"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Ulug‘bek Mustafoyev "Hududiy elektr tarmoqlari " AJda faoliyat yuritayotgan barcha ishchi-xodimlarni hamda hamkorlarni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Urganch shahar Xonqa ko'chasidagi elektr tarmog'ining ustuniga avtotransport vositasini kelib urilishi natijasida podstansiya "Suvchi" chiquvch 6 kVli elektr uzatish tarmog'iga zarar yetkazilgan.
Ayni damda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin nazorati asosida tezkor chiqish brigadalar tomonidan ushbu avariya holatini bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha yurtdoshlarimiz, uzoq yillik hamkorlarimiz va elektr energetika tizimida faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
Yangi yil о‘zida ulug‘ maqsad va eng ezgu niyatlarni mujassam etib, xalqimizni katta yaratuvchanlik ishlariga ruhlantirsin! 2025 yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin!
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
TAʼMINOT DOIMIY NAZORAT QILIB BORILMOQDA
"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan isteʼmolchilarni dam olish kunlari barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida hududlarda tezkor chiqish brigadalari uzluksiz faoliyat olib bormoqda.
Dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan energetiklarimiz o‘z vazifalarini sidqidildan bajarmoqdalar. Zero, ular uchun haqiqiy bayram isteʼmolchilarning doimiy elektr energiyasi bilan taʼminlashdir.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
"Maqsadimiz – bayram kunlari iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash"
Yangi yil bayrami barchamiz orziqib kutadigan bayramlardan biri hisoblanadi.
Ushbu bayramni ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olish uchun ko‘chalar, uylar bayramona bezatiladi, archalar o‘rnatiladi. Albatta, mazkur jarayonlarda elektr energiyasi ta'minotini uzluksizligini ta'minlash muhim vazifa sanaladi.
Shu maqsadda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan hududlarda 24 soatlik navbatchilik, 84 ta brigadalar tashkil etilib, zarur ehtiyot qismlar zaxirasi yaratildi.
Bugun filial direktori Samarqand shahar va Jomboy tumanida aholi xonadonlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish uchun tashkil etilgan brigadalarning shayligi, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM ENERGETIKLAR XALQ XIZMATIDA
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ hududiy filiallarining tezkor brigadalari tomonidan ayni vaqtda iste'molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.
Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan Surxondaryo hududiy filiali Saraosiyo elektr taʼminoti bo‘limi xodimlari tomonidan tog‘li Chosh qishlog‘ida elektr ta'minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan iste'molchilarga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish borasida ishlar davom etmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
NAMANGAN VILOYATIDA BARQAROR ELEKTR TAʼMINOTI UCHUN 300 DAN ORTIQ XODIMLAR SHAY HOLATDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlari iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda uzluksiz faoliyat yuritadigan navbatchilik guruhlari tashkil etilgan.
Boshqaruv raisining topshirig‘iga ko‘ra “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali rahbari tezkor chiquvchi brigadalar hamda maxsus avtotransport vositalari xizmatga tayyorligi hamda joylarda shtablar faoliyatlarini o‘rganib, xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“AFROSIYOB” PODSTANSIYASIDA YANGI KUCH TRANSFORMATORI TARMOQQA ULANDI
“Afrosiyob” podstansiyasida o‘rnatilgan ikkinchi 63 ming kVA yangi kuch transformatorida ham yakuniy montaj ishlari olib borilib, ishga tushirildi.
Ushbu transformatorning ishga tushirilishi natijasida podstansiyada zaxira quvvati yaratilib, Samarqand, Toyloq tumanlari hamda Samarqand shahridagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada yaxshilanishiga erishildi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
BAYRAM KUNLARI ELEKTR ENERGIYASINING BARQAROR YETKAZIB BERISH CHORALARI KO‘RILADI
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov yangi yil va bayram kunlari – 2024-yil 30-dekabrdan 2025-yil 3-yanvargacha iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga bag‘ishlangan elektr tarmoqlari shtabining yig‘ilishini o‘tkazdi.
Batafsil
__________________
ПРЕДПРИНИМАЮТСЯ МЕРЫ ПО СТАБИЛЬНОЙ ПОСТАВКЕ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ В ПРАЗДНИЧНЫЕ ДНИ
Председатель правления АО «Региональные электрические сети» Асроржон Аскаров провел штаб электросетевого комплекса, посвященный обеспечению надежного электроснабжения потребителей в период новогодних и праздничных дней – с 30 декабря 2024 года по 3 января 2025 года.
Подробнее
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Tayinlov
Askarov Asrorjon Akramovich — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
A. Askarov bunga qadar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Назначение
Аскаров Асроржон Акрамович — назначен исполняющим обязанности Председателя правления АО «Региональные электрические сети».
До назначения Асроржон Аскаров работал заместителем председателя правления по экономике и финансам акционерного общества «Региональные электрические сети».
