Abdulloh ibn Muborak dedi: - Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol... Admin bilan bog‘lanish uchun: @HikmatlarXazinasi_bot
ЎТМИШ ВА КЕЛАЖАК
Ahvolimiz...
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Германия иккинчи жаҳон урушида мағлубиятга учраган даврлар эди. Немислар поездга миниш учун саф тортиб навбатни кутишар эди. Шу пайт бир киши келиб сафда турмасдан поезд эшигига яқин турганлар орасига суқулиб кирмоқчи бўлди. Шунда сафда турган бир аёл унга деди:
«Тўғри биз урушда мағлуб бўлдик, аммо ахлоқимизни бой берганимиз йўқ!»
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
ОЗОР
АСЛИЯТ
ХИЁНАТ
#Жума
Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», -
дейилган.Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!
🌾 @hikmatlar
Kattarogʻidan olaylik oʻgʻlim. Keyingi yil ham maza qilib kiyasan derdilar. Oʻsha paytda dadamning ichlaridan nimalar oʻtganini katta boʻlib tushunib yetyabman...
- Неъматга энг кўп шўнғиган одамлар, аҳли Қуръонлардир!
Ҳусайн Бухорий
Бир киши дўстига мақтаниб қолибди
- Бизни хотин 3 йилдан бери Эмиратда ишлаяпти. Машина олинг деб пул жўнатибди. Қанақа машина олсам экан? "Нексия"ми "Матиз"ми?
- Сен яхшиси эшшак арава ола қол.
- Жиннимисан? Эшак аравани бошимга ураманми?
- Тортииииб юрасан.
Ўткир Ҳошимов
Ҳамма ҳам эмас, лекин шундай инсонлар борки, уларнинг ҳаётлари поёнига етаётган пайтда ҳам уларга ҳавас қилишга арзийди.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Қушдек осмонда учишни ўргандик. Балиқдек сувда сузишни ҳам ўргандик. Энди эса ер юзида одамдек яшашимиз қолди.
Бернард Шоу
Она, Сизни меҳнат эмас, биз қаритдик...
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Қизларга, хотинларга қараш эркаклик эмас.
Эркаклик қизларингизга, хотинларингизга Қарашингиздир...
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Яшаётган эканмиз, ҳали кеч эмас.
Ҳелга Вожик
ИҚРОР
KUT DEBMAN-U, BILMABMAN, AFSUS...
Kut degandim, ammo qorong‘u
Shomga qadar degan emasdim,
Bunchalar ham sadoqat ila
Kutishingni bilgan emasdim.
Kut degandim xiyobonda ham,
Kelmassan deb o‘ylabman, bilmay.
Qayerlardan bilayin seni
Kutishingni, joyingdan jilmay.
Kutdirgandim, darding bilmayin...
Qani endi, qoshinga ketsam.
Beparvoroq bo‘libman senga,
Topib olib qadringa yetsam...
Salim Ayyubiy
Agar notoʻg‘ri ish qilganimizda bizni ogohlantirmasangiz sizda xayr yo‘q.
Ogohlantirganingizdan so‘ng sizga quloq solmasak — bizda xayr yo‘q.
Umar ibn Xattob
ҚАРЗ
Қарз фақат пулга доир сўз эмас. Қарз — бу синиқлик пайтида айтилган меҳрли сўз, ғам пайтида берилган тасалли, заифлик пайтида кўрсатилган ёрдам, адашган чоғда берилган йўл-йўриқ, юпанч чоғи очилган қучоқ, мажол қолмаганда елкага қўйилган қўлдир.
Бу қарзлар қайтарилмаса ҳам кечилар, аммо уларни унутиш –орсизликдир.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Эшаклар ўзларига ярашмаган мақомга чиқиб олсалар, ундан тушишлари деярли имконсиз. Чунки жоҳилларнинг ғурури тоғданда баландроқ бўлади.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Angliyaning Sheffild shahrida yashovchi bir ota ijtimoiy tarmoqda quyidagicha post qoldirdi:
“Men 7-yil oldin o‘g‘lim va rafiqamni dahshatli baxtsiz hodisada yo‘qotdim. O‘shanda ularni mast haydovchi urib yuborgandi, yaqinlarim voqea joyida halok bo‘lishdi. Bularning bari ko‘z o‘ngimda ro‘y berdi. Keyinchalik, haydovchi yetti yilga qamaldi.
Uch yil davomida o‘ta og‘ir stress holatida yashadim. Na biror ishga joylasha oldim va na odamlar bilan birga bo‘la oldim. Men halok bo‘lgan o‘g‘lim va rafiqam haqida tinmay o‘ylardim.
Kunlarning birida menga butun hayotimni o‘zgartirgan maslahatni berishdi.
Qamoqxona ruhoniysi xotinim va bolamni o‘ldirgan odamni borib ko‘rishni maslahat berdi. Men uning taklifini telbanamo gaplar, deb o‘yladim, biroq menga qandaydir umid uchqunlari zarur edi.
