endi menga umuman farqi yoʻq... Oʻzim toza boʻlmasam Xudoyim menga pokiza xotin berarmidi?! Nima boʻlsa boʻlsin! Men Mohinurga uylanaman..." Aziz oʻz qarorini onasiga borib aytdi.
- Ona! Menga shu qizdan boshqasi kerakmas! Uylansam faqat shunga uylanaman...
Odina xola oʻgʻlini feʼlini juda yaxshi biladi. Oʻgʻli bir narsaga ahd qildimi, albatta oʻsha ishni bajarmasdan qoʻymaydi. Va yana... Odina xola qarshilik qilgani bilan oʻgʻli uning soʻziga kirarmidi?! Yoʻq! Aziz onasini bironta gapini qulogʻiga olgan bola emas! Undan keyin bu bezori, ichkilik ichib koʻplarni halovatini buzadigan yana ustiga ustak qoʻli egri oʻgʻliga aqli bor, yaxshi oilani esli qizi ikki dunyodayam turmushga chiqmaydi. Mayli oʻxshatmasdan uchratmas deydilar! Qiz ham oʻgʻliga munosib... Odina xola shularni hayolidan oʻtkazdi. Roʻparasidan sigaret tutatib oʻtirgan oʻgʻliga qaradi.
- Mayli bolam... Oʻsha qizni olib beraman...
Aziz ogʻzidan sigaretini chiqarib kulini toʻkdi. Yana oʻgʻziga solib chuqur tortdi. Hamma yoq sigaret tutuniga toʻldi. Odina xola tutun hidiga chidolmay yoʻtaldi.
- Shu yerda chekmasang boʻlardi, bolam... Menga yoqmaydi sigaret hidi.
Aziz onasining gaplariga parvo ham qilmadi. Shart oʻrnidan turdi-da eshit tomonga yoʻnaldi. Keyin toʻxtab onasiga qaradi.
- Ertaga sovchilikka borasiz! Men qizni akasi bilan gaplashib qoʻyganman!
- Xoʻp oʻgʻlim, xoʻp...
Eshik qarsillab yopildi. Odina xola chuqur "uhh" tortdi.
- Ishqilib... Oxiri bahayr bo'lsinda!
* * *
Mohinurning akalari koʻcha-koʻyda ancha-muncha obroʻga ega yigitlar edi. Singlisi haqidagi yolgʻin gaplar odamlar ogʻzidan tushmay qolgach, ikki aka-ukani qoʻl uchida koʻrsata boshladilar. Hatto yaqin doʻstlari ham, ularni koʻrishsa piching gaplar qiladigan boʻlishdi.
- Ha Nurxon?! Oshna! Bormisan?
Nurxon - Mohinurning katta akasi. Yaqindagina uylangan edi. U oʻqimishli, ishbilarmon yigitlardan. Mashina biznesi bilan shugʻullanadi. Yani mashina olib, mashina sotadi...
- Ha, assalomu alaykum qalesiz aka?
- Yaxshiman, rahmat uka. Oʻzinglar yaxshimi? Nega koʻchada kamnamosizlar?
Nurxon Said akaning piching gapini tushindi. Yuzi gʻazabdan burishib ketdi.
- Bu... Koʻchada jaaa karillab yurardilaring... Hee! Tavba qildim! Koʻchada karillahuncha, singillaringga qattiqroq turmabsizlarakanda!

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

ОҒЗИ КУЙГАН АМИР ТЕМУР
Қарши қалъасин забт этолмай, дилга кадар тугиб қайтмоқда эдим. Қизилдарёдан кечиб, бир қишлоққа қўндик. Мен бир кулбани ихтиёр этдим. Унда ушоққина кампир яшар, тирикчилиги ёлғиз  эчкидан эркан. Мен момодан бирор овқат қилиб бермоқни ўтиндим.
Момо олдимга атала тўла товоқ келтириб қўйди. Оч эрдим. Оғоч қошиқни товоқдаги аталага тўлдириб, ютоқиб еган эдим, оғзи-тилим куйгандан куйди. Шунда момо деди:
- Сен-да Амир Темурга ўхшаш шошқалоқлардан экансан.
- Темурбекнинг шошқалоқлигини қайдин билдингиз, момо? - деб сўрадим.
- Эшитишимча, Амир Темур Қарши қалъасига тик бориб, уни ололмабди. Магарки, агар қалъа атрофидаги кичик-кичик қишлоқ ва маҳаллаларни эгаллаб, куч тўплаб, сўнг қалъага ҳужум қилмоқ лозим эди. У эса бир йўла бекликни олмоқчи бўлди-ю, шашти синди. Шунга ўхшаш сен ҳам шошдинг ва оғзингни куйдирдинг. Аталани аввал овқат гирдидан олиб, секин-секин ялаб кўради, совуганини билгач, қошиқни тўлдириб ейди-да...
Шунда хатоимни англагандай бўлдим. Ва дедим:
-  Дархон момо, ўшал шошгич Амир Темур мендирман. Танбеҳингизни бош устига олдим. Тиланг тилагингизни...
Дархон момо одамлар учун ариқ қазиб, сув чиқариб беришни сўради. Орадан кўп ўтмай Танқос дарёсидан ариқ қазиб, сув чиқариб бердим.