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Live
Andijon viloyati — havo harorati -5 daraja sovuq.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Energetika sohasidagi yangi quvvatlar ishga tushirildi.
Читать полностью…Rasmiy munosabat
Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari uchun elektr energiyasida cheklovlar yo‘q
Bugun kun. uz saytida "Energetiklardan yangi cheklov. Elektromobillarni zaryadlash stansiyalari ham tarmoqdan uzilmoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ mazkur xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va asossiz ekanligini ma’lum qiladi.
Jamiyat rahbariyati tomonidan hududiy korxonlarga bunday topshiriq berilmaganligini ma’lum qilamiz.
Ayni paytda elektr energiyasini ishlab chiqarishda va yetkazib berishda muammolar yo‘qligini va faqatgina qarzdorligi bor iste’molchilar tarmoqdan majburan uzilish holatlari mavjudligini bildiramiz.
Shu o‘rinda elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini o‘rnatgan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatlariga to‘sqinlik qilish holatlariga duch kelsangiz, "Hududiy elektr tarmoqlari " AJning 1154 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining xodimlari tomonidan noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda.
navoienergo?si=-j_YGtRiR2aqOR8X">
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
Ayni vaqtda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali direktori bayram kunlari aholiga uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Termiz shahar elektr ta'minotidagi tezkor brigadalardan tashkil topgan guruhlarning shay holatlar va navbatchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
АО «Региональные электрические сети» поздравляет соотечественников, партнеров, а также тружеников отрасли с наступающим Новым годом!
Пусть наступающий 2025 год принесет каждой семье, всему нашему народу здоровье, достаток и счастье! Пусть в новом году будут достигнуты новые цели, решены важные задачи и одержаны новые победы!
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qoraqalpog‘iston hududiy filiali tarkibiga kiruvchi barcha shahar va tuman elektr taʼminoti korxonalarida Yangi yil bayrami kunlarida xalqimizni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashning barcha choralari ko‘rilgan.
Kelib chiqishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun maxsus zahiralar, zarur transport vositalari ajratilgan bo‘lib, filial rahbariyati tomonidan ularning tayyorgarligi nazorat qilib borilmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev tomonidan Toshkent shahrida iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda ta’minotchi korxonalardagi mavjud zaxiralar ahvoli o‘rganilmoqda.
Shu maqsadda kecha Bosh prokuror boshchiligidagi ishchi guruh vakillari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Sirg‘ali elektr ta’minoti bo‘limida bo‘lib, olib borilayotgan ishlar, tayyorlangan zarur uskuna va jihozlar hamda tezkor brigadalar shayligi bilan tanishdi.
Tanishuv davomida Nig‘matilla Yo‘ldoshev mas’ullarga debitor qarzdorliklarni undirilishi, avariya brigadalari doim shay holatda turishi, qo‘shimcha zaxiralarni shakllantirib borish, elektr energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan bayram kunlari aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish uchun 24 soatlik ish rejimida ish faoliyatini olib bormoqda.
Ayni paytda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali direktori tomonidan elektr ta'minotidagi tezkor brigadalardan tashkil topgan guruhlarning shay holatlari ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Barcha navbatchi brigadalar mas’uliyatni his qilgan holatda 24 soat xalqimiz uchun xizmat qilmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Sо‘nggi yillarda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada tegishli meyoriy hujjatlar asosida hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash bо‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qoraqalpoq hududiy filiali tomonidan olib borilgan ishlar xususida “Zamon” informatsion dasturi lavhasida tanishish mumkin.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
HUDUDLARDA NAZORAT TADBIRLARI O’TKAZILMOQDA
Xabaringiz bor “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan barcha hududlarda bayram kunlari elektr ta’minoti uzluksizligini ta'minlash hamda yuzaga keladigan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida maxsus guruhlar shay holatga keltirilib, 24 soatlik ish rejimida ish jarayonlari tashkil etilgan.
Jamiyat boshqaruvi raisining topshirig‘iga asosan barcha hududiy filial va korxonalar rahbarlari nazorat tadbirlari о‘tkazmoqda.
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali rahbari hududlarda elektr ta’minotini uzliksizligini ta’minlash, elektr ta’minoti ishchi guruhlarilari favqulodda holatda shayligini tekshirish maqsadida nazorat tadbirini o’tkazdi.
Tadbir davomida zahira materiallari yaratilganligi, navbatchi guruhlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda kelib tushgan murojaatlar qay tarzda bartaraf etilayotganligi nazoratdan o’tkazildi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
"Hududiy elektr tarmoqlari " AJ tomonidan bayram kunlari xalqimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida elektr ta'minoti tizimida ham qoʻshimcha chora tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida bayram kunlari aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida barcha tuman va shaharlarda maxsus brigadalardan tashkil topgan guruhlar uzluksiz 24 soatlik ish rejimida faoliyat olib bormoqdalar.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJNING HUDUDIY FILIAL VA KORXONALARI BAYRAMDA UZLUKSIZ FAOLIYAT OLIB BORADI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yangi yil munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlari iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda yuzaga kelgan avariyaviy hodisalarni tezkor barataraf etish maqsadida 24 soatlik ish rejimi tashkil etilgan.