Jasoratim yetmaganligi bois, qamoqdagi o‘sha odam bilan uchrashish bir yilga cho‘zildi. Biroq men bu ishni amalga oshirdim. Va u yerda ko‘rgan va his qilganlarim meni butunlay o‘zgartirib yubordi.
U mendan kechirim so‘radi. Va uning hikoyasini tinglarkanman, ich-ichimdan yig‘lar va uni butun vujudim bilan kechirar edim. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kechasi uning ichishiga va butunlay mast bo‘lib qolishiga, 7 yoshli farzandining saraton kasalligidan vafot etgani sabab bo‘lgan ekan. Qilgan ishini kechira olsam, umrida bir tomchi ham aroq ichmaslikka qasam ichdi.
Men bu odam bilan shu kungacha aloqadaman va u o‘shandan beri hech qachon spirtli ichimlik iste’mol qilmadi. U hayotini qayta tikladi va meni ham shunga ilhomlantirdi.
Sizga shuni ayta olaman-ki: men uni kechirgan kunimdan boshlab, uzoq yillar davomida yelkamni ezib kelgan og‘ir yuk ag‘darilgan edi.
O‘lgunimcha o‘g‘lim va xotinimni sog‘inaman. Ularning qabrlarini tez-tez ziyorat qilib turaman. Ha, men qayta uylandim. Vaqt hamma narsaga davo ekan. Hozir ikki nafar qizim bor. To‘g‘ri ular birinchi farzandimning o‘rnini bosa olishmasada, ammo zulmatga cho‘mgan hayotimni yana nurga to‘ldirgan ikki yulduzim hisoblanishadi. Ular menga dardlarimni unuttiradigan cheksiz quvonch bag‘ishlashadi.
Bu gaplarni nega yozdim, bilasizmi? Kechirimli bo‘ling... Ich-ichingizdan bu ishni qila olmaslikka ko‘zingiz yetsa-da, bir bor urinib ko‘ring. Boshqalarni ham, o‘zingizni ham kechiring. Bu oldinga siljishning yagona yo‘li ekan.
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Тафаккур - Аллоҳнинг розилиги ва муҳаббатига олиб борувчи йўлдир.
Тафаккур - бағрикенглик ва қалб сокинлигидир.
Тафаккур - Аллоҳ азза ва жалладан хавфда бўлиш ва қўрқиш малакасини ҳосил қилади.
Тафаккур - ҳикматга чорлайди ва қалбни тирилтиради.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Қўрқсанг фақат гунохларингдан
қўрқ. Сўрасанг фақат Аллохдан сўра.
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Қуролингни илмдан яса.
Ўрган, ўзгаларга ўргатгин.
Абу Мансур ал-Мотрудий
Bolalar so‘rg‘ich so‘rishni tashlay olganda, kattalarni aroq ichishni tashlay olmasligi jinnilikdan o‘zga narsa emas...
Бу дунёда сен бошқаларга ўз шартларингни ўтказиш учун яралмагансан. Бошқаларга ўрнак бўлмоқ истасанг, ўзингдек бўлмоқларини талаб қилишдан олдин, аввало ўз баҳойингни бил!
Доктор Мустафо Маҳмуд,
"Ошиқнинг эътирофлари" китобидан.
Alloh taolo o‘z shariati ila bolaning otaga isyonida ota tarafida, zolimning qamchisi qarshisida mazlumning yonida va har qanday insonning obro‘si, moli yoki joniga hujum qilinishiga qarshidir. Shunday ekan, bu ta’limotlarni odamlarga nisbatan zulm va keraksiz jazo deb hisoblash mumkinmi? Axir, bu rahm-shafqat va yaxshilikning o‘zi emasmi?
Alloh taolo mazkur yaxshiliklar ustiga ne’matlari uchun maqtov aytishlari va Uning xaqlarini eslashlari uchun ozgina yengil ibodatlarni qo‘shsa, bu farz ibodatlar insonlar ozorlanadigan va ado etishdan charchaydigan narsa bo‘ladimi?
🌾 @Hikmatlar _ Hikmat mo‘minning yo‘qotganidir, qayerda topsa olishga haqli...
Ота Онангизни қучоқлаб, уларни яҳши кўришингизни айтиб, улар ёқтирган нарсалар билан сийлаб, уларни дуоларини олинг. Бундай бахт бугун сизда бор. Бу имкониятдан бугун фойдаланинг Азизлар!
Сиз энг бахтли Инсонсизлар...
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
Ишқ тили рубоб тилидек сир эмиш,
Турку юнону арабга бир эмиш...
🌾 @Hikmatlar _ Ҳикмат мўминнинг йўқотганидир, қаерда топса олишга ҳақли...
#Жума
Ҳадисда: «Жума Жумагача бўлган гуноҳларга каффорат бўлади», -
дейилган.Жума куннинг хайр-у баракоти сизга бўлсин!
🌾 @hikmatlar