АМИР ТЕМУР.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

9-fevral - buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Aziz parvo ham qilmadi. Piyolasiga yana toʻldirib ichkilik quydida, bir koʻtarishda ichib yubordi.
- Men sizni hiyonatlarizdan charchab ketdim! Ablaxligizdan toʻydim!
Aziz xotiniga koʻzlarini ola-zarak qilib qaradi.
- Charchadingmi?! Toʻyib kettingmi?! Unday boʻlsa ket! Ruxsat! 4 tomoning qibla!
Mohinur yoshli koʻzlarini asta artdi. Ovozida gʻazab, adsus, alam mujassamlandi...
- Jon deb ketardim... 3 ta bolamni oʻylayman. Uyimga qaytay desam ota-onan oʻzi zoʻrgʻa kun kechirib yashashyapti...
- Diydiyoyingni yigʻishtir! Undan koʻra kechka tuzukroq ovqat qil!
Mohinur eriga tikilib qarab qoldi. Odam bolasi shunchalik ham tuban boʻladimi?! Na vijdon bor?! Odamgarchilik degan hislat bu insonda yoʻqmikin ajab?!
Mohinur yoshligini, umrini shu odamga boshlamadimi? Yedi! Aziz uning umrini yedi! Aziz uning yoshligini yedi! Zavq-shavqini, quvonchini yedi! Ularning yoshlikdagi hotiralari ham ogʻriqli va koʻz yoshlarga toʻla boʻlmadimi?
* * *
Aziz kichkinaligidan qoʻli egriroq edi. Odamlarni aldab pul topishni yaxshi koʻrardi. Bir safar qoʻshnisining tovugʻi Azizlarning hovlisiga kirib qolgandi. Uni shart ushladiyu boʻgʻziga pichoq tortib yubordi. Patini yuldi, tozaladi... Mahalla boshidagi magazinga olib bordida, sotib yubordi... Oʻshanda Aziz endigina 14 yoshga kirgan edi.
Otasi uchiga chiqqan alkash odam boʻlgan. Ichib kelib onasi bechorani ayovsiz kaltaklardi. Ona shoʻrlik uyda turli pishiriqlar, manti, xonimlar pishirib bozorlarga, doʻkonlarga tik oyoqda yurib sotib kelar edi. Azizning dadasi esa, uyda yotar, bir tiyn pul topmas, ichib olib uyda janjal qilishgagina yarar edi. Aziz ota tarbiyasisiz ulgʻaydi. Koʻcha koʻyda bezoriliklar qildi, odamlarni aldadi, bozorda ishlagan mahali tarozidan urib qoldi... Uning bu ishlari na oʻziga, na oilasiga foyda olib keldi, balki faqat laʼnat va nafratgagina sabab boʻldi xolos. Onasi qoʻlidan kelganicha oʻgʻliga tanbeh berar edi. Notoʻgʻri ish qilganini eshitgan zahoti oʻgʻliga bu ishi xato, gunoh ekanini aytib charchamasdi. Lekin bu tanbehlar, bu tushuntirishlar Azizning oʻng qulogʻidan kirib chap qulogʻidan chiqib ketardi. Aziz onasining gaplariga pisand qilmas, faqat oʻzinigina oʻylaydigan xudbinga aylanib qolgan edi.
Shunday kunlar oʻtaverdi. Azizning bu egri ishlari hammayoqqa yoyilib ketdi. Qishloqda uni koʻrishgan zahoti qpllarini bigiz qilib, ana Aziz oʻgʻri deb koʻrsata boshlashdi. Aziz odamlarni malomatlaridan zerikib 18 yoshida shaharga ketdi. Oʻziga oʻxshagan bir toʻda bezori yigitlarga qoʻshilishib noqonuniy yoʻllar orqali pul topa boshladilar. Qilmish-qidirmish! Azizning sheriklari bir kishiga tajovuz qilib, pullarini zoʻrlik bilan tortib olayotgan mahali qoʻlga tushib qoldi. Aziz esa, qochib qutuldi. Toʻgʻri qishloqqa qaytib keldi. Uni shaharda qidiruvga berishganini eshitgach, oylab uyidan koʻchaga chiqmay oʻtirdi. Nimadir boʻldiki, yuqoridagilar bu ishni bosti-bosti qilib yuborishdi. Sababi bezori yigitlardan biri shahar hokimining jiyani boʻlib chiqqanligi edi. Aziz ancha vaqt shaharga qaytmadi. Bu yerda bir muncha ishladi... Amallab yashay boshladi. Lekin oʻrgangan koʻngil, oʻrtansa qoʻymas deyishganlaridek onda-sonda mayda o'gʻirliklar qilib turdi. Oradan yana bir yil oʻtib ketdi...
Azizning dadasi jigari qurib ketgani oqibatida vafot etdi. Onasi erining zulmlaridan qutuldi. Hayoti bir muncha yaxshilandi. Lekin endi oʻgʻlining qilayotgan ishlari bechora onani ezardi, uning kelajagidan havotirga tushardi. Lekin Aziz oʻzining ertasini umuman oʻylamas, faqat hozirgi kunim oʻtsa boʻldi deya yashaydiganlardan edi! Dadasining vafoti unga hech qanday tasir oʻtqazmadi. U uchun dadasi tirik boʻlsa ham bir, oʻlgani ham bir edi! Bu yigit otasi boʻla turib ota mehrini koʻrmadi... Bir ogʻiz otasidan tanbeh eshitmadi... Uning tarbiyasini olmadi! Bu ota na farzandiga mehr berdi, na unga qattiq turib yomon yoʻllardan qaytarmadi.