Xususan, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" aksiyadorlik jamiyati tomonidan qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida viloyat bo‘yicha barcha hududlarda tezkor chiqish brigadalari tashkil etilib, ular maxsus avtotransport vositalari va zarur himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.
Isteʼmolchilar tomonidan elektr taʼminotiga oid kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan ijobiy hal etish choralari ko‘rilishi korxona rahbariyatining uzluksiz rejimdagi nazoratiga o‘tkazilgan.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Hurmatli energetiklar!
Energetiklar kuni — barcha sanoat xodimlarining kasb bayrami bо‘lib, yilning eng qisqa kunlaridan biri — 22 dekabrda nishonlanadi.
22-dekabr – eng qisqa kun va eng uzun tun. Shu kuni sayyoramizning bosh energetigi – quyosh bizga eng kam yorugʻlik va issiqlik ulashadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati Energetiklar kuni munosabati bilan О‘zbekiston bо‘ylab mehnat qilayotgan barcha energetika sohasi xodimlarini – montyorlar, elektriklar, teplotexnik, muhandislar, dispetcherlar, oliygohlarda ta’lim olayotgan bо‘lg‘usi mutaxassislar va umuman sohaga daxldor barcha-barchani chin dildan tabriklaydi.
Ishingiz bexatar, ta’minotingiz uzluksiz bо‘lsin! Bayram muborak, energetiklar!
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармонлари билан:
- Эргаш Алибекович Салиев бошқа ишга ўтиши муносабати билан Жиззах вилояти ҳокими лавозимидан озод этилди;
- "Ҳудудий электр тармоқлари" акциядорлик жамияти бошқаруви раиси лавозимида ишлаб келган Улуғбек Мавлонович Мустафоев Жиззах вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи этиб тайинланди.
—
Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан:
- Салиев Эргаш Алибекович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности хокима Джизакской области;
- Мустафоев Улугбек Мавлонович, занимавший должность председателя правления акционерного общества "Региональные электрические сети", назначен исполняющим обязанности хокима Джизакской области.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
❄️-5 harorat
AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA BARTARAF ETILMOQDA.
Namangan shahrini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/6 kVli Vokzal nimstansiyasidan chiquvchi "Navoiy-1" kabel tarmog‘iga ulangan, 400 kVA bo‘lgan 270-sonli transformator punktidan 0.4 kVli tarmoq ulab aholi iste'molchilariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ishlar davom ettirilmoqda.
Ayni vaqt havo haroratining sovuqli va yerlarning muzlashi ishlarni yanada qiyinlashtiradi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
CHIQINDILAR UCHUN TO'LOV MASALASI OLIY MAJLISDA MUHOKAMA QILINDI
Alisher Qodirov: - Elektr energiyasi o‘chib qolishidan qo‘rqayotgan iste’molchilar chiqindiga pul to‘lamaslikdan qo‘rqmayapdi. Bu muammo o‘zining so‘nggi nuqtasiga yetib kelgan. Qarzdor bo‘lmaslik kerak. Elektr energiyasida to‘lovlarda tartib paydo bo‘ldi. Odamlar to‘lashni boshladi, tartib bilan. Lekin, chiqindi hayotimiz uchun xavf tug‘dirirayotganini bilmayapmiz.
Qizg‘in muhokamalardan so‘ng xalq vakillari tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
AYLANMA IQTISODIYOTNING ASOSLARI VA TAMOYILLARI
Joriy yilning 17-19-dekabr kuni Xorazm viloyatida Osiyo Taraqqiyot Banki va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda tadbirkor ayollar uchun “Aylanma iqtisodiyotning asoslari va tamoyillari” mavzusida uch kunlik seminar-trening o‘tkazilmoqda.
Seminarda, Osiyo Taraqqiyot Banki vakillari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari va tadbirkor ayollar ishtirok etmoqda.
Seminar davomida, aylanma iqtisodiyot va energiya samaradorligi tamoyillariga asoslangan zamonaviy barqaror biznes modellari orqali ayollarning biznesga integratsiyasini rag‘batlantirish, energetika va tadbirkorlik, kichik tadbirkorlik uchun imkoniyatlar, qayta tiklanuvchi energiyagani joriy etish orqali biznesni samarli yuritish hamda O‘zbekistonda barqaror tadbirkorlikni rivojlantirishda ayollarning o‘rnini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan va amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar borasida so’z boradi
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | het.uz
NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan viloyatda ishchi guruh tuzilib, nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Tafsilotlar “Sevimli ” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz