hetmuloqot | Неотсортированное

Telegram-канал hetmuloqot - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

76956

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Подписаться на канал

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

CHEKKA HUDUDLARDA HAM ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan joylardagi aholi murojaatlari asosida yangi tarmoq qurish ishlari, transformator punktlarini o‘rnatish hamda mukammal va joriy ta'mirlash ishlari bajarilmoqda.

Mazkur jarayonlar haqida “SEVIMLI TV” telekanalining “Zamon” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin
navoienergo?si=-j_YGtRiR2aqOR8X">
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

NAVBATDAN TASHQARI YO‘RIQNOMA O‘TKAZILDI

Iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda, tarmoqlarda yuzaga kelgan nosozliklarni o‘z vaqtida tezkor bartaraf etishda maxsus avtotransport vositalarining ahamiyati juda katta.

Sababi, nosozlik joyiga mutaxassislarni yetkazish, ish jarayonida turli og‘ir qurilmalarni yuklash, tashish, almashtirish ishlari maxsus avtotransport vositalari orqali bajariladi va bu bilan ish samaradorligi 3-4 barobarga ortadi.

Bugungi kunda “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda viloyat bo‘yicha 200 dan ortiq maxsus avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, ularning texnik holati belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq doimiy nazoratdan o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan haydovchilarga navbatdan tashqari yo‘riqnoma o‘tkazilib muzlama vaqtlarda eng avvalo shoshmasdan harakatlanish, tungi vaqtlarda nosozliklarni bartaraf etish jarayonlarida o‘ta hushyor bo‘lib mehnat qilish kerakligi tushuntirildi.
navoienergo?si=-j_YGtRiR2aqOR8X">
Facebook |Telegram |YouTube |Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#24_soatlik_navbatchilik_asosida

...BIR DAQIQA HAM TO'XTAGANIMIZ YO'Q


Filialning yuqori kuchlanishli tarmoqlar xizmati xodimlari Karmana tumani Bog’ishamol mahallasi hududidan o’tuvchi 110 kVli yuqori kuchlanishli tarmog’ining izolyatorida sovuq va shamol natijasida hosil boʼlgan muzlamalardan tozalanib taʼmirlash ishlari olib borildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" АJ
Navoiy hududiy filiali matbuot xizmati

navoienergo?si=-j_YGtRiR2aqOR8X">
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22:20                   Havo harorati -4

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali xodimlari   tomonidan iste'molchilarga barqaroror elektr energiyasi etkazib berish maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali Bо‘stonliq tuman elektr ta’minoti bo‘limi tezkor brigadasi tomonidan noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#no_comment

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan viloyatda hukm surayotgan noqulay ob-havo sharoitida hududlarda yuzaga kelayotgan nosozliklar, avariyali holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida zarur choralar ko'rilmoqda.

Tog'li hudud hisoblangan Sariosiyo va Uzun tumanidagi tezkor chiqish brigadasining jonkuyar soha xodimlari tomonidan yuzaga kelgan uzilishlar bartaraf etilmoqda.

Jumladan, ayni qish mavsumida 447 ta xodim, shundan 116 nafar injener, 331 ta elektromontyor, 89 ta tezkor avariyaviy chiqish brigadalari, 37 ta birgadalar uchun avtomashinalar va 30 ta maxsus texnikalar nosozliklarni bartaraf etishga safarbar etilgan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida maxsus taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali jamoasi hamda viloyat FVV boshqarmasi bilan hamkorlikda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida maxsus taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqlari davomida maxsus texnikalarning shayligi, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarda xodimlarning amaliy harakati yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22:30

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filiali Karmana tuman elektr ta’minoti bo‘limi tezkor brigadasi tomonidan tumandagi Xoncharbog‘ mahallasidagi transformatorda yuklama oshganligi sababli zaxiradagi quvvati katta bo‘lgan transformatorga almashtirish jarayonlari.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan soha xodimlari iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tezkor choralar ko‘rmoqda.

Favqulodda tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda hududiy filiallar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Har bir xodim uchun to‘rt nihol” aksiyasi o‘tkazilmoqda

Xususan, “Davlat xaridlari markazi” filialida ekologik muhitni yanada yaxshilash maqsadida “Har bir xodim uchun to‘rt nihol” o‘tqazish tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur aksiyada barcha hududiy filiallar ishchi-xodimlari faol ishtirok etmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

❗️Tabiatni himoya qiling – resurslarni oqilona ishlating!


Energiya samaradorligi va tejamkorlik uchun muhim
tavsiyalar!

Batafsil ushbu videorolikda 👆

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

NIMA UCHUN ELEKTR UZATISH TARMOQLARI DARAXT SHOXLARIDAN TOZALANISHI KERAK?

Xorijda kuzatilagan mazkur videoda yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga tegib qolgan daraxt shoxlarida mana shunday xavfli tarzda inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Ana shunday xavfni oldini olish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan har yil mavsumda elektr uzatish tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalanishi belgilangan.

Albatta mazkur jarayon tegishli idoralar, xususan, О‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim о‘zgarishi vazirligining hududiy bо‘linmalari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Hurmatli elektr energiya iste’molchilari!


Siz yashab turgan hududda elektr uzatish tarmoqlariga tegib turgan daraxt shoxlari bо‘lsa, kechiktirmasdan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy bо‘linmalariga murojaat qiling. Mutaxassislar hech bir tо‘lovlarsiz о‘z vazifasini amalga oshirishadi.

Unutmang, bu bilan siz о‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘ligini asragan bо‘lasiz.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

HURMATLI ISTE’MOLCHILAR!

Elektr energiyasi ta’minotida siz yashab turgan xonadon, mahalla, tuman yoki shaharda sodir bo‘layotgan rejaviy va avariyaviy uzilishlardan tezkor va ishonchli ma’lumotga ega bо‘lishni istasangiz "Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" kanaliga obuna bo'ling va mazkur kanal o'rqali о‘z murojaatlaringizni yо‘llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tmoqchimiz.

"Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot" Telegram-kanalining (@HET_admin) orqali elektr ta’minoti korxonalariga ortiqcha qo‘ng‘iroqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz о‘zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimizdan javob olish hamda muammoli masalalarga yechim topish imkoniyatiga ega bо‘lasiz.

Bundan tashqari, kanalimiz orqali sohadagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borishingiz mumkin bо‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan viloyatida mavsumga tayyorgarlik ko’rish, energiya va energiya resurslarini tejash masalalariga e'tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Ob-havo keskin sovigan kunlarda aholini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan zarur choralar

Soʻnggi kunlarda respublika hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida energiya resurslariga boʻlgan talab sezilarli darajada oshib bormoqda. Bugungi kunda aholining tabiiy gaz kunlik isteʼmoli oʻtgan haftadagiga nisbatan 20 foiz, elektr energiyasi isteʼmoli esa 15 foiz ortgan.

Bunday vaziyatda tizim korxonalari tomonidan elektr va gaz uzatish tarmoqlaridagi ishlarni tezkor hamda sifatli tashkil qilish, isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida tizimda doimiy ravishda zarur choralar koʻrib borilmoqda.

Jumladan, sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz taʼminoti korxonalarida tun-u kun faoliyat yuritadigan 1 600 dan ortiq maxsus brigadalar tashkil etildi hamda ular kerakli avtotransport vositalari va zaxira qurilmalari bilan toʻliq taʼminlandi.

Maʼlumot uchun: elektr taʼminoti korxonalariga 877 ta avtotransport hamda 450 ta maxsus texnika, gaz taʼminotiga – 220 ta avtotransport va 259 ta maxsus texnika biriktirilib, 567 ta payvandlash apparati bilan taʼminlangan.

Aholi hamda ijtimoiy soha obyektlariga energiya resurslarini barqaror yetkazib berish boʻyicha soha obyektlarida 24 soatlik ish rejimiga oʻtilgan boʻlib, joylarda ishlarning borishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan. Sodir boʻlgan avariyaviy holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralari koʻrilib, avariyani bartaraf etishning oʻrtacha vaqti oʻtgan yildagi 3-3,5 soatdan joriy yilda 1-1,5 soatgacha qisqartirildi.

Shuningdek, oldingi yillarda generatsiya quvvati tanqisligi tufayli majburiy cheklovlar kiritilgan boʻlsa, yangi ishga tushirilgan quvvatlar hisobiga joriy yilda cheklovlar kiritilishi bartaraf etildi.