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

- Samira, jonim yaqinda toʻyimiz boʻladi-ku, Xudo xohlasa mana koʻrasan seni hech qachon xafa qilmayman, koʻzingdan bir tomchi yosh oqizdirmeman, yigitlik soʻzim!
- Aziz aka, ishonaman sizga...
Aziz quvlik bilan Samiraga koʻz qirini tashladi. Uni dardi Samira emas, umuman boshqa edi...
- Bilasanmi... Onam qattiq betob boʻlib qoldilar. Qishloqda qolganlar ancha ahvollari ogʻirmish.
- Voy, Alloh saqlasin! Shifosini bersin!
- Ilohim. Ishlarim ham yurishmayapti. Mashinamni ham sotdim. Dori-darmonlariga ancha ketib qoldi-da...
Samiraning Azizga chin dilidan rahmi keldi. "Bechora! Qanday yaxshi insonlar... Onasini judayam yaxshi koʻrarkanlar! Meni onam yoʻq, shu ayol Xudo xohlasa mening ham onam boʻladi. Shu inson bir umrlik yoʻldoshim boʻladi-ku, yordam qilsammikin" oʻyladi Samira.
- Aziz aka... Agar xohlasangiz 2 xonali uyim bor, davlat tomonidan berilgan, oʻshani sotamiz. Onangizga... Haligi Xudo xohlasa tuzalib ketsalar juda xursand boʻlardim.
Aziz xuddi shuni kutib turgan edi. Lekin sezdirmaslikka harakat qildi.
- Yoʻgʻe, kerakmas jonim. U seni haqqing. Qoʻyaver bir amallab pul qilarman. Sen oʻylama!
- Bu nima deganiz? Men sizga begonamasmanku. Mayli uy topiladi, Aziz aka, ona topilmaydi! Ijara yashab turarmiz, ikkalamiz ham baravar ishlasak, uzogʻi 2-3 yilda yangi uy olamiz.
Aziz Samiraning sof muhabbatidan, sodda qalbliligidan rossa foydalandi. Aslida uning onasi kasal emasdi. Azizning qishloqda xotini, bola-chaqalari bor edi. Lekin bu narsalarni u Samiraga aytmadi. Iloji boricha bildirmaslikka tirishdi. Onam qattiq kasal toʻyimizga kelolmaydi,deb bironta qarindosh urugʻini aytmasdan shaharda kichkinagina qilib toʻy qildi. Avval onam tuzalvosinlar, zagsdan keyin ham oʻtaveramiz, nikohimiz bor-ku, deya bechora qizni aldadi... Mana endi bolali boʻlganlarida, Azizning qishloqdagi xotini bilib qolib, Azizga yo biz yo oʻsha shaharlik xotiniz, deb shart qoʻydi, onasi ham agar hoziroq qishloqqa qaytmasang, meni senday oʻgʻlim yoʻq! deb ohu-voh qildi. Aziz tabiiyki oʻzing 1-ayolini va 3 nafar qorakoʻz farzandlarini tanladi. Nega ketayotganini aytmay shart kiyimlarini yigʻishtirdi-yu Samirani qon yigʻlatib tashlab ketdi!Samira hali 2 ga ham kirmagan qizchasi bilan bir o'zi yolg'iz qoldi. Birdan eshik qattiq taqilladi. Keyin esa do'q ovozi:
- Eshikni och! 3 oydan beri ijara pulini bermaysan! Meni ahmoq deb o'ylayapsanmi?!
Samira qattiq qo'rqib ketdi. Bu uy egasi Karima xola edi. Samira yugurib borib eshikni ochdi. Karima xola nafratdan chaqchaygan ko'zlarini olaytirganicha Samirani bir dunyo gap bilan ko'mib tashladi:
- Senlar ham odammisan a?! 3 oydan oshib ketti-ku! Qachongacha aldaysanlar?! Bor! Eringni chaqir!
Samira nima deyarini bilmay dovdirab qoldi. Ko'ziga jiqqa yosh to'lganicha bazoʻr gap boshladi.
- Xolajon... Iltimos, faqat to'g'ri tushuning, erim bir haftadan oshdi chiqib ketganlaricha qaytib kelganlari yoʻq. Uyda ishonsangiz bir so'm ham pulimiz qolmadi. Go'dak bolam bor. Erim kelsalar albatta bir amallab topib beramiz.
Samiraning ko'z yoshlari oqdi. Lablari muttasil titrar edi. Lekin Karima xola unga zarracha achinmadi. Vajohat bilan qo'lini siltab-siltab gapirdi:
- Oooov, men ahmoqmasman! Ertagacha muhlat senlarga, yo pulni tayyorlab qo'yasan, yo uyimdan yo'qolib chiqib ketasan!
- Ertagacha? Jon Xolajon, ertagacha qayerdan pul topaman yolg'iz boshim bilan?
Karima xola Samirani siltab tashladi.
- Bilmadim, kerak bo'lsa o'zingni sot! Lekin menga ertagacha pulni taxt qilib qo'y!
Karima xola shunday deganicha shaxt bilan ortiga burilib zina bo'ylab pastga tushib ketdi. U tushib ketarkan tinmay Samirani va uni erini haqorat qilardi.
- Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim ekanda! Yaxshilik yoqmagan bandalar! Erim yoʻqmish?! Kelsa topib berarmish?! Ertagingni boshqasiga aytasanlar! Mengamas...

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

• Одам учта нарсанинг қадрини доим кечикиб билади. Ёшлик. Соғлиқ. Тинчлик.
• Дўстни хўрлаш – гуноҳ. Умр йўлдошини хўрлаш – юз ҳисса гуноҳ. Ота-онани хўрлаш – минг ҳисса гуноҳ. Гўдакни хўрлаш – чексиз гуноҳ...
• Иш кўплиги-ю, вақт йўқлигидан нолиманг. Вақт кўплиги-ю, иш йўқлигидан қўрқинг. Одамни абгор қиладиган нарса – бекорчилик.
• Ҳатто, булбул ҳам бола очганидан кейин сайрашни бас қилиб, полапонларига емиш ташийди.
• Эрталаб турганингда, кундузи юрганингда, кечаси ухлаганингда ҳеч қаеринг оғримаса шунинг ўзи бахт!
• Ақл билан мансабга эришиш мумкин. Мансаб билан ақлга эришиб бўлмайди.
• Дунёда мукаммал нарса йўқ. Ҳатто Муҳаббат деб аталмиш олий туйғуда ҳам адолатсизлик бор. Ким қаттиқроқ севса, ўша кўпроқ изтироб чекади.
• Инсоннинг баҳоси бу дунёда ўзи олгани билан эмас, ўзидан қолгани билан белгиланади.