Havo haroratining keskin pasayishi natijasida isteʼmolchilarning tabiiy gazga boʻlgan talabi keskin oshib, respublika gaz transport tizimi obyektlari maksimal quvvatlarda ishlashiga, shu jumladan, gazni yer osti saqlash omborlaridan rejalashtirilgan maksimal kunlik gaz olinishiga va tarmoqqa uzatilishiga qaramay, quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda.

Birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini (tibbiyot, maktab, maktabgacha taʼlim, oliy taʼlim muassasalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan taʼminlash ustuvor vazifamiz ekanligini inobatga olib, hududlardagi mahalliy hokimliklar bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja-grafiklarga muvofiq, isteʼmol yuqori boʻlgan ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Bu boʻyicha viloyatlar va tumanlar hokimliklari rasmiy axborot manbalarida tegishli tartibda maʼlumot berib borilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, yurtdoshlarimiz aholiga yonilgʻi quyish, gaz toʻldirish hamda elektr quvvatlash shoxobchalari haqida onlayn maʼlumot berib borish maqsadida ishlab chiqilgan “Avto24” ilovasi yordamida shoxobchalar faoliyati bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni onlayn rejimda kuzatishlari mumkin.

Qolaversa, elektr taʼminoti boʻyicha tugʻilgan savollar boʻyicha 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi @HET_admin administratorga hamda gaz taʼminoti boʻyicha esa 1104 va 104 qisqa telefon raqamlari yoki “Telegram”dagi “@hududgaz_murojaat_bot”ga murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

Hurmatli isteʼmolchilar, avvalambor aholini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash maqsadida koʻrilayotgan birinchi navbatdagi choralarni toʻgʻri tushungan holda, Sizdan:

– elektr qurilmalari va isitish moslamalariga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni;

– resurslardan imkon qadar samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni;

– nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmaslikni;

– qurilmalardan foydalanilmayotgan vaqtlarda ularni tarmoqdan ajratib qoʻyishni;

– is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilayotgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishingizni soʻraymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Soat: 12:45 Andijon viloyati — havo harorati - 1 daraja sovuq.

Ayni vaqtda Andijon shahrining “Oliygoh” podstansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so’ng ta’minot qayta tiklanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

navoienergo?si=-j_YGtRiR2aqOR8X">
Facebook |Telegram |YouTube |Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasidan tejamkorlik va samaradorlik bilan foydalanish masalasida amaliy va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Yunusobod tumanida olib borilayotgan ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan lavhada tanishish mumkin.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Ayni paytda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand tumani elektr tarmoqlari korxonasining tezkor dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishib, mas‘ullarga aholiga tezkor sifatli xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, murojaatlarga tezkor munosabat bildirish, ta‘mirlovchi guruhlarni va telefon aloqa liniyalari sonini ko‘paytirish borasida ko‘rsatmalar bermoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Soat 20:45.
Sirdaryo
viloyati — havo harorati -8 daraja sovuq.

Sirdaryo tuman elektr ta’minoti tezkor chiqish brigadasi tomonidan Hikmatli mahallasidagi 840-sonli transformator punktida yuzaga kelgan nosozlik energetiklar tomonidan bartaraf etildi.

Mirzaobod tuman elektr taʼminoti tezkor chiqish guruhi tomonidan Bahoriston mahallasi hududidagi 112-sonli transformator punktida yuzaga kelgan nosozlik sabab zaxiradagi transformator punktiga almashtirildi.

———

Soat 21:00.
Navoiy viloyati — havo harorati -5 daraja sovuq.


Konimex tuman elektr taʼminoti tezkor chiqish guruhi tomonidan Shoʻrkoʻl mahallasi hududidagi 179-sonli transformator punktida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda.

———

Soat 21:46
Andijon viloyati — havo harorati -12 daraja sovuq.


Andijon shahrining “Andijon” mahallasi hududini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 429-sonli transformator punkti zahiradagi transformator punktiga almashtirildi. Hozirda yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasidan tejamkorlik va samaradorlik bilan foydalanish masalasida amaliy va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Yashnobod tumanida olib borilayotgan ishlar xususida “О‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan lavhada tanishish mumkin.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#24_soatlik_navbatchilik_asosida


Poytaxtimizda havo harorati keskin pasayishiga qaramay «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ va uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta'minoti korxonalarining avariyaga qarshi tezkor guruhi tomonidan iste'molchilarga qahraton qishning qirovli kunlarida sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun o'z ish faoliyatini tun-u kun davom ettirmoqdalar.