©Ўткир Ҳошимов

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Отаси қўй гўштидан тайёрланган кабобни жуда яхши кўрарди. Буни билган ўғил у кишини яхши бир ошхонага олиб борибди. Аввалига ота кабобини ўзи ейишга ҳаракат қилибди. Ҳар сафар овқатини оғзига олиб борганида қарилиги сабаб қўллари титраб таоми соқолию атрофига тўкилибди.

Ошхонада ўтирганларнинг назари уларга қаратилди. Пастназар қарашлар, масхаромуз жилмайишлар ва кайфияти бузилган чеҳралар.  Ўғил эса сабр билан отасига таомини едиришни бошлади.

Ниҳоят таом тугади, ўғил отасини сув олдига етаклади, оғиз-қўлларини, ёғ томган соқолини ювиб қўйди, кўзойнагини артиб тақиб қўйди. Кейин эса отасини қўлтиқлаб чиқиш эшиги томон юрди. Норози назарларга қарамай ўғил хурсанд эди, чунки отасини хурсанд қилган эди у.

Овқат пулини тўлаб чиқиб кетаётган ўғил ортидан бир амакининг овози эшитилди:
— Ҳой ўғлим, бу ерда бир нарса қолдирдинг унутма.

Яна назарлар улар тарафга бурилди. Бир оз ўйланган йигит:
— Ҳеч нарса қолдирмадим, амаки, – деб жавоб берди
— Болам, сен бу ерда жуда қимматбаҳо нарса қолдирдинг!
— Нима қолдирибман, амаки?!
— Сен бу ерда ҳар бир фарзанд учун дарс, ҳар бир ота учун умид қолдириб кетяпсан!

Бир муддат ошхонани сукунат қоплади, ҳамма қилган ишидан, фикрларидан уялиб қолди. Бу кишилар унутишган эди бир пайлар оталаридан нажот топганларини... Аммо, бирор марта айтишмаган эдики:
— Ёнимда эканлигингиз мен учун ҳар нарсадан афзалдир, ота!!!
— Сиз ҳам мендан ўзингиз учун бирор нарса сўранг, отажон!

Отангиз ғанимат. Уларни асраб-авайланг!

Сиз отангизни охирги марта қачон кабоб олиб беришга оборганингизни эслай оласизми?

Читать полностью…

Hikoyalar (G&M)

Endi uning hamma narsasi bor! Jondan aziz onasi, sevimli uyi, yoqtirgan mashinasi, tayinli ishi va albatta juda chiroyli mehribon ayoli, Muhammad Rizodek asaltoy o'g'ilchasi...
   Maftuna ham baxtdan sarmast yashab kelmoqda. Bu vaqt oralig'ida Mustafo ikkisining 2 nafar farzandi dunyoga keldi. 1 qiz va 1 o'g'il...
   Behzodning qilgan duosini Alloh ijobat etdi. U Maftunani umri mobaynida qaytib ko'rmadi... Ularning yoʻllari aslo kesishmadi!

TAMOM.

M.f : Allohning izni bilan yana bir hikoyam yakunlandi. Bu hikoyadan ibrat olsa arzirli biror narsa olgan bo'lsangiz men bundan nihoyatda xursand bo'laman☺️ Hikoyadagi asosiy mavzu ikki sevishganning tarixi emas, balki bir hisobda shundaydir. Lekin bu yerdagi asosiy mavzu har qanday vaziyatda ham Allohni sevish va Undan aslo umidni uzmaslik kerakligidir. Qiyinchiliklarga isyon qilmay sabr qilgan kishiga Alloh baxtni to'kis qilib berishi Behzod misolida yaqqol namoyon bo'ladi.
  Maftuna... Uning qahvarang ko'zlari... Shirin tabassumi... Undagi oliyjanoblik va oqko'ngillik... Bularning bariga Allohning mukofoti o'laroq berilgan umr yo'ldoshi - Mustafo!
   Hikoya yoqdi degan umiddaman. O'qigan ko'zlaringiz dard ko'rmasin! Doim nurga to'lsin! Hikoyamni o'qigan, like bosgan va komment yozgan barcha-barchadan minnatdorman! Sizlardan Allohim rozi bo'lsin.
  Tez orada Inshaalloh ko'pchilikning tanloviga binoan "Dastxat"nomli yangi qismli hikoyamni yozishni boshlayman. Meni qo'llab-quvvatlab turasizlar degan umiddaman😇

✍ Usmonaliyeva Munira
⏰ 03.02.2025

@Gaplarim_Sahifalar

/channel/hikoyalar

Читать полностью…
Подписаться на канал