Yashnobod tuman elektr ta`minotining avariyaga qarshi tezkor guruhi tomonidan tumanning «Istiqlol» mahallasi hududidagi TP-521-sonli transformator punktida yuklamaning ortishi sabab mavjud transformatorda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nosozlikni oldini olish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, ushbu transformator punktidagi mavjud 400 kVA kuchlanishli transformator 630 kVA bo'lgan zahira transformatoriga almashtirildi.



«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22:45 Havo harorati -4

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali Jarqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti bo‘limi tezkor brigadasi tomonidan noqulay ob-havo sharoitida kеlib chiqqan nosozlik bartaraf etilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

KUCHLI SHAMOLDAGI - KUCHLI IRODA!

"Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tomonidan qish mavsumiga shay holatga keltirilgan tezkor chiqish brigadalari ob-havoning har qanday sharoitida ham iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash yo‘lida astoydil mehnat qilishmoqda.

Kuchli shamol natijasida O‘zbekiston, Rishton hamda Bag‘dod tumanlarini ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-Parranda" hamda "L-Inkubator" elektr uzatish tarmoqlarida yuzaga kelgan uzilishni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

Mutaxassislar kuchli shamolda 35-40 metr balandlikda o‘z xizmat faoliyatlarini olib borishmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

HAR QANDAY OB-HAVO SHAROITIDA HAM ENERGETIKLAR XALQ XIZMATIDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ hududiy filiallarining tezkor brigadalari  tomonidan ayni vaqtda iste'molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida oʻz faoliyatini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqdalar.

Noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan elektr ta'minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Toshkent shahrida energiya ta’minotida uzilishlarning oldini olish maqsadida o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Tafsilotlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Yunusobod tumanidagi yer osti elektr uzatish tarmogʼidagi avariya toʼliq bartraf etildi.

Tuman elektr taʼminoti boʼlimining tezkor brigadalari tomonidan olib borilgan tiklash va taʼmirlash ishlaridan soʼng vujudga kelgan avariyaviy holat toʼliq bartaraf etildi.

Аyni paytda elektr taʼminotidan uzilgan hududlarni qayta tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda.

Yetkazilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʼraymiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

УВАЖАЕМЫЕ ПОТРЕБИТЕЛИ!

Еще раз хотим напомнить, что со стороны АО «Региональные электрические сети» запущен Telegram-канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, где можно получить достоверную информацию о плановых или аварийных отключениях электроэнергии по адресу Вашего проживания (махалли, района или города).

Подписавшись на наш канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, Вы сможете без лишних телефонных звонков в электроснабжающие предприятия получить ответы на интересующие Вас вопросы от компетентных специалистов (@HET_admin), а также найти пути решения проблемной ситуации.

Кроме того, став подписчиком канала Вы всегда будете в курсе новостей и проводимых реформ в сфере электроснабжения.

Пресс-служба АО "Региональные электрические сети"

Наши
официальные каналы👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Kuz-qish mavsumini betalofat o`tkazish bo`yicha FVV qo`mondonlik o`quv mashg`ulotlari.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Bugun — О‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun!

1992-yil 10-dekabrda “О‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tо‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan.

Davlat madhiyasining muallifi О‘zbekiston Qahramoni, О‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov, musiqasini О‘zbekiston xalq artisti, bastakor Mutal Burhonov yaratgan.

Serquyosh hur о‘lkam, elga baxt, najot,
Sen о‘zing dо‘stlarga yо‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar - jon О‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jо‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag‘ri keng о‘zbekning о‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zо‘r qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bо‘l obod!

Oltin bu vodiylar - jon О‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jо‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi  barcha vatandoshlarimizni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami bilan samiymiy muborakbod etadi.

Qomusimizning qutlug‘ bayrami barchamizga muborak bo‘lsin. Xalqimiz tinch, yurtimiz omon bo‘lsin! Barchamizